Научная статья на тему 'IBN SINONING “ODOB UL-MANZIL” (“TADBIR-E MANZIL”) RISOLASINING UMUMIY TAVSIFI'

IBN SINONING “ODOB UL-MANZIL” (“TADBIR-E MANZIL”) RISOLASINING UMUMIY TAVSIFI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1306
171
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ibn Sino / falsafa / nazariy falsafa / amaliy falsafa / metafizika / fizika / mantiq / “Odob ul-Manzil” / Avicenna / philosophy / theoretical philosophy / practical philosophy / metaphysics / physics / logic / "Odob ul-Manzil"

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Tursunboyev Alisher

Ibn Sinoning asarlari mazmun jihatdan Yevropada o‘rta asrlarda, Sharqda esa hozirgacha chuqur iz qoldirdi. Ibn Sino o‘rta asrlarda bashariyat erishgan komil inson namunasi edi. Bu o‘rinda biz uning barcha falsafiy va tabiiy ilmlar sohasidagi yutug‘idan ko‘ra, ilohiyat sohasidagi masalalarni hal qilishdagi mahoratini nazarda tutmoqdamiz. Zero, o‘rta asrlar sharoitida nihoyatda nozik bo‘lgan ilohiyot masalasini oqilona, mantiq yordamida chiroyli bir tarzda tushuntirish ulkan matonat va chuqur bilimni taqozo qilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GENERAL DESCRIPTION OF AVICENNA'S TRIBUTE "ODOB UL-MANZIL" ("TADBIR-E MANZIL ")

The works of Avicenna left a deep mark on the content of the Middle Ages in Europe and the East. Avicenna was a fine example of humanity in the Middle Ages. Here we are talking about his ability to solve problems in the field of theology, and not about his achievements in all philosophical and natural sciences. After all, a rational and logical explanation of the problem of theology, which was so delicate in the Middle Ages, required a lot of perseverance and deep knowledge.

Текст научной работы на тему «IBN SINONING “ODOB UL-MANZIL” (“TADBIR-E MANZIL”) RISOLASINING UMUMIY TAVSIFI»

IBN SINONING "ODOB UL-MANZIL" ("TADBIR-E MANZIL") RISOLASINING UMUMIY TAVSIFI

Alisher Tursunboyev

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Ibn Sinoning asarlari mazmun jihatdan Yevropada o'rta asrlarda, Sharqda esa hozirgacha chuqur iz qoldirdi. Ibn Sino o'rta asrlarda bashariyat erishgan komil inson namunasi edi. Bu o'rinda biz uning barcha falsafiy va tabiiy ilmlar sohasidagi yutug'idan ko'ra, ilohiyat sohasidagi masalalarni hal qilishdagi mahoratini nazarda tutmoqdamiz. Zero, o'rta asrlar sharoitida nihoyatda nozik bo'lgan ilohiyot masalasini oqilona, mantiq yordamida chiroyli bir tarzda tushuntirish ulkan matonat va chuqur bilimni taqozo qilgan.

Kalit so'zlar: Ibn Sino, falsafa, nazariy falsafa, amaliy falsafa, metafizika, fizika, mantiq, "Odob ul-Manzil".

GENERAL DESCRIPTION OF AVICENNA'S TRIBUTE "ODOB UL-MANZIL" ("TADBIR-E MANZIL ")

Alisher Tursunboyev

Master of Tashkent State University of Oriental Studies

ABSTRACT

The works of Avicenna left a deep mark on the content of the Middle Ages in Europe and the East. Avicenna was a fine example of humanity in the Middle Ages. Here we are talking about his ability to solve problems in the field of theology, and not about his achievements in all philosophical and natural sciences. After all, a rational and logical explanation of the problem of theology, which was so delicate in the Middle Ages, required a lot of perseverance and deep knowledge.

Keywords: Avicenna, philosophy, theoretical philosophy, practical philosophy, metaphysics, physics, logic, "Odob ul-Manzil".

