Научная статья на тему 'Ona tili darslarida “so`z birikmasi” mavzusini o`rgatish'

Ona tili darslarida “so`z birikmasi” mavzusini o`rgatish Текст научной статьи по специальности «Химические науки»

CC BY
13656
596
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
so`z birikmasi / teng va tobe bog`lanish / test / asalari / bahsmunozara. / phrase / equal and subordinate sentence / test / bees / discussion

Аннотация научной статьи по химическим наукам, автор научной работы — Rahimova Yulduz Abidovna, Tursunova Mahliyo Shuhrataliyevna

Bugungi kunda dars jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanib, samarali natijalarga erishish maqsad qilingan. Darsning texnik vositalar, metodlar va ko’rgazmalar bilan tashkil etilishi o’quvchida mavzu yuzasidan mustahkam bilimga ega bo’lish, mustaqil fikrini bayon eta olish, faol ishtirok etish ko’nikmalarini shakllantiradi. Maqolada gapda so’zlarning bog’lanishi, so’z birikmasi hodisalarini o’quvchilarga tushuntirishda foydalanish mumkin bo’lgan ilg’or metodlar va grafik organayzerlar tavsiya etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TEACHING WORD PHRASES IN MOTHER TONGUE LESSONS

Today the purpose of the lesson is to achieve effective results using advanced pedagogical technologies. The organization of the lesson with the help of technical means, methods and exhibitions develops the student 's solid knowledge of the subject, ability to express independent opinions, ability to actively participate. In article the advanced methods of a formulation and graphic organizers who can be used for an explanation of phrases, phrases for students are offered.

Текст научной работы на тему «Ona tili darslarida “so`z birikmasi” mavzusini o`rgatish»

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

ONA TILI DARSLARIDA “SO Z BIRIKMASI” MAVZUSINI ORGATISH

Rahimova Yulduz Abidovna NamDU akademik litsey Tursunova Mahliyo Shuhrataliyevna Namangan viloyati Norin tumani 44-maktab

Annotatsiya: Bugungi kunda dars jarayonida ilg’or pedagogik

texnologiyalardan foydalanib, samarali natijalarga erishish maqsad qilingan. Darsning texnik vositalar, metodlar va ko’rgazmalar bilan tashkil etilishi o ’quvchida mavzu yuzasidan mustahkam bilimga ega bo ’lish, mustaqil fikrini bayon eta olish, faol ishtirok etish ko’nikmalarini shakllantiradi. Maqolada gapda so’zlarning bog’lanishi, so’z birikmasi hodisalarini o’quvchilarga tushuntirishda foydalanish mumkin bo ’lgan ilg’or metodlar va grafik organayzerlar tavsiya etilgan.

Kalit so'zlar: so'z birikmasi, teng va tobe bog'lanish, test, asalari, bahs-munozara.

TEACHING WORD PHRASES IN MOTHER TONGUE LESSONS

Rakhimova Yulduz Abidovna NamSU Academic lyceum Tursunova Makhliyo Shukhrataliyevna School #44 Namangan Region, Narin District

Abstract: Today the purpose of the lesson is to achieve effective results using advanced pedagogical technologies. The organization of the lesson with the help of technical means, methods and exhibitions develops the student's solid knowledge of the subject, ability to express independent opinions, ability to actively participate. In article the advanced methods of a formulation and graphic organizers who can be used for an explanation ofphrases, phrases for students are offered.

Keywords: phrase, equal and subordinate sentence, test, bees, discussion.

Hozirgi zamon talabi ош tili o’qitishni ham tashkiliy, ham mazmuniy jihatdan qayta ko’rib chiqishni taqоzо etadi. Ma’lumki, yangilangan ош tili ta’limining mazmuni o’quvchilarda ijоdiylik, mustaqil fikrlash, fikr mahsulini nutq shamitiga mоs ravishda оg,zaki va yozma shakllarda to’g’ri bayon qilish malakalarini shakllantirish va rivоjlantirishga qaratilgan.

