Научная статья на тему 'SHUDGORLANGAN YERLARGA IZMA-IZ ISHLOV BERADIGAN MASHINA G‘ALTAKMOLASINING PARAMETRLARINING MAQBUL QIYMATLARINI ANIQLASH'

SHUDGORLANGAN YERLARGA IZMA-IZ ISHLOV BERADIGAN MASHINA G‘ALTAKMOLASINING PARAMETRLARINING MAQBUL QIYMATLARINI ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
9
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Eksperiment / takroriy / fraktsiya / zichligi g‘altakmola / tortishga solishtirma qarshilik / polinom / tezlik / tik yuklanish / agregat / Эксперимент / повторение / дробь / плотность витка / предел прочности / полином / скорость / вертикальная нагрузка / заполнение

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Mamarasulova Maniraxon Tursunboyevna, Boltaboev Baxodir Ro‘zievich, Qo‘chqorov Sobirjon Karimjonovich

Ma’lumki takroriy ekinlarni ekish aynan yoz faslining issiq kunlariga to‘g‘ri keladi. Ekinlarni tezda unib chiqishi uchun tuproqning fizik-mexanik xossalariga asosan yerlarni tayyorlashimiz kerak. Ya’ni tuproqdagi namlik xolati agrotexnik talablarga javob bersa yozning issik kunlarida xam takroriy ekinlarimiz tez unib chiqadi. Ekin ekilishi jarayonidagi namlikni g‘altakmolalar orkali xosil qilishimiz g‘altakmolalarning parametrlarini to‘g‘ri tanlashimizga olib keladi. Ushbu maqolada ishlab chiqilgan g‘altakmola parametrlarining maqbul qiymatlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘p omilli tajribalarning natijalari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Determination of optimal values of plowing roller parameters

Известно, что посадка повторных культур приурочена к ярким дням летнего сезона. Чтобы посевы быстро проросли, нам необходимо подготовить землю с учетом физико-механических свойств почвы. Да, если влажный режим в почве соответствует агротехническим требованиям, дае в яркие летние дни наши повторные советы бростро прорастут. Наше производство влаги в процессе посева катками заставляет нас правильно выбирать параметры катков. В этом состоянии описываются результаты многофакторных экспериментов, проведенных для определения оптимальных значимых параметров.

Текст научной работы на тему «SHUDGORLANGAN YERLARGA IZMA-IZ ISHLOV BERADIGAN MASHINA G‘ALTAKMOLASINING PARAMETRLARINING MAQBUL QIYMATLARINI ANIQLASH»

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

UDK. 631.314

SHUDGORLANGAN YERLARGA IZMA-IZ ISHLOV BERADIGAN MASHINA G'ALTAKMOLASINING PARAMETRLARINING MAQBUL QIYMATLARINI

ANIQLASH

Mamarasulova Maniraxon Tursunboyevna. Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti, dotsent, [email protected]

Boltaboev Baxodir Ro'zievich. Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti, dotsent, [email protected]

Qo'chqorov Sobirjon Karimjonovich Namangan muhandislik -qurilish institute, PhD, dotsent, qo sobirjon@gmail. co m

Annotatsiya. Ma'lumki takroriy ekinlarni ekish aynan yoz faslining issiq kunlariga to'g'ri keladi. Ekinlarni tezda unib chiqishi uchun tuproqning fizik -mexanik xossalariga asosan yerlarni tayyorlashimiz kerak. Ya'ni tuproqdagi namlik xolati agrotexnik talablarga javob bersa yozning issik kunlarida xam takroriy ekinlarimiz tez unib chiqadi. Ekin ekilishi jarayonidagi namlikni g'altakmolalar orkali xosil qilishimiz g'altakmolalarning parametrlarini to'g'ri tanlashimizga olib keladi.

Ushbu maqolada ishlab chiqilgan g'altakmola parametrlarining maqbul qiymatlarini aniqlash bo'yicha o'tkazilgan ko'p omilli tajribalarning natijalari bayon etilgan.

