Научная статья на тему 'Milliy g’oyani rivojlantirishning ijtimoiy-ahloqiy masalalari hamda uni yosh avlod tarbiyasida tutgan o’rni'

Milliy g’oyani rivojlantirishning ijtimoiy-ahloqiy masalalari hamda uni yosh avlod tarbiyasida tutgan o’rni Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1127
116
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliy g’oya / qadriyat / milliy qadriyatlar / ahloqiy qadriyatlar / ma’naviyat / ma’naviy munosabat / национальная идея / ценность / моральная ценность национальная ценность / духовность / духовное отношение

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ashuroxunova Shahnoza Toxir Qizi

Mazkur maqolada milliy g’oya va uni rivojlantirishning ilmiy, nazariy va amaliy ahamiyati, bugungi kundagi dolzarbligi, milliy g’oyani rivojlantirishda ijtimoiy-ahloqiy asoslarga tayanish zarurati haqida, shuningdek, milliy g’oyani ijtimoiy-axloqiy asosda rivojlantirishning oilani ma’naviy muloqot asosida shakllantirishga, yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga mo’ljallangan tamoyillari haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

СОЦИАЛЬНО – ЭТИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ РАЗВИТИЯ НАЦИОНАЛЬНОЙ ИДЕИ

данной статье рассматриваются о национальная идея и научная, теоретическая и практическая значимость ее развития, актуальност сегодня, необхадимости опираться на социально – этические развитии национальной идеи, а также о принципах развития национальной идеи, направленной на формирование семьи на основе духовного общения и направленный на воспитание молодежи в духе национальных ценностей.

Текст научной работы на тему «Milliy g’oyani rivojlantirishning ijtimoiy-ahloqiy masalalari hamda uni yosh avlod tarbiyasida tutgan o’rni»

MILLIY G'OYANI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-AHLOQIY MASALALARI HAMDA UNI YOSH AVLOD TARBIYASIDA TUTGAN

O'RNI

Ashuroxunova Shahnoza Toxir qizi Guliston davlat universiteti shahnozashuroxunova@mail.ru

Annotatsiya: Mazkur maqolada milliy g'oya va uni rivojlantirishning ilmiy, nazariy va amaliy ahamiyati, bugungi kundagi dolzarbligi, milliy g'oyani rivojlantirishda ijtimoiy-ahloqiy asoslarga tayanish zarurati haqida, shuningdek, milliy g'oyani ijtimoiy-axloqiy asosda rivojlantirishning oilani ma'naviy muloqot asosida shakllantirishga, yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga mo'ljallangan tamoyillari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: milliy g'oya, qadriyat, milliy qadriyatlar, ahloqiy qadriyatlar, ma'naviyat, ma'naviy munosabat.

СОЦИАЛЬНО - ЭТИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ РАЗВИТИЯ НАЦИОНАЛЬНОЙ ИДЕИ

Ашурохунова Шахноза Тохир кизи Гулистанский государственный университет shahnozashuroxunova@mail.ru

Аннотация: В данной статье рассматриваются о национальная идея и научная, теоретическая и практическая значимость ее развития, актуальност сегодня, необхадимости опираться на социально - этические развитии национальной идеи, а также о принципах развития национальной идеи, направленной на формирование семьи на основе духовного общения и направленный на воспитание молодежи в духе национальных ценностей.

Ключевые слова: национальная идея, ценность, моральная ценность национальная ценность, духовность, духовное отношение.

SOCIO - ETHICAL ISSUES OF DEVELOPMENT OF THE NATIONAL

IDEA

Ashurakhunova Shakhnoza Toxir khizi Gulistan State University shahnozashuroxunova@mail.ru

Abstract: This article discusses the scientific, theoretical and practical significance of the national idea and development, its relevance today, the need to rely on socio-ethical principles in the development of the national idea, as well as the principle of the development of the national idea aimed at the formation of the family on the basis of spiritual communication and aimed at educating young people in the spirit of national values.

Key words: national idea, value, national value, moral value, spirituality, spiritual attitude.

