INTENSIV BOG' QATOR ORALARI VA HIMOYA HUDUDI TUPROG'IGA YUZA ISHLOV BERIB BEGONA O'TLARNI YO'QOTADIGAN QURILMA
SXEMASINI ISHLAB CHIQISH
I.T. Ergashev
t.f.d. professor, ToshDAU Samarqand filiali
X. Q. Pardayev
katta o'qituvchi (PhD), ToshDAU Samarqand filiali
S. G'. Nazarov
magistratura talabasi, ToshDAU Samarqand filiali
Mazkur maqolada respublikamizdagi intensiv bog'larni bahor-yoz davrida parvarishlashda qator oralari va daraxtlar tanasi atrofi tuprog'iga yuza ishlov berish hamda begona o'tlarni yo'qotadigan qurilmani sxemasini asoslash ma'lumotlari keltirilgan.
Kalit so'zlar: intensive bog', yuza ishlov, himoya hududi, qurilma, diskli pichoq, tekis qirqadigan pichoq, qaytaruvchi qurilma
This article provides information on the basis of the scheme of surface treatment of the soil between the rows and around the tree trunks and the weeding device in the maintenance of intensive gardens in our republic in the spring-summer period.
Keywords: intensive garden, surface treatment, protective zone, device, disc blade, straight cutting blade, return device
Respublikamiz qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida mehnat va energiya sarfini qisqartirish, resurslarni tejash, qishloq xo'jalik mahsulotlarini zamonaviy texnologiyalar asosida yetishtirish va yuqori unumli qishloq xo'jalik mashinalarini ishlab chiqish yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilib, jumladan, bog' qator oralariga ishlov berishda kam mehnat va resurs sarflab, barcha texnologik jarayonlarni sifatli bajarilishini ta'minlaydigan
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
texnik vositalarni ishlab chiqishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
October 5-6
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida, jumladan «...qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish uchun sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya ob'ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo'lgan qishloq xo'jaligi texnikasidan foydalanish» [1] vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni bajarishda, jumladan intensiv bog' qator oralari va himoya hududiga bahor-yoz oylarida yuza ishlov berish hamda begona o'tlardan to'liq tozalash jarayonida, ishlov beriladigan bog' qator oralaridagi mavjud begona o'tlarni yo'qotish bilan tuproqqa yuza ishlov berish ishlarini belgilangan agrotexnik talablarga mos ravishda amalga oshiradigan qurilmani ishlab chiqish va yuqori ish sifati hamda resurstejamkorlikni ta'minlaydigan parametrlarini asoslash kabi yo'nalishlarda tadqiqotlar olib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
FOYDALANILGAN MATERIALLAR VA USULLAR.
Bog'dorchilik O'zbekistonda qishloq xo'jaligining ko'p mehnat talab qiladigan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda Respublikamizda 431 ming gektardan ortiq bog' va uzumzorlar mavjud bo'lib, 2030 yilga kelib mevali bog'larni 420 ming gektarga va uzumzorlarni 210 ming gektarga etkazish rejalashtirilgan [2].
Respublikamizda asosan bog' qator oralari kengligi 8x8m, 8x6m, 8x4 m, 6x5m, 6x4m, 5x4m, 5x3m, 5x2,5m, 5x2 m, 4x1,5 m, 3,5x1,5 sxemada ekilgan bo'lsa keyingi vaqtlarda zamonaviy tipdagi intensiv bog'larni yaratish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Intensiv bog'lar asosan qator orasi kenligi 2,5x1 m, 3x1 m, dararaxtlar orasidagi masofasi esa 0,7 m dan 1 m bo'lgan sxemada ekilmoqda. Bunday sxemada ekilgan intensiv bog'lardagi daraxtlarning qator orasi tuproqlariga ishlov berish, dorilash, mevalarni terish va tashish imkonini beradi, bundan tashqari daraxtlarning mevalariga yaxshi quyosh nuri tushadi va hosilning oshishiga olib keladi [3, 4, 5, 6, 7, 8.].
Bog' qator oralarini bahor-yoz oylarida begona o'tlardan tozalash va tuprog'ini yuza ishlov berish daraxtlarning yil bo'yi jadal o'sishi, issiq kunlarda tuproqdagi namlikni yo'qolishini kamaytirish, daraxtlar ildiz tizimining yaxshi rivojlanishi imkonini beradi. Shuningdek, bog'lardagi begona o'tlarni yo'qotish daraxt va mevalarning zamburug'li kasalliklar bilan kasallanishini oldi olinadi [8].
