Научная статья на тему 'Ta`lim sifat samaradorligini oshirishda xalqaro tajribalardan foydalanish'

Ta`lim sifat samaradorligini oshirishda xalqaro tajribalardan foydalanish Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
24629
2715
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
mamlakat / ta`lim / tajriba. xorijiy tajriba / ta`lim inspeksiyasi / tuzilma / xalqaro baholash / country / education / experience / foreign experience / education structure / international evaluation

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdiyeva Komila Suvonqulovna.

Maqolada Yaponiya, Germaniya, Fransiya, AQSH kabi ilg`or xorijiy ta`lim tizimi tuzilmasi, tajribasi va zamonaviy ta`lim dasturlari qisqacha tahlil qilingan. Shuningdek ta`lim tizimidagi yutuqlari, ta`lim standartlari monitoring qilingan.O`zbekistonning ayni damdagi yutuqlari e`tirof etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF INTERNATIONAL EXPERIENCE IN INCREASING THE EFFICIENCY OF EDUCATION QUALITY

The article briefly analyes the structure, experience and modern educational Programs of the advanced foreign education system such as Japan, Germany, France, USA. Also achievements in the education system, educational stan-dards are monitored. The achievements of Uzbekistan at the same time are recognized.

Текст научной работы на тему «Ta`lim sifat samaradorligini oshirishda xalqaro tajribalardan foydalanish»

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

TA'LIM SIFAT SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA XALQARO TAJRIBALARDAN FOYDALANISH

Abdiyeva Komila Suvonqulovna.

Sirdaryo viloyati Shirin shahar 3-maktab

Annotatsiya: Maqolada Yaponiya, Germaniya, Fransiya, AQSH kabi ilg'or xorijiy ta'lim tizimi tuzilmasi, tajribasi va zamonaviy ta'lim dasturlari qisqacha tahlil qilingan. Shuningdek ta'lim tizimidagi yutuqlari, ta'lim standartlari monitoring qilingan.O'zbekistonning ayni damdagiyutuqlari e'tirof etilgan.

Kalit so'zlar: mamlakat, ta'lim, tajriba. xorijiy tajriba, ta'lim inspeksiyasi, tuzilma, xalqaro baholash.

USE OF INTERNATIONAL EXPERIENCE IN INCREASING THE EFFICIENCY OF EDUCATION QUALITY

Abdiyeva Komila Suvonkulovna.

Shirin city, Syrdarya region, School №3

Abstract: The article briefly analyes the structure, experience and modern educational Programs of the advanced foreign education system such as Japan, Germany, France, USA. Also achievements in the education system, educational stan-dards are monitored. The achievements of Uzbekistan at the same time are recognized.

Keywords: country, education, experience, foreign experience, education structure, international evaluation.

Vatanimiz ta'limi keng qamrovli islohotlarni hamda qayta qurish ishlarini amalga oshirishdek murakkab jarayonni boshidan kechirdi va kechirmoqda. Ulardan ko’zda tutilgan maqsad maktab faoliyatini demokratlashtirish uning, insonparvarlik tamoyillarini rivojlantirish, shu asosida o’quv tarbiya ishlari mazmunini, uning shakl va uslubini kompleks yangilash va yanada takomillashtirishdan iboratdir.Yangilangan ta’lim to’la ma’noda yangicha tafakkur, sog’lom fikr demakdir. Hozirgi davrda ta’limning qadr -qimmati, obro va nufuziga teng darajada unnig ijrochilarida tashabbuskorlik, fidoyilik va ishbilarmonlik ham bo’lmogi zarur.

Ta’limdagi muvvafaqiyat, aksariyat dadil harakat qiluvchilar tarafida bo’ladi. Dadil harakat, shijoat tufaylifdir. Shijoatni esa insonga, o’zbek milliy pedagogikasining mumtoz namoyondasi Abdulla Avloniy takidlaganlaridek maktab ilm- ma’rifat baxsh eta oladi.

