Научная статья на тему 'ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA AXLOQ MASALASI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI'

ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA AXLOQ MASALASI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
4367
182
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aql / axloq / baxt-saodat / lazzat / insoniylik / fazilat / nafs / sabr-toqat / saxiylik / g’ayratlilik. / intellect / morality / happiness / pleasure / humanity / virtue / lust / patience / generosity / zeal.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Jurayev, Sherali Soibnazar Ugli

Ushbu ilmiy maqola X-XI asrlarda yashab ijod qilgan buyuk faylasuf va tabib Abu Ali Ibn Sinoning falsafiy qarashlarida axloq masalasiga qaratilgan. Ibn Sinoning falsafiy qarashlarining ahamiyati bugungi kunda beqiyos ahamiyatga egadir. Ibn Sino o’zining baxt-saodat haqidagi falsafiy qarashlarini ilgari surar ekan, unda haqiqiy baxtning timsoli nimada namoyon bo’lishini tushuntirib beradi. Faylasuf o’zining ko’p tarmoqli mahsuldor ijodi, boy merosi bilan jahon madaniyati taraqqiyotida katta rol o’ynadi. Shu jumladan, bugungi kunda yurtimizda Ibn Sino ilmiy merosini o’rganishga katta e’tibor qaratilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ISSUE OF ETHICS IN THE PHILOSOPHICAL VIEWS OF ABU ALI IBN SINA AND ITS IMPORTANCE TODAY

This scientific article focuses on the issue of morality in the philosophical views of the great philosopher and physician Abu Ali Ibn Sina, who lived and worked in the X-XI centuries. The importance of Ibn Sina's philosophical views is of paramount importance today. As Ibn Sina puts forward his philosophical views on happiness, he explains what the symbol of true happiness is. The philosopher, with his multifaceted productive work and rich heritage, played a major role in the development of world culture. In particular, today in our country a great deal of attention is paid to the study of the scientific heritage of Ibn Sina.

Текст научной работы на тему «ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA AXLOQ MASALASI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI»

ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA AXLOQ MASALASI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI

Sherali Soibnazar ugli Jurayev

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi o�qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqola X-XI asrlarda yashab ijod qilgan buyuk faylasuf va tabib Abu Ali Ibn Sinoning falsafiy qarashlarida axloq masalasiga qaratilgan. Ibn Sinoning falsafiy qarashlarining ahamiyati bugungi kunda beqiyos ahamiyatga egadir. Ibn Sino o�zining baxt-saodat haqidagi falsafiy qarashlarini ilgari surar ekan, unda haqiqiy baxtning timsoli nimada namoyon bo�lishini tushuntirib beradi. Faylasuf o�zining ko�p tarmoqli mahsuldor ijodi, boy merosi bilan jahon madaniyati taraqqiyotida katta rol o�ynadi. Shu jumladan, bugungi kunda yurtimizda Ibn Sino ilmiy merosini o�rganishga katta e�tibor qaratilmoqda.

Kalit so�zlar: aql, axloq, baxt-saodat, lazzat, insoniylik, fazilat, nafs, sabr-toqat, saxiylik, g�ayratlilik.

Abstract: This scientific article focuses on the issue of morality in the philosophical views of the great philosopher and physician Abu Ali Ibn Sina, who lived and worked in the X-XI centuries. The importance of Ibn Sina's philosophical views is of paramount importance today. As Ibn Sina puts forward his philosophical views on happiness, he explains what the symbol of true happiness is. The philosopher, with his multifaceted productive work and rich heritage, played a major role in the development of world culture. In particular, today in our country a great deal of attention is paid to the study of the scientific heritage of Ibn Sina.

Keywords: intellect, morality, happiness, pleasure, humanity, virtue, lust, patience, generosity, zeal.

KIRISH

O�rta asrlarda Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosini chuqur muhokama qilish va anglash, uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o�rni va roliga baho berish bugungi kun falsafasining dolzarb masalalaridan biridir. Ana shu bebaho ilmiy merosni yanada teran tadqiq etish va ommalashtirishga qaratilgan sa�y-harakatlarga yangi turtki berish, Sharqning ulug� allomalari tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlar zamonaviy ilm-fan va taraqqiyot uchun naqadar dolzarb va zarur ekanini ochib berishning ahamiyati ham shunchalik muhimdir.

Jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo�shgan, millatimiz faxri,iftixori hisoblangan ulug� alloma � Ibn Sinoning xizmatlari xolisona baholanayotir. Tarixiy haqiqatga asoslangan tarixiy xotira tiklanmoqda.Olimning ilmiy, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy va tabiiy qarashlari juda serqirradir. Qaysi fan sohasiga qalam urmasin, unda o�z zikrini qoldira olgan. Mutafakkir o�z asarlarida ilm va odob-axloq uyg�unligi, barkamol avlod kamoloti va baxt-saodati, adolat va diyonat, insonlarning o�zaro do�stligi hamkorligi, rahbarning burchi va mas�uliyati to�g�risida qiziqarli g�oyalarni ilgari surgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mustaqilligimiz tufayli yurtimizda va xorijda Ibn Sino ilm-merosini o�rganishga e�tibor kuchaytirilgan. Jahonning turli kutubxonalarida Ibn Sino asarlarining qo�lyozmalari saqlanadi, jumladan, O�zbekiston FASHI da alloma qalamiga mansub 50 asarning 60 ta qo�lyozmasi mavjud. Yevropa olimlaridan E.Bishmann, Yu.Russka Karra devo, arab, eron, turk olimlaridan M.U.Najotiy, A.N.Nodir, Yahyo Mahdaviy, Umar Farruh ma�lum hissa qo�shganlar. Yurtimizda Ibn Sino asarlarini tarjima va tadqiq etishda sharqshunos olimlar Hamidullin Sh.H, S.Mirzaev, SagadeyevA.V, A.Semyonov, H.Hikmatullaevlar ulkan ishlarni amalga oshirdilar.

