Научная статья на тему 'YERLARGA EKISHDAN OLDIN ISHLOV BERISHDA QO‘LLANILADIGAN ISHLAB CHIQILGAN KOMBINATSIYALASHGAN MASHINANING XO‘JALIK SINOVLARI NATIJALARI'

YERLARGA EKISHDAN OLDIN ISHLOV BERISHDA QO‘LLANILADIGAN ISHLAB CHIQILGAN KOMBINATSIYALASHGAN MASHINANING XO‘JALIK SINOVLARI NATIJALARI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
11
4
Читать
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rama / yumshatkich / o‘qyoysimon panja / harakat tezligi / ishlov berish chuqurligi / dala yuzasidagi notekisliklarning balandligi / tuproqning zichligi / tuproqning uvalanish sifati / mashinaning tortishga qarshiligi / ish unumi / yonilg‘i sarfi. / рама / умягчитель / стреловидная лапа / скорость движения / глубина обработки / высота неровностей поверхности поля / плотность почвы / качество почвы / тяговое сопротивление автомобиля / производительность / потребление топлива.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Abdimominov Ikromjon Iminovich, Xaydarova Shaxnoza Zokirjonovna

Maqolada ishlab chiqilgan yuza yerlarga ekishdan oldin ishlov berishda qo‘llaniladigan ishlab chiqilgan kombinatsiyalashgan mashinaning asosiy parametrlari, texnik tavsifi va o‘tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kombinatsiyalashgan mashinaning ish jarayonini ishonchli bajardi va uning ish ko‘rsatkichlari unga qo‘yilgan talablarga mos bo‘ldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
Предварительный просмотр
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Economic test results of the used combined machine used in pre-plant working

В статье представлены основные параметры, техническое описание и результаты исследований разработанной комбинированной машины, применяемой при предпосевной обработке поверхностного слоя земель. По результатам исследования комбинированная машина надежно выполняла рабочий процесс и ее производительность соответствовала предъявляемым к ней требованиям.

Текст научной работы на тему «YERLARGA EKISHDAN OLDIN ISHLOV BERISHDA QO‘LLANILADIGAN ISHLAB CHIQILGAN KOMBINATSIYALASHGAN MASHINANING XO‘JALIK SINOVLARI NATIJALARI»

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

UDK 6361.3.6

YERLARGA EKISHDAN OLDIN ISHLOV BERISHDA QO'LLANILADIGAN ISHLAB CHIQILGAN KOMBINATSIYALASHGAN MASHINANING XO'JALIK SINOVLARI

NATIJALARI

Abdimominov Ikromjon Iminovich Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti, t.f.f.d (PhD). ikromjon03@mail.ru

Xaydarova Shaxnoza Zokirjonovna Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti,t.f.f.d (PhD) katta o'qituvchi. shaxnoza0604@mail.ru

Annatatsiya. Maqolada ishlab chiqilgan yuza yerlarga ekishdan oldin ishlov berishda qo'llaniladigan ishlab chiqilgan kombinatsiyalashgan mashinaning asosiy parametrlari, texnik tavsifi va o'tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, kombinatsiyalashgan mashinaning ish jarayonini ishonchli bajardi va uning ish ko'rsatkichlari unga qo'yilgan talablarga mos bo'ldi.

Аннотация. В статье представлены основные параметры, техническое описание и результаты исследований разработанной комбинированной машины, применяемой при предпосевной обработке поверхностного слоя земель. По результатам исследования комбинированная машина надежно выполняла рабочий процесс и ее производительность соответствовала предъявляемым к ней требованиям.

Annotation. The article presents the main parameters, technical description, and research results of the developed combined machine used in the pre-planting treatment of surface lands. According to the results of the study, the combined machine performed the work process reliably and its performance was consistent with the requirements imposed on it.

Kalit so'zlar: rama, yumshatkich, o'qyoysimon panja, harakat tezligi; ishlov berish chuqurligi; dala yuzasidagi notekisliklarning balandligi; tuproqning zichligi; tuproqning uvalanish sifati; mashinaning tortishga qarshiligi; ish unumi; yonilg'i sarfi.

