Научная статья на тему 'BOG' QATOR ORALARIGA ISHLOV BERADIGAN PLUGNI LOYIHALASH'

BOG' QATOR ORALARIGA ISHLOV BERADIGAN PLUGNI LOYIHALASH Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

237
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tuproqni mulchalash / sug'orish / agrotexnik ishlar / plugni loyihalash / ko'p yillik o'tlar / burchakkesgich / chimqirqar plug

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Izzatbek Botirovich Maksudbaev

Ushbu maqolada bog‘ qator oralariga ishlov beradigan plugni loyihalashtirish, zamonaviy plugsozlikdagi yangi texnik yechimlar, tuproqni mulchalash, bog'larni sug'orishning yangi usullari va hosildorlikni oshirish haqida to‘liq fikr yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses in detail the design of a plow between rows of garden, new technical solutions in modern plowing, soil mulching, new methods of watering gardens and increasing productivity

Текст научной работы на тему «BOG' QATOR ORALARIGA ISHLOV BERADIGAN PLUGNI LOYIHALASH»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Google Scholar indexed

Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

BOG' QATOR ORALARIGA ISHLOV BERADIGAN PLUGNI

LOYIHALASH

Izzatbek Botirovich Maksudbaev

Toshkent Davlat Agrar Universiteti Samarqand Filiali Qishloq Xo'jaligini Mexanizatsiyalashtirish Magistratura 2-bosqich talabasi

Ushbu maqolada bog' qator oralariga ishlov beradigan plugni loyihalashtirish, zamonaviy plugsozlikdagi yangi texnik yechimlar, tuproqni mulchalash, bog'larni sug'orishning yangi usullari va hosildorlikni oshirish haqida to'liq fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: tuproqni mulchalash, sug'orish, agrotexnik ishlar, plugni loyihalash, ko'p yillik o'tlar, burchakkesgich, chimqirqar plug.

This article discusses in detail the design of a plow between rows of garden, new technical solutions in modern plowing, soil mulching, new methods of watering gardens and increasing productivity.

Bog'larda yerlarni ishlash tizimlariga bog' qator oralaridan foydalanish, meva daraxtlarini o'g'itlash, yerni ishlash, mulchalash va sug'orish kabi sistemalar tushiniladi. Tuproqni ishlashda birdan-bir muhim maqsad tuproqning unumdorligini doimiy oshirib borishdir. Lekin bulardan tashqari bog' qator oralaridan mumkin qadar o'ta yuqori mahsulotlar, ya'ni meva-sabzavotlar bilan birga texnik o'simliklar, oziq-ovqat mahsulotlari va yem-xashak ekinlarini o'stirish uchun ham ishlatish kerak. Dastlab yosh daraxtlarning yer ustki qismi ancha ko'proq bo'yiga nisbatan o'sadi. Uning ildiz sistemasi esa ko'proq chuqurga nisbatan emas balki yon-atrofga o'sadi. Shu sababdan ham, daraxtning taglari, yon-atroflari begona o'simliklardan bo'sh turishi kerak. Ya'ni o'sha begona o'simliklardan toza bo'lishi va daraxtning tagi doimo yumshatilishi zarur. Daraxtning tanasi yon-atrofidagi aylana diametri shox-shabbaning kengligiga qarab aniqlanadi. Suv ozchil bo'lsa uni bahorgi sug'orishdan keyin bu aylanaga mayda poxol, chirindi, boshqa o'simlik qoldiqlari va yog'och qipiqlari taxminan 10 yoki 15 sm qalinlikda solinadi, to'g'riroq qilib aytganda, mulchalanadi. Hozirgi vaqtlarga kelib, mulcha qog'ozlardan foydalanilmoqda.

