Научная статья на тему 'Adabiy ta`limda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning аmaliy ahamiyati'

Adabiy ta`limda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning аmaliy ahamiyati Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1550
180
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Innovatsion jarayon / sifat va samaradorlik / muammoli ta`lim / texnologiya / pedagogik faoliyat / imkoniyat / sharoit yaratish / Инновационный процесс / качество и эффективность / проблемы / технология / педагогическая деятельность / возможность / создние условий.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qurbonova Feruza A`Zamovna

Maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta`lim jarayoniga qo`llash hamda innovatsion jarayonning rivojlanish bosqichlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, innovatsion pedagogik texnologiyalarning asosiy prinsiplari ko`rsatib o`tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПРАКТИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В ЛИТЕРАТУРНОМ ОБРАЗОВАНИИ

В статье реч идёт о проблемах внедрения в учебныйпроцесс современных инновационных педагогических технологий, об этапах развития инновационного процесса. Показаны основные принципы инновационных педагогических технологий.

Текст научной работы на тему «Adabiy ta`limda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning аmaliy ahamiyati»

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

ADABIY TALIMDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AMALIY AHAMIYATI

Qurbonova Feruza Azamovna

QDPI

Annotatsiya: Maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta'lim

jarayoniga qo'llash hamda innovatsion jarayonning rivojlanish bosqichlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, innovatsion pedagogik texnologiyalarning asosiy prinsiplari ko'rsatib o'tilgan

Kalit so'zlar: Innovatsion jarayon, sifat va samaradorlik, muammoli ta'lim, texnologiya, pedagogik faoliyat, imkoniyat, sharoit yaratish

ПРАКТИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В ЛИТЕРАТУРНОМ ОБРАЗОВАНИИ

Курбанова Феруза Азамовна

QDPI

Аннотация: В статье реч идёт о проблемах внедрения в учебныйпроцесс современных инновационных педагогических технологий, об этапах развития инновационного процесса. Показаны основные принципы инновационных педагогических технологий.

Ключевые слова: Инновационный процесс, качество и эффективность, проблемы, технология, педагогическая деятельность, возможность, создние условий.

PRACTICAL IMPORTANCE OF USING INNOVATIVE PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN LITERARY EDUCATION

Kurbanova Feruza Azamovna

QDPI

Abstract: Artikle deales with the problems of introducing modem innovative pedagogical technologies into theeducational process, and, the stages of development of the innovation process.The basic principles of innovative pedagogical technologies are shown.

368

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Keywords: Innovation process, quality ahd efficiency, problems, technology, pedagogical activity, opportunite, create conditions.

Bugun mamlakatimizda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasi to'g'risidagi farmoni asosida ta'lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta'lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, har tomonlama barkamol avlodni shakillantirish masalalariga ustivor vazifalar sifatida jiddiy e'tibor

qaratilmoqda.Amalga oshirilayotgan ta'limiy islohotlar yagona maqsad-barkamol shaxs va malakali mutaxassislarni tarbiyalash hamda tayyorlashga yo'naltirigan bo'lib, mazkur maqsadning to'laqonli amalga oshirilishi ta'lim tizimini

takomillashtirish, ta'lim jarayonida sifat o'zgarishlari va yuqori samaradorlikka erishish asosida ta'minlanadi.”Ta'lim-tarbiyadagi sifat o'zgarishlari va yuqori samaradorlik mazkur sohada ijobiy yangilik kiritish bilan belgilanadi.Bunday yangilikni kiritish innovatsion jarayon bo'lib , ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy qilib, ta'limda sifat va samaradorlikka erishuvdan iborat bo'ladi.”[5.105.]