Ключевые слова: рама, умягчитель, стреловидная лапа, скорость движения; глубина обработки; высота неровностей поверхности поля; плотность почвы; качество почвы; тяговое сопротивление автомобиля; производительность; потребление топлива.

Key words: rama, softener, arrow-shaped paw, speed of movement; processing depth; height of irregularities on the field surface; soil density; soil quality; traction resistance of the car; productivity; fuel consumption.

Kirish. Xozirgi kunda chigit ekishdan oldin tuproqqa sifatli ishlov berish g'o'zadan yuqori hosil yetishtirish bo'yicha o'tkaziladigan agrotexnika tadbirlari orasida muhim o'rinni egallaydi. Bunda bajariladigan asosiy vazifa - yerlarni belgilangan chuqurlikka yumshatish, dala yuzasida mayin tuproq qatlamini hosil qilish, uni tekislash va zichlash yo'li bilan paykallarda kuz-qish va erta bahorda to'plangan namni saqlab qolinishiga erishish, unib chiqayotgan begona o'tlarni bartaraf etish va eng muhimi, chigitni bir tekis undirib olishga sharoit yaratishdan ibora t.

Respublikamizning paxta yetishtiradigan xududlari tabiiy-iqlim va tuproq sharoitlari, yerlarni chigit ekishga tayyorlashda bajariladigan agrotadbirlar va qo'llaniladigan mashinalar turi bo'yicha quyidagi uchta mintaqaga bo'lingan [1; 6-b., 2; 61-62-b.].

Yerlarga ekish oldidan ishlov berish uchun qo'llaniladigan kombinatsiyalashgan mashina va mashinalar tuproqni ekishga tayyorlash bo'yicha bir nechta yoki barcha texnologik operatsiyalarni qo'shib bajaradi. Natijada traktorlarning tuproqqa ko'rsatadigan salbiy ta'siri kamayadi, ish sifati va unumi ortadi, tuproqqa ishlov berish muddati qisqaradi va undagi namni saqlanib qolishiga erishilinadi, yonilg'i va boshqa xarajatlar sarfi kamayadi.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

Scientific Journal Of Mechanics And Technology ISSN 2181-158X, Volume 5, Issue 1, Special Issue 2024 AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

Yerlarni chigit ekishga tayyorlashda qo'llash uchun Respublikamizda KFG-3,6 frezali kultivator, OPU-2,2 tuproqqa ishlov beruvchi universal qurol hamda uzatmasiz rotatsion yumshatkich va boshqa mashinalar ishlab chiqilgan [3; 10-16-b., 4; 30-31-b., 5; 70-71-b., 6; 29-30-b., 7; 145-147-b., 8; 189-190-b., 9; 6-b., 10; 14-b., 11; 60-62-b.].

Ma'lumotlar. Bajarilgan nazariy va eksperimental tadqiqotlar natijasida asoslangan parametrlarga ega bo'lgan yumshatkich va o'qyoysimon panjalar bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan mashinaga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqildi va uning konstruktsiyasi yaratildi hamda tajriba nusxasi tayyorlanib, dala sinovlari o'tkazildi.

Kombinatsiyalashgan mashina rama, unga o'rnatilgan yumshatkich va o'qyoysimon panjalar, tekislagich, plankali g'altakmola, osish qurilmasi va tayanch g' ildiraklaridan tashkil topgan bo'lib, daladan bir o'tishda tuproqni 14-20 cm chuqurlikka yumshatadi, uning yuza qismini tekislaydi, maydalaydi va talab darajasida zichlab ketadi.

1-jadvalda kombinatsiyalashgan mashinaning tavsifi keltirilgan, 1 va 2-rasmlarda esa traktorga osilgan holatdagi va ish jarayonidagi ko'rinishlari tasvirlangan.

Natijalari. Kombinatsiyalashgan mashinaning sinovlari institut tajriba uchastkasining 4 va 8 - dalalarida maxsus tayyorlangan, ya'ni shudgorlanib, yoppasiga sug'orilgan va boronalangan fonda o'tkazildi. Bunda kombinatsiyalashgan mashina Keys 4240X traktoriga qo'shib ishlatildi.