Tarixdan ma'lumki, jamiyat a'zolarining intellektual salohiyati ortib borishi bilan jamiyatni ongli ravishda boshqarish, uni aniq bir maqsadga yo'naltirish imkoniyati ortib boradi. Bu esa jamiyatni aniq bir maqsadga muvofiq ravishda oqilona boshqarishga yordam beruvchi. buyuk insonparvarlik, taraqqiyparvarlik mohiyatini o'zida mujassamlashtirgan milliy g'oyani yuzaga kelishiga zamin hozirladi. Barcha zamonlarda ham jamiyatni yuksaklik sari yetaklovchi xalqning, millatning yagona g'oyasini ishlab chiqish va uni rivojlantirish masalalari o'z dolzarbligini yo'qotmagan. Bu ishni munosib uddalay olgan millat insoniyat taraqqiyotining eng oldingi saflariga o'tib olgan bo'lsa, bu vazifani munosib uddalay olmagan yoki mavjud milliy g'oyani rivojlantirishda xato va kamchiliklarga yo'l qo'ygan xalqlar esa tanazzulga yuz tutib, birin-ketin tarix sahnasidan ketganligiga ham insoniyat guvoh. Shu ma'noda milliy va umuminsoniy maqsadlarni o'zida jamlagan xalq, millat g'oyasini shakllantirish, shuning barobarida uni rivojlantirish muammolari bugungi kunda ham o'z ahamiyatini saqlab qolgan. Bugungi kun milliy g'oyasini shakllantirish va uni rivojlantirishning murakkablik darajasining yuqoriligiga sabab shundaki, hozirda butun dunyo mamlakatlarini qamrab olgan globallashuv jarayoni hayotning barcha sohalariga, jumladan, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy sohalarga ko'rsatayotgan salbiy ta'sirlarining ortib borishi va bu salbiy ta'sirlar XXI asr kishisida loqaydlik, beparvolik, kosmopolitizm, daxldorlik hissining susayib ketishi, har qanday qadriyatlarga nisbatan umumiy nazar bilan qarash kabi illatlarni keltirib chiqarmoqda. Bu illatlar esa jamiyat a'zolarining yagona maqsad-muddaolar atrofida birlashish qobiliyatini susayib ketishiga olib kelmoqda. Aynan shu omillar milliy g'oyani rivojlantirishning ijtimoiy-axloqiy asoslarini izchillik bilan tadqiq etish, ijtimoiy hayotning har bir qatlamiga munosib ijtimoiy-axloqiy tamoyillarni ishlab chiqish zaruratini orttirmoqda.

Milliy g'oyani rivojlantiirshning ijtimoiy - ahloqiy masalalarini ko'rib chiqar ekanmiz, dastavval "milliy g'oya" tushunchasiga ta'rif berib o'tsak.

Milliy g'oya - millatni o'tmishi, buguni va istiqbolini o'zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g'oya shakli. [6, C.220] Milliy g'oya har bir millatga

mansub kishilar uchun umumiy faoliyat mezoni, ularni birlashtiruvchi va muayyan maqsadga xizmat qiluvchi omil hisoblanadi. U muayyan millatning tabiiy - tariixy rivojlanishi jarayonida, moddiy va ma'naviy hayot sharoitlari ta'siri natijasida, milliy ruh va yashash tarzi, siyosiy tuzum va ijtimoiy tizim bilan bog'liq maqsad va ideallar hamda umumiy qadriyatlar tizimi bilan tavsiflanadigan va milliy makonda o'ziga xos tarzda namoyon bo'ladigan g'oyalardan biridir. [7, C.95]

Milliy g'oya o'z mohiyatiga ko'ra, xalq, millat taqdiriga daxldor bo'lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo'lgan vazifalar va mo'ljallarni ham aks ettiradi. U yoki bu g'oyaning milliy g'oya sifatida maydonga chiqishi millatning o'tmishi, mavjud holati bilan bevosita bog'liqdir. Zero, ana shu ikki negizga tayangan holdagina u millatning qisqa yoki uzoq vaqtda erishishi lozim bo'lgan maqsad -muddaolari va mo'ljallarini to'gri ifodalay olishi mumkin.[6, C.220] Bevosita O'zbekiston misolida ko'radigan bo'lsak, mustaqillikka erishganimizdan, ya'ni 1991 - yildan 2016 yilga qadar "Milliy tiklanish" g'oyasi 2016 yildan hozirgi kunga qadar esa "Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari" degan ulug' maqsad davlatimizning bosh g'oyasini ifoda etmoqda.

Tom ma'nodagi milliy g'oya oxir-oqibatda ozmi-ko'pmi insoniyat taqdiriga ta'sir qiladi. Shu ma'noda har qanday milliy g'oyada umuminsoniy mohiyat mavjud bo'ladi. ammo aniq bir millat yoki umuman insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan g'oyalar ham bor. Aytaylik, "milliy yarash" g'oyasi fuqarolar urushi ketayotgan davlat uchun hayotiy mazmunga ega bo'lsa, "Manfaatli hamkorlik" g'oyasi dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek aahamiyatlidir. Har bir xalq o'z tarixining burilish nuqtalarida, avvalo, mafkura masalasini, uning o'zagini tashkil etadigan, o'ziga xos o'q, birlashtiruvchi yadro vazifasini o'taydigan ijtimoiy g'oyani shakllantirish muammosini hal qiladi. [6, C.220] Mavzuni mamalakatimiz misolida davom ettiradigan bo'lsak, O'zbekiston uchun milliy g'oya haqidagi masalaning bugungi amaliy ahmiyati shundaki, jahon geosiyosiy maydonidagi o'zgarishlar hamda globallashuv jarayonlarining kuchayishi natijasida vujudga kelayotgan salbiy holatlar, jumladan, zo'ravonlik, inson taqdiri, jamiyat hayotiga bepisandlik, loqaydlik, andishasizlik, behayolik, o'z tarixiy, diniy, milliy - ma'naviy ildizlaridan uzilib qolish kabi illatlarga qarshi kurashadigan, milliy va umuinsoniy qadriyatlarni asrab qolgan holda ijtimoiy - iqtisodiy barqarorlikni ta'minlaydigan, jamiyatning barcha qatlamlari, har bir a'zosi uchun birday qadrli bo'lgan milliy g'oya va mafkurani ishlab chiqishdir.

