Научная статья на тему 'Bolaning go`daklik davridagi rivojlanishi to`g`risida. Shu haqida yozilgan fikrlar majmuiga pedagogik ilmiy dunyoqarash yuzasidan sharh'

Bolaning go`daklik davridagi rivojlanishi to`g`risida. Shu haqida yozilgan fikrlar majmuiga pedagogik ilmiy dunyoqarash yuzasidan sharh Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
13319
386
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
uchdan keyin kech / qobiliyati shakllangan bolalar / qobiliyati yetarlicha shakllanmagan bolalar / qobiliyat irsiy omillar natijasimi / yoxud tashqi muhit / sharoit natijasimi / bolaning eng birinchi muallimi – ona. / late after three ages / gifted children / underdeveloped children / whether the ability is the result of genetic factors / or the result of the external environment / conditions / the child's first teacher - the mother

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Muqimova Muyassar Mahammadjonovna

Men ushbu maqolamda kichik yoshdagi bolalarning, aniqroq qilib aytadigan bo`lsam 3 yoshgacha bo`lgan bolalarning ta’limi haqida so`z yuritmoqchiman. Aynan shu mavzuga diqqat qaratishimga ko`p yillar davomida pedagogik faoliyatim natijasida hosil qilgan xulosalarim sabab bo`ldi. Nima uchun 30-35 nafar o`quvchilar ichidan aqlli va sog`lom, o`tkir zehnli va gapga quloq soladigan o`quvchilar kamchilikni tashkil etadi. O`qituvchi sinfga bir xil dars beradi, lekin sinf o`quvchilari ichidan darsni namunali o`zlashtirgan, mustaqil xulosa chiqara olganlari sanoqli. Qolgan o`quvchilarga nima halaqit bermoqda? Maqolamning mazmuni asosini tashkil etuvchi erta ta’lim berish haqidagi fikrlar anashu savollarga javob beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ON THE DEVELOPMENT OF A CHILD IN BIRTH. REVIEW OF THE PEDAGOGICAL SCIENTIFIC WORLDWIDE TO THE COLLECTION OF THOUGHTS

In this article, I want to talk about the education of young children, or more precisely, children under 3 years old. It is the conclusions I have drawn as a result of many years of pedagogical activity that led me to focus on this topic. Why is it that out of 30-35 students, there is a shortage of smart and healthy, sharp-witted and obedient students? The teacher gives the same lesson to the class, but few of the students in the class have mastered the lesson and are able to draw independent conclusions. What hinders the rest of the students? The idea of early education, which is the basis of the article, answers these questions.

Текст научной работы на тему «Bolaning go`daklik davridagi rivojlanishi to`g`risida. Shu haqida yozilgan fikrlar majmuiga pedagogik ilmiy dunyoqarash yuzasidan sharh»

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

BOLANING GODAKLIK DAVRIDAGI RIVOJLANISHI TOGRISIDA. SHU HAQIDA YOZILGAN FIKRLAR MAJMUIGA PEDAGOGIK ILMIY DUNYOQARASH YUZASIDAN SHARH

Muqimova Muyassar Mahammadjonovna Farg'ona viloyati, Oltiariq tumani 20-umumiy ortata’lim maktabi

Annotatsiya: Men ushbu maqolamda kichik yoshdagi bolalarning, aniqroq qilib aytadigan bo'lsam 3 yoshgacha bo'lgan bolalarning ta’limi haqida so'z yuritmoqchiman. Aynan shu mavzuga diqqat qaratishimga ko'p yillar davomida pedagogik faoliyatim natijasida hosil qilgan xulosalarim sabab bo'ldi. Nima uchun 30-35 nafar o'quvchilar ichidan aqlli va sog'lom, o'tkir zehnli va gapga quloq soladigan o'quvchilar kamchilikni tashkil etadi. O'qituvchi sinfga bir xil dars beradi, lekin sinf o'quvchilari ichidan darsni namunali o'zlashtirgan, mustaqil xulosa chiqara olganlari sanoqli. Qolgan o'quvchilarga nima halaqit bermoqda? Maqolamning mazmuni asosini tashkil etuvchi erta ta’lim berish haqidagi fikrlar anashu savollarga javob beradi.

