Научная статья на тему 'IBN SINO INSONNING JISMONIY VA RUHIY KAMOLOTI HAQIDA G'OYALARI'

IBN SINO INSONNING JISMONIY VA RUHIY KAMOLOTI HAQIDA G'OYALARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

1751
96
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Inson / jismoniy sog‘lom inson / ruhiy salomatlik va ruhiy-ma’naviy kamolot. / human / physically healthy man / mental health and spiritual maturity

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Madraximov Atabek Abduraximovich

Mazkur maqola qomusiy olim, mutafakkir, tib olamining sultoni Abu Ali ibn Sinoning inson, uning jismoniy va ruhiy kamoloti hamda kamolotga erishish omillari borasidagi g‘oyalariga bag‘ishlangan. Maqolani yozishda Ibn Sinoning falsafiy g'oyalaridan ham foydalanilgan. Xulosa qismida yakuniy g'oyalar ham keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AVICENNA'S IDEAS ABOUT THE PHYSICAL AND SPIRITUAL PERFECTION OF MAN

This article is devoted to Avicenna’s ideas about the physical and spiritual perfection of man and his path to reaching the top. Avicenna’s philosophical ideas were also used in writing the article. Final ideas are also given in the conclusion

Текст научной работы на тему «IBN SINO INSONNING JISMONIY VA RUHIY KAMOLOTI HAQIDA G'OYALARI»

IBN SINO INSONNING JISMONIY VA RUHIY KAMOLOTI HAQIDA

G'OYALARI Atabek Abduraximovich Madraximov

Urganch davlat universiteti [email protected]

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola qomusiy olim, mutafakkir, tib olamining sultoni Abu Ali ibn Sinoning inson, uning jismoniy va ruhiy kamoloti hamda kamolotga erishish omillari borasidagi g'oyalariga bag'ishlangan. Maqolani yozishda Ibn Sinoning falsafiy g'oyalaridan ham foydalanilgan. Xulosa qismida yakuniy g'oyalar ham keltirilgan

Kalit so'zlar: Inson, jismoniy sog'lom inson, ruhiy salomatlik va ruhiy-ma'naviy kamolot.

AVICENNA'S IDEAS ABOUT THE PHYSICAL AND SPIRITUAL PERFECTION

OF MAN

Madraximov Atabek Abduraximovich

Urganch state university [email protected]

ABSTRACT

This article is devoted to Avicenna's ideas about the physical and spiritual perfection of man and his path to reaching the top. Avicenna's philosophical ideas were also used in writing the article. Final ideas are also given in the conclusion

Keywords: human, physically healthy man, mental health and spiritual maturity.

KIRISH

Jahon miqyosidagi umumbashariy muammolardan biri bo'lgan salomatlik hamda inson kamoloti bugugi kunda har kundagiga qaraganda yanada muhimroq, yanada ahamiyatli umumbashariy muammolar orasidagi birinchi hamda eng muhim muammo ekanligi hech kimga sir emas. Dunyo ahli aholisini qamrab olgan koronavirusning dahshatli oqibatlarini har bir inson o'z ko'zlari bilan ko'rdi. Haqiqatdan ham jamiyat uchun tinchlik va sog'liqdan muhimroq narsa bo'lmas ekan. "...tinchlik va sog'liq - bu har bir inson, butun aholimiz uchun hech narsa bilan o'lchab bo'lmaydigan buyuk ne'matdir. Faqat sog'lom inson va sog'lom xalq mislsiz ishlarga qodirligini hammamiz yaxshi anglaymiz."Sog'lom inson o'z mamlakati uchun ezgu ishlarga qodir. Buxorolik alloma Ibn Sino o'zining qisqa, ammo g'oyatda mahsulli umrida olmishga yaqin tibga oid asar yozdi. Alloma o'z hayotini butun

insoniyatni sog'lig'ini muhofaza qilishga bag'ishladi, desak, aslo mubolag'a qilmagan bo'lamiz.

