Научная статья на тему 'IRRIGATSIYA EROZIYASIGA UCHRAGAN YERLARDA AGROTEXNOLOGIK TADBIRLARNING TUPROQ MIKROFLORASIGA TA’SIRI'

IRRIGATSIYA EROZIYASIGA UCHRAGAN YERLARDA AGROTEXNOLOGIK TADBIRLARNING TUPROQ MIKROFLORASIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

479
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tipik boʻz tuproqlar / irrigasiya eroziyasi / takroriy ekin / oʻtmishdosh ekin / loviya / mosh / soya / koʻk noʻxat / beda / mineral oʻgʻit / tuproq mikroflorasi / bakteriyalar / azotofiksatorlar / aktinomisetlar / zamburugʻ / nitrifikatorlar. / Typical gray soils / irrigation erosion / repeated cropping / previous cropping / beans / mung beans / soybeans / blue peas / alfalfa / mineral fertilizers / soil microflora / bacteria / nitrogen fixers / actinomycetes / fungi / nitrifiers

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — B. M. Xolmurzayev, Sh. X. Rizayev

Ilmiy maqolada Samarqand viloyatining irrigasiya eroziyasiga kuchli uchragan tipik boʻz tuproqlar sharoitida kuzgi bugʻdoy angʻiziga takroriy ekinlar loviya, mosh, soya, koʻk noʻxat va oʻtmishdosh ekin bedani mineral oʻgʻitlarni (N90P63K45 va N90P120K90 kg/ga) fonida yetishtirilganda, tuproq mikroflorasi va ekologik muxitga salbiy ta’sir koʻrsatmagan. Mosh, soya, beda yigʻishtirib olingandan keyin tuproq tarkibidagi bakteriyalar, azotofiksatorlar, aktinomisetlar, zamburugʻ va nitrifikatorlarni miqdori tuproqda (0-30 sm) koʻproq boʻlishiga samarali ta’sir koʻrsatib, oʻsimlikni oʻsish, rivojlanishi va yuqori hosil toʻplashi uchun maqbul sharoit yaratilganligi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In the scientific article present result's, in the conditions of typical gray soils strongly affected by irrigation erosion of Samarkand region, winter wheat followed by repeated crops of beans, mung bean, soybeans, blue peas and the previous crop alfalfa were grown on the background of mineral fertilizers (N90P63K45 and N90P120K90 kg/ha), and did not have a negative effect on the soil microflora and ecological environment. After harvesting mung bean, soybeans, and alfalfa, the amount of bacteria, nitrogen fixers, actinomycetes, fungi, and nitrifies in the soil has an effective effect on increasing the amount of soil (0-30 cm), creating optimal conditions for plant growth, development, and high yield

Текст научной работы на тему «IRRIGATSIYA EROZIYASIGA UCHRAGAN YERLARDA AGROTEXNOLOGIK TADBIRLARNING TUPROQ MIKROFLORASIGA TA’SIRI»

5-SHOBA: TUPROQDEGRADATSIYASI, UNUMDORLIGINIOSHIRISHDA, O(G(ITLARDANSAMARALIFOYDALANISH VA QISHLOQXOJALIK EKINLARINIHIMOYALASHDAINNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI

JORIY ETISH

IRRIGATSIYA EROZIYASIGA UCHRAGAN YERLARDA AGROTEXNOLOGIK TADBIRLARNING TUPROQ MIKROFLORASIGA

TA'SIRI

B. M. Xolmurzayev

ToshDAU SF mustaqil tadqiqotchisi

Sh. X. Rizayev

ToshDAU dotsenti, q-x.f.d.

ANNOTASIYA

Ilmiy maqolada Samarqand viloyatining irrigasiya eroziyasiga kuchli uchragan tipik bo'z tuproqlar sharoitida kuzgi bug'doy ang'iziga takroriy ekinlar loviya, mosh, soya, ko'k no'xat va o'tmishdosh ekin bedani mineral o'g'itlarni (N90P63K45 va N90P120K90 kg/ga) fonida yetishtirilganda, tuproq mikroflorasi va ekologik muxitga salbiy ta'sir ko'rsatmagan. Mosh, soya, beda yig'ishtirib olingandan keyin tuproq tarkibidagi bakteriyalar, azotofiksatorlar, aktinomisetlar, zamburug' va nitrifikatorlarni miqdori tuproqda (0-30 sm) ko'proq bo'lishiga samarali ta'sir ko'rsatib, o'simlikni o'sish, rivojlanishi va yuqori hosil to'plashi uchun maqbul sharoit yaratilganligi keltirilgan.

