Научная статья на тему 'G’O’ZAPOYALI DALALARGA ISHLOV BERISHDA IKKI YARUSLI TEZKOR PLUGNING PARAMETRLARINI ASOSLASH'

G’O’ZAPOYALI DALALARGA ISHLOV BERISHDA IKKI YARUSLI TEZKOR PLUGNING PARAMETRLARINI ASOSLASH Текст научной статьи по специальности «Прочие технологии»

CC BY
281
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
g’o’zapoyali dalalar / ikki yarusli tezkor plug / parametr / disksimon korpus / chimqirqar / yerga ishlov berish. / cotton stalks / two-tiered fast plow / parameter / disc body / chimpanzee / tillage.

Аннотация научной статьи по прочим технологиям, автор научной работы — Vohidjon Bozorboy O’g’li Ortikov, Farmon Murtozovich Mamatov

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda tezkor plugdan foydalanish dehqonchilikda bajariladigan ishlarni agrotexnik talablar asosida qisqa muddat ichida sifatli bajarilishini va mehnat unumini oshirishni ta’minlaydigan asosiy omillardan biridir. Mazkur maqolada ikki yarusli tezkor plugning parametrlari hamd ular asosida g’o’zapoyali dalalarga ishlov berish haqida so’z yuritilgan. Shuningdek, plugning tuzilishi, foydalanish omillari hamda yerga ishlov berish jarayonida undan samarali ravishda qo’llash xususida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BASIS OF THE PARAMETERS OF THE TWO-STAGE QUICK PULSE WHEN PROCESSING COTTON FIELDS

The use of a fast plow in the development of agriculture is one of the main factors that ensure the quality of work in agriculture in a short period of time and increase labor productivity in accordance with agro-technical requirements. This article discusses the parameters of a two-tier fast plow and how to cultivate cotton fields based on them. It also provides information on the structure of the plow, the factors of use, and its effective use in tillage.

Текст научной работы на тему «G’O’ZAPOYALI DALALARGA ISHLOV BERISHDA IKKI YARUSLI TEZKOR PLUGNING PARAMETRLARINI ASOSLASH»

G'O'ZAPOYALI DALALARGA ISHLOV BERISHDA IKKI YARUSLI TEZKOR PLUGNING PARAMETRLARINI ASOSLASH

Vohidjon Bozorboy o'g'li Ortikov

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

Qarshi filiali

Ilmiy rahbar: Farmon Murtozovich Mamatov

ANNOTATSIYA

Qishloq xo'jaligini rivojlantirishda tezkor plugdan foydalanish dehqonchilikda bajariladigan ishlarni agrotexnik talablar asosida qisqa muddat ichida sifatli bajarilishini va mehnat unumini oshirishni ta'minlaydigan asosiy omillardan biridir. Mazkur maqolada ikki yarusli tezkor plugning parametrlari hamd ular asosida g'o'zapoyali dalalarga ishlov berish haqida so'z yuritilgan. Shuningdek, plugning tuzilishi, foydalanish omillari hamda yerga ishlov berish jarayonida undan samarali ravishda qo'llash xususida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: g'o'zapoyali dalalar, ikki yarusli tezkor plug, parametr, disksimon korpus, chimqirqar, yerga ishlov berish.

BASIS OF THE PARAMETERS OF THE TWO-STAGE QUICK PULSE WHEN

PROCESSING COTTON FIELDS

Vohidjon Bozorboy ugli Ortikov

Karshi branch of the Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization

Engineers

Scientific adviser: Farmon Murtozovich Mamatov ABSTRACT

The use of a fast plow in the development of agriculture is one of the main factors that ensure the quality of work in agriculture in a short period of time and increase labor productivity in accordance with agro-technical requirements. This article discusses the parameters of a two-tier fast plow and how to cultivate cotton fields based on them. It also provides information on the structure of the plow, the factors of use, and its effective use in tillage.

Kalit so'zlar: cotton stalks, two-tiered fast plow, parameter, disc body, chimpanzee, tillage.

KIRISH

Respublikamiz dehqonchiligida paxtachilik bilan bir qatorda g'allachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bog'dorchilikda sifatli mahsulotlar yetishtirish va uni ko'paytirish uchun ilg'or texnologiyalar va ularni ta'minlaydigan zamonaviy mashinalar keng joriy etilmoqda. Hayot bunday yangi turdagi mashinalardan samarali foydalanib, dehqonchilikni to'liq, mexanizatsiyalash uchun yuksak malakali mutaxassislarni tayyorlashni taqozo etmoqda. Shu boisdan mazkur soha yuzasida ko'plab ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, qishloq xo'jaligining gullab-yashnashida xizmat qiladigan ikki yarusli tezkor plugning parametrlari, undan g'o'zapoyali dalalarda foydalanish anchagina jadal tus olgan.