Innovatsion faoliyat yangi ijtimoiy talablar bilan an'anaviy me'yorlarning mos kelmasligi yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me'yorining yuzaga kelgan me'yor bilan to'qnashuvi natijasida vujudga kelgan qator muammolarni yechishga yo'naltirilgan faoliyat sanaladi. U shaxsning, xususan, pedagogning innovatsion jarayonni tashkil etishga tashkiliy-texnologik, metodik va ijodiy jihatdan tayyorligi hisobiga tashkil etiladi. Pedagogik innovatsiyalarning izchil ravishda pedagogik faoliyatga yangiliklarni olib kirishga imkon berishi orqali ta'lim tizimi yoki jarayoni muntazam rivojlanib boradi. O'qituvchining innovatsion faoliyati pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg'a undovchi, bunyodkorlikka rag'batlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo'ladi hamda u ta'lim jarayonining sifatini kafolatlaydi. Shu bois har bir o'qituvchi innovatsiyalarning mohiyatini tola tushungan holda o'z faoliyatiga izchil tatbiq eta olsa ta'lim jarayoni ham sifat, ham samaradorlik nuqtai nazardan taraqqiy etadi. Bu esa o'z navbatida ta'lim tizimining rivojini ta'minlaydi. Bugungi kun o'qituvchidan innovatsiyalardan yaxshi xabardorlikni, ularni dars jarayoniga tatbiq etishdagi kasbiy mahoratni taqazo etadi.

PedagogiK oliy ta'lim muassasalarida “Tohir MaliK qissalarida tarbiya muammosi talqini” modulini muammoli ta'lim asosda o'qitish qator afzalliKlarga ega.

Muammoli o'qitish talabalarni o'rab turgan borliqni bilish metodlari bilan qurollantiradi, maqsadga muvofiq Kuzatish Ko'niKma va malaKalarni rivojlantiradi, ularni asoslash orqali asosiy qonuniyatlarni umumlashtirish va xulosa qilish qobiliyatlarini tarbiyalaydi.

г<м

369

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Mavzu yuzasidan quyidagi muammoli savollar talabalar e'tiboriga havola etiladi:

1. Tohir Malik qissalarining hozirgi zamon adabiyotidagi boshqa qissalardan farq qiluvchi jihatlari nimalarda ko'rinadi?

2. Ijtimoiy muhit manaviy ruhiyat muammosida qanday rol o'ynaydi?

3. Qamariddinning ayanchli qismatiga kim yoki nima sabab?

4. “Qozonga yaqin yurma qorasi yuqadi”maqoli asardagi qaysi qahramon hayotiga tegishli?

5. Farzand noqobil bo'lsa ozori jondir jumlasining mohiyatini ayting?

Ushbu savollarga javob toppish maqsadida amaliyotimizda sinovdan otkazilgan ayrim keys namunalarini keltirib otamiz.

Muammoli ta'limni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar quyidagi bilim va ko'nikmalarga ega bo'lmoqlari zarur:

Talaba bilishi kerak:

- manaviyat, manaviy barkamol inson, komil inson, dunyoqarash, mustaqillik davrida yaratilgan bolalarbop asarlar namunalarini, sheriyat, badiy asar , qahramon, ruhiyat, syujet, yechim.

Talaba amalga oshirishi kerak:

- mavzuni mustaqil organadi; muammoning mohiyatini aniqlashtiradi; g'oyalarni ilgari suradi; malumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan ko'rib chiqib, mustaqil qaror qabul qilishni organadi; oz nuqtai nazariga ega bo'lib, mantiqiy xulosa chiqaradi; oquv malumotlar bilan mustaqil ishlaydi; malumotlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;

Talaba ega bo'lmog'i kerak:

- kommunikativ ko'nikmalarga; taqdimot ko'nikmalariga; hamkorlikdagi ishlar ko'nikmalariga; muammoli holatlar tahlil qilish konikmalariga.

Tavsiya etilgan muammoni yechish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:

• o'zlashtirilgan mavzu bo'yicha bilimlarni mustahkamlash;

• mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;

• mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko'nikmalarini egallash;

• o'quv axborotlarini o'zlashtirish darajasini tekshirib ko'rish.

Muammo:

“Asror xuddi ertaklardagiday uch yo'l qarshisiga kelib qolgan. Birinchi yo'lning boshida oq shayton turibdi. Bu oq shayton Asrorning tushlariga ham kiradi. Bu shayton uni pul, maishat sari yetaklaydi. Odamlar boshindan pul sochishadi, ammo istagan yo'riqlariga solishadi. Bu xo'rliklarga chiday olsang, kuning rohatda o'tadi deb uni o'z yo'liga yetaklaydi. Ikkinchi yo'lda qora shayton turadi. Bu zo'rlik,

г<м

370

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

zo'ravonlik yo'li. “Yigitning yo'li shu yo'l, - deydi u, birovga egilmaysan senga qulluq qilishadi.