Kalit so'zlar: uchdan keyin kech, qobiliyati shakllangan bolalar, qobiliyati yetarlicha shakllanmagan bolalar, qobiliyat irsiy omillar natijasimi, yoxud tashqi muhit, sharoit natijasimi, bolaning eng birinchi muallimi - ona.

ON THE DEVELOPMENT OF A CHILD IN BIRTH. REVIEW OF THE PEDAGOGICAL SCIENTIFIC WORLDWIDE TO THE COLLECTION OF

THOUGHTS

Muqimova Muyassar Mahammadjonovna Fergana region, Oltiariq district, School #20

Abstract: In this article, I want to talk about the education of young children, or more precisely, children under 3 years old. It is the conclusions I have drawn as a result of many years ofpedagogical activity that led me to focus on this topic. Why is it that out of 30-35 students, there is a shortage of smart and healthy, sharp-witted and obedient students? The teacher gives the same lesson to the class, but few of the students in the class have mastered the lesson and are able to draw independent conclusions. What hinders the rest of the students? The idea of early education, which is the basis of the article, answers these questions.

Keywords: late after three ages, gifted children, underdeveloped children, whether the ability is the result of genetic factors, or the result of the external environment, conditions, the child's first teacher - the mother.

334

http://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Biologiya oquv predmetimizda kichik yoshdagi bolaning o'sishi va rivojlanishini malum davrlarga bolib o'rganiladi. Bola tug'ilgandan boshlab bir oygacha muddatni chaqaloqlik, bir oylikdan boshlanib, bir yoshgacha muddatni go'daklik, 1 yoshdan 6-7 yoshgacha muddatni maktabgacha tarbiya davrilariga bo'linadi. Men e’tibor bermoqchi bo'lgan masala bolaning anashu maktabgacha tarbiya davri, ayniqsa 3 yoshgacha bo'lgan davrlarni nazarda tutadi. 2-3 yoshli bola juda serharakat va tinchimas bo'ladi. Bolaning nutqi, tafakkuri va harakat faolligi 2-4 yoshlar ichida jadal rivojlana boshlaydi. Bu davrda biron sababga kora bola e’tibordan chetda qolib, tik yurishni va gapirishni o'rganolmasdan qolsa, u jismoniy va ruhiy rivojlanishdan orqada qoladi.

Bola organizmining rivojlanishi biologik va ijtimoiy (lotincha sotsials -ijtimoiy) programma nazorati ostida boradi. Biologik progarmma uzoq davom etgan tarixiy rivojlanish natijasida shakllangan bo'lib, odam organizmining tuzilishi va fiziologik xususiyatlarini belgilab beradi. Bu progarmmaning moddiy asosini irsiy belgilarni nasldan naslga o'tkazadigan xromosomalar DNK si tashkil etadi.

Bola rivojlanishining ijtimoiy programmasi hayot ta'sirida odam uchun xos bo'lgan xususiyatlarni shakllanishi bilan bog'liq [1].

Aytilayotgan ilmiy fikrlar barcha bolalar uchun bir xilmi? Yo'q albatta, ana shu maktabgacha tarbiya davrida bolaga berilgane’tibor, yoki e’tiborsizlik juda katta farqlarni keltirib chiqaradi.

Men pedagogik faoliyat olib borish asosida haqiqatdan ham bolalarning erta rivojlanishi ayniqsa, godaklik davridagi rivojlanishijuda muhim ekanligini teran his qildim. Bu borada ko'pdan ko'p yozilgan buyuk allomalar, olimlar, ilg'or fikrlovchi shaxslarning fikrlari, mulohazalari bilan qiziqdim.

Bola rivojlanishida erta ta’limning ahamiyati. U qaysi davrni nazarda tutadi? Men, eng zarur masala bola tarbiyasining natijasi ijobiy bo'lishi uchun nimalarga e’tibor berish haqida so'z yuritmoqchiman. Kop yillik pedagogik tajribamdan kelib chiqib angladimki bolalarning ta’lim tarbiyasida hozirgi davrda ota onalarning o'rni juda katta. Albatta bu qarash azaldan mavjud. Lekin aynan hozirgi vaqt sharoitini nazarda tutgan holda qobiliyatli bolani shakllantirish uchun nimalar qilish kerakligini zamonaviy tajribalar asosida har bir ota ona bilishi va bunga astoydil e’tibor berishi juda ham zarur.