г<м

383

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Qadimdan bizda bilim olish qadrlangan.Bilimdon kishilar esa el- yurt ardog’ida bo’lganlar. Shuning uchun ham bilim olish va olingan bilimni mamlakatimiz xizmati yo’lida xizmat qildirish oliy insoniylik burchimizdir.Bu vazifalarni muvvafaqiyatli hal etishni muhim shartlaridan biri chet el maktabi va pedagogikasi tajribalari o’rganishdir.

Xalqaro tajribalarini sinchkovlik va qunt bilan o’rganish orqali ta’lim tarbiyada qotib qolgan, o’z dolzarbligini yo’qotb borayotgan ish shakllari, uslublaridan xalos bo’lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda qo’shimcha boy manbalarga ega bo’lamiz.

Davlatimiz rahbari mamlakatda kadrlar muammosi mavjudligini barcha sohalarga islohotlar sur’atiga mos zamonaviy mutaxassislar kerakligini aytgan edi.

Shu maqsadda butun ta’lim tizimi takomillashtirilmoqda. Maktabgacha ta’lim rivojlantirilayotganini maktab saboqlariga puxta zamin bo’lmoqda. Umumiy o’rta ta’lim sifati ilg’or xalqaro tajriba va zamon talablari asosida yuksaltirilmoqda.

Prezident maktablari, buyuk allomalarimiz nomi bilan ataladigan ixtisoslashtirilgan maktablar, ijod maktablari, Temurbeklar maktablari kabi zamonaviy va innovatsion ta’lim maskanlari tashkil etildi.Ularda xalqaro tajribalar yo’lga qo’yilganligi kelajakda yetuk kadrlar yetishib chiqishidan dalolat beradi. 2019-yil 26- noyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining, , Zamonaviy maktab” larni tashkil etish chora tadbirlari togrisida“gi qaror qabul qilindi. Qarorga muvofiq 2021-yilgacha maktablarnng kamida 3 foizi, 2025-yilgacha 20 foizi 2030-yilga qadar esa 50 foizini, , zamonaviy maktab” larga aylantirishning asosiy parametrlari belgilandi.

Prezidentimiz shu yil yanvar oyida Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomada maktab o’quv dasturlarini ilg’or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o’quv yuklamalari va fanlarni qayta ko’rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarurligini takidladi. Maktablarda moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash, o’quv tarbiya jarayonida xalqaro zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash bo’yicha vazifalarini belgilab berdi.

Yurtimizda matematika, kimyo, fizika, va biologiya darslarining 10 foizigina amaliy mashg’ulotga ajratilgan.Rivojlantirilgan davlatlarda bu ko'rsatkich 30-50 foizni tashkil etadi.

Shu bois xalq ta’limi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikat-siyalarini rivojlantirish vazirligiga o’quv dasturlarida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, aniq fanlarda amaliy mashgu’lotlar kolamini oshirish vazifasi qo’yildi.

Bugungi kunda har qaysi xalq davlat va jamiyatning taraqqiyot darajasi, avvalambor uning inson kapitaliga, inson rivojida berayotgan e’tibori bu yo’ldagi say harakatlari bilan o’lchanadi. Bugungi kunda ta lim mazmuniga bo’lgan e’tibor

г<м

384

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

rivojlangan mamlakatlardagi shart -sharoitlarga yetib bormoqda...Buning isboti sifatida xorijiy mamlakatlatlar ta’lim tizimini tahlil qilib o’tamiz.

Yaponiya ta’lim tizimi

Yaponiya talimida '' iqtidorli o'quvchi ' tushunchasi yo'q. chunki har bir o' quvchi alohida iqtidor sohibidir.

Ilg’or mamlakatlar ichida Yaponiya ta’limi o’ziga xos yo’nalishi yetakchi o’rinni egallaydi. Jumladan, Yaponiya ta’lim tizimining tarkibi quyidagicha: maktabgacha ta’lim , boshlang’ich maktab , kichik o’rta maktab, yuqori o’rta maktab, oiliy ta’lim tizimlariga kiruvchi oliy o’quv yurtlari.

