BOG' QATOR ORALARIGA TEKIS ISHLOV BERADIGAN FRONTAL PLUG KONSTRUKTIV SXEMASINI ASOSLASH
Izzatbek Botirovich Maksudbaev
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish magistratura 2-bosqich talabasi
Ushbu maqolada bog' qator oralariga ishlov beradigan plugni loyihalashtirish, zamonaviy plugsozlikdagi yangi texnik yechimlar, tuproqni mulchalash, bog'larni sug'orishning yangi usullari va hosildorlikni oshirish haqida to'liq fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: tuproqni mulchalash, sug'orish, agrotexnik ishlar, plugni loyihalash, ko'p yillik o'tlar, burchakkesgich, chimqirqar plug.
This article discusses in detail the design of a plow between rows of garden, new technical solutions in modern plowing, soil mulching, new methods of watering gardens and increasing productivity.
O'zbekistonda bog'dorchilik qishloq xo'jaligining muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Xpzirgi kunda respublikamizda 230 ming gektardanziyod bog' va uzumzorlar mavjud bo'lib, qator oralariga asosiy ishlov berish bog'larning hosildorligini oshirish uchun sharoit yaratadigan eng asosiy agrotexnik tadbirlardan hisoblanadi [1].
Hozirgi kunda bog'dorchilikda asosan boshqa, umumiy ishlarga mo'ljallangan OR-2-30, PN-3-30, PN-4-35, PYa-3-35-2pluglarlardan va PS-4-30 bog'dorchilik plugi bilan qator oralarini shudgorlashda foylanib kelinadi. Bu pluglarning asosiy kamchiliklaridan biri tuproqni yon tomonga ag'darib shudgorlaydi va buning natijasida qator oralarida ariqlar, marzalar va notekisliklarni hosil bo'ladi. Bundan tashqari bog' qator oralari shudgorlash jarayonida agregat daraxt tubiga yaqinlasha olmaganligi sababli shudgorlash ishlov berilmagan himoya zonasi kengayadi va bu maydonlarga qo'lda ishlov berishga to'g'ri
Ismoil Toshkentovich Ergashev
Ilmiy rahbar: t.f.d professor
ANNOTATSIYA
ASBTRACT
October 5-6
keladi, natijada mehnat unumdorligi pasayadi, sarf-xarajatlar esa ko'payadi [2].
Bog' qator oralarini tekis, ariq va marzalarsiz shudgorlash texnologiyasi va texnik vositalarining qo'llanilishi ishlov berish sifatini oshirish va sarf xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Bog' qator oralarida tekis ishlov berish texnologiyasini amalga oshira oladigan frontal chiziqli plugning konstruktiv sxemasi 1-rasmda keltirilgan.
1-rasm. Bog' qator oralariga tekis ishlov beradigan chiziqli frontal plugning
konstruktiv sxemasi.
Frontal chiziqli plug rama 1, old tomonda joylashtirilgan tayanch g'ildiraklar 2, taqish qurilmasi 3, tayanch-tekislovchi katok 4, chapga ag'daruvchi korpuslar 5 va zaplujniklardan 6 tashkil topgan. Bunda korpuslarning tuproqqa ishlov beruvchi chuqurligi osish qurilmasi A-A o'qiga yaqin joylashgan korpusda 25...30 sm, o'ng tomondagisi esa 15...18sm chuqurlikga ishlov beradigan qilib, o'rtadagi ikkita korpus esa oraliq holatda o'rnatilgan, ya'ni ishlov berish chuqurligi qator o'rtasidan boshlab qator chetiga tomon kamayib boradi.Chunki korpuslar daraxt tubiga yaqinlashib borishi bilan daraxt ildizlariga shikast yetkazmaslik uchun plug korpuslarining chuqurligi kamayib borishi lozim. Birinchi korpus plugning simmetriya o'qiga nisbatan lt, ikkinchisi l2, uchinchisil3, to'rtinchisi l4, chap g'ildirak l*, o'ngi esa l"p masofada joylashgan.
Plug bog' qator oralaridan harakatlanganda chap tomonga ag'daruvchi korpuslar 5 tuproq palaxsasini ko'taradi. Zaplujniklar 6 palaxsaning qarama-qarshi yoqiga tasir etadi. Natijada korpus va zaplujnikning birgalikdagi garmonik ta'sirida tuproq palaxsasi 180° ga aylantiriladi va o'z
October 5-6
452
o'miga ag'dariladi. Shudgar yuzasini tekislash va kesaklami maydalashni katok 4 amalga oshiradi. Plug bog' qator oralaridan o'tishida teng yarimiga ishlov beradi
———, bu yerda: V -bog' qator oralarining kengligi, A -ximoya zonasi (2-rasm).
