Научная статья на тему 'MOTOBLOKKA ISHLAB CHIQILGAN KULTIVATOR YUMSHATKICH PANJASINING PARAMETRLARINI NAZARIY ASOSLASH'

MOTOBLOKKA ISHLAB CHIQILGAN KULTIVATOR YUMSHATKICH PANJASINING PARAMETRLARINI NAZARIY ASOSLASH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
10
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
motoblok / sabzavotchilik kultivatori / yumshatkich panja / yumshatkich panjaning uvalash burchagi / uning eni / ishchi sirtining egrilik radiusi / tayanch g‘ildiraklar / osish qurilmasi / tuproq / tuproqning ezilishiga solishtirma qarshiligi / tortishga qarshilik. / мотоблок / овощеводческий культиватор / стрельчатая лапа / угол раствора стрельчатой лапы / его ширина / радиус кривизны рабочей поверхности / опорные колеса / устройство навески / почва / относительное сопротивление смятию почвы / тяговое сопротивление.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, Norchaev Davron Rustamovich, G‘aybullaev Burxonjon Shermatjonovich, Xayitov Abdulla Nurmatovich

Maqolada turli tuproq iqlim sharoitlariga mos bo‘lgan yuqori hosildor kartoshka ekinlarini tanlash, ularni yetishtirishda ilmiy asoslangan zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, O‘zbekiston respublikasi tuproq iqlim sharoitida kartoshka yetishtirishning hozirgi holati va dolzarbligi hamda qanday texnikalarni qo‘llash zarurligi, tomorqa yoki kichik fermer xo‘jaliklarida kartoshka yetishtirish uchun motoblok va u bilan qo‘shib ishlatiladigan kultivator yumshatkich panjasining parametrlarini asoslash bo‘yicha o‘tkazilgan nazariy tadqiqotlarning natijalari keltirilgan. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, sabzavotchilik kultivatorining yumshatkich panjasining uvalash burchagi mos ravishda 25-30°, yumshatkich panjaning eni kamida 3 sm, ishchi sirtining uzunligi 17,5 sm bo‘lishi lozimligi aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Theoretical justification of the parameters of the cultivator used in the motor-block

The article discusses the selection of high-yielding potato crops suitable for various soil and climatic conditions, the use of modern, science-based technologies in their cultivation, the current state and relevance of potato cultivation in the soil and climatic conditions of the Republic. In Uzbekistan, and the need to use what kind of equipment, a walkbehind tractor for growing potatoes in household or small-scale farms is presented, and along with it the results of theoretical studies conducted on the basis of the parameters of the cultivator's pointed paw used. Based on the research results, it was determined that the sharpening angle of the grip of the pointed paw of a vegetable cultivator should be 25-30°, the grip width of the pointed paw should be at least 3 cm, and the length of the working surface should be 17.5 cm.

Текст научной работы на тему «MOTOBLOKKA ISHLAB CHIQILGAN KULTIVATOR YUMSHATKICH PANJASINING PARAMETRLARINI NAZARIY ASOSLASH»

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

UDK 631.356.4.02

MOTOBLOKKA ISHLAB CHIQILGAN KULTIVATOR YUMSHATKICH PANJASINING PARAMETRLARINI NAZARIY ASOSLASH

To'xtaqo'ziev Abdusalim

Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, laboratoriya rahbari, t.f.d., professor

Norchaev Davron Rustamovich Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, direktor maslahatchisi, t.f.d., professor

davron_1983k@mail. ru

G'aybullaev Burxonjon Shermatjonovich Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, Ilmiy kotib, texnika fanlari bo'yicha PhD, katta ilmiy

xodim, [email protected]

Xayitov Abdulla Nurmatovich Urganch davlat universiteti, katta o'qituvchi, [email protected]

Annotatsiya. Maqolada turli tuproq iqlim sharoitlariga mos bo'lgan yuqori hosildor kartoshka ekinlarini tanlash, ularni yetishtirishda ilmiy asoslangan zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, O'zbekiston respublikasi tuproq iqlim sharoitida kartoshka yetishtirishning hozirgi holati va dolzarbligi hamda qanday texnikalarni qo'llash zarurligi, tomorqa yoki kichik fermer xo'jaliklarida kartoshka yetishtirish uchun motoblok va u bilan q o'shib ishlatiladigan kultivator yumshatkich panjasining parametrlarini asoslash bo'yicha o'tkazilgan nazariy tadqiqotlarning natijalari keltirilgan. O'tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra, sabzavotchilik kultivatorining yumshatkich panjasining uvalash burchagi mos ravishda 25-30°, yumshatkich panjaning eni kamida 3 sm, ishchi sirtining uzunligi 17,5 sm bo'lishi lozimligi aniqlangan.