Bunday fikrlarni butun dunyo ota onalariga tavsiya tarzida Yaponiya tadqiqotchisi Ibuka Masaru ham o' zining “Uchdan keyin kech” asarida keng yoritib bergan. Asarni kuzatar ekanmiz muallifning ko'p fikrlari diqqatga sazovordir. Ularni ayrimlarini keltirib o'taman:

“...Qadim zamonlardan buyon noyob qobiliyatni irsiy, tabiat in'omi deb hisoblashadi. Bizga: “Motsart uch yoshda pianino chalgan” deyishadi. Lekin Motsartning go'daklik chog'idagi hayoti borasida olib borilgan chuqur tahlillardan

г<м

335

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

malum bo'ladiki, uning otasi oz farzandining buyuk shaxs bolib voyaga yetishu uchun natijali tarbiya usullaridan foydalanganlar. Mening fikrimcha Motsart daho bolib dunyoga kelmagan, uning qobiliyati go'dakligidanoq yaratilgan qulay shart sharoit va berilgan samarali ta’limdan to'liq rivojlandi.

Aksincha bo'lganda edi, kelajakda uning toliq rivojlanishi hamda tabiat inom etgan iste'dodning shakllanish imkoniyati yo'qolgan bo'lur edi.

Agar har bir bolaga kerakli narsa zarur vaqtda berilsa, u o'tkir zehnli va kuchli irodaga ega bolib ulg'ayadi. Bizlar uch yoshdan katta bolalarga nimani o'rgatish masalasiga ko'p e’tibor beramiz. Ammo zamonaviy tadqiqotlarga kora, bu yoshgacha bosh miyadagi hujayralarning 70-80 foizi rivojlanib bo'ladi. Bu hol bizlarning o'z hatti harakatimizni uch yoshgacha bo'lgan bolalar miyasini erta rivojlantirishga yo'naltirishimiz zarurligini anglatmaydimi? Erta ta’lim berish degani chaqaloqlarni raqamlar va har hil ma'lumotlar bilan majburan aqliy rivojlantirishga erishish degani emas, albatta. Asosiysi, hamma tajriba vata’lim usullarini “o'z vaqtida” joriy etishdir. Buni esa chaqaloqlarga tunu kun g'amxo'rlik qiladigan onalardan boshqa hech kim uddalay olamaydi, aynan ona bola tarbiyasidagi “kerakli vaqt”ni aniq his qiladi. Ehtimol, har biringiz maktab davringizni yaxshi eslarsiz? Sinfdagi otkir zehnli o'quvchi hech qanday mashaqqatsiz sinf yetakchisi bo'lar, ayni paytda, boshqa bir o'quvchi qancha harakat qilmasin, bilim olishda orqada qolardi. Nega shunday?Qobiliyat tug'ma deyilishi rostmi? Xulosa shundan iboratki, insonning qobiliyati va fe'l atvori tug'ilganida belgilanmay, uning aksariyat qismi hayotining malum davrida shakllanadi. Qadimiy bahslardan biri: insonni uning nasli shakllantiradimi yoki u oladigan ta’lim tarbiyami? Zamonaviy fiziologik tadqiqotlar hamda bolalar psixologiyasini o'rganish natijalariga kora, bola aqliy qobiliyatining rivojlanish kaliti - bu uning birinchi uch yilida, yani miya hujayralarining rivojlanish davrida olgan shaxsiy tajribasidir. Barcha insonlar dunyoga bir xil holatda keladi, yani hech bir bola qobiliyatli yoki qobiliyatsiz bolib tugilmaydi.