Sinovlar o'tkazilishidan oldin tuproqning namligi va qattiqligi aniqlandi. Ularning natijalari 2-jadvalda keltirilgan.

1-jadval

Kombinatsiyalashgan mashinaning texnik tavsifi_

T/r Ko'rsatkichlarning nomi Ko'rsatki chl arning o'lchov birligi Ko'rsatki chl arning qiymati

1 2 3 4

1. Turi - Osma

2. Qo'shib ishlatiladigan traktor klassi (rusumi) 2,0-3,0 (MX-135, MXM-140, Claas ARES 697 ATZ, Keys 4240X, ARION 630S)

3. Ish tezligi km/h 6-9

4. Qamrash kengligi m 3,0

5. Ish organlari soni: yumshatkich panja o'qyoysimon panja dona 8 7

6. Ishlov berish chuqurligi sm 14-20

7. Ish organlari orasidagi masofa: ko'ndalang bo'ylama sm 20,0 80,0

8. Tashqi o'lchamlari: uzunligi kengligi balandligi mm 1840 3070 1330

9. Asosiy vaqtdagi ish unumi ha/h 1,8-2,7

10. Massasi kg 760

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

1-rasm. Kombinatsiyalashgan mashinaning Keys 4240X traktoriga osilgan

holatdagi ko'rinishi

2-rasm. Kombinatsiyalashgan mashinaning ish jarayonidagi ko'rinishi

Sinovlarda kombinatsiyalashgan mashinaning quyidagi ish ko'rsatkichlari aniqlandi: harakat tezligi; ishlov berish chuqurligi; dala yuzasidagi notekisliklarning balandligi; tuproqning zichligi; tuproqning uvalanish sifati; mashinaning tortishga qarshiligi; ish unumi; yonilg'i sarfi.

Bu ko'rsatkichlardan ishlov berish chuqurligi va tuproqning uvalanish sifati O'z DST 3412:2019 Qishloq xo'jaligi texnikasini sinash. Tuproq yuzasiga ishlov beruvchi mashinalar va qurollar. Sinov dasturi va usullari [12], tortishga qarshiligi esa O'z DST 3193:2017 Qishloq xo'jaligi texnikasini sinash. Mashinalarni energetik baholash usuli [13] asosida tenzobarmoqlar qo'llanilib aniqlandi.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIK MASHINALAR!

2-jadval

Sinovlar o't vazilgan dala tuprog'ining namligi va qattiqligi

Tuproq namunasi olingan qatlam, cm Tuproqning namligi, % Tuproqning qattiqligi, MPa

0-10 15,3 0,87

10-20 17,8 1,43

20-30 16,5 2,15

Kombinatsiyalashgan mashinaning ish unumi va yonilg'i sarfini aniqlash uchun maxsus xronometrik kuzatuvlar olib borilib, ekspluatatsion vaqt birligi ichida ishlov berilgan maydon va

yonilg'i sarfi aniqlandi.

