Научная статья на тему 'Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika va informatika fanlarini o’qitishda forobiyning qoldirgan ilmiy merosini o’rganish va o’quvchilar ongida milliy g’ururni shakllantirish'

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika va informatika fanlarini o’qitishda forobiyning qoldirgan ilmiy merosini o’rganish va o’quvchilar ongida milliy g’ururni shakllantirish Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
333
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Forobiy “Al-Muallim as-soniy” / mantiq ilmi / musiqa madaniyati / til o’rganish / rivoyat. / Farobi “Al-Muallim as-sani” / logic / music culture / language learning / narration.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Isomiddinova Mastura Ikramovna

ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika va informatika fanlarini o’qitishda Forobiyning qoldirgan merosini o’rganish va o’quvchilar ongida milliy g’ururni shakllantirishga yo’naltirilgan muhim xulosalar va jarayonlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EXPLORING THE SCIENTIFIC LEGACY OF FAROBI IN THE TEACHING OF PHYSICS AND COMPUTER SCIENCE IN SECONDARY SCHOOLS AND THE FORMATION OF NATIONAL PRIDE IN THE MINDS OF STUDENTS

This article presents important conclusions and processes aimed at studying the legacy of Farobi in the teaching of physics and computer science in general secondary schools and the formation of national pride in the minds of students.

Текст научной работы на тему «Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika va informatika fanlarini o’qitishda forobiyning qoldirgan ilmiy merosini o’rganish va o’quvchilar ongida milliy g’ururni shakllantirish»

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA FIZIKA VA INFORMATIKA FANLARINI O’QITISHDA FOROBIYNING QOLDIRGAN ILMIY MEROSINI O’RGANISH VA O’QUVCHILAR ONGIDA MILLIY G’URURNI

SHAKLLANTIRISH

Isomiddinova Mastura Ikramovna 41-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumani

Annotatsiya: ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika va informatika fanlarini o’qitishda Forobiyning qoldirgan merosini o’rganish va o’quvchilar ongida milliy g’ururni shakllantirishga yo’naltirilgan muhim xulosalar va jarayonlar keltirilgan.

Kalit so’zlar: Forobiy “Al-Muallim as-soniy”, mantiq ilmi, musiqa madaniyati, til o’rganish, rivoyat.

EXPLORING THE SCIENTIFIC LEGACY OF FAROBI IN THE TEACHING OF PHYSICS AND COMPUTER SCIENCE IN SECONDARY SCHOOLS AND THE FORMATION OF NATIONAL PRIDE IN THE MINDS OF

STUDENTS

Isomiddinova Mastura Ikramovna School №41, Uchkurgan District, Namangan region

Abstract: This article presents important conclusions and processes aimed at studying the legacy of Farobi in the teaching of physics and computer science in general secondary schools and the formation of national pride in the minds of students.

Keywords: Farobi “Al-Muallim as-sani”, logic, music culture, language learning, narration.

O’rta asrda Sharqning mashxur shaxarlarinig birida - Damashq hokimi haftada bir kun olimlarni yig’ib suhbat o’tkazar ekan. Bu paytda saroy darvozalari ochib qo’yilar, istagan kishi bu suhbatlarda qatnashishi mumkin edi. Shunday kunlarning birida Damashq shahriga borib qolgan O’rta Osiyolik alloma Abu Nasr Forobiy olimlar suhbatiga kirib qoladi. Hokim uni ham o’tirishga taklif qiladi. Shunda Forobiy “Qayerga o’tiray, o’zimga loyiq joygami yoki bo’sh joygami” deb so’raydi. “O’zingga loyiq joyga o’tiraqol”. Shunda Forobiy to’ppa-to’g’ri hokimning yoniga borib o’tiradi. Hokim bundan achchiqlanadi va soqchiga hech kim bilmagan tilda

г<м

299

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

“Bu kishi odobsizlik qildi, ketayotganda uni axloqsizligi uchun jazolang”- deydi. Shunda Forobiy huddi o’sha tilda “Men qanday gunoh qildim, nima uchun meni jazolashga buyurdingiz” deb so’raydi. Bu savolini eshitib hokim hayratga tushadi. “Bu tilni hech kim bilmaydi-ku, sen qayerda va kimdan o’rgangansan?”.

"Odamlarga nisbatan ularni birlashtiruvchi boshlang‘ich asos insoniylikdir, shuning uchun odamlar insoniyat turkumiga kirganliklari uchun o‘zaro tinchlikda yashamoklari lozim", — deydi mutafakkir.

Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Abu Nasr Forobiy 70dan ortiq tilni bilgan. Forbiy ko’p qirrali olim bo’lib , ko’p tillarni o’rgangan. Ubir asarni bir marta o’qib tushunmasa, uni qayta-qayta o’qir va ketga vaqtiga hech qacho afsuslanmas ekan. Yunon faylasufi Aristotel (“Birinchi muallim” deb atalgan)ning “Jon haqida”asarini Forobiy o’qigan nusxasi topilgan bo’lib, kitob chetiga “Men bu kitobni yuz marta o’qidim”deb yozib qo’yilgan ekan. Sharq mamlakatlarida Forobiyni ulug’lab “Al-Muallim as-soniy (”Ikkinchi muallim, Aristoteldan keyin”) “Sharq Arastusi” deb atashgani ham bejiz emas. Buyuk alloma Ibn Sino ham uning sharhlaridan foydalanganliklarini yozadi. Formal mantiq ilmining asoslari eramizdan avvalgi IV asrda buyuk yunon olimi Arastu (Aristotel) tomonidan yaratilgan. Osiyolik alloma Abu Nasr Forobiy Arastuning umumiy formal mantiq tizimini uning boshqa asarlari asosida to'ldirib, o'z zamonasi uchun eng muhim mantiq fanini shakllantirib bergan. Mutafakkirning bu boradagi fikrlari uning "Mantiq to'g'risida risolaga muqaddima", "Mantiqqa kirish", "Aql to'g'risida", "Falsafaning ma'nosi va kelib chiqishi" va boshqa asarlarida tahlil qilib berilgan. Mutafakkir inson Yer yuzidagi oliy mavjudot ekanligini ta'kidlab, uning qobiliyatiga, tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni idrok qilish kuchiga katta baho beradi. Mantiq - mantiqiy tafakkur shakli va qonunlari haqidagifan. Mantiq fanining obyekti - tafakkur qonunlari, shakllari, uslublari va amallaridir. Formal mantiq ilmi asoslari eramizdan avvalgi IV asrda buyuk yunon olimi Arastu (Aristotel)tomonidan yaratilgan. IX asrda yashab o‘tgan Markaziy Osiyolik alloma Abu Nasr Forobiy Arastuning umumiy formal mantiq tizimini uning boshqa asarlari asosida to‘ldirib, o‘z zamonasiuchun eng muhim mantiq fanini shakllantirib bergan. Forobiy o'z asarlarida bilish shakllari, insonning ruhiy holati, jon va tananing o'zaro munosabati, mantiqiy fikrlash to'g'risidagi mulohazalarini bildiradi. Uning aytishicha, insonning bilish, ruhiy qobiliyatlarini miya boshqaradi, yurak esa barcha a'zolarni hayot uchun zarur bo'lgan qon bilan ta'minlovchi markaz vazifasini tajaradi. Forobiy "Ilm va san'atning fazilatlari haqida" kitobida tabiatni bilishning cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilishga, aksidensiya (al-araz)dan substansiya (javhar)ga qarab borishni uqtiradi. Inson voqelikni idrok, sezgi, xotira, tasavvur, mantiqiy tafakkur, aql, nutq va boshqa vosita hamda usullar orqali bila oladi. Olim hissiy va aqliy bilish mavjudligini, ular bir-biridan farq qilishini ham aytib o'tadi. Hissiy bilishda sezgi a'zolari yordamida