Annotation. The article discusses the selection of high-yielding potato crops suitable for various soil and climatic conditions, the use of modern, science-based technologies in their cultivation, the current state and relevance of potato cultivation in the soil and climatic conditions of the Republic. In Uzbekistan, and the need to use what kind of equipment, a walk-behind tractor for growing potatoes in household or small-scale farms is presented, and along with it the results of theoretical studies conducted on the basis of the parameters of the cultivator's pointed paw used. Based on the research results, it was determined that the sharpening angle of the grip of the pointed paw of a vegetable cultivator should be 25-30°, the grip width of the pointed paw should be at least 3 cm, and the length of the working surface should be 17.5 cm.

Аннотация. В статье рассмотрен выбор высокоурожайных культур картофеля пригодных для различных почвенно-климатических условий, использования современных, научно обоснованнох технологий при их возделывании, современное состояние и актуальность возделывания картофеля в почвенно-климатических условиях Республики. В Узбекистане и необходимости использования какой техники представлен мотоблок для выращивания картофеля в приусадебных или мало контурных фермерских хозяйствах и вместе с ним результаты теоретических исследований, проведенных на основе параметров применяемой стрельчатой лапы культиватора. По результатам исследований определено, что угол заточки захвата стрельчатой лапы овощеводческого культиватора должен составлять 25-30°, ширина захвата стрельчатой лапы должна быть

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

не менее 3 см, а длина рабочей поверхности должна быть 17,5 см.

Kalit so'zlar: motoblok, sabzavotchilik kultivatori, yumshatkich panja, yumshatkich panjaning uvalash burchagi, uning eni, ishchi sirtining egrilik radiusi, tayanch g'ildirakla r, osish qurilmasi, tuproq, tuproqning ezilishiga solishtirma qarshiligi, tortishga qarshilik.

Keywords: walk-behind tractor, vegetable cultivator, pointed share, angle of the pointed share, its width, radius of curvature of the working surface, support wheels, mounting device, soil, relative resistance to soil collapse, traction resistance.

Ключевые слова: мотоблок, овощеводческий культиватор, стрельчатая лапа, угол раствора стрельчатой лапы, его ширина, радиус кривизны рабочей поверхности, опорные колеса, устройство навески, почва, относительное сопротивление смятию почвы, тяговое сопротивление.

Kirish. Dehqonchilikda qishloq xo'jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli maxsulot olish uchun o'simliklarning biologik xususiyatlarini o'rgangan holda, turli maydonlardagi tuproqning unumdorligi va iqlim sharoitlaridan hamda ilmiy asoslangan qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirish texnologiyalaridan to'g'ri foydalanish kerak. Hozirgi kunda kartoshka yetishtirishning zamonaviy texnologiyasi joylardagi tuproq iqlim sharoitlariga mos keladigan qimmatli xo'jalik-biologik xususiyatlarga ega bo'lgan kartoshka turlari va navlarini tanlash, almashlab ekish, ekish uchun o'tmishdosh ekinni tanlash, tuproqqa ishlov berish tizimi, o'g'itlash, urug'chilik, urug'larni ekishga tayyorlash, ekish usuli va muddatlari, ekish normasi va ekish chuqurligi, begona o'tlardan, kasalliklardan va zararkunandalardan himoyalash, ekinlarni parvarishlash, hosilini yig'ishtirish va ularga dastlabki ishlov berish kabi ishlarni hamda ularni amalga oshirishda qo'llaniladigan mashinalar tizimi va boshqalarni qamrab oladi [1].