Tug'ilgandan boshlab oladigan ta’lim tarbiyasi sabab uch yoshgachabo'lgan oraliqda bolaning qobiliyati va fe'l atvori deyarli shakllanib bo'ladi. Shuning uchun maktabga borganida qobiliyatli bola bilimni hech qanday qiyinchiliksiz, qobiliyati yetarlicha shakllantirilmagani esa doim uzoq vaqt sarflab, mashaqqat bilan o'zlashtirishga to'g'ri kelishi adolatsizlikdek ko'rinsada, lekin bu hech qachon yo' qotib bo' lmaydigan holat sanaladi...” [2].

Qarang aziz tinglovchim, Yaponiya tadqiqotchisi tajribasi asosida hosil bolgan fikrlar qanchalar qimmatli va dolzarb. Siz aziz kasbdoshim o'quvchilaringiz ichida shunday holatlarni shohidi bo'lganligingiz ayni haqiqat. Demak javob shunday: qobiliyati yetarlicha shakllanmagan o'quvchilarning onalari ular bilan 3 yoshgacha bolgan davrda yetarlicha ta’lim tarbiya olib bormagan. Bu davrdagi ta’lim tarbiya

г<м

336

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

nimalardan iborat deb oylaysiz. Ana shu savollarga javob tariqasida quyidagi fikr mulohazalarni keltirib otaman.

Bolaning yoshligidan ta’lim tarbiyasiga kuchli e’tibor berish borasida buyuk allomalarimiz ham, Ona Vatanimizning ilg'or fikrli olimlari ham teran fikrlaganlar. Jumladan:

Abu Ali ibn Sino bola tarbiyasini uni yoshligidan boshlash va izchillik bilan olib borish lozimligini uqtiradi. U ona allasining tarbiyaviy ahamiyati haqida to'xtalib “Alla” ikki vazifani bajaradi, deydi. Birinchisi, uni tebratish orqali bolaga jismoniy orom bag'ishlanadi; Ikkinchisi, beshikni bir maromda tebratishdan onaning mehri josh uradi, bolasiga bo'lgan muhabbatidan onaning orzu-umidi yurak toridan siqilib chiqaradi. Bu o'ziga qo'shiq bolasiga qasidadek yangraydi va u farzandining murgak qalbiga, butun shuuriga singib boradi. Shu tarzda bolada ozi ham anglamagan holat paydo bo'ladi. U asta-sekin bu yorug' olamni anglay boshlaydi. Ana shu anglashdan o'rganish boshlanadi. Xuddi shu o'rganish tarbiyalanishdir. Zotan, o'rganish sezishdan boshlanadi. Ibn Sino ana shu holatga e’tiborini qaratib, “Yosh bolaning sezgirlik quvvati katta odamga teng keladi” - degan fikrni bildirgan. (Demak bu yerda ham 3 yoshgacha bo'lgan go'dak nazarda tutilmoqda)

Oila va oilaviy tarbiya borasida XI asrda yashab, ijod etgan mashhur ulug' shoir, mutafakkir va donishmand Yusuf Xos Xojib o'zining “Qutadg'u bilig' nomli asarida keng to'xtalib o'tadi. U o'z davrida va o'zidan oldingi mutafakkirlar o'rtaga surgan barkamol insonni tarbiyalash g'oyasini asosiy maqsad qilib qo'yadi. Insondagi mukammallik esa uning husni xulqi bilan bog'liq deydi. Husni-xulqining zamirida esa ezgulik yotadi. Mutafakkir “Qutadg'u bilig” asarida bola tarbiyasi haqida to'xtalib shunday deb yozadi: “Farzand qanchalik bilimli, aqlli-hushli bo'lsa, ota-onaning yuzi shunchalik yorug' bo'ladi”. U bola tarbiyasida otaning mas'uliyatiga alohida e’tibor beradi. Yusuf Xos Hojib bolalar tarbiyasini juda murakkab jarayon deb tushunadi. U beldan madorni, tandan quvvatni, ko'zdan nurni, dildan oromni talab qiladi. Bu olijanob vazifani bajarish esa ota-oaning zimmasidadir.