Pluglar o'zining vazifasi, traktorga ulanish usuli, konstruksiyasi, korpuslar soni va mo'ljallangan ishchi tezligiga qarab har xil turlarga bo'linadi. Plug korpusining konstruksiyasiga qarab lemexli, diskli, chizelsimon, rotatsion va qurama (kombinatsiyalashtirilgan) kabi turlarga bo'linadi. Eng ko'p tarqalganlari lemexli pluglardir. Diskli pluglardan og'ir (o'ta qattiq va zich) tuproqli dalalarni haydashda foydalaniladi. Rotatsion va qurama pluglar ekinni ekish va parvarishlash agrotexnikasi talablariga qarab ishlatiladi. Plug turini ekin ekiladigan mintaqalardagi sharoitga moslab to'g'ri tanlash muhimdir. Quyida ikki yarusli plug haqida ma'lumot keltiriladi.

ASOSIY QISM

Ikki yarusli plug ramasiga o'rnatilgan ishchi qismlar, g'ildiraklar, ularni turli sharoitda moslovchi mexanizmlar va traktorga ulaydigan qurilmadan tuzilgan. Plugning ishchi qismlariga pichoq 1, chimqirqar 2, asosiy korpus 3 va chuqurlatkich 4 kiradi. Pichoq shudgorlanayotgan yerni tik tekislikda ma'lum chuqurlikda tilib ketadi. Asosiy korpus yerdan kengligi qalinligi bo'lgan AVSD to'rtburchagiga o'xshagan tuproq palaxsasini o'ng tomonga surib ag'daradi, maydalaydi [7.17-18-betlar].

www.scientificprogress.uz

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6

Ikki yarusli plugning ishchi qismlarini bevosita tuproqqa ta'sir etuvchi pichoq 1, chimqirqar 2, korpus 3, chuqurlatkich 4 lar tashkil qiladi (10-rasm). Pichoq korpusning oldida joylashtiriladi va tuproq qatlamini vertikal tekislikda haydalmagan dala tomonidan tayinlangan joyda tilib ketadi va shudgor devorining silliq bo'lishini ta'minlaydi. Natijada orqada joylashtirilgan chimqirqar yoki korpus tuproq palaxsasini uzib olganida shudgor devori notekis bo'lib qolmaydi va energiya sarfi kamroq bo'ladi. Pichoqdan foydalanilsa, begona o't qoldiqlari to'liqroq ko'miladi, plugning harakati ravonroq bo'ladi, tayinlangan chuqurlikning o'zgaruvchanligi kamayadi. Chimqirqar serildiz, chim bosgan yerlarni haydashda ishlatiladi va korpus bilan pichoq o'rtasida joylashtiriladi. Chimqirqar asosiy palaxsaning dala chetidan 8-12 sm chuqurlikda, korpus qamrov kengligining 2/3 qismiga teng bo'lagini qirqib olib, shudgor tubiga tashlab beradi. Natijada yerning ustki qatlami to'liqroq ko'miladi va chirindiga aylanadi. Ayrim sharoitlarda maxsus pluglarda chimqirqar o'rniga undan kichikroq bo'lgan burchakkesar ham ishlatilishi mumkin. Korpus plugning asosiy ishchi qismidir. U a chuqurlikdagi va b kenglikdagi palaxsani yerdan ajratib oladi va uni 130°-150° burchakka burib ag'daradi. Burib ag'darish natijasida tuproq palaxsasi deformatsiyalanib, maydalanadi, shudgorlangan tomonga a masofaga suriladi. Shudgorlash sifati korpus ishchi sirtining geometrik shakli va o'lchamlariga bog'liqdir. Rivojlangan davlatlarda har qanday ish bajarishda ish unumi katta bo'lgan mashinalardan foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Ish unumini oshirish uchun mashinaning qamrov kengligini emas, uning ishchi tezligini oshirish maqul hisoblanadi. Shu sababli, respublikamizda ham tezkor korpuslar o'rnatilgan pluglar keng tarqalgan, ularni kamida 10 km\soat ishchi tezligida agregatlash talab qilinadi. Plug ramasiga korpuslarni o'rnatishda yonma-yon korpuslardagi lemexlar +Ab kenglikdagi yo'lakka ikki marta ishlov berib, begona o'tlarni kafolatli yo'qotadi. Chuqurlatkich asosiy korpusdan keyin, unga nisbatan chuqurroq o'rnatiladi va korpus

lemexi zichlab ketgan "plug tovoni"ni tilib, buzib ketadi. O'simlik ildizining rivojlanishi yaxshilanadi, suv almashinuvi yengillashadi.

