Научная статья на тему 'LALMI OCHIQ DALALARGA IKKI QAVATLI TONELLI PLYONKA OSTIGA POLIZ KO’CHATLARINI EKADIGAN MASHINA'

LALMI OCHIQ DALALARGA IKKI QAVATLI TONELLI PLYONKA OSTIGA POLIZ KO’CHATLARINI EKADIGAN MASHINA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
114
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lalmi / oziq-ovqat / plonka / poliz / ko’chat / qoziq / arka / gektar. / lalmi / food / plonka / pole / seedling / stake / arka / hectare.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — D. Irgashev, S. Mustapaqulov, A. Sodiqov

Maqolada mamalatimiz hududidagi lalmi yer maydonlaridan oqilona foydalish bugungi kundagi eng dolzarb mavzulardan biri bo’lib qolyatganligini , mamlakatimizni uchun bahor fasli qulay keladigan yani lalmi yerlarda tabiy namlik yetarlicha bo’ladigan hudlarda erta bahor faslida avvaldan issiqxonlarda ekib ko’chat qilib tayyorlangan poliz ko’chatlarni tonelli plonka ostiga ekilgan poliz ko’chatlarni pichib yetilish 45-60 kunga tezlashi va maxsulotga bo’lgan talab yuqori bo’lgan vaqtda qo’shni respubliklarga esport qilish imkoni berish bilan bir vaqtda mamlakatimiz aholisini havsiz oziq-ovqat maxsulotlariga bo’lgan extiyojini ham qondirishga yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MACHINE FOR POLICE SEEDLING UNDER TUNNEL FILM IN DRY OPEN FIELDS

In the article, rational use of dry land areas in our region is one of the most relevant topics today, and the spring season is favorable for our country, i.e., in areas where there is enough natural moisture in dry land, the polyz was prepared by planting seedlings in greenhouses in early spring. The maturing of the seedlings planted under the tonneau cover accelerates the ripening by 45-60 days and allows export to the neighboring republics when the demand for the product is high, and at the same time, it makes the people of our country more interested in food products. also helps to satisfy.

Текст научной работы на тему «LALMI OCHIQ DALALARGA IKKI QAVATLI TONELLI PLYONKA OSTIGA POLIZ KO’CHATLARINI EKADIGAN MASHINA»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

LALMI OCHIQ DALALARGA IKKI QAVATLI TONELLI PLYONKA OSTIGA POLIZ

KO'CHATLARINI EKADIGAN MASHINA Irgashev Dilmurod Bekmurodich

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti katta o'qituvchisi Mustapaqulov Sodiq Unigiboyevich

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti assistenti Sodiqov Akrom Ro'ziboyevich

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti assistenti https://doi.org/10.5281/zenodo.7061706 Annotatsiya. Maqolada mamalatimiz hududidagi lalmi yer maydonlaridan oqilona foydalish bugungi kundagi eng dolzarb mavzulardan biri bo'lib qolyatganligini , mamlakatimizni uchun bahor fasli qulay keladigan yani lalmi yerlarda tabiy namlik yetarlicha bo'ladigan hudlarda erta bahor faslida avvaldan issiqxonlarda ekib ko'chat qilib tayyorlangan poliz ko'chatlarni tonelli plonka ostiga ekilgan poliz ko'chatlarni pichib yetilish 45-60 kunga tezlashi va maxsulotga bo'lgan talabyuqori bo'lgan vaqtda qo'shni respubliklarga esport qilish imkoni berish bilan bir vaqtda mamlakatimiz aholisini havsiz oziq-ovqat maxsulotlariga bo'lgan extiyojini ham qondirishga yordam beradi.

Kalit so'zlar: lalmi, oziq-ovqat, plonka, poliz, ko'chat, qoziq, arka, gektar.

МАШИНА ДЛЯ ПОСАДКИ САЖАНЦЕВ ПОЛИЦИИ ПОД ТОННЕЛЬНУЮ ПЛЕНКУ НА СУХИХ ОТКРЫТЫХ ПОЛЯХ Аннотация. В статье рациональное использование участков засушливых земель в нашем регионе является одной из наиболее актуальных тем на сегодняшний день, а весенний сезон благоприятен для нашей страны, т. готовили путем высадки рассады в теплицы ранней весной. Созревание рассады, высаженной под укрытие тонно, ускоряет созревание на 45-60 дней и позволяет экспортировать в соседние республики при высоком спросе на продукт, и в то же время , это делает людей нашей страны более заинтересованными в продуктах питания, а также помогает удовлетворить.

