Научная статья на тему 'IBN MISKAVAYHNING ARAB TILIDA YOZILGAN ASARLARI TAVSIFI'

IBN MISKAVAYHNING ARAB TILIDA YOZILGAN ASARLARI TAVSIFI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

419
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
faylasuf / tilshunos olim / “Uchinchi muallim” / arab tili / “Al-favz al-asg„ar” / “Tajoribul-umam” / “Tahzibul-axloq” / “Kitab at-Tahora” / “TathirulA‟roq” / philosopher / linguist / “Third teacher” / Arabic / “Al-fawz alasghar” / “Tajaribul-umam” / “Tahzibul-akhlaq” / “Kitab at-Tahara” / “Tathirul-A‟roq”.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Shahnoza Nodirovna Sulaymonova

Maqola Musulmon Sharqi ijtimoiy-falsafiy tafakkuri tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk mutafakkirlardan biri Abu Ali Ibn Miskavayhning arab tilida yozilgan asarlari tavsifiga bag‟ishlanadi. Miskavayh asarlarining butun musulmon olamiga tarqalishida arab tilining tutgan o„rni tahlil qilinadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DESCRIPTION OF IBN MISKAWAH'S WORKS WRITTEN IN ARABIC LANGUAGE

The article is devoted to the description of the works written in Arabic by Abu Ali Ibn Miskawayh, one of the great thinkers who left a bright mark in the history of socio-philosophical thought in the Muslim East. The article analyzed the role of the Arabic language in the dissemination of Miskawayh's works throughout the Muslim world.

Текст научной работы на тему «IBN MISKAVAYHNING ARAB TILIDA YOZILGAN ASARLARI TAVSIFI»

IBN MISKAVAYHNING ARAB TILIDA YOZILGAN ASARLARI TAVSIFI

Shahnoza Nodirovna Sulaymonova

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O'zbek tili, adabiyoti va folklor instituti shaxnozanodirovna@gmail .com

ANNOTATSIYA

Maqola Musulmon Sharqi ijtimoiy-falsafiy tafakkuri tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk mutafakkirlardan biri Abu Ali Ibn Miskavayhning arab tilida yozilgan asarlari tavsifiga bag'ishlanadi. Miskavayh asarlarining butun musulmon olamiga tarqalishida arab tilining tutgan o'rni tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: faylasuf, tilshunos olim, "Uchinchi muallim", arab tili, "Al-favz al-asg„ar", "Tajoribul-umam", "Tahzibul-axloq", "Kitab at-Tahora", "Tathirul-A'roq"

DESCRIPTION OF IBN MISKAWAH'S WORKS WRITTEN IN ARABIC

LANGUAGE

Shahnoza Nodirovna Sulaymonova

The Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan Institute of Uzbek language, literature and folklore shaxnozanodirovna@gmail .com

ABSTRACT

The article is devoted to the description of the works written in Arabic by Abu Ali Ibn Miskawayh, one of the great thinkers who left a bright mark in the history of socio-philosophical thought in the Muslim East. The article analyzed the role of the Arabic language in the dissemination of Miskawayh's works throughout the Muslim world.

Keywords: philosopher, linguist, "Third teacher", Arabic, "Al-fawz al-asghar", "Tajaribul-umam", "Tahzibul-akhlaq", "Kitab at-Tahara", "Tathirul-A'roq"

KIRISH

X-XI asrning yirik mutafakkirlaridan biri, o'zining falsafiy qarashlari va ta'limoti bilan ilm-fan hamda islom falsafiy tafakkuri tarixida yorqin iz qoldirgan

faylasuf Abu Ali Ahmad ibn Muhammad Yoqub ibn Miskavayh milodiy 932-yilda Eronning Ray shahrida tavallud topgan. Miskavayh mashhur faylasuf, tilshunos olim, shoir, tabib va tarixchi hicoblanadi.

Shuningdek, Miskavayh islom falsafiy tafakkuri tarixida "Uchinchi muallim"("Muallimus salis") [1] nomi bilan mashhur bo'lib, bu yuksak unvon uning musulmon arab falsafasiga qo'shgan hissasi uchun berilgan bahoning yaqqol namunasidir. U musulmon faylasuflaridan axloq falsafasini birinchi bo'lib ilmiy nuqtai nazardan o'rgangan olimdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

"Tajoribul-umam"ning 1-4 jildlari kompilyatsiya bo'lib, avval o'tgan tarixchilar, asosan, Tabariyning kitobi (xronika)asosida yozilgan. Uning 5-6 jildlari asl nusxa va 9 asr tarixiga oid muhim manbalardan hisoblanadi. Muallif asarning bu qismini yozishda rasmiy xujjatlardan keng foydalangan.

