Научная статья на тему 'Kichik yoshdagi o‘quvchilarda ma’naviy-ahloqiy tarbiyani shakllantirishda ona tili imkoniyatlaridan foydalanish'

Kichik yoshdagi o‘quvchilarda ma’naviy-ahloqiy tarbiyani shakllantirishda ona tili imkoniyatlaridan foydalanish Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1250
181
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Vatan / tarbiya / ma’naviyat / ahloq / til / ona tili / millat / xalq / maktab / bola / ta’lim / boshlang‘ich ta’lim / Motherland / upbringing / spirituality / morals / language / mother tongue / nationality / the public / school / child / education / primary education

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — T. Z. Sulaymonova

Ushbu maqolada kishi kamolotida tarbiyaning tutgan o‘rni va aynan kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ma’naviy-ahloqiy tarbiyasida ona tilimizning boy imkoniyatlaridan foydalanib, ularni boy ma’naviyatli teran ahloqli qilib voyaga yetkazish masalalari haqida mulohaza yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Using the opportunities of mother tongue in creating spiritualmoral upbringing for young students

In this article it has been dicussed about the importance of morher language for person’s maturity and raise them with deep moral qualities by using wisely the rich sources of mother language.

Текст научной работы на тему «Kichik yoshdagi o‘quvchilarda ma’naviy-ahloqiy tarbiyani shakllantirishda ona tili imkoniyatlaridan foydalanish»

Kichik yoshdagi o'quvchilarda ma'naviy-ahloqiy tarbiyani shakllantirishda ona tili imkoniyatlaridan foydalanish

T.Z.Sulaymonova, Jizzax davlatpedagogika instituti

Annotatsiya - Ushbu maqolada kishi kamolotida tarbiyaning tutgan o'rni va aynan kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning ma'naviy-ahloqiy tarbiyasida ona tilimizning boy imkoniyatlaridan foydalanib, ularni boy ma'naviyatli teran ahloqli qilib voyaga yetkazish masalalari haqida mulohaza yuritiladi.

Kalit so'zlar - Vatan, tarbiya, ma'naviyat, ahloq, til, ona tili, millat, xalq, maktab, bola, ta'lim, boshlang'ich ta'lim.

Using the opportunities of mother tongue in creating spiritualmoral upbringing for young students

T.Z.Sulaymonova, Jizzakh state pedagogical institute

Abstract - In this article it has been dicussed about the importance of morher language for person's maturity and raise them with deep moral qualities by using wisely the rich sources of mother language.

Keywords - Motherland, upbringing, spirituality, morals, language, mother tongue, nationality, the public, school, child, education, primary education.

Odamzot dunyoga kelibdiki, hayoti davomida doimiy ravishda ma'lum bir narsalarga his-tuyg'ularga ehtiyoj sezadi va ushbu ehtiyojlarini o'zi bilib-bilmagan holda ba'zan qisman, ba'zan esa to'liq bir shaklda to'ldirib yashaydi. Shunday ekan, inson umri mobaynida dastlab o'zi bilmagan holda keyinchalik esa shaxsan o'zi ongli ravishda anglagan shaklda qondiri-ladigan ehtiyojlardan biri bu tarbiyadir. Negaki, aynan tarbiyalash bola uchun dastlab anglanma-gan shaklda ota-ona va boshqa mas'ul shaxslar tomonidan amalga oshirilsa, keyinchalik bola ulg'ayganidan so'ng ongli jarayonga aylanadi, chunki bola o'z aqlini tanib boshlagandanoq o'zini ma'lum narsalardan torta boshlaydi, bu uning yurish- turishida xulqida namoyon bo'ladi. Tarbiyaning shunday turi mavjudki, u shaxsni boshqalardan ajratib turuvchi yetakchi mezonlardan biri sifatida xizmat qiladi va inson unga umri davomida ehtiyoj sezib shu ehtiyojini qondirib borishga harakat qiladi. Tarbiyaning bunday turi ma'naviy-ahloqiy tarbiya deb ataladi va uning bosh g'oyasi ma'naviyat, ahloq, tarbiya so'zlari negizidan kelib chiqadi. Bu so'zlarga o'zbek tilining izohli lug'atida

quyidagicha ta'rif beriladi.

