Научная статья на тему 'ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA BAXT-SAODAT MASALASI'

ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA BAXT-SAODAT MASALASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

8808
379
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ibn Sino / “Al-Ishorat va at-tanbihot” / farovonlik / baxt-saodat / axloq / lazzat / ichki lazzat / axloqiy tanlov / Ibn Sina / Al-Isharat wa at-tanbihot / prosperity / happiness / morality / pleasure / inner pleasure / moral choice

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sherali Soibnazar Ogli Jurayev

Mazkur ilmiy maqola X-XI asrlarda yashab ijod qilgan buyuk faylasuf Abu Ali ibn Sinoning falsafiy, axloqiy va inson kamolotining farovonligiga erishishda baxt-saodat masalasiga qaratilgan bo’lib, unda farovonlik va baxt masalalari bugungi kunda beqiyos ahamiyatga ega ekanligi asoslangan. Bugungi globallashuv sharoitida o’tmishda yashab ijod qilgan ulug’ allomalarimizning falsafiy va ilmiy merosini o’rganish, tadqiq qilish va ularni o’zaro tahlil qilgan holda keng jamoatchilika ma’lum qilish dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Ibn Sino o’zining “Al-Ishorat va at-tanbihot” asari va undagi baxt-saodat haqidagi falsafiy qarashlarini ilgari surar ekan, unda haqiqiy baxtning timsoli aks etganini kuzatish mumkin. Mazkur asarning “baxt-saodat” bobida inson hayotda farovon yashashi uchun baxt nima ekanligini anglab yetishi, baxt-saodat masalasida ichki lazzatning tashqi lazzatdan ustunligi taqqoslanib, bugungi kunga bog’liq bo’lgan baxt-saodatga erishish masalasining falsafiy jihatlari uzviy tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ISSUE OF HAPPINESS IN THE PHILOSOPHICAL VIEWS OF ABU ALI IBN SINO

This scientific article focuses on the great philosopher Abu Ali ibn Sina, who lived and worked in the X-XI centuries, on the issue of happiness in achieving philosophical, moral, and human perfection, and argues that the issues of well-being and happiness are of paramount importance today. In today's globalized world, it is becoming increasingly important to study, research and inform the general public about the teachings and scientific heritage of our great scientists who lived and worked in the past. As Ibn Sina puts forward his philosophical views on Al-Isharat wa at-Tanbihot and its bliss, it can be seen that it reflects the image of true happiness. The "Happiness" section of this work provides an in-depth analysis of the philosophical aspects of the pursuit of happiness, comparing the understanding of what happiness is for a prosperous life, the superiority of inner pleasure over external pleasure in the matter of happiness.

Текст научной работы на тему «ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA BAXT-SAODAT MASALASI»

ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA BAXT-SAODAT

MASALASI

Sherali Soibnazar o'g'li Jurayev

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Sharq falsafasi va madaniyati" kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur ilmiy maqola X-XI asrlarda yashab ijod qilgan buyuk faylasuf Abu Ali ibn Sinoning falsafiy, axloqiy va inson kamolotining farovonligiga erishishda baxt-saodat masalasiga qaratilgan bo'lib, unda farovonlik va baxt masalalari bugungi kunda beqiyos ahamiyatga ega ekanligi asoslangan. Bugungi globallashuv sharoitida o'tmishda yashab ijod qilgan ulug' allomalarimizning falsafiy va ilmiy merosini o'rganish, tadqiq qilish va ularni o'zaro tahlil qilgan holda keng jamoatchilika ma'lum qilish dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Ibn Sino o'zining "Al-Ishorat va at-tanbihot" asari va undagi baxt-saodat haqidagi falsafiy qarashlarini ilgari surar ekan, unda haqiqiy baxtning timsoli aks etganini kuzatish mumkin. Mazkur asarning "baxt-saodat" bobida inson hayotda farovon yashashi uchun baxt nima ekanligini anglab yetishi, baxt-saodat masalasida ichki lazzatning tashqi lazzatdan ustunligi taqqoslanib, bugungi kunga bog'liq bo'lgan baxt-saodatga erishish masalasining falsafiy jihatlari uzviy tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: Ibn Sino, "Al-Ishorat va at-tanbihot", farovonlik, baxt-saodat, axloq, lazzat, ichki lazzat, axloqiy tanlov

