Научная статья на тему 'BOG‘DORCHILIK KULTIVATORINING YOTIQ QIRQUVCHI PANJALI– PICHOQ PARAMETRLARINI ASOSLASH'

BOG‘DORCHILIK KULTIVATORINING YOTIQ QIRQUVCHI PANJALI– PICHOQ PARAMETRLARINI ASOSLASH Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

8
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qator oraslari / qirquvchi panja / yotiq qirquvchi oʻng va chap panja / oʻtkirlash burchagi / kesuvchi tigʻ / qiyalik burchagi / begona oʻt / qator oraslari / qirquvchi panja / yotiq qirquvchi oʻng va chap panja / oʻtkirlash burchagi / kesuvchi tigʻ / qiyalik burchagi / begona oʻt

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — S G‘ Nazarov, E Sh O‘ngboyev, X. Q. Pardayev

Mazkur maqolada bogʻlarni bahor va yoz oylarida qator oralarini yuza yumshatish bilan begona oʻtlardan tozalash uchun yotiq qirquvchi pichoqning oʻlchamlari, charxlanish burchagi, kesuvchi tigʻning qalinligi hamda gorizontga qiyalik burchagi kabi parametrlari toʻgʻrisida ma’lumotlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article provides information on parameters such as the size, sharpening angle, thickness of the cutting blade and the angle of inclination to the horizon of the horizontal mower blade for weeding the gardens in spring and summer months by smoothing the surface between the rows.

Текст научной работы на тему «BOG‘DORCHILIK KULTIVATORINING YOTIQ QIRQUVCHI PANJALI– PICHOQ PARAMETRLARINI ASOSLASH»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

BOG'DORCHILIK KULTIVATORINING YOTIQ QIRQUVCHI PANJALI-PICHOQ PARAMETRLARINI ASOSLASH

S. G'. Nazarov

ToshDAU Samarqand filiali magistranti

E. SH. O'ngboyev

ToshDAU Samarqand filiali talabasi

X. Q. Pardayev

dotsent v.v.b. (PhD), ToshDAU Samarqand filiali

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada bog'larni bahor va yoz oylarida qator oralarini yuza yumshatish bilan begona o'tlardan tozalash uchun yotiq qirquvchi pichoqning o'lchamlari, charxlanish burchagi, kesuvchi tig'ning qalinligi hamda gorizontga qiyalik burchagi kabi parametrlari to'g'risida ma'lumotlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: qator oraslari, qirquvchi panja, yotiq qirquvchi o'ng va chap panja, o'tkirlash burchagi, kesuvchi tig', qiyalik burchagi, begona o't.

ABSTRACT

This article provides information on parameters such as the size, sharpening angle, thickness of the cutting blade and the angle of inclination to the horizon of the horizontal mower blade for weeding the gardens in spring and summer months by smoothing the surface between the rows.

Keywords: row spacing, mower deck, horizontal mower right and left deck, sharpening angle, cutting blade, bevel angle, weed.

Kirish. Respublikamiz qishloq xo'jaligining bo'dorchilik sohasida bog'larning hosildorligini ta'minlash bilan yuqori hosildorlikka erishish uchun bahor va yoz oylarida amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida talab darajasida amalga oshirish talab qilinadi. Bog'larni qator oralariga ishlov berishda umumiy ishlarga mo'ljallangan qishloq xo'jaligi mashinalaridan foydalanish imkoniyati cheklanganligi sababli bog'dorchilik mashinalaridan foydalanib amalga oshiriladi. Bahor va yoz oylarida bog'lar qator oralarida begona o'tlarning o'sishi natijasida kunning issiq davrida

May 12-13

70

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

daraxtlarning guli, mevalarning g'urasi va meva pishishigacha bo'lgan vaqtda salbiy ta'sir qiladi. Bundan tashqari mevali daraxtlarni barglari va mevalarni jiddiy kasallaniv hosilni yuqotilishiga olib keladi [1, 4].

Bog'lardagi begona o'tlarni ko'payishi zararli hashoratlar va zamburug'li kasalliklarning avj olishiga olib keladi. Begana o'tlarni yo'qotishda kimyoviy preparatlardan foydalanish bilan ham ularni yo'q qilish usullari mavjud bo'lib, bu usulni qo'llashda yetishtirilgan mevalar ekologik hisoblanmaydi.

Yuqoridagilarni hisobga olib, bog' qator oralari va himoya hududiga bahor-yoz oylarida qator oralari tuprog'iga yuza ishlov berish bilan begona o'tlardan tozalash, daraxt va mevalarni zararlaydigan hashoratlar hamda zamburug'li kasalliklarni tarqalishini oldini olish imkonini yaratadi. Buning uchun bog' qator oralari va daraxtlar tanasi atrofi himoya hududini begona o'larini qirqib, tuproqni yuza yumshatadigan bir tomonlama yotiq qirquvchi panja-pichoqli bog'dorchilik masinasining ishchi organi o'lcham va parametrlarini asoslash talab qilinadi.

Foydalanilgan materiallar va usullar. Bog' qator oralari tuprog'ini bahor va yoz oylarida yuza yumshatib begona o'tlardan tozalash daraxtlarni butun o'suv davri davomida tuproqdagi nam uzoq muddat saqlanishidan daraxtlarni ildiz tizimi yaxshi rivojlanishi hamda tuproqdagi havo va issiqlik rejimini yaxshilaydi, tuproqdagi biologik jarayonlarning kechishida va oziq moddalarning to'planishiga yordam beradi, qator oralaridagi begona o'tlar va zararkunandalardan tozalaydi.

