Научная статья на тему 'SOYA YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYASI.'

SOYA YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYASI. Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1163
93
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
donli va dukkakli ekinlar / tuproq unumdorligi / tuproq-iqlim sharoiti / oziq-ovqat mahsulotlari / soya ekotiplarining agrotexnikasi / grain and leguminous crops / soil fertility / soil and climatic conditions / nutrition / agricultural technology of soybean ecotypes.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Yormatova Dilarom Yormatovna, Hamroyeva Marg‘uba Komilovna, Mallayev Muslim Xushnazar O‘g‘li

Respublikamizda donli va dukkakli ekinlarni rivojlantirish va tuproq unumdorligini oshirish hamda ekinlardan yuqori hosil olish borasida bir qator qonun va qarorlar qabul qilinmoqda. Dukkakli ekinlardan soya ekish oraqli tuproqqa tabiiy azotli moddalar berish imkoni bo‘ladi. Soya ekib tuproq unumdorligiga ijobiy tasir qilish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashning birdan-bir yo‘li shu hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The country is adopting a number of laws and regulations on the development of grain and leguminous crops, increasing soil fertility and increasing yields. A planting shade from leguminous plants can provide the planted soil with natural nitrogenous substances. Planting soybeans is the only way to positively affect soil fertility and provide the population with food.

Текст научной работы на тему «SOYA YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYASI.»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SPECIAL SERIES "SUSTAINABLE FORESTRY" UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Udk:633.853.52:631.531.1:581.19 SOYA YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYASI.

Yormatova Dilarom Yormatovna

O'zDJTU professori. q.x.f.d.

Hamroyeva Marg'uba Komilovna

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti. (PhD) b.f.f.d.

Mallayev Muslim Xushnazar o'g'li

Denov tadbirkorlik va pedagogika institut stajyor-tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7196356

Annotatsiya. Respublikamizda donli va dukkakli ekinlarni rivojlantirish va tuproq unumdorligini oshirish hamda ekinlardan yuqori hosil olish borasida bir qator qonun va qarorlar qabul qilinmoqda. Dukkakli ekinlardan soya ekish oraqli tuproqqa tabiiy azotli moddalar berish imkoni bo'ladi. Soya ekib tuproq unumdorligiga ijobiy tasir qilish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashning birdan-bir yo'li shu hisoblanadi.

Kalit so'zlar: donli va dukkakli ekinlar, tuproq unumdorligi, tuproq-iqlim sharoiti, oziq-ovqat mahsulotlari, soya ekotiplarining agrotexnikasi.

Abstract. The country is adopting a number of laws and regulations on the development of grain and leguminous crops, increasing soil fertility and increasing yields. A planting shade from leguminous plants can provide the planted soil with natural nitrogenous substances. Planting soybeans is the only way to positively affect soil fertility and provide the population with food.

Keywords: grain and leguminous crops, soil fertility, soil and climatic conditions, nutrition, agricultural technology of soybean ecotypes.

Respublikamizda donli va dukkakli ekinlarni rivojlantirish va tuproq unumdorligini oshirish hamda ekinlardan yuqori hosil olish borasida bir qator qonun va qarorlar qabul qilinmoqda. Keyingi yillarda respublikamizdagi sug'oriladigan maydonlarda ikkita ekin asosiy hukmron bo'lib qolmoqda, bug'doy va paxta uzluksiz bir maydonga ekilaverganidan ular tuproqdan hosil bilan doimo bir xil mikro va makro elementlarni olib chiqib ketadi. Keyingi paytlarda tuproqqa beriladigan go'ng miqdori juda kamaydi, chunki fermer xo'jaliklaridan go'ng to'plash ham qiyinlashib bormoqda.

Buxoro viloyati respublikada tuproq-iqlim sharoiti o'simlik o'stirishga og'ir bo'lgan xududlardan biri bo'lib hisoblanadi, bu yerda tuproqlar sho'rlanganligi bilan dehqonchilik qilish og'ir sanaladi. Shuning uchun bu xududda tuproqqa unumdorlikni tiklovchi har agrotexnik tadbir bajarilishi lozim bo'lgan muhim ishlar turiga kiradi. Dukkakli ekinlardan soya ekish oraqli tuproqqa tabiiy azotli moddalar berish imkoni bo'ladi. Soya ekib tuproq unumdorligiga ijobiy tasir qilish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashning birdan-bir yo'li shu hisoblanadi.