KIRISH

Ibn Sinoning falsafiy qarashlari uch katta bo'lim tashkil topgan, metafizika -ilohiyot, vujud va mavjudot, dunyoning boshlanishi, tuzilishi, tarkibi haqidagi masalalarni talqin etadi; fizika-tabiatshunoslik masalalari, jism, moddani o'rganish

bilan bog'liq bo'lgan barcha masalalarni o'z ichiga oladi; mantiq to'g'ri fikrlash san'ati, aqliy bilish shakllarini o'rganadi. Umumiy falsafiy masalalar nazariy va amaliyga bo'linib, o'z navbatida, ularning har biri qator ilmlarni o'z ichiga oladi [1].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Ibn Sino asarlari obyektiv ochib berildi. Ibn Sino yashagan davr tarix nuqatayi-nazaridan tahlil etildi. Ibn Sino asarlari mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi. "Odob ul-manzil" asari tizimli tarzda tahlil qilindi.

Ibn Sino ijodida fanning strukturasini tekshirish, bilimlarning tartibini aniqlash, ular tasnifini amalga oshirish alohida o'rin egallaydi. Tasnif masalasida u al -Forobiy boshlab bergan ilmlar tasnifi haqidagi masalani yanada chuqurlashtiradi. Uning "Kitob ash-shifo", "Donishnoma" asarlari mantiq, tibbiyot, riyoziyot , metafizika bilimlariga bag'ishlangan va ularda Ibn Sinoning tasnif masalasiga yondoshishi aks etgan. Ayni paytda ilmlar tasnifi masalasi uning ana shu mavzuga bag'ishlangan "Aqsom al-ulum al-aqliya"- "Aqliy ilmlar qismlari" asarida to'liq aks ettirilgan. Bu asarda u asosan falsafiy ilmlar tartibini, o'sha davr an'nasiga tayangan holda, ikki qismga nazariy va amaliyga ajratib bayon qiladi va ularni egallashining yakuniy natijasi haqiqatni bilish hamda farog'atga erishish, deb hisoblaydi.

NATIJA

Ibn Sino tasnifi bilan kengroq va mufassalroq tanishadigan bo'lsak, uni quyidagi shaklda berilganini ko'ramiz:

Nazariyfalsafa. U quyidagi uch qismdan iborat.

I.Quyi ilm tabiiyot bo'lib, u borlig'i va sifatlari moddiy, ya'ni material jismlar (mavjudot) va harakat bilan bog'liq narsalar bilan shug'ullanadi.

Uning sakkizta asosiy qismlari bor:

1. Tabiatning umumiy masalalari.

2.Olam asoslarini tashkil etuvchi jismlar holati.

3.Paydo bo'lish va yo'q bo'lishni tushunib yetish.

4. Turli harakatlar natijasida to'rt unsurlar aralashuvi oldidan ulardan hosil bo'ladigan har xil holatlar haqida.

5. Noorganik dunyo.

6. O'simlik dunyosi.

7. Hayvonot dunyosi.

8. Insonni va umuman hayvonot nafsini bilish.

Bu guruh ilmlar, shuningdek, yetti shaxobchaga ega bo'lib, ularga tib, astrologiya, fiziognomika, tushlar ta'biri ilmi, tilsimotlar ilmi, sehrgarlik, al-kimyo ham kiritiladi.

II. O'rta ilm riyoziyot bo'lib, u mavjudligi materiya va harakat bilan bog'liqligi bo'lmagan ob'ektlarni o'rganadi. Uning to'rtta asosiy qismi bor:

1.Son haqidagi ilm.

2. Handasa.

3. Astronomiya.

4. Musiqa.

O'rta ilmning ham bir necha shahobchalari bo'lib, ular qo'shish va ayirish san'ati, algebra, yer o'lchami, mexanika, og'ir yuk ko'tarish ilmi, o'lchash ilmi va tarozi, aniq asboblar haqidagi ilm, optika, suvlar joyini o'zgartirish ilmi, astronomik jadvallar va taqvimlar ilmi, g'aroyib asboblar yasash ilmidir.

III. Oliy ilm - ilohiyot deb nomlanib, u mavjudligi va aniqlanishi materiya va harakat bilan bog'liq bo'lmagan ob'ektlar bilan shug'ullanadi. U besh asosiy qismga ega:

1.Barcha mavjudot uchun umumiy tushunchalarni bilish.

2.Tabiiy va riyoziyot ilmlari hamda mantiq asoslari va boshlanishlari ta'limoti.

3.Birinchi haqiqat va uning yakkaligini isboti haqidagi ta'limot.

