Научная статья на тему 'TUPROQQA NOL ISHLOV BERISHGA ASOSLANGAN RESURS TEJOVCHI, TABIATNI MUXOFAZALOVCHI TEXNOLOGIYA VA UNI AMALGA OSHIRISHNING TEXNIK VOSITASI'

TUPROQQA NOL ISHLOV BERISHGA ASOSLANGAN RESURS TEJOVCHI, TABIATNI MUXOFAZALOVCHI TEXNOLOGIYA VA UNI AMALGA OSHIRISHNING TEXNIK VOSITASI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

419
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pushta / juftlashgan disklar / no-till / maydalagich g‘altak / qoplama (mulcha) / zichlovchi g‘altak / ariqcha / furrow / double-disc / no-till / straw grinder / mulch / press wheel / seed slots.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — I. T. Ergashev, B. V. Abdullayev, A. B. Aminov, X. Q. Pardayev

Maskur maqola Respublikamizda tuproqqa ishlov berish va ekish texnologiyalarining yangi yo‘nalishi ya’ni no-till texnologiyasining ishlash prinsiplari va qurilmaning sxemasini asoslash bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article provides information on the principles of operation of a new direction in the technology of tillage and sowing in our republic, i.e. technology of no tillage and the rationale for the scheme of the device

Текст научной работы на тему «TUPROQQA NOL ISHLOV BERISHGA ASOSLANGAN RESURS TEJOVCHI, TABIATNI MUXOFAZALOVCHI TEXNOLOGIYA VA UNI AMALGA OSHIRISHNING TEXNIK VOSITASI»

4-SHO'BA: XALQARO BOZOR TALABLARIDOIRASIDA QISHLOQ XO'JALIGIMAHSULOTLARINISAQLASH, QAYTAISHLASH, SERTIFIKATLASH VA STANDARTLASH

TUPROQQA NOL ISHLOV BERISHGA ASOSLANGAN RESURS TEJOVCHI, TABIATNI MUXOFAZALOVCHI TEXNOLOGIYA VA UNI AMALGA OSHIRISHNING TEXNIK VOSITASI

I. T. Ergashev

t.f.d., professor, ToshDAU Samarqand filiali

B. V. Abdullayev

tayanch doktorant, SDVMCHBU

A. B. Aminov

magistratura talabasi, ToshDAU Samarqand filiali

X. Q. Pardayev

katta o'qituvchi, PhD, ToshDAU Samarqand filiali

ANNOTATSIYA

Maskur maqola Respublikamizda tuproqqa ishlov berish va ekish texnologiyalarining yangi yo'nalishi ya'ni no-till texnologiyasining ishlash prinsiplari va qurilmaning sxemasini asoslash bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan

Kalit so'zlar: pushta, juftlashgan disklar, no-till, maydalagich g'altak, qoplama (mulcha), zichlovchi g'altak, ariqcha

ABSTRACT

The article provides information on the principles of operation of a new direction in the technology of tillage and sowing in our republic, i.e. technology of no tillage and the rationale for the scheme of the device.

Keywords: furrow, double-disc, no-till, straw grinder, mulch, press wheel, seed

slots.

KIRISH

Ma'lumki, erga ekinlarni ekishda xarajatlarning asosiy qismini tuproqni ekishga tayyorlash ishlari tashkil etadi. Ekinlar

October 5-6

429

urug'ini agrotexnik talablar bo'yicha ekish uchun turli xil mashina va qurollardan foydalanib bir necha marta ishlov berish evaziga qo'shimcha sarf-xarajatlarning oshishi va yildan yilga ishlov berilgan tuproqning hosildorligini kamayishiga hamda bevosita hosilga ham ta'sir ko'rsatadi [2].

Hozirgi kunda tuproqning unumdor qatlamini saqlab qolish borasida ko'plab olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilayotgan bo'lib, muammolarning echimi sifatida ular erga ishlov berishlar sonini kamaytirish va imkoni boricha ishlov bermaslik taklifini ilgari surishmoqda [3,4].

Mamlakatimizda qishloq xo'jalik sohasida olib borilayotgan islohotlarning negizida ham eng avvalo sug'oriladigan ekin maydonlaridan unumli foydalanish, suv va resurslarni tejash, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda ish unumi yuqori bo'lgan kombinatsiyalashgan qishloq xo'jaligi texnikalaridan foydalanishni nazarda tutilgan [5].

