Научная статья на тему 'TOMCHILATIB SUG’ORILADIGAN INTENSIV BOG‘ QATOR ORALARIGA SIFATLI ISHLOV BERADIGAN MASHINANI YARATISH BO‘YICHA OLIB BORILGAN TAJRIBA SINOV NATIJALARI'

TOMCHILATIB SUG’ORILADIGAN INTENSIV BOG‘ QATOR ORALARIGA SIFATLI ISHLOV BERADIGAN MASHINANI YARATISH BO‘YICHA OLIB BORILGAN TAJRIBA SINOV NATIJALARI Текст научной статьи по специальности «Механика и машиностроение»

CC BY
11
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Intensiv bog‘ / keng qamrovli yassi kesgich / begona o‘t / tuproq fraksiyasi / tortishga qarshilik. / Intensive garden / comprehensive flat cutter / weed / soil fraction / traction resistance.

Аннотация научной статьи по механике и машиностроению, автор научной работы — Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, Xalilov Jahongir Mansur O‘g‘li

Maqolada, bog‘ qator oralariga ishlov beradigan mashina va ish qurollarini yaratishda hissa qo‘shgan olimlar va ularning tadqiqot natijalari, shuningdek tomchilatib sug‘oriladigan intensiv bog‘ qator oralariga sifatli ishlov beradigan zamonaviy mashinani yaratish va uning turini tanlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTENSIVE BETWEEN ROW GARDEN WITH DRIP IRRIGATION ON BUILDING A CAR THAT PROVIDES QUALITY WORK EXPERIMENTAL TEST RESULTS

In the article, the scientists who contributed to the creation of machines and tools for working between garden rows and their research results, as well as the results of research conducted on the creation of a modern machine for high-quality processing of intensive garden rows with drip irrigation and the selection of its type given.

Текст научной работы на тему «TOMCHILATIB SUG’ORILADIGAN INTENSIV BOG‘ QATOR ORALARIGA SIFATLI ISHLOV BERADIGAN MASHINANI YARATISH BO‘YICHA OLIB BORILGAN TAJRIBA SINOV NATIJALARI»

UO'T 634.1-13

TOMCHILATIB SUG'ORILADIGAN INTENSIV BOG' QATOR ORALARIGA SIFATLI ISHLOV BERADIGAN MASHINANI YARATISH BO'YICHA OLIB BORILGAN TAJRIBA SINOV NATIJALARI

Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich QXMITI, laboratoriya rahbari, t.f.d., professor, e-mail: iqb [email protected]

Xalilov Jahongir Mansur o'g'li "TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti tayanch doktorant.

e-mail: xalilovj [email protected]

Annotatsiya. Maqolada, bog' qator oralariga ishlov beradigan mashina va ish qurollarini yaratishda hissa qo'shgan olimlar va ularning tadqiqot natijalari, shuningdek tomchilatib sug'oriladigan intensiv bog' qator oralariga sifatli ishlov beradigan zamonaviy mashinani yaratish va uning turini tanlash bo'yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan.

Аннотация. В статье ученые, внесшие вклад в создание машин и инструментов для работы между садовыми рядами, и результаты их исследований, а также результаты исследований, проведенных по созданию современной машины для качественной обработки интенсивных садовых рядов с Приведен капельный полив и выбор его типа.

Annotation. In the article, the scientists who contributed to the creation of machines and tools for working between garden rows and their research results, as well as the results of research conducted on the creation of a modern machine for high-quality processing of intensive garden rows with drip irrigation and the selection of its type given.

Kalit so'zlar. Intensiv bog', keng qamrovli yassi kesgich, begona o't, tuproq fraksiyasi, tortishga qarshilik.

Ключевые слова. Интенсивный сад, комплексный плоский нож, защита от сорняков, фракция почвы, сопротивление тяге.

Keywords. Intensive garden, comprehensive flat cutter, weed, soil fraction, traction resistance.

Kirish. Bugungi kunda dunyo aholi sonining jadal sur'atda oshib borishi tobora o'tkir muammoga aylanib borayotgan aholining tabiiy meva va sabzavot mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini oshishiga olib keldi. Shu sababli, dunyo miqyosida aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida intensiv bog' va uzumzorlarni tashkil qilish va ularda ishlovchi zamonaviy energiya va resurstejamkor texnika va texnologiyalarni yaratish borasida AQSh, Germaniya, Ispaniya, Rossiya, Turkiya, Xitoy kabi davlatlar yetakchilik qilishmoqda va ko'plab ijobiy natijalarga erishib kelmoqda. Keyingi yillarda respublikamiz qishloq xo'jaligi sohasida ilg'or xorijiy tajribalarni qo'llagan holda, yuqori texnologiyaga asoslangan tomchilatib sug'oriladigan intensiv bog' va uzumzorlarni barpo etishga katta e'tibor berilmoqda. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2021-yildagi 458-sonli qarori bilan Qishloq xo'jaligi birlashmalarining a'zolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik sub'ektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko'chatlar hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish to'g'risidagi nizom tasdiqlandi [1].