Sharqda keng tarqalgan pandnoma tarzida yozilgan mashhur asarlardan biri Kaykovusning “Qobusnoma” sidir. Uning “Farzand parvarish qilish zikrida” degan bobi bevosita oilada bola tarbiyasiga bagishlanadi. Asarda o'z davri uchun qimmatli bo'lgan va bugungi kun uchun ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan g'oyalar o'rtaga tashlanadi. Uning fikricha, bola tug'ilgandan so'ng jonli mavjudot sifatida fiziologik o'sa boshlaydi. Uning o'sishi jarayonida unda yaxshi va yomon xislatlari zohir bo'ladi. Shunga kora, uning o'sishi parvarishga muhtojdir. Ana shu vazifani ota-ona o'z bo'yniga oladi.

Oilada bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy merosida ham munosib o'rinni egallaydi. U o'zining qator asarlarida ta’lim-tarbiya masalalari umuminsoniy g'oya ekanligini o'rtaga surdi. Uning fikricha, jamiyatning yetukligi,

г<м

337

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

uning taqdiri va kelajagi yoshlar kamoloti bilan bog'liqdir, shunga kora bola tarbiyasi ota-onalar oldida turgan olijanob vazifadir, deydi.

XX asr ozbek milliy tafakkuri taraqqiyotida alohida mavqyeiga ega bo'lgan mutafakkir, marifatchi olim va jurnalist Abdurauf Fitratning “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” asari pedagogika sohasida katta nufuzga ega bo'lgan asarlardan biri hisoblanadi. U mazkur asarida oila qurish zaruratidan tortib, oila a'zolarining o'zaro munosabatlari, ota-ona, farzandlarning huquq va burchlari, hatto go'daklarni tarbiyalash va unda yosh onalarning o'zini qanday tutish kerakligi haqidagi masalalargacha chuqur yoritib bergan. Ijtimoiy omil sifatida oilaning jamiyatdagi o'rni bolalarning ijtimoiy, axloqiy va mehnat tarbiyasiga alohida e’tibor berilgan. Shu bilan birga sog'lom ma'rifatli oila va u voyaga etkazadigan har tomonlama yetuk avlodning shu millat va mamlakat iqtisodiy-siyosiy rivojining, shu yurt shonu-shuhrati, qudratining poydevori, abadul-abad mavjudligining muhim shartlaridan ekanligini ta'kidlagan.

Demak bola tarbiyasi shu qadar zarur jarayonnki, uning ilmini organish, shu asosda bolani tarbiyalash pirovard ota onaning dunyodagi bajarishi kerak bo'lgan yagona haqiqiy vazifasidir [3].

Lekin shu faoliyatni, bola tarbiyasini ilmiy asosda yondashib bajaryapsizmi? Bizning maslahatlarimizni kuzating va o'zingizga, bola tarbiyalash borasidagi harakatingizga baho bering. Erta ta’lim berish qanday amalga oshirilishi haqidagi maslahatlarimizga e’tiborbering va uni amalda qo'llang. Albatta qobiliyatli farzand shkllanishiga erishasiz.

Yosh bolalarning aqliy rivojlanishi.

Kichkintoyning aqliy qobiliyatini qaysi yoshdan boshlab shakklantirishni boshlash kerak? Har bir ota-ona shubhasiz bu haqda o'ylagan, chunki har bir kishi bolasini kelajagini rejalashtirish va hayotini osonlashtirishga harakat qilmoqda. Bu savol kuchli tanqidga uchraydi. Ko'pgina mutaxassislarning ta'kidlashicha, uch yoshgacha bo'lgan bolalarga erkinlik berilishi, yetarlicha o'ynashi va atrofdagi dunyoni o'rganishi uchun ruxsat berilishi kerak va shundan keyingina ularga yangi ko'nikmalarni o'rgatish kerak. Lekin ana shu yetarlicha o'ynashi va atrofdagi dunyoni o'rganishi ota ona tomonidan berilgan e’tibor, ilmiy yondshuv, qobiliyatni shakllantirishga qaratilgan ko'nikmalardan iborat bo'lishi zarur.