"Tajoribul-umam"ning Amedroz va Margolius (1920-1921) hamda Kag'tani (1907-1917) tomonidan amalga oshirilgan to'la nashri mavjud. Shuni aytish kerakki, bu kitobga taniqli tarixchi va huquqshunos Abu Jaffar Tabariy tomonidan buyuk shaxslar tomonidan to'plangan malumotlar ham kiritilgan.

Buxorodagi qo'lyozmalar to'plamidan sobiq O'zSSR Davlat kutubxonasi (hozirgi Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi)ga olib kelingan qo'lyozmalar orasida Ibn Miskavayhning "Dunyo tarixi" asarining 3-tomi favqulodda bir noyob, qimmatbaho qo'lyozma edi.

Ibn Miskavayhning hozirgi Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi qo'lyozmalar fondida saqlanayotgan "Tajoribul-umam" asari haqida E. A. Shmidt, B. Ya. Shuster, I. Yu. Krachkovskiy, A. Yu. Yakubovskiy, A. A. Semenov kabi olim va mutaxassislar fikr bildirganligini qayd etish lozim.

Tadqiqot olib borish davomida tizimlilik, nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik tamoyillardan foydalanildi.

NATIJALAR

Ibn Miskavayh umrining ko'p qismini Rukniddavla, Azduddavla va Baqoiddavla kabi Buvayhiy(Daylamiy) shohlar va amirlar saroyida o'tkazgan. U Rukniddavlaning dono vaziri Ibn al-Amidning yaqinlaridan bo'lib, shu vazir asos solgan ulkan kutubxonada ishlar edi. Shu bois uni "xoziyn" (hazinador) deb atar edilar.

Ali ibn Yusuf al-Qiftiy va Yoqut al-Hamaviy Ibn Miskavayh nomi bilan bog'liq 13 ta asarni qayd etgan. Ulardan "Al-favz al-asg'ar", "Tajoribul-umam", "Tahzibul-axloq", "al-Hikmat al-xolida" asarlari bizgacha yetib kelgan va nashr etilgan. Shu o'rinda allomaning Arastu "Metafizika"sidagi etika bo'limiga to'liq sharh yozganini alohida qayd etish kerak.

Mazkur asarlar, asosan, falsafa, tibbiyot, tarix, axloqshunoslik va o'lchov birliklariga taalluqlidir. Uning tilshunoslik, astronomiya, kimyo va matematikaga oid asarlari esa bizgacha deyarli yetib kelmagan. Manbalarda qayd etilishicha, uning dorishunoslikka oid asarlari ham bo'lgan.

Uning asarlari bilan tanishgan Abd al-Aziz Izzatning qaydlariga ko'ra, allomaning bir asrga yaqin hayoti mobaynida, yo'qolgan asarlarini hisobga olmaganda, ularning soni 43 ta deb ko'rsatiladi. Lekin bu fikr hanuzgacha o'z isbotini topganicha yo'q.

Axloq masalalari muhokamasi va Abu Hayyon at-Tavhidiy o'rtasidagi baxslar haqida "al-havomil vash-shamovil", ya'ni ("Savollar va javoblar") kitobi bizga Ibn Miskavayhning yirik axloqshunosligi to'g'risidagi to'liq tasavvurni beradi. Shuningdek, bu ikki shaxs "al-axloq vad-din fi hayatil-sha'b" ("Xalq hayotining axloqi va dini"), "Kitab al-adl" ("Adolat haqida risola") kabi kitoblarni birgalikda yozishgan.

Miskavayh o'z asarlarini arab va fors tillarida yozgan. Uning asarlari asosan jamiyatning ijtimoiy sohasiga oid risolalar hisoblanadi. "Uchinchi muallim"ning arab tilidagi axloqshunoslikka oid quyidagi asarlarini qayd etish mumkin:

- "Risola fil-lazzati val-alami", so'zma-so'z tarjimasi "Lazzat va alam to'g'risidagi risola" bo'lib, bunda Miskavayh eng oliy lazzat cheksiz mehribon bo'lgan ollohni anglash deb biladi.