Bugungi kunda Respublikamizda takroriy ekinlarni ekish asosan kuzgi g'alladan bo'shagan maydonlarda etishtirilib kelinmoqda. Ekish muddati juda qisqaligi, tuproqqa bir o'tishda ishlov berib ekadigan texnik vositalarning respublikamiz tuproq-iqlim sharoitiga moslashmaganligi, qo'llanilib kelayotgan texnikalar (plug, chizel, kultivator va boshq.) tuproqqa ishlov berishda yonilg'i moylash materiallari sarfini ko'p talab qilishi [6] va vaqt sarflanishi, tuproqning nam qatlamini dala yuzasiga chiqarilishi oqibatida yozning issiq kunlarida katta miqdordagi suv bug'lanishi sababli bu maydonlardan foydalanish samarasining pasayishiga sabab bo'lmoqda. Mavjud texnologiyalarda asosan tuproqqa to'liq ishlov beriladi (shudgorlash, chizellash, diskli va boshqa boronalarda ishlash va h.k.). Bunda tuproqning pastki nam qatlamlari yuqoriga chiqadi. Keyingi texnologik jarayon -molalash o'tkazilgunga qadar 1-2 bazida undan ko'proq kun o'tadi. Natijada tuproqdagi suv issiq havo (40 - 45 °C) ta'sirida tez bug'lanadi. Bundan tashqari har bir texnologik jarayonni bajarish uchun alohida mashina va vaqt talab etiladi. Bu esa yozgi qisqa muddatda takroriy ekinlar ekish vaqtining kechikishiga, natijada hosildorlikning sezilarli darajada pasayishiga olib keladi. Bir necha kunga kechikish kuz faslining noqulay kelgan yillarida hosilning butunlay pishmay qolishiga ham sabab bo'ladi. Shu sababli, qishloq xo'jaligida takroriy ekinlarni ekish uchun butunlay yangi texnologiyalar va texnik vositalar ishlab chiqarish talab etiladi.

Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqib, kuzgi g'alladan bo'shagan maydonlarda takroriy ekinlarni ekishda dunyoda tobora keng tarqalayotgan to'g'ridan-to'g'ri (nol ishlov berish) ekish

October 5-6

texnologiyasini joriy qilish bo'yicha tadqiqotlar olib boorish maqsadga muvofiqdir.

FOYDALANILGAN MATERIALLAR VA USULLAR

Nol ishlov berish (No-till) texnologiyasining asosiy maqsadi tuproqning tabiiy holdagi unumdor qatlamini saqlash (tuproqning organik tarkibini, biologik, fizik va ximiyaviy sifatini oshirish), ekin ekiladigan maydonlami shamol va suv eroziyasidan saqlash, tabiiy bioxilma-xillikni saqlash, ekish va hosilni yig'ishtirib olishga ketadigan vaqt, energiya va resurslarni tejash hisoblanadi.

Hozirgi kunda dunyoda ko'pgina mamlakatlar ekin maydonlarining 50 foizi no-till texnologiyasi yordamida ishlov beriladi. Ushbu texnologiya rivojlangan mamlakatlar AQSh, Braziliya, Argentina, Kanada, Avstraliya, Rossiya va qo'shni Qozog'istonda keng qo'llaniladi. Bu mamlakatlar no-till texnologiya asosida qishloq xo'jalik ekinlarini eng ko'p ekib etishtiruvchilar hisoblanadi [7].

Olingan natijalar va ularning ma'nosi. Respublikamizda kuzgi g'alladan bo'shagan maydonlarga takroriy ekinlami no-till texnologiyasiga asoslangan holda ekish uchun quyidagi texnologiya taklif qilindi (1-rasm).

1-rasm. Taklif etilayotgan no-till texnologiyasi bilan pushta olingan dalalarda urug' ekish

texnologiyasi ketma-ketligi

Taklif etilgan texnologiya kuzgi g' alladan bo' shagan maydonlarga takroriy ekinlar urug'ini no-till asosida urug' ekishda quyidagi texnologik jarayonlami amalga oshiradi:

October 5-6

431

1) pushta ustidagi g'alla poyalari va begona o'tlarni yotqizish va maydalash (pushta ustini somon poyalari bilan mulchalash. 1- rasm. a va b);

2) pushta markaziga kengligi bn va chuqurligi ay bo'lgan aj ariqcha ochish va ariqcha tubiga mineral o'g'it solish (1- c rasm);

3) pushta markazida ochilgan ariqchaning yuqoriroq qismiga kengligi bn2 va chuqurligi ay2 bo'lgan a2 ariqcha ochilib tubiga urug' ekish (1- d rasm) va juftlashgan disklar hosil qilgan ariqcha (1- e rasm);

4) yumshatilgan ariqchaga urug'larni ko'mish va zichlash.

