Научная статья на тему 'TASAVVUF TARIQATI YO‘NALISHLARI VA NAQSHBANDIYA TARIQATINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI'

TASAVVUF TARIQATI YO‘NALISHLARI VA NAQSHBANDIYA TARIQATINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

8083
1326
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
So‘fiylik / Zuhd / Zoxidlik / Zikr / Vird / Qutb / Avtod / Murid / Pir / Aqtob / Chilton / Shayx. / Sufism / Zuhd / Asceticism / Zikr / Vird / Qutb / Avtod / Murid / Pir / Aktab / Chilton / Sheikh.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ahrorbek Abduraxim O’G’Li G’Aniyev, O’G’Iloy Olimjon Qizi G’Aniyeva

Mazkur maqolada Tasavvuf tushunchasi, uning mohiyati, tariqat yo‘nalishlari o‘rganilgan. Shuningdek, Naqshbandiya tariqati va uning o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan. Bundan tashqari, maqolada “komillik” tushunchasining tasavvuf tariqatlaridagi ahamiyati qiyosiy tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIRECTIONS OF SUFISM METHOD AND SPECIFIC FEATURES OF NAKSHBANDIYA

This article explores the concept of Sufism, its essence, and the directions of the sect. The Naqshbandi sect and its peculiarities are also revealed. In addition, the article provides a comparative analysis of the importance of the concept of "perfection" in mystical teachings.

Текст научной работы на тему «TASAVVUF TARIQATI YO‘NALISHLARI VA NAQSHBANDIYA TARIQATINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI»

TASAWUF TARIQATI YO'NALISHLARI VA NAQSHBANDIYA TARIQATINING O'ZIGA XOS JIHATLARI

Ahrorbek Abduraxim o'g'li G'aniyev

O'zMU magistranti. Email: axrorbekganiyev@gmail.com

O'g'iloy Olimjon qizi G'aniyeva

Farg ona viloyati Oltiariq tumani 33-maktab o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Tasawuf tushunchasi, uning mohiyati, tariqat yo'nalishlari o'rganilgan. Shuningdek, Naqshbandiya tariqati va uning o'ziga xos jihatlari ochib berilgan. Bundan tashqari, maqolada "komillik" tushunchasining tasawuf tariqatlaridagi ahamiyati qiyosiy tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: So'fiylik, Zuhd, Zoxidlik, Zikr, Vird, Qutb, Avtod, Murid, Pir, Aqtob, Chilton, Shayx.

DIRECTIONS OF SUFISM METHOD AND SPECIFIC FEATURES OF

NAKSHBANDIYA

Ahrorbek Abdurakhim ogli Ganiev Ogiloy Olimjon kizi Ganieva

Master student, National University of Teacher of School 33

This article explores the concept of Sufism, its essence, and the directions of the sect. The Naqshbandi sect and its peculiarities are also revealed. In addition, the article provides a comparative analysis of the importance of the concept of "perfection" in mystical teachings.

Keywords: Sufism, Zuhd, Asceticism, Zikr, Vird, Qutb, Avtod, Murid, Pir, Aktab, Chilton, Sheikh.

Komillik - bugungi kun insonlari uchun qadrli va kerakli bo'lgan tushuncha. Har bir inson umri davomida erishgan tajribalari, bilimlari, ko'nikmalari asnosida hayot kechiradi. U o'z hayot yo'lini va bu yo'lda sodir etgan barcha a'mollarini o'zicha baholaydi. O'zga insonlarning bildirgan ijobiy fikrlari yoqimli, albatta, lekin tanqid hamisha ham hammaga yoqavermaydi. Inson hayoti davomida goho bilib, goho bilmay, juda ko'p xato va gunoh ishlarni sodir etadi. Bu esa ayrim hollarda jiddiy

Uzbekistan Email: axrorbekganiyev@gmail.com

Oltiarik district of Fergana region

ABSTRACT

KIRISH

muammolarga sabab bo'lishi mumkin. Bunday vaziyatlardan saqlanish uchun komillikka erishish lozim.

Xalq hamisha komillikka intilib, yaxshi niyatlar bilan yashaydi. El-yurtga naf keltirishni oilasini mustahkam, o'z turmushini obod qilishdan boshlaydi. Bu ezgu yo'lda milliy qarashlar va an'analarga suyanadi, bobomeros qudratdan kuch oladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tarixiy yondashuv, tizimlilik, vorisiylik va qiyosiy tipologik tahlil tadqiqotning metodologik asosini tashkil etadi. Komillik, komil inson goyal arming dastlabki kurtaklari tasavvuf tariqatlariga borib taqaladi.Unga ko'ra inson shariat, ma'rifat, tariqat va haqiqat orqali komillikka erishadi.