Yetakchi va rivojlangan mamlakatlar qishloq xo'jaligida intensiv bog' qator orasiga ishlov berishda energiya va resurstejamkor texnologiyalar va ularni amalga oshiradigan texnik vositalarning yangi turlarini ishlab chiqishga yo'naltirilgan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, kultivatorlarning takomillashtirilgan ishchi qismlarini ishlab chiqish, ular

bajaradigan texnologik jarayonlarni va eng maqbul parametrlarini asoslash, tuproqqa ishlov berish jarayonining resurstejamkorligini ta'minlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Respublikamiz va xorijda bog' qator oralari tuprog'iga ishlov berish texnologiyalari va texnik vositalarini ishlab chiqish, hamda takomillashtirish bo'yicha Rossiya federatsiyasida V.V.Bichkova, A.P.Girbanovskiy, N.I.Gerasimov, S.N.Xabarov, Ukrainada P.M.Vasilenko, V.N.Burchenko, Nigeriada A.Olufemi, AQShda M.N.Saber va boshqa ko'plab olimlar tomonidan tadqiqotlar olib borilgan.

O'zbekiston sharoitida bog' qator oralariga ishlov berish qurilmalarini ishlab chiqish va ularning ish ko'rsatkichlarini o'rganish bo'yicha A.Ribakov, R.Abdullaev, T.T.Axmedov, R.I.Baymetov, A.U.Aripov, A.T.Musurmonov, X.B.Utaganovlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan.

Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida yaratilgan bog' qator oralariga ishlov beradigan mashinalar bilan intensiv bog' qator oralari tuprog'iga ishlov berganda qator kamchiliklar yuzaga keladi.

Jumladan, mavjud texnikalar intensiv bog'larda qo'llanilganda daraxt ildiz tizimiga zarar etadi, hosildorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Chunki, intensiv bog'larda ildiz tizimi yer yuzasiga nisbatan yaqin masofada joylashgan bo'ladi va bu jihat intensiv bog' qator orasiga ishlov berish chuqurligiga ta'sir qiladi. Shuningdek, begona o'tlar to'liq kesilmay qolib ketadi va bog' qator orasidan takror o'tishlar sonini oshiradi va natijada sarf xarajatlarni oshishiga olib keladi.

O'tkazilgan ilmiy tadqiqot ishlarini xulosa qilib, respublikamiz sharoitida tomchilatib sug'oriladigan intensiv bog' qator oralariga ishlov beradigan ish organ turini tanlash, uning parametrlarini va ish rejimlarini asoslash bo'yicha yetarli ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmagan shu sababli, intensiv bog' qator oralariga sifatli ishlov beradigan va begona o'tlarni bir o'tishda to'liq yo'qotadigan energiya-resurstejamkor mashina ishlab chiqish muhim hisoblanadi.

Adabiyotlar tahlili va usuli. Tadqiqot olib borishda ilmiy uslublardan: taqqoslash, analitik, umumlashtirish va adabiyotlarni tahlil qilish usullaridan foydalanilgan.

Intensiv bog'lardan yuqori hosil olish uchun tuproq va iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda bog' qator oralari va tana atroflariga belgilangan agrotexnik talablar darajasida sifatli ishlov berish lozim. Bog'larda qator oralari tuprog'iga ishlov beradigan qurilmalarni yaratish sohasida akademik M.M.Mirzaev nomidagi bog'dorchilik ilmiy tadqiqot institut xodimlari T.T.Axmedov, X.Qushnazarov, A.T.Musurmanov, X.B.Utaganov kabi olimlarning hissasi katta [3].

A.T.Musurmanov bog'larda qator oralig'i va tanaga yaqin tuproqqa ishlov berish uchun bog' kultivatorini yaratish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan va tavsiya etilgan mashinaning optimal parametrlarni asoslab berilgan [4].

X.B.Utaganov tokzor qator oralari va tana atroflariga ishlov beruvchi buralma ish organ yaratish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan va tavsiya etilgan mashinaning optimal parametrlarni asoslab berilgan [5].