Kalit so'zlar: Tipik bo'z tuproqlar, irrigasiya eroziyasi, takroriy ekin, o'tmishdosh ekin, loviya, mosh, soya, ko'k no'xat, beda, mineral o'g'it, tuproq mikroflorasi, bakteriyalar, azotofiksatorlar, aktinomisetlar, zamburug', nitrifikatorlar.

ABSTRACT

In the scientific article present result's, in the conditions of typical gray soils strongly affected by irrigation erosion of Samarkand region, winter wheat followed by repeated crops of beans, mung bean, soybeans, blue peas and the previous crop alfalfa were grown on the background of mineral fertilizers (N90P63K45 and N90P120K90 kg/ha), and did not have a negative

October 5-6

555

effect on the soil microflora and ecological environment. After harvesting mung bean, soybeans, and alfalfa, the amount of bacteria, nitrogen fixers, actinomycetes, fungi, and nitrifies in the soil has an effective effect on increasing the amount of soil (0-30 cm), creating optimal conditions for plant growth, development, and high yield.

Keywords: Typical gray soils, irrigation erosion, repeated cropping, previous cropping, beans, mung beans, soybeans, blue peas, alfalfa, mineral fertilizers, soil microflora, bacteria, nitrogen fixers, actinomycetes, fungi, nitrifiers.

Kirish. Dunyo bo'yicha har yili 12 mln. ga yerlar cho'llanishga, 24 mlrd. tonna tuproq eroziyaga uchramoqda. Ichimlik suvining 70 % dan foydalanadigan qishloq xo'jaligi yerlarining 52 % o'rta va kuchli degradasiyaga uchragan va 1,5 mlrd. kishi bu yerlardan zarar ko'rmoqda [5; 331-b.; 15; 212-b.]. FAO ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda dunyo bo'yicha yerlarning 33 % eroziya, sho'rlanish, zichlashish, kimyoviy ifloslanish va oziq moddalarning keskin kamayib ketishi natijasida o'rtachadan to kuchli darajagacha degradasiyaga uchragan. Bu holat tuproqning o'z vazifalarini bajarishga va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda [2; 43-56-b. 8; 11907-11916-b].

O'zbekistonda sug'orish eroziyasiga uchragan yer maydonlari 682,6 ming gektarni tashkil etib, uning asosiy maydonlari Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan viloyatlarida keng tarqalgan. Maydon nishabligi 1,5-2,0° bo'lganda tuproq yuzasini yuvilishi boshlanadi, qiyalikning ortib borishi bilan eroziya jarayoni yanada kuchli tus oladi [9; 30-33-b.; 10; 50-53-b.; 8^11; 295-299-b.; 14; 37-b.]

Dunyo dehqonchiligida suv va sug'orish eroziyasiga uchragan yerlarda takroriy ekinlar yetishtirish orqali kuzgi bug'doy ekish va parvarishlash agrotexnologiyalarini takomillashtirish, mineral va maxalliy o'g'itlardan samarali foydalanish hisobiga yuqori hosil olish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, eroziyaga uchragan maydonlardan samarali foydalanib, boshoqli don ekinlaridan bo'shagan maydonlarda takroriy va o'tmishdosh ekinlarning tuproq agroekologiyasi va unumdorligini yaxshilaydigan, aholini oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaydigan turlarini yetishtirish, ulardan keyin ekiladigan kuzgi bug'doyni o'g'itlash tizimlarini takomillashtirish hisobiga qo'shimcha don hosili olish bo'yicha tadqiqotlar o'tkazish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Materiallar va metodlar. Yuqoridagilarni inobatga olib, bizlar 2016-2019 yillarda Samarqand viloyatining Jomboy

tumanidagi "Mansurov Muzaffar fayzli zamini" fermer

October 5-6

xo'jaligining irrigasiya eroziyasiga uchragan tipik bo'z tuproqlar sharoitida takroriy (loviya, mosh, soya, ko'k no'xat) va o'tmishdosh (beda) ekinlarning tuproq unumdorligi hamda ulardan so'ng ekiladigan kuzgi bug'doyning o'sishi rivojlanishi va hosildorligiga ta'sirini o'rganish bo'yicha dala tajribalari olib borildi.

