AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
UDK 634.1-13
INTENSIV BOG' QATOR ORALARIGA ISHLOV BERADIGAN ISH ORGANINING
PARAMETRLARINI ASOSLASH
Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich QXMITI, laboratoriya rahbari, t.f.d., professor, e-mail: iqb [email protected]
Xalilov Jahongir Mansur o'g'li "TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti tayanch doktorant.
e-mail: xalilovj ahongir328@gmail. com
Nishanboyev Nizomjon Ne'mat o'g'li QXMITI, tayanch doktorant, e-mail: [email protected]
Annotatsiya. Ushbu maqolada, tomchilatib sug'oriladigan intensiv bog'qator oralariga ishlov beradigan yassi kesuvchi ish organi iskanasi va pichog'ining tuproqqa kirish burchaklari, iskananing eni va uzunligi, yassi kesuvchi ish organining ochilish burchaklarini agrotexnik talablar darajasida ish sifatini ta'minlovchi parametrlari nazariy asoslangan.
Аннотация. В данной стате теоретически обоснованы рассмотрено лезвие плоскореза, работающего между рядами интенсивного капелного орошения сада, а также параметры углов входа лезвия в почву, ширина и длина лезвия, углы раскрытия плоскореза, которые обеспечивают качество работ на уровне агротехнических требований.
Annotation. In this article, the blade of a flat cutter working between the rows of an intensive drip irrigated garden, and the parameters of the blade entry angles into the soil, the width and length of the blade, the opening angles of the flat cutter, which ensure the quality of work at the level of agrotechnical requirements, are theoretically based.
Kalit so'zlar: intensiv bog', kultivator, ildiz tizimi, himoya zonasi, samaradorlik, yassi kesgich, sferik disk, tuproq surgich tekislagich.
Ключевые слова: интенсивный сад, култиватор, корневая система, зона защиты, эффективност, плоскорез, сферический диск, разравнивател почвы.
Keywords: intensiv garden, cultivator, root system, protection zone, efficiency, flat cutter, spherical disc, soil pusher leveler.
Kirish. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» 2019-yil 23-oktyabrdagi PF-5853 "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni ijrosini ta'minlash, eksportbop qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ko'paytirish, shuningdek, bog', tokzor va issiqxonalardan samarali foydalanish maqsadida bir nechta vazifalar belgilab berilgan edi [1].
Ushbu qarorni ijrosini ta'minlash maqsadida bugungi kunda bog'dorchilik sohasini rivojlantirishning eng samarali usuli zamonaviy intensiv bog'larni tashkil etish va ulardan yuqori hosil olish muhim hisoblanadi. Intensiv bog'lardan yuqori hosil olish uchun esa bog' qator oralari va tana atroflariga belgilangan agrotexnik talablar darajasida sifatli ishlov berishda yangi texnikalardan foydalanish lozim.
Intensiv bog'larda daraxt ildizi yaxshi rivojlanishi bog'dan yuqori hosil olish va turli xil kasalliklarga qarshi kurashish, tuproqqa sifatli ishlov berib, qator orlarini begona o'tlardan tozalash maqsadida QXMITI va TIQXMMI MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
institutlari hamkorligida tomchilatib sug'oriladigan intensiv bog' qator oralariga ishlov beradigan mashinaning konstruksiyasi ishlab chiqildi. O'tkazilgan tadqiqotlar asosida intensiv bog' qator oralariga ishlov berish uchun keng qamrovli yassi kesuvchi ishchi jihoz q abul qilib olinib, ushbu ishchi organning maqbul qiymatlarini aniqlash uchun nazariy tadqiqotlar olib borildi.
Usuli. Keng qamrovli yassi kesuvchi ish organi ishlash jarayonida intensiv bog' qator oralari tuprog'iga daraxt ildizlariga shikast yetkazmasdan 8-12 cm gacha ishlov beradi va ishlov berish jarayonida qator oralaridagi begona o'tlarni to'liq kesib tashlaydi. Yassi kesuvchi ish organi ustun 1, unga o'rnatilgan iskana 2, o'ng 3 va chap 4 pichoqlardan tashkil topgan (1-rasm). Ustun maxsus kronshteyn vositasida mashinaning ramasiga mahkamlanadi.
Quyidagilar keng qamrovli yassi kesuvchi ish organi va uning ish ko'rsatkichlariga ta'sir etuvchi parametrlar hisoblanadi (2-rasm).
ai - iskananing uvalash burchagi, ° ;
bi - iskananing eni, m ;
Li - iskana ishchi sirtining uzunligi, m;
ßp - pichoqning uvalash burchagi,° ;
2yi - ishchi organning ochilish burchagi, ° ;
1- ustun; 2- iskana; 3-o'ng va 4- chap pichoqlar 1-rasm. Keng qamrovli yassi kesuvchi ish organi.
