Научная статья на тему 'Maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim mazmuni'

Maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim mazmuni Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5831
261
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
rivojlanish / ta’lim / hissiy bilish / tasviriy faoliyat / Develop / education / intuition / visual activity

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Latifa Zarifovna Qorayeva

Ushbu maqolada maktabgacha ta’limda ta’lim mazmunini samarali tashkil etishning psixologik va pedagogik jihatlari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EDUCATION CONTENT FOR PRESCHOOL CHILDREN

In this article discusses the psychological and pedagogical issues of the effective organization of lessons in preschool education.

Текст научной работы на тему «Maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim mazmuni»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA BERILADIGAN TA'LIM

MAZMUNI

Latifa Zarifovna Qorayeva Navoiy viloyat XTXQTMO hududiy markazi

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta'limda ta'lim mazmunini samarali tashkil etishningpsixologik va pedagogik jihatlari haqida fikr yuritilgan.

Kalitso'zlar: rivojlanish, ta'lim, hissiy bilish, tasviriy faoliyat.

СОДЕРЖАНИЕ ОБРАЗОВАНИЯ ДЛЯ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО

ВОЗРАСТА

Латифа Зарифовна Кораева Региональный центр ПКПСНО Навоинской области

Аннотация: В данной статье рассматривается психологических и педагогических вопросы эффективной организации уроков в дошкольном образовании.

Ключевые слова: Развивать, образование, интуиция, изобразительная деятельность.

EDUCATION CONTENT FOR PRESCHOOL CHILDREN

Latifa Zarifovna Koraeva Regional center for CERPEE of the Navoi region

Abstract: In this article discusses the psychological and pedagogical issues of the effective organization of lessons in preschool education.

Keywords: Develop, education, intuition, visual activity

Bolaning o'sishi, uning jamiyatimizga kerakli bo'lgan yetuk shaxs sifatida voyaga yetishi muayyan qonunlarga bo'ysunadi va bu qonunlar Prezidentimiz boshchiligida ishlab chiqilib izchil ta'riflab berilgan.

Psixologlar bolaning rivojlanishi nazariyasini, bola irsiy tabiiy moyillik qobiliyatiga, tug'ma qobiliyatning dastlabki kurtaklariga egadir, bu tug'ma qobiliyat kurtaklari bola tug'ilmasdanoq uning organizmiga joylashgan bo'ladi deb ta'riflaydilar. Bu tabiiy qobiliyatlarini o'zgartirish ancha murakkab, unga faqat tarbiyaviy omillar yuzasidan yondashib turish lozim bo'ladi.

ПШЛ^^И 131 http://oac.dsmi-qf.uz

Bolaning psixologik xususiyatlari tez yoki sekin namayon bo'lib boradi.

Bolani tabiatini o'zgartirish qiyin, bu sohada muvaffaqiyat qozonish mushkuldir. Tug'ma biologik imkoniyatlar bola shaxsining tarkib topishida asosiy, hal qiluvchi axamiyatga egadir va bu psixik xususiyatlarning rivojlanishi, bu imkoniyatlarning pishib yetilishi o'z-o'ziga takomillashuvi demakdir. Buning uchun tegishli tashqi shart-sharoitlar bo'lsa bas. Chunonchi, ta'lim tarbiya tug'ma imkoniyatlarni namayon qilish va amalga oshirishning zaruriy shartlaridan hisoblanadi. Shuning uchun bolalarnig psixik xususiyatlaridan farq tarbiyaning turlicha ta'sir qilishi kuchiga bog'liq.

Binobarin, ta'lim va tarbiya, jamiyat talablariga javob beradigan muayyan shaxsiy sifatlarni tarkib toptirish maqsadida katta avlodning yosh avlodga ongli maqsadga muvofiq ta'sir ko'rsatish jarayoni sifatida hal etuvchi muhim omil hisoblanadi. Ma'lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning o'yinlari taqlid qilish tabiatida bo'ladi. Bola tevarak atrofidagi borliqni boshqalardan o'zgacharoq fahmlaydi, kuzatadi. Undagi ba'zi narsalarni o'yiniga kiritadi va shu o'yin vositasida o'zini qurshab turgan olam haqida muayyan axborotga ega bo'ladi. Shuning barobarida, unda hodisalarga nisbatan muayyan munosabat paydo bo'ladi.