Agar yerning ustki qatlami serildiz bo'lsa, asosiy korpus oldiga chimqirqar o'rnatiladi. U AVSD palaxsaning OSME bo'lagini ajratib olib, shudgor tubiga tashlaydi. Palaxsaning o'z joyida qolgan S shaklidagi AVOEMD qismini asosiy korpus shudgor tubidan ajratib oladi, ilgari to'ntarilgan OSMEning ustiga ag'darib tushiradi va uni ko'mib ketadi. Yerga plug bilan ishlov berishdan asosiy maqsad tuproq palaxsasini ag'darishni taminlashdan iboratdir.Ag'darish jarayonida tuproq maydalanib yumshaydi.

Disksimon korpus

Serildiz, og'ir va qattiq tuproqli yerlarni hamda namligi yuqori bo'lgan sholipoyalarni, go'zapoyali dalalarni haydash uchun mo'jallangan. Korpus o'qiga erkin aylanadigan sferik disk 10 o'rnatilgan. O'tkir charxlangan tig'li disk shudgor tubiga taxminan 70°, harakat yo'nalishiga esa 40°- 45° "hujum" burchagi ostida o'rnatiladi. 2535 sm gacha botirilgan disk agregat bilan birgalikda ilgaril a ma, tuproqning qa rshiligi ta 'sirida ayl a nma ha rakatda b o 'la di. Qirqib olingan tuproq palaxsasini u yon tomoniga surib, birmuncha ko'tarib, shudgor tubiga ag'darib tashlaydi, deyarli maydalamaydi. Uning tig'i oddiy lemex tig'idan uzun bo'lganligi sababli, tezda o'tmaslashib qolmaydi. Bunday korpus shudgor tubini zichlama ydi, "plug tovoni"ni hosil qilma ydi. Yirik kesaklar orasi ochiq bo'lganligi sababli shudgor tezroq quriydi. Diametri 70 sm bo'lgan sferik diskning qamrov kengligi 30 sm ga etadi [7.28-29-betlar].

Chimqirqar shaklan asosiy korpusga o'xshagan ishchi qismdir, u ustunga o'rnatilgan kichik lemex va ag'dargichdan tuzilgan. Tuproq qatlamini ag'darishda xalaqit qilmasligi uchun unga tirak taxta o'rnatilmaydi. Chimqirqar har bir korpus oldiga o'rnatiladi va asosan begona o'tlarni yo'qotishni kuchaytirish uchun ishlatiladi. Chimqirqar bilan jihozlangan plugning asosiy korpuslari katta chuqurlikda ham tuproq palaxsasini to'liqroq ag'dara oladi, natijada shudgor sifati yaxshilanadi. O'z vazifasini sifatli bajarish uchun chimqirqar asosiy korpus olayotgan tuproq palaxsasining serildiz bo'lgan yuza qatlam bo'lagini qirqib olib, shudgor tubiga to'liq to'ntarib tashlashi lozim. Bu tuproqning bo'lagi shudgor tubining eng chuqur va ochiq qismiga to'liq sig'ishi kerak. Shu sababli chimqirqarning qamrov kengligi b1 albatta asosiy korpus qamrov kengligi b dan kichikroq bo'lishi lozim. Ko'pincha b1 = 2/3 b qabul qilinadi. Asosiy korpus ag'dargan palaxsalarning bir-biriga tekkan chegaralaridan begona o'tlar ko'karib chiqmasligi uchun u yerga tushadigan ildizlarni chimqirqar asosiy korpusdan oldin kesib olishi kerak. Shu sababli chimqirqar asosiy korpusning oldiga, ya'ni haydalmagan dala tomoniga (agar korpus tuproqni o'ng tomonga ag'daradigan bo'lsa, uning chap tomoniga) o'rnatiladi. Chimqirqar begona o'tlar ildizlarini asosiy qismi

joylashgan sathidan birmuncha pastroq, ya'ni sharoitga qarab a1=8 -12 sm chuqurlikda kesib olishi kerak. Bedapoya haydalganda esa chimqirqar beda ildizlaridagi azotli tugunaklarni kesib ketadigan chuqurlikda (a1=7-10sm) o'rnatiladi. Lekin a1>12sm bo'lsa, shudgor tubiga to'ntarilib tashlangan serildiz qatlamning ustini to'liq ko'mish uchun asosiy korpus tashlayotgan tuproq miqdori yetmasdan qolib, yomon ko'milishi mumkin. Agar a1>8sm bo'lsa, chimqirqar lemexi eng serildiz sathida harakatlanib, ildizlarni to'liq kesib ololmasdan, tuproqni uyumlab surib yuradi, plugning sudrashga qarshiligi ortib ketadi. Chimqirqarni korpusga nisbatan ilgarilatib o'rnatish masofasi t katta ahamiyatga ega. Agar t me'yoridan katta bo'lsa, chimqirqar ag'darayotgan tuproq uning oldidagi korpusga tegib, mo'ljallangan joyga tushmaydi, texnologik jarayon buziladi. Agar t me'yoridan oz bo'lsa, chimqirqarga uning orqasidagi korpus ag'darayotgan qatlam tegib, tiqilib qoladi. Shu sababli amalda t ni asosiy korpusning qamrov kengligi b ga teng qilib qo'yiladi. Chimqirqarning dala chet qirqimi asosiy korpusning dala chet qirqimiga nisbatan haydalmagan yer tomonga l1 = 0,5-1,5 sm ga surib qo'yiladi. Aks holda chimqirqar hosil qilgan shudgor devorini orqadagi asosiy korpus sidirib buzishi, uning qarshiligi ko'payishi mumkin. Dalaga go'ng sochilgandan keyin shudgorlash talab qilinsa, begona o'tlari bo'lmagan yerlarni haydashda chimqirqar ishlatilmaydi [7.35-36-betlar].