Tasawuf tariqatlari insonlarni ruhan poklanishga, halolikka, haqiqat yo'lidan yurishga, undovchi insoniy, axloqiy tamoyillarni shakllantiruvchi yo'ldir. Tarixdan ma'lumki, ushbu yo'l asosida yashagan, insonlarni to'g'ri yashashga chorlagan, insonlar hayotini, faoliyatini, yengillashtirgan, ularga naf keltirgan ne-ne buyuk siymolar mavjud. Ularning hayot faoliyati ibrat maktabi vazifasini o'taydi.

Bu kabi ajdodlarga misol qilib buyuk sarkarda, Temuriylar davlati asoschisi -Amir Temur xazratlarini, o'z davrida valiy darajasida uluglangan xazrat Xoja Ubaydulloh Axrorni, g'azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hazratlarini keltirish mumkin. Tasawuf tariqatlari tarixiga nazar solinsa, undagi goyalar, ta'limotlar necha asrlar davomida axloq singari zamon o'zgargani sayin u ham sayqallanib, takomillashib borgan. Quyida ushbu tarixiy jarayonga qisqacha to'xtalib o'tiladi.

Zamoni saodatda va undan keying dastlabki vaqtlarda aqoid, fiqh kabi islomiy ilmlar qatori tasawuf ham alohida ajralib chiqmagan edi. U davrdagi musulmonlar Rasululoh sallohu alayhi vasallamning hayotlik chog'larida barcha narsada u zotning o'zlariga ergashar edilar. Keyinchalik esa sahobalar o'zlari Qur'on va sunnatdan kerakli xulosalarni olib, amal qilib yurdilar. O'sha paytda ruhiy kamolotga, zikr va zohidlikka moyil zotlar turli oyat va va hadislardan o'zlari uchun dalil topib, mazkur ishlarni o'z hayotlariga tatbiq qildilar.

Bu borada sahobai kiromlar ichida to'rt roshid xalifa, Abu Zar G'ifforiy, Abdulloh ibn Amr, Abu Dardo, Abdulloh ibn Abbos, Abdulloh ibn Umar, Salmon Forsiy, as'hobi suffa roziyallohu anhum va boshqalar ko'zga ko'ringan edilar. Tobeinlar avlodi esa boshqa barcha ilmlar qatori, ruhiy tarbiya va nafsni jilovlash ilmini ham sahobalardan qabul qilib oldilar[l], Ular orasidan tasawuf yo'nalishini belgilashda va uning ilm sifatida shakllanishiga o'zlarining katta hissalarini qo'shgan zotlar yetishib chiqadilar. Bulardan Uvays Qa'raniy, Hasan Basriy, Said Ibn Musayyab, Ja'far Sodiq va boshqa barchalarini e'tirof etib, zikr qiladilar. Ushbu

tasawuf namoyondalari ruhiy kamolot ilmini rivoji yo'lida, Qur'oni karim va Payg' arribar alayhissalom sunnatlari asosida targ ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirdilar.