Ключевые слова: лалми, еда, плонка, столб, саженец, кол, арка, гектар. MACHINE FOR POLICE SEEDLING UNDER TUNNEL FILM IN DRY OPEN FIELDS Abstract. In the article, rational use of dry land areas in our region is one of the most relevant topics today, and the spring season is favorable for our country, i.e., in areas where there is enough natural moisture in dry land, the polyz was prepared by planting seedlings in greenhouses in early spring. The maturing of the seedlings planted under the tonneau cover accelerates the ripening by 45-60 days and allows export to the neighboring republics when the demand for the product is high, and at the same time, it makes the people of our country more interested in food products. also helps to satisfy.

Keywords: lalmi, food, plonka, pole, seedling, stake, arka, hectare.

KIRISH

Bugungi kunda tez suratlar bilan o'sib borayotgan dunyo aholisining oziq-ovqat maxsulotlariga bo'lgan talabi ortib borayotganiligini hisobga oladigan bo'lsak mamlakatimiz aholisini arzon bo'lgan oziq-ovaqat bilan ta'minlash va dunyo bozoriga oziq-ovqat maxsulotlarni yetishtirib sotish uchun bugungi kundagi lalmi yerlarda ananaviy usulda poliz maxsulotlarni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

yetishtirish zamon talabiga javob bermaydi. Shuning uchun ochiq dalalarda poliz maxsulotlarni innovatsion usuldan foydalangan holda yetishtirsh dolzab muammo hisoblandi.

Respublikamizda tuproqqa asosiy ishlov berishda tuproqni himoya qilish, energiya-resurslarni tejash va ish unumini oshirish imkonini beradigan texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida, jumladan «... sabzavot, qishloq xо'jaligi ishlab chiqarishi sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumi yuqori bo'lgan qishloq xo'jaligi texnikalaridan keng foydalanish» bo'yicha muhim vazifalar belgilab berilgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Ma'lumki, mamlakatimizda lalmikor ekin maydonlari 800 ming gektardan ortiqroqni tashkil etadi. Bu yerlardan 130 ming gektari yog'inlar bilan ta'minlangan maydonlardir. Dehqon va chorvadorlarimiz sug'oriladigan yerlar bilan birgalikda mazkur maydonlardan ham foydalanib kelishmoqda. Bugungi kunga kelib Prezidentimiz tomonidan lalmikor yerlardan ham unumli foydalanish uchun innovatsion sug'orish tizimidan foydalanib tomchilatib va yomg'rlatib sug'orish tizimlarnini joriy qilgan holda mamlakatimizda oziq -ovqat havsizligini taminlash maqsadida lalmikor yerlarda poliz maxsulotlarni yetishrish va ularni ekish texnolgiyalarni innovatsion yechilarni qo'llashni jorish qilish haqidagi faikrlaridan kelib chiqqan holda yangi texnika va texnologiyalardan foydalangan holda erishish nazarda tutilgan.

Poliz ekinlari qurg'oqchilikka chidamli hisoblanadi, ularni issiq iqlimli tog'oldi tumanlarida sug'ormasdan yetishtirish mumkin. Lalmikor polizchilik dengiz sathidan 1200-1500 m yuqoridagi tog'oldi tekisliklarida va zinapoyalarida joylashgan bo'lib bu yerlarda yillik o'rtacha yog'in miqdori 400-500 mm ni tashkil etadi. Shuningdek, dengiz sathidan 500-700 m balandlikda yillik yog'in miqdori 250-300 mm bo'ladigan tekisliklarda ham sug'ormasdan poliz ekinlarini yetishtirish mumkin.

Bunga sabab, o'simlik gulidagi changi hayot qobiliyatining pastligi (24-25 %) va sug'oriladigan yerlardagiga qaraganda gullarga hasharot changlatuvchilarning kam kelib qo'nishidir. Buni, ayniqsa ob-havo quruq kelgan yillarda o'simlik tupida bittadan meva tugilishiga yoki butunlay tugilmasligiga olib keladi.

Lalmikor polizchilikni rivojlantirish juda muhim, chunki bu yerda yetishtiriladigan mevalar ta'mi sug'orib yetishtirilgan mevalarga nisbatan shirinroq bo'ladi, tog'oldi rayonlarda poliz ekinlari yetishtirish birmuncha arzonroq, shuningdek, lalmikor polizchilikda o'simliklar kasalliklarga unchalik chalinmaydi. Lalmikor polizchilik Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida keng tarqalgan bo'lib, umumiy maydon 7,5-8 ming gektarni tashkil etadi.