Boshlang’ich maktabda o’qituvchilar bolalarni tanqidga, ya’ni o’z xulqining yomon jihatlarini, maktabdagi kamchiliklarni tanqid qilishga o’rgatishadi. Bundan ko’rinib turibdiki, o’qituvchi faqat ta’lim berish bilan cheklanib qolmay, bolaning har tomonlama rivojlanishiga tasir etadi.

Yaponiya rivojlangan davlatlar ichida o’qituvchining maoshi davlat rahbarlari orasida ham yuqori bo’lgan yagona davlat.

Majburiy ta’lim muhiti. Ta’limning bu pog’onasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarni o’z ichiga oladi. Muhtoj oilalarning bolalariga moddiy yordam ko’rsatiladi.

Yuqori o’rta maktab 10-11-12-sinflarni o’z ichiga oladi, bunday maktablarning kunduzgi, sirtqi, kechki bo’limlari mavjud.

Yuqori bosqich o’rta maktablarda butun o’quv jarayonida o’quvchilar 80 ta sinov topshirishadi. O’quvchilar majburiy asosiy fanlardan tashqari o’z xohishlariga ko’ra ingliz tili, texnik ta’lim va maxsus sinovlarga jalb etiladi.

Universitetlariga yuqori va o’rta maktabning yoki 12 yillik oddiy maktabni bitirgan o’quvchilari qabul qilinadi. Universitetlarga qabul qilinish 2 bosqichga bo’linadi: 1-bosqich turar joyda o’tkaziladi, buning uchun yapon tili, matematika, fizika, kimyo, jamiyatshunoslik, tarix bo’yicha test sinovlaridan o’tkaziladi.

Yaponiyada oliy ta’lim majburiy hisoblanadi va u kasb ta’limi bilan uzviy bog’liqdir.

Yaponiyada bolalar tarbiyasida onalarning roli va mas’uliyati ayniqsa kattadir. Ular farzandlarining aqlli, dono va mehnatsevar bo’lib o’sishlari uchun oila sulolasi va davlat oldida o’zlarini ma’sul deb hisoblaydi. Yaponiyada oilaviy tarbiya xususida ko’plab metodik qo’llanmalar va tavsiyanomalar nashr etiladi, radio va televideniya orqali ko’plab pedagogik maslahatlar berib boriladi.

Yaponiya oilalaridagi uy partalari diqqatga sazovordir. U mukammal, yon tomonidan muhofazalangan qurilma bo’llib, parta ustida kitob javoni, yoritkich, soat, qalam, qog’oz, mikrokalkulyator va boshqa zaruruy ashyolar, shuningdek kerak bo’lib qolgan taqdirda ota-onalarini chaqiradigan signal tugmachalarigacha o’rnatilgan.

г<м

385

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Yaponiya o’rta maktablarining saviyasi AQSH o’rta maktablari saviyasidan bir muncha yuqori turadi.

Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki yaponiyada ta’lim tizimi ham shaklan, ham mazmunan yuksak uyg’unlik kasb etgan. Ibrat olsa, o’rgansa arziydigan jihatlari ko’p. E’tiborli yana bir tomoni - Yaponiyada faqat milliy an’analar bilan cheklanib qolmay jahondagi AQSH, Fransiya, Germaniya kabi taraqqiy etgan mamlakatlarning ilg’or pedagogik ish tajribalari ham ijodiy o’zlashtiril-gan.

Bunday tajribalar Respublikamiz ta’lim tizimini yanada yuqori pog’onaga ko’tarishda qo’l kelishi shubhasiz.

