Научная статья на тему 'O‘zbek milliy musiqa merosining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati'

O‘zbek milliy musiqa merosining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
2633
364
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
maqom / musiqa merosi / monografiya / seminar-treninglar / maqom / musical heritage / monograph / seminar training

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы —

Mazkur maqolada o‘zbek milliy musiqa merosi, anʼanaviy maqom sanʼatini rivojlantirish, istiqbolli loyihalar haqida so‘z yuritilgan. “Shashmaqom” ashulasining sehri, qalblarga xush yoquvchi tarovati, yoshlar maʼnaviyatiga ijobiy taʼsiri tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Importance of Uzbek national musical heritage in the upbringing of youth

This article discusses the heritage of Uzbek national music, the development of traditional Maqom art, and the prospective projects. They analyzed the magic of the song “Shashmaqom”, its appeal to the soul, its positive effect on the spirituality of the youth.

Текст научной работы на тему «O‘zbek milliy musiqa merosining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati»

O'zbek milliy musiqa merosining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati

M.Aliyeva, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya - Mazkur maqolada o'zbek milliy musiqa merosi, an'anaviy maqom san'atini rivojlantirish, istiqbolli loyihalar haqida so'z yuritilgan. "Shashmaqom" ashulasining sehri, qalblarga xush yoquvchi tarovati, yoshlar ma'naviyatiga ijobiy ta'siri tahlil qilingan.

Kalitso'zlar - maqom, musiqa merosi, monografiya, seminar-treninglar.

Importance of Uzbek national musical heritage in the upbringing

of youth

M.Aliyeva, Uzbekistan state institute of art and culture

Abstract - This article discusses the heritage of Uzbek national music, the development of traditional Maqom art, and the prospective projects. They analyzed the magic of the song "Shashmaqom", its appeal to the soul, its positive effect on the spirituality of the youth.

Keywords - maqom, musical heritage, monograph, seminar training.

Maqom sehrli va an'anaviy san'at. Qalbga sokinlik, orom, ruhiyatga poklik, mo''tadillik bag'ishlaydi. Uning mo''jizakorligi bu qadimiy merosimizni o'zbek tilini mutlaqo tushun-maydigan xorijliklar ham sehrlanib, sel bo'lib tinglashida yaqqol namoyon bo'ladi. Prezidenti-miz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan milliy merosimizni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash, uni yoshlarga bezavol yetkazish borasidagi ezgu sa'y-harakatlar milliy maqom san'ati rivojiga ko'rsatilayotgan g'oyat ulkan e'tibor va g'amxo'rlikda yorqin ifodasini topmoqda. Ular tomonidan 2017 yil 17 noyabrdagi "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorining qabul qilingani san'atimiz rivojida yangi istiqbollarni ochmoqda. Mazkur hujjat o'zbek maqom san'atini chuqur o'rganib, o'ziga xos ijro maktablari va an'analarini yangi bosqichda ravnaq toptirish, uning "oltin fondi"ni yaratish va boyitish, xalqaro nufuzini oshirish va keng targ'ib qilishda g'oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2018 yil 28 noyabrda imzolangan "O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyat-ni yanada rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiq-lash to'g'risida"gi qarori respublikamizda olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy islohotlar taraq-qiyotining yorqin namunasidir. Ma'lumki, yaqinda Prezidentimiz tashabbuslari bilan O'zbekiston ijodkorlarini qo'llab-quvvatlash

"Ilhom" jamoat fondi, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi, O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, O'zbekiston davlat filarmoniyasi, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali tashkil etildi. 2018-yildan boshlab Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san'ati festivalini o'tkazish belgiladi. Mamlakatimizda milliy merosimizni o'rganish, yoshlar ongiga singdi-rishga avlodlarimiz ma'naviy-axloqiy tarbiyasi-ning uzviy qismi sifatida yondashilmoqda. Jahonda ro'y berayotgan global o'zgarishlar, xalqlar va madaniyatlar o'rtasidagi muqarrar integratsiya jarayonlari ba'zi hollarda foyda keltirsa, ba'zan bu murakkab jarayonning ziyoni ham ko'zga tashlanmoqda.

Xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo'lgan milliy maqom san'ati o'zining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an'analari bilan ma'naviy hayotimizda muhim o'rin egallaydi. Asrlar davomida ulug' shoir va olimlar, mohir basta-korlar, hofiz va sozandalarning mashaqqatli mehnati va fidoyiligi, ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelayotgan ushbu noyob san'at nafaqat yurtimiz va Sharq mamlakatlarida, butun dunyo miqyosida katta shuhrat va e'tibor qozongan. Maqom san'atining gultoji bo'lgan

"Shashmaqom" YUNESKO tomonidan insoni-yatning nomoddiy madaniy merosi sifatida e'tirof etilgani hamda uning Reprezentativ ro'yxatiga kiritilgani buning yaqqol tasdig'idir. O'tgan davr mobaynida mamlakatimizda Maqom san'atini o'rganish va rivojlantirish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, o'zbek "Shashmaqom"ni nota matnlarining nashr etilishi va ularga muvofiq ravishda maqom kuy-qo'shiqlarining magnit lentalarga yozib olinishi ulkan ilmiy-madaniy ahamiyatga ega voqea bo'ldi.