2-rasm. Bog' qator oralariga tekis ishlov beradigan chiziqli frontal plugning
konstruktiv sxemasi.
Ikkinchi marotaba qaytishida bog' qator oralarining ishlov berilmagan qismidan harakatlanadi va shudgorlaydi.
Plug korpuslariga tuproq qarshilik kuchlarining ko'ndalang tashkil etuvchilarilarining yig'indisiXRy plugning gorizontal tekislikda ravon harakat qilishini ta'minlay olishi uchun barchakorpuslarchap (yoki o'ng) tomonga ag'daradigan qilib joylashtiriladi. Bunda XRy ning plugning oniy aylanish markaziga
nisbatan momenti qarshilik kuchlari gorizontal tashkil etuvchilarining shu markazga nisbatan momentiga teng bo'lishi ta'minlanishi lozim.
Bu shartning bajarilishini ta'minlash uchun plug korpuslari oniy aylanish markaziga nisbatan L masofa joylashtirilishi lozim
X M0 Rx + £ M„ Rk + £ M0 Rm
L
X Ry
Bu yerda:
£M0Rx-tuproqning korpuslarga qarshiligini gorizantal tashkil etuvchilari Rx ning plugoniy aylanish markaziga nisbatan momentlari yig'indisi, N ■ sm ■
£M0Rk- tuproqning katokga qarshiligining plugoniy aylanish markaziga
nisbatan momenti, N'sm;
October 5-6
453
Rkal -tayanch g'ildiraklari qarshilik kuchlarining oniy aylanish markaziga nisbatan momentlar yig'indisi, N • sm ■
XRy-tuproqning korpuslarga qarshilik kuchlarining ko'ndalang tashkil etuvchii
yig'indisi, N.
Korpuslarning tortish qarshiligini qo'yidagi ifoda orqali aniqlash mumkin
Rx = r/Kab
buyerda, ^-plugning foydali ishkoeffesiyenti; ^=0.6...0.8;
K -plugning solishtirma qarshiligi, N • sm ■
b - korpusning qamrash kengligi, sm; a -korpusning ishlov berish chuqurligi, sm.
Tayanch g'ildirak va tekislovchi katokning tortish qarshiligini Gran-dvuane-Garyachkina ifodasi orqali aniqlash mumkin
P = 0,863
1
Q4
bqD3
buyerda, Q-tayanch g'ildirakning yoki mashinaning og'irlik kuchi, N; b - katokning qamrash kengligi, sm; q - tuproqning hajmiy ezilish koeffisiyenti; d - katok deametri, sm.
Tajribada soddalashtirilgan formuladan foydalaniladi P = jQ buyerda, p.- dumalash koeffisiyenti.
Agrotexnik talablardan kelib chiqqan holda hisoblash uchun birinchi korpusning ishlov berish chuqurligi a = 30sm, ikkinchisi a2 = 25sm, uchinchisi a3 = 20sm, to'rtinchisi a4 = 15sm deb qabul qilamiz. Tuproq palaxsasining qalinligidan kelib chiqqan holda qamrash kengligi e = 50 sm. Plugning maksimal ravishda FIK, r = 08
o'rta tuproqlar uchun K = 7 N / sm2.
Olingan qiymatlarni keltirilgan ifodaga quysak quyidagini aniqlaymiz:
Rxl = 0.8 • 7 • 30 • 50 = 8400N, R2 = 0.8 • 7 • 25 • 50 = 7000 N,
R3 = 0.8 • 7 • 20 • 50 = 5600N, R4 = 0.8 • 7 • 15 • 50 = 4200N. Unda ko'ndalang tashkil etuvchilar:
Ryl = 0.35 • 8400 = 2940 N, Ry2 = 0.35 • 7400 = 2590 N,
R3 = 0.35 • 5600 = 1960 N,
Ry4 = 0.35 • 4200 = 1470 N.
October 5-6
454
Katokning yoki tayanch g'ildirakning tortish qarshiligini aniqlash uchun soddalashtirilgan ifodadan foydalanamiz.