Tadqiqot usullari. Hozirgi kunga O'zbekiston respublikasi tuproq iqlim sharoitida kartoshkani aholi tomorqasida yetishtirishga ham alohida etibor qaratilmoqda. Aholi tomorqasida yoki kichik konturli dalalarda yetishtirilayotgan kartoshka asosan qo'l mehnati hisobiga bajariladi. Ammo, bunda mehnat sarfi va boshqa harajatlarni oshishi mahsulotni tannarxini oshishiga sabab bo'lmoqda. Kartoshkani yetishtirishda uning qator oralariga ishlov berish jarayoni eng murakkab jarayonlardan hisoblanadi. Hozirda jahonda kichik konturli dalalarda motoblok bazasida ishlaydigan kultivatorlar qo'llaniladi. Ularning turli xil variantlari mavjud bo'lib, shundan o'qyoysimon va yumshatkich panjalar bilan jihozlangan kultivatorlar samarali hisoblanadi, ammo bu turdagi kultivatorlarning konstruktsiyasi murakkab va metallhajmdor bo'lib, ish jarayonida turli xil tuproq iqlim sharoitlari uchun imkoniyatlari past.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, ushbu sharoitda kichik texnikalarni q o'llash va ulardan samarali foydalanish talab etiladi. Oxirgi yillarda butun dunyoda ham dehqonchilikda kichik texnikalarni keng qo'llanilishi ommoviylashmoqda. Hozirda respublikada tomorqa va kichik fermer xo'jaliklarida kartoshka va sabzavot yetishtirishda qo'llanilayotgan texniklarning parametrlari respublika tuproq iqlim sharoitiga mosligi, ularning qanday parametrlarga ega bo'lishi bo'yicha tadqiqotlar ilgari o'tkazilmagan va ilmiy asoslanmagan. SHu maqsadda Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy tadqiqot institutida olib borilgan izlanishlar asosida motoblokka sabzavotchilik kultivatori rama 1(1-rasmga qaralsin), unga o'rnatilgan oldingi 2 va orqangi 3 ko'ndalang bruslar, ularga o'rnatilgan tayanch g'ildiraklar 4 va 5, o'ng 6 va chap 7 bo'ylama bruslar, ularga o'rnatilgan yumshatkich 8 va o'qyoysimon 9 panjalar hamda sferik disk

10 ko'rinishidagi ish organlaridan tashkil topgan etib ishlab chiqildi. Kultivatorda tayanch g'ildiraklar 4 va 5 hamda ishchi organlar 8, 9 va 10 ni holatini ko'ndalang 2 va 3 hamda bo'ylama bruslar 6 va 7 da ko'ndalang va tik yo'nalishlarda rostlash nazarda tutilgan.

Kultivatorni motoblok bilan bog'lash uchun uning ramasining old qismiga maxsus flanets

11 o'rnatilgan.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

A VTOMOBIL VA QISHLOQ XOJALIKMASHINALARI

Ishlab chiqilgan kultivatorning ish jarayonida yumshatkich va o'qyoysimon panjalar pushta yonbag'irlari va egatlarini yumshatadi va ulardagi begona o'tlarni kesadi, sferik disklar esa yumshatkich va o'qyoysimon panjalar tomonidan yumshatilgan tuproqni pushtaga surib, uni balandligini oshiradi.

SHulardan kelib chiqib, ushbu maqolada motoblok uchun ishlab chiqilgan sabzavotchilik kultivatori yumshatkich panjasining parametrlarini asoslash bo'yicha olib borilgan nazariy tadqiqotlarning natijalari keltirilgan.

Natijalar. Yumshatkich panjaning uvalash burchagini aniqlash uchun uning ta'siri ostida tuproqni deformatsiyalanish va parchalanish jarayonlarini ko'rib chiqamiz. Adabiyotlar va ilgari o'tkazilgan tadqiqotlardan ma'lumki [2-4] yumshatkich panja ta'siri ostida tuproqning deformatsiyalanish va parchalanish jarayonlari ikki bosqichdan iborat bo'ladi: yumshatkich panja I holatdan II holatga o'tganda (2-rasm) tuproq dastlab uning ishchi yuzasi ta'sirida siqiladi (eziladi) va unda hosil bo'ladigan kuchlanishlar kritik chegaraga yetganda uning harakat yo'nalishiga nisbatan y burchak ostida (bunda yb - tuproqni bo'ylama yo'nalishdagi sinish burchagi, °) joylashgan AVV1A1 tekisligi bo'yicha parchalanishi (siljishi) yuz beradi va tuproqdan AVV1A1DCC1D1 prizma ko'rinishidagi bo'lak ajraladi. Yumshatkich panjaning keyingi harakatida bu jarayonlar ketma-ket takrorlanadi va undan keyingi bo'laklar ajraladi.