Bugungi kunda O'zbekiston milliy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo'ydi. Mazkur taraqqiyot bosqichining asosiy maqsad va vazifalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligida ishlab chiqilgan va izchillik bilan amaliyotga taqdim etilayotgan "O'zbekistonni yanada rivojlantirish bo'yicha 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasi"

hamda uning negizida qabul qilingan bir qator ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hujjatlarda o'z ifodasini topgan. Harakatlar startegiyasi asosida kechayotgan shiddatli islohotlar tub negizini esa "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" g'oyasi tashkil etmoqda. Yagona Vatan tutyg'usi, adolat - qonun ustuvorligida, xalq roziligi, jaholatga qarshi ma'rifat, innovatsion taraqqiyot tushunchalari "Milliy yuksalish g'oyasi"ning asosiy kategoriyalari bo'lib hisoblanadi. Shuningdek, mazkur g'oayning asosiy tamoyillarini quyidagilar tashkil etadi:

- millati, tili va dinidan qat'iy nazar, O'zbekistonning barcha fuqarolari manfatlari va orzu-intilishlarini aks ettirish;

- milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligini, millatlararo totuvlik va dinlararo bag'rikenglikni ta'minlash;

- qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklarini eng oily qadriyat darajasiga ko'tarish;

- oshkoralik va fikrlar xilma-xilligiga rioya etish;

- shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari hamda mas'uliyati uyg'unligiga erishish;

- farovon hayot barpo etishga qaratilgan iqtisodiy omillar samaradorligini oshirish;

- milliy yuksalish g'oyasini umummilliy harakatga aylantirish.

Ko'rinib turibdiki, O'zbekiston Respublikasi taraqqiyotning yangi bosqichida o'z oldiga jamiyatning barcha sohalarini qamrab olgan bir qator ustuvor vazifalarni qo'ygan. Bu vazifalar ijrosini ta'minlashda ko'plab ob'ektiv va subyektiv omillar qatori milliy g'oyani rivojlantirishning ijtimoiy-ahoqiy masalalari ham chuqur ahamiyatga ega. Bu masalalar ko'plab ijtimoiy muammolar va ularning yechimiga qaratilgan harakatlarni o'z ichiga olsada, quyida ularning ayrimlariga to'xtalib o'tamiz:

- milliy qadriyatlarni saqlab qolish hamda yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash tamoyili;

- milliy an'ana va urf-odatlarni o'zida mujassamlashtirgan ma'naviy munosabatlarni shakllantirish tamoyili;

- jamiyatda oila institutini mustahkamlash hamda unda ma'naviy muloqotni ta'minlash tamoyili;

- milliy o'zlikni anglashni yangi bosqichga ko'tarish tamoyili.

Milliy qadriyatlarni saqlab qolish hamda yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash. Milliy g'oyani rivojlantirishning ijtimoiy-ahloqiy masalalari qatoriga kiruvchi mazkur tamoyilining mazmun - mohiyati jamiyatning rivojlanishida asrlar davomida yaratilgan qadriyatlardan oqilona foydalanish, uni asrab-avaylash hamda yoshlar ongiga singdirish orqali kelajak avlodga yetkazib berishda o'z ifodasini topadi.

Qadriyatlar o'zi nima degan savolga ilmiy adabiyotlarda turlicha qarash va yondashuvdagi javoblarni toppish mumkin. Jumladan, falsafaga oid qomusiy lug'atlarda bu tushunchaga "voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma'naviy ahamiyatini ko'rsatish uchun qo'llanadigan falsafiy-sotsiologik va aksiologik tushuncha" [5, C.476] deb ta'rif bersalar, yana bir boshqa manbada "qadriyatlar muayyan jamiyat yoki sinfga mansub kishilar turmushi va madaniyatining haqiqiy yoki ideal ne'matlari bo'lgan tabiat va jamiyat hodisalarining mohiyati (yoki hodisaning bir jihati)dir. Bu ne'matlarning qadriyatlar deyilishiga sabab - kishilar ularni qadrlaydilar, chunki bu qadriyatlar ularning shaxsiy va ijtimoiy turmushini boyitadi. Shuning uchun ham kishilar o'z tasarruflaridagi qadriyatlarni himoya qiladilar va o'zlari uchun maqsad yoki ideal bo'lgan qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar" [8, С.3] deb e'tirof etilganini ko'rishimiz mumkin.

Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bo'lib, o'z ichida bir necha turlarga bo'linadi. Masalan, tabiiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, moddiy, ma'naviy, axloqiy, diniy qadriyatlar shular jumlasidandir. Sanab o'tilganlar ichida milliy g'oyani rivojlantirishda mukammal darajada shakllangan axloqiy qadriyatlarning o'rni beqiyosdir. Sababi, axloqiy qadriyatlar halollik, poklik, o'zaro yordam, adolatlilik, haqiqatgo'ylik, ezgulik, tinchlik, shaxs erkinligi, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi bir qator yuksak umminsoniy fazlilatlarni qamrab oladi. Aynan shu fazilatlarni mujassamlashtirgan xalq vakillari yaxshilik, burch, vijdon, or-nomus, sabr, farosat, kamtarlik, andisha kabi axloqning o'ziga xos o'lchamlarini o'zida namoyon etadi va shu bilan birgalikda millat, xalq va yurt taqdiriga daxldor tushuncha milliy g'oyani rivojlantirishda o'zining munosib hissasini qo'shadi.