Bog' qator oralari va tana atrofii himoya hududi tuprog'ini yuza yumshatib begona o'tlarni yuqotuvchi bir tomonlama yotiq chap va o'ng qirquvchi panja pichoq o'rnatilgan qurilmaga 4 tadan o'ng va chap qirquvchi pichoqlar o'rnatilgan bo'lib, bu qirquvchi pichoqlar qator oralari tuprog'ini yuza yumshatib begona o'tlarni ildizidan qirqib yo'qotadi. Qurilmaning ikki yonida daraxtlar himoya zonasi va tana atrofii tuprog'iga ishlov beradigan gidro tizimli qirquvchi ikki tomonlama pichoqlar o'rnatilgan. Qirquvchi pichoqlar tuproq qtlamini 6-10 sm chuqurliklarda yumshatadi. Bir tomonlama yotiq qirquvchi panja-pichoqning vertikal tig'i tuproqni tekis qirqib, begona o'tlar ildizini to'liq qirqib, ishlov berilgan maydon yuzasida katta o'lchamli kesaklarni hosil qilmaydi. Panjaning vertikal tig'ining pastki qirrasi 23°12' bo'ganiligi uni tuproqdan surib chiqaruvchi kuch hosil bo'lmaydi. Bundan tashqari, panja-pichoq bir tomonlama bo'lganligidan yon kuchlar muvozanatlanmaydi va ustun yon tomonga bukilishi mumkin [2, 3].

Olingan natijalar va ularning ma'nosi. Panjalarining tig'i yuqori tomonidan 8-10° burchak yasab charxlanishi kerak. Tig'ining qalinligi 0,5 m. Panjaning qamrash kengligi b=85-250

May 12^13

Samarkand branch of Tashkent State

Agrarian University

Theoretical and practical foundations of

Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023 O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy

mm, panja qanotlarining ochilish burchagi 2y=60°, qanotning gorizontga qiyalik burchagi ß=10-15° ga teng.

1-rasm. bog' qator oralari tuprog'iga yuza ishlov berib begona o'tlarni yo'qotadigan qurilma panja-pichog'ining parametrlari

Tuproq va o'tlarni tiqilib qolmasdan ishlashni ta'minlaydigan yumshatuvchi va begona o'tlarni kesuvchi panja-pichoqlar qatorlari orasidagi masofa L tuproq deformatsiyasining mumkin bo'lgan zonasi bilan berilgan ishlov berish chuqurligi a belgilanadi. Harakatlanuvchi panja-pichoq ta'sirida tuproq uning oldida mn chizig'i bo'ylab deformatsiyalanadi, vertikaldan a+y burchak bilan chetlangan va ko'ndalang yo'nalishda deformatsiya zonasi mn tekisliklari bilan chegaralangan, m1n1 chizig'iga œil burchak ostida joylashadi [3].

Panja-pichoqlarning bir-biriga nisbatan joylashish masofasi quyidagicha topiladi

Li>li+l2; l1=atg(a+y); L1> atg(a+y)+10 (1)

bu erda a-bo'ylama vertikal tekislikdagi panja-pichoqning o'rnatilish burchagi; l0-vertikal ustundan panja uchining chiqishi, 9-ishqalanish burchagi, 9-25°.

Panja-pichoqlarini bir-biriga nisbatan o'rnatilish masofasi gorizontal tekislikda tuproqning deformatsiyalanishi orqali aniqlanadi.

b>b+2b; b1=mntg (œi2); mn=aicos(a+ç) (2)

bundan

b > b +

2atg (%)

cos(a + (p)

bu erda rn - tuproqning deformatsiyalanish burchagi, rn - 4050° ga teng.

(3)

May 12-13

72

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Xulosalar. Olib borilgan tahlillar va izlanishlar natijasida bog' qator oralaridagi begona o'tlarni yo'qotib tuproqni yuza yumshatadigan panja pichoqlarining sifatli ishlov berishida uning asosiy o'lchamlarini ishlov berish kengligi, tig' qalinligi, o'tkirlanish burchagi, panja pichoqlarning bir-biriga nisbatan o'rnatilish masofasi va balandligini aniqlash talab qilinadi. Panjalarining tig'i yuqori tomonidan 8-10° burchak yasab charxlanishi kerak. Tig'ning qalinligi 0,5 mm. Panjaning qamrash kengligi b=85-250 mm, panja qanotlarining ochilish burchagi 2y=60°, qanotning gorizontga qiyalik burchagi в=10-15° ga teng bo'lishi kerak.

REFERENCES

1. I.T. Ergashev, X. Q. Pardayev, & S. G'. Nazarov (2022). INTENSIV BOG' QATOR ORALARI VA HIMOYA HUDUDI TUPROG'IGA YUZA ISHLOV BERIB BEGONA O'TLARNI YO'QOTADIGAN QURILMA SXEMASINI ISHLAB CHIQISH. Academic research in educational sciences, TSAU (Conference ), 440-443.

2. Хдмидов А. ^ишлок хужалик машиналарини лойих,алаш.— Т.: Укдтувчи, 1991.— 248 6.

3. Мусурманов А.Т. Научно-технеческое решение обработки почвы в междурядьях и рядах садов. Докт.дисс.док.техн.наук. -Самарканд., 2019. -194 с.

4. http : //documents 1. worldbank.org

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.