Hayotimizning barcha sohalari kabi ta’lim tizimini ham modernizatsiyalash bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Innovatsion

г<м

394

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

ta’lim muhitini yaratish, uni xalqaro andozalarga to‘liq mosligini ta’minlash bugun tez o‘zgaruvchan ijtimoiy hayotga yoshlarimizni muvafaqqiyatli ijtimoiylashtirishining muhim omilidir. Mazkur vazifaning samarali hal etilishi o‘z navbatida ta’lim jarayonining yaxlit tizimi sifatida modernizatsiyalashni taqozo etadi.

Ta’limning innovatsion yo‘nalganligining eng muhim parametrlaridan biri o’quvchilarni ta’lim jarayoni subyekti sifatida o‘z faoliyatining ijodkoriga aylanishini ta’minlashdir. Mazkur maqsadga erishish o‘z navbatida o’quvchilarni guruhlarda, kichik guruhlarda va juftliklarda hamkorlikdagi ishlarini tashkil etishni talab etadi.

Har bir interfaol metod ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirish, o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar, o‘quvchi va o‘quvchilar guruhi, shuningdek, jamoa o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirish, g‘oyaviy va ruhiy birlikka erishish, yagona maqsad sari intilish, har bir ta’lim oluvchining ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, shaxs sifatida namoyon bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit hamda muhitni yaratishda katta imkoniyatlarga ega.

Interfaol metodlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’limiy yoki tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishda ma’lum darajada samaradorlikka erishishni ta’minlasa-da, biroq, ularning har biri ta’lim yoki tarbiya jarayonida mahsuldorlikni ta’minlash bo‘yicha turli imkoniyatlarga ega. Shu sababli o‘qituvchilar interfaol metodlarni tanlashda o‘rganilayotgan mavzu, muammo yoki hal qilinishi lozim bo‘lgan masalaga e’tibor qaratishlari maqsadga muvofiqdir. Interfaol metodlarni qo‘llashda ta’lim oluvchilarning yosh, psixologik xususiyatlari, dunyoqarash darajasi, hayotiy tajribalari inobatga olinsa, uning samaradorligi yanada oshadi. Bu o‘qituvchilardan kasbiy mahorat, malaka, bilimdonlik, sezgirlik va intuitsiyaga ega bo‘lishni taqozo etadi.

“Soz birikmasi” mavzusini o’quvchilarga tushuntirishda quyidagi ta’lim metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiq:

“Bahs-munozara” metodi. Metod ikki yoki undan ortiq shaxslar tomonidan muayyan vaqt oralig‘i va qat’iy qoidalarga muvofiq tashkil etiladigan og‘zaki bahs bo‘lib, o‘quvchi (talaba)larda o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha erkin, asosli fikrlarni bildirish qobiliyatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. O‘quv mashg‘ulotlarida bahs-munozaradan foydalanishda mavzuga doir ma’lum masalalar hal qilinadi.

Metodni qo‘llashda quyidagi tartibda ish ko‘riladi:

395

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Yuqoridagi metod bo’yicha o’quvchilarga bahs-munozara uchun quyidagicha topshiriq berish mumkin:

So‘z birikmasi uchun qanday so‘zlar zarur? So‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlar qanday vositalar yordamida bog‘lanadi ?

Yechim:

Mustaqil so‘zlarning nutqda bog‘lanishidan so‘z birikmasi hosil bo‘ladi. So‘z birikmasi bo‘lish uchun:

1) kamida ikkita mustaqil so‘z bo‘lishi lozim;

2) bu so‘zlar ma’no jihatdan mos bo‘lishi kerak;

3) so‘zlarning biri ikkinchisiga ergashishi, ya’ni tobelanishi zarur;

4) qo‘shimcha va yordamchi so‘zlar mustaqil so‘zlarni bog‘lashi kerak.

5) Kelishik va egalik qo'shimchalari hamda ko'makchilar (ohang ham) so'z birikmalari tarkibida so'zlarni bir- biriga bog'lashga xizmat qiladi

Izoh: 1) bir o‘quvchiga ikki marta so‘zga chiqishga ruxsat etilmaydi;

2) o‘qituvchi o‘quvchilarning mavzudan chetga chiqmasliklarini qat’iy nazorat qilib boradi, bordi-yu, shunday holatlar sodir etilsa, so‘zlovchilar bu haqida ogohlantiriladi.