Qadriyatlar ichida ma'naviy qadriyatlar ham inson ijtimoiy mohiyatini belgilashda muhim ahamiyatga egadir. Ma'naviy qadriyatlarga yuksak axloq, imon, e'tiqod, insof-diyonat, yaxshi xulq-atvorni targ'ibot qiluvchi boy ma'naviy merosimiz, urf - odatlarimiz, an'analarimiz kiradi. [4, C.240] Shu ma'noda ma'naviy qadriyat tushunchasi milliy g'oyani rivojlantirishning ijtimoiy-ahloqiy masalalari tarkibiga kiruvchi miliy an'ana va urf-odatlarni o'zida mujassamlashtirgan ma'naviy munosabatlarni shakllantirish tamoyili bilan chambarchas bog'liqdir.

Milliy an'ana va urf-odatlarni o'zida mujassamlashtirgan ma'naviy munosabatlarni shakllantirish tamoyili. Mazkur tamoyilning mazmun - mohiyati shundan iboratki, har bir millatning o'z ma'naviyatini chuqur anglashi, ongining tarkibiy qismiga aylantirishi jamiyat a'zolari o'rtasidagi qadr hissini boyitib, ularning o'zaro munosabatlarini mustahkamlaydi hamda vatan kelajagi uchun yagona kuch bo'lib birlashishga xizmat qiladi.

Ma'naviyat tushunchasi arab tilidan olingan bo'lib, "ma'nolar majmui" degan ma'noni anglatadi. Ma'naviyat insonning butun umri davomida uning kuchiga kuch

qo'shishga aql, idrok va zakovatini kengaytirib, mustahkamlashga xizmat qiladi. Ma'naviyat va ma'naviy boyliklar, qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbaidir.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ma'naviyat tushunchasi kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari majmui. Shu nuqtai nazardan qaraganda, O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I. Karimov ma'naviyatga quyidagicha ta'rif beradi: "Ma'naviyat haqida gap ketar ekan, men, avvlo, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da'vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e'tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg'otadigan qudratli botiniy kuchni tasavvur qilaman" [6, C.184]

Ma'naviyat aniq shakllarda namoyon bo'ladigan ijtimoiy hodisadir. U faqat insonga xos xususiyatdir. Inson ma'naviyat bilan tirik. Ma'naviyat insonga insoniy mazmun baxsh etadi. Ya'ni, odam farzandi ma'naviyat sohibi bo'lganligi, aql-idrok va tafakkurga, imon va e'tiqodga, odob-axloqqa, sharm-hayo va or-nomus singari fazilatlarga ega bo'lgani uchun inson degan sharafli nomga sazovordir. Ma'naviyat insonlarning o'zaro munosabatlarida, uning hayotiy tajribalari davomida shakllanadi va rivojlanadi. Har bir inson o'z ma'naviyatini o'zini shaxs sifatida anglagandan boshlab, to umrining oxirigacha shakllantirib va rivojlantirib boradi. [3, C.154] Shuning uchun ham jamiyat a'zolarining ma'naviyatini yuksaltirish, ijtimoiy hayotning har qanday sohasidagi munosabatlarni ma'naviy asoslarda yo'lga qo'yish milliy g'oyani rivojlantirishning ijtimoiy-axloqiy masalalarining asosiy tamoyillaridan biri sifatida baholanadi. Insonlar ma'naviyatini yuksaltirishda ko'p asrlar davomida yuzaga kelgan, ajdodlar dahosini o'zida namoyon etadigan, xalqning umumiy va bebaho boyligi sifatida e'tirof etilivchi ma'naviy merosning o'rni beqiyosdir. Ma'naviy meros tarkibiga tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosni kiritish mumkin. Zero, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviy meros, jumladan, "Avesto"da ilgari surilgan ezgu g'oayalar, Forobiy, Navoiy, Bobur, Furqat, Behbudiy, Fitrat, Cho'lpon, Avloniy va shu kabi bir qator allomalar asarlarida ifodalangan yuksak umuminsoniy fazilatlar ma'naviyatimizning qadimiyligini, mazmunan chuqurligini va shu bilan birgalikda bugungi kundagi salohiyati cheksiz ekanligini to'la namoyon etadi. Mazkur ma'naviy merosni ilmiy asosda to'la o'rganib chiqish, hali o'rganib ulgurilmaganlarini atroflicha tadqiq etish har bir shaxsga milliy ma'naviyatning tarkibiy qismi hisoblanuvchi mamlakatning, millatning, xalqning ajralmas bo'lagi ekanini his etish imkonini beradi.

Milliy g'oyani rivojantirishning ijtimoiy-axloqiy masalalari tarkibiga kiruvchi milliy qadriyatlarni saqlab qolish hamda yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, shuningdek, milliy an'ana va urf-odatlarni o'zida mujassamlashtirgan ma'naviy munosabatlarni shakllantirish tamoyillarining vujudga kelish ilk makoni - bu, shubhasiz, oiladir. Zero, oila avlodlararo aloqa muhiti

demakdir. Shu sababdan ham milliy g'oyani rivojlantirishning ijtimoiy-ahloqiy masalalarining navbatdagi tamoyili aynan, "jamiyatda oila institutini mustahkamlash hamda unda ma 'naviy muloqotni ta 'minlash " deb nomlanadi.