"Sog'liqni saqlash ilmi", "Sog'lom turmush tarzi", "Sog'lom avlod", "Ruhiy salomatlik" , "Sog'lom tabiiy muhit" konsepsiyalarining asoschisi Ibn Sinoning tib asarlaridir desak, adolatli bo'ladi. Inson salomatligi faqat tana ichki muhitiga bog'liq bo'lmay, balki atrof-muhit, xilma-xil ekologik omillar, ma'naviy ta'sirlarga ham bog'liqligi alloma nazaridan chetda qolmagan. Shu sababli bo'lsa kerak, mashhur yunon tabibi Gippokrat: "Tabobat barcha ilmu san'atlar ichida eng buyuk ilm va san'atdir" deb uqtirgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Inson kim? Yovvoyi hayvonmi yoxud muqaddas farishta? Hayvonmi yoxud keng fikrlovchi mavjudot?

Insonga bir qancha tasniflar berilgan. Ular orasida o'zining bir tomonligi bilan xarakterlanadigan kemtik tasniflar ham va aksincha serqirra, mohiyatan to'liq tasniflar ham mavjud. Bunday insonga berilgan nuqsonli tasniflarga quyidagi allomalarning tasniflarini kiritish mumkin: fransuz faylasufi B. Paskal: "Inson -tabiatdagi kuchsiz, nimjon qamish kabi, ammo bu fikrlovchi qamishdir",- deb ta'kidlagan.[1] "Inson tabiatga tobe, bog'liq va tabiat ham unga bog'liq: u insonni yasadi - u esa uni o'zgartiradi", deb yozadi fransuz yozuvchisi A.Frans.[3]

Rim olimi va yozuvchisi Pliniy Katta: "Insonga yangilikka intilish xosdir". "Inson ko'p narsani chetlab o'ta olishi mumkin, ammo aslo odamlarni emas", - deb uqtiradi yozuvchi va olim K. Berne. "Inson boshqa yaralganlarda faqat kulgusi orqali ajralib turadi", - deb yozadi ingliz yozuvchisi D. Addison. [5]

Ibn Sino Aristotelning insonga berilgan "inson - aqlli hayvon" degan ta'rifini qo'llab, inson -"hayvoni notiqa" deb ta'riflaydi. "Inson - gapiruvchi, so'zlovchi hayvon" deb yozadi. Ibn Sino "Insonni hayvonot olamining shohi,-deb biladi, chunki unda nutq bor." Aynan mana shu nutqi tufayli inson boshqa tirik mavjudotlardan farq qiladi. Hozirgi zamon antropologiya fani ham allomaning bu boradagi fikrlarini tasdiqladi. Haqiqatdan ham insondagi 1560 belgi hayvonot olami vakillari belgisi kabi muvofiqdir. Masalan, shimpanze va insonning 396 xossalarini bir-biriga mos kelsa, gorilla va inson orasidagi bu moslik belgilari - 305 tani tashkil etadi. Ammo 312 ta shunday xossa mavjudki, bu xossalar faqatgina insonga xos. Inson va yuqori hayvon orasidagi umumiylik quyidagilarda kuzatiladi:

- Ozuqqa aynanligi;

- Qon guruhlarining o'xshashligi;

- Deyarli bir xil umr kechirish davomiyligi;

- Embrional hayot davomiyligini bir xildagi davomliligi.

Insonni hayvondan ajratib turuvchi belgi insondagi tafakkur, aql, fahm-farosat va beqiyos kamolot uchun intilishidir. Insonning o'z-o'zidan ko'ngli to'ladimi, "men" menni tushuna oladimi? "Men" menni qiynamaydimi? Inson o'zi o'ylagan inson sifatlariga mosmi? Unda nega jamiyatda ma'naviy qashshoq insonlar, o'g'rilar, qalloblar, tekinxo'rlar, engiltaklar, dilozorlar mavjud?

Haqiqatdan ham inson ikki olam - moddiy va ma'naviy-ruhiy olam yagonaligi mahsuli, bir butunligidir.

Ibn Sinoning boshqa allomalarda farqi shundaki, bu ikki olam sarvari bo'lgan insonni jismoniy, moddiy tomondan salomat; ikkinchi ma'naviy-ruhiy tomondan kamolotga erishish orqali dunyoni saqlab qolishni, olamni yashnatishni o'z vaqtidayoq anglab, bu uchun kurashishni o'z asridayoq boshlab berganilir.

