Научная статья на тему '“Matbaai Is’hoqiya” tarixidan'

“Matbaai Is’hoqiya” tarixidan Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
967
415
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
matbaa / toshbosma / noshirlik

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — R. Xolmatov, Z. Ergasheva

Ma’rifatparvar Is’hoqxon Junaydullaxo‘ja o‘g‘li Ibrat ilk o‘zbek noshirlaridan bo‘lib, yangi usul maktablari uchun darslik, o‘quv qo‘llanmalarni nashr qildi. Unda Ibratning noshirlik faoliyati ilmiy usulda yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“Matbaai Is’hoqiya” tarixidan»

"Matbaai Is'hoqiya" tarixidan

R.Xolmatov, Z.Ergasheva, Qo'qon davlatpedagogika instituti

Annotatsiya - Ma'rifatparvar Is'hoqxon Junaydullaxo'ja o'g'li Ibrat ilk o'zbek noshirlaridan bo'lib, yangi usul maktablari uchun darslik, o'quv qo'llanmalarni nashr qildi. Unda Ibratning noshirlik faoliyati ilmiy usulda yoritiladi.

Kalit so'zlar - matbaa, toshbosma, noshirlik.

Is'hoqxon Junaydullaxo'ja o'g'li Ibrat (18621937) da yashagan olim, tilshunos, tarixchi va noshirlik bilan shug'ullangan jadidchi muallim edi. U 1907- yilda o'z xovlisida maktab ochadi, maktab uchun esa o'quv qurollari va darsliklar zarur bo'lgan. 1908-yil Namangan uyezdi To'raqo'rg'on qishlog'ida o'z bosmaxonasi "Matbaai Is'hoqiya"ga asos solib darsliklar, o'quv qo'llanmalari va husnixat yozish namuna-larini nashr etadi. 1910-yilda esa ushbu bosma-xona Namangan shahrining Toraqo'rg'on ko'chasiga ko'chriladi. Dastlab bosmaxonada taklifnomalar hisobxona uchun blankalar, o'quv qurollari va boshqa qog'ozlar chop etiladi. Namangan shahriga ko'chirilgan toshbosma matbaasi Farg'ona vodiysida xronologik jihatdan ikkinchi xususiy matbaa korxonasi bo'lib, o'zbek bosma kitob noshirchiligi vujudga kelishi va rivoj topishida katta ahamiyat kasb etgan edi. Birinchi matbaa marg'ilonlik boy Muhammad Azimhoji Marg'iloniy tomonidan hijiriy1203, milodiy 1884-yilida Qo'qonda ochilgan. Husayn Shamsning "Matbaachilik ham uning qisqacha tarixi" (1933-yil) nomli asarida keltirilishicha Azim hoji Marg'iloniy hajga keta turib Hindistonda bir muddat to'xtab "Muhammadiya" nomli toshbosmadan kitob bosish sirlarini o'rganadi. Haj safaridan qayta turib litografiya mashina sotib olib Qo'qonga o'rnatadi (R.Xolmatov. Muhbir 1982 11-son) Azim hoji Marg'iloniyning birinchi nashri Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" asari bo'lib u Qo'qonda Chorsu dahasida litografik bosmaxonada chop etiladi. Azim hojining yashirin usulda ochilgan bosmaxonasi o't tushib kuyib ketgan, General Gubernatorlik bundan

habar topib bosmaxonani yopib qo'ygan. Azim hoji bosmaxonasi 1886-1887-yillarda Marg'ilon shahrida ish boshlaydi. Undan chiqqan diniy asarlar "Bidon", "Farzi a'yn", "Fauzu najot", "Qofiya" kabi asarlar Qo'qon adabiyot muzeyida saqlanmoqda.

Taraqqiyparvar, ma'rifatparvar shoir, o'z zamonasining yirik tilshunos olimi, iste'dodli xattot, pedagog, otashin publitsist Is'hoqxon Ibrat ayni mahalda ilk o'zbek noshirlaridan biri edi.