Tasawuf, so'fiylik - islomda insonni ruhiy va axloqiy jihatdan komillik sari yo'llovchi ta'limot. Tasawuf so'zining o'zagi va mazmuni haqida olimlar turli fikr va tahminlar bildirishgan. Ular ichida Ibn Xaldunning fikri haqiqatga yaqin deb e'tirof etilgan. U "Muqaddima" asarida tasawuf "suvf' - "jun", "po'stin" so'zidan olingan bo'lishi kerak, zero qadimdan tarki dunyo qilgan zohidlar jundan to'qilgan kiyim yoki po'stin kiyib yurishni odat qilganlar, bu bilan ular bashang kiyinib yuruvchi ahli dunyolardan farqli hayot tarzini o'zlarida namoyon etganlar, deydi[2], Tasawuf va "so'fiy" so'zlari IX asrning boshlarida yashagan Abu Hoshim So'fiydan boshlab joriy etilgan. Undan oldingi davrlarda bu atama o'rnida "zuhd" ("zohidlik", "tarkidunyochilik"), "taqvodorlik", "parhezkorlik" kabi so'zlar ishlatilgan. Ibn Xaldunning fikriga ko'ra, sahobalar, tobeinlar va ulardan keyingi asr kishilarida hidoyat, ibodat, taqvo va zohidlik kabi his-tuygular mujassam bo'lgan. Lekin hijratning II asri va undan keyingi davrga kelib, odamlarning ko'pchiligida mazkur xususiyatlar o'rnida dunyoparastlik, din ishlariga beparvolik, kibr va riyokorlik kabi salbiy xususiyatlar paydo bo'la boshlagandan keyin obidlik va zohidlikni ixtiyor qilgan bir guruh kishilar tasawuf va so'fiylik nomi bilan ajralib chiqqanlar. Tasawuf turlicha talqin qilingan. Masalan: Ma'ruf al Karxiy (815 y.v.e.) fikricha, "tasawuf - haqiqat sari intilish, odamlardan ta'magirlik qilmaslik va faqirlikni ixtiyor etishdir". Zunnuni Misriy (859 y.v.e.), "So'fiy boylik istab o'zini charchatmas va yo'qotgan boyligiga achinib, bezovta bo'lmas", desa, Junayd al Bagdodiy (909 y.v.e.) "tasawuf - qalbni sof tutmoq, tug'ma zaiflik va noxush axloqlardan forig' bo'lib, hayvoniy va nafsoniy tuygular ustidan g'alaba qilmoq", deb ta'rif bergan. Yana u "tasawuf bir uy bo'lsa, shariat unga kiradigan eshikdir", degan. So'fi Olloyor bu ta'rifni quwatlab: Shariatsiz kishi uchsa havog'a, Ko'ngil berma aningdek xudnamoga, deb yozadi. Misirlik olim Ibrohim Basyuniy "Islomda Tasawufning paydo bo'lishi" kitobida hijriy III va IV asrlarda yashab o'tgan olimlarning tasawuf haqidagi 40 ta ta'rifini keltiradi[3],

Tasawufda tasawufning o'ziga xos istilohi mavjud. Masalan, tasawuf ilmidan saboq beruvchi shaxs - shayx, murshid, pir, eshon, xoja, mavlo, mavlono, maxdum kabi unvonlar bilan tanilgan.

Tasawufdan saboq oluvchi shaxs - murid, solik, ahli dil, ahli hol, mutasawif kabi nomlar bilan atalgan. Tasawuf bo'yicha oliy maqomlarga erishgan sohibkaromat pirlar - valiy, avliyo, qutb, aqtob, avtod, chilton, abdol, abror, ahror, nujabo, nuqabo, siddiq, g'avs kabi so'zlar bilan ifodalangan. Tasawuf ahli ba'zan oshiq, faqir, haqir, darvesh, qalandar, zohid, orif, devona, ahli muhabbat, ahli suluk, rijolul g'ayb, savdoyi, gado kabi atamalar bilan ham ifoda etilgan. Tasawuf istilohi asosida ijod etgan shoirlar

majoz uslubini tanlashgan. Shuning uchun haqiqat, majoz, tashbeh, istiora kabi mantiqiy qoidalardan boxabar bo'lmagan kitobxon Navoiy, Fuzuliy, Atoyi, Umar Xayyom kabi mumtoz adabiyot namoyandalarining she'rlarini to'la anglashi qiyin kechadi. Tasawuf tarixida ko'p olimlar tasawufga doir so'zlar izohiga bagishlangan 1 tig' at va qomuslarni yozib qoldirishgan. Ulardan ayrimlari O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar fondida saqlanmoqda.