Har qanday davrda ham jamiyat va davlat aholi sonining bir maromda o'sib borishi, muayyan an'analar va muqaddas udumlarning saqlanib, avloddan-avlodga yetkazilib turilishidan manfaatdor bo'lgan. Buyuk rus psixologi A.N.Leontev avlodlararo muloqotning jamiyat taraqqiyoti uchun ahamiyatii o'rganib, ilk asarlaridan birida, agar shunday muloqot bo'lmaganida, taraqqiyotning o'zi ham mutloq bo'lmas edi, deb ta'kidlagan. Bu vazifani bajarishda jamiyatning muhim bo'lagi bo'lmish oilaning roli kattadir. Har bir jamiyatning betakror qadriyatlari, o'lmas merosi, avloddan-avlodga o'tib boradigan an'analari bo'ladi. fuqarolik holatlari, madaniy o'sish, madaniy yuksalishga xizmat qiluvchi qadriyatlarning saqlanib kelayotganligi ham oila tufaylidir. Masalan, shunday oilalar sulolasi borki, ular asrlar osha u yoki bu muqaddas qadriyatlarni kasb-kori, turmush tarzi orqali saqlab keladi.[9, C.18]

Oila jamiyatning asosiy bo'g'ini. Oilaning mustahkamligi bevosita jamiyatning mustahkamligiga daxldor tushuncha. O'zbek xalqining yirik ma'rifatparvar olimi Abdurauf Fitrat o'zining "Oila yoki boshqarish tartiblari" nomli asarida bu haqda quyidagi fikrlarni bildirib o'tgan:

Dunyoda izzat va saodat tolibi bo'lmagan birorta qavm yo'q. Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog'liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qayerda oila munosabati kuchli intizom va tartibga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli bo'ladi. Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsizlik va johillik bilan oilaviy munosabatlarini zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo'l qo'ysa, shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi. [1, C.6]

Tartib - intizom va mustahkamlikni taminlash uchun oila instituti bir qancha funksiyalarni bajaradi. Masalan, hissiy-emotsional funksiya, jismoniy quvvatni ta'minlash funksiyasi, baxt va tinchlik-xotirjamlikni barqarorlashtirish funksiyasi, reproduktiv funksiya, tarbiya va nazorat funksiyasi va, albatta, ma'naviy muloqotni ta'minlash funksiyasi. Bu funksiya mohiyati ilmiy adabiyotlarda quyidagicha ta'riflanadi:

Ma'naviy muloqotni ta'minlash funksiyasi - odamning o'z nasl-nasabi, madanaiy-ma'naviy an'analari bo'lishiga intilishidan kelib chiqadi, har bir shaxs o'zini kimning avlodi, qanday an'analarning vorisi ekanligidan cheksiz faxrlanadi. U qanday oila bo'lishidan qat'iy nazar, albatta, o'z a'zolarini muayyan yaxshi urf-odatlar, muomala maromlari doirasida birlashtirishga qodir bo'lgandagina mustahkam va baxtiyor bo'ladi. [9, C.19]

Oila institutining ma'naviy muloqotni taminlash funksiyasi orqali shaxslarda vorisiylik hissini shakllantish milliy g'oyani rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir. Zero, qanday xalq, qanday millat, qanday ajdodlarning avlodi ekanidan faxrlanish tuy'gusini his qilgan jamiyatning har qanday a'zosi shu jamiyat kelajagi uchun o'zini mas'uliyatli ekanligini anglab yetadi va shunga muvofiq harakatlanadi.

Milliy o'zlikni anglashniyangi bosqichga ko'tarish tamoyili.

Milliy o'zini-o'zi anglash ijtimoiy ongning aohida ko'rinishi bo'lib, unda milliy hayot o'z aksini topadi. Hozirgi davrda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy jarayonlar qanday yuz bermoqda hamda ular millatlar va xalqlarning ongida qanday o'z aksini topmoqda degan masala to'g'risida aniq, muaayyan tasavvurga ega bo'lish kerak. Millatlarning hayotida yuz berayotgan o'zgarishlar ularning nafaqat hozirgi va kelajakdagi, balki o'tmishdagi ma'naviyatlarining ham qanday bo'lganligi to'g'risida o'ylashga majbur qiladi. Milliy o'zini-o'zi anglashning o'sishi millat turmush tarzining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa omillariga bog'liqdir.

Milliy o'zini-o'zi anglash hodisasi ongning yuqori darajasi bo'lib, u milliy ongdan bir muncha keyinroq paydo bo'ladi. O'zini-o'zi anglash bu insonning faqat o'zini - o'zi tushunib, anglab yetishi bo'lmasdan, uning o'z-o'ziga, imkoniyatlariga, holatlariga bo'lgan munosabatini ham bildiradi. Bular to'liq ma'noda milliy o'zini -o'zi anglashga ham tegishlidir. Demak, milliy o'zini-o'zi anglash - bu o'zini-o'zi baholashi hamdir.