Agrotexnik talablar

Har yili ekin ekiladigan yerlarni kuzgi shudgorlashda hamda qo'riq yerlarni birlamchi shudgorlashda chimqirqar (yoki burchakqirqar) bilan jihozlangan ikki yarusli plugdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shudgorlangan yerni takroriy haydashda hamda sochilgan go'ngni ko'mishda chimqirqarsiz plug ishlatiladi. G'o'zapoyali joylarda tuproqni maydalash qiyin bo'lganligi sababli palaxsani to'liqroq ag'darib, kesaklarni maydalashga intilmasdan shudgorlash kerak (kesaklar boshqa qurollar yordamida keyinchalik maydalanadi). G'o'zapoyali yerlar saqlagichli plug bilan haydaladi. Tuproq eng qulay namlikka (16-18 %) ega bo'lgan agrotexnik muddatlarda, kamida 20 sm (makkajo'xori va paxta uchun kamida 30 sm) chuqurlikda shudgorlanishi lozim. Har yili bir xil chuqurlikda haydash natijasida shudgor tubi zichlanib „plug tovoni" hosil bo'ladi va ekin ildizining rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. „Tovon"ni buzish uchun har 2-3 yilda chuqurlatkich bilan ishlov berish talab qilinadi.

Shudgorlash chuqurligining amaldagi o'zgarishi agronom tayinlagan miqdordan ± 5 % dan oshmasligi kerak. Plugning ishchi qamrov kengligi konstruktiv kengligidan ± 10 % dan ortiq farq qilmasligi lozim. Shudgorlash natijasida o'simlik qoldiqlari va sochilgan go'ng to'liq ko'milishi kerak. Har bir korpus ag'dargan palaxsala rdan paydo bo'ladigan do'ngchalar balandligi 5 sm dan oshmasligi talab qilinadi. Shudgorlangan joylarda baland tuproq uyumlari va o'ta keng ochilgan jo'yaklar bo'lmasligi kerak. Dala chetida plugli agregatning burilishi uchun haydalmasdan qoldirilgan yo'lakchalar

ko'ndalangiga to'liq chuqurlikda shudgorlanishi kerak. Shudgorlash natijasida o'lchamlari 1-10 mm bo'lgan kesakchalar hosil qilishga erishish kerak. O'lchamlari

0.25.mm dan maydaroq zarrachalar tuproq eroziyasini kuchaytirishi sababli, ularning paydo bo'lishiga yo'l qo'ymaslik kerak.

XULOSA

Go'zapoyali dalalarga ishlov berish borasida zamonaviy texnikaning asosiy omili bo'lgan tezkor plug dehqonchilikda samarali vosita sifatida xizmat qiladi. Yerga ishlov berishda mehnat qurolining, texnikasining to'gri tanlanishi ish unumdorligini oshiradi. Eng muhimi g'o'zapoyali yerlarda tezkor plugdan foydalanish kutilgan natijalarning amalga oshishiga zamin yaratadi.

REFERENCES

1. Кпёнин Н.И., Сакун В. А. Сельскохозяйственные и мелиоративные машины. Москва, Агропромиздат, 1980.

2. Листопад Г.Е. и др. Сельскохозяйственные и мелиоративные машины. Москва, Госиздат, 1986.

3. Карпенко А.Н., Халанский В.М. Сельскохозяйственные машины Москва, „Колос", 1983.

4. Hamidov A. Qishloq xo'jaligi mashinalarini loyihalash. Toshkent, „O'qituvchi", 1991.

5. Сабликов M.B. Хлопкоуборочные машины. Москва, „Агропромиздат", 1985.

6. Мурадов М., Байметов Р. Технология улучшения плодородия почв. Тошкент, „Мехнат", 1985.

7. M.Shoumarova, T. Abdillayev Qishloq xo'jaligi mashinalari, "O'qituvchi nashriyot -matbaa ijodiy uyi", Toshkent - 2018, 573 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.