4.Birinchi hamda ikkinchi ma'naviy substansiya (bosh negiz) isboti.

5.Samo va yerdagi moddiy substansiyalarni yuqorida zikr etilgan substansiyaga tobeligi. Oliy ilm shahobchalariga haqiqatning nozil bo'lishi va nafsning qaytishi kiradi.

Amaliy falsafa. U ham uch qismga bo'linadi.

l.Faqat bir shaxsga taalluqli bo'lgan masalalar, yani axloq (etika) bilan shug'ullanish.

2.Oila miqyosida muloqotda bo'ladigan jamoa a'zolarining o'zaro muomalasi, ya'ni uy yurgizish bilan shug'ullanish.

3.Bir shahar yoki mamlakat miqyosidagi odamlar jamoasi, ya'ni siyosat bilan shug'ullanish[2].

Amaliy falsafa tarkibiga kiruvchi bu ilmlarning ham asosiy qismlari va shahobchalari bor. Ya'ni mutafakkirning o'z tili bilan keltirilganda yuqoridagi masalalar quyidagicha aks etgan:

Falsafaning ahamiyati. Falsafa bu inson o'zidagi asliyat nima-yu sabab nima ekanligini bilishi mumkin bo'lgan nazariy sinoatdir. Uxroviy qusurlarni o'rganib, oliy darajaga ko'tarilishi uchun yozilishi lozim bo'lgan narsadir.

Falsafaning qismlari. Falsafa ikki qismga bo'linadi: 1) nazariy falsafa; 2) amaliy falsafa [3].

Nazariy falsafadagi maqsad ishonchli e'tiqodga ega bo'lish. Bundan faqat nazariy fikr olinadi holos. Masalan, tavhid ilmi kabi.

Amaliy qismida esa maqsad ishonchli e'tiqodga ega bo'lish emas, balki insonning yaxshi ishlarni qilishi uchun fikr olish. Shunda uning nazariy g'oyasi to'g'ri va amaliy g'oyasi yaxshi bo'ladi.

Nazariy falsafaning turlari. Bu uch xil bo'ladi:

l.Eng quyi ilm; bu tabiiy ilm deb ham ataladi.

2.O'rta ilm; bu riyoziyot (matematika)ilmi deb ham ataladi.

3.Eng yuqori ilm; bu ilohiy ilm deb ham ataladi.

Bu qismlar holos. Chunki bahs yuritilgan ishlar quyidagi narsalar haqida bo'lishi mumkin: borlig'i va chegarasi modda, jism, harakat bilan bog'liq bo'lishi mumkin bo'lgan narsalar, masalan, falak jismlari, irqiy unsurlar va ulardan tuziladigan narsalar va ulardan yuzaga keladigan holatlar, masalan, o'zgarish va biror narsaga ayla nishdagi harakat kabilar;

Borlig'i modda va harakatga bog'liq bo'lib, chegarasi ularga bog'liq bo'lmagan narsalar;

Harakat va moddaga ehtiyoj sezadigan, lekin chegara va vujudi bo'lmagan narsalar. Demak, mavjudotlar mana shunday uch qismga bo'lingan bir vaqtda nazariy ilmlar ham shunga ko'ra uch qismga bo'linadi.

Birinchi qismga xos ilm tabiiy ilm deyiladi. Ikkinchi qismga xos ilm riyoziy (matematik) ilm deyiladi. Uchinchi qismga xosi esa ilohiy (metafizika) ilm deyiladi.

Amaliy falsafa. Inson tadbiri bir shaxsga xos yoki xos bo'lmasligi mumkin. Bir shaxsga xos bo'lmagani sheriklik bilan bo'ladi. Sheriklik uydagi shaxslar yoki shahar aholisi bilan bo'ladi. Shundoq ekan, amaliy ham uch turlik bo'ladi. Ulardan biri birinchi qismga tegishli bo'lib, bunda insonning bu dunyoda va oxiratdagi hayotining baxtli bo'lishi uchun xulq-atvori va harakatlarining qanday bo'lishi o'rganiladai. Arastuning "al-Axloq" asari shu qismni o'z ichiga oladi.