Soya dunyo mamlakatlarida 100 mln.ga yaqin maydonga ekilib kelinadi. Ko'pgina mamlakatlarda soya ekini asosiy, takroriy va qo'shib ekiladi, Soya eng ko'p ekadigan ayrim mamlakatlarda kechpishar navlar va takroriy ekish uchun havo harorati yetishmaydi. Soya asosiy ekishga rejalashtirilar ekan, albatta navlarni to'g'ri tanlash lozim. Ertapishar navlar uchun 12001500 0S, o'rtapishar 1800-2100 0S va kechpishar navlar uchun 220-2400 0S harorat talab qiladi. Soya bugungi kun dehqonchiligida eng muhim ekin bo'lib, tuproqning biologik unumdorligini oshiradi yoki o'zidan keyin tuproqqa 55-60 kg. miqdorda sof azot qoldirib ketadi. Faqatgina

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SPECIAL SERIES "SUSTAINABLE FORESTRY" UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Buxoro viloyatida asosiy ekin sifatida ekish soyaning juda ko'p sonli navlaridan eng ma'qulini, o'suv davri qisqa, tez pishib yetiladigan, dukkaklari chatnab ketmaydigan hamda yuqori hosil beradiganini tanlab olish va fermerlarga tavsiya berish bizning ishimizning asosiy maqsadi bo'lib hisoblanadi.

1 - jadval

Surxandaryo viloyati Denov turn anida ekish muddatining soya hosiliga ta'siri.

Soya navlari Ekish muddati Don xosil,s.ga Urug' vazni,g (1000 dona) Poya balandligi,sm

Madanyat-B 15 may 2022 y 23,4 135-146 145-160

Fortuna 20,3 131-141 131-141

Nafis 21,1 138-140 135-142

Do'stlik 22,2 130-141 143-154

1-rasm. 2022 yil Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti dala tajriba maydonlarida ekilgan soya ekining o'sish dinamikasi. 2022 yildagi olingan natijalar, o'tgan 2021 yildagi olingan soya ekining hosildorligi bilan taqqoslab ko'rilganda anchagina farq qilyapti. Soya ekinining sifat ko'rsatkichlari, o'sish dinamikasi, hosildorligi tuproq unumdorligi 2 % ga oshgan va tuproqning sho'rlanish darajasi 0,5 % ga kamaygan.

2-rasm. 2022 yil Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti dala tajriba maydonlarida yetishtirilgan soya ekining dukkaklar ko'rinishi. Soya dukkakli o'simliklar sifatida o'z ildizlari orqali havodan sof azotni o'zlashtirib oladi va tuproqni azot bilan boyitadi. O'simlik o'suv davrida o'zi uchun ham, o'zidan keyingi o'simlik uchun ham ma'lum miqdorda azot qoldirib ketadi. Demak, soya - biologik toza ekin bo'lib, tuproq strukturasini yaxshilashi, biologik jarayonlarning borishini yangilaydigan ekin hisoblanadi. Tahlillar shuni ko'rsatdiki, soya ekilguncha tuproqda gumus 0,65-0,72 % bo'lsa, soya ekilgandan kuzda gumus miqdori 0,97-1,05 %ga yetishi olimlarning ma'lumotlarida isbotlangan.

2 - jadval

Surxandaryo viloyati Denov tumanida ekish muddatining soya hosiliga ta'siri.

Soya navlari Takroriy ekish muddati Urug' vazni, g (1000 dona) Gullash dinamikasi va rangi Dukkaklar soni (dona) Poya balandligi,sm

Chora 5 avgust 2022 yil 132-150 Och qizg'ish 14-18 40-45

Olimpiya 131-144 Oq 17-19 42-49

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SPECIAL SERIES "SUSTAINABLE FORESTRY" UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Slaviya 130-136 Och qizg'ish 18-20 48-50

REFERENCES

1. Atabaeva X.N.-Texnologiya vozdelwvaniya soi v Uzbekistane -T. Matbuot, 1989g.

2. Atabaeva X., Ruziev A. -Urojaynost kukuruzbi i soi v povtornbix smeshannwx posevax -J.S-x.Uzbekistana, 2000g.

3. Gorelov Ye.P, Babayarov M. - Soya na serozemax Uzbekistana. Kormoproizvodstvo, 1984g.

4. D.Yormatova., N.Shamuratov - Donli ekinlarni yetishtirish texnologiyasi. Toshkent -2012y.

5. Yormatova D.Yo. - SOYA. Samarqand- 1991y. 153 - bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.