Ma'naviyat - moddiy hayot bilan yonma-yon yuradigan, xalq va jamiyat hayotining ajralmas qismi bo'lgan ijtimoiy hodisa. Bu tushunchaga Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov shunday ta'rif beradi: "Ma'naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg'ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining me'zonidir."[1] Ahloq - kishi-ning tabiati, muomala xatti-harakat odobi.[1] Tarbiya - rivojlantirish, parvarish qilish, o'stirish, o'rgatish, ilm berish. Ta'lim, ahloq-odob va shu kabilarni o'rgatib singdirib insonni voyaga yetkazish.[ 1]

Har bir kasbning o'z quroli bo'lganidek ma'naviy-ahloqiy tarbiyaning qurollaridan biri bu so'z - o'z ona tilida jaranglagan so'zdir. Bu fikrga kelishimizga sabab, aynan ma'naviyati-miz va ahloqimizni sayqallab, yuksaltirib borayotgan har qanday vosita, avvalo, ona tilimizda shakl-u shamoyil oladi. Shundan ekan ona tilimizda ruhiy qudrat bor.

Yosh avlodda milliy ruhni, vatanga, onaga

bo'lgan muhabbatni shakllantiradigan, uni asrab-avaylaydigan ichki xis tuyg'ular, avvalo, ona tili yordamida singdirilishi hech kimga sir emas, albatta. Buning sababini tilshunos olimlarimiz quyidagicha ifodalaydi: ...Til xalq-ning, millat ruhining betakror va hech zamonda xira tortmas ko'zgusi hisoblanadi. Har bir tilda shu til egasi bo'lgan millatning saviyasi, ruhiyati aks etadi. Shuning uchun ham bolaning tili ona tili sifatida chiqib, ona tili sifatida kamol topgandagina uning shuurida tom ma'nodagi milliy ruh barqaror bo'ladi.[2]

Yosh avlod ma'naviy-ahloqiy tomondan dunyoga kelgan kundanoq tarbiyalanib boradi. Chunki ma'naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash-ning ilk uchqunlari go'dak dunyoga kelib onasini ko'rgan paytdanoq boshlanadi desak mubolag'a bo'lmaydi. Shunday ekan, ona tili bola ongiga ona allasi-yu, ona mehri bilan singadi. Negaki, aynan go'dak uchun ona tili bilan aytilgan ona allasi, uning erkalashlari tarbiyaning bu turiga zamin bo'ladi. Bejizga Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov " Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili - bu millat ruhidir. O'z tilini yo'qotgan har qanday millat o'zligidan judo bo'lishi muqarrar" deb bot-bot ta'kidlamagan. Yuqoridagi so'zlar-ga e'tibor qaratadigan bo'lsak, "O'z tilini yo'qotgan har qanday millat o'zligidan judo bo'lishi muqarrar" - deyilgan. Demakki, o'zligini yo'qotgan millatda aynan ma'naviy-ahloqiy tarbiya yetarli bo'lmasligini yana bir bor anglaymiz. Bejizga biz ona vatan, ona tuproq, ona tili deb atamaymiz, chunki ular kishi hayotida boshqa narsalar bilan tenglab bo'lmay-digan, qiyoslanmaydigan bebaho qiymatga ega bo'lgan tushunchalardir. Kishi uchun kindik qoni to'kilgan joy ona vatan bo'lganidek, ilk bor ma'lum ma'noga ega bo'lgan so'z aytgan tili uning uchun ona tili deb ataladi. Dunyoga keltirgan zot ona, biz tug'ilgan makon Vatan bitta bo'lgani kabi til ham yagonadir. Shuning uchun ham barcha xalqlar o'z tilini ardoqlab ona tili deb ataydi. Kishining vatani, kindik qoni to'kilgan makon, uni o'z vatanida bog'lab turganidek xuddi ona tili ham uning o'zligini eslatib turadi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, har bir narsa kishi uchun ma'lum ma'noda