Uchinchi yo'l boshida hech kim yo'q. Ko'cha ham g'ira-shira qorong'ulik ichida”

Qissa qahramoni Asror duch kelgan bu uch yo'l nimaning ramzi? Muammoniyechish bo'yichayo'riqnoma

Ish bosqichlari Maslahatlar va tavsiyanomalar.

1. Muammo va uning axborot ta'minoti bilan tanishish Avvalo muammo bilan tanishing. Tohir Malikning “Alvido, bolalik!”qissasida ma'naviyat muammosi haqida tushuncha hosil qilish uchun bor bo'lgan butun axborotni diqqat bilan o'qib chiqish lozim. O'qish paytida vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang.

2. Berilgan vaziyat bilan tanishish Ma'lumotlarni yana bir marotaba diqqat bilan o'qib chiqing. Siz uchun muhim bo'lgan satrlarni belgilang.Siz uchunmuhim fikrlarni qalam yordamida ostini chizib qo'ying. Vaziyat tavsifida berilgan asosiy tushuncha va iboralarga diqqatingizni jalb qiling. Ushbuvaziyat “ Hozirgi globallashuv jarrayonida millatimizning ko'rki bo'lgan ma’naviyatimizni yanada yaxshiroq bilishga va aniqlashtirilishiga yordam beradi”.

3. Muammoli vaziyatni tahlil qilish 4. Muammoning Yechimini aniqlash. Asosiy muammo va kichik muammolarga diqqatingizni jalb qiling. Asosiy muammo: Hayot yo'lida adashgan yosh avlod fojeasining tub ildizi qayerga borib taqaladi? Quyidagi savollarga javob berish orqali kichik muammolarni yechishga harakat qiling/ 1. Birinchi yo'l qarshisidagi oq shayton qiyofasida kimni ko'rdingiz? 2. Ikkinchi yo'l qarshisidagi qora shayton kim edi? 3. Uchinchi yo'lning boshida Asror nima uchun hech kimni ko'rmadi? 4. Asosiy muammo nimaga qaratilganini aniqlang. - ob'ektning holatini aniqlang, asosiy qirralariga e'tibor qarating, muammoli vaziyatning hamma tomonlarini tahlil qiling. Ma'naviy barkamol, komil insonni tarbiyalash zarurati oshib borishi sabablarini, uning millat, mamlakat va umuminsoniyat oldida turgan ulkan vazifalar bilan bog'liq ekanligini ko'rsatib bering.

Xulosa qilib aytish mumkinki, yuqori darajadagi umumiy-kasbiy madaniyatga, ijtimoiy faollikka, mustaqil fikrlashga ega bo'lgan yetuk mutaxassislarni tarbiyalash uchun bugungi kunda pedagog-o'qituvchilarimiz zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalardanfoydalanishlari ta'lim-tarbiyaning sifat va samaradorligini oshirishning asosiy omili ekanligini tushunib yetishlari lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

г<м

371

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

1. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining “Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli farmoni. 2017-yil 7 -fevral.O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017-yil, 6-son, 70-modda.

2. Ishmuhamedov R, Yuldashev M. Ta'lim va tarbiya, innovatsion pedagogik texnologiyalar.-T.2013-yil, 272 b.

3. Madumarov T, Kamolidinov M. Innovatsion pedagogik texnologiya asoslari va uni ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llash:uslubiy qo'llanma.-T”Talqin”, 2012-yil.144-b.

4. Muslimov N.Usmonboyeva M, Sayfurov D. Innovatsion ta'lim texnologiyalari. O'quv-metodik qo'llanma.Toshkent-2015.144-b.

5. Ziyamuhamedov B. Pedagogika. O'quv qo'llanma.T. “Tamaddun”.2014 .200 b/

372

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.