THE ISSUE OF HAPPINESS IN THE PHILOSOPHICAL VIEWS OF ABU

ALI IBN SINO

Sherali Soibnazar o'g'li Jurayev

Lecturer at the Department of Oriental Philosophy and Culture of Tashkent State

University of Oriental Studies

ABSTRACT

This scientific article focuses on the great philosopher Abu Ali ibn Sina, who lived and worked in the X-XI centuries, on the issue of happiness in achieving philosophical, moral, and human perfection, and argues that the issues of well-being and happiness are of paramount importance today. In today's globalized world, it is becoming increasingly important to study, research and inform the general public

about the teachings and scientific heritage of our great scientists who lived and worked in the past. As Ibn Sina puts forward his philosophical views on Al-Isharat wa at-Tanbihot and its bliss, it can be seen that it reflects the image of true happiness. The "Happiness" section of this work provides an in-depth analysis of the philosophical aspects of the pursuit of happiness, comparing the understanding of what happiness is for a prosperous life, the superiority of inner pleasure over external pleasure in the matter of happiness.

Keywords: Ibn Sina, Al-Isharat wa at-tanbihot, prosperity, happiness, morality, pleasure, inner pleasure, moral choice

KIRISH

Ma'lumki, zaminimiz qadim-qadimlardan buyon butun dunyoga o'zining go'zal tabiati, mard o'g'lonlari, mehnatkash xalqi, keng bilimli farzandlari bilan ma'lumu mashhur bo'lib kelgan. SHu nuqtai nazardan muhtaram Prezidentimiz ilmiy merosimizni o'rganish, qadrlash targ'ib etish va yoshlarimizni shu ruhda tarbiyalash masalalariga nihoyatda katta e'tibor qaratib kelmoqdalar. Bugungi kunda mamlakatimizning xalqaro ilmiy-falsafiy va madaniy aloqalarining jadallashuvi, xususan, xalqimiz o'zligini anglash, dunyoni tanish jarayonining chuqurlashib borayotganligi mamlakatimizda falsafa fani oldiga yangi talablar va vazifalarni qo'ymoqda. Bugungi kunda jamiyatimizda kechayotgan jarayonlardan biz chetda qolmasdan, uni tahlil etib o'tmog'imiz darkor.

Bugungi kunda insonlar hayotga yengillik bilan qarashni afzal ko'rmoqda. Lekin bunda "Baxt", "Farovon" degan tushunchalarning mohiyati nima ekanligini anglashda oqsoqlikka yo'l qo'ymoqda. Inson kamol topishida orzu-havasni o'zida mujassamlashtiradi. Bu orzu-havaslar zinapoyaga o'xshaydi. Zinalar o'tirib, dam olishga moslashmagan. Umrni shu zinalarda behuda o'tkazmaslik uchun g'ofillikdan tez uyg'ongan va hayotning mohiyatini to'g'ri anglab yetgan odam naqadar baxtli hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mazkur maqolada Shavkat Mirziyoyevning nutqlari va asarlari tadqiqotning metodologik asosi sifatida olindi. Abu Ali ibn Sinoning "Al-Ishorat va at-tanbihot" asarini o'rganishda tarixiylik metodi asosida tahlil qilindi. Maqolani yoritish jarayonida mantiqiylik, ob'yektivlik, tizimlilik metodlaridan foydalangan holda baxt-saodat masalasining qiyosiy tahlili ochib berildi.

Ushbu maqola bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar jarayonida asosan arab tilida yozilgan adabiyotlardan foydalanildi. Jumladan "^W" j ^Ijlwl", Hi^ <jjl, u'jh 1332

"Al-Ishorat va at-tanbihot" asari va bu asar asosida yozilgan muhokamalar va Ibn Sinoning ilmiy asarlarini tarjima qilib, bugungi kunda ilm-fan taraqqiyotiga katta hissa qo'shayotgan buyuk tadqiqotchilarimizning ilmiy maqolalaridan keng foydalanildi.

NATIJALAR

O'zbek xalqining necha ming yillik tarixida qanday murakkab davrlar, og'ir sinovlar bo'lganini barchamiz yaxshi bilamiz. Biz ajdodlarimizning yorqin xotirasini asrab-avaylab, qalbimizda, yuragimizda abadiy saqlaymiz. Bukilmas iroda, fidoyilik va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o'z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishiga bag'ishlagan ustoz va murabbiylarimiz, zamondoshlarimiz bilan biz cheksiz faxrlanamiz [1]. Inson aqli turli fanlarni o'rganish yordamida boyiydi, rivoj topadi. Bunda, xususan, u mantiq ilmiga katta e'tibor beradi. Aql har qanday bilishning va amaliy faoliyatning mezoni sifatida talqin etiladi.