Is'hoqxon Junaydullaxo'ja o'g'li Ibrat (Ibrat uning taxallusi) Namangan shahridan uncha uzoq bo'lmagan To'raqorg'on qishlog'ida dehqon oilasida tavallud topdi. Uning otasi Junaydullaxo' ja o' z zamonasining savodxon va madaniyatli kishisi bo'lib, uch tanob yer va chorbog'ga egalik qilar, ularga ishlov berar, shu taxlit o'z oilasini ta'minlab kelar edi. Junaydullaxo'ja adabiyotga qiziqar, "Nodim" taxallusi bilan she'rlar yozgan. Is'hoqxonning onasi Hurbibi savodxon, ziyoli, qo'li gul ayol bo'lib, o'z uyida qishloq qizlarini savdoxonlikka o'rgatar, Turkiston shahar va qishloqlarida odat bo'lganidek otinoyilik qilar edi.

Is'hoqxon boshlang'ich ta'limni avvalboshda onasi qo'l ostida oldi, keyin esa madrasada o'qidi. 1878-yili tahsilni davom ettirish uchun u Qo'qon shahriga keldi. Bu yerda u Muhammad Siddiq Tunqotor madrasasida o'qidi. U madrasa fanlari bilan kifoyalanib qolmasdan, Sharq mumtoz ijodkorlari asarlarini o'rganish bilan mustaqil ravishda shug'ullana boshladi. Arab va fors tillari bilan bir qatorda rus tili, rus adabiyoti asarlarini ham o'rgandi. Rus va o'zbek tillarida nashr etilgan "Turkestanskiye vedomosti" (Turkiston viloyatining gazeti) gazetalarining doimiy o'quvchisiga aylandi. U xattotlik san'atiga qiziqdi va bu san'at sir-asroriga oshno tutindi.

"Lug'ati sitta al-sina" (Olti til lug'ati) va «Jome' ul-xutut» (Xatlar majmuasi) kitoblaridan ma'lum bo' lishicha, u yigirma besh yoshlarga kirgan kezlarda, ya'ni 1887-yilda uzoq davom etgan sayohatga otlangan edi. 1895-yilga qadar u Sharq va G'arbning ko'pgina mamlakatlarida

bo'ldi. O'z sayohati chog'ida Is'hoqxon Ibrat ana shu mamlakatlar xalqlarining hayoti va turmushi bilan yaqindan tanishdi. U ana shu xalqlarning olimlari va shoirlari bilan ularning yashash joyi va diniy e'tiqodidan qat'i nazar, do'stona munosabatda bo'lgan edi. Is'hoqxon Ibrat shunday yozadi: "Begona mamlakatdan bo'lmish savodxon kishini uchratganimda men undan yangi narsalarni bilib olishga, uning bilimlari qanchaligini anglab yetishga harakat qilar edim".

Is'hoqxon Ibratni ayniqsa bu xalqlarning tillari va yozuvlari qiziqtirib qo'ygan edi. "O'z hayotimning salmoqli qismini men ularning yozuvi va tilini o'rganishga baxshida etdim, islom mamlakatlari barcha yozuvlarini o' rgandim - deb yozadi u, - Hindiston, Bombay, Ibroniy (ivrit, eski yahudiycha), suryoniy, yunon, ingliz tillarini o'rgandim" .

Yevropaliklarning madaniy boyliklari, ularda dunyoviy fanlar va texnika yutuqlaridan foydalanilishi Is'hoqxon Ibrat ko'nglida o'chmas iz qoldirdi. Is'hoqxon Ibratning Yevropa madaniyati, fani va texnikasi bilan tanishuvi unga juda ko'p narsalarni taqqoslab ko'rish imkonini berdi. O'z sayohati davomida Is'hoqxon o'zining bo'lg'usi "Lug'ati sitta al-sina", "Jome' ul-xutut", "Farg'ona tarixi", "Tarixi madaniyat", "Mezon ul-zamon" va boshqa ilmiy ishlari uchun qimmatli material to'pladi.