tarbiyaviy ahamiyatga ega. Shunday ekan biz o'zbek millatining o'z ona tilimiz, o'zbek tili, ham o'zining talaygina tarbiyaviy ahamiyatiga ega. Buni biz tilimizning boy imkoniyatlarida ham ko'rishimiz mumkin. O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani mustaqilligimizga qo'yil-gan ilk qadam bo'lganidek, ona tilini mukammal o'rganish kishining barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun ilk bosqichdir. Bugungi kunda chet tillarini bilish zamon talabi bo'lib borayotgan bir davrda ona tilini bilmasdan hech qanday tilni o'rganish mumkinmasligini alohida ta'kidlab o'tish mumkin. Chunki har qanday chet tilini biz, avvalo, ona tilimiz orqaligina o'rganishimiz mumkin, qolaversa, o'z tilida tushuncha va predmet birligini bilmagan kishi o'zga tilni o'rganishi mumkin emas.

Til - millatning ma'naviy boyligi bo'lishi bilan bir qatorda xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi hamda tarixi hamdir. Bu haqida ustozlarimiz fikriga e'tibor qaratadigan bo'lsak, so'z mulkining sultoni, Alisher Navoiy "Ko'ngil maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalitin so'z bil deb uqtirsa, Abdulla Avloniy "Har bir millatning dunyoda borligini ko'rsata-digan oyinayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo'qotmak milat ruhini yo'qotmakdir" -deb ta'kidlaydi. Shu o'rinda rus tarixchisi Shobelevning ona tilining xalqlar hayotidagi o'rnini anglab "Millatni yo'q qilish uchun u yerga qurol ko'tarib borish shart emas, uning tilini, ma'naviyatini, adabiyotini yo'q qilish kerak, shunda millatning o'zi yo'q bo'lib ketadi" degan fikrini ham keltirishimiz mumkin.

Tilning tarbiyaviy ahamiyati deganda ushbu tilda yozilgan bir-biridan ajoyib yozma manba-larni ham ko'rsatishimiz mumkin. Ularda hayot-ni tarix bilan bog'laydigan hamda ulg'ayayotgan yosh avlodni ajdodlarga munosib avlod sifatida tarbiyalaydigan xususiyat ham borki, ularning barchasi til yordamida yuzaga chiqqan. Negaki aynan shu asarlar orqali til yashab avloddan avlodga o'tib yashab kelmoqda. Farzandlarini ma'naviyatli, ahloqli qilib tarbiyalash qadim zamonlardan dunyo xalqlarining asriy orzusi bo'lib kelmoqda. Bizning buyuk bobolarimiz ham o'z ona tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalangan holda avlodlarga haqiqiy ma'noda tilimiz imkoniyatlarini ko'rsatadigan

va shuning bilan birgalikda ma'naviy-ahloqiy jihatdan dasturul amal bo'ladigan ko'pgina yozma manbalar ham yozib qoldirganki, ular bugungi avlodni ota-bobolariga mos, mard, tanti va eng asosiysi yuksak ma'naviyatli va teran ahloqli qilib tarbiyalashda yetakchi o'rinni egallab kelmoqda. Bunday shoh asarlar qatoriga xalqimiz bilan birgalikda boyib borayotgan og'zaki ijod namunalarimizning gultoji bo'lgan "Alpomish" dostonini kiritishimiz mumkin. Doston va u yozilgan tilning ahamiyatini ustozimiz N.Mahmudov ta'biri bilan aytganda "Alpomish" dostonida o'zbek xalqining ko'hna va hamisha navqiron tili o'zining butun salohiyati bilan jilvalangan.[2] Bundan ko'rinib turibdiki, doston nafaqat o'z g'oyasi bilan, balki o'z tili bilan ham xalq yuragidan chuqur iz olgan.