Amalga oshirilgan tadqiqotlar asosida bog' qator oralari tuprog'iga ishlov beradigan chuqur yumshatkichlar, diskli mashinalar, bog'dorchilik pluglari, bog' qator oralari va tana atrofiga ishlov beruvchi ish qurollari ishlab chiqilgan, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida muayyan ijobiy natijalarga erishilgan holda qo'llanilib kelinmoqda. Lekin bu tadqiqotlar natijalari asosida yaratilgan qator oralariga ishlov beradigan mashinalar va ish organlar tomchilatib sug'oriladigan intensiv bog'lardagi qator oralariga yetarli darajada ishlov bera olmaydi. Jumladan, yuqoridagi mavjud texnikalardan tomchilatib sug'oriladigan intensiv bog'larda qo'llanilganda ildiz tizimiga bir muncha zarar yetadi va intensiv bog' hosildorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Chunki, tomchilatib sug'oriladigan intensiv bog'larda ildiz tizimi yer yuzasiga nisbatan yaqin masofada joylashgan bo'ladi va bu jihat intensiv bog' qator orasiga ishlov berish chuqurligiga ta'sir qiladi. Bu o'z navbatida tomchilatib sug'oriladigan intensiv bog'larda sarflanadigan mehnat xarajatlarining oshishiga va intensiv bog'ni parvarishlashda

bajariladigan agrotexnik jarayonlarni amalga oshirish operatsiyalarining ko'payishiga olib keladi.

Tomchilatib sug'oriladigan intensiv bog'larda qator oralariga ishlov beradigan texnik vositalar xorijiy davlatlardan olib kelinishi qimmatligi va bu texnikalar respublikamiz tuproq iqlim sharoitlariga mos emasligi hamda ma'naviy eskirgan paxtachilikda qo'llaniladigan texnika vositalari yordamiga bajarilmoqda.

O'tkazilgan adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, respublikamiz sharoitida tomchilatib sug'oriladigan intensiv bog' qator oralariga ishlov beradigan mashinani yaratish bo'yicha yetarli ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmagan. Mavjud ilmiy tadqiqotlar hamda bog'dorchilik texnika vositalarining konstruksiyalari va ish jarayonlarini intensiv bog' qator orasiga ishlov berishda kamchiliklar yuzaga kelganligi sababli, intensiv bog' qator oralariga daraxt ildiz tizimiga shikast yetkazmasdan sifatli ishlov beradigan va begona o'tlarni yo'qotadigan ish organini turini tanlash hamda parametrlarini asoslash bo'yicha nazariy va eksperimental tadqiqotlarni o'tkazish muhim vaizfa hisoblanadi.

Muhokamasi. Tomchilatib sug'oriladigan intensiv bog' qator oralariga ishlov beradigan mashinani maqbul variantini tanlash maqsadida o'tkazilgan ilmiy tadqiqot ishlari va adabiyotlar tahlili, rivojlangan mamlakatlarda tuproqqa ishlov berish texnologiyalari hamda texnika vositalarini o'rganish natijalaridan kelib chiqib, 3 xil variantlarda kultivatorlarning konstruktiv sxemalari ishlab chiqildi va ularning tajribaviy nusxalari tayyorlanib, dala-taqqoslov tajriba sinovlari o'tkazildi.

Eksperimental taqqoslov sinovlari 2023-yil aprel oyida Toshkent viloyati, Yangiyo'l tumani "Ozod Abdunabibog'i" bog'dorchilik fermer xo'jaligining 3-kartasida 2 yoshli 4x1.2 sxemada ekilgan intensiv olma bog'ida o'tkazildi. Sinovlarda dala laboratoriya-qurilma 0.9 klassdagi g'ildirakli traktori bilan agregatlanib 5 va 7 km/h harakat tezliklarida ishlatildi.

Tomchilatib sug'oriladigan intensiv bog' qator oralariga ishlov beradigan mashina ishchi organlariga qo'yilgan agrotexnik talablarga asosan, dala sinovlarida ishlov berish chuqurligi 8-12 cm oraliqda va begona o'tlarni kesish darajasi 90 % dan yuqori bo'lishi asosiy me'zon qilib olindi hamda quyidagi ish ko'rsatkichlari aniqlandi:

- begona o'tlarning yo'qotilish darajasi.