3-jadval

_Kombinatsiyalashgan mashina sinovlarining natijalari_

Ko'rsatkichning qiymati

T/r Ko'rsatkichlarni nomlanishi Dastlabki talablar Sinov natijalari

bo'yicha bo'yicha

1 2 3 4 5

1. Harakat tezligi, km/h 6-9 6,42 7,94

2. Ishlov berish chuqurligi, cm:

Mo'r 14-20 16,4 16,2

+o ± 2 1,47 1,36

3. Tuproqning uvalanish sifati, %:

>100 mm 0 0 0

100-50 mm <5 4,6 3,2

50-25 mm - 12,5 10,4

<25 mm >80 82,9 86,4

4. Dala yuzasidagi notekislik-larning

o'rtacha balandligi, cm <3 2,4 2,2

5. Tuproqning zichligi (ishlov berilgan

qatlamdagi), g/cm3 1,1-1,2 1,18 1,16

6. Mashinaning tortishga

qarshiligi, kN <20 17,4 17,8

7. Asosiy vaqtdagi ish unumi, ha/h 1,8-2,7 1,93 2,38

8. Yonilg'i sarfi, kg/ha - 10,7 11,3

Sinovlarda kombinatsiyalashgan mashina belgilangan texnologik jarayonni ishonchli bajardi. Uning ish ko'rsatkichlari (3-jadval) har ikkala harakat tezligida ham ekish foniga qo'yiladigan talablarga to'liq javob beradi, yani u daladan bir o'tishdayoq yerni ekishga tayyor holatga keltirgan. Sinov natijalari bo'yicha kombinatsiyalashgan mashinaning tortishga qarshiligi 17,4-17,8 kN oralig'ida bo'lgan, ish unumi 1,93-2,38 ha/h, yonilg'i sarfi esa 10,7-11,3 kg/ha ni tashkil etgan.

Xulosa. Sinovlar jarayonida kombinatsiyalashgan mashina belgilangan texnologik jarayonni ishonchli bajardi va uning ish ko'rsatkichlari unga qo'yilgan talablarga to'liq mos keladi. Bajarilgan tadqiqotlarda asoslangan tur va parametrlarga ega bo'lgan yumshatkich va o'qyoysimon panjalar bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan mashinani qo'llash yerlarga ekish oldidan ishlov berishda mehnat sarfini 24,51 foizga va ekspluatatsion xarajatlarni 16,8 foizga

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

Scientific Journal Of Mechanics And Technology ISSN 2181-158Х, Volume 5, Issue 1, Special Issue 2024 AVTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIK MASHINALAR!

kamaytiradi.

ADABIYOTLAR

1. Qishloq xo'jaligi ekinlarini parvarishlash va mahsulot yetishtirish bo'yicha namunaviy texnologik kartalar. 2016-2020 yillar uchun (I-qism). - Toshkent, 2016. - 136 b.

2. 2018-2020 yillarda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalash uchun texnologiyalar va mashinalar tizimi. I-qism. Dehqonchilik. - Toshkent, 2018. - 255 b.

3. Rudakov G.M., Boymetov R.I. Mexanizatsiya osnovnoy i predposevnoy obrabotki pochvbi // Mexanizatsiya i elektrifikatsiya selskogo xozyaystva. Sb.tr./SAIME. - Toshkent, 1981. - B. 10-16.

4. Ахметов А.А., Повышение уплотняющего воздействия на почву катка комбинированной машины для предпосевной обработки почвы // Тракторы и сельхозмашины. - Москва, 1987. - №9. - С. 30-31.

5. Axmetov A.A., Mirsaidov A.R. K voprosu sozdaniya kombinirovannoy pochvoobrabatыvayuщey mashinbi // Problembi vnedreniya innovatsionnbix idey, texnologiy i proyektov v proizvodstvo: Sbornik nauchn^ix trudov IV Respublikanskoy nauchno-texnicheskoy konferentsii.

- Tashkent: Fan va texnologiyalar Markazining bosmaxonasi, 2012. - S. 71-72.

6. To'xtaqo'ziyev A., Ergashev M.M. Kombinatsiyalashgan diskli borona // O'ZBEKISTON QISHLOQ XO'JALIGI.-Toshkent, 2017.-№8.-B. 29-30.

7. To'xtaqo'ziyev A., Ergashev M.M. Kombinatsiyalashgan diskli borona // Fan va ishlab chiqarish integratsiyasi qishloq xo'jaligi samaradorligini muhim omili: Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi maqolalar to'plami.- Samarqand: SamQXI, 2013.-B. 145-147.

8. Imomqulov Q.B. Yangi shudgorlangan yerlarni ekishga tayyorlashda qo'llaniladigan mashina // Suv resurslaridan oqilona foydalanishning ekologik jihatlari: Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallar to'plami. - Buxoro, 2015. - B. 189-190.

9. Muqimova D.K. SHudgorlangan yerlarga izma-iz ishlov berishda qo'llaniladigan kombinatsiyalashgan mashinaning diskli g'altakmolalari parametrlarini asoslash. Diss. ... PhD, -Toshkent, 2020. - 111 b.