Ibn Sino hayotining so'ngi kunlarida yozgan "Al-Ishorat va at-tanbihot" asarida baxt-saodat haqida keng ta'rif berib ketgan. Inson hayoti davomida baxt va farovon degan tushunchalarga ko'p bor duch keladi, lekin bu tushunchalarning mohiyatini anglashni unutib qo'yadi. Abu Ali ibn Sino "Al-Ishorat va at-tanbihot" asarida bu tushunchalarni aniq va batafsil ta'riflab o'tadi. Ichki lazzatning tashqi lazzatdan uztunligi to'g'risidagi nazariyalarini misollar asosida tushuntirib o'tgan. Keng xalq ommasining tasavvurida eng kuchli va ahamiyatli zavq hissiyotdir, qolganlari esa zaif, xayoliy, haqiqiy emas. Ushbu fikrning xato ekanligini hech bo'lmaganda ozgina tushunadigan kishiga quyidagi sabablar bilan ko'rsatish mumkin. Bunday odamdan so'rash mumkin: siz ta'riflagan zavqlarning barchasi jinsiy aloqa, ovqatlanish va shunga o'xshash narsalar emasmi?

Shuningdek, fazilatlar va obro'-e'tiborga erishgan, mutlaqo sog'lom bo'lgan kishi, ovqatlanish va o'tkinchi aloqani e'tiborsiz qoldiradigan, odobni hurmat qiladigan kishi bo'ladi, chunki ma'naviy lazzat unga ovqatlanishdan va zavqlanishdan ko'ra ko'proq zavq bag'ishlaydi. Agar saxiy odamga boshqalarning yaxshi ishlaridan bahramand bo'lish imkoniyati berilsa, u yaxshilik qilishga shoshilib, bu amalini hamma jismoniy lazzatlardan afzal ko'radi. Mag'rur odamlar esa o'z or-nomusini saqlab qolish uchun ochlik va chanqoqlikni boshdan kechiradilar, janglarda halok bo'lish qo'rquvidan nafratlanadilar, yakka holda bo'lsalarda, o'lgandan keyin qahramon sifatida xotirlanishlariga umid qilib, ko'p sonli dushmanga qarshi chiqadilar [2]. Demak, ichki (botiniy) zavq hissiy zavqqa qaraganda yuqori ekanligi ravshanlashadi. Bu nafaqat ongli mavjudotlarga, balki tilsiz hayvonlarga ham

tegishli. Masalan, ovchi it o'ljani qo'lga kiritgach, och bo'lsa ham, uni o'z egasiga sodiqlik nuqtai nazaridan olib keladi. Shuningdek, hayvonlar ham bolasinini o'zidan ham afzal ko'radi va uni himoya qilish uchun zarur vaziyatlarda xavfli jangga otlanadi [3].

Agar ichki zavq, aqliy bo'lmasa-da, tashqi hissiyotlardan ustun bo'lsa, unda aqliy zavq haqida nima deyish mumkin?! Aqliy zavq insonni farovonlikka chorlaydi. Aqliy zavq orqali inson baxt nima ekanligini va undan qanday qilib rohatlanish mumkinligini tushunib yetadi. Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, aqliy zavq hissiy zavqqa nisbatan afzalroqdir. Shuning uchun, biz kimlarningdir: Agar biz yemasak, ichmasak va jinsiy lazzatlardan bahramand bo'lmasak, unda biz qanday baxtga ega bo'lishimiz mumkin degan gaplarini tinglamasligimiz kerak. Insoniyat ko'pchilik holatda boshqa bir jarayonni urg'u qilib yashaydi, ya'ni bunda o'zgani ko'proq misol keltirib, o'zining aqliy qobiliyatini sustlashtirib, nuqsonlikka yo'l qo'yadi [4]. Bunday odam ko'zlarini ochishi kerak: ey, baxtsizlar, farishtalar va ulardan yuqori turuvchilar hayvonlarning holidan ko'ra baxtliroq va farovonroq hayot kechirayotganlar sizlar emasmi? Qanday qilib bu lazzatlarni bir-biri bilan solishtirish mumkin ?! Insoniyat o'zining kuchiga nisbatan boshqa bir narsaning shamoliga suyanishni ko'proq ma'qul deb topadi. Chunki inson baxtini boshqa bir inson misolida gavdalantirishga harakat qiladi. Ya'ni bunda baxt-saodat ezgulikni anglay bilishi yoki unda kamchiliklarni yuzaga chiqishi bilan taqqoslaydi.

Lazzat - bu insonni kamolotga yetkazuvchi va uning xayrli deb bilgan narsasini idrok etishi va uni topa bilishidadir.

Alam esa inson yomon va nuqsonli deb bilgan narsasini qabul qilishi va unga egalik qilishidir.