Har safar yosh bolalar o'yinlar va mashg'ulotlar paytida, atrofdagi odamlar bilan muloqot qilish paytida yangi ma'lumotlarni olishadi. Bu yoshda, bola tobora ko'proq yangi bilimlarni o'zlashtiradigan "gubka" ga o'xshaydi. Shuning uchun, maydalangan donalarning ijobiy aqliy rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratish kerak. Bolaning qobiliyatlarini, uning qiziqishlarini inobatga olish, keraksiz ma'lumotlarni yuklamaslikka harakat qilish, bilim olishga intilish va rag'batlantirishni yaratish kerak.

г<м

338

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Hayotning har bir bosqichidagi aqliy rivojlanish xususiyatlari. Nutq, xotira, fikrlash, idrok vae’tibor kabi bilim jarayonlarining jadal rivojlanishi erta yoshda ro'y beradi. Ushbu davrda bolaning o'qishi ob'ektlar, ranglar va shakllar haqida umumiy bilimlarni shakllantirishga yo'naltirilishi kerak. Bolalar narsalarning ranglarini aniqlashni, turli xil narsalarning maqsadini, xususiyatlarini aniqlashni o'rganadilar. Dominant funktsiyasi - bu boshqa kognitiv jarayonlarning keyingi rivojlanishiga ta' sir qiluvchi idrok.

3 yoshgacha bo'lgan bolalar, atrofdagi dunyo haqida, yangi buyumlar haqida juda qiziqishadi. Ammo ayni paytda ularning miyasi tezda charchaydi. Bola tanasining bu xususiyatini bilib, siz bolalar uchun tadbirlarni to'g'ri rejalashtirishingiz zarur. Turli xil faoliyat turlarini (dam olish va o'yinlar, aqliy mashqlar va gimnastika va boshqalar) almashtirish mumkin. Vaqtning ko'p qismi o'yinlarga yaxshi sarflanadi. Ularning yordami bilan chaqaloq dam olish, bir vaqtning o'zida rivojlanishi va yangi bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, bolaning o'zi yoqtirgan o'yinni tanlashi va o'z xohish-irodasi bilan shug'ullanishi kerak. Shu bilan birga, uning "yangi" ni o'rganishga chanqoqligi kuchayadi.

Agar bolangiz shug'ullanishni xohlamasa, unda biroz kutib turish va uni kuch bilan majburlamaslik yaxshiroqdir. Bola qo'rqib ketishi yoki ishlashni to'xtatishi mumkin. 7-8 yoshga kelib, o'quv jarayoni o'yin va o'yin-kulgidan ajratiladi. Bola uning barcha ahamiyati va zarurligini tushunishi kerak. Bolaning bardoshliligini jismoniy mashqlar yordamida rivojlantiring, uni uy yumushlariga bog'lang, tozalik va tartibga rioya qilishni o'rgating. Bu xislatlarni o'rgatish uchun uy hayvonini parvarishlashni olishingiz mumkin. Shunda bola mas'uliyat va g'amxo'rlikni ko'rsatishni o'rganadi. To'g'ri odatlarni shakllantirish va eng zarur narsalarni o'rgatish juda muhimdir. Kichkintoyingiz nimani tomosha qilsa u bilan birga tomosha qiling. Faqat yaxshi multfilmlar va bolalar uchun o'quv dasturlarini tomosha qiling.

Har qanday yoshda bola qo'llab-quvvatlashga muhtoj. Har bir yangi yutuq uchun siz uni maqtang, yoqimli so'zlarni ayting. Shunday qilib, bola yanada ishonchli bo'ladi va har safar sizni mamnun qilish uchun yangi qadamlarni qo'yadi. Gohida faoliyati muvaffaqiyatsiz bo'lsa, bolalarni qattiq koyimang. Insoniylikni namoyish eting va kichkinagina xatolarini tushunishga yordam bering.

Imkon qadar bolalar bilan muloqot qiling. Siz ularga ertaklar, kulgili hikoyalar, she'rlar aytib berishingiz yoki qiziqtirgan mavzularda suhbatlashishingiz mumkin. Ko'chada yurib, turli xil narsalarga e’tibor bering va ular haqida nimani bilishini so'rang. Bola o'z fikrlarini shakllantirishni, xotira va nutqini rivojlantirishni o'rganishi kerak.