Tasawuf tariqatlarining insoniyat ma'naviyatini yuksaltirishga qo'shib kelayotgan benazir hissasi butun dunyo xalqi tomonidan e'tirof etilsada, ba'zan islom olamida tasawufga salbiy nazar bilan qarash, uning tariqatlari, mashoyixlar va karomatlarini inkor etish ko'zga tashlanadi. Burhoniddin al Biqoiy (1406-1480)ning "Tasawuf inqirozi", Abdurahmon Dimashqiyaning "Naqshbandiya tahlili" kitobi va boshqa kitoblarda tasawufning barcha tariqatlari va ularga doir asarlar hamda mashoyixlar qattiq tanqid qilingan. Mustaqillik yillaridan beri O'zbekistonda tasawuf tariqatlarini o'rganish, unga doir asarlarni tarjima qilish, atoqli mashoyixlarning maqbaralarini qayta qurish va ta'mirlashga ahamiyat berilmoqda. Shuningdek, tasawuf tariqatlariga mansub pir-u komillar: Hakim Termiziy, Najmiddin Kubro, Abduxoliq Gijduvoniy, Xoja Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Xoja Axror Valiy, Shayx Zayniddin, Zangi ota, Shayx Xovandi Tohur kabi valiylarning hayot va ijodlarini chuqur o'rganish, qoldirgan asarlaridan xalqni bahramand etish borasida muayyan ishlar qilinmoqda. Tariqatlar, tasawuf va mutasawiflar tarixini o'rgangan olimlardan biri Abu Nuaym o'zining "Xulyatul avliyo" kitobida tasawuf bilan mashhur bo'lgan tobeinlardan ikki yuz kishini tarjimayi holini keltirgan. Taba'a tobe'inlar avlodida Fuzayl ibn Iyoz va Ibrohim ibn Adham boshliq ko'plab so'fiylar yetishib chiqdilar. Asta-sekin ruhiy tarbiya ustozlari yetishib chiqa boshladi. Ularning atrofida shogirdlari va o'z jamoalari ham paydo bo'la boshladi. Bora-bora ular boshqalardan ajralib turadigan o'z belgilariga ham ega bo'ldilar. Keyinchalik bir ustozning ruhiy tarbiyasini olib, o'sha tarbiyani hayotiga tatbiq qilib yurgan jamoa a'zolarining tutgan yo'lini "Tariqat" deb nomlash odat tusiga kirdi. Zotan, "Tariqat" arabcha "toriyq" - "yoT" so'zidan olingan bo Tib, ham moddiy, ham ma'naviy yo'lni ifoda etadi.

NATIJALAR

Har bir tariqatning ustozi o'z shogirdlari tomonidan "shayx" deb e'tirof qilinadi. Har bir shayx o'z tariqatining Qur'on va sunnatga muvofiq ekanini, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o'zlaridan olinganini isbotlashi kerak edi. Buning uchun har bir shayx o'z ustozining va ustozining ustozini ruxsatlarini isbotlab, silsilasini Rasululloh solallohu alayhi vasallamga bogTashga harakat qilardi. Bu ma'noda ahli tasawufning silsilasi huddi muhaddislarning sanadiga va faqihlarning

mazhabiga o'xshab ketardi. Albatta, har bir tariqatning asli Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga borib taqaladi. Shu sababli uning tomirlari uzun hisoblanadi. Ammo ma'lum shayx nomi bilan mashhur bo'lgan katta tariqatlarning aksari hijriy V va VI asrlarga to'gri keladi. Bundan esa aynan o'sha asrlarda tasawuf o'z ravnaqining cho'qqisiga erishganini bilish mumkin. Quyida shu davrlarda paydo bo'lgan va taraqqiy etgan tariqatlarga misollar keltiriladi.

l.Rifo'iya tariqati.

Bu tariqat o'z asoschisi Ahmad ibn Ahmad Rifo'iy rahmatullohi alayhning nomi bilan atalgan. U kishi Iroqda Basra bilan Vosit orasidagi Ummu Ubayda qishlog'ida hijriy 512 sanada tavallud topgan. Yoshligida otasidan erta yetim qolib, tog'asining tarbiyasini oigan. Avval Shofe'iy mazhabi bo'yicha fiqhni o'rgangan. Togasidan tassawuf bo'yicha ta'lim olib, keyinchalik uning o'rniga tariqat shayxi bo'lib yetishgan. Ahmad ibn Ahmad Rifo'iy rahmatullohi alayhi hijriy 578 sanada vafot etgan.

2.Shoziliya tariqati.

Bu tariqat Abul Hasan Shoziliy rahmatullohi alayhiga nisbat berilgan. U kishi hijriy 593 sanada tug'ilib, hijriy 656 sanada vafot topgan. Abul Hasan Shoziliy rahmatullohi alayhi olim, obid, zohid va va mashxur so'fiylardan bo'lgan. U kishi Tunis, Misr, Iroq va Makka shaharlariga ko'p marotaba safar qilgan. Qohiraning Komiliya madrasasida qozi Iyozning "Shifo" kitobini, "Risolai Kushayriya", "Al-Muxarrar al vajiyz"ni talabalarga o'qitgan. U kishi uzlatni va maxrumlik hayotini o'ziga loyiq ko'rmagan. Odamlarga aralashib, dunyo ne'matlaridan bahramand bo'lib yashagan.