Dala tajribalari 26 ta variantda, 4 takrorlikda, har bir paykalchaning umumiy

л

maydoni 901,6 m (egat uzunligi 161 m, shundan 61 m tuprog'i yuvilmagan, 72 m kuchli yuvilgan va 28 m yuvilib to'plangan tuproq; eni 8 qator x 0,7 m=5,6 m x161=

9 9

901,6 m ), shundan hisobga olingani 450,8 m ni tashkil etib, tajriba variantlari sistematik ravishda bir yarusda joylashtirildi va umumqabul qilingan uslubiy qo'llanmalar [3; 131-b.; 6; 440-b.], asosida o'tkazildi.

Tajriba maydonida o'tkazilgan fenologik kuzatuvlar va biometrik o'lchovlar takroriy (loviya, mosh, soya, ko'k no'xat) va o'tmishdosh (beda) ekinlar, hamda

л

kuzgi bug'doyda har bir variant va takrorliklarda belgilab qo'yilgan (0,5; 1,0 m ) modul o'simliklarda amalga oshirildi [3; 131-b.].

Olingan natijalar va ularning tahlili. Qishloq xo'jalik ekinlarini almashlab ekish, takroriy ekinlar yetishtirishni, tuproqqa ishlov berish usullari va chuqurligini, o'g'itlash va sug'orish tizimlarini tuproqdagi mikroorganizimlar faoliyatigi ta'sir darajasi va doirasini o'rganish borasida respublikamizning turli tuproq-iqlim sharoitlarida bir qator tadqiqotchilar [1; 102-109-b., 7; 21-23-b., 12; 78-84-b., 13; 124-b.] tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan.

Tadqiqotlarimizda irrigasiya eroziyasi ta'sirida kuchli yuvilgan maydon tuproqlarining ekologik holatini baholovchi bakteriyalar miqdori, o'tmishdosh ekin kuzgi bug'doydan so'ng takroriy ekinlar ekilguncha, barcha variantlarning haydalma (0-30 sm) qatlamida o'rtacha uch yilda 36,8 dan 67,4 mln. dona 1 g tuproqda o'zgarib turgan bo'lsa, haydalma osti (30-50 sm) qatlamda bu ko'rsatkichlar 25,158,7 mln. dona 1 g tuproqda kuzatilib, tuproqning 0-30 sm qatlamidagi bakteriyalar sonidan 11,7-8,7 mln.dona 1 g tuproqda kam ekanligi qayd etildi. Bu ko'rsatkichlar takroriy ekinlarni amal davri oxirida kuzgi bug'doy nazorat (o'g'itsiz) variantining 030, 30-50 sm qatlamlarida tegishlicha 41,2-26,1 mln. dona 1 g tuproqda yoki dastlabki miqdoriga nisbatan 3,5-2,0 mln. dona 1 g tuproqda ko'proq bo'lganligi kuzatildi (1-jadval).

Tajriba dalasi kuchli yuvilgan tuproqlari tarkibidagi azotofiksatorlar miqdori, takroriy ekinlar ekishdan oldin tuproqning 0-30 va 30-50 sm qatlamida mos ravishda 25,9-39,2 va 18,1-26,7 mln. dona 1 g tuproqda o'zgarib turgan bo'lsa, variantlar o'rtasidagi tafovut 0-30 sm qatlamida 2,9-11,7 va 30-50 sm qatlamda esa 8,6-10,3 mln. dona 1 g tuproqda tashkil