- ishlov berish chuqurligi;

- tuproqning uvalanish sifati;

- ish organining tortishga qarshiligi;

a) b) d)

a) yumshatkich panja bilan jihozlangan chisel-kultivator; b) yassi kesuvchi ish organlar bilan jihozlangan kultivator; d) keng qamrovli yassi kesuvchi ish organlar bilan jihozlangan kultivatorlarning traktrorga agregatlangan holati

1-rasm. Taqqoslov sinovlarini o'tkazish uchun ishlab chiqilgan laboratoriya dala qurilmalari

Bu ko'rsatkichlar O'z DSt 3236:2017 «Bog'dorchilikda tuproqqa ishlov beruvchi mashina va ish qurollari. Sinov usullari», O'z DSt 3193:2017 "Qishloq xo'jaligi texnikasini sinash. Mashinalarni energetik baholash usuli", bo'yicha aniqlandi. Tajribalarda quyida tasvirlangan uch variantdagi tuproqqa ishlov beruvchi ish organlarining o'zaro taqqoslov sinovlari o'tkazildi: (1-rasm)

Bunda keng qamrovli tekis kesuvchi ish organ sifatida qamrash kengligi 700 mm, uvalash burchagi 30o va qanotlarining ochilish burchagi 90o bo'lgan keng qamrovli yassi kesuvchi ish organlar tanlab olindi va kultivator ramasiga o'rnatildi.

Tajriba sinovlari o'tkazish oldidan begona o'tlarni kesilish darajasi aniqlandi. Bunda begona o't bosganlik darajasini aniqlash maqsadida 100x100 smli kvadrat shakldagi maxsus jihoz tanlab olindi va uning ichidagi begona o'tlar hisoblab topildi. Har bir tajriba uchastkasidan mashina ishlov berish kengligi bo'yicha 5 martadan bog' qator oralig'i dioganali bo'ylab aniqlanib, ularning o'rtacha arifmetik qiymati hisoblab topildi. Ishlov berilgan bog' qator orasidagi begona o'tlarning yo'qotilish darajasi esa 3 kundan so'ng ishlov berishdan oldingi kesilmagan va ishlov berishdan keyin kesilgan begona o'tlarning nisbati bo'yicha aniqlandi. Bunda ham yuqorida ta'kidlanganidek har bir tajriba uchastkasidan 5 tadan o'lchov o'tkazilib ularning o'rtacha arifmetik qiymati hisoblab topildi.

Tanlab olingan har bir variantdagi ish organlarning ishlov bergan maydonning ishlov berish chuqurligi, tuproqning uvalanish darajasi, tortishga qarshiligi hamda begona o'tlarni kesish darajasi quyidagi 1-jadvalda berilgan (bunda: mashinaning tortishga qarshiligi 1 metr kenglikdagi solishtirma qarshilik hisobida olingan).

Tajriba sinovlari o'tkazilgan ishchi organ turlarining energiya va sifat ko'rsatkichlari

1-jadval

Ish organ turlari Agrégat harakat tezligi, km/h Tuproq fraksiyalarining ulushi, % Ishlov berish chuqurligi, cm Tortishga qarshilik, kN Begona o'tlarning kesilish darajasi, %

fraksiyalar o'lchamlari, mm

>100 100-50 < 50

Yumshatkich panjalar bilan jihozlangan chizel-kultivator 5,0 0,63 14,27 85,1 14,5 1,2 68,27

7,0 0,73 8,43 90,84 13,8 1,5 71,01

Yassi kesuvchi ish organlar bilan jihozlangan kultivator 5,0 15,20 16,30 68,50 9,7 1,6 84,22

7,0 13,45 15,24 71,31 8,8 1,8 86,81

Keng qamrovli yassi kesuvchi ish organlar bilan jihozlangan kultivator 5,0 7,45 17,01 75,54 11,5 2,1 95,15

7,0 5,08 16,82 78,10 10,7 2,2 98,18

Qurilish va Ta 'lim ilmiy jurnali 3-jild, 4-son https://iurnal.qurilishtalim.uz

125

Natijalar. Yuqoridagi jadvaldan ko'rinib turibdiki, yumshatkich panjaning begona o'tlarni kesish darajasi ancha past va ishlov berish berish chuqurligi belgilangan agrotexnika talabdan yuqori. Shuningdek, ish organ qamrash kengligi kam bo'lishi hisobiga daraxt tana yaqinida ishlov bera olmaydi va begona o'tlarni kesishi nisbatan kam. Bundan tashqari daraxt tana atrofiga ishlov berish uchun ish organni yaqinlashishi ishlov berish chuqurligi nisbatan yuqori bo'lganligi sababli daraxt ildizini kesib yuborishi yoki ramaning daraxt tanasiga tegib unga shikast yetkazishiga olib kelishi mumkin. Yassi kesuvchi ish organlar bilan ishlov berilgan maydonda begona o'tlarni kesilish darajasi nisbatan yuqori bo'lsa ham, ishlov berish chuqurligi past va belgilangan agrotexnika talablariga mos emasligi. Keng qamrovli yassi kesgich ish organlar bilan ishlov berilgan maydondagi begona o'tlarning kesilish darajasi ancha yuqori va ishlov berish chuqurligi daraxt ildiz tizimiga yetib bormaydi. Shuningdek, ish organlar kamligi hisobiga resurs-tejamkor hisoblanadi.