г<м

300

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020 ISSN 2181-063X

ashyolar. narsa va hodisalaming muayyan sifatlari bilib olinadi. Shu bilan birga, sezgi orqali narsa va buyumlarning muhim bo'lmagan tomonlari ham idrok qilinadi. Aql orqali esa buyum sifatlarini mavhumlashtirish orqali uning mohiyati va umumiy tomonlari bilinadi. Forobiy aqlni, bir tomondan, ruhiy quvvat, ya'ni tug'ma, ikkinchi tomondan, ta'lim-tarbiyaning mahsuli ekanligini ta'kidlaydi. Forobiy davlatni boshqarishda, qonunlarga amal qilishda, kishilararo munosabatda, axloq va xulq-odob qoidalariga rioya qilishda, ta'lim-tarbiyada aql hukmidan kelib chiqqan holda harakat qilish kerak, deb hisoblaydi. Forobiyning qimmatli fikrlaridan biri uning dun-yoviy ruh va dunyoviy aql, ularning barhayotligi haqidagi ta'limotning talqinidir. Mutafakkirning nazarida kishining ruhi va aqli o'lganidan keyin yo'q bo'lib ketmaydi, balki dunyoviy ruh va aql bilan qo'shiladi. Demak, odamning ruhi va aqli abadiylikka ketadi. Lekin ular hech vaqt qaytib kelmaydi va namoyon bo'lmaydi. Ular tanani tashlab ketgandan so'ng bir butunlikni tashkil etadi, aql va ruh yashash davomida orttirgan barcha ma'naviy boylik to'planib barhayot dunyoviy ruh va aqlni tashkil etadi. Mutafakkirning bu ta'limotida dunyoning abadiyligi, inson zotining o'lmasligi, inson bilimlari va aqlining uzluksizligi, insoniyat ma'naviy madaniyatining taraqqiyoti haqidagi purma'no g'oyalar mavjud. Uning talqinida aqliy bilish koinot aqli yordamida haqiqiy ilmga aylanadi. Forobiy bilishning ratsional usuliniasoslagan buyuk mutafakkirdir. U falsafiy taraqqiyotda, kuzatuv, bahs-munozara, bilish usullari, hissiy mushohada to'g'risida o z davri uchun e'tiborga molik fikrlarni ilgari surdi. Bu kabi ma’lumotlarni biz informatika fanining “Mantiqiy amallar”, ”Mantiqiy elementlar”mavzularida qo’shimcha ma’lumotlar sifatida foydalanashimiz mumkin. 6-sinf fizika darslarida esa musiqiy tovushlar, shovqinlar haqidagi mavzular o’tiladi. Har kuni biz turli tovushlar ta’sirida bo‘lamiz: gaplashayotganodamlar, ashinalarning ovozi, televizor va radiopriyomnikdan taraluvchimusiqalar, suvning shildirab oqishi va h. k. Ulardan ayrimlari bizgayoqadi, ayrim tovushlar esa yoqmaydi. Shunga ko‘ra, kayfiyatimiz yaxshibo‘lib, unumli ishlaymiz, o‘qiymiz yoki aksincha bo‘ladi. Tovush orqaliinsonlar bir-biri bilan muloqotda bo‘ladi. Shu muloqot tufayli jamiyatdarivojlanish bo‘ladi. Inson tovushlardan foydalanishni allaqachon o‘rganib olgan. Tovushga tegishli qonuniyatlarni o‘rganib, turli xil musiqaasboblarini yaratgan. Bu mavzularni tushntirish davomida biz o’quvchilarga Forobiyning tovush va musiqa sohasida olib borgan ishlari, chalgan musiqa asbobarining inson ruhiyatiga ta’siriga oid ibratli rivoyatlarni keltirishimiz mumkin. Forobiy “Musiqa haqida katta kitob” degan ko‘p jildli asari bilan o‘rta asrning yirik musiqashunosi sifatida ham mashhur bo‘ldi. U musiqa ilmini nazariy, amaliy tarmoqlarga, kuylarning ichki tuzilishi, qonuniyatlarini hisobga olib ta’rif va ilmi iqoga ajratadi. Forobiy musiqa nazariyasida tovushlar vujudga kelishining tabiiy-ilmiy ta’rifini beribgina qolmay, kuylar garmoniyasining matematik prinsiplarini ochadi, turli jadvallar, geometriya qoidalari asosida ko‘plab murakkab chizmalar keltiradi. U Sharq musiqasining ritmik

г<м

301

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

asosini dalillar bilan sharhlab beradi. U ritmlarni tashkil etgan zarb birliklari bo‘1mish naqralar, ularning birikmasidan hosil etiladigan ruknlarning turli xillari asosida yaratiladigan ritm o‘lchovlari va turlarini yoritib bergan. “Musiqa haqida katta kitob”da faqat musiqa nazariyasi va tarixi bayon etilmay, Sharqda ma’lum bo‘lgan rubob, tanbur, nog‘ora, ud, qonun, nay kabi musiqa asboblari hamda ularda kuy ijro etish qoidalari tafsiloti ham berilgan. Forobiyning o‘zi mohir sozanda, bastakor, manbalarda yangi musiqa asbobini ixtiro etganligi, unda nihoyatda ta’sirchan kuylar yaratgani qayd etiladi. Forobiy musiqaga inson axloqini tarbiyalovchi, sihat-salomatligini mustahkamlovchi vosita deb qaragan. Uning musiqa sohasida qoldirgan merosi musiqa madaniyati tarixida olamshumul ahamiyatga ega. Forobiy musiqani, insonda yuksak axloq namunalarini shakllantiruvchi, unda estetik did va go‘zallik tuyg‘ularini uyg‘otuvchi va hatto inson sihat-salomatligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi vosita deb ta’riflaganligi bizga ma’lum. Alloma musiqa asboblarini shaxsan o‘zi yasar va ularni ko‘cha-ko‘ylarda, bozorlarda, odamlar to‘planib, gurunglashib o‘tirgan vaqtlarida chalib, ularda zavq-shavq, his-tuyg‘ularni uyg‘otib, kayfiyatlarini ko‘tarar edi. Uning musiqaga bo‘lgan muhabbati, ijrochilik mahorati shu darajada ommabop, xalq hayotiga yaqin ediki, u turli rivoyatlarning to‘qilishiga sabab bo‘lgan.