- "Kitab adab addunya vad-din", "Dunyo va din odobi haqida kitob", bunda mutafakkir diniy va falsafiy axloq tafovutlarini ko'rib chiqadi.

- "Maqala fin-nafs val-aql", "jon va aql to'g'risidagi maqola";

- "Risola fi j avharin-nafs" , "Ruh j avhari haqida risola";

Miskavayhning eng qimmatli asarlari quyidagilardir:

Islom falsafasi tarixchilaridan Majid Faxriy olimning arab tilida yozilgan "Tahzibul-axloq" ("Axloq takomili") asarini Ibn Miskavayhning etikaga qo'shgan ulkan hissasi sifatida baholaydi. Mutafakkirning bu asari uning ilmu axloq va hikmatga doir asarlari ichida asosiy o'rin egallaydi.

"Tahzibul-axloq" asari ilmu nafsga oid falsafiy qarashlar, pand-nasihatlar, hissiyotlar va tuyg'ularning o'zaro aql va nafs bilan aloqasi, munosabati haqida yozilgan.

Darhaqiqat, mutafakkirning islom falsafasiga qo'shgan ulushi, asosan, axloqshunoslikka oid qarashlari bilan belgilanadi.

Uning arab olamida qilgan o'chmas ishlari va yutuqlaridan biri bu -Abbosiy xalifa al-Qodir Billoh (991-1031) buyrug'iga binoan Arabiston yarim oroli va butun unga qaram bo'lgan o'lkalarda pul o'lchov, og'irlik, uzunlik kabi sohalarga oid bo'lgan bir necha o'lchov birliklarini ishlab chiqqanligidadir. Bunda o'sha paytdagi barcha mashhur olimlar, bu ishga tortilgan edi. Lekin bu "Hisob-kitob o'lchovlari" nomli asari bizgacha yetib kelmagan.

MUHOKAMA

Turk ensklopedisti Hoji Xalifa Miskavayh va uning asari "Tajoribul-ummam" ("Xalqlarning tajribalari") asari haqida yetarlicha ma'lumot yozib qoldirgan. Miskavayhning qimmatbaho asarlari sirasiga bu kitobni kiritmaslik mumkin emas. Bu asar umumiy jahon tarixiga bag'ishlangan va bu musulmon madaniyati tarixida soha bo'yicha birinchi manba hisoblanishi mumkin.

Mazkur kitob 6 jildli umumiy tarix bo'lib, musulmon mamlakatlarning qadim zamonlardan 983-yilgacha bo'lgan tarixini o'z ichiga oladi. Asarda arab xalifaligini hayoti haqida qimmatli malumotlar bor.

"Tajoribul-ummam"ning noshiri bo'lgan ingliz sharqshunosi professor D.S.Margoliusning, rus olimi I.Krachkovskiyning, arablardan Zaki Muborakning va izmirlik Ismoil Xaqqiyning qayd etgan yozuvlaridan uning "Tarix usuli" va "Unga ta'rif' haqidagi qarashlarini qisman bo'lsada bilishimiz mumkin. Agar Ibn Miskavayh tarixda usul masalasiga oid asar yozgan bo'lganida, al-Beruniy yoki o'zining davrida hokim bo'lgan ilohiy g'oya - qarash (ilohiyot)larni buyuk salohiyat bilan aks ettirmagan. Afsuski, shunday bir asar yozmagan yohud bizgacha yetib kelmagan.

Miskavayhning yana bir mashhur asarlaridan biri "Al-fuzul al-asg'ar" kitobida shunday ma'lumotlar beradi. Bu aflotuncha hikmat namunalaridan olingan bo'lib, vaqt jihatdan Ibn Sinoning "Najot" asaridan oldin yozilgan.

Ibn Miskavayhni bizgacha yetib kelgan asarlari orasida "al-hikmat al-xolida" ("Abadiy donishmandlik") alohida ilmiy qiymatga ega . Negaki, u bu kitobda shaxs va jamiyat qadriyatlari tizimida muhim o'rin tutadigan axloq, pand nasihatlar,

shuningdek tarixiy jarayonlar va buyuk shoh va faylasuf olimlarning o'zaro muloqoti, yozishmalari haqida va bitilgan qasidalar haqida ma'lumotlar beradi.