Amerika Qo’shma Shtatlari ta’lim tizimi: Amerikada o’rta ta’lim 12 yil bo’lib boshlang’ich o’rta va quyi maktablarga bo’linadi. Aksariyat qismi davlat maktablaridan iborat va ularda o’quvchilarning 88 foizi o’qiydi.Ta’lim

muassasalarini davlat va shahar buyudjetlari moliyalashtiradi, Qoshma shtatlarda yalpi ichki mahsulotning 7.5 foizi har yili ta’limga sarflanadi. 12foiz o’quvchilar xususiy maktablarga boradi, ularning moddiy resurslari ota-onalar, turli mablag’lar va xayriya mablag’lari hisobidan shakllantiriladi.

Mamalakatlarda ta’lim maskanlari raqamlarga ega emas, ammo ular hududlar boyicha yoki mashhur kishilar nomi bilan ataladi.

Odatda har bir sinf xonasi televizor va kompyuterga ega. Kompyuter sinflari yuqori tezlikdagi internetga ulangan. Amerikada nusxa ko’chirish uskunalari juda ko’p joylashtirilgan. Chunki o’qituvchi tomonidan o’quvchlarga deyarli barcha vazifalar bosma shaklda beriladi.Boshlang’ich maktabda har yil sinf o‘qituvchisi o’zgaradi. Boshlang’ich sinflarda matematik bilimlarning hajmi Rossiya va Angliya maktablari darajasiga nisbatan biroz yengilroq.Ko’paytirish jadvali 3-sinfdan boshlanadi.

Amerika maktablaridagi o’ziga xos usullaridan biri har bir o’quvchining, , Hisobot kartasi”yuritilishidir. Unda o’quvchi 10 xil xatti -harakati bo’yicha baholanadi. Ota-onalar ushbu karta bilan tanishib borar ekan, farzandlariga oqsayotgan tomonlarini aniqlab, uni tuzatishga harakat qilishadi.

Amerika pedagoglari haftasiga bir marta 1-3-sinf o’quvchilari uchun “Sevimli o’yinchoq” metodini qo’llashadi. Bu metodda bolalar o’yinchogini tariflaydi. Mazkur metodni qo’llashdan maqsad bolani uyatchanlikdan xalos bolishga, sinfdoshlari orasida erkin gapirishga o’rgatishdir. Amerikada ta’limni haddan ziyod demokratlashuvi talabalar bilimining puxtaligini tekshirish va nazorat qilishda qiyinchiliklar tug’diradi. Shu sababli boy moddiy baza va tajribaga ega bo’lgan davlatda butunlay savodsiz bo’lgan bolalar ham topiladi.

AQSH da ta’lim tizimining maqbul tomonlarining ijobiy qo’llanishi muhim ahamiyat kasb etadi.

г<м

386

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Germaniya ta’lim tizimi: Germaniya jahon ma’rifat va madaniyat o’choqlaridan bin. Ushbu davlatda har bir fuqaro o’z shaxsini erkin rivojlantirish, o’z iqtidori moyilligi va qobiliyatiga qarab maktab, o’qish joyi va kasb tanlash huquqiga ega.

Maktab ta’lim tizimi boshlang’ich va o’rta ta’lim muassalaridan iborat. Barcha davlat maktablarida o’qish bepul.

Germaniyada maktab ta’limi quyidagi maktab tiplariga bolinadi: boshlangi’ch maktab; yo’nalish maktablari; asosiy maktab; real maktab; gimnaziya; umumiy maktab ; maxsus maktab.