Mamlakatimizda lalmi yer maydonlarini 30-40 ming gektarga, olinadigan poliz mahsulotining yalpi hosilini 150 ming tonnagacha yetkazish imkoniyatlari mavjud. Bu imkoniyatlardan to'la foydalanish aholining poliz mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirishda muhim omil hisoblanadi.

Poliz ekinlari bitta chinbarg chiqarganda yaganalanadi. Bunda har qaysi uyada bittadan sog'lom maysa qoldiriladi. Lalmikorlikda poliz ekinlarini parvarish qilishda yog'ingarchilikdan keyin hosil bo'ladigan tuproq qatqalog'iga qarshi kurash muhim tadbirlardan biri hisoblanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Maysalar unib chiqqunga qadar qatqaloq rotatsion motiga yoki tishli borona bilan buziladi, unib chiqqandan keyin qator oralari yumshatiladi.

Shuni uchun bugungu kunda lalmi yerlarda poliz ko'chatlarni erta baxorda tonelli plyonka ostiga ekish samarali hisoblanadi. O'zbekistonda issiq kunlar ko'p bo'lganligi va baxor faslini hududlarda turlilicha kelishi lalmi yerlarda poliz ekinlarni ekish va yetishtishda tabiat injiqliklari sababli lalmi yerlardan unumli fayladalib kelmaslikka sabab bo'lib kelayotganligini hisobga oladigan bo'lsak taklif etillayotgan loyha bugunki kundagi poliz maxsulotlarni lalmi yerlada yetishtishni innovatsion echimi hisoblanadi.

1-Rasm. Tonelli plonka yotqizuvchi mashina

Poliz ko'chatlarini yopiq tonelli plyonka ostiga ekish mashina mamlakatimizda erta bohorda poliz ko'chatlarini yopiq tonelli plyonka ostiga ekishdan iborat. Mashina ikki qismdan iborat bo'ladi:

-ekish uchun tayorlab qo'yilgan yer maydoni plyonka ostiga ekish uchun mashina tuproqni yumshatib plyonkani ikki qirrasini ko'mib plyonka ostiga sug'orish shlangini joylashtirib, xosil qilingan plyonka poliz ko'chatini yekilish chuqurligi va ekish oralig'ini agrotexnik talablaridan kelib chiqqan xolda tayyorlab boriliyotgan plyonka ostiga ko'chatni ekiladi.

-plyonka ostiga ekib bo'lingan ko'chatni ustidan balanligi 45-50 sm balandlikka yarim aylana yoysimon arka xosil qilib , xosil qilingan arka ustini plyonka tortib ekilgan ko'chat ustiga termostli qavat xosil qilinadi.

2-Rasm. Arkali tonelli plonla hosil qilish mashinasi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Vaqtinchalik plyonkali-yopqich ostida o'stirish uchun tarvuzning tezpishar, qisqa palakli, kasallikka chidamli navlaridan foydalaniladi. Maxsus tayorlangan 35-45 kunlik ko'chatlar ekilib bir qavatli duga qilib polietilen plyonka qoplanadi. Yerga ko'chat o'tqazilgandan yoki urug' ekilgandan keyin darhol tunnel ko'rinishidagi plyonkali yopqich o'rnatishga kirishish kerak. Har bir tunnel o'rtasidan sug'orish jo'yagi o'tgan tasma yerning ikki ekin qatorini yopadi. Tunnelning kengligi 160-180 sm, balandligi 60-70 sm, uzunligi (50-60 m) sharoitga qarab bo'ladi. Tasmalar orasidagi bo'shliq 180-190 sm bo'lib, ochiq qoldiriladi va u yo'lak hizmatini o'taydi. Keyinchalik bu yo'lakka o'simlikning palagi joylashadi. Tunnel o'rnatishda avval uning yoysimon sinch (karkas)i o'rnatiladi. Yoysimon sinch yo'g'onlik kesmasi 4-6 mm va uzunligi 2,8-3,0 m simlardan tayyorlanadi. Yoyning uchlari yerga 20-25 sm botiriladi, oralig'i 1,0-1,5 m bo'ladi. Yoylar bir-biriga 1-3 qator qilib, kanop (tizimga) bilan bog'lanadi. Sinchning ustiga tunnel uzunligicha qilib 2,8-3,0 m kenglikdagi plyonka yopiladi, plyonkaning chetlari tuproq bilan bostiriladi. Tunnelning ikkala uchida plyonkalarning uchi qoziqlarga bog'lab qo'yiladi. 1 gektar maydonga tunnel qurish uchun 800-1000 kg plyonka, 1200-1300 kg po'lat sim, 200-250 ta qoziq ishlatiladi. Qulay ob-havo boshlanganda kunduzi tunnel yon tomonlarining bir necha joyidan ochib shamollatiladi. Respublikamizning viloyatlarida erta muddatda plyonka-yopqichlarning termos usulidan foydalanish eng oddiy va arzon xili hamda ertagi yuqori hosil va iqtisodiy samara olish usulidir.