Аннотация. Известно, что посадка повторных культур приурочена к ярким дням летнего сезона. Чтобы посевы быстро проросли, нам необходимо подготовить землю с учетом физико-механических свойств почвы. Да, если влажный режим в почве соответствует агротехническим требованиям, дае в яркие летние дни наши повторные советы бростро прорастут. Наше производство влаги в процессе посева катками заставляет нас правильно выбирать параметры катков.

В этом состоянии описываются результаты многофакторных экспериментов, проведенных для определения оптимальных значимых параметров.

Annotation. It is known that the planting of repeated crops is timed to coincide with the hot days of the summer season. In order for crops to germinate quickly, we need to prepare the land taking into account the physical and mechanical properties of the soil. That is, if the moisture regime in the soil meets agrotechnical requirements, even on hot summer days our re-crops will quickly germinate. Our moisture production during seeding with rollers forces us to choose the right roller parameters.

This article describes the results of multifactor experiments conducted to determine the optimal values of the developed rolling parameters.

Kalit so'zlar. Eksperiment, takroriy, fraktsiya, zichligi g'altakmola, tortishga solishtirma qarshilik, polinom, tezlik, tik yuklanish, agregat

Ключевые слова. Эксперимент, повторение, дробь, плотность витка, предел прочности, полином, скорость, вертикальная нагрузка, заполнение

Keywords. Experiment, repetition, fraction, density coil, tensile strength, polynomial, speed, vertical load, filler

Jahonda energiya-resurstejamkor va ish unumi yuqori bo'lgan tuproqqa ishlov berish mashinalarini ishlab chiqarish yetakchi o'rinni egallamoqda. «Dunyo miqyosida qishloq xo'jaligi

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI ekinlarini yetishtirish uchun har yili 1,6 mlrd. gektardan ortiq maydonga ishlov berilishi» [1] ni hisobga olsak, ish sifati va unumi yuqori hamda shudgorlangan yerlarni ekishga tayyorlash ishlari ekish oldidan izma-iz ishlov berish, daladan bir o'tishda texnologik jarayonlarni qo'shib olib borish va agregatlarni daladan o'tishlar sonini kamaytirishda qo'llaniladigan mashinalarni amaliyotga joriy etishni taqozo etadi. SHu jihatdan energiya-resurstejamkor yerlarga ekish oldidan ishlov berishda qo'llaniladigan g'altakmolalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Jahonda qishloq xo'jalik ekinlarining urug'larini ekishdan oldin dalalarni ekishga tayyorlashning resurstejamkor texnologiyalari va ularni amalga oshiradigan texnika vositalarining yangi ilmiy-texnikaviy asoslarini ishlab chiqishga yo'naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu yo'nalishda, jumladan tuproqqa ishlov berish va uni ekishga tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashina ishlab chiqish va uning ishchi qismlari texnologik ish jarayonlarini asoslash, ularni tuproq bilan o'zaro ta'sirlashish jarayonida resurstejamkorlikni ta'minlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. SHu jihatdan yangi shudgorlangan yerlarni ekishga tayyorlash butun haydov qatlamini zichlash hamda ularning yuza qismini tekislash va maydalashda tuproq yuzasini tekislaydigan g'altakmoladan tashkil topgan energiya-resurstejamkor yuqori unumli kombinatsiyalashgan mashinani ishlab chiqish zarur hisoblanmoqda.

Mamlakatimizda takroriy ekinlardan bo'shagan maydonlarga ekiladigan kuzgi bug'doy hamda undan bo'shagan maydonlarga takroriy ekin sifatida ekiladigan sabzavot va kartoshka kabi ekinlar yangi, ya'ni bevosita ekishdan oldin shudgorlangan maydonlarga ekiladi. Bunda shudgorlangan yerlar izma-iz ekishga tayyorlanadi va keyin ekish tadbirlari o'tkaziladi.