Dumalash koeffisiyenti qiymati tuproq sharoitiga bog'liq bo'lib, u ju = tgß dan aniqlanadi, buyerda, ß-qarshilik kuchining vertikalga nisbatan og'ish burchagi. Tuproq sharoitidan kelib chiqqan holda ß=12...18° qabul qilish mumkin. Unda V=0.21...0.32 bo'ladi. Katta qiymati katok uchun olinadi, chunki katok shudgorlangan tuproq yuzasidan harakatlanadi, g'ildirak esa shudgorlanmagan tuproq yuzasidan harakatlanadi. Qamrash kengligi 1m bo'lgan katokning og'irlik kuchi 500N ga teng, bizning holat uchun katokning qamrash kengligi plugning qamrash kengligiga teng bo'lib, 2m tashkil etadi. Unda katokning og'irlik kuchi 1000N ga teng. Plugning bitta tayanch g'ildiragiga ta'sir etadigan og'irlik kuchini 1500N deb qabul qilamiz, chunki tayanch g'ildirakka og'irlikning ta'siri 1000...2000N bo'lganda plug bir maromda ishlaydi.
Bunda katokning va bitta g'ildirakning qarshilik kuchi quydagiga teng bo'ladi: R = 0.32 ■ 1000 = 320N, RKOJl = 0.32 ■ 1500 = 480 N. L ni aniqlash uchun olingan barcha qiymatlarni ifodaga qo'yamiz. Chizmadan
L = 25sm; i2 = 75sm; L3 = 100sm; i4 = 125sm; tK = 25sm; LKKp = 175sm; lK = 100sm X MnAM = R ■ t - R ■ LKp - R, ■ L - R? ■ e7 - R. ■ L- - R. ■ I. +X R ■ L - R ■ L = 0
^^ OAM kko k kok k x1 1 x2 2 x3 3 x4 4^^ y k k
Undan
R ■ L + R ■ L + R ■ L + R ■ L + R ■ LKp - R ■ LK + R ■ L
_ Rx1 1 ^ Rx 2 2 ^ Rx3 ^ 3 ^ Rx4 ^ 4 ^ rkok ^ k rkok ^ k ^ rk ^ k _
= 5X =
8400 ■ 25 + 7000 ■ 75 + 5600 ■ 100 + 4200 ■ 125 + 480 ■ 175 - 480 ■ 25 + 320 ■ 100
2940 + 2590 +1960 +1470 210000 + 525000 + 560000 + 525000 + 84000 -12000 + 32000 1924000
8920 8920
215.6sm
Demak bog' qator oralarini tekis ishlov beradigan plugning traktorga nisbatan aniqlangan masofada joylashishi plugning gorizontal tekislikda ravon harakatini ta'minlaydi.
Ushbu taklif etilgan texnologiya va frontal chiziqli plug konstruksiyasi O'zbekiston Respublikasining № FAP 00930 Patenti bilan himoyalangan [3].
October 5-6
455
Variantlar Ishlov berish chuqurligi L oniy aylanish markazigachagacha bo'lgan masofa
a1 a2 a3 a4
I 30 30 30 30 240,98
II 30 30 30 25 235,93
III 30 30 25 25 233,67
IV 30 25 25 25 234,59
V 30 25 25 20 228,46
VI 30 25 20 20 225,45
VII 30 25 20 15 218,14
y - -0,34/X F 2 - 0,ö05öX + 2 = 0,9532 ■ 240,39
REFERENCES
1. Yu.M.Djavakyans. Nauchntiye osnovti texnologii obrabotki pochvti v sadax i vinogradnikax Uzbekistana// Diss. dok. s/x. nauk. Tashkent. 2008 g.
2. N.I.Klenin, V.A.Sakun. SelskoxozyaysstvennLiy i meliorativntiye mashinM, M.: Kolos, 1980.
3. FAP 00930. Lineyntiy plug dlya raznoglubinnoy gladkoy vspashki mejduryadiy sadov //I.T.Ergashev, B.R.Tashtemirov, X.K.Pardayev i dr. O.B. - 2014. - №7.
4. V.K.Kuteynikov, N.P.Losev, N.I.Gerasimov i dr. Mexanizasiya rabot v sadovodstve //Plug sadovtiy chetbirexkorpusnLiye PS-4-30. Moskva «Kolos» 1983.
5. Sakun V.A., Mamatov F.M., Ergashev I.T. Usloviya oborota plasta nepryamougolnoy formal v sobstvennuyu borozdu. // Sb. nauchn. tr. MIISP, -M. - 1991. -S. 15...19.
October 5-6
456