2-rasm. Keng qamrovli yassi kesuvchi ish organining tadqiq etiladigan parametrlari
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
Muhokamasi. Ushbu ko'rsatilgan parametrlarni aniqlashda biz To'xtaqo'ziyev A., Imomqulov Q.B., Toshpo'latov B., Abdulxaev X.G'., Musurmanov A.T., Utaganovlar tomonidan bajarilgan tadqiqotlardan foydalandik [2-7].
Keng qamrovli yassi kesuvchi ish organi iskanasi va pichoqlarining uvalash burchaklarini kam energiya sarflagan holda tuproqni sifatli uvalanishni ta'minlanishi shartidan quyidagi ifodadan foydalanib aniqlaymiz [2].
a. = ß = arcsin
sin (( + ( ) + ^ sin2 (( + ( ) +
2 + ~cos (( + (2)
X
1 + cos
((1 +(2) ] I
1
2 + — cos (( +()
(1)
bunda: <p±, <pz mos ravishda tuproqni ish organining ishchi sirtiga va tuproqqa ishqalanish burchaklari, ° .
Yassi kesuvchi ish organi iskanasining enini va u tomonidan ishlov berilayotgan qatlam to'liq yumshatilishi, ya'ni uning tubida devorlari zichlangan qatlam hosil bo'lmasligi shartidan keltirib chiqarilgan quyidagi ifoda bo'yicha aniqlaymiz [10].
b >
(m + ctg a) h
0,1-^ [1+3ctg a+(1)-k 1
K „
(2)
bunda: m, k - tuproqning fizik-mexanik xossalariga bog'liq bo'lgan o'lchov birliksiz koeffitsient;
h - ishlov berish chuqurligi, m;
Te - tuproqni ezilishga solishtirma qarshiligi, Pa;
iT,-tuproqni siljishga solishtirma qarshiligi, Pa.
\ cxiS B,Bi
7 II ytn.D: N U! y HI -
A,A,
3-rasm. Tuproqni yassi kesuvchi ish organining iskanasi ta'siri ostida deformatsiyalanish
va parchalanish jarayonlari
Yassi kesuvchi ish organi iskanasining uzunligini aniqlash uchun u tomonidan tuproqni deformatsiyalanish va parchalanish jarayonlarini ko'rib chiqamiz. Adabiyotlardan ma'lumki, iskana I holatdan II holatga ko'chganda (3-rasm) tuproq oldin uning ishchi sirti tomonidan siqiladi va keyin harakat yo'nalishi yb burchak ostida parchalanadi va undan ABB1 A1 DCC1 D1 bo'lak ajraladi. Iskananing keyingi ko'chishida ushbu jarayon Sp qadam bilan ketma-ket takrorlanadi, bu yerda : (Sp - tuproqning parchalanish qadami).
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024
A VTOMOBIL VA QISHLOQ XOJALIKMASHINALARI A.To'xtaqo'ziyev va Q.B.Imomqulovlar tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlar bo'yicha [11]
K
b + htg
V
hcosv cosv2cos1 (v + V — a)
1
qobicos'- (a + Vi + V2) sina
(3)
bunda: qo - tuproqning hajmiy koeffitsienti, N/m3
Iskananing uzunligi Li ni Sp ning ma'lum qiymati bo'yicha 3-rasmda keltirilgan sxemadan foydalanib aniqlaymiz. Unga binoan iskana ikki tomonlama qilib tayyorlanishini hisobga olganda,
2S siny
L>2AD=
sin
(a + y)
(4)
Bu ifoda y = — — a' + Vl + V ekanligini hisobga olganda [11] quyidagi ko'rinishga
ega bo' ladi.
L >
2SPcosi (a +v)
cos1 (v + V2 -a)
(5)
chiqadi
yoki bunga Sp ni (3) ifoda bo'yicha qiymatini qo'ysak quyidagi yakuniy natija kelib
L > 4
b + htg | '45° — V" h cosv cos v
qobj sin a [ cosv + cos (Vi + V2)
(6)
Bu shart bajarilganda tuproqning iskana tomonidan butun ishlov berilayotgan qatlami bo'yicha to'liq yumshatilishi ta'minlanadi.
Yassi kesuvchi ish organining ochilish burchagini uning pichoqlari tig'lari bo'yida uchraydigan begona o't ildizlari sirpanib kesishi shartini quyidagi ifodadan foydalanib aniqlaymiz [12].
2/y <71- 2(pb (7)
bunda: <pb - begona o't ildizlarini yassi kesuvchi ish organi pichoqlarining tig'lariga ishqalanish burchagi,0
Natijalar. Adabiyotlarda keltirilgan ma'lumotlar bo'yicha [8;9] <pL = 25-30° va <p2 = 35-45° qabul qilamiz va (1) ifoda bo'yicha hisoblashlar yassi kesuvchi ish organining iskanasi va pichoqlarining uvalash burchaklari 24-31° oralig'ida bo'lishi lozimligini ko'rsatdi. (2) ifodaga m = 4,2; a, =30 h = 0,12 m; k = 2,5; Te =1,4-106 Pa; Ks = 2104 Pa va <pL = 30° qiymatlarni qo'yib, yassi kesuvchi ishchi organ iskanasining eni kamida 7 cm bo'lishi lozimligini aniqlaymiz. Yakuniy natija sifatida h, = 8 cm qabul qilamiz. (6) ifodaga Ks, <p±, <pz va h ning yuqorida keltirilgan bi va ai ni yuqorida aniqlangan qiymatlarini qo'yib, hamda qo = 4106 N/m3
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI qabul qilib, yassi kesuvchi ishchi organ iskanasining uzunligi kamida 17 cm bo'lishi lozimligini aniqlaymiz. <pb = 45° [12] qabul qilib, (7) ifoda bo'yicha yassi kesuvchi ish organining ochilish burchagi 90° dan kichik bo'lishi lozimligini aniqlaymiz.
Xulosa. O'tkazilgan nazariy tadqiqotlar asosida keng qamrovli yassi kesuvchi ish organi iskanasi <p± = 25-30° va pichog'i <p2 = 35-45° atrofida, iskananing eni 8 cm va uzunligi 17 cm, keng qamrovli yassi kesuvchi ish organining ochilish burchagi esa 90° dan kichik bo'lishi lozim.
ADABIYOTLAR
1. 2019-yil 23-oktyabrdagi PF-5853 "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi Farmoni;
2. Тухтакузиев А. Механико-технологические основы повышения эффективности работы почвообрабатывающих машин хлопководческого комплекса: Дисс... докт.тех.наук. - Янгиюл, 1998. - 336 с;
3. To'xtaqo'ziyev A., Toshpo'latov B.U. Iskanasimon yumshatkich panjaning uvalash burchagini nazariy asoslash// Farg'ona politexnika instituti ilmiy-texnika jurnali. - Farg'ona, 2019.-№.- B. 131-134 b;
4. Imomqulov Q.B. Kam e^rgiya sarflab tuproqqa ishlov bеradigan mashinalarni yaratish: Diss...t.f.DsC. - Toshkеnt, 2016. - 246 b;
5. Мусурманов А.Т. Научно-техническое решение обработки почвы в междурядях и рядах садов: Диса...т.ф. DsC.- Ташкент, 2018. - 321 б;
6. Utaganov X.B. Kultivatorning tok tuplari orasiga ishlov beruvchi ishchi organi parametrlarini asoslash: Diss..t.f.PhD. - Toshkent, 2023.- 145 b;
7. Abdulxaev X.G'. Pushtalarga hajmiy ishlov beradigan mashina ishlab chiqishning ilmiy texnik yechimlari: Diss....t.f.DsC. - Gulbahor, 2022. - 280 b;
8. Сергиенко В.А. Технологические основы механизaции обработки почвы в междурядях хлопчатника. - Ташкент: Фан, 1978. - 112 с;
9. Каипов М.У. Обоснование основных параметров следорыхлителя к пахотным тракторам: Дисc...канд. тех. наук. - Янгиюль: УзМЭИ 2002. - 156 c;
10. Naurizbaev A.O. Keng qamrovli mola-tekislagich uchun iz yumshatkichlarning parametrlarini asoslash: Diss...t.f.PhD.- Gulbahor, 2022. - 155 b;
11. To'xtaqo'ziev A., Imomqulov Q.B. Tuproqni kam energiya sarflab deformatsiyalash va parchalashning ilmiy-texnik asoslari. - Toshkent: KOMRON PRESS, 2013. - 120 b;
12. Синеоков Г.Н., Панов И.М. Теория и расчет почвообрабатывающих машин. -Москва: Машиностроение, 1977. - 328 с.
13. Turdaliev Voxidjon Maxsudovich, Qo'chqorov Sobirjon Karimjonovich, SHeraliev Ikromjon Ibroximovich, & Eksanova Santalatxon SHarobidinovna (2023). G'ALTAKLI EKISH APPAATINI O'G'IT SOLISHGA MOSLASHTIRISHNI NAZARIY TADQIQ ETISH. Mexanika i texnologiya, 3 (12), 120-126
14. Кучкоров, С. К., & Меликулов, Н. (2023). ШР Яхшибоев Сравнение антисимметричных колебаний упругой трехслойной пластины. Механика и технология, (10).
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024