Boshlang’ich maktab ta’lim tizimining poydevori hisoblanadi. Boshlang’ich maktabdan so’ng o’quvchilar yo’nalish maktabga o’tishadi. Asosiy yoki to’liq xalq maktabi boshlang’ich maktabni bitirib, real maktab yoki gimnaziyaga bormagan barcha o’quvchilar uchun majburiydir. Asosiy maktab o’qituvchilari o’zlarini o'qituvchi emas, ijtimoiy pedagog, deb his qiladi. Lekin asosiy maktabdagi o’quvchilar yomon o’zlashtirishiga qaramasdan kasbiy ta’lim olishiga majbur bo’lishadi. Real maktablar ikkinchi bosqichga qarashli bo’lib, odatda 5-10-sinflarni o’z ichiga oladi. Real maktab yuqori darajali kengaytirilgan umumiy ta’lim beradi va o’quvchilarni mustaqil fikrlash, mas’uliyat hissi, insonlarga rahbarlik qilish ko’nikmalariga yuqori talab qo’yadigan kasb egalari bo’lishi uchun kasbiy ta’lim kurslariga tayyorlaydi.

Germaniya ta’limi o’ziga xos yo’nalishga juda murakkab tizimga ega. Germaniya davlatida taraqqiy etgan davlatlar orasidan o’rin olishda o’zini oqlab kelayotgan ta’lim tizimi mavjud.

Fransiya ta’lim tiizimi: Fransiyada ta’lim sifati ta’lim, sport va tadqiqotlar bo’yicha bosh inspeksiya tomonidan nazorat qilinadi. Ushbu bosh inspeksiya 4 ta vazirlik uchun faoliyat ko’rsatadi. Bosh inspeksiya 4 ta vazifani bajaradi:

1. Qo’llab-quvvatlash - ta’lim, fan, sport, madaniyat boshqaruv idoralarini oliy ta’lim rektoratlarini.

2. Ekspertiza qilish - vazirliklar, idoralar, shartnomalar, rahbarlar faoliyati, xizmatlar, tuzilmalar va boshqalar.

3. Baholash - tashkilotlar, muassasalar, tuzilmalar, ijtimoiy siyosiy ahvol, kadrlar.

4. Nazorat qilish - tashkilotlar, muassasalar, xizmatlar va kadrlar.

Bosh inspeksiyada to’planadigan tajribalarning xilma -xilligi, bolalar bog’chasidan doktoranturaga qadar davlat siyosatini muvofiqlashtirish imkonini beradi.Bu esa ta’lim, fan va yoshlarni rivojlantirishga, o’quvchilarni sport, jamiyat hayoti va jamoat o’qishiga jalb etishga ta’sir qiladi.

Fransiya ta’lim tizimiga ko’ra bola 6-7 yoshida tayyorlov sinfga boradi, keyin shu maktabda 4 yil boshlang’ich sinfda o’qiydi. Bu boshlang’ich sinflar odatda

г<м

387

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

alohida boshlang’ich maktab sifatida faoliyat ko’rsatadi hamda ularning inspeksiyasi ham, alohida bo’ladi.

Keyingi bosqich o’rta ta’lim kollej deb ataladi. U yerda bola 4 yil o’qiydi va yakunida to’liqsiz maktab bitiruvchisi deb hujjat beradi.

Keyingi 3 yil davomida turli yo’nalishdagi litseylarda o’qiydi hamda yakunida bakalavr imtihonini topshirib uning natijasiga qarab OTM larga qabul qilinadi.

O’qituvchilarni ishdan olishni maktab direktori amalga oshirmaydi.Yaxshi ishlamaydigan o’qituvchilarni direktor tavsiyasiga muvofiq ta’lim inspeksiyasi tomonidan taftish qilinadi. Uning intizomi, o’qituvchilik faoliyati, bolalar, ota-onalar o’rtasidagi obro’si diqqat bilan o’rganiladi va tegishli chora ko’riladi.

Maktab o’qituvchilariga qo’yilgan talab Fransiyada o’ta yuqori. Ayniqsa boshlang’ich maktablarda o’qituvchi o’z kasbining ustasi, ajoyib notiq, san’atkor, musiqachi, sportchi, tashkilotchi, namunali xulq egasi bo’lmog’i lozim. Fransiya ta’lim tizimlarida maktabdan va sinfdan tashqari muassasalari ko’zda tutilmagan. Biroq maktablarda, litseylarda turli to’garaklar mavjud.