Is'hoqxon Ibratning fan va madaniyat sohasidagi ko'p qirrali faoliyatini yuksak baholagan qo'qonlik shoir, ma'rifatparvar va publitsist Ibrohim Davron shunday yozgan edi: "Is'hoqxon to'ra ulumi diniyya va adabiyyada ustozi komilligi butun Farg'ona va digar jihati Osiyoda ustoda inkor o'lunmas darajada bir mavqei mumtoz tutmishdur. Is'hoqxon to'ra fununi dunyoviyda, bilalshubha, injener, arxitektor, texnika va mexanik va fizikiyya ilminda, telefonist, telegrafist va ximik desak yana ozdur. Chunki bu ilmlarni bilur. Is'hoqxon to'ra, olim va fozil bir zoti oliy o'lib, fazoili insoniyyaga molik. Ba'zi ixtirolari ham bordur".

[4]

Xorijiy mamlakatlar bo'ylab sayohatdan qaytib kelishi bilan Is'hoqxon Ibrat "Lug'ati sitta al-sina" (olti til lug'ati: arab, fors, sanskrit,

turk, o'zbek va rus)ni yaratishga qizg'in kirishib ketdi. Bu asarni 1890-yillar o'rtalarida yozib tugatdi va nashr etish uchun Toshkent shahriga jo'natdi. Chorizm "Nozirlar nazorati"dan butun qattiqqo'lligi va hokimiyatdagi amaldorlarning butun to'ralarcha sansoladorligini yengib o'tib, oradan olti yil o'tgach, nihoyat, 1900-yil 23 sentabrda lug'atni V.M.Ilin ning toshbosma matbaasida nashr qildiradi. Bu qadar kitob nashr qilishning qiyinligini ko'rib o'zi ham bosmaxona ochishni maqsad qiladi.

Mahalliy Turkistonda senzura qo'mitasi bo'lmaganligi barcha masalalar bo'yicha Peterburgga murojaat qilish zaruratini tug'dirar edi. Bosh senzura qo'mitasi esa milliy tillarda yangi kitoblar chop etish va yangi bosmaxona va litografiyalar tashkil qilishni rosa murakkab-lashtirar va muddatlarini cho'zib yuborar, milliy bosma kitob noshirchiligini kamsitish uchun ko'plab byurokratik tuynukchalar qoldirgan edi. Ma'rifat tarqatishga, xalqning madaniy saviyasi va savodxonligini ko'tarishga intilgan Is'hoqxon Ibrat o'z asarlarini chop etish yo'li bilan bu olijanob ishga o'z hissasini qo'shishni astoydil xohlar edi. Bosma kitob noshirchiligi madaniy-tarixiy ahamiyatini teran anglash va o'z lug'atini nashr etish bilan bog'liq bo'lgan ko'p yillik sarson-sargardonlik Is'hoqxon Ibratda shaxsiy bosma kitob noshirligini tashkillashtirish fikrini qat'iylashtirdi.

Is'hoqxon Ibratning xususiy toshbosma matbaasida nashr etilgan "Ilmi Ibrat" to'plamiga kiritilgan "Ta'rixi chopmaxona" she'rida u shunday yozadi: Ming uch yuz yigirma oltida chopmaxona, Ochmoqqa bo'ldi ruxsat va so'z berib zamona,

Maqsad bu ishdan erdi olamga ilm qasri, Ham qo 'ymoqqa asarlar yod ovozi jahona. Is'hoqxon Ibrat sarmoyasini ko'paytirish payida bo'lgan tipografiyalar va litografiyalar sohiblari bo'lmish rus savdogarlari mahalliy boylardan farq qilar, kitoblar nashr etishda mutlaqo o'zgacha, ma'rifatparvarlik maqsad -larini ko'zlar edi.

Litografiya uchun asbob-uskunalarni Is'hoqxon Ibrat 1907-yilda Orenburg shahridan olib keldi. Bu asbob-uskunalar mahalliy savdogar Gaufmandan to'lovni 11 yilda amalga

oshirish sharti bilan sotib olingan edi. Qo'qon shahrigacha asbob-uskunalar poyezdda olib kelingan bo'lsa, Qo'qon shahridan To'raqo'rg'on qishlog'igacha tuyalarda tashilgan. Orenburg shahridan Is'hoqxon Ibrat bir komplekt toshbosma va bir komplekt tipografiya jihozlari olib kelgan. Litografiya ochish uchun Is'hoqhon Ibrat Namangan shahar uyezdiga so'ngra esa Farg'ona viloyatiga bir necha bor so'rovnoma asosida murojat qiladi. Oradan bir yik o'tgach Farg'ona viloyati hokimligi Is'hoqxon Ibratning qanday inson bo'lganligi, rus tilida bilimdonligini va musulmonlar o'rtasida ilmli va madaniyatli bo'lganligi uchun o'z hovlisida bosmaxona ochishga ruxsat beradi.