3.Qodiriya tariqati.

Bu tariqat o'z muassisi Abu Muhammad Muxyiddin Abdul Qodir Jiyloniy rahmatullohi alayhining nomi bilan atalgan. Abdul Qodir Jiylony rahmatullohi alayhi hijriy 470 sanada BagModda tavallud topib, hijriy 562 sanada o'sha yerda vafot etgan. U kishi mashhur faqih bo'lib, ham shofe'iy, ham hanbaliy mazhabi bilan fatvo berar

4.Mavlaviya tariqati.

Mavlono Jaloliddin Rumiy rahmatullohi alayhiga nisbat berilgan bu tariqat Onado'lida keng tarqalgan edi. Mavlono Jaloliddin Rumiy rahmatullohi alayhi hijriy 604 sanada tavallud topgan. U kishining nasabi ota tomondan Abu Bakr Siddiqqa, ona tarafdan Movarounnahrda hukm surgan Xorazmshohlar sulolasiga borib taqaladi. U kishi juda ko'p safarlardan keyin Sulton Alouddin Saljuqiyning poytaxti Ko'niya shahrida uzoq vaqt yashab, o'sha yerda vafot etib dafn qilingan[4],

5.Yassaviya tariqati.

Bu tariqat ulug' mutasawif Xoja Ahmad Yassaviy rahmatullohi alayhining nomi bilan atalgan. U kishi hijriy 562 sanada vafot etgan. Xoja Ahmad Yassaviy rahmatullohi alayhi shayx Yusuf Hamadoniyning xalifalaridan bo'lgan. U kishi Buxoroda tahsil oigan. Yassaviylik tariqati silsila jihatidan naqshbandlikka aloqadordir. Bu tariqatda zikr jahriy bo'ladi.

ó.Naqshbandiya tariqati.

Manbalar asosida Bahouddinning tavalludi hijriy 718 yili muharram oyida va rihlati hijriy 791 yili robi'ul awal. oyining 3 sanasi, dushanba kechasi ekanligi ko'rsatilgan. Bahouddinga tarbiya bergan ustozlar shartli ravishda ikkiga ajratilgan: [5]

1. Bevosita muloqotda bo Tib tarbiya bergan ustozlar.

2. Bevosita uchrashmasdan, ruhlari orqali tarbiya bergan uvaysiy ustozlar. Birinchi guruhga Xoja Muhammad Boboi Samosiy, Xalil Og'a, Amir Kulol, Orif Digtaroniy, Qusam Shayx va hadisshunoslikni o'rgatgan ustozlari kiritiladi. «Rashohot»da Bahouddin Amir Kuloldan so'ng Orif Digtaroniy va Qusam Shayxdan va «keyinchalik esa Xalil Otadan tarbiya oigan», deyilgani voqealar mantiqiga mos kelmaydi. Chunki «Maqomot»da Naqshbandning o'zi keltirgan naqli bu voqeaning boshqa tarzda boTganligini ko'rsatadi:

Bahouddin Samosiydan keyin Samarqanddagi shayxlardan ta'lim oladi. Keyin tushida Hakim ota Sulaymon Boqirg'oniyning ishorasi bilan turk shayxlaridan Xalil Otadan 12 yil saboq oigan. Keyin Amir Kulol, 7 yil Orif Digtaroniy, 5 oy Qusam Shayxdan tarbiya oigan. Ammo haqiqat yuzasidan shuni ta'kidlash lozimki, Bahouddin Uvaysiy bo'lgan va G'ijduvoniydan tarbiyat topgan. Naqshbandiyning Uvaysiyligini o'zidan oldin o'tgan G'ijduvoniy (vafoti 1180 yoki 1220) ruhi va madadidan tarbiyat topganligi bilan izohlanadi. Manbalar tahlili asosida xojaning birinchi ruhiy holatining o'zgarishiga sabab Xoja Ali Romitaniy ruhi bo'lganini, uning Naqshband o'zini «Biz Hazrat Azizonning muridimiz» deb ta'kidlagan. Uning tushida Boqirg'oniy (vaf. 1186) ruhi ishorat qilgani va u Xalil Ota tarbiyasini olganini, shundan keyin Xojai Jahon ruhiyati tarbiyasida bo'lganini yozgan.