Inson sog'lom bo'lishi uchun o'z tanasidagi yetti muvozanatga qat'iy amal qilmog'i shart. Bular quyidagilardir:

- Tana (organizm) mutanosibligi;

- Ovqat va ichimlik tanlash;

- Gavdani ortiqchalikdan xoli etish;

- Tana a'zolari joylanish to'g'riligi, mutanosibligini saqlash;

- Burunga tortiladigan havoni etarli va yaxshi qilish;

- Kiyiladigan kiyimlarni muhitga moslab tanlash;

- Jismoniy va ma'naviy harakatlar mu'tadilligi "

NATIJALAR

Inson salomatlik me'yorlaridan biri qondagi xolesterin miqdori, agar xolesterin miqdori 120-180 MB (meditsina birligi-O.???.) bo'lsa bu samomatlik me'yoridir. 200 medinitsina ko'rsatkichidan oshishi esa arteriya qon tomirlarining ifloslanganidan dalolat beradi. Qon tomirlarida to'planib borayotgan xolesterin miqdori qondagi xolesterin miqdoriga to'g'ri proporsionaldir. Inson tanasi qonidagi qand miqdori; qon bosimi; tanadagi yog' miqdori va qondagi glitserin miqdorlari bu ko'rsatkichlari bari salomatlikni ko'rsatuvchi ichki tabiiy me'yorlardir.[6] Aynan mana shu ko'rsatkichlar o'z me'yorida bo'lganda inson salomat bo'la oladi.

Tibbiyot institutlarida anatomiya fani, patalogik anatomiya, yosh anatomiyasi, normal fiziologiya, patologik fiziologiya, bolalar anatomiyasi va h. fanlari aynan inson salomatligi me'yori va aksincha me'yordan chetga chiqqan - kasalliklarning miqdor va sifat ko'rsatkichlari haqidagi fanlar sanaladi. Mazkur fanlar chuqur o'rganiladi hamda institutning fundamental fanlaridan sanaladi.

Odam anatomiyasi, patologik anatomiya, yosh anatomiyasi, normal fiziologiya, patologik fiziologiya, bolalar anatomiyasi va h. fanlar aynan inson salomatligi me'yori va aksincha me'yordan chetga chiqqan - kasalliklarning miqdor va sifat ko'rsatkichlari haqidagi fanlar sanaladi. Mazkur fanlar chuqur o'rganiladi hamda institutning fundamental fanlaridan sanaladi.

Ishq-muhabbat va boshqa qobiliyatlar inson tabiatining mohiyatini tashkil etadi, unga chuqur mazmun beradi. Bu haqda Erix Fromm va Ramon Xirau quyidagi fikrlarni bildirishgan:

"Inson tabiati nafaqat tamoyildir, shuningdek, qobiliyatdir. Boshqacha aytganda, inson tabiatini va aqlini takomillashtirgandagina, u o'zining (asl) mavjudligiga intilgan bo'ladi. Aytish mumkinki, inson mavjud ekan, sevishga va mulohaza yuritishga va sevishga qobil va aksincha, u mulohaza yuritishga va sevishga qobil ekan - u mavjud. O'zini, o'z ekzistensial vaziyatini anglay olish uni insonga aylantiradi: buqobiliyat, mohiyatan, uning tabiatini tashkil etadi". Bu xulosa inson tabiatini yangi bir jihatini ko'rsatib berishdagi birgina ilk qadam edi xolos. Ibn Sino uqtirganidek, insoniyatning tarixiy jarayondagi holatida inson hech bir vaqt o'zining mavjudlik holati bilan qoniqmaydi, u doimo mavjudlik holatini kamolotga etkazishga intiladi, harakat qiladi, sabr - toqat qiladi, qiyinchilikni engadi, yana takomillashishga intiladi. Hayvonot olamida hech bir hayvonda takomillashish, kamolotga intilish yo'q. U takomillashishga harakat qilmaydi. Bu borada takomillashish bilan moslashish orasidagi farqni anglash lozim.