Ruxsatnoma olinganidan so'ng u toshbosma matbaani uch kishi hamkorligida: o'z davrining shoiri Abdurauf Shahidiy, Husain Makayev va A.Abdusattorboyevlar bilan o'z uyida ish boshlaydi. U sohibining nomi bilan atalgan, ya'ni "Matbaayi Is'hoqiya" (Is'hoqxon bosma-xonasi) deyilgan. Shulardan biri Makayev o'rta Volga bo' yi Kuznetskiy okrugiga qarashli Noviy Mostok qishlog'i farzandi edi. Uni Is'hoqxonning yaklifi bilan "Maktabi ibrat" gar us tilini o'qitish uchun taklif qilingan. Fotiha Makayeva qizi Anisa Makayeva aytishicha, Namanganda birinchi ayol o' qituvchilardan bo'lgan. 1900-yilda Namangan shahriga kelgan Husain Zayniddinovich Makayev (1875—1943) edi. Is'hoqxon Ibrat taklifiga ko'ra Husain Makayev uning yangi usuldagi jadid maktabida muallim bo'lib ishlayotgan edi. 1908-yildan boshlab u toshbosma korxonasida sahifalovchi, keyinchalik esa harf teruvchi bo'lib ishladi. Tipolitografiyaning ikkinchi xodimi Oxundzoda Abdurauf Shahidiy edi. Bu kishi kitoblar noshiri bo'lib, u o'zi haqida ayrim ma'lumotlar qoldir-gan. Jumladan, Is'hoqxon Ibratning "Ilmi Ibrat" to'plamida (1908) "Bayoni manzuriya" degan e'lon berilgan bo'lib, unda shunday ma'lumotlar keltiriladi: "Nashrga tayyorlovchi va noshir "Matbaayi Is'hoqiya" mudiri muhtaram Oxundzoda Abdurauf Shahidiydir".

Bundan tipolitografiya faoliyatining ilk kezlarida Is'hoqxon rahbarlikni Oxundzoda bilan baham ko'rgan edi deb xulosa chiqarish mumkin. Tipolitografiyaning uchinchi xodimi

esa to'raqo'rg'onlik tarjimon Jaloliy bo'lgan.

Dastlabki kezlarda litografiya e'lonlar, taklif-nomalar, yozuv-chizuv jihozlari ishlab chiqar-gan, mayda buyurtmalarni bajargan edi. To'raqo'rg'ondek bir qishloqda tipolitografiya o'z sohibini qarzdorlikdan xalos eta olmas, shuning uchun ham Is'hoqxon Ibrat 1910-yilda uni Namangan shahriga ko'chirishga qaror qildi. 1910-yil 25-yanvarda Is'hoqxon Ibrat viloyat boshqarmasi nomiga o'tinchnoma yozgan, unda Namangan shahri To'raqo'rg'on mahallasida istiqomat qilguvchi Boydadaboy

Matmusaboyev uyiga litografiyani ko'chirib joylashtirishga ruxsatnoma berishni iltimos qilgan edi. Ana shu o'tinchnomada uning korxonasida bitta tipografiya, bitta litografiya dastgohi, 90 pud shrift borligi haqida so'z yuritilgandi. Sardoba mahallasi ahlidan bo'l-mish 1911-yilda Is'hoqxon Ibrat toshbosma matbaasida ishlagan Abdusattor Abduxalilov o' z o'g' li Abdufattohga hikoya qilishicha, tipo-grafiyada yana qo'lda harakatga keltiriluvchi "Amerikanka" dastgohi ham bo'lgan. A.Abduxalilov ana shu mashinada 1913-yilga qadar sahifalovchi, keyin esa harf teruvchi bo'lib ishlagan. Namangan shahrida Is'hoqxon Ibrat bosma va toshbosma matbaasida uch yil ishladi. Biroq tez orada butunlay kasodga uchra-gan Is'hoqxon Ibrat 1915-yilda Namangan shahri ahlidan bo'lmish Nurullaboy Abdusattorovga sotib yuborishga majbur bo'ldi.