Polietilen antistat gidrofil plyonka o'zining yaxshi fizik xususiyatlari balan farqlanib, suv tomchilari paydo bo'lishini istisno qiladi. U issiqlikni yaxshi ushlaydi, yorug'likni ko'proq o'tkazadi, ishlatilish muddati 1 oy. Ertalabki soatlarda tuproq va havo tezroq qiziydi oqibatda havoning namligi tez pasayadi. Bu plyonka qoplama tarzida ishlatilganda, shamollatish o'z vaqtida, tez-tez o'tkazib turilishi kerak. Yorug' shaffof materiallar sifatida qattiq va yarim qattiq plastiklardan foydalaniladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Xosil qilingan termost qavatli plyonkasi plyonka ostidagi qo'chatga yetarlicha issiqlik xosil bo'lmaguniga qadar ko'chatni tashqi muhitni sovuq havo oqimidan saqlab turadi. Havo temperaturasi poliz ko'shchatiga ziyon yetkazmaydigan xaroratli kunlar kelganda usti qavatdagi plyonka olib tashlanib yarim arka xosil qilishda ishlatilgan po'lat sim bo'laklari yig'ishtirib olinadi. Tuproq yuzasiga xosil qiligan plyonka esa xosil to'lig' yig'ishtrtib olinguniga qadar tuproq yuzasiga qoldiriladi. Qoldirilgan plyonka tuproqdan keyinchalik chiqishi mumkin bo'lgan begona o'tlarni chiqishiga yo'l qo'ymaydi va bir vaqtni o'zida namlikni yaxshi saqlab ko'chatni tez suvga kelishini oldini oladi.

MUHOKAMA

Biz taklif qilayotgan lalmikor yerlarga tonelli plyonka ostiga ekadigan mashina ikkita mashidan iborat bo'lib bo'lib birinchi mashina ochiq dalaga ochiq dalaga tonelli plyonkaga tuproqni tayyorlab plyonka tuproqqa yotqizib uni ikki qirrasini tuproq bilan bostirib bir vaqtni o'ziga plyonka ostiga sug'orish shlangini ham yotkizib,yotkizilgan plyonka teshib avvaldan tayyorlangan poliz ko'chatlarini plyonka ostika donalab ploiz ko'chatlarni turidan kelib chiqib (tarvuz, pomidor, bulg'or qalampiri, baqlajon,karam x.z) agrotexnik talablaridan kelib chiqqan holda ekish chuqurligi va ekish orlarni moslagan holda ekish imkoni beradi mashina, ikkinchi mashina ekib bo'lingan tonelli plyonka ustini arkali plyonka bilan yopib chiqadigan mashina bo'lib mashina tonelli plyonka ustiga standart sim sichqilarni tiqib uni ustidan plyonkani tarang tortib ikki qirasini tuproq bilan ko'mib ketadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

XULOSA

Tonelli plyonka ostiga ekilgan poliz ko'chatlari ochiq holda ochiq dalalarga ekilgan poliz ko'chatlariga qarangda 40-45 kun erta pishib yetishi bilan bir qatorda organik o'gitlarni erigan holda shlang bilan berilishi natijasida hosildorlik 20-30% yuqori bo'ladi. Undan tashqari ochiq dalalarga mashina yordamida poliz ko'chatlari mashina bilan ekilganda ekish vaqti sezilarli darajada qisqaradi, ekilish oraligi va chuqurligi birxiligi taminlandi.

REFERENCES

1. G'.A. Samatov, J.Y. Yodgorov, Z. T. Siddiqov. Issiqxona xo'jaliklarini tashkil qilish va yuritish//O'quv-qo'llanma T-2007 y

2. M. Shaumarova, T. Abdillayev. Qishloq xo'jaligi mashinalari// Darslik-T-2019 y

3. X.A.Fayzullayev.Poliz ekinlarini plyonka ostiga ekish uchun tuproqni tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashinaning parametrlarini asoslash // Dissertasiya-Toshkent-2019

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.