Respublikamizda shudgorlangan yerlarni ekishga tayyorlash ishlari tishli va diskli tirmalar hamda turli mola-tekislagichlar bilan alohida-alohida ko'p martalab o'tib amalga oshirib kelinmoqda. Bu tuproqning fizik-mexanik xossalarini yomonlashuvi, tuproqdan ko'plab nam yo'qolishi hamda yonilg'i sarfi va boshqa xarajatlarni ortib ketishiga olib kelyapti. Jahon miqyosida erishilgan ilmiy yutuqlar hamda Respublikamizda ilgari bajarilgan tadqiqotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, yangi shudgorlangan yerlarni ekishga tayyorlashda mavjud bo'lgan bu kamchiliklar daladan bir o'tishda tuproqni ekishga tayyorlash bo'yicha barcha texnologik jarayonlar(haydov qatlamini to'liq zichlash, dalaning yuza qismini tekislash va maydalash)ni qo'shib bajaradigan, ya'ni ekish oldidan unga bir o'tishda har tomonlama to'liq ishlov berilishini ta'minlovchi mashina ishlab chiqish yo'li bilan bartaraf etilishi mumkin. Yangi shudgorlangan yerlarga ekish oldidan izma-iz ishlov berishda bunday mashinani qo'llash texnologik jarayonlarni qo'shib olib borish va agregatlarni daladan o'tishlar sonini kamaytirish hisobiga yonilg'i sarfi va boshqa xarajatlarni keskin kamaytirish bilan birga ish unumini oshirish, tuproqqa ishlov berish sifatini yaxshilash hamda undagi nam yo'qotilishini oldini olish, ekinlarni o'z vaqtida ekib, qiyg'os undirib olish imkonini beradi.

Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda QXMITIda shudgorlangan yerlarga izma-iz ishlov beradigan mashina ishlab chiqildi hamda uning tajriba nusxasi tayyorlanib, sinovlari o'tkazildi [1;2].

Ushbu maqolada ishlab chiqilgan kombinatsiyalashgan mashina tishli-plankali g'altakmolasining parametrlarining maqbul qiymatlarini aniqlash bo'yicha o'tkazilgan ko'p omilli tajribalarning natijalari bayon etilgan.

1-jadvalda omillar, ularning belgilanishi, o'zgarish oraliqlari va sathlari keltirilgan.

Ko'p omilli eksperimentlarni o'tkazishda baholash mezoni sifatida 0-10 qatlamdagi tuproqning uvalanish darajasi, ya'ni o'lchami 25 mm dan kichik fraktsiyalar miqdori (Yi, %), zichligi (Y2, g/sm3) va g'altakmolaning tortishga solishtirma qarshiligi (Y3, N/m) qabul qilindi. Bunda baholash mezonlariga omillarning ta'sirini ikkinchi darajali polinom to'liq yoritib beradi

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

deb qaralib, tajribalar V4 rejasi bo'yicha o'tkazildi. [3;4;7].

Baholash mezonlariga nazorat qilinmaydigan omillarning ta'sirini kamaytirish maqsadida tajribalarni o'tkazish ketma-ketligi tasodifiy sonlar jadvalidan foydalanib o'rnatildi [1;4;8]. Bundan tashqari tajribalarda barcha variantlar uchun g'altakmola plankalarini uning o'qiga nisbatan o'rnatilish burchagi 15° etib qabul qilindi.

1-jadval

Omillarning belgilanishi, sathlari va o'zgarish oraliqlari_

Omillarning nomlanishi O'lchov birligi Omillarning belgila -nishi Omillarning varia-tsiya ora-lig'i Omillarning sathlari

quyi (-1) asosiy (0) yuqori (+1)

1. Plankali g'altakmolaning diametri, D sm X1 5 35 40 45

2. G'altakmolaga o'rnatilagan plankalar soni, n dona X2 2 8 10 12

3. Plankali g'altakmolaga beriladigan tik yuklanish, Q N/m X3 100 700 800 900

4. Agregatning harakat tezligi, V km/soat X4 2 5 7 9

Tajribalarda olingan ma'lumotlarga QXMITIning eksperimentlarni rejalashtirish laboratoriyasida ishlab chiqilgan «PLANEXP» dasturi bo'yicha ishlov berildi. Bunda dispersiyaning bir xilligini baholashda Koxren kriteriyasidan, regressiya koeffitsiyentlari qiymatini baholashda Styudent kriteriyasidan, regression modellarning adekvatligini baholashda Fisher kriteriyasidan foydalanildi.