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik, xususiylik usullarida Ibn Sinoning �Axloq� to�g�risidagi falsafiy qarashlari obyektiv ochib berildi. Mantiqiylik tamoyilida esa, bugungi kundagi yosh avlodga ta�sir etuvchi baxt-saodat masalasining ahamiyati aqlning yuqori o�rinda ekanligi bilan belgilanib, tadqiq qilindi. Inson hayoti davomida baxt-saodat uchun intilib yashashi va unga erishishda duch keladigan muammolarni yechishi tizimlilik metodi sifatida talqin etildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ibn Sino haqiqiy axloqiy fazilatlarga va ideal jamoaga shu mavjud dunyoda erishish lozimligini, jamiyatda insonlar o�zaro yordam asosida yashashlari kerak deb ta�kidlaydi. Jamiyat kishilarning o�zaro kelishuvi asosida qabul qilinadigan adolatli qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini ta�kidlaydi. Jamiyat a�zolarining hammasi bu qonunga itoat etishlari, qonunni buzish va adolatsizlik jazolanishi, basharti podshoning o�zi adolatsizlikka yo�l qo�ysa, xalqning unga qarshi qo�zg�oloni to�g�ri va jamiyat tomonidan qo�llab-quvvatlanmog�i lozim. Ibn Sino o�zining �Axloq haqidagi risola�sida axloqiy xislatlardan or-nomus, sha�n, qadr-qimmat, qanoat, saxiylik, g�ayratlilik, sabr-toqat, halimlik, sirni saqlay bilishlik, ilm-ma�rifatli bo�lish, ochiqlik, vijdonlilik, do�stlik, sadoqatlilik, kamtarlik, saxiylik, adolatlilik kabi shaxs ma�naviyati kategoriyalariga ta�rif beradi.

Ibn Sino o�zining bu asarida insonning umumiy fazilati haqida gapirib, kishilarda yuz beradigan yaxshi va yomon xulqlarning paydo bo�lish sabablari haqida to�xtaladi. Ibn Sino fikricha, yaxshi va yomon xulqlarning hammasi odatdan paydo bo�ladi, odamlarning yaxshi yoki yomon bo�lishiga hukumat ahllarning ham ta�siri kattadir. Olimning axloqiy qarashlarini uning �ash-Shifo� asarlarining ko�pgina bo�limlarida ham uchratamiz. Bunda Ibn Sino insonda bo�ladigan g�azablanish,xavfning paydo bo�lishi, qo�rqoqlikning ma�nisi, uyalish va surbetlik xislatlarning qanday kelib chiqishi haqida bosh qotiradi, kishidagi g�amxo�rlik va shafqat deganda nimani tushunish kerakligi, shu bilan birga,kishidagi xasad, o�ch olish, g�ayrlik va nafrat, mensimaslik kabi axloqiy illatlarga batafsil ta�rif beradi.

Ibn Sino arzimagan kasallikka bardosh bera olmaslik, yengiltaklik, birovning mehnati evaziga topilganlarni o�zlashtirib olish, kekkayish kabi xislatlarni qoralaydi,ularni yomon odatlar qatoriga kiritadi. U kishidagi qiziqqonlik ham kishining or-nomusini yerga uradigan xatti-harakatlardandir deb hisoblaydi. Ibn Sino yozadi : � Insonlarning doimiy tobe bo�lib yashashlari, boshqalar tomonidan o�z nafsini masxara qilishiga chidash, jabr-zulmga toqat qilish, yetishmovchilik kabilar kishini keyinchalik qiziqqon bo�lishiga sabab bo�ladi�.

Abu Ali Ibn Sino asarlarida kamolotga erishishning birinchi mezoni-ma�rifatni egallashga da�vat etadi. Chunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib avlodlarga etkazishi kerak. Bu maqsadga etishish uchun inson qiyinchiliklardan qo�rqmasligi zarur, deydi u:

Bilimsiz kishilar johil bo�ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, deb ularni etuk bo�lmagan kishilar qatoriga qo�shadi. Bunday kishilardan ilmiy fikrlarni sir tutish kerakligini ta�kidlaydi.1

Ibn Sino , insonning yaxshi axloqiy fazilatlariga kishilarning yomon xulq va xatti-harakatlarini qarama-qarshi qo�yadi. U , inson qochishi kerak bo�lgan nuqsonlarga aldash, nafrat, zaiflik,rashk, adovat, o�ch olish, sergaplik, so�kinish, bo�xton, bema�nilik, irodasizlik va boshqa yomon xislatlarni kiritadi. Eng katta nuqson deb, kishining yuksak fazilati hisoblangan, ilmga qarama-qarshi turgan johillikni tushunadi. Uningcha, yanglishish � fikr ravshanligiga, ahmoqlik�ziyraklikka, nafrat�sevgiga, takabburlik va shafqatsizlik � adolatga qarshi turadi. Axloq normalarini kasb etishda odat kata rol o�ynaydi, � Yomon xulq kabi, yaxshi xulq ham odat tufayli erishiladi. Ibn Sino o�zini nazoratga olish maqsadida shunday deydi: - �Men tafakkur qilib, o�zimga zarur bo�lgan nasalarni o�qishga kirishdim; bu yo�lda aqlni ishga solib, o�zimni ko�p yomon kirdikorlardan saqlashga ulgura oldim; yomonliklardan chetlashishga olib boradigan har xil xususiyatlarimni bilib oldim. Qaysi fe�l-atvorim menga do�stu, qaysinisi dushman ekanini, qaysilarini meni to�gri yo�lga-