October 5-6
Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING MA'NOSI Olib borilgan adabiyotlar tahlili va ilmiy tadqiqotlar natijasida yangi tipdagi intensiv bog' qator oralari va daraxtlar atrof hududida tuproqqa yuza ishlov berib begona o'tlarni yo'qotadigan qurilma taklif qilindi.
Taklif qilingan intensiv bog' qator oralari va himoya hududi tuprog'iga yuza ishlov berib begona o'tlarni yo'qotadigan qurilma (1-rasm) ramasi 1 ning ish kengligi intensiv bog'lar qator oralarini kengligi B ning o'zgarishiga qarab 2 metrdan 3 metr kenglikgacha o'zgartirish imkoniyati mavjud bo'lib tekis qirquvchi o'ng 3 va chap 4 pichoqlar o'rnatilgan, har bir pichoqning ish kengligi b/2 chap va o'ng kesuvchi pichoqlarning ish kengligi esa b ga barcha o'ng va chap pichoqlarning to'liq ish kengligi 4b ga teng bo'ladi.
1-rama; 2-osish mexanizmi; 3-tayanch g'altak; 4-8-chap va o'ng kesuvchi pichoqlar; 5-balka; 6-tekis qirquvchi panja; 7-boshqariladigan gidrokuchaytirgich. 1-rasm. Intensiv bog' qator oralari tuprog'iga yuza ishlov berib begona o'tlarni yo'qotadigan
qurilma
Qurilmaning ishlash prinsipi quyidagicha. Qurilma bog' qator orasidan o'tishida bir tomonlama qirquvchi chap va o'ng pichoq 4- 8 lar b kenlikdagi maydonga ishlov beradi, ramaning ikki yoniga qo'shimcha o'rnatilgan balka 5 ga mahkamlangan tekis qirquvchi panja 6 sharnirli mexanizm orqali asosiy rama 1 ga o'langan bo'lib, gidroqaytargich 7 ga bog'langan. Tekis qirquvchi panja daraxtlar himoya maydoniga ishlov berib ketadi. Qurilma ishlash vaqtida tuproqni 5-7 sm gacha ishlov berib, begona o'tlarni to'liq ildiz qismini qirqadi, buning natijasida qator oralaridagi begona o'tlar yo'qotiladi. Qurilmaning ish kengligi bog'lar qator oralari kengligiga qarab rostlash imkoniyati mavjud bo'lib, 3 m gacha kengaytirish mumkin.
October 5-6
442
XULOSALAR
O'tkazilgan izlanishlar asosida shuni aytish mumkinki, hozirgi kunda respublikamizda 60 ming gektardan ortiq zamonaviy tipdagi intensiv bog'lar mavjud bo'lib, asosan bahor-yoz oylarida qator oralari doimiy yuza ishlov berish bilan begona o'tlarni yo'qotish talab qilinadi.
Taklif qilingan intensiv bog' qator oralari tuprog'ini yuza yumshatib begona o'tlarni yo'qotadigan qurilmani bog'dorchilik xo'jaliklarida ishlatish orqali dastlabki hisoblashlarga ko'ra qo'l mehnatini 12 % ga, YoMM ni 15 % ga qisqartish bilan yetishtirilayotgan mahsulotga sarflanadigan xarajatlarni sezilarli kamaytirish imkoniyati yaratiladi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 4947-sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi qarori. "O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami", -Toshkent, 2017. - №6. - 70 b.
2. http : //documents 1. worldbank.org
3 Пархоменко Г.Г. Совершенствование технологического процесса обработки почвы в рядах многолетних насаждений: Дис.канд. техн. наук.-Зерноград, 2000.
4. Джавакянц Ю.М. Технология выращивания и размножения местных сортов и форм яблони и груши в Узбекистане. Ташкент, 2010.-33 с.
5. Гудковский В.А. Кладь А.А. Концепция развития интенсивного садоводства в современных условиях россии // Садоводства и виноградарство. №4.-Москва, 2001.-№ 4. -с. 2-8.
6. Трунов Ю.В., Самощенко Е.Г., Дорошенко Т.Н. и др. Плодовдство. - М.: КолосС, 2012. - 415.С.
7. Xudoyberdiev T., Xudoyorov A., Rustamova D., Abdumannopov. YAngi agregatning tuzilishi va uning intensiv bog'dorchilikda ishlatilishi // Agro ilm. -Toshkent, 2018.-B.105-106.
8. Пронь А.С., Евдакимов П.Ф., Юшков А.Н. Технические средства для южного садоводства // Садоводства и виноградарство. №4.-Москва, 2006.-№ 4. -с. 31-
-153 с
32.
October 5-6