A.To'xtaqo'ziev va Q.B.Imomqulovlar tomonidan [5] o'tkazilgan tadqiqotlar bo'yicha yumshatkich panja ko'rinishidagi ish organlari uchun tuproqni parchalanish qadamini quyidagi ifoda bo'yicha aniqlash mumkin:

S = 42 \

b

ng 4 2

K cos^cos1 -ßK)

cos^ + )sin ßn

(1)

bunda kc - tuproqning siljishga solishtirma qarshiligi, Pa;

hm - yumshatkich panja tomonidan tuproqqa ishlov berish chuqurligi, m; $1, p2 - mos ravishda tuproqning ichki va tashqi ishqalanish burchaklari, q0 - tuproqning hajmiy ezilish koeffitsiyenti, N/m3.

yon tomondan ko'rinishi

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 1-son, 2024

K

A VTOMOBIL VA QISHLOQ XOJALIKMASHINALARI

yuqoridan ko'rinishi 1-rasm. Motoblokka sabzavotchilik kultivatorining konstruktiv sxemasi

Adabiyotlarda ta'kidlanishicha [5, 6, 7], tuproqning parchalanish qadami qanchalik kichik bo'lsa uning uvalanish sifati shunchalik yuqori, yumshatkich panjaning tortishga qarshiligi shunchalik kichik bo'ladi.

Yumshatkich panja uvalash burchagining tuproqning parchalanish qadami minimal qiymatga ega bo'lishini ta'minlaydigan qiymatini aniqlash uchun (1) ifodadan ßm bo'yicha hosila olamiz va uni nolga tenglab hamda soddalashtirib quyidagi natijaga ega bo'lamiz.

2 sin2 ßm + 2 sin( + ( )sinßw = 1 + cos( + ( )cos ßm. (2)

Bu ifodani grafik usuldan foydalanib yechamiz. Buning uchun y1=2sin2ßro+2sin(^1+^2)sinßro va y2=1+cos(^i+^)cosßro belgilashlarni kiritib, yi va y2 ni ^i va ^2 ning turli qiymatlarida ßm ga bog'liq ravishda o'zgarish grafiklarini quramiz (3 va 4-rasmlar). Ularning kesishgan nuqtalari yumshatkich panja uvalash burchagining tuproqning parchalanish qadami minimal bo'lishini ta'minlaydigan qiymatlarini beradi.

2-rasm. Tuproqni yumshatkich panja ta'siri ostida deformatsiyalanish va parchalanish

jarayonlari

3 va 4-rasmlarda keltirilgan grafik bog'lanishlar bo'yicha ^i=25-35° va ^2=35-45°

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

bo'lganda tuproqni parchalanish qadami minimal qiymatga ega bo'lishi va demak uni sifatli uvalanishi ta'minlanishi va tortishga qarshilik kam bo'lishi uchun yumshatkich panjaning uvalash burchagi 25-30° oralig'ida bo'lishi lozim.

3-rasm. (pi ning turli qiymatlarida yi va уг larni ßw ga bog'liq ravishda o'zgarish grafiklari

У1.У2

20 21 22 23 24 2; 26 27 IS 23 ЗЭ 31 32 33 34

4-rasm. ф2 ning turli qiymatlarida y va y2 larni ßю ga bog'liq ravishda o'zgarish grafiklari Yumshatkich panjaning enini u ishlov berayotgan tuproq qatlami to'liq yumshatilishi, ya'ni uning tubida devorlari zichlangan egat hosil bo'lmasligi shartidan olingan quyidagi ifoda bo'yicha aniqlaymiz [5]:

(m + ctgßm )hmKc

К =

0,1 аэ [l + ctg (ß + ъ )]- Ксn '

bunda m, n - tuproqning fizik-mexanik xossalariga bog'liq bo'lgan o'lchov birliksiz koeffitsiyentlar;

(3)

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 1-son, 2024

A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI

Oe - tuproqning ezilishiga solishtirma qarshiligi, Pa. m=4,2; n=2,5; h„=0,1 m; Oe=1,44-106 Ra, ks=2-104 Ra va ф =30° qabul qilib [8-11] hamda ßKJ ning yuqorida aniqlangan qiymatlarini qo'yib ^ю=25-30°), (3) ifoda bo'yicha yumshatkich panjaning eni kamida 3 sm bo'lishi lozimligini aniqlaymiz.