Tipolitografiya egasi endilikda Nurullaboy Abdusattorov bo'lib qolganiga qaramasdan, Is'hoqxon Ibrat uning ishida faol ishtirok etaverdi. Kitoblar bu yerda xuddi avvalgidek "Matbaayi Is'hoqiya" markasi ostida chiqarildi. Is'hoqxon toshbosma matbaasida asosan ilmiy, ilg'or ma'rifatparvarlik g'oyalarini keng tarqat-gan kitoblar, risolalar, to'plamlar alohida ishlar nashri amalga oshirilar edi. Binobarin, agar Turkistonning boshqa litografiyalarida asosan o'tgan zamonlar mualliflari asarlari nashr etilgan bo'lsa, bu toshbosma korxonasida esa ko'p hollarda Is'hoqxon Ibratning o'zi va uning zamondoshlari asarlari bosmadan chiqarilganini alohida ta'kidlab o'tish lozim.

1906-yilda Is'hoqxon Ibrat tomonidan yaratilgan, Mirrajab Bandiy tarafidan ko'chiril-gan "San'ati Ibrat qalami Mirrajab Bandiy

Mufradot" (Mirrajab Bandiy qo'li bilan ko'chirilgan Ibrat husnixat san'ati haqida Mufradot kitobi) risolasi chop etildi. 26 sahifadan iborat bo'lgan risola xattotlik san'atiga qiziquvchilar va uni o'rganuvchilar uchun mo'ljallangan. Risolada xattotlik san'ati namunalari berilgan. Kitob noshiri Oxundzoda Abdurauf Shahidiy bo'lgan. Kitob oxirida so'ngi so'z berilgan, unda xaridorlarga murojaat-nomada uning ahamiyati to'g'risida so'z yuritilgan. So'ngi so'zda, jumladan, "Eski usul maktab va madrasalarida ilm olish bilan mashg'ul bo'lganlar, kitoblar adadini ko'pay-tirish bilan qiziquvchilar uchun biz o'zimizning ilk sovg'amizni tortiq etayapmiz", deyilgan.

1908-yilda litografiya "Ilmi Ibrat" she'riy risolasini nashr etdi, unda Is'hoqxon Ibratning yetti she'ri ham e'lon qilingan edi. Bu she'rlar ma'rifatparvarlik mazmunida bo'lib arab, fors va o'zbek tillarida yozilgan.

1910-yilda litografiyadan Husayn Makayev-ning 72 betdan iborat bo'lgan "Ilmi hol" darsligini bosmadan chiqardi. Muallif va noshir Makayevning o'zi bo'ldi. Darslik yangi usuldagi jadid maktablari uchun mo'ljallangandi. Unda bolalarni ta'lim va tarbiya berish uchun ko'pgina tavsiya va maslahatlar berilgan. Kitob so'ngida "Matbaayi Is'hoqiya"da chop etilgan, sotib olish mumkin bo'lgan kitoblar ro'yxati keltirilgan. Ulardan ayrimlariga qisqacha annotatsiyalar ham berilgan.

1911-yilda Is'hoqxon Ibratning "Jome' ul-xutut", "Yozuv umumiy tarixi" (Yozuvlar majmuasi) ilmiy risolasi, jahon xalqlari turli yozuv tizimlarining kelib chiqishi, rivojlanishi va hozirgi ahvoli to'g'risida hikoya qiluvchi kitobi bosmadan chiqarildi. Bu kitobning noshiri Husayn Makaev bo'ldi. Kitobda jahonning qirqdan ziyod qadimiy va zamonaviy alifbelari: finikiya, oromiy, yunon, sanskrit, pahlaviy, yahudiycha kvadrat yozuv, suryoniy, lotin va uning hosilasi bo'lgan hozirgi zamon alifbelari, arman, gruzin, uyg'ur, slavyan va uning turli xalqlarning zamonaviy alifbesi bo'lmish hosila-lari va boshqalar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Is'hoqxon Ibrat zamonaviy fanlar, jahon mada-niy merosini egallashda lotin, ingliz, nemis, fransuz va rus tillarining roli va ahamiyatini alohida ta'kidlab ko'rsatadi.