Bolalar tabiat hodisalari, jonivorlar hayoti va harakatlariga taqlid qilib o'ynar ekan, shu qatorda ularning ma'nosini anglay boradi. Asta-sekin hayotiy tajriba orttiradi, qiyinchiliklarni yengishga, bu esa irodasini tarbiyalaydi. Ularda harakat ko'nikmalari hosil bo'ladi va tasavvur tobora boyib boradi.

Bundan tashqari, o'yinlar bolalarning jismoniy barkamol bo'lishi uchungina emas, balki ularni aqliy, ma'naviy va axloqiy jihatdan tarbiyalashda ham muhum ahamiyat kasb etadi. Ko'plashib bajariladigan faoliyat turlarida bolalar maqsadga erishish uchun farosati va tadbirkorligini, qatiyatini ko'rsatishi, jamoat oldida faqat o'zining emas, balki o'rtoqlarining hatti-harakatlari uchun ham javobgarlik hissini sezsa olishini shakillantirib borish zarur.

Rivojlanish deganda odatda bir- biriga bog'liq ikki faktor

1. Miyaning o'z biologik, organik yetilish, uning anatomik-biologik tuzlishining takomillashuvi;

2. Psixik (aqliy) rivojlanishining ma'lum dinamik darajalarining ortib borishi tushuniladi.

O'z-o'zidan ma'lumki, aqliy rivojlanish miya tuzilishining biologik tuzilishining biologik yetilishi bilan bog'liq. Ta'lim miyaning organik tuzilishini inkor eta olmaydi. Ta'lim bilan rivojlanish o'zaro bog'liqdir. Rivojlanish bilan ta'lim bir-biriga mustahkam bog'liq bir butun jarayondir. Chunki ta'limsiz to'la aqliy rivojlanish bo'lmaydi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar shaxsining kamol topishida bolalarga ma'lum darajada ta'lim berish katta ahamiyatga egadir. Bolalarga ta'lim berish bog'cha yoshidanoq va undan oldinroq boshlanadi, chunki odam

ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlanishi uchun juda ko'p va murakkab bilimga ega bo'lishi kerak.

Bundan tashqari, ta'lim bolalarni har tomonlama rivojlantirishning eng zaruriy shartlaridandir.

Bolalar qisqa davr ichida insoniyat jamiyat tomonidan yaratilgan juda ko'p bilimlarni o'zlashtirishlari kerak bo'ladi.Spuning uchun bizning Respublikamiz tarbiyaning maqsadlariga ko'ra bolalarga ularning har bir yosh davrlarida, ya'ni oilada, yaslida, bog'chada, maktab va oliygoplarda ta'lim beriladi. Bolalarga beriladigan ta'limning mazmuni har bir yosh davrida bir-biridan keskin farq qiladi.

Masalan: oilada va yaslida yasli yoshidagi bolalarga majburiy (bilim) ta'lim berilmaydi. Ular uchun kundalik hayotining o'zi ta'limdan iborat bo'lib, bu yoshdagi bolalar kundalik hayotlarida atrof- muhitdagi narsa va hodisalar bilan tanishadilar, xilma- xil narsalarni qollari bilan ushlab ko'rib sinchiklab tekshiradilar. Bu yoshdagi bolalar kuchli hissiyotli va juda qiziquvchan bo'ladilar.Ularning ana shu qiziquvchanligidan keng foydalanish lozim, ta'lim berishda ularni atrof -muhitdagi narsalar bilan bevosita tanishtirishdan ko'rsatma material yaxshi natija beradi.

Bog'cha yoshdagi bolalarga beriladigan ta'lim xarakteri esa tubdan farqli o'zgarib, ta'lim jarayoni maxsus tuzilgan dastur asosida olib boriladi. Bu yoshdagi bolalarga beriladigan bilim darajasi yasli yoshdagi bolalarga beriladigan bilimlarga nisbatan juda kengaytirib boriladi. Bu bilimlarni o'zlashtirish tarbiyachi tomonidan maxsus tashkil etilgan mashg'ulotlar orqali amalga oshadi.

