Научная статья на тему 'TIB ILMINING BUYUK ALLOMASI ABU ALI IBN SINO OʻGITLARINING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI AHAMIYATI'

TIB ILMINING BUYUK ALLOMASI ABU ALI IBN SINO OʻGITLARINING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

3415
508
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tabobat / biologiya / uygʻonish davri / Markaziy Osiyo / Tib qonunlari / Avitsenna. / medicine / biology / Renaissance / Central Asia / Laws of Medicine / Avicenna.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xurshida Baxadirovna Alimova, Dilbar Sattarovna Bozorova, Baxtiyor Ramazonovich Ramazonov

Maqolada sharq uygʻonish davrining ulugʻ qomusiy allomalari, mashhur mutafakkirlari bilan birga tib olamida katta muvaffaqiyatlarga erishgan Abu Ali ibn Sino asarlari va oʻgitlarining yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati, maktab oʻquvchilarida tibbiyot va biologiya fanlariga boʻlgan qiziqishlarini hamda ularda fanga boʻlgan mehrlarini yanada oshishida amaliy ahamiyati toʻgʻrisida fikr yuritiladi. Abu Ali ibn Sinoning o‗z zamonasida tabobat ilmida yuksak darajaga erishagani va hatto bugungi kunda ham alohida eʼtirofga sazovor bo‗layotganiga ayniqsa bugungi sinovli kunlarda katta amaliy ahamiyatga ega ekanligi ta‘kidlab oʻtilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE GREAT SCIENCE OF MEDICAL SCIENCE THE IMPORTANCE OF ABU ALI IBN SINO'S TEACHINGS IN THE EDUCATION OF THE YOUNG GENERATION

The article discusses the importance of the works and teachings of Abu Ali ibn Sino, who, along with the great encyclopedic scholars of the Eastern Renaissance made great strides in educating the younger generation. It is said that Abu Ali ibn Sino reached a high level in the science of medicine in his time and is even recognized today, which is of great practical importance, especially in these difficult days

Текст научной работы на тему «TIB ILMINING BUYUK ALLOMASI ABU ALI IBN SINO OʻGITLARINING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI AHAMIYATI»

TIB ILMINING BUYUK ALLOMASI ABU ALI IBN SINO O'GITLARINING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI AHAMIYATI

Xurshida Baxadirovna Alimova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti

[email protected]

Dilbar Sattarovna Bozorova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti

[email protected]

Baxtiyor Ramazonovich Ramazonov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya kafedrasi o'qituvchisi, b.f.f.d. (PhD) [email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolada sharq uyg'onish davrining ulug' qomusiy allomalari, mashhur mutafakkirlari bilan birga tib olamida katta muvaffaqiyatlarga erishgan Abu Ali ibn Sino asarlari va o'gitlarining yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati, maktab o'quvchilarida tibbiyot va biologiya fanlariga bo'lgan qiziqishlarini hamda ularda fanga bo'lgan mehrlarini yanada oshishida amaliy ahamiyati to'g'risida fikr yuritiladi. Abu Ali ibn Sinoning o'z zamonasida tabobat ilmida yuksak darajaga erishagani va hatto bugungi kunda ham alohida e'tirofga sazovor bo'layotganiga ayniqsa bugungi sinovli kunlarda katta amaliy ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlab o'tilgan.

Kalit so'zlar: tabobat, biologiya, uyg'onish davri, Markaziy Osiyo, Tib qonunlari, Avitsenna.

THE GREAT SCIENCE OF MEDICAL SCIENCE THE IMPORTANCE OF ABU ALI IBN SINO'S TEACHINGS IN THE EDUCATION OF THE YOUNG

GENERATION

ABSTRACT

The article discusses the importance of the works and teachings of Abu Ali ibn Sino, who, along with the great encyclopedic scholars of the Eastern Renaissance,

made great strides in educating the younger generation. It is said that Abu Ali ibn Sino reached a high level in the science of medicine in his time and is even recognized today, which is of great practical importance, especially in these difficult days.

Keywords: medicine, biology, Renaissance, Central Asia, Laws of Medicine, Avicenna.

KIRISH

Movarounnahrda tug'ilib, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini dunyo madaniyati tamadduniga aylantirgan buyuk mutafakkirlardan biri - Abu Ali ibn Sino bo'lib, u Yevropada «Avitsenna» nomi bilan mashhurdir. Ibn Sino (asl ismi Husayn, otasining ismi Abdulloh) Buxoroning Afshona qishlog'ida, 980 yilning safar oyida, amaldor oilasida tug'iladi. 986 yilda Ibn Sino oilasi Buxoroga ko'chib keladi va shu vaqtdan boshlab yosh Husayn boshlang'ich ma'lumot olishga, ilm-fanni o'rganishga kirishadi. Tabibning yoshligi, yigitlik chog'lari Somoniylar hukmronligining so'nggi yillari, Nuh II ibn Mansur Somoniy hukmronligi davriga (976-997) to'g'ri keladi.

Ibn Sino 10 yoshidayoq Qur'onni yod olib, 13 yoshlaridan boshlang'ich matematika, mantiq, fiqh, falsafa ilmlari bilan shug'ullana boshlaydi. Ibn Sino yosh bo'lishiga qaramay, Abu Abdulloh Notiliy rahbarligida falsafa, Hasan ibn Nuh al-Qumriydan tibbiyot ilmini har tomonlama o'rganadi, asta-sekin tabiblik bilan ham shug'ullanadi. U o'zidan avval o'tgan Sharq mutafakkirlarining asarlarini chuqur o'rganish bilan birga, qadimgi yunon tabiiy-ilmiy, falsafiy merosini, xususan Aristotel, Yevklid, Ptolemey, Galen, Gippokrat, Pifagor, Porfiriylarning asarlarini ham qunt bilan o'rgandi. 16-17 yoshidayoq Ibn Sino mashhur tabib — hakim bo'lib taniladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tarixdan ma'lumki, 999 yilda Buxoro Qoraxoniylar tomonidan zabt etilgach, Ibn Sino Buxorodan chiqib ketadi va madaniyat markazlaridan biri hisoblangan Xorazmga boradi, u yerda Xorazm hokimi Ali ibn Ma'mun saroyidagi olimlarni birlashtirgan o'z zamonasining akademiyasiga qabul qilinadi. U yerda Beruniy, Ibn Miskavayh, Abu Sahl Masihiy, Abulxayr Hammor, Abu Nasr ibn Iroq kabi yetuk olimlar bilan yaqindan tanishadi. Mahmud G'aznaviyning ta'qibidan qochib, Xorazmni tashlab ketishga va Xuroson, Eronning turli shaharlarida sarson-sargardonlikda yurishga majbur bo'ldi. Jurjon shahriga kelgan Ibn Sino hokim Qobus ibn Vashmgir saroyida mashhur tabib sifatida yashadi, bo'lajak shogirdi Juzjoniy

bilan tanishadi. Hamadondagi vazirlik chog'ida hokim bilan kelisha olmay, 4 oy mobaynida qamoqda saqlanadi.

Buyuk tabib 1023 yilda Isfahonga qochadi va butun umrini ilmiy ijodga bag'ishlab «Kitob al-qonun fit-tibb», «Kitob un-najot», «Kitob ul-insof» kabi geometriya, astronomiya, o'simlik, hayvonot olami, mantiqqa oid risolalar yaratadi. Uning «Hayy ibn Yaqzon» falsafiy qissasi esa so'nggi yillarda yozilgan. U Isfahonda rasadxona qurish bilan mashg'ul bo'ladi. Ota yurtdan uzoqda Isfaxon, Ray, Hamadon shaharlarida sarsonlikda yurgan buyuk tabib 1037 yil 18 iyunda Isfahon shahrida 57 yoshida qulunj kasalligidan vafot etadi.

Tabibning hayot yo'li shogirdi Juzjoniy tomonidan qoldirilgan manbalardan ma'lum. Ibn Sino tarjimayi holida Forobiyning «Metafizika maqsadlari», «Fusus ul-hikam» kabi muhim risolalarini qunt bilan o'rganganligi, ulardan keng foydalanganligini ta'kidlab o'tadi.

Buyuk vatandoshimiz asarlari 450 dan ortiq bo'lib, taassufki, bizgacha faqat 160 ga yaqin asari yetib kelgan xolos. Ko'p asarlari turli falokat va saroy fitnalari oqibatida yo'qolgan. Ibn Sino asarlarining asosiy qismi o'sha davr ilmiy tili hisoblangan arab tili, ba'zilari esa fors tilida yozilgan. Uning bizgacha, ma'lum bo'lgan katta asari «Kitob ush-shifo» (Shifo kitobi) 22 jilddan iborat bo'lib, unda mantiq, fizika, matematika, metafizikaga doir masalalar yoritilgan. Afsuski, 20 jilddan iborat bo'lgan «Kitob ul-insof» (Insof kitobi) Isfahondagi yong'in sabab bizgacha yetib kelmagan. Olimning «Kitob un-najot» (Najot kitobi), «Kitob lison ul-arab» (Arab tili kitobi), «Donishnoma» fors tilida yozilgan bo'lib rus tiliga tarjima etilgan. Bu kitoblarni o'zbek tiliga to'laligicha tarjima qilish esa, bugun yelkamizdagi ulkan ma'naviy qarz.

Buyuk tabib tabobat masalalarini ommabop holda nazm bilan izohlovchi «Urjuza» nomli tibbiy asar yaratdi. Bulardan tashqari, kimyo, mineralogiya, astronomiya, matematika, o'simlik dunyosi, geologik jarayonlarni o'rganish sohasida ham u yangi-yangi fikrlarni olg'a sura oldi. Ibn Sinoning "Kitob al-qonun fit-tibb («Tib qonunlari»), «Kitob ul-qulanj» («Ichak sanchiqlari»), «Kitob un-nabz» («Tomir ko'rish haqida kitob»), Fuj ul-tibbiya joria fi majlisih" («Tib haqida hikmatli so'zlar»), «Tadbir ul-manzil» («Turar joyning tuzilishi»), «Fil-hindubo» («Sachratqi o'simligi haqida»), «Risola fi-dastur it-tibbiy» («Tibbiy ko'rsatmalar haqida») kabi asarlari mavjud.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Sharq Uyg'onish davri ulug' allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlarni yetishtirdi. Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy,

Abu Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg'oniy Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Koshg'ariy kabi buyuk ajdodlarimiz serqirra iste'dod sohiblari bo'lishlari bilan bir qatorda, o'z fanlari bo'yicha butun olamga ustozlik maqomiga erishdilar. Mazkur davr dunyo taraqqiyotining yuksalish tamoyillarini belgilab berdi. Shu qatorda Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot faniga qo'shgan hissalari haqida alohida to'xtalib o'tmoqchimiz. Kelajak avlodni tabobat ilmining sultoni Abu Ali ibn Sinoning ma'rifat, madaniyat va tabobat taraqqiyotiga qo'shgan hissalari bilan tanishtirish biz tabiatshunos olimlarning oldida turgan vazififalardan biridir.

Tabobat ilmining sultoni, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlarimizdan biri - Abu Ali ibn Sinodir. Buyuk allomamiz o'zining benazir fiklari va ilm sohasidagi qimmatbaho ma'lumotlarini jahonning ilg'or ommasiga yetkazib berishda katta xizmatlar ko'rsatib, mamlakat shon-shuhratini, tafakkur qudratini uzoq o'lkalarga qadar yoydilar.

Abu Ali ibn Sino Yevropada Avitsenna nomi bilan tanilgan bo'lib uning tib ilmiga oid risolalari Sharq hamda G'arbda juda mashhurdir. Buning yorqin isboti sifatida dunyoni lol qoldirib kelayotgan "Tib qonunlari"ni tilga olishimiz mumkin. Abu Ali ibn Sinoning tibbiy va farmatsevtik bilimlarning bir tizimga solinishi, tashxislash va davolashning yangi usullari, ma'danlar transmutatsiyasi imkonlarining tahlili bu tabiiy fanlarda amalga oshirgan ulug' g'oyalarining ba'zilaridir. Abu Ali ibn Sinoning "Tib qonunlari" hamda "Sayyohlar uchun qo'llanma" ("Fiy tadbir al musofiriyn") asarlari — tibbiyot ilmi mutaxassislari va umuman, dunyo ahli uchun bir necha asrlardan o'tib, to bugunga qadar zarur qo'llanma sifatida xizmat qilmoqda.

Abu Ali ibn Sinoning o'z zamonasida tabobat ilmida yuksak darajaga erishgani va hatto bugungi kunda ham alohida e'tirofga sazovor bo'layotganiga ayniqsa bugungi sinovli kunlarda yana bir bor guvoh bo'lmoqdamiz. Zero bugun dunyoning barcha tibbiyot tashkilotlarining pandemiya davrida odamlar o'zini qanday tutish kerakligiga oid ma'lumotlari bundan ming yil ilgari ulug' tabibimizning bu haqida qoldirgan ilmiy merosi naqadar to'g'ri ekanligini tasdiqlaydi.

Buyuk bobokalonimizning tabobat ilmini rivojlanishida hissalari ulkandir. Dunyoga malum va mashhur bo'lgan "Tib qonunlari" tahsinga sazovordir. Ushbu kitob beshta tomdan iborat:

1-tom: tibbiyot ilmi - o'tchil va surunkali kasalliklarning ta'rifi, ularning tashhisi, davolanishi, jarrohlik.

2-tom: tabiiy giyohli dorilar haqida hikoyalar.

3-va 4-tomlar: inson tanasidagi kasalliklar, a'zolardagi sinishlarni davolash bo'yicha tavsiyalar.

5-tom: Ibn Sino tarafidan mustaqil tayyorlangan murakkab tarkibli dorilar xususiyatining ta'rifi hamda Yevropa va Osiyodagi qadimgi tabiblarning yozuvlaridan manba sifatida foydalanilganligi.

Bundan tashqari, bobomizning bugun insoniyatga xizmat qilayotgan odob-axloqqa oid asarlari hamtahsinga sazovordir. Ibn Sino o'zining axloq to'g'risidagi asarlarida insonlar kundalik ishlarida kamtarlik, izzat-hurmat, jasurlik, to'g'rilik, sofdillik kabi axloqiy qoidalarga alohida e'tibor berishlari zarurligini uqtirgani, tarbiyaning asosi bo'lgan bu fazilatlar ayni kunda mamlakatimiz umumta'lim nihoyatda qadrlidir.

Shu jumladan, Ibn Sino bolani maktabda o'qitish va tarbiyalash zarurligini qayd etib, maktabga barcha kishilarning bolalari tortilishi va birga o'qitilishi va tarbiyalanishi lozim deb, bolani uy sharoitida yakka o'qitishga qarshi bo'lgan. Bolani maktabda jamoa bo'lib o'qishini foydasi quyidagicha ifodalangan:

-Agar o'quvchi birga o'qisa u zerikmaydi, fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir-biridan qolmaslik uchun harakat, musobaqalashish istagi rivojlanadi. Bularning hammasi o'qishning yaxshilanishiga yordam beradi.

-O'zaro suhbatda o'quvchilar bir-biriga kitobdan o'qib olganlari, kattalardan eshitganlarini hikoya qiladilar.

-Bolalar birga to'planganlarida bir-birini hurmat qila boshlaydilar, do'stlashadilar, o'quv materiallarini o'zlashtirishda bir-biriga yordamlashadilar, bir-biridan yaxshi odatlarni qabul qiladilar.

Bilim olishda bolalarni maktabda o'qitish zarurligini qayd etar ekan, ta'limda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta'kidlaydi:

-bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo'ymaslik;

-ta'limda yengildan og'irga borish orqali bilim berish;

-olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo'lishi;

-o'qitishda jamoa bo'lib maktabda o'qitishga e'tibor berish;

-bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;

-o'qitishni jismoniy mashqlar bilan qo'shib olib borish.

Bu talablar hozirgi davr ta'lim tamoyillariga ham mos kelishi bilan qimmatlidir. Yuqoridagi masalalarga o'zining «Tadbiri manzil» asarida maxsus bo'lim bag'ishlaydi. «Bolani maktabda o'qitish va tarbiyalash» («Omozish va parvarish madrasa farzand») bo'limida ta'lim va tarbiya jarayonini ochib beradi. Yuqoridagi tamoyillar esa bolalarni yengil-yelpi bilim olish emas, balki har tomonlama chuqur va mustahkam bilim olishiga yordam beradi

Dunyo tabobatida yelka suyagining chiqishini oddiy bosish bilan davolash usuli hozirgacha «Avitsenna usuli» ekanligi, umurtqani yog'och moslama yordamida tuzatish usulini Ibn Sinodan so'ng XV asrga kelib fransuz tabibi Kalo qayta kashf etganligi, tabobat tarixida ilk bora vabo bilan o'latni farqlab, ularni alohida (karantin) davolashni boshlagan, sariq kasalligi, moxov, qizamiq, suvchechak, kuydirgi, zotiljam, meningit, zaxm, oshqozon yarasi kabi kasallik belgilari va kechish jarayonini to'g'ri tasvirlagan buyuk tabib hayoti va boy merosini o'rganyapmizmi?" degan mas'uliyat hamon dolzarb, ayniqsa, hozirgi COVID-19 holatida.

XULOSA

Fikrimiz yakunida bunday allomalari bor yurt farzandlari iste'dodi barq urishi, el-yurtga xizmat qiladigan yetuk inson bo'lib ulg'ayishi muqarrardir. Bugungi kun avlodlari ajdodlarimizga munosib farzand bo'lib yetishishlari va yurtimiz dovrug'ini butun dunyoga tanitishlari lozimdir. Toki biz buyuk daholar avlodi ekanligini unutmasligimiz kerak.

REFERENCES

1. Ramazonov, B. R., Mutalov, K. A., Fayziev, V. B., & Koraev, S. B. (2020). Morphogenetic characteristics and biological activity of takyr and meadow soils of the republic of karakalpakstan (on the example of soils of chimbay district) morphogenetic characteristics and biological activity of takyr and meadow soils of the republic of karakalpakstan (on the example of soils of chimbay district). Journal Of Critical Reviews, 7(5), 243-249.

2. Ramazonovich, R. B., & Ramazon, K. (2018). Evolution of soils of the Aral Sea area under the influence of anthropogenic desertification. European science review, (1-2).

3. Ramazonovich, R. B., & Ramazon, K. EVOLUTION OF SOILS OF THE ARAL SEA AREA UNDER THE INFLUENCE OF ANTHROPOGENIC DESERTIFICATION. January-February, 24.

4. Рамазонов, Б. Р. (2018). РАСТИТЕЛЬНЫЙ МИР ОСУЩЕННОГО ДНА АРАЛЬСКОГО МОРЯ. In Современное экологическое состояние природной среды и научно-практические аспекты рационального природопользования (pp. 716-719).

5. Рамазонов, Б. Р. (2017). КРАТКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ПОЧВЕННОГО ПОКРОВА ПРИАРАЛЬЯ (на примере Каракалпакстана). In СОВРЕМЕННОЕ ЭКОЛОГИЧЕСКОЕ СОСТОЯНИЕ ПРИРОДНОЙ СРЕДЫ И НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ РАЦИОНАЛЬНОГО ПРИРОДОПОЛЬЗОВАНИЯ (pp. 1054-1056).

6. Рамазонов, Б. Р. (2017). НЕКОТОРЫЕ ВОПРОСЫ ПРЕДОТВРАЩЕНИЯ ОТРИЦАТЕЛЬНЫХ ПОСЛЕДСТВИЙ ОПУСТЫНИВАНИЯ. In СОВРЕМЕННОЕ ЭКОЛОГИЧЕСКОЕ СОСТОЯНИЕ ПРИРОДНОЙ СРЕДЫ И НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ РАЦИОНАЛЬНОГО ПРИРОДОПОЛЬЗОВАНИЯ (pp. 117-120).

7. Agzhigitova, N. I., Allanazarova, U., Kapustina, L. A., & Mutalov, K. A. (1995). Transformation of desert pasture vegetation under effect of anthropogenic pressure. Problems of Desert Development, 3, 62-65.

8. Rakhimov, A. K., Jononova, R. N., & Egamberdieva, L. N. (2020). Methodological Support Using Innovative Teaching for The Development of Natural and Scientific Outlook of Students methodological Support Using Innovative Teaching for The Development Of Natural And Scientific Outlook Of Students. International Journal of Psychological Rehabilitation, 24(7), 8136-8142.

9. Хуршида Бахадировна Алимова, & Бахтиёр Рамазонович Рамазонов (2021). ИНТЕРФАОЛ ТАЪЛИМ ЁРДАМИДА МАКТАБ УКУВЧИЛАРИНИНГ КОБИЛИЯТЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ. Academic research in educational sciences, 2 (1), 937-943. doi: 10.24411/2181-1385-2021-00121

10. Дониёр Уткирович Закиров, & Жасур Хабибуллаевич Гулямов (2020). ЭКСКУРСИОННАЯ МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ ПО РАЗВИТИЮ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ ШКОЛЬНИКОВ В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНА ШКОЛАХ. Science and Education, 1 (Special Issue 1), 37-44.

11. Закиров, Д. У. (2020). МАКТАБЛАРДА БИОЛОГИЯ ФАНИНИ УТКАЗИШДА УКУВЧИЛАРНИНГ МУСТАКДЯ ФИКРЛАШИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ УСУЛЛАРИ. Science and Education, 1(7).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.