MUHOKAMA

Ibn Sinoning "odamning ruhi o'lmaydi va ko'chmaydi" - degan fikri juda muhim. Shunisi quvonarliki, Ibn Sino o'z davridayoq ta'kidlagan fikrlar o'z isbotini topdi. AQSH va Saudiya Arabistonida nashrdan chiqqan "Qur'on va hozirgi zamon fani" kitobida ruhning mavjudligi hozirgi zamon fani nuqtai nazaridan tekshirilishga kirishildi. Imson ruhi o'ziga xosdir. Ibn Sino yozadi: "Odam shuning uchun mavjudki, unda maqsad bo'ladi. U jamiyatdan tashqari turolmaydi. Yashash vositalarini iqtisod qilish maqsadida o'zini-o'zi cheklaydi, tabiatda o'ziga o'xshamagan odamlar bo'lmaganda u halok bo'lishi mumkin edi. Insonning shunday o'ziga xos xususiyati borki, o'sha moddiy olam bilan bog'liq bo'lmagan fikr-g'oyalar bor. SHu bilan u boshqa tirik jonzotlardan farq qiladi". Ibn Sinoning inson ruhi haqidagi ta'limoti chuqur o'rganilsa inson psixologiyasini ochishda va jamiyat rivojlanishini o'rganishda juda juda asqotadi.

"Ruh", "aql", "tafakkur", "qobiliyat", "kamolot" bular barchasi boshqa-boshqa falsafiy tushunchalar bo'lib, ular dialektik aloqadordir. Insondagi iroda, istak, orzu kabilar ham bularga o'ralashib insonni katta ichki kuchini hosil qiladi.

XULOSA

Har qanday inson ham shifokor bo'la olmaydi. Ibn Sino tibbiyotni faqatgina "ilm" deb qaramasdan, balki uni "tib san'ati", sog'liq va kasallikni - "tib mavzulari", ya'ni "Tib san'ati odam badanining sog'lig'i va kasalligidan bahs qilishi sababli, ana shular san'at mavzularidir" deb ifodaladi. Chunonchi shifokor tib ilmi va san'atini egallashi uchun u, faylasuf, notiq ruhshunos, xullas har taraflama etuk shaxs bo'lmog'i darkor. Ibn Sino yozadilar:

"Tabibda lochinning nigohi, qiz bolaning (nafis) qo'llari, ilonning donoligi, sherning yuragi bo'lmog'i kerak".

SHifokordan faqat ilm sarhadlarinigina egallash emas, balki komil axloq, ruhiy pokizalik namunasi mujassam bo'lishi shart.

"Tan riyozatidan ko'proq ruh riyozati lozimdir. Mard kishi o'zini riyozat va odob bilan ko'rsatsin, inson bilan hayvon o'rtasidagi farq yolg'iz maishatda emas, yaxshi axloq kasb qilmoqdadur"

REFERENCES

1. Ibn,Sina.(1316)Traktat o lyubvi.Tegeran.

2. Ibn,Sino.(1983) Tib qonunlari.Fan.

3. Рахимовб,М.(2004).Антропология Ибн Сины. Душанбе.

4. Саидов,Н.(2008).Человек, его сущность и сущностные силы в философии Аристотеля и Ибн Сины.Душанбе:Ирфон.

5. Kholikova, N. (2020). Poetic Features of Uzbek Poetry of the National Awakening Period. ISJ Theoretical & Applied Science, 04(84), 615-623.

6. Такихони, C. (2015). Теоретические и идейные источники философии Ибн Сины по проблеме разума и веры, Modern Research and Social Problems. https://cyberleninka.ru/article/n7teoreticheskie-i-ideynye-istochniki-filosofii-ibn-siny-po-probleme-razuma-i-very

7. Камалова,Г.(2016).Авиценна (Ибн Сина) о состояниях человеческого тела, здоровье и болезни, о классификации и номенклатуре болезней, о семиотике и диагностике заболеваний.https://cyberleninka.ru/article/n/avitsenna-ibn-sina-o-sostoyaniyah-chelovecheskogo-tela-zdorovie-i-bolezni-o-klassifikatsii-i-nomenklature-bolezney-o-semiotike-i

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.