Yumshatkich panja ishchi sirtining uzunligini 2-rasmdagi hisobiy sxemadan foydalanib aniqlaymiz. Unga binoan tuproqning to'liq parchalanishi ta'minlanishi uchun quyidagi shart bajarilishi lozim

1ю > AD. (4)

Yumshatkich panjalar odatda ikki tomonlama etib ishlanishini hisobga olganda (4) ifoda quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi

ю > 2AD. (5)

Bu ifodadagi AD ni S, ya'ni tuproqning parchalanish qadami orqali ifodalab quyidagiga ega bo'lamiz

2S sin^ _2S (ßю + ^ + ^)

ю

L> . ,„ , ,

co^ (^+^2 ~ß„)

sinß + ¥б) rn4I

2^ю ^ У2/ (6)

Bu ifodaga S ning (1) ifoda bo'yicha qiymatini qo'yib, yumshatkich panja ishchi sirtining uzunligini aniqlash uchun quyidagi yakuniy ifodaga ega bo'lamiz:

1 > 41

К + hJg

v 4 2

h cos® cos©.,

ю (7)

ЯоК [c0sßю + COs(^+^2)]sinß

Bu ifodadan ko'rinib turibdiki, yumshatkich panja ishchi sirtining uzunligi uning eni, uvalash burchagi, ishlov berish chuqurligi va tuproqning fizik-mexanik xossalariga bog'liq ravishda o'zgarib boradi.

(7) ifodaga kc, Ъю, hKJ, щ, ф2, qo va ßKJ ning yuqorida qabul qilingan va aniqlangan qiymatlarini qo'yib, ishlab chiqilgan sabzavotchilik kultivatori yumshatkich panjasi ishchi sirtining uzunligi kamida 17,5 sm bo'lishi lozimligini aniqlaymiz.

Xulosa. Demak, o'tkazilgan tadqiqotlarimiz bo'yicha ishlab chiqilgan sabzavotchilik kultivatori yumshatkich panjasi qator oralariga kam energiya sarflab sifatli ishlov berishi uchun uning uvalash burchagi 25-30°, eni kamida 3 sm, ishchi sirtining uzunligi 17,5 sm bo'lishi lozim.

ADABIYOTLAR

1. Колчина Л.М. Технологии и оборудование для производства картофеля. М.: ФГБНУ —Росинформагротех , 2014. - 164 с.

2. Синеоков Г.Н., Панов И.М. Теория и расчет почвообрабатывающих машин. -М.: Машиностроение, 1977. - 328 с.

3. Кленин Н.И., Сакун В.А. Сельскохозяйственные и мелиоративные машины. -Москва: Колос, 2005. - 671 с.

4. Карпенко А.Н., Халанский В.М. Сельскохозяйственные машины. - Москва: Агропромиздат, 1989. - 528 с.

5. To'xtaqo'ziev A. Imomqulov Q.B. Tuproqni kam energiya sarflab deformatsiyalash va parchalashning ilmiy-texnik asoslari. - Toshkent: KOMRON PRESS, 2013. - 120 b.

6. Mamadaliev M.X. Tuproqqa minimal ishlov beruvchi kombinatsiyalashgan agregat yumshatgichining parametrlarini asoslash: T.f.n. ... diss. avtoref. - Toshkent, 2009. - 135 b.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI

7. Norchaev D.R., Norchaev R., Egamov J. Prospects for improving technical tools for growing and harvesting potatoes // German International Journal of Modern Science. Germany, 2022. -№47. -Р.45-49.

8. Сергиенко В.А. Технологические основы механизации обработки почвы в междурядьях хлопчатника. - Ташкент: Фан, 1978. - 112 с.

9. Плющев Г.В. Исследование процесса глубокого рыхления почвы выбор оптимальных параметров рабочего органа пропашного культиватора-глубокорыхлителя для орошаемой зоны земледелия: Автореф. дис. ...канд. техн. наук. - Москва, 1974. - 25 с.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

10. Norchaev D.R., Norchaev J.R., Khusainov B.S. Results of experimental studies of a potato groomer motoblock // German International Journal of Modern Science. Germany, 2022. -№47. -Р.42-45.

11. Норчаев Д.Р., Норчаев Ж.Р., Хусаинов Б.С. Технические средства для возделывания овощей и картофеля к мотоблоку и результаты экспериментальных исследований // Евразийский Союз Ученых. Международный научно-исследовательский журнал. Санкт-Петербург, 2022. -№47.-С.10-14.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.