Naqshband buyuk mutasawif Mansur Halloj (858) ruhidan ham ta'lim oigan. Naql qilinishicha, u aytgan: «Talab ayyomlarida Mansur Halloj sifati ikki marta menda tug'yon urdi. Bir dor bor edi. Ikki marta o'zimni dor ostiga yetkazdim va dedi: «Joying mana shu dordir». Tangri inoyati bilan bu maqomdan o'tib keta oldim». Naqshband buyuk so'fiylar Boyazid Bastomiy (vaf. 875), Junayd Bag'dodiy (vaf. 910), Shibliy (861) ruhiy olamidan ham bahra oigan, lekin ular maqomida qolmagan.

Manbalarda keyingi ruhiy tarbiya bergan valiy Xoja Hakim at-Termiziy ekanligi ko'rsatilgan. Hijriy 789 yilda Bahouddin shunday degan: «Yigirma ikki yildirki, biz Hakim at Termiziy tariqatiga ergashamiz va ular besifat edilar. Agar biror kishi bilsa men ham bu zamonda besifatdurman». Yana Naqshband Xavazan

Qushayriy (986) va Fariduddin Attor (vaf. 1220) ruhiyatidan tarbiya oigan. Maqomotda yozilishicha, u aytar edi: «Bizning sulukimiz tariqatda Imom Qushayriy va Shayx Attor aytgan so'zlariga juda muvofiq keladi»[6],

MUHOKAMA

Manbalardan ma'lum bo'ladiki, Naqshbandga Abu Ali al-Horis Muhosibiy (781), Abu Sayid Abulxayr (967), Abdulloh Ansoriy (1006) va Abdulqodir Giloniy (1077-1166) kabi valiylar ruhiy ta'sir etgan. Bahouddinning «Avrod» asari bor. Avrod «vird» so'zining ko'pligidir. Virdni Trimingem uch mazmunda: «a) tariqat; b) maxsus dúo; v) tariqatning zaruriy duosi» deb talqin etgan. Virdning tariqat ma'nosida kelishi uning bu yo'lning asosini tashkil etuvehi duolar tizimi ekanligini anglatadi. «Vird tariqat so'zining sinonimi bo'lib, xizmat qilish zarur bo'lgan yo'lni anglatadi. Shuning uchun muayyan shayxning virdiga ergashish shu tariqat yo'liga ergashish demakdir». Vird tariqatga kirishda ahd marosimida bu yo'lga kirayotgan kishiga tasbeh bilan birga topshirilgan va kamolot darajalariga muvofiq o'qishga ijozat berilgan. Trimingem islomdagi tariqatlarni tahlil etib, «Barcha tariqatlar o'zining shaxsiy, o'z rahbari ijod etgan avrodiga ega bo'lgan. Unda tariqatning xususiyati o'z aksini topgan», - degan xulosaga kelgan. Tadqiqotchi Naqshbandning «Avrod» nomli asari Naqshbandiya tariqatining xususiyatlarini aks ettiruvehi muhim manba degan xulosaga keladi.

«Avrod»da butun borliq yagona ilohiy asosga ega bo'lgan ikki olamdan iborat, deb qaraladi. Bu olamlarning biri «amr», ikkinchisi «xalq» deb nomlanadi. «Amr» -Tangrining amri bilan yaratilgan birlamchi, abadiy va asosiy olam, «xalq» esa shu amr olamining tadrijiy rivojlanishi natijasida vujudga kelgan mavjudotlar olamidir. Ikkinchi olamning asli amr olami bo'lib, u o'zgaruvchan va foniydir. Shu bilan birga, Bahouddin jami borliqni «g'ayb» va «shahodat» olamlariga ajratadi. «G'ayb» ko'zga ko'rinmaydigan farishtalar, jinlar va boshqa ilohiy quwatlar olami. «Shahodat» insoniyat guvoh bo'lib turgan zohiriy olam. Bahouddinning fikricha, «shahodat» olamiki inson o'z hissiyotlari va aqli orqali o'rganishi mumkin. Ammo Tangri O'zi istagan kishigagina g'ayb olami sir-asroridan boxabar bo'lish imkoniyatini laduniy bilimlaridan berishi mumkin.