Shu bilan birga, biz bu asar orqali hind, arab, fors xalqlari hikmatlari orqali ularning madaniyati, urf-odatlari va ijtimoiy turmush tarzi haqida ma'lumotlarga ega bo'lishimiz mumkin. Unda kishilar ijtimoiy guruhlar va umuman jamiyatning axloqiy tasavvurlari hamda me'yorlari baholanishi va turli jamiyatlar o'rtasidagi tafovutlarni namoyon qilishga harakat qilgan. Shuningdek, "Kitab at-Tahora" ("Poklanish haqida kitobi") hamda "Tathirul-A'roq" ("Ildizlar pokligi") asarlari ham ilmu axloq masalasiga bag'ishlangan.

Olimning "al-Fayz al-Ashjar" asari arabcha qo'lyozmalari XIX asrdan Yevropa Universitetlarida o'qitila boshladi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, ibn Miskavayh islom falsafasi va axloqshunosligida mashshoyiyuna axloqshunosligini tizimlashtirish jarayonida, asosan, arab tilining qudratidan foydalandi. Mutafakkirning axloqshunoslikka oid "Tahzibul-axloq" ("Axloq takomili"), "Risola fi javharin-nafs" ("Ruh javhari haqida risola"), "Kitab at-Tahora" ("Poklanish haqida kitobi"), "Tathirul-A'roq" ("Ildizlar pokligi"), "Risola fil-lazzati val-alami" ("Lazzat va alam to'g'risidagi risola"), "Kitab adab addunya vad-din" ("Dunyo va din odobi haqida kitob") asarlari, falsafaga oid "Maqala fin-nafs val-aql" ("Jon va aql to'g'risidagi maqola") hamda Islom jamiyatlari tarixiga oid "Tajoribul-ummam" ("Xalqlarning tajribalari") asarlari arab tilida yozilgan. Ibn Miskavayhning arab tilida yozilgan asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilib, ular bo'yicha maxsus tadqiqotlarni olib borish muhim ahamiyatga ega.

REFERENCES

1. Abadiy hikmat. A. Badaviy tahriri ostida. Tehron, universitet nashr. Hijr.1358 y.-B.20.

2. Abd al- Aziz Izzat.»Tahdib ul-akhlaq». Ibn Miskaweyh. - Beyrut. 1963. -R. 15.

3. Abdul Aziz Izzat. Ibn Miskavayhning axloq falsafasi va uning manbalari. Qohira, 1946 y. - B.7

4. Ahmedov B. O'zbekiston tarixi manbalari. T.,2001 y. - B. 130

5. Ibn Miskaweyh «Tahdib ul-akhlaq». Beirut. 1966. -R. 14-26.

6. Ibn Miskaweyh.Al-Khikmat al-holida. - Beirut. 1952. -R. 15-45.

7. Qodirov M. Markaziy Osiyo, Yaqin va O'rta Sharqning falsafiy tafakkuri. -T.: 2010. -V. 225.

8. Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahlili//Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

9. Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

10. Sulaymonova, Shahnoza. Farabi ve Miskaway'in etik gOru§lerinin kar§ila§tirmali analizi//"Islam'in Altin Chag'inda Ilimlerin Geli§mesine Katki Yapan Bilim Onculeri" Uluslararasi Avrasiya Chalishmalari Simpoziumi. Istanbul. 2020.;

11. Tavhidiy Abu Xayyon. Al-havomil vash-shamovil. - Kair. 1951. -S. 102.

12. Yaqut. Irshad al-arib ila ma'rifat al-adib. (Mujam al-udaba)/ Edited by S.D.Margoliouth. - Montana-Whitefish. 2010. Vol. I. -R. 88-96.

13. Шмид Э. А Рукопись 3 том Всемирной истории Ибн Мискавейха, в книге; " Труды государственной публичной библотеки УзССР" Ташкент 1936.-С. 1.

14. Шмид Э. А Рукопись 3 том Всемирной истории Ибн Мискавейха, в книге; "Труды государственной публичной библотеки УзСССР" Ташкент 1936.;

15. Шустер Б. Я Шестой том Всемирной истории Ибн Мискавейха как источник по социалным отношением в позднем халифате". Краткие сообщения Инс. народов Азии", 1961, Т. 47., Крачковийский И. Ю Новая рукопись пятого тома Ибн Мискавейха ИАН 1916, ст;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.