TOPSHIRIQ

Berilgan nazariy ma’lumotlarni o’zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o’quvchilarga quyidagi mashq va topshiriqlar to’plami taqdim etiladi:

60-mashq. Har bir qatordagi so‘zlarni bir-biriga bog'lab so'z birikmalari tuzishni mashq qiling.

1) bormoq, maktab, sari, shahar, o‘qimoq;

2) suv, buloq, tinchlik, maqtamoq;

3) o'zga, yurt, cho'l, gul;

396

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

4) tog', chiqmoq, el, suyanch .

20- topshiriq. Matnni o‘qing.

HUNAR XOSIYATI

Aytishlaricha, Gushtasp (Erondagi kayoniylar sulolasining beshinchi hukmdori) kunlardan birida o'z Vatanidan ayrilib, begona bir shaharga kelib qoldi. Uning yonida biror chaqa ham yo'q edi. Yeyishga narsa topolmay, och qoldi. Birovdan so'ray desa, izzat-nafsi yo'l qo'ymas edi. Uning yodiga yoshligi tushdi. U bolalik paytida maktabga borar ekan, yo'l chetida joylashgan temirchi do'koni oldida biroz to'xtab, temirchilarning pichoq va bolta yasashlarini tomosha qilar edi va uning siridan bir muncha voqif bo'lib qolgan edi. Gushtasp ko'p o'ylab o'tirmay, temirchilarning oldiga bordi va ularga dedi:

- Ey birodarlar, temirchilik siridan ancha xabardorman, meni ham o'zlaringga sherik qilib olsalaringiz.

Temirchilar rozi bo'lishibdi. Gushtasp bir necha muddat ishlab, pul yig'di. So'ng Vataniga qaytib bordi. U martabaga erishgan paytida barcha yosh-u qarini kasb va hunar o'rganishga da’vat qildi. Bolalarni kunning avvalida o'qitib, ikkinchi qismida hunar o'rgatishga farmon berdi.

21- topshiriq. Birinchi guruh bog‘lanishdagi tobe va hokim so‘zlarni aniqlang.

22- topshiriq. Tobe so‘z hokim so‘zga nima vositasida bog‘lanishi asosida ularni uch guruhga ajrating:

1) qo‘shimchalar yordamida bog‘lanish;

2) ko‘makchilar yordamida bog‘lanish;

3) qo‘shimcha va ko‘makchilarsiz bog‘lanish.

“Asalari galasi” metodi. “Asalari galasi” metodi gapda so’zlarning bog’lanish usullari bo‘yicha tanlangan matnning auditoriyada umumiy yoki kichik guruhlarda alohida tahlil qilinishiga yordam beradi. Metodni qo‘llashda kichik guruhlarga beriladigan tahlil uchun gaplar bir xil yoki turlicha bo‘lishi mumkin. Guruhlarga berilgan topshiriq muayyan muddat ichida muhokama qilinib, natija barchaga ma’lum qilinadi. Mashg‘ulot yakunida gap tahlilining eng maqbul yechimi tanlab olinadi.

Mashg‘ulot jarayonida metodni qo‘llashda quyidagicha yo‘l tutiladi:

1. Gap tarkibidagi tobe bog’lanishlar sonini aniqlang

Bir kuni Amir Temur tez muddatda dunyo qoyil qoladigan madrasa qurib bitirishni niyat qilibdi.

2. O’quvchilar kichik guruhlarga bo’linadi

3. Kichik guruhlarga umumiy topshiriq beriladi

4. Topshiriqni bajarish uchun vaqt belgilanadi (maksimal vaqt 10 daqiqa)

5. Belgilangan vaqt tugagach, guruhlar o’z tahlillarini namoyish qiladilar

6. Eng to’g’ri tahlilni tanlab olib, o’qituvchi ishtirokchilarni rag’batlantiradi

397

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Yuqoridagi topshiriq bo’yicha maqbul tahlil tartibi:

Topshiriq: Bir kuni Amir Temur tez muddatda dunyo qoyil qoladigan madrasa qurib bitirishni niyat qilibdi gapidagi tobe bog’lanishlar sonini aniqlang

Tahlil tartibi:

1. tez muddatda

2. dunyo qoyil qoladigan

3. qoyil qoladigan madrasa

4. madrasa qurib bitirishni

5. qurib bitirishni niyat qilibdi

6. bir kuni niyat qilibdi

7. tez muddatda qurib bitirishni

“Test” texnologiyasi. “Test” (inglizcha “sinov”, “tekshirish”) texnologiyasi shaxsning psixologik, fiziologik va shaxsiy xususiyatlari, intellektual salohiyati, qobiliyati, ko‘nikma va malakalarini baholashga xizmat qiladi. Texnologiya o‘quvchi (talaba)lar tomonidan muayyan mavzu mazmuni yoki fan asoslarining qay darajada o‘zlashtirilganligini aniqlashda samarali hisoblanadi.

O’quvchilarga mavzu yuzasidan quyidagicha test taqdim qilish mumkin:

1 So’z birikmasi berilgan qatorni toping.

A)gapirib bermoq B) mazmunli yashamoq

C) tashrif buyurmoq D) holdan toymoq

2. Kechasi tiniq osmonda yulduzlar charaqlaydi. Ushbu gapdagi so’z birikmalar miqdori va birikish usullarini toping.

A) 3ta; 2ta bitishuv, 1 ta boshqaruv B)4ta; 3ta bitishuv 1ta boshqaruv

C) 3ta; 1ta bitishuv, 2ta boshqaruv D) 2ta; 1ta bitishuv, 1ta boshqruv

3. Qaysi javobda bitishuv berilmagan?

A) chiroyli gullar B) choynakdan kattaroq C) yaxshi gapirmoq D) murabbiy mehribon

4. Gapning qaysi bo’lagi boshqa bo’lakka tobe bog’lanmaydi?

A) ega B) kesim C) aniqlovchi D) ega va kesim

5. Ot kesim berilgan gapni toping

A) Vatanimizni chin dildan sevamiz B) Bu-litsey

C)mehnat qilgan rohatini ko’radi D) men darsga kechikdim.

6. So’z birikmasi berilgan qatorni toping.

A) imzo chekmoq B) tor uy C) men oqidim D) ukam uchun

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7. Ular Hofiz, Navoiy, Fuzuliy va Bedil g’azallarini tahlil qilib o’tirishardi. Ushbu gapda nechta bo’lak teng bog’langan? A)1 B)2 C) 3 D) 4

8. Bir bo’lakning boshqa bo’lakka tobe bog’lanishida qanday vositalar ishtirok etadi?

1) kelishik; 2) shaxs-son; 3) zamon 4) ko’makchilar 5) ohang va soz tartibi

398

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 3

9. Qanday vosita yordamida bo’g’lanish gapni hosil qiladi?

A) kelishik va shaxs-son qo’shimchalari B) ko’makchilar va zamon qo’shimchalari

C) shaxs-son qo’shimchalari D) so’z tartibi, ohang va shaxs-son qo’shimchalari

10. Quyidagilardan qaysi biri so’z birikmasi emas?

A) uyidan chiqib B) gulzor bo’ylab C) o’rik hidi D) guldasta qo’yib

Darslarda bundan tashqari, klaster, FSMU, BBB kabi metodlardan ham foydalansa maqsadga muvofiq boladi. Darslarni bunday tashkil etish o’quvchilarning darsga qiziqishini yanada kuchaytirib, ularning faolligini oshiradi. Darslarda o’rinsiz zerikishlarning oldini oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Abdullayev F. So’zlar o’zaro qanday bog’lanadi. - T. : Fan, 1978. -75 b.

2. Abdurahmonov F. , Sulaymonov A. , Xoliyorov X. , Omonturdiyev J. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Sintaksis. - T. : O’qituvchi, 1979. - 208 b.

3. Borovkov A. K. , G’ulomov A. , Ma"murov Z. , Shermuhammedov T. O’zbek tili grammatikasi. II qism. Sintaksis. - T. : O’zdavnashr, 1956. - 132 b.

4. Ishmatov Q. Umumta’lim fanlarda o’qitish metodi. O’quv qo’llanma. Namangan, 2006

5. Umumtalim maktablari uchun 8-sinf ona tili darsligi, T. : Cholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2019

399

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.