ANNOTATSIYA

ASBTRACT

October 5-6

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

1-rama. 2-tayanch g'ildirak; 3-osish mexanizmi; 4-tayanch tekislovchi katok; 5-chap tomonga ag'daruvchi korpuslar; 6-o'ng tomonga ag'daruvchi korpuslar; 7 va 8-zaplujniklar

Hozirgi vaqtlarga kelib, mulcha qog'ozlardan foydalanilmoqda. Mulchaning muhim ahamiyatlari quyidagilardan iborat; haroratni qishda issiqroq, yozda esa salqinroq, namlikni saqlaydi, g'ovak qiladigan va mikroorganizmlar qiladigan ko'pgina chuvalchanglar ko'payadi va begona o'simliklarni o'stirmaydi. Daraxtlarda bug'lanish nisbatan kamroq bo'lgani uchun zararli tuzlar yerning ustki qavatiga chiqmaydi. Bog'lar mulchalanganda kamroq sug'oriladi, shu vaqtda mulcha ochiladi va qayta yopib qo'yiladi. Zararli kemiruvchi hayvonlar qishda daraxtlarga zarar yetkazmasligi uchun bog' qator oralariga sochib tashlab, xaydab yuboriladi yoki bog'dan tashqariga chiqarib tashlanadi. Mulchalangan yerda hosildorlik 60% gacha ko'payishi mumkin. Lekin ushbu mulchalash yuqori darajada qimmatga tushadigan sermahsul ish. Dastlab uni yosh bog'larda, lalmi bog'larda va ko'pgina ko'chatzorlarda qo'llash mumkin.

Bog' qator oralariga bug'doy, oq jo'xori, suli, arpa, makkajo'xori kabi ko'pgina donli ekinlarni ekish tavsiya

October 5-6

449

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Google Scholar indexed

Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

etilmaydi, shuning bilan birga poliz ekinlar ham. Bog' qator oralariga mosh, loviya, ko'k no'xot, no'xot kabi dukkakli don ekinlari, chopiq qilinadigan ekinlar, ko'k o'g'it sifatida xaydab yuboriladigan ekinlar hamda sabzavotlar tavsiya etiladi. Ba'zi hollarda ko'p yillik o'tlar ekiladi yoki bo'lmasa shudgor qilib qo'yiladi. Daraxt, bog'larni sug'orishning yangicha usullari; tuproq tagidan sug'orish, yomg'irlatib sug'orish, mayda zarrali ya'ni aerosol sug'orish, tomchilatib sug'orish. Shu kabi usullar qo'llanilganda bog'dagi tuproqlar bir tekis va me'yorida ho'llaniladi, yer qurib qolmaydi, begona o'simliklar chiqishi yetarlicha kamayadi, zichlashmaydi, bog'larda mikroiqlim ozayadi, bir qator ko'pgina agrotexnik ishlar hajmi kamayadi, bir necha marotaba suv tejaladi, hamda sug'orish uchun ariqlar olish, shuningdek sug'orilgandan keyin tuproqni yumshatish kabi ishlar hajmi kamayadi. Buning natijasida hosilning samaradorlik oshadi va uning tannarxi kamayadi. Tuproqqa plug yordamida ishlov berishda yerning palaxasini to'ntarish talab qilinadi. Har yili ekiladigan bog'larni kuzgi shudgorlashda, shuningdek qarovsiz yerlarni dastlabki shudgorlashda burchakqirqar yoki chimqirqar o'rnatilgan plugdan foydalanish maqsadga muvofiq. Tuproqqa sepilgan go'ngni ko'mish uchun chimqirqarsiz plug foydalaniladi. Yosh bog'larni esa ariqchalar yordamida sug'oriladi.

REFERENCES

1. A.A.Ro'bakov, S.A. Ostrouxova - "O'bekiston mevachiligi" T .: "<O'qituvchi">, 1981.

2. M.M. Mirzaev, M.K.Sobirov - Bog'dorchilik "T .:"<Mehnat "> 1987.

3. O'zbekiston Respublikasining Oliy majlis qonunlar tuplami.1,2 qism 1998.

4. V.M.Kurennoy, V.F.Koltunov -" Plodovodstvo "M .:" Agropromizdat "1985.

5. Mashina-traktor parklarini tashkil etish to'g'risidagi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-martdagi 95-son Qarori.

6. Yuldashev X.S. O'simlik mahsulotlari yetishtirish texnologi yasi. - T.: Mehnat», 2002.

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.