Bundan tashqari o'zbek adabiy tilining shakllanishiga va yangi taraqqiyot pog'onasiga ko'tarilishiga ulkan xissa qo'shgan buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o'zining shoh asari "Xamsa" ni turkiy tilda yaratib, tilning cheksiz imkoniyati va yuksak qudratini yaxlitligicha namoyon qildi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, dunyoning taniqli yozuvchilari Aleksandr Pushkin o'z asarlarida 21193 ta, Vilyam Shekspir 20000 dan ortiq so'z qo'llagan bo'lsa, Alisher Navoiy 26035 ta so'zdan foydalanib yana bir bor tilimizning boy imkoniyatlarini ko'rsatib yosh avlodga har jihatdan o'rnak bo'ladigan qahramonlar obrazini yaratdi. Ayniqsa, Xamsa dostonlari tarkibiga kiruvchi "Farhod va Shirin" dostoni bosh qahramon-laridan biri Farhod timsolida ma'naviy-ahloqiy jihatdan yetuk, komil inson timsolini yaratib zamonlar osha barchaga o'rnak bo'larli obraz yaratdi.

Zamon rivojlanishi bilan birgalikda til ham o'zga tillardan rang olgan holda boyib, taraqqiy etib boraveradi. Negaki, til turg'un xarakterga ega bo'lmay, bolani zamon talablaridan kelib chiqqan holda tarbiyalash uchun zarur bo'ladi-

gan xarakter kasb etib boraveradi. Hozirda tilimiz o'zining boy imkoniyatlariga tayanib bugungi kun farzandini turli davralarda bo'ladigan muloqotga mos nutq egasi sifatida ham tarbiyalaydi, ya'ni kim bilan qanday muomala qilish, kabi sifatlar ham borki, ularsiz kishi qanotini yo'qotgan qushga o'xshab qoladi. Zero, dono xalqimiz bejizga "Til - dil kaliti" deb uqtirmaydi. Ona tilimiz, o'zbek tilimizning keng imkoniyatlarini ilg'ab rossiyalik tilshunos olima A.M.Kozlyanina "O'zbek tili nafis va musiqa ohangiday jarangdor" deb tan olgani ham bejiz emas, albatta.

Ta'limning dastlabki bosqichi boshlang'ich ta'limda bola voqea-hodisalarni chuqur anglab uni ongida tafakkur qila boshlaydi. Tafakkur esa o'z navbatida til bilan bevosita bog'liq. Biz til vositasida bir-birimizning fikrimizni anglaymiz, narsa va hodisalarning mohiyatini bilib olamiz. Bu jarayonlarning barchasi esa tafakkur vositasida amalga oshadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilishi-miz mumkinki, millatimizning, xalqimizning davomchilari bo'lmish o'sib kelayotgan yosh avlodning ma'naviyatini yuksaltirish, ahloq-odobini takomillashtirishda ona tili va uning davomiyligini saqlovchi, xalqimizning o'zligini saqlaydigan shoh asarlarimizning o'rni beqiyos va biz ona tilimiz o'zbek tilining millatimiz hayotida tutgan ahamiyatini ta'limning ilk bosqichi ya'ni boshlang'ich ta'limdanoq o'quvchilar ongiga singdirib boshlasak, kelajak egalari sifatida tarbiyalanayotgan o'quvchilar o'z tili va o'z vataniga sodiq, ona tilimizning serqirra jilolarini teran anglaydigan hamda uning kelajagiga befarq bo'lmagan shaxslar sifatida yetishishi muqarrar.

Men o'z fikrimni Abdulla Oripovning quyida-gi to'rt misra she'ri bilan yakunlamoqchiman: Ona tilim sen borsan shaksiz, Bulbul kuyin tilga solaman. Sen yo'qolgan kuning, shubhasiz, Men ham to'ti bo'lib qolaman.

OOH^AHAHRnrAH A^ABHËT^AP

[1] O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, O'zbek tilining izohli lug'ati, Toshkent, 2006, (1-2-3-tomlar)

[2] N.Mahmudov, Tilimizning tilla sandig'i, Toshkent, G'ofur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012,150b

References

[1] O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, O'zbek tilining izohli lug'ati, Toshkent, 2006, (1-2-3-tomlar)

[2] N.Mahmudov, Tilimizning tilla sandig'i, Toshkent, G'ofur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012,150b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.