October 5-6

557

etdi. Ko'rsatib o'tilgan o'zgarishlarning sababi, eroziya ta'sirida yuvilgan tuproqning 0-30 sm qatlamidagi bakteriyalar va azotofiksatorlarning faoliyati uchun zarur bo'lgan organik qoldiqlarning ko'pligi bo'lsa, tuproqning pastki (30-50 sm) qatlamlariga o'tgan sari, ularning miqdori kamayib boradi va shunga mos ravishda aktinomisitlar, zamburug'lar va nitrifikator miqdorining ham kamayib borishi kuzatildi. Xuddi shunday o'zgarishlar, eroziya ta'sirida kuchli yuvilgan tuproqlarning oziqa rejimiga ta'sir ko'rsatadigan nitrifikatorlar soni bo'yicha tajriba variantlari tuproqlarning har ikkala (0-30, 30-50 sm) qatlamlarida ham kuzatildi (1-jadval).

Irrigasiya eroziyasiga uchragan tipik bo'z tuproqlar sharoitida yetishtirilgan takroriy ekinlar va mineral o'g'it me'yorlari tajriba variantlari va tuproq qatlamlari bo'yicha mikroorganizmlar miqdoriga turlicha ta'sir ko'rsatishi aniqlandi. Tuprog'i kuchli yuvilgan paykalchalarning haydalma (0-30 sm) va haydalma osti (30-50 sm) qatlamlaridagi bakteriyalar, azotofiksatorlar, aktinomisetlar, zamburug'lar va nitrifikatorlar miqdori, takroriy ekinlarni amal davri boshidagi ko'rsatkichlariga nisbatan ayniqsa, o'tmishdosh ekin uch yillik bedapoya buzilgandan keyin ikki-uch barobar va ba'zi turlari bo'yicha bundan ham ko'proq ortganligi xisobga olindi (52-54-ilovalar). Natijada, tuprog'i kuchli yuvilgan maydonlarda ham huddi tuprog'i yuvilmagan maydonlardagi kabi mikrobiologik jarayonlarning jadallashishini, tuproqda to'plangan organik birikmalarning minerallashuvini tezlashishini, ularni o'simliklar yengil o'zlashtiradigan shaklga o'tishini ta'minlab, kuzgi bug'doyning oziqlanishi uchun maqbul sharoit yaratildi hamda don hosili miqdori va sifatiga samarali ta'sir ko'rsatdi.

Tadqiqotlarimizda o'tmishdosh kuzgi bug'doydan so'ng takroriy ekin sifatida loviya, mosh mineral o'g'itlarni (N90P63K45 kg/ga) fonida yetishtirilgandan so'ng, tuproqning 0-30 va 30-50 sm qatlamlaridagi bakteriyalar soni muvofiq holda 66,468,7 va 48,1-51,1 mln. g/dona, azotofiksatorlar 76,4-79,3 va 47,0-48,4, aktinomisetlar 56,0-57,7 va 37,5-39,3 mln. 1 g/dona, zamburug'lar 65,8-67,3 va 54,0-55,7, nitrifikatorlar esa 80,3-81,2 va 57,8-58,9 ming 1 g/dona mavjud bo'lgan bo'lsa, bu ko'rsatkichlar kuzgi bug'doy nazorat (o'g'itsiz) variantdagi bakteriyalar soniga nisbatan tegishlicha 25,2-27,5 va 22,0-25,0 mln. dona, azotofiksatorlar 39,1-42,0 va 22,0-23,4; aktinomisetlar 25,0-26,4 va 36,1-20,9 mln. dona, zamburug'lar 25,2-26,7 va 30,7-32,4; nitrifikatorlar esa 39,1-40,0 va 29,9-31,0 ming dona gacha 1 g tuproqda ko'proq ekanligi aniqlandi. Shunga yaqin ma'lumotlar loviya va mosh takroriy ekin sifatida mineral o'g'itlarni (N60P42K30 kg/ga) fonida yetishtirilgan variant tuproqlarida ham olindi. Lekin, mikroorganizmlar soni,

October 5-6

o'g'itlar (N90P63K45 kg/ga) qo'llanilgan tuproqlarnikiga nisbatan birmuncha kamroq bo'lganligi qayd etildi.