O'z tadqiqot muqaddimasida Is'hoqxon Ibrat shunday yozadi: «Bu xatlarni boqiy va tarix qarori muddao bo'lib, ham millatimizga yagona bir tarix qoldirmoq niyat etdim:

Asardurki, olamg'a o'ig'ay nishon,

Kishi beasardur ketar benishon.

...Millatga nishona qoldirib ham millatimiz lisoni turkiy uchun umumiy turkiy ilan sartiyya xalqini naf olmoqqa muddao bo'lib, adabiy milliyona qilmay, ravshan turkiy qildim... Jami xatlarga jome' uchun "Jome' ul-xutut" tasmiya etib, o'z xatimiz va o'z tilimiz va o'z matbaamizda tab' qilmoq maqsad bo'lib, ta'bi sharif, aqli raso va qalbi latif, ahli zakolarga peshkash qildim".

Yozuvning ko'plab rang-barang tizimlari yozilishini aks ettirish talab etilgan "Jome' ul-xutut" risolasining bosmadan chiqarilishi noshirlar tomonidan muvaffaqiyat bilan bartaraf etilgan bir qator texnikaviy ko'rinishdagi qiyinchiliklar bilan birga kechgan edi. Bu kitob ham o' zining mundarijasi, ham texnikaviy ijrosi bilan o'sha olis zamonada o'zbek kitobat ishi tarixida noyob bir hodisaga aylandi. Darvoqe, uning noyobligi, basharti, haligacha o'zbek tilida bunday nashrga ega emasligimizni inobatga olsak, hozirgi kunda ham saqlanib qolmoqda.

1908-yilda Namangan shahri ahlidan bo'lmish Hoji Usmonbek zargarning "Ajoyib ul-fozili olam" (Fozillar va olimlarning ajoyib fazilatlari) asari nashr etildi. 72 sahifadan iborat risola chin ma'noda ilmiy-ommabop bir asar edi. Kitob 13 qismdan iborat bo'lib, Turkistondagi yangidan-yangi hodisalar va narsalar haqida so'z yuritiladi, bular: tikuv mashinasi, foto-grafiya, inkubatorlar. Bundan tashqari, unda xalq amaliy san'atining zargarlik ishi, kitobat ishi, sangtaroshlik, misgar va xattotlik hunarlari haqida ham hikoya qilinadi. Kitob so'ngida "Hikoyat" deb nomlangan so'ngi so'z bo'lib, unda muallif o'zi haqida ma'lumotlar beradi. Olim ham, noshir ham emasligi, oltinga sayqal beruvchi zargar ekanligi haqida so'z yuritadi. Bundan tashqari, 60 yillik umri davomida ko'pgina mamlakatlarga borgani, o'z sayohati chog'ida ko'z bilan ko'rganlari haqida hikoya qilib beradi. Is'hoqxon Ibrat o'z maktbi va boshqa maktablar uchun 1909-yili "San'ati ibrat

qalami Mir Rajab Bandiy" nomli (Mufradot husnixat namunasi) risolasini chop etadi.

Makayevning yangi usul maktablarida o'tiladigan darsligini 1910-yili "Matbaai Is'hoqiya"chop etadi. Unda yangi usul maktab-lari uchun dars hajmi, rus va o'zbek tilida iboralar ta'rifi, ularning mazmun-mohiyati kabi masalalarga to'xtaldi. Kitobning noshiri Husayn Makayevning o'zi bo'lgan.