Kezi kelganda, maqom sanatida o'ziga xos o'rin egallagan

O'zbekiston xalq artistlari Maqom malikasi Berta Davidova, Kommuna Ismoilova, Orif Alimaxsumov, O'zbekistonda xizmat ko'rsat-gan artist Xadya Yusupova, Buxoro musiqa bilim yurtining o'qituvchisi, birinchi respublika maqomchilar tanlovining g'olibi gijjakchi O'lmasxon Rasulov, Xorazm filarmoniyasining solisti, qo'shnaychi Yo'ldoshvoy Tojiyev, O'zbekiston radiosining solisti, Respublikado xizmat ko'rsatgan artist Abduhoshim Ismoilov, changchi sozandalar Turg'un Otaboyev, Abdu-rahmon Xoltojiyev kabi ajoyib shogirdlar ijodida ustozniig ruhi, sanati hamon yashayot-ganini ham alohida takidlash joizdir.

Sharq taronalari» o'n ikkinchi xalqaro musiqa festivali arafasida Samarqand shahrida O'zbekiston xalq hofizi, mashhur bastakor va sozanda Hoji Abdulaziz Abdurasulov uy-muzeyi ochildi.

Hoji Abdulaziz Abdurasulov 1852-1936 yillarda Samarqandda yashab, ijod qilgan taniqli bastakor, o'zbek maqom sanati rivojiga beqiyos hissa qo'shgan betakror ovoz sohibidir. U yaratgan "Guluzorim", "Gullar bog'i", "Beboqcha", "Bozurgoniy", "Samarqand ushshog'i" kabi yuzlab qo'shiqlar mumtoz musiqa merosimizning eng noyob asarlari qatoridan joy olgan. Shashmaqomni o'rganish va keng targ'ib etishda Hoji Abdulaziz Abdurasulovning xizmatlari katta bo'lgan. Samarqand maqom yo'llari, soz chalish va ashula aytish bo'yicha ko'plab yoshlarga ustozlik qilgan, ularga o'z sanatini o'rgatgan. Jumladan, O'zbekiston xalq artisti akademik Yunus Rajabiy ham ularning Samarqanddagi

xonadonida yashab, hofizdan saboq olgan.

Yurtboshimiz tashabbusi bilan o'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirishga qaratil-gan chora-tadbirlar doirasida "Maqom" nomli kitob-albom nashr etildi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O'zbek xalqining noyob musiqiy merosini asrab-avaylash va kelgusi avlodga bezavol yetkazishga xizmat qiluvchi ushbu nashr qadimgi mutafakkirlar, alloma va shoirlarning maqom san'atiga bag'ishlangan risolalariga oid bo'limlarni o'z ichiga olgan.

Kitobda mazkur san'atning falsafasi, Forobiy, Ibn Sino, Marog'iy, Kavkabiy kabi allomalar asarlari, turli maqom yo'llari, jumladan, Buxoro Shashmaqomi, Xorazm Olti yarim maqomi va Dutor maqomi, Farg'ona-Toshkent maqomi tarixiga alohida e'tibor qaratilgan. "Tanbur chizg'ilari" deb nomlangan milliy nota yozuvi-ning kashf etilishi hamda uning vositasida Olti yarim maqom, Dutor maqomlarining nota-lashtirilishi, shu bilan birga, o'tgan asr boshlarida maqomning ilk bora perfokartalarga muhrlanishi yoritilgan. Shuningdek, maqom ijrochiligida keng qo'llaniladigan sozlarni yasashning o'ziga xos xususiyatlari va texnologiyasi bayon etilib, mashhur ustalarning nomlari keltirilgan.

Hozirgi kunda yurtimizda akademik Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansambli, hududlarda maqom jamoalari, O'zbekiston davlat konserva-toriyasida shu yo'nalishda maxsus kafedra faoliyat ko'rsatayotgani, sohaga oid ilmiy izlanishlar olib borilayotganini qayd etish lozim.

Maqom arabcha "joy", "o'rin", "makon", musiqa tushunchasida esa cholg'u asboblarida tovush hosil etiladigan joy, yani aslida parda manosini bildiradi.