10. Axmetov A.A. SHo'rlangan yerlarda tuproqqa ekishdan oldin ishlov beruvchi rotatsion ish organli kombinatsiyalashgan mashinani yaratish // Avtoref. diss. ... tex.fan.dok. -Toshkent, 2015. - 77 b.

11. Ravshanov X.A. Tuproqni ekishga tayyorlashning samarali texnologiyalari va texnik vositalarini ishlab chiqishning ilmiy-texnik yechimlari // Diss. ... tex.fan.dok. - Toshkent, 2020.

- 205 b.

12. O'z DST 3412:2019 "Qishloq xo'jaligi texnikasini sinash. Tuproq yuzasiga ishlov beruvchi mashinalar va qurollar. Sinov dasturi va usullari" // Rasmiy nashr. - Toshkent, 2019. -52 b.

13. РД Уз 63.03-98 «Испытания сельскохозяйственной техники. Методы расчета экономической эффективности испытываемой сельскохозяйственной техники». -Тошкент, 1998. - 49 с.

14. ВЛИЯНИЕ ШИРИНЫ ДОЛОТА РАБОЧЕГО ОРГАНА УДОБРИТЕЛЯ НА ЕГО РАБОЧИЕ ПОКАЗАТЕЛИ Н.М Комилов, Ш.З Хайдарова, ИИ Абдимоминов Universum: технические науки, 51-55

15. ТАКОМИЛЛАШТИРИЛГАН УГИТ СОЛАДИГАН ИШ ОРГАНИ БИЛАН ЖЩОЗЛАНГАН КУЛТИВАТОР-ОЗЩЛАНТИРГИЧ Ш.З.Хайдарова International Conference on Research Identity, Value and Ethics, 110-113

16. РАБОЧИЙ ОРГАН ДЛЯ ВНЕСЕНИЯ ОРГАНОМИНЕРАЛЬНЫХ УДОБРЕНИЙ МЕЖДУ РЯДКАМИ ХЛОПКА. ОПРЕДЕЛЕНИЕ ПАРАМЕТРОВ/ Ш.З.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

Хайдарова, Д.А Дадажанова Universum: технические науки, 69-71

17. ИШ ОРГАНИ ИСКАНАСИНИНГ ПАРАМЕТРЛАРИНИ АСОСЛАШ/ Ш.З. Хайдарова, Ф Ортикова, М Давлитова, Н Саидабдуллаева/ Gospodarka i Innowacje. 35, 3133

18. ГУЗА ^АТОР ОРАЛАРИГА ИШЛОВ БЕРИШДА ^ИМОЯ КЕНГЛИГИНИ УРГАНИШ/ Хайдарова Шахноза Зокиржоновна Абдимоминов Икромжон Иминович/ JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN" JURNALI

19. Байбобоев Набижон Гуломович, Кучкоров Собиржон Каримжонович, Гуломов Шукуржон Илхомжонович, & Тоштиллаев Шохрух Азаматович (2024). НОВАЯ РАБОЧАЯ ОРГАН КУЛЬТИВАТОРА ДЛЯ ВНЕСЕНИЯ МИНЕРАЛЬНЫХ УДОБРЕНИЙ. Механика и технология, 1 (14), 88-92.

20. Boqijonovich, I. Q. (2022). Qo'chqorov Sobirjon Karimjonovich. Abdunazarov Elbek Elmurodovich, and Ortiqov Nozimjon Boqijon O'g'li." Anor tuplarini ko'madigan mashina uyumlagichining konstruktsiyasi" Mexanika i texnologiya, 3(8), 98-102.

21. Кучкоров, С. К., & Меликулов, Н. (2023). ШР Яхшибоев Сравнение антисимметричных колебаний упругой трехслойной пластины. Механика и технология, (10).

22. Qo'chqorov Sobirjon Karimjonovich, & Akbarov SHerzod Botirovich (2022). ELASTIK BARMOQLI DISKLI ELEVATORNI PARAMETRLARINI MATEMATIK MODELLASHTIRISH USULI BILAN ANIQLASH. Mexanika i texnologiya, 1 (6), 76-82.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.