Tajribalarimizda tuprog'i kuchli yuvilgan maydonlarda (N90P63K45 kg/ga) fonida yetishtirilgan takroriy ekinlar soya va ko'k no'xatdan keyin tuproqning 0-30 va 30-50 sm qatlamlarida bakteriyalar soni, mos ravishda 26,4-23,4 mln. donaga, azotofiksatirlar 40,8-40,4 va 23,1-23,4; aktinomisetlar 28,2-29,8 va 24,0-21,2 mln. dana; zamburug'lar 26,2-24,1 va 30,4-29,7; nitrifikatorlar 41,5-40,1 va 33,1-32,5 ming donagacha 1 g tuproqda ortganligi aniqlangan bo'lsa, mineral o'g'itlar (N60P42K30 kg/ga) fonida soya va ko'k no'xat yetishtirilgan variantlarning tuproqlari tarkibidagi mikroorganizmlar miqdorini kamroq ekanligi kuzatildi.

Tadqiqotlarimizda o'tmishdosh ekin sifatida ekib parvarishlangan uch yillik beda haydalganda, irrigasiya eroziyasi ta'sirida tuprog'i kuchli yuvilgan maydonlarning agrofizikaviy, agrokimyoviy va mikrobiologik xossalariga, ya'ni tuproq hajm massasini kamayishi, g'ovakligini ortishi, organik moddalarni ko'payishi mikroorganizmlar faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Masalan, bedapoyadan keyin birinchi yili tuprog'i kuchli yuvilgan maydonlarning 0-30 va 30-50 sm qatlamlaridagi bakteriyalar soni, kuzgi bug'doy (nazorat) variantiga (41,2 va 26,1 mln. dona) nisbatan tegishlicha 37,9-36,1 va 40,1-38,1 mln. donaga, loviyada 12,7-12,8 va 18,120,2; moshda 10,4-10,3 va 15,1-14,9; soyada 11,5-12,3 va 16,5-17,7; ko'k no'xatga nisbatan 14,5-14,1 va 19,7-20,3 mln. dona 1 g tuproqda ko'proq bo'lishini ta'minlagan bo'lsa, bu ko'rsatkichlar azotofiksatorlar sonida, yuqoridagilarga mos ravishda 43,3-41,8 va 44,9-41,7; 4,2-4,5 va 22,9-22,0; 1,3-2,6 va 21,5-20,7; 2,5-3,1 va 21,8-20,5; 2,9-3,0 va 21,5-20,9 mln. donaga, nitrifikatorlarni esa 50,2-48,4 va 43,8-41,6; 11,1-11,3 va 13,6-13,8; 10,0-10,2 va 12,5-12,7; 8,7-8,4 va 10,7-10,1; 10,19,8 va 11,3-11,5 ming dona 1 g tuproqda ko'proq bo'ldi (1-jadval).

Bu esa, uch yillik beda haydab tashlanganda, irrigasiya eroziyasiga kuchli uchragan tuproqlarning 0-30 sm qatlamida (17,65 t/ga), 30-50 sm da esa (16,26 t/ga) organik qoldiq qoldirib, tuproqdagi mikroorganizmlar faoliyatini jadallashtirib, tuproqni gumus va azot bilan boyitib, o'simliklarni o'sib rivojlanishiga eng qulay sharoit yaratishini ko'rsatadi.

Xulosa. Irrigasiya eroziyasiga kuchli uchragan tipik bo'z tuproqlar sharoitida kuzgi bug'doy ang'iziga takroriy ekinlar loviya, mosh, soya, ko'k no'xat va o'tmishdosh ekin bedani mineral o'g'itlarni (N90P63K45 va N90P120K90 kg/ga) fonida yetishtirilganda, tuproq mikroflorasi va ekologik muxitga salbiy ta'sir ko'rsatmaganligi hamda mosh, soya, beda yig'ishtirib olingandan keyin tuproq tarkibidagi bakteriyalar miqdori

October 5-6

559

haydalma (0-30 sm) qatlamda tegishlicha 25,8-23,6-33,1; azotofiksator va aktinomisetlarni 39,2-24,3; 38,7-26,5; 40,8-37,0 mln. donaga, zamburug' va nitrifikatorlarni esa mos ravishda 25,3-38,2; 24,2-40,0; 33,8-48,4 ming/g tuproqda ko'proq bo'lishiga samarali ta'sir ko'rsatib o'simlikni o'sish, rivojlanishi va mo'l hosil to'plashi uchun maqbul sharoit yaratilganligi aniqlandi.