Rivoyat qilishlaricha, darveshona kiyingan Forobiy Halab shahrining ko‘chalarida musiqa chalib yurganligi haqida shahar hukmdoriga kimdir xabar yetkazadi. Shahar hukmdori bu darveshni huzuriga keltirishlarini buyuradi. Choparlar Forobiyni hukmdor huzuriga yetaklab kelganlarida, shahar hukmdori o‘z yaqinlari bilan kayfu safo qilib o‘tirgan bo‘ladi. Hukmdor keltirilgan darveshga qarab:

- Aytishlariga qaraganda sen musiqa asboblarini juda yaxshi chalar emishsan, shu to‘g‘rimi? - deb so‘raydi.

- Demak, ular adashmaganlar, - deb javob beradi Forobiy.

- Unday bo‘lsa, - deydi hukmdor, - sen shunday musiqa chalginki, biz o‘tirganlar xoxolab kulib yuboraylik, tanalarimiz ham larzaga kelsin.

- Xo‘p bo‘ladi, - deb Forobiy ichak uzdi musiqa chalib, hammani kuldiradi.

- Endi, - deydi hukmdor, o‘zini kulgidan zo‘rg‘a to‘xtatib, - sen bizlarni yig‘latib yuboradigan musiqa chalib ber.

- Buyrug‘ingiz men uchun vojib, - deb Forobiy shunday mungli musiqa chaladiki, o‘tirganlarning barchasi yig‘lashga tushadi. Yig‘idan o‘zini zo‘rg‘a to‘xtata olgan hukmdor, ko‘zlarini artib, yana darveshga yuzlanib deydi:

- Ofarin. Endi qo‘lingdan kelsa, musiqa chalib, bizlarni uxlatgil, biroz dam olib, o‘zimizga kelib olaylik. Shunda Forobiy boshqa bir mo’jazgina musiqa asbobini qo‘liga olib, shunday mayin, nafis tovushda musiqa chaladiki, o‘tirganlarning barchasi uyquga ketganidan foydalanib, bir varaq qog‘ozga quyidagilarni yozib,

г<м

302

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

saroydan chiqib ketadi: «Sizlarni kuldirib, yig‘latib, keyin uxlatib, musiqa chalgan darvesh aslida Forobiy edi».

Uyqudan cho‘chib uyg‘ongan hukmdor varaqdagi yozuvga ko‘zi tushib, musiqa chalgan darveshni topib, zudlik bilan uni yana saroyga keltirishlarini buyuradi. Choparlar qanchalik qidirmasinlar, darveshni topishning iloji bo‘lmaydi. Chunki bu vaqtda Forobiy shahardan chiqib ketishga ulgurgan edi. Abu Nasr Forobiy haqida rivoyatlar talaygina. Bu, o‘z navbatida, buyuk allomaning naqadar oddiy, kamtarin inson bo‘lganligidan hamda uning doimo xalq ichida kamtarona hayot kechirganligidan dalolat beradi. Olim 941-yildan Damashqda muhtojlikda kun kechirgan. Shunga qaramay ilm bilan shug'ullanadi, falsafa va boshqa fanlar sohasida tadqiqot ishlari olib boradi. U Damashqdagi "Bob as-sag'ir" qabristoniga dafn etilgan. Mavjud ma'lumotlarga qaraganda, Forobiy 160 dan ortiq asar yozgan. Lekin ularning aksariyati bizgacha yetib kelmagan. Bu kabi ma’lumotlarni keltirish bilan biz o’quvchilar ongida Vatanga muhabbat ruhini va ulug’ ajdodlarimizga hurmat asnosida milliy g’ururni shakllantirib borishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. - Toshkent: 2012.

2. U kim bu nima? Bolalar ensiklopediyasi. - Toshkent: 2008

2. Yosh fizik. Ensiklopedik lug’at. - Toshkent: 2008

3. www.ziyonet.uz

4. www.kitobxon.com.

303

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.