Xulosa. Xulosa qilganda, tomchilatib sug'oriladigan intensiv bog' qator oralariga ishlov berishda belgilangan agrotexnik talablarga mos bo'lgan, bir o'tishda begona o'tlarni to'liq kesib, bog' qator orasiga sifatli ishlov bera oladigan ish organ turini tanlash maqsadida hozirgi kunda intensiv bog'larda qo'llanilib kelinayotgan ish organlar va keng qamrovli yassi kesuvchi ish organlardan foydalangan holda tajriblar o'tkazdik. Tajriba natijalariga ko'ra, keng qamrovli yassi kesuvchi ish organi begona o'tlarni kesish darajasi ancha yuqori va ishlov berish chuqurligi belgilangan agrotexnika talablarga mos keladi. Shuningdek, ishlov berish jarayonida daraxt ildizlariga shikast yetkazmaydi. Ushbu xulosalardan kelib chiqib, keyingi tadqiqotlarimizni keng qamrovli yassi kesuvchi ish organining parametrlarini nazariy asoslash hamda eksperimental tadqiqotlarni olib borishga qaratiladi.

ADABIYOTLAR

1. https://lex.uz/ru/docs/5524284;

2. https://samarkand.uz/uz/press/news/ intensiv bog' zamonaviy bog'dorchilik namunasi;

3. Утаганов Х.Б., Мусурмонов А.Т., Ишонходжаева Л.А. Разработка приспособлений для обработки почвы. // Respublikada intensiv bog' va tokzorlarni rivojlantirish, hosidorligi hamda meva sifatini oshirish omillari // Материалы научно-практической конференции. УзНИИСВиВ им.акад М.М.Мирзаева - Тошкент 2013. 159-164 с;

4. Мусурманов А.Т. Научно-техническое решение обработки почвы в междурядях и рядах садов: Диса...т.ф. DsC.- Ташкент, 2018. - 321 c;

5. Utaganov X.B. Kultivatorning tok tuplari orasiga ishlov beruvchi ishchi organi parametrlarini asoslash: Diss..t.f.PhD. - Toshkent, 2023.- 145 b;

6. Bog'dorchilik va uzumchilikni rivojlantirish: pakana va yarim pakana (intensiv) mevali bog'larni tashkil etish, ichki va tashqi bozorlarda yuqori talabga ega bo'lgan, yuqori hosildor uzum navlarini yaratish" bo'yicha qo'llanma. Toshkent - 2016;

7. Nishanboev N.N., Xalilov J.M., G'ulomov M.S. Intensiv bog' barpo etishda qo'llaniladigan mashina // Suv resurslari va gidrotexnika inshootlaridagi muammolar va ularning е^т^н. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya. - Qarshi, 2023. - B. 533-536;

8. O'zDSt 3236:2017 "Bog'dorchilikda tuproqqa ishlov beruvchi mashina va ish qurollari. Sinov usullari" // Rasmiy nashr. - Toshkent, 2017.-78 b;

9. ГОСТ 34393-2018 "Техника сельскохозяйственная. Методы экономической оценки".- Москва: Стандартинформ, 2018. - 18 c;

10. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта.-Москва: Колос, 1978.-335 с.

11. Imomqulov Q.B., Xalilov J.M.,Nishanboev N.N., Tomchilatib sug'oriladigan intensive bog'lar va ularning bugungi kundagi ahamiyati // Ijodkor yoshlar va innovatsion taraqqiyot. Xalqaro an'anviy 7- ilmiy - amaliy anjumani. - Buxoro, 2022. - B. 149-153;

12. Xalilov J.M., Nishanboyev N.N Intensiv bog' qator oralariga ishlov beradigan kultivatorni yaratish bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar tahlili // Mexanika muammolarini

yechishda innovatsion yechimlari va istiqbollari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya. -Buxoro, 2024. - B. 93-95;

13. Xalilov J.M. / Intensiv bog' qator oralariga ishlov beradigan ish organ turini tanlash bo'yicha olib borilgan tadqiqot va tajriba sinov natijalari // Universal journal of technology and innovation: Volume 2, Issue 14. - B 67-77.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.