Ulardan ikkinchisi esa, ikkinchi qismga tegishlidir. Bunda kishining o'z xonadonida ayoli, farzandi, xodimi bilan o'zi o'rtasidagi tadbirini saodatni qo'lga kiritishiga eltuvchi bir holatda bo'lishi uchun qanday qilishi o'rganiladi. Rusning "uy yuritish kitobi" va uning boshqa millatlar to'g'risidagi kitoblari shu qismni o'z ich iga oladi.

Ulardan uchinchisi esa uchinchi qismga tegishlidir. Bu qismda siyosatlar, riyosatlar (boshqaruvlar), fozil va tuban jamiyatlar, ularning davomiyligi sababi, zavol bo'lish sababi va bu borada podsholikka ko'chish jihatlari o'rganiladi. Aflotun va

Arastuning "Siyosat" kitoblari shu qismni o'z ichiga oladi. Bu borada nubuvvat va shariatga taalluqli bo'lgan narsalarni ularning, ya'ni Aflotun va Arastuning "Al-Navomiys" kitoblari o'z ichiga oladi. "Nomus" so'zi faylasuflarning nazdida vahiyning nozil bo'lishi bilan sobit bo'lgan misol va sunnatdir. Arablar vahiy olib tushuvchi farishtani ham "nomus" deb aytishadi. Amaliy falsafaning bu qismida nubuvvatning vojibligi va inson zotining borlig'i, baqosidagi hojati shariatga qaytishi o'rganiladi.

MUHOKAMA

Shuningdek, bunda shariatdagi mushtarak va kulliy hududlardagi hikmatlar, ilohiy nubuvvat bilan payg'ambarlikka da'vo qilingan botil nubuvvatning o'rtasidagi farq o'rganiladi.

Yuqorida ta'kidlanganidek, Ibn Sinoning falsafiy qarashlari asosan uchta yirik tizimdan tashkil topganligi uchun uning barcha falsafiy qarashlari nazariy va amaliy jihatdan Ibn Sinoning eng mashhur asari "Kitob ash-shifo"[4] da o'z ifodasini topgan. U 3 ta katta qismdan, ya'ni mantiq, tibbiyot va ilohiyotdan iborat edi. Ibn Sinoning maqsadi hammaga manzur bo'ladigan "Mashriq hikmati" ni yaratish edi [5].

XULOSA

Barcha nazariyalarning asosida ilm yotadi. Tashqi ko'rinishdan umumiy nazariya aqldan kelib chiqadi. Aql esa ilohiy olamdan, farishta vositasida yetkaziladi. Bu dalilga ko'ra, farishtani bilish jahonni bilish asosi hamda undagi inson o'rnini belgilash ham ilm vazifasiga kiradi. Shundan kelib chiqqan holda ilohiy ilmlarni tadqiq etish zaruriydir.

REFERENCES

1. Qodirov M. Markaziy Osiyo, Yaqin va O'rta Sharqning falsafiy tafakkuri (o'rta asrlar), T., 2010, 100-bet.

2. Хайруллаев М.М., Бахадиров Р.М. Абу Абдуллах ал-хорезми.М., 1998.

3. Po'latova D., Qodirov M., Ahmedova M., Abduhalimov A. Falsafa tarixi (Sharq falsafasi). -Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2013. B. - 120.

4. Abu Ali ibn Sinoning asosiy falsafiy asari. Aslida 22 kitobdan iborat bo'lgan, bizgacha 18 ta kitobi yetib kelgan.

5. Falsafa: Darslik; M.A. Ahmedova umumiy tahriri ostida, T. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nash., 2006, 106-bet

6. Madalimov, T., Karimov, N., Is'haqov, M., Sulaymonov, J., & Alimova, R. (2019). Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith. International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE, 9(1), 593-599.

7. Madalimov, T., Mullajonov, I., Pulatov, S., Qodirov, M., & Valiyev, L. (2020). Some Characteristics of Modern Indian Philosophy. International Journal of Multidisciplinary Research and Publications, 2(11), 47-49.

8. Madalimov, T. A. (2019) "PROBLEMS OF KNOWING THE NYAYA PHILOSOPHY SCHOOL IN ANCIENT INDIA," Central Asian Problems of Modern Science and Education: Vol. 4 :Iss. 2

9. Мадалимов, Т. А. (2020). ОСНОВНЫЕ ЧЕРТЫ ЛОГИКИ ДРЕВНОГО ВОСТОКА. Science and Education, 7(4), 236-241

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.