Hozirgi davrda milliy jarayonlarning rivojlanishini hisobga olib, ko'p tadqiqotchilar milliy o'zini-o'zi anglash bu millatning zaruriy, muhim belgisi deb hisoblamoqdalar.

Milliy o'zini-o'zi anglash tizimida quyidagi elementlarni ajratish mumkin:

- milliy identifikatsiya;

- hududiy birlikni tasavvur qilish;

- tili va madaniyat birligini anglash;

- ijtimoiy-davlatchilikka tegishli ekanini anglash;

- milliy manfaatlar. [2, C.49]

Ko'rinib turibdiki, milliy o'zini-o'zi anglash murakkab va ko'pqirrali tushuncha bo'lishi bilan bir qatorda jamiyatning ma'naviy hayotidagi muhim hodisa hamdir. Shu sababdan milliy o'zini-o'zi anglashning elementlarini bir butunlikda olib o'rganilgandagina, uning maxsus ma'naviy hodisa ekanligini his etish mumkin. Ma'naviy hayotdagi inqiroz, asosan, bir ijtimoiy munosabatlar tizimidan boshqasiga o'tishda, bir davlat tuzumidan boshqasiga o'tilishida kuchli namoyon bo'ladigan hodisadir. Shu ma'noda, O'zbekiston ham musstaqillikning dastlabki yillarida ma'naviy yangilanish davrini bosib o'tdi deyish mumkin. Bu davr chin ma'noda ma'naviy ildizlarimizga qaytish, jahon sivilizatsiyasi qadriyatlarini o'zlashtirish va

ma'naviy hayotimizni yangi sharoitlarga moslashtirish davri bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Yurtimiz mustaqillika erishganidan so'ng uning oldida ilgarigi mafkura yakkahokimligini tugatish hamda uning o'rnida mafkuraviy bo'shliq paydo bo'lishiga yo'l qo'ymaslik vazifasi turar edi. Zero, mafkuraviy bo'shliqning yuzaga kelishi jamiyatda bir-biriga zid bo'lgan turli oqimlarning paydo bo'lishiga, natijada esa jamiyatda parokandalik kelib chiqishiga zamin hozirlangan bo'lar edi. Shu ma'noda, jamiyatni yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi milliy g'oyani ishlab chiqish obyektiv zaruratga aylandi. Mazkur maqsad "milliy tiklanish" g'oyasida o'z ifodasini topdi. Milliy tiklanish g'oyasida mujassamlashgan vazifalarning O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov boshchiligida izchillik bilan amalga oshirilganligi natijasida xalqimiz o'zining milliy manfaatlarini anglab yetdi. Bu jarayon keng xalq ommasiga milliy mustaqillikning jamiyatimiz uchun ahamiyatini, uning siyosat, iqtisodiyot, ma'naviy hayot sohalariga ko'rsatadigan ijobiy ta'sirini singdirish, mustaqilligimizni mustahkamlashda fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash hamda yaqin va uzoq kelajakka mo'ljallangan maqsad va istiqbolli rejalarni belgilab olish kabi bir qator amaliy tadbirlar orqali amalga oshirildi. Bu harakatlar tez orada o'z natijasini berdi, ya'ni xalqda milliy o'zlgini anglash hissi paydo bo'ldi. Milliy o'zlikning anglanishi yurtimizning qisqa fursatlarda o'z oldiga qo'ygan maqsadlarga erishuvida, ya'ni, milliy mustaqilligimizning mustahlkamlanishida, milliy urf-odatlarimiz, an'analarimiz, qadriyatlarimiz tiklanishida, milliy qahramonlarimiz, yetuk alloma-yu mutafakkirlarimizning millatimiz va insoniyat oldidagi beqiyos xizmatlarining haqqoniy ravishda e'tirof etila boshlanganida, shuningdek, vatanimiz nomi jahonning ilg'or mamlakatlari qatori tilga olina boshlanganida o'z ifodasini topdi.

Bugunga kelib milliy o'zlikni anglashni yangi bosqichga ko'tarish mavzusi kun tartibidagi muhim masalalardan biriga aylanib bormoqda. Sababiki, bugungi kunda jahon siyosiy xaritasidagi barcha davlatlar, jumladan, O'zbekiston ham butun yer sharini qamrab olgan globallashuv jarayonining eng faol ishtirokchisiga aylanib ulgurdi. Bu esa, globallashuv jarayoni o'zi bilan bir qancha ijobiy imkoniyatlar bilan birgalikda, salbiy oqibatlarni ham olib kelganligini bildiradi.

Globallashuv jarayonining ijobiy tomonlarini jahondagi xalqlarning tinchlik uchun birlashuvi, turli xil mamlakatlarning iqtisod-siyosat, fan-texnika, madaniyat, ta'lim va boshqa sohalardagi hamkorligi, qurollanish poygasi, terrorizm va giyohvandlik, yuqumli kasalliklar epidemiyalariga qarshi kurashi, tabiiy ofatlar, ya'ni, zil-zila, suv toshqinlari, yong'inlar, vulqon otilishi, sunami va boshqalardan zarar ko'rgan aholiga o'zga mamlakatlarning beg'araz yordamida ko'radigan bo'lsak, bu jarayonning salbiy jihatlari ekologik muammolar, ya'ni, ozon qatlamining yemirilishi, Yer haroratining oshib borishi, o'rmonlarining kamayishi, ya'ni cho'l va

sahrolarning paydo bo'lishi, orol dengizi fojiasi, turli mamlakatlarga kasallik epidemiyalarining tez sur'atlarda tarqalishi, terrorizm va giyohvandlikning oshishi, noqonuniy savdoning kengayishi, ma'naviyatga tahdidi va shu kabilarda namoyom bo'ladi.