Olimlar orasida mavjud qarashlarga ko'ra, maqomlarning eng qadimiy namunalari payg'ambarlardan meros qolgan. Xususan, XVII asr ikkinchi yarmi - XVIII asr birinchi choragida yashab ijod etgan vatandoshimiz, mashhur musiqachi va olim Darvish Ali Changiyning "Tuhfatus-surur" nomli risolasida xabar berishicha, avvaliga yetti payg'ambar nomlari bilan bog'liq yettita maqom bo'lgan. Bunda "Rost" maqomi - Odam alayhis-salomdan, "Ushshoq" - Nuh alayhissalomdan,

"Navo" - Dovud alayhissalomdan, "Hijoz" -Ayub alayhissalomdan, "Husayniy" - Yoqub alayhissalomdan va "Rahoviy" - Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan meros qolganligi haqidagi rivoyatlar bayon etiladi. Muallif bu axborotni yetkazishda Xo'ja Abdulqodir ibn Marog'iy, xo'ja Safiuddin ibn Abdulmo'min, Sulton Uvays Jaloir kabi juda obro'li ustozlar fikriga tayanganligini ham ma'lum qiladi.

Temuriylar davrida yashagan Xoja Abdulqodir Marog'iy, manbalarda zikr qilinishicha, Sohibqiron g'azabiga uchragach, bir qancha vaqt yolg'iz yashab, qalandarona hayot kechirdi.

Kunlar o'tdi. Sarkarda o'z lashkari bilan Iroqqa yurish qilish harakatiga tushdi. Bundan xabar topgan Abdulqodir Amirning qulog'iga yetib boradigan bir nazm tuzishga qaror qildi. Shunday xayol bilan, u bir g'azal bitdi, uni bastaladi. So'ng temirchiga borib, shu kuy nag'malarini hosil qiluvchi har xil kattalikdagi qo'ng'iroqchalar yasatdi. Sarbon bilan kelishib, bu qo'ng'iroqchalarning qaysi tuyaga osilishi kerakligini ham kelishib oldi va kuyni bexato hosil qiladigan bir tartibda tuyalarga ostirdi. Karvon yo'lga chiqdi. Tuyalar harakatga kelib yura boshlagach, belgilab qo'yilganidek kuy chalina boshladi. Sohibqiron musiqa ilmidan xabardor edi, musiqani yaxshi tushunardi. Qo'ng'iroqchalardan taralayotgan bu yoqimli kuy Amirni befarq qoldirmadi. Bu kuy Iroq maqomi yo'lida yaratilgan bo'lib, uni bastakor "Amali tarona" deb atagan edi. Temur kuyga e'tibor qilar, kuy esa o'z ohangidan adashmasdi. Shunda u saroy musiqashunoslarining pesh-qadami bo'lib qolgan, ayni paytda bosh xonandalik vazifasida turgan va ushbu tadbirdan ogoh Xoja Abdulloh Loriyni huzuriga chorlab, unga dedi:

- Mug'anniy, eshityapsanmi, bu qo'ng'iroqchalar bir chiroyli kuy chiqarmoqda?

- Shohim, - dedi Loriy, - bir begunohning gunohidan kechsangiz, men buning sirini aytaman.

Amir:

- Bo'pti, men uning gunohidan kechdim, -dedi.

- Xoja Abdulqodir sizga o'zining sodiqligini izhor qilish niyatida "Iroq" maqomi yo'lida ushbu kuyni bastaladi, - dedi mehtar va Amir

qoshida ana shu yangrab turgan kuy jo'rligida Abdulqodir yozib bergan yangi g'azalni kuylay boshladi:

Chun miravi so'yi Iroq faromusham nakun...

(Mazmuni: Iroq sari yo'lga chiqsang, meni unutma).

Natijada Amir Abdulqodirning sodiqligiga shubha qilmay, unga avvalgiday marhamatlar ko'rsata boshlagan ekan.

- Maqom o'zbek va tojik xalqlarida bir xil nomda, Ozarbayjonda - mug'om, Eronda -nug'ba, uyg'urlarda - muqom deb yuritiladi va ular bir manoni anglatadi. Ko'plar ularning ildizi boshqa-boshqa deb o'ylaydi. Aslida mumtoz ohanglarimizning ildizi bitta. Faqatgina ayrim farqlar va o'ziga xosliklar mavjud. Chunonchi, uyg'ur maqomi ijrosida go'zal qochirimlarga etibor kuchliroq, tojik xalqida maqom ohanglari rang-barangligi bilan ajralib turadi. Forsiy kuy va ohang hamohangligini boshqa maqom takrorlay olmaydi. O'zbek maqomi so'zlaridagi boy mano barcha zamonlarda etirof etilgan..