Masalan: Elementlar matematika mashg'uloti, ona tili mashg'uloti, jismoniy tarbiya mashg'uloti, rasm, loy, aplekatsiya konstruktivlash, kompyuter mashg'uloti va boshqa shunga o'xshash mashg'ulotlar jumlasidandir. Bog'chadagi ta'lim jarayoni mumkin qadar aniq, to'liq holda va ko'rsatmali vositalar bilan o'tkazilishi kerak. Muntazam ravishda o'tkaziladigan ana shunday mashg'ulotlar natijisida bog'cha yoshidagi bolalarda bilimlarni o'zlashtirishga ishtiyoq, qiziqish, bilimlarga havas ortib boradi. Biroq ta'limiy mashg'ulotlarda bolalar ishini doim kuzatib turilsa, ular oldiga aniq maqsad va vazifalar belgilab berilsa, bu mashg'ulotlar ham o'yin faoliyatlari kabi g'oyat qiziqarli va jozibali o'tadi, bolalar mashg'ulotlarda zerikmay, diqqat bilan ishtirok etishadi.

Undan tashqari bog'cha yoshidagi bolalar shaxsiy xislatlarining kamol topishida tasvirlash faoliyatining roli kattadir. Ma'lumki bog'cha yoshidagi bolalarga rasm solish, loydan turli narsalar yasash, kubuklardan uychalar , ko'priklar qurish singari mashg'ulotlar juda yoqadi. Ular o'z tasviriy faoliyatlarida tashqi muhitni, undagi narsalarni, tabiatni, hayvonlar dunyosini, aks ettirishni juda xohlaydilar va shunga intiladilar. Bog'cha yoshdagi bolalar tasvirlash faoliyatining psixologik afzalligi mazkur faoliyatida ijodkorlik, yaratuvchanlik elementlarining mavjudligidan iboratdir. Bolalar o'zlari istak, hohish, intilishlari ana shunday tasvirlash, rasm solish,

loy, guldan biror narsa yasash, aplekatsiya ishlari orqali ifodalashga intiladilar. Shuning uchun bog'cha yoshdagi bolalarning tasvirlash faoliyatlari juda sodda bo'lsa ham ular o'zlarining bunday faoliyatlarida atrofdagi narsa hodisalarni shunchaki tasvirlab qolmay, balki o'zlaridan nimalarnidir qo'shib, yangilik yaratishga harakat qiladilar. Bolalardagi ayrim qobilyatlar ularning tasvirlash faoliyatida juda erta namoyon bo'la boshlaydi.

Bog'cha yoshidagi bolalarning tasvirlash faoliyati juda sodda bo'lib, ular o'zlari tushunganiga va o'z fikri bo'yicha ish olib boradi, chunki ular hali yoshi katta kishilar kabi kuzatish qobiliyati o'z tasavvurlari asosida amalga oshadi. Bu yoshdagi bolalarda tasvirlash faoliyati real voqelik emas balki o'yin tarzida o'tkaziladi.

Agar tarbiyachi bolalarning tasvirlash faoliyatini muntazam ravishda pedagogik jihatdan to'g'ri yo'lga qo'ysa va tashkil etib borsa, bolalarning tasvirlash faoliyatiga munosabatlari o' zgaradi.

Bog'cha yoshidagi bolalarning tasvirlash faoliyatlarini takomillashtirishda narsalardan nusxa ko'chirish juda katta ahamiyatga egadir. Nusxa ko'chirish orqali bolalarning kuzatuv qobiliyatlari, fantaziyasi, fikrlash qobiliyati rivojlanadi.

Xulosa qilib aytganda maktabgacha ta'limda ta'limni samarali tashkil qilish uchun avvalo bolaning psixologik holatini, uning ijodiy qolbiliyatlarini hamda aqliy jihatlarini inobatga olish muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan davlat talablari, T:,2013y

2. H.M. Qayumova "Maktabgacha pedagogika". "TDPU" nashriyoti, T.:2013y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.