Globallashuvni chetlab o'tish mumkin emas, u jamiyat tarqqiyotidagi tarixiy jarayondir. Lekin jamiyatdagi muayyan unsurlar hamda tuzilmalarga salbiy ta'sir ko'rsatishga yo'l qo'ymaslik XXI asr davlatlari va xalqlari oldida turgan muhim vazifaga aylandi. Afsuski, yangi asrda ham dunyoda barqarorlik, ijtimoiy tenglik tamoyillari to'liq qaror topayotir deyishga asos yo'q. Shu holni anglashning o'zi insoniyat taraqqiyotining samarali texnologiyalarini izlashni davom ettirishga undaydi.

Global muammolarning kelib chiqishi, mavjudligi va va ularni hal etish zarurati yangi sivilizatsiyaviy sifat o'zgarishini taqozo etmoqda. Bu jarayon mohiyatini anglash uchun uning jadalligiga, chuqurligi va miqyosiga e'tibor berish lozim. Zero, o'nlab va hatto yuzlab yillar davomida o'zgarmas bo'lib ko'ringan ijtimoiy munosabatlar g'oyat qisqa vaqtda tubdan o'zgarmoqda. Bu hol kishilar hayotining barcha jabhalarida namoyon bo'lmoqda. Ko'lamiga ko'ra bu jarayon biron mintaqani chetlab o'tayotgani yo'q. [7, C. 110-112]

Globallashuv jarayonining salbiy ta'sirlariga qarshi har bir soha o'z yo'nalishidan kelib chiqqan holda kurashadi. Shu ma'noda, uning ma'naviyatga ko'rsatayotgan salbiy ta'sirlariga qarshi kurashish vazifasi ijtimoiy soha vakillarining zimmasidadir. Ijtimoiy soha vakillari bugungi kunda globallashuvning ma'naviyatga

ko'rsatayotgan salbiy ta'sirini, jumladan, ...... kabi illatlarni bartaraf etish uchun

jamiyatning barcha qatlamalari ongiga milliy g'urur va milliy o'zlikni anglash tuyg'ularini yanada chuqurroq singdirishlari, bu borada samarali natijaga erishish uchun targ'ibotning zamona ruhiga mos yangi usullarini ishlab chiqishlari lozim bo'ladi.

Milliy g'urur - shaxs, ijtimoiy guruhning milliy o'z-o'zini anglashi asosida shakllanadigan, ajdodlari qoldirgan moddiy, ma'naviy merosdan, o'z xalqining jahon sivilizatsiyasiga qo'shgan hissasi, o'zga millatlar oldidagi, qadr qimmati, obro'-e'tibori bilan faxrlanish, uning muammolariga befarq qarab turmaslik; o'z eliga, millatiga jonkuyar bo'lish; o'z millatining moddiy, ma'naviy merosini asrab-avaylash; xalq odatlari, an'analari, qadriyatlarini hurmat qilish, ularni boyitish, takomillashtirish; o'z millatiga mehr-muhabbatini amaliy faoliyatda namoyon qilish.

Sog'lom milliy g'urur o'zga millatga mansub kishilarga hurmat - ehtirom ko'rsatishni taqozo qiladi. Bunday tuyg'uga ega, ma'naviy yetuk kishi milliylikni millatchilikdan, haqiqiy milliy g'ururni millatparastlikdan farq qila oladi, boshqa millat vakillarining izzat nafsi va g'ururini kamsitmaydi. [6, C.222]

Bundan ko'rinib turibdiki, globallashuv jarayonining salbiy ta'siriga qarshi kurashda milliy g'oyani rivojlantirishning ijtimoiy - ahloqiy masalalri tarkibiga kiruvchi ,illiy o'zlikni anglashning yangi bosqichga ko'tarish tamoyili va bu taoyil asosida jamiyat a'zolari qalbi va ongiga singdirilgan milliy g'uru, milli iftixor daxldorlik, vorisiylik tuyg'ulari munosib qurol vazifasini o'taydi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, milliy g'oyani rivojlantirishning ijtimoiy-axloqiy masalalarini o'rganish hozirgi davrda ilmiy-nazariy, amaliy ahamiyatga ega. Uning ilmiy-nazariy jihati "milliy g;oya" - jamiyat taraqqiyotini belgilab beruvchi asosiy kategoriyalardan biri ekanligini hisobga olgan holda, uni rivojlantiruvchi ijtimoiy asoslarni tadqiq etish, izlanishlar natijasida yuzaga chiqqan ijtimoiy asoslarni axloq normalari bilan umumlashtirgan holda bugungi davr milliy g'oyasini rivojlantirishning asosiy tamoyillarini yaratishdan iborat. Amaliy jihati esa milliy g'oyani rivojlantirishga mo'ljallangan ijtimoiy-axloqiy qadriyatlarni jamiyatning barcha qatlamlariga, jumladan, oila va yoshlar, ularning ta'lim-tarbiya jarayonlariiga tadbiq etish, targ'ibot ishlarini milliy qadriyatlarni saqlab qolish hamda yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, milliy an'ana va urf-odatlarni o'zida mujassamlashtirgan ma'naviy munosabatlarni shakllantirish, shuningdek, jamiyatda oila institutini mustahkamlash hamda unda ma'naviy muloqotni ta'minlash tamoyillari bilan uzviy bog'liqlikda olib borishdan iboratdir. Bu ishlarni tadrijiy, uzluksiz ravishda bajarib borish mamlakatimizni taraqqiyotning yangi bosqichida o'z oldiga qo'ygan ulkan maqsadlarni izchillik bilan amalga oshirishni ta'minlashga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Abdurauf Fitrat. Oila yokki boshqarish tartiblari - T.: Cho'lpon, 2013. - bet 6. (Abdurauf Fitrat. Family or management procedures - T.: Cholpon, 2013. page 6)