O’zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi huzuridagi talim sifatini nazorat qilish ta’lim inspeksiyasi tashkil qilinganiga endigina 2 yildan oshdi.O'tgan davr mobaynida inspeksiyaga yuklatilgan vazifalar bajarish bo’yicha ilg’or xorijiy tajribalarni o’rganish va ularni yurtimiz talim sifatini baholash ishlarini joriy etish bo’yicha maqsadli ishlar olib borilmoqda. Biz ayni damda chet el pedagogikasidagi ilg’or jihatlarini o’zashtirish, yangi- yangi o’quv predmetlarini ta’lim tarkibiga kiritish bilan jahondagi eng ilg’or pedagogikalarinig biriga aylantirish.

Ayni damda AQSH pedagogikasidagi:

1. Bolani o’z kuchi, imkoniyatiga ishonch ruhiyatida tarbiyalash.

2.O’quvchinig eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish uchun kurash

3. Bolani kamsitmaslik, insoniylik qadriyatlarini va g’ururini yerga urmaslik

4.O’quvchini ilk davridanoq kasbga yo’naltirish

5. Vataniga faxr va iftixor ruhi bilan tarbiyalash.

Yaponiya ta’limidagi :

1. Bolani maktabga puxta tayyorlash

2. Kichkintoylar ta’lim va tarbiyasiga ota-onalar masuliyatini kuchaytirish;

3.O’quvchilarni nafosat jismoniy kamolotiga berilayotgan etibor;

4. O’qituvchi kadrlariga yuksak talabchanlik;

5. Yosh talantlar bilan olib borilayotgan izchil ishlar.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Germaniya ta’limidagi :

1. Tabaqallashtirib o’qitishga kuchli e’tibor;

2.O’quvchilarni mehnat ta’limini mustahkamlash

3. Kasbga yo’naltirish.

388

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Fransiya ta’limidagi:

1. Maktabgacha tarbiyadanoq o’quvni predmetlashtirib tashkil etish ;

2. Boshlang’ich ta’limni 3 bosqichda puxta amalga oshirish

3. O’quvni didaktik vositalar bilan ta’minlashga berilayotgasmn katta e’tibor.

4. Oquv muassasalarinig turli firmalar, konsernlar, korxonalar, mustahkam aloqalari va boshqa ibratli jihatlari bizning ta’limga ham ko’chib bormoqda. Albatta ta’limga har qanday yangilik, o’zgarish, jiddiy tahlillar, tajribalar asosida kirib keladi.

O’zbekiston 2021-yilda PISA va PIRLS xalqaro baholash tizimida ishtirok etishi rejalashtirilgan. Bu sinovga barcha tayyorgarlik ko’rishi kerak.Ya’ni bu yilgi 3- sinf o’quvchilarimiz 2021-yilda 4-sinf bo’ladi. Bu o’quvchilarni mazkur jarayonga tayyorlash uchun xalqaro baholash tizimida ishtirok etib kelayotgan rivojlangan davlatlarning xalqaro tajribalari bilan o’rtoqlashishga to’g’ri keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Yo’ldoshev J.F. Xorijda ta’lim (metodik qo’llanma) - Toshkent: 1995- yil

2. Ikromov A.B., Mxmudov S.Y., Anorqulova G.M. Germaniya: Ta’lim, ilm-fan ( metodik qo'llanma. Kasb mahorati jurnali -2004-yil. 2 son.

3. G.Anorqulkova, A. Karimov.Xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimining o’ziga xos yo’nalishi uslub va tahlili. Xalq ta’limi ilmiy metodik jurnali. 2017-yil. 3-son.

4. A.Nosirov. Fransiyada talim sifati qanday nazorat qilinadi? -, , Boshlang’ich ta’lim“ jurnali. 2019- yil. 12- son.

5. R.Ilashova. Amerika maktablarida.- , , Boshlang’ich ta’lim” jurnali. 2019- yil.

3-son.;

389

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.