Hazrat Bahouddin rahmatullohi alayhi butun umr bo'yi o'z muridlarini sunnati Muhammadiyya yo'lida tarbiyalab o'tdi. Uning huzurida o'n minglab muridlar kamol topdi. Shoh Naqshband rahmatullohi alayhining tariqati hozirgi kunda ham dunyoning ko'p yurtlarida keng tarqalgan[7],

Shayx Abdulloh Dehlaviy Naqshbandiya tariqati haqida quyidagilarni yozadi: "Bu tariqat Haq taoloning huzurida doimiy hozirlikdir, Islom aqidasini, Ahli sunna val jamoa aqidasini mustahkamlashdir va Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga ergashishdir".

Naqshbandiya tariqatida hozirgi zamon kishisida go'zal axloqni tarbiya qilish, haq yo'liga chinakam halollikka, pokiza rostgo'ylik, mehr-shavqat odamiylik va vatanparvarlik ruhi bilan sug'orilgan so'fiylik taTimotini singdirishning o'ziga xos imkoniyatlaridan foydalanilgan. Inson yashab turgan muhitda nozik ruhiy imkoniyatidan foydalanish orqali uning o'z-o'zini tarbiyalash, o'zini nazorat qilish, ruhiy va jismoniy boshqarish mexanizmlarini ishga solish tufayli unda ezgu sifatlarni singdirish tizimi ishlab chiqilgan. Insondagi salbiy xislatlardan holi bo'lish, ezgu halol, adolatli xulq-atvorni taribiyalashda rashxalar va ularni xufíya zikr orqali amalga oshirish insonni haq yo'liga intilishi orqali o'zini poklash tizimi hisoblanadi.

XULOSA

Yuqoridagi fikrlardan shuni xulosa qilish mumkinki, tasavvuf islom shariati talablarini ham ixlos bilan bajargan holda zuhd, taqvo, kamtarlik kabi oliyjanob fazilatlarni o'zida mujassam etib, nafsni poklash yo'li bilan komil inson darajasiga erishishga harakat qilishdan iborat. tasawuftariqatlari axloqiy Naqshbandiya ta'limoti goyalari insoniyatni kamolotga yetaklaydi va tanazzuldan asraydi. Olib borilgan tadqiqot natijalarining ko'rsatishicha, Bahouddin Naqshbandning ta'limiy-axloqiy merosidan maqsadga muvofíq hamda samarali foydalanish, alloma g'oyalarini o'rganish jarayonida o'quvchi va talabalarning yosh psixologik xususiyatlarini hamda qiziqish va ehtiyojlarini inobatga olish, alloma qarashlari mohiyatidan to'laqonli xabardor bo'lishlari o'rganilayotgan muammoning ijobiy yechimga ega bo'lishini ta'minlaydi.

Bahouddin Naqshband ta'limiy-axloqiy merosi g'oyaviy diniy, falsafiy, madaniy ta'lim-tarbiya ildizidir va milliy istiqlol mafkurasining bosh g'oyasi ozod va obod Vatan, erkin va faro von hayotni ta'minlashga xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR RO YXATI

1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tasavvuf haqida tasawur. Toshkent. Hilol, 2019. - B 4.

2. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tasavvuf haqida tasawur. Toshkent. Hilol, 2019. -B 5.

3. A. Sh. Juzjoniy. Tasawuf va inson. Toshkent. 2001. -B. 9.

4. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tasavvuf haqida tasawur. Toshkent. Hilol, 2019. - B 7.

5. Buxoriy Sadriddin Salim. Bahouddin Naqshband yoki yetti pir. Buxoro. 2006. -B. 14.

6. Voxidov R., Maxmudov M, Azimov Yu. Ulug' Xojaning ibrat va hikmatlari. Pedagogik mahorat, 2005. 1-son. -B.

7. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tasavvuf haqida tasawur. Toshkent. Hilol, 2019. -B 8.

REFERENCES

1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tasavvuf haqida tasawur. Toshkent. Hilol, 2019. - B 4.

2. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tasavvuf haqida tasawur. Toshkent. Hilol, 2019. -B 5.

3. A. Sh. Juzjoniy. Tasawuf va inson. Toshkent. 2001. -B. 9.

4. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tasavvuf haqida tasawur. Toshkent. Hilol, 2019. - B 7.

5. Buxoriy Sadriddin Salim. Bahouddin Naqshband yoki yetti pir. Buxoro. 2006. -B. 14.

6. Voxidov R., Maxmudov M, Azimov Yu. Ulug' Xojaning ibrat va hikmatlari. Pedagogik mahorat, 2005. 1-son. -B.

7. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tasawuf haqida tasawur. Toshkent. Hilol, 2019. -B 8.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.