Ushbu texnologik operatsiyalarni bir vaqtda ketma-ketlikda bajarish uchun kombinatsiyalashgan qurilma taklif qilindi. Qurilma rama 1, har bir seksiya uchun parallelogramm osish mexanizmi 2, bunkerning o'g'it yashigi 3, urug' yashigi 4, zichlovchi g'altak 5, urug' ko'mgich 6, o'g'it solish va urug' ekish uchun juftlashgan katta 7 va kichik diametrli disk 8, o'g'it o'tkazgich 9, urug' o'tkazgich 10, harakat uzatuvchi tayanch g'ildirak 11 va somon maydalagich g'altak 12 lardan tashkil topgan.

Taklif etilayotgan qurilma quyidagicha ishlaydi.

Agregat dalada harakatlana boshlaganda somon maydalagich g'altak 12 pushta ustidagi mavjud g'alla poyalari va begona o'tlarni pushta yuzasiga kesib maydalashi

2-rasm. Taklif etilayotgan qurilmaning konstruktiv sxemasi

Somon maydalagich g'altakdan keyin o'rnatilgan tayanch g'ildirak yordamida o'g'it va urug' rostlagichlar harakatga keltiriladi. Katta va kichik diametrli juftlashgan disklar 7 va 8 pushta ustida ariqcha hosil qiladi. Juftlashgan katta diametrli disk 7 pushta markazida aj

11

October 5-6

432

chuqurlikda ariqcha hosil qilib, ariqcha tubiga o'g'it qutisi 3 dan me'yorlagich va o'g'it o'tkazgich 9 orqali o'g'it solinadi. Juftlashgan kichik diametrli disk 8 pushta markazida a2 chuqurlikda ariqcha hosil qilib urug' qutisi 4 dan urug' o'tkazgich 10 orqali urug' kelib tushadi (3-rasm).

Juftlashgan disklar orqasida joylashgan tuproq uyumlagich 6 disklar ochgan ariqchani tuproq bilan to'ldirib ketadi. Zichlovchi g'altak 5 urug' ekilgan tuproqni zichlab ketadi. Juftlashgan disklarning diametrlari turlicha bo'lganligi sababli har xil tezlikda aylanadi. Buning natijasida disklar bir-birini tozalaydi, yani sug'oriladigan dalalarda disklarga tuproq, o'simlik qoldiqlari tiqilib qolishining oldi olinadi.

Hozirgi kunda Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali va Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar unversiteti olimlari tomonidan ushbu qurilmaning laboratoriya va dala sinovlari o'tkazilmoqda. Bunda takroriy ekin sifatida donli va dukkakli ekinlaridan makkajo'xori, soya, mosh va loviyaini yaratilgan qurilma yordamida no -till asosida ekish uchun o'g'it berishda katta diametrli disk po'shta ustida 8-10 cm li ariqcha hosil qilish, urug' ekish uchun kichik diametrli disk 3-5 cm li ariqcha hosil qilib, agrotexnik talablar darajasida ekish ishlarini amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

REFERENCES

1. М.А. Адуов, С. А. Нукушева // Резултаты поисковых исследований сошников для прямого посева зерновых култур. Материалы Республиканской научно-теоретической конференции «Сейфуллинские чтения-12: Молодеж в науке -инновационный потенсиал будущего. - 2016. - Т.1, ч.2 - С. 161-164.

2. Ergashev, I. T., Abdullaev, B. V., & Pardaev, K. K. (2022, August). Determining of the parameters of a double disk opener. In IOP Conference

Series: Earth and Environmental Science (Vol. 1076, No. 1, p.

3-rasm. Pushta ustida juftlashgan disklarning ariqcha hosil qilish sxemasi

XULOSA

012038). IOP Publishing.

October 5-6

3. Neeraj Kumar, C.P.Sawant, R.K.Sharma // Combined Effect of Disc Coulters and Operational Speeds on Soil Disturbance and Crop Residue Cutting under No-Tillage System in Soil Bin. Journal of Scientific & Industrial Research Vol. 80, September 2021, pp. 739-749.

4. И. Морозов // Особенност технологического протсесса выполняемого двухдисковым сошником и рол в нем основных параметров. Вестник ХНТУСХ им. П. Василенка. Вып. 124, Том 1. - Харков. C. - 206-211.

5. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 - yanvardagi PF-60 - sonli farmoni.

6. Ergashev, I. T., Abdullaev, B. V., Islomov, Y. I., Pardaev, K. K., Tashtemirov, B. R., & Ismatov, A. I. (2022). RESULTS OF EXPERIMENTAL RESEARCH OF THE WORKING SECTION OF THE DIRECT SOWING (NO-TILL) DEVICE. International Journal of Mechanical Engineering, 7(2), 3790-3794.

7.https://apkrb.info/press-service/news-districts/pamyatka-po-no-till-dlya-selhoztovaroproizvoditeley

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.