1911-yida o'zbek yozma dramaturgiysining to'ng'ich asari bo'lgan qo'qonlik muallim Abdurauf Samadovning "Mahramlar" pyesasi nashr etiladi. Ushbu asar teatr tarixini o' rgangan professor Mamajon Rahmonovning takid-lashicha, kitob o'zbek drammaturgiyasining ilk namunasidan biri bo'lgan. Ammo undagi g'oya bachchavozlik bo'lgani uchun Mahmudxo'ja Behbudiyning asari birinchilardan deb belgilan-gan. 1912-yilda tatar jirlovchisi (qo'shiqchisi) Komil al-Mute Tuhbatulinning "Katta konsert programmasi yohud libretto" qo'shiqlar to'pla-mi nashr qilinadi. Bu ham darslik bo'lib Hamza Hakimzoda Niyoziyning "Oq gul", "Pushti gul", "Sapsar gul" asarlari kabi ohanglarini "Komil al Mute Tuhbatulindan" istefoda aytganligini ta'kidlaydi. 1913-yilda "Tikonli gul" pyesasi ham Is'hoqxon Ibrat matbaasida chop etil-ganligini ko'ramiz. Ushbu asarni ham Hamza Hakimzoda Niyoziy Qo'qon teatrlarida sahna-lashtirgan. 1916-yilda Jizzax qo'zg'loni munosabati bilan A.Muhiddinning "Loshmon fojealari" she'riy to'plami nashr qilinadi. Huddi shu yili Is'hoqxon Ibrat tomonidan nazmiy yo'l bilan tuzilgan "Fiqh kaydoniy" (Qonun-shunoslik asri) ham nashr etilgan. Ushbu asar G'afur G'ulaom nomidagi Qo'qon adabiyot muzeyida N73 raqami ostida saqlanmoqda.

1917-yilda Qoraxoniylar davlati asoschisi Sotuq Bug'raxonga bag'ishlangan "Tazkirayi Uvaysiya" asari chop etildi. Kitob namanganlik Mulla Qodirxon va Mulla Egamberdi sarmoyasiga nashr etilgan edi. Kitob xattoti esa Saidjalol Vosifiy bo'lgan.

"Matbaayi Is'hoqiya" bosmaxonasining

so'nggi nashrlaridan biri Muhiddin Ibrohim tomonidan tuzilgan "Loshmon" she'rlar to'plami bo'ldi (1916). 1916-yilda Birinchi jahon urushi janglari qizigan kezlarda, chor hukumati Rossiyadagi front orti ishlariga Turkiston tub aholisi orasidan yoshlarni safarbar qilgan edi. Biroq, badavlat odamlarning farzandlari pora evaziga qoldirilgan, balki, qashshoq kishilar bolalari safarbar qilingan ediki, bu narsa mehnatkashlar noroziligi va qo'zg'oloniga sababchi bo'ldi. To'plamga kiritilgan asarlar o'sha kezlarda dolzarb bo'lgan ana shu mavzuga bag'ishlangan edi. To'plam noshirlari Mashrabiy va Muhiddin Ibrohimiy bo'lishgan.

Is'hoqxon Ibratning bosmaxonasidan chiqqan nashrlar tematikasi xilma-xildir. Unda yetakchi nashrlar darsliklar bo'lib, Namangan va Qo'qon yangi usul maktablarida emas, Respublikaning barcha yangi usul maktablariga joriy etilgan. Is'hoqxon Ibratning "Matbai Is'hoqiya" nashrlari darsliklar, san'at asarlari, musiqa tarixi kabi kitoblar chop etgan. Ularni o'rganish va ilmiy istefoda qilish yosh tatqiqotchilarning bugungi kungi dolzarb vazifasidir.

Bugungi kunda Is'hoqxon Ibratning amlaga oshirgan ezgu ishlari yuksak baholanib, qadr-lanib prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan e'tiborga olinib, uning yorqin xotirasi uchun Namangan viloyatida keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshiril-moqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

[1] U.Dolimov, Is'hoqxon Ibrat, Toshkent, Fan, 1984

[2] I.Ibrat, Jomi' ul-xutut, Namangan, Matbaai Is'hoqiya, 1912

[3] R.Xolmatov, Farg'ona noshirlari va nashrlari, Toshkent, O'zbekiston, 1986

[4] A.Boboxonov, O'zbek matbaaschiligi tarixidan, Toshkent, Sharq, 1984

[5] O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, 19-F., 1-t., 2883-S, 17-V

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.