2. А.С.Ачилдиев. Диалектика национального самосознания и национальной культуры - Т.: 1997. - стр. 49. (A.S.Achildiyev. Dialectic national identity and national culture - Т.: 1997. - page 49.)

3. D.A. Yusubov. Falsafa (etika, estetika, mantiq) - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2017. - bet 154. (D.A. Yusubov. Philosophy (ethics, aesthetics, logic) - T.: Academy of the MIA of the Republic of Uzbekistan, 2017. -page 154.)

4. D.A. Yusubov, X.B. Saitxodjayev, A.A. Mavlyanov. Falsafa. - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi, 2012. - bet 240. (D.A. Yusubov, X.B. Saitxodjayev, A.A. Mavlyanov. Philosophy - T.: Academy of the MIA of the Republic of Uzbekistan, 2012. - page 240)

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

5. Falsafa: Qomusiy lug'at - T.: Sharq, 2004. - bet 476. (Philosophy: Encyclopedic dictionary - T.: East, 2004. - page 476.)

6. Milliy g'oya: targ'ibot texnologiyalari va atamalar lug'ati - T.: Akademiya, 2007. - betlar 184, 220, 222. (National ideology: advocacy technologies and glossary of terms - T.: Academy, 2007. - pages 184, 220, 222)

7. Nazarov Qiyomiddin. G'oyalar falsafasi - T.: Akademiya, 2011. - betlar 95, 110-112. (Nazarov Qiyomiddin. Philosophy of ideas - T.: Academy, 2011. - pages 95, 110-112)

8. Тугаринов В.П. О ценностях жизни и культуры - Л.: ЛГУ. 1960. - стр. 3. (Tugaripov V.P. About the values of life and culture - L.: LSU. 1960. - page 3.)

9. Vasila Karimova. Oila psixologiyasi - T.: Fan va texnologiya, 2008. - bet 18,19. (Vasila Karimova. Family psychology - T.: Science and technology, 2008. -pages 18,19.)

References

1. Abdurauf Fitrat. Oila yokki boshqarish tartiblari - T.: Cho'lpon, 2013. - bet 6. (Abdurauf Fitrat. Family or management procedures - T.: Cholpon, 2013. page 6)

2. А.С.Ачилдиев. Диалектика национального самосознания и национальной культуры - Т.: 1997. - стр. 49. (A.S.Achildiyev. Dialectic national identity and national culture - Т.: 1997. - page 49.)

3. D.A. Yusubov. Falsafa (etika, estetika, mantiq) - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2017. - bet 154. (D.A. Yusubov. Philosophy (ethics, aesthetics, logic) - T.: Academy of the MIA of the Republic of Uzbekistan, 2017. -page 154.)

4. D.A. Yusubov, X.B. Saitxodjayev, A.A. Mavlyanov. Falsafa. - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi, 2012. - bet 240. (D.A. Yusubov, X.B. Saitxodjayev, A.A. Mavlyanov. Philosophy - T.: Academy of the MIA of the Republic of Uzbekistan, 2012. - page 240)

5. Falsafa: Qomusiy lug'at - T.: Sharq, 2004. - bet 476. (Philosophy: Encyclopedic dictionary - T.: East, 2004. - page 476.)

6. Milliy g'oya: targ'ibot texnologiyalari va atamalar lug'ati - T.: Akademiya, 2007. - betlar 184, 220, 222. (National ideology: advocacy technologies and glossary of terms - T.: Academy, 2007. - pages 184, 220, 222)

7. Nazarov Qiyomiddin. G'oyalar falsafasi - T.: Akademiya, 2011. - betlar 95, 110-112. (Nazarov Qiyomiddin. Philosophy of ideas - T.: Academy, 2011. - pages 95, 110-112)

8. Тугаринов В.П. О ценностях жизни и культуры - Л.: ЛГУ. 1960. - стр. 3. (Tugaripov V.P. About the values of life and culture - L.: LSU. 1960. - page 3.)

9. Vasila Karimova. Oila psixologiyasi - T.: Fan va texnologiya, 2008. - bet 18,19. (Vasila Karimova. Family psychology - T.: Science and technology, 2008. -pages 18,19.)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.