Научная статья на тему 'TUPROQQA YARUSLI ISHLOV BERIB URUG‘ EKADIGAN MASHINANING TEXNOLOGIK ISH JARAYONI ASOSLASH'

TUPROQQA YARUSLI ISHLOV BERIB URUG‘ EKADIGAN MASHINANING TEXNOLOGIK ISH JARAYONI ASOSLASH Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

187
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
panjali yumshatkich / o„qyoysimon panjali ekkich / yurusli ishlov berish / donador tuproq / zichlovchi g„altak / reversible dump-ripper share / lancet ripping share / coulter / longline processing / fine grained soil / rollers

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — I. T. Ergashev, X. Q. Pardayev, A. Aminov

Maqolada respublikamizning sug„oriladigan maydonlarida yetishtirilgan boshoqli don ekinlari o„rib olingan dalalarda tuproqqa yarusli ishlov berib urug„ ekadigan qurilmaning panjali yumshatkich va o„qyoysimon panjali yumshatkichekkichning texnologik ish jarayonini asoslash bo„yicha ma‟lumotlari keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article provides information on the basis of the technological work process of the device that sows seeds in the fields of irrigated fields of our republic, with a layered tillage of seeds, and of the seeding machine with an arrow-shaped claw.

Текст научной работы на тему «TUPROQQA YARUSLI ISHLOV BERIB URUG‘ EKADIGAN MASHINANING TEXNOLOGIK ISH JARAYONI ASOSLASH»

TUPROQQA YARUSLI ISHLOV BERIB URUG' EKADIGAN MASHINANING TEXNOLOGIK ISH JARAYONI ASOSLASH

I. T. Ergashev

t.f.d. professor, ToshDAU Samarqand filiali

X. Q. Pardayev-katta o'qituvchi (PhD), ToshDAU Samarqand filiali

A. Aminov

-magistratura talabasi, ToshDAU Samarqand filiali

Maqolada respublikamizning sug'oriladigan maydonlarida yetishtirilgan boshoqli don ekinlari o'rib olingan dalalarda tuproqqa yarusli ishlov berib urug' ekadigan qurilmaning panjali yumshatkich va o'qyoysimon panjali yumshatkich-ekkichning texnologik ish jarayonini asoslash bo'yicha ma'lumotlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: panjali yumshatkich, o'qyoysimon panjali ekkich, yurusli ishlov berish, donador tuproq, zichlovchi g'altak.

The article provides information on the basis of the technological work process of the device that sows seeds in the fields of irrigated fields of our republic, with a layered tillage of seeds, and of the seeding machine with an arrow-shaped claw.

Keywords: reversible dump-ripper share, lancet ripping share, coulter, longline processing, fine grained soil, rollers

Bugungi kunda respublikamizning 4,3 mln. ga sug'oriladigan, 750 ming gektardan ortiq sug'orilmaydigan ekin maydonlarida dehqonchilik qilinadi. Mavjud sug'oriladigan maydonlarni samarali ishlatish, asosiy ekinlar yig'ishtirib olingandan keyin takroran ekin ekib qo'shimcha hosil olish imkonini beradigan texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ushbu yo'nalishda kuzgi g'alladan yoki erta ekilgan ekinlardan bo'shaydigan maydonlarda takroran ekin ekish oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda katta

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

ahamiyatga ega. O'zbekistonda kuzgi donli ekinlardan 1 mln

October 5-6

gektardan ziyod maydon iyun oyida bo'shaydi. Ertaki sabzavot va yem-xashak ekinlarini hisobga olganda bo'shaydigan maydon 1,5 mln. gektardan oshadi.