REFERENCES

1. Bobomirzayev P.X., Boboqulov Z.R. Photosynthetic activity of durum wheat on irrigated lands at different times and seeding rates. 1st International Forum on Bioeconomy for Sustainable Development of Countries and Regions (IFBSDCR) 27th & 28th April 2022, Samarkand 2022, 102-109 rr.

2. Botirov A., Arakawa O. The interaction of rootstocks, water and soil humectants and young apple tree growth. Academic Research in Educational Sciences, 3(Special Issue 1), 2022. pp. 43-56.

3. Dala tajribalarini o'tkazish uslublari. -T.: O'zPITI, 2014. B. 1-131.

4. Mashrabov M.I., Makhmatmurodov A.U., Kadirova G.A. The changing of phosphate regime of soils with carbon-magnesia salting under the influence of new complex fertilizers at cotton cultivation. Academic Research in Educational Sciences Volume 3. Special Issue 1. 2022. ISSN: 2181-1385. DOI: 10.24412/2181-1385-202201-64-74. -Р. 64-74.

5. Maqsudov X.M., Rasulova N.B., Komilov B.S., Namozov X.V. Tuproqshunoslik. Darslik. Toshkent. 2013. B. 331.

6. Методы агрохимических, агрофизических и микробиологических исследований в полевных хлопковых районах. -Ташкент: 1963. -440 б.

7. Муминов К., Ризаев Ш.Х. Агротехнические и химические меры борьбы с сорняками на посевах озимой пшеницы. Ж. "Зерновое хозяйство". Москва. №6. 2002. С. 21-23.

8. Ostonakulov T., Alimardonov O., Amanturdiev I., Shamsiev A. Management of Agrophysical Soil Properties, Plant Growth and the Formation of a Potato Yield with Early and Double-yielding Culture by Optimizing Row Spacing and Maintenance Measures in Southern Uzbekistan. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, pp. 2021. 11907-11916.

9. Raupova N., Maxsudov X., Kamilov B. Erroziya tuproqni qashshoqlashtiradi // Fermer, Toshkent, 2013. №4. 30-33-b.

10. Ризаев Ш.Х. Влияние глубины вспашки на

агрофизические свойства почвы и сорные растения на

October 5-6

пшеничном поле. Путь науки (The Way of Science) Межд. науч. журнал, Россия. № 1 (35), 2017. С. 50-53.

11. Ризаев Ш.Х. Влияние ресурсосберегающих технологий обработки почвы на сорные растения и урожайность озимой пшеницы. Современное состояние, традиции и инновационные технологии в развитии АПК: Мат. Межд. науч.-прак. конф. Башкирский ГАУ.-2020,-с. 295-299.

12. Sharifov K., Rizayev Sh.X. The effects of different soil processing depths on the distribution of weeds through soil layers in irrigated land. 1st International Forum on Bioeconomy for Sustainable Development of Countries and Regions (IFBSDCR). Multidisciplinary Scientific Journal. SAM TSAU jointly with Latvia University of Life Science and Technology (LLU) 27th & 28th April 2022, Samarkand, Uzbekistan. 2022. Pp. 78-84.

13. Шарифов К.Ф., Джураев А.М., Ризаев Ш. Влияние глубины впахи на водные и физические свойства почвы при борьбе с сорняками на пшеничных полях. - Мировая наука: Проблемы и инновации, 2016. С. 124.

14. Mo'minov K.M., Xolmurzayev B.M. Irrigasiya eroziyasiga uchragan tipik bo'z tuproqlarda takroriy ekinlar va kuzgi bug'doy yetishtirishda mineral o'g'itlarni tabaqalashtirib qo'llash. Tavsiyanoma. Samarqand. 2021. B. 37.

15. Qo'ziyev R.Q., Abduraxmonov N.Yu. Sug'oriladigan tuproqlarning evolyusiyasi va unumdorligi. Monografiya, Toshkent, "Navro'z" nashriyoti, 2015, 212 b.

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.