Poytaxtimizda O'zbek milliy maqom san'ati markazi tashkil etilib, hozirda samarali faoliyat ko'rsatmoqda. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent, Sirdaryo, Xorazm, Qashqadaryo, Farg'ona, Namangan, Andijon viloyatlarida namunali maqom ansambllari tashkil etildi. Ushbu bebaho merosimizga oid tarixiy, nazariy va amaliy ijrochilik an'analari, namoyandalari xususidagi ma'lumotlarni jamlash bilan bir qatorda mavjud yozma manbalarning ilmiy tadqiqotlari o'rganilmoqda. 2018-2019 o'quv yilidan boshlab bolalar musiqa va san'at maktablarida Maqom alifbosi fani o'qitiladi. Shu maqsadda o'quv adabiyotlari tayyorlan-moqda. Kitob, darslik, qo'llanma, monografiya, to'plamlar va maqom san'atini keng jamoatchi-lik o'rtasida targ'ib qilish maqsadida ommaviy axborot vositalarida ilmiy asoslangan maqolalar yozish va nashrga tayyorlash bo'yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Milliy maqom san'atiga oid yirik entsiklopediya yaratilmoqda. Maktab-gacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun bolalarning yoshi, psixologik xususiyat-lari, dunyoqarashi inobatga olingan holda maqom namunalaridan tarkib topgan maxsus ma'rifly disklar tayyorlandi. Maqom san'atiga oid "Oltin fond"ni yaratish bo'yicha markaz

qoshida maxsus badiiy kengash tuzildi. "Ma'naviyat va ma'rifat" telekanali orqali "Maqom alifbosi" ko'rsatuvi efirga uzatila boshlandi. Bu televidenie orqali maqom san'atini oddiy va sodda tarzda keng ommaga tushuntirish va targ'ib qilishdir. "Mahalla" radiokanali orqali "Maqom mavjlari" eshittirishi tayyorlanmoqda. Yurtimizning barcha hudud-laridagi oliy ta'lim dargohlarida, maktablar, mahallalarda maqom san'ati targ'ibotiga oid ijodiy kechalar, maqom oqshomlari o'tkazil-moqda. Bolalar musiqa va san'at maktablarida maqom san'atiga oid mahorat darslari, seminar-treninglar xalqimizning taniqli san'atkorlari, hofizlar, musiqashunoslar tomonidan muntazam tashkil etilmoqda. "O'zbekkino" Milliy agent-ligi bilan hamkorlikda Shashmaqom haqidagi hujjatli film va to'liq metrajli badiiy film stsenariysi yozib tugallandi.

O'zbekistonda dastlab ilk professional maqom ansambli O'zbekiston xalq artisti, akademik Yunus Rajabiy tomonidan 1959 yili

O'zteleradiosi qoshida tashkil etilgan.

Ansambl tomonidan 1960- 1962-yillari "Shashmaqom" va "Toshkent-Farg'ona maqom yo'llari" turkumlariga kiruvchi cholg'u va asosan, ashula yo'llari ilk bora gramm-plastinkaga yozila boshlagan va nashr etilgan.

1976-yilda ansambl rahbari, akademik Yunus Rajabiy vafotidan so'ng O'zbekiston xalq artisti Orif Alimaxsumov, O'zbekiston san'at arbobi Shavkat Mirzayev, O'zbekiston xalq artisti G'anijon Toshmatov, O'zbekiston xalq hofizi Isroil Vahobov unga rahbarlik qilib keldilar. Ayni paytda ansambl rahbari - O'zbekiston xalq artisti, "Buyuk xizmatlari uchun"ordeni sohibi va ko'plab davlat mukofotlari sovrindori Abduhoshim Ismoilov.

Xulosa qilib aytganda, o'zbek milliy musiqa merosi o'zbek yoshlari ijodiy tafakkurini rivoj-lantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, endilikda yoshlar tarbiyasida milliy musiqa ilmini chuqur egallashlari, ijodiy yangi-liklarini kengaytirishlari maqsadga muvofiq.

OOH^AHAHRnrAH A^ABHETHAP

[1] Karimov I.A. Yuksak manaviyat-yengilmas kuch. Toshkent: 2008

[2] Rajabiy Yu. Ozbek xalq musiqasi. V-tom. O'zbekiston davlat badiy adabiyoti. Toshkent: 1959

[3] Rajabiy Yu. Shashmaqom tarixi I-VI. Badiiy adabiyot nashriyoti. Toshkent: 1970

References

[1] Karimov I.A. Yuksak manaviyat-yengilmas kuch. Toshkent: 2008

[2] Rajabiy Yu. Ozbek xalq musiqasi. V-tom. O'zbekiston davlat badiy adabiyoti. Toshkent: 1959

[3] Rajabiy Yu. Shashmaqom tarixi I-VI. Badiiy adabiyot nashriyoti. Toshkent: 1970

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.