Yaxshilik va yomonlik o'z tabiatiga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Aqlga asoslangan yaxshilik minnatdorchilik, maqtov va sharafni o'z ichiga oladi. Umuman olganda, oqil insonlarning bu boradagi intilishlari juda xilma-xildir.

Biror bir narsaga nisbatan yaxshilik ko'zi bilan qarash o'sha narsaning o'ziga xos mukammalligi tufayli bo'lib, uni o'ziga xos moyilligi tufayli yanada ortadi. Va barcha zavq va lazzatlar ikki omil bilan bog'liq: yaxshilikka xizmat qiluvchi xatti-harakatlar va o'sha ezgulikni yaxshilik sifatida idrok etish [5].

Kimdir biz uchun bebaho hisoblangan ba'zi narsalarni lazzat va mukammallik manbai sifatida bilmasliklari mumkin. Masalan, sog'lik: undan olinadigan lazzat va zavqni na shirinlik, na unga o'xshagan boshqa narsalardan olish mumkin. Agar bu qabul qilishga munosib bo'lsa, bunga javoban biz quyidagilarni aytamiz. Lazzatlanish uchun eng asosiy shart - bu yaxshi narsaga ega bo'lish va uni birgalikda amalga oshirish. Hissiy narsalar barqaror va doimiy bo'lganda, inson ulardan bexabar bo'lishi

mumkin. Shu bilan birga, uzoq davom etadigan kasallikka chalingan odam sog'lom holatga qaytishi bilanoq, u katta lazzat-zavqni his qiladi. Ibn Sino nuqtai nazariga ko'ra, axloqda yaxshilik va yomonlik, lazzat va azob-uqubat bosh rolni o'ynaydi, u kishining yomon fazilat va qiliqlarini yomonlik kategoriyasiga kiritadi. Insoniy adolat - muhim axloqiy xislatdir [6]. Adolat, uningcha ruhiy lazzatning bosh o'lchovidir. U odamning uch istagi-toqat, jasurlik, donolik bilan paydo bo'ladi. " Agar inson shu fazilatlarga ega bo'lsa, - deydi Ibn Sino, -yaramas ishlardan o'zini saqlay oladi, yaxshilikni o'zida mustahkamlab, haqiqiy ruhiy lazzat oladi".

Past tabiat odam shunday odamki, deydi Ibn Sino, uning ichki quvvati o'lik bo'ladi, ular bunday quvvat to'g'risida tasavvurga ham ega emaslar. Inson doimo ruhiy lazzat bilan takomilga erishishi kerak, o'zining amaliy faoliyatini shunga bog'lashi lozim. Axloqiy komil, ma'naviy boy odam yuqori lazzatdan bahramand bo'lsa, past odam hissiy lazzatga intiladi. Bu xil hissiy lazzatga intiluvchilar saxiylik, tashakkur kabi boshqa motivlar kishida zavq,lazzat uyg'otishi mumkin ekanligini tushunib yetmaydi. Shuning uchun ham Ibn Sino fikricha, hissiy lazzatga bo'ysungandan ko'ra aql ovoziga quloq solish zarur.

Inson o'zida zavqlanishni his etganda "Baxt" nima ekanligini anglab yetishi mumkin. Baxt - har bir inson intiladigan maqsad, zero u muayyan komillik hisoblanadi. Kimdir "baxt" so'zidan ma'naviy farovonlik yoki gullab -yashnash bilan sinonim ma'noda foydalanadi. Boshqacha qilib aytganda "ruhiy tushkunlik" yoki "xotirjamlik" kabi tushunchalarni taqqoslaganda inson baxt nima ekanligini anglab yetishi mumkin [7]. Zamonaviy adabiyotda "farovonlik" baxt hissi haqida katta e'tiborga ega bo'lsa-da, psixologik tushuncha baxt haqidagi fanning so'nggi yutuqlarini kuzatib, falsafiy tadqiqotning asosiy yo'nalishi sifatida tiklanmoqda. Ushbu jumlada baxtning psixologik tuyg'usiga qaratilgan. Bu ma'noda baxtning asosiy belgisi gedonizm, hayotdan qoniqish nazariyasi va hissiy holat nazariyasi sifatida talqin etiladi. O'tmish va hozirgi kunni taqqoslasak, baxt har doim faylasuflarning muhim tashvishi bo'lganligini ko'rishimiz mumkin. Ammo yaxshi hayot uchun baxtning ahamiyati so'nggi o'n yilliklarda qizg'in bahs-munozaralarga sabab bo'ldi. Zamonaviy hayotningning keyingi masalalari baxt falsafasi va ilm-fan o'rtasidagi bog'liqlik, shuningdek, ijtimoiy va siyosiy qarorlarni qabul qilishda baxtning o'rni qay darajada ahamiyatli ekanligini ko'rishimiz mumkin.