Tajriba natijalariga ko'rsatilgan tartibda ishlov berilib, baholash mezonlarini adekvat ifodalovchi quyidagi regressiya tenglamalari olindi:

- 0-10 sm qatlamdagi tuproqning uvalanish darajasi bo'yicha (%)

Yi=+80,136-0,980XI+1,674X2+1,830X3+2,494X4+

+0,614X1X1-0,588X1X2-0,583X1X3-0,583X1X4-0,936X2X2-

-0,587X2X3-0,588X2X4+0,498X3X3-0,592X3X4-0,652X4X4 (1)

-0-10 sm qatlamdagi tuproqning zichligi bo'yicha (g/sm3)

Y2=+ 1,121-0,030X1+0,026X2+0,033 X3 -0,060X4+

+0,017X1X1+0,024X1X2+0,055X1X3-0,014X1X4-0,038X2X2+ +0,006X2X3+0,010X2X4+0,013X3X3+0,013X3X4+0,040X4X4 (2)

- plankali g'altakmolaning tortishga solishtirma qarshiligi bo'yicha (N/m)

Y3=+214,534-16,926X1+14,870X2+14,593X3+

+27,315X4+13,299X1X1+1,937X1X4+8,799X2X2--3,368X3X3+1,937X3 X4+7,799X4X4 (3)

Olingan regressiya tenglamalari va ular bo'yicha qurilgan grafiklar (1-3-rasmlar) tahlilidan ko'rinib turibdiki, barcha omillar baholash mezonlariga sezilarli ta'sir ko'rsatgan.

Regressiya tenglamalari U1 mezon 80% dan katta, U2 mezon 1,1-1,2 g/sm3 oralig'ida

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

https://mextex.uz/

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI hamda U3 mezon minimal qiymatga ega bo'lish shartlaridan yechilib, 6,0-8,0 km/soat ish tezligi oralig'ida g'altakmolalar quyidagi parametrlarga ega bo'lishligi aniqlandi (2-jadval) [12;13;14;15].

2-jadval

j'altakmolalar parametrlarining maqbul qiymatlari_

Ve(X4) D (Xj) n (X2) Q (X3)

Kodlangan Natural, km/soat Kodlan-gan Natural, mm Kodlangan Natural, mm Kodlangan Natural, mm

-0,5 6 -0,125 39,38 0,116 10,23 0,593 0,86

0,5 8 0,012 40,06 0,237 10,47 0,356 0,83

Demak, g'altakmolalar 6,0-8,0 km/soat ish tezliklarida dalalar yuzasiga kam energiya sarflangan holda talab darajasida sifatli ishlov berilishini ta'minlashi uchun ular disklarining diametri 39,38-40,06 sm, o'rnatiladigan plankalar soni 10 dona va unga beriladigan tik yuklanish 0,83-0,86 kN oralig'larda bo'lishi lozim. Bunda tuproqning uvalanish darajasi 80,4882,03 % ni, 10-20 sm qatlamlardagi tuproqning zichligi 1,12-1,18 g/sm ni va g'altakmolaning tortishga solishtirma qarshiligi 214 - 239 N/m ni tashkil etadi.

ADABIYOTLAR

1. Manirakhon Mamarasulova and Bakhadir Boltaboev Comparative evaluation conducted on the selection of the type of roller shredder for the cultivation of plowed land

E3S Web Conf., 497 (2024) 03023. DOI: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202449703023

2. Mamarasulova M. T., Mamadaliyev M. K., Abdirkhmonov R. A. Theory and experimental results of surveys to determine the diameter of teeth plank //International Journal of Mechanical Enjineering. - 2022. - T. 7. - №. 3. - C. 578-581.

3. Mamarasulova M. T. Determination of the optimal values of the parametrs of the roller funnel of the machine for continuous monitoring of arable land //NamMTI ilmiy-texnika jurnali. - 2020. - №. 3. - S. 129-134.

4. Mamarasulova M. T., Mamatojieva M. A. SHUDGORLANGAN YeRLARGA IZMA-IZ ISHLOV BERADIGAN MASHINA G'ALTAKMOLASIGA O'RNATILADIGAN PLANKALAR SONINI ANIQLASH //TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. - 2023. - T. 3. - №. 1. - S. 179-181.

5. MAMARASULOVA M. T. i dr. KOMBINATSIYaLASHGAN MASHINA G'ALTAKMOLASI PARAMETRLARINING MAQBUL QIYMATLARINI ANIQLASH //Journal of new century innovations. - 2023. - T. 25. - №. 4. - S. 21-24.

6. Mamarasulova M., Kurbonova N., Po'latova SH. SHUDGORLANGAN YeRLARGA IZMA-IZ ISHLOV BERADIGAN MASHINA G'ALTAKMOLASINING TURINI TANLASH //Development and innovations in science. - 2022. - T. 1. - №. 12. - S. 13-16.

7. Tukhtakuziev A, Imomkulov Q, Mamarasulova M. Research of Angular Fluc tuations of the skating Rink of the Car For Processing of the Ploughed Fields // International Journal of advanced Research in science, engineering and technology. - India, Vol. 6 Issue 4, April 2019 -ISSN: 2350-0328.

8. Imomqulov Q.B, Mamarasulova M.T. Tishli-plankali g'altakmola diametrini aniqlash bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotlarning natijalari // Namangan muhandislik-texnologiyalar instituti ilmiy-texnika jurnali. - Namangan, 2020. TOM 5-Maxsus son. - №1, - B. 256-260.

9. Imomqulov Q.B, Mamarasulova M.T. SHudgorlangan yerlarga izma-iz ishlov beradigan mashina g'altakmolasining parametrlarini asoslash // Farg'ona politexnika instituti

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI ilmiy-texnika jurnali. - Farg'ona, 2021. - №2 - B. 159-162.

10. Mamarasulova M.T. SHudgorlangan yerlarga izma-iz ishlov beradigan kombinatsiyalashgan mashina // "O'zbekiston qishloq xo'jaligi" Agrar -iqtisodiy, ilmiy-ommabop jurnal. Agro Ilm jurnalining 2020 y, Maxsus son. - №70. - B. 100-101.

11. Imomqulov B.Q, Mamarasulova M.T. SHudgorlangan yerlarga izma-iz ishlov beradigan mashinaning g'altakmolasi parametrlarini asoslash // Farg'ona vodiysi hududlaridagi mahalliy xom-ashyolardan foydalanish asosida import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishning dolzarb masalalari mavzusidagi xalqaro konferentsiya. - Namangan, 2018. - B. 64-67.

12. Mamarasulova M.T. Determination of the optimal values of the parametrs of the roller funnel of the machine for continuous monitoring of arable land // NamMTI ilmiy-texnika jurnali. - Namangan, 2020. - №3, - B. 129-134.

13. To'xtaqo'ziyev A, Imomqulov Q.B, Mamarasulova M.T. G'altakmolaning bo'ylama-tik tekislikdagi harakatini tadqiq etish // Zamonaviy ilm-fanning innovatsion rivojlanishi. Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman to'plami. - Andijon, 2019. - B. 6266.

14. Имамкулов К.Б., Мамарасулова М.Т., Каримов А.А. Исследование угловых колебательных машин для обработки вспаханной почвы методом следа вслед // В-Международная научно-практическая конференция наука и образование в современном мире: вызовы XXI века. Раздел 5. Сельскохозяйственные науки. Нур -Султан, Казахстан, 2019. - С. 29-33.

15. To'xtaqo'ziyev A, Imomqulov Q.B, Mamarasulova M.T. Kombinatsiyalashgan mashinaning plankali g'altakmolasi tuproqqa bir tekis tabsir ko'rsatishini ta'minlash // Innovatsiyalar, texnika va texnologiyalarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendentsiyalari. Respublika miqyosidagi ilmiy-texnik anjumani, Jizzax, 2020. - B. 111-114.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.