Mamlakatimizda takroriy ekinlarni yetishtirishda vaqt, mehnat va energiya sarfini qisqartirish, resurslarni tejash, yangi ekish texnologiyalari va ish unumi yuqori texnik vositalarni ishlab chiqish, ishlov beriladigan maydon tuprog'ini ishlashda umumiy maydon yuzasiga nisbatan qisqartirish bilan ishlov berish va urug'larni daladan bir o'tishda ekish, qisqa vaqt, kam mehnat va energiya resurslarni tejaydigan, bir necha texnologik jarayonlarning bajarilishini ta'minlaydigan kombinatsiyalashgan agregatlarni ishlab chiqish bo'yicha bir qancha tadqiqotlar olib borilib, buning natijasida kombinatsiyalashgan mashinalar yaratilmoqda. 2022 - 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasining 30 - maqsadida, jumladan «...qishloq xo'jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo'jaligining yillik o'sishini kamida 5 foizga yetkazish» [1]. vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni bajarishda, jumladan kuzgi boshoqli don ekinlaridan bo'shagan maydonlarga takroriy ekinlarni ekishda dalada mavjud pushtalarda tuproq palaxsasiga yarusli ishlov berish, ishlov berilgan palaxsa tuprog'ini donador holatga keltirish, agrotexnik talablarda o'rnatilgan chuqurlikda urug'larni ekish va ekilgan urug'larni tuproq bilan o'zaro bog'lanishini ta'minlash uchun keraklicha zichlashni amalga oshiradigan kombinatsiyalashgan agregatni yaratishning ilmiy - texnik yechimlarini ishlab chiqish, ishchi organlarining tuproqqa ishlov berishda yuqori ish sifatini, energiya va resurstejamkorlikni ta'minlaydigan maqbul parametrlarini asoslash kabi yo'nalishlarda tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu vazifalarni bajarishda, jumladan g'alladan bo'shagan maydonlarda pushtaga yarusli ishlov berib urug' ekadigan agregatni texnologik ish jarayononi asoslash, konstruksiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishda yuqori ish sifati hamda resurstejamkorlikni ta'minlaydigan parametrlarini asoslash kabi yo'nalishlarda tadqiqotlar olib borish maqsadga muvofiqdir.

FOYDALANILGAN MATERIALLAR VA USULLAR.

Mamlakatimizda 2022 yilda 800 ming gektarga yaqin sug'oriladigan maydonlarda ikkinchi ekin ekilib qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirilmoqda. Kelajakda sug'oriladigan maydonlar ulushini ko'paytirish, suv tejaydigan texnologiyalarni qo'llash, bu maydonlarga ishlov berib ekin yetishtirishda resurstejamkor texnologiya va samarali texnik

vositalarni joriy qilish asosiy maqsad qilingan [2].

October 5-6

Bugungi kunda g'alladan bo'shagan maydonlarni takroriy ekinlarni ekishga tayyorlashda tuproqqa ishlov berish alohida agregatlardan foydalanib amalga oshiriladi. Bunda erlarni shudgorlash, shudgorlashdan hosil bo'lgan notekisliklar va katta o'lchamli kesaklarni maydalash, chizellash, tishli va diskli boronalar bilan yuza ishlov berish, ekish va sug'orish egatlari ochish kabi kabi agrotexnik ta'dbirlarni bajarish orqali amalga oshiriladi. Tuproqqa daladan bunday ko'p marotaba o'tib ishlov berish mehnat, energiya va yonilg'i sarfini oshishi, uning strukturasini buzulishi hamda ortiqcha zichlanishiga olib keladi [3, 4, 5, 6, 7, 8.].

Yuqoridagi tahlillardan ko'rinib turibdiki, hozirgi vaqtda takroriy ekinlar urug'ini ekishda qo'llanilib kelinayotgan mavjud texnologiyalarda urug'larni ekishgacha boshoqli don ekinlaridan bo'shagan maydonlar sug'oriladi va tuproq etilishi bilan 22-25 sm chuqurlikda haydaladi, chizellanadi, boronolanadi, mola bosilib yer ekishga tayyorlanadi. Ekishga tayyorlangan yerga belgilangan o'simlik urug'lari ekish mashinalarida ekiladi. Ushbu agrotexnik tadbirlarni bajarish uchun ko'p miqdorda yonilg'i moylash materiallari, bir necha turdagi qishloq xo'jalik mashinalari, ularni bajarish uchun vaqt va mehnat talab qiladi.

Shu sababli yerlarga asosiy va ekish oldidan ishlov berishda energiya sarfini sezilarli kamaytirish qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida ko'plab miqdorda yonilg'i-moylash materiallarini tejab, mehnat sarfi va boshqa xarajatlarni kamaytirib, mashinalar hamda ular ishchi organlarining chidamliligini oshirish imkonini beradi. Natijada etishtirilayotgan mahsulot tannarxini kamaytirishga erishiladi. Respubli-kamiz sharoitida yerlarga ishlov berishda energiya-resurstejamkorlikni ta'minlash-ning asosiy yo'llaridan biri kombinatsiyalashgan agregatlarni qo'llashdir [4].

OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING MA'NOSI.

Olib borilgan izlanishlar tahlili va ilmiy tadqiqotlar natijasida yangi tuproqqa yarusli ishlov berish usuli va urug'ekish mashinasi taklif qilindi.

Taklif qilingan tuproqqa yarusli ishlov berib urug' ekadigan mashina ishchi organlari (1-rasm) aylanma panjali chuqur yumshatkich 1 tuproqqa hd chuqurlikka ishlov berib, o'qyoysimon panjali yumshatkich-ekkich 2 tuproqni qo'shimcha hp chuqurlikda ishlov berib urug' ekish uchun mayda donador tuproq hosil qilib urug'larni hu chuqurlikda ekishni amalga oshiradi. Ekilgan urug'larni tuproq bilan yaxshi bog'lanishi ta'minlash uchun zichlovchi g'altak 3 bilan hk chuqurlikda zichlashni amalga oshiradi. Mashinanig ish kengligi ramada 45-90 cm oralig'ida rostlanadigan qilib loyihalangan bo'lib, oson

rostlanadigan va qator oralarini tez o'zgartirish mumkin.

October 5-6

Mashinaga to'rtta ishchi seksiya o'rnatilgan bo'lib ish kengligi 1,8-3,6 m oralig'ida o'zgaradi.

1-aylanma panjali chuqur yumshatkich; 2- o'qyoysimon panjali yumshatkich-ekkich; 3-urug' o'rug' o'tkazgich; 4-zichlovchi g'altak. 1-rasm. Tuproqqa yarusli ishlov berib urug' ekishning texnologik ish

Mashinaning ishlash prinsipi quyidagicha. Mashina ishlov berilmagan dalada harakatlanishi bilan aylanma panjali chuqur yumshatkich tuproqni 20 cm gacha ishlov berib, undan keyin o'rnatilgan o'qyoysimon panjali yumshatkich-ekkich tuproqni qo'shimcha ishlaydi va uruglarni ekib ketadi. Zichlovchi g'altak urug'lar ustidagi tupro'ni zichlashni amalga oshiradi. Ushbu texnologik jarayonlarni ketma-ketligida urug' ekish ishlari agrotexnik talablar darajasida qisqa muddatlarda yakunlanadi.

XULOSALAR

Olib borilgan adabiyotlar tahlili va urug' ekish bo'yicha tavsiyalarga ko'ra tuproqqa qatlamlab ishlov berish hamda bir vaqtda urug' ekish texnologiyasi ekish ishlarini kam sarf xarajatlar va qisqa muddatlarda ekishni yakunlash imkonini beradi.

Taklif qilinnayotgan tuproqqa yarushli ishlov berib urug' ekish texnologiyasi va bu texnologiyani amalga oshiradigan mashinasi bilan ekish ishlari bajarilganda ekish ishlarida ishlatiladigan 5 ta qishloq xo'jaligi mashinalarini 1 taga qishqartirish, energiya sarfini 2 barobarga, ekspluatatsiyon xarajatlarni sezilarni kamaytirish imkonini beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi

.4

jarayoni

O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni

October 5-6

2. http://iim.uz/recommended/view?id=27

3. To'xtaqo'ziev A. Erlarga ishlov berishda energiya-resurslar sarfini kamaytirish yo'llari // Yuqori samarali qishloq xo'jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish darajasini oshirish mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. - Toshkent, 2017. - B.93

4. Соколова Л.С. Минимальная обработка почвы - вопросы социальна ориентированного моделирования технологических процессов //. Современные исследования социальных проблем - 2012 -№7.

5. В.В.Леонтьев, В.И.Павленко технологические процессы основной обработки почвы на база универсальных рабочих органов //. Научный агрономический журнал - 2013 - №2/93 - ст 20 - 22.

6. Генералов И.Г., Кутяева Т.Е. Совершенствование технологии обработки почвы как один из главных факторов повышения экономической эффективности производство зерна м. 2014. ст.32 - 41.

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.