MUHOKAMA

Ibn Sino o'zining bu asarida insonning umumiy fazilati haqida gapirib, kishilarda yuz beradigan yaxshi va yomon xulqlarning paydo bo'lish sabablari haqida

to'xtaladi. Ibn Sino fikricha, yaxshi va yomon xulqlarning hammasi odatdan paydo bo'ladi, odamlarning yaxshi yoki yomon bo'lishiga hukumat ahllarning ham ta'siri kattadir.

"Sabr" insondagi shunday quvvatdirki, u orqali inson boshiga tushgan yomonlikdan xoli bo'ladi.

Ibn Sino insonlar o'rtasida uchrab turadigan yomon axloqiy xislatlarni " sharmandalik " deb ataydi. Unga ta'rif berib yozadi: " Hujum qilib kelayotgan qo'shinlardan qo'rqib qochish, insonlardagi qo'rqoqlikning boshqalar tomonidan fosh etilishi , boylikni yerga ko'mish,shubhali joylarda bo'lish,razillikni istash, axloqiy tubanlik, kambag'alni talash, o'liklar kafanini qazib olish, gadoylik qilis h, haddan tashqari ziqnalik, sudxo'rlik qilib pul topish, kechirim so'raganlar iltimosini rad etish, aybdor bo'lib bo'yin egib turish, muruvvat qilish kerak bo'lganda sudlashish,sudlashish kerak bo'lganga muruvvat qilish" va hokazolarni kiritadi. Ibn Sino insonni baxt-saodatli qilish jamiyatning asosiy maqsadi ekanligini ta'kidlaydi va bunga barcha vositalar bilan erishish zarur, bu baxt-saodat insonlar jamoasida amalga oshirilishi mumkin, deb ko rsatadi. Ibn Sinoning fikricha, insonning taqdiri avvaldan belgilangan emas, har bir shaxs oz ixtiyori bilan faoliyat korsatib, oz baxtini ozi yaratadi, taqdirini ozi hal etadi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Ibn Sino o'zining boy va serqirra ilmiy merosi bilan keyingi davr Sharq va G'arb madaniyatining rivojiga katta ta'sir ko'rsatdi. Ibn Sinoning falsafiy qarashlari keyingi faylasuf olimlaning falsafiy ta'limotlariga katta ta'sir ko'rsatdi. Buyuk faylasuflarimiz ilgari surgan fikrlari bugungi kunda o'z isbotini topmoqda. Buyuk yurtdoshlarimizning o'zlarining ilmiy-nazariy tadqiqotlari, tajribalarida tabiatdagi barcha hodisalar muayyan tabiiy qonuniyat asosida yuz beradi, tashqi kuchning ta'siri uni izdan chiqarishi mumkin, degan xulosaga keladi. Bu bugun o'z isbotini topgan haqiqatdir. Insoniyat tabiatdan foydalanishda tabiat qonunlariga emas, aksincha, shaxsiy manfaatlariga asoslanib faoliyat ko'rsatishi oqibatida tabiatdagi muvozanatning sezilarli darajada buzilgani, ya'ni, dunyoning turli burchaklarida tabiiy ofatlar: suv toshqinlari, zilzilalar, o'rmon yong'inlari va boshqa shu kabi talofatlarning ro'y berayotgani hech kimga sir emas. Inson tabiiy muhitga ta'sir etar ekan, uning o'zi ham "aks ta'sir"ga duch kelmoqda.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz". - T.: O'zbekiston, 2016.

2. Abu Ali Ibn Sino. "Al-ishorat va at-tanbihot" (Nasriddin at-Tusiy sharhi) Qohira 1365. - B 338

3. Jurayev Sh.S. (2018). "Ibn Sinoning "Al-ishorat va al-tanbihot" asaridagi borliq muammosining kognitiv tahlili" - Sharqshunoslik jurnali

4. Jurayev Sh.S. "Ibn Sino asarlarida axloqiy masalalar talqini" - Ilmiy maqolalar to'plami. TDSHU 2020.

5. Mojtaba Zarei. Directives and Remarks Sheikh al-Rais Ibn Sina (Avicenna) 1396, - P 340

6. Parviz Morewedge. "The metaphysica of Avicenna (Ibn Sina)" New York 2004, -P 141

7. Sagadiyev A.V. Ibn Sina (Avitsenna). - M.: 1980. P 61

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.