г<м

339

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Bolaning yetarlicha aqliy rivojlanishining belgilari - bu boladagi bilimlaming hajmi, tabiati va mazmuni, uning bilim jarayonlarining shakllanish darajasi (masalan, bolani idrok etish, uning xotirasi, fikrlashi, tasavvurlari, e’tiborini jalb qilish), mustaqil ijodiy bilimga moyilligi hisoblanadi.

Maktabgacha yoshdagi bolaning aqliy rivojlanishi bir qator ijtimoiyvabiologik omillarga bog'liq.

Aqliytarbiya. Bolaning aqliy tarbiyasi - bu kattalar tomonidan chaqaloqqa, bolaning aqliy rivojlanishiga qaratilgan, unga har tomonlama rivojlanish vaatrofdagi voqelikka moslashish uchun zarur bo'lgan ko'nikma va bilimlarni berish maqsadidagi harakatlar majmui.

Aqliy tarbiya:

1. kundalik hayotda;

2. kattalar bilan og'zaki va samarali amaliy muloqot paytida;

3. o'yin faoliyatida;

4. tizimli mashg'ulotlar jarayonida.

Yosh bolaning aqliy rivojlanish xususiyatlari3 yoshgacha bo'lgan davrda bolalarning intellektual rivojlanishining yuqori ko'rsatkichlari kuzatiladi va ushbu maxsus davrda bolaning aqliy rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish juda muhimdir. Yosh bolalarning intellektual rivojlanishiga alohida e’tibor berilishi kerak. Ko'p sonli tadqiqotlar davomida ushbu masala bo'yicha mutaxassislar aniqladilar: hayotning dastlabki ikki yilida chaqaloqlar to'yingan hayot kechiradigan bo'lsa, ularda faol bilim faoliyati kuzatilsa, bunday bolalarning miyasi juda tez rivojlanadi: uch yildan etti yilgacha u miya massasining 80%i rivojlanib bo'ladi. Ajablanarlisi shundaki, fiziologiya ma'lumotlariga ko'ra, ikki yoshgacha bo'lgan zamonaviy chaqaloqlarning aksariyati ma'lumotning oshkoraligidan emas, balki uning yetishmasligi sabab aqliy rivojlanishdan susayadi.

Erta bolalik davrida paydo bo'lgan boladagi intellektual rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatish juda qiyin. Masalan, agar siz qurilish materiallari, dizaynerlar va boshqalar bilan bog'liq o'yinlarga e’tibor bermasangiz, kelajakda siz bolaning fazoviy tasavvurining rivojlanmaganligini kuzatishingiz mumkin, natijada bunday bolalar geometriyada, rasmda va hokazolarda o'quv materiallarini tushunishi ancha qiyinlashadi.

Bolada rivojlanadigan kognitiv jarayonlar bolalar faoliyatining har xil turlarida namoyon bo'ladi. Shunday qilib, rivojlangan xayolga ega bo'lgan bola keyingi faoliyatning imidjini rivojlantiradi, uni rejalashtiradi, undan nima talab qilinishini tushunadi. 3 yoshgacha bo'lgan bola o'rganadigan ko'nikmalar nafaqat uning dunyoqarashini kengaytiradi, balki uning odamlarga, tabiatga va san'atga bo'lgan munosabatiga asos yaratadi.

г<м

340

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Aziz tinglovchim, qadrli pedagoglar, oz farzandining kelajagi uchun har bir yumushga tayyor jonkuyar, mehribon ota onalar. Yuqoridagi fikrlar bilan, sizni, munosib kelajak avlod, qobiliyatli farzand tarbiyalashdek, ularni barkamol qilib voyaga yetkazishdek muqaddas faoliyatingiz rivojiga o'z hissamni qo'sha olgan bo'lsam men bundan behad mamnunman.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Biologiya, 8-sinf darslik (odam va uning salomtaligi), 170-181 bet;

2. Masaru Ibuka, “Uchdan keyin kech”;

3. Google. com, “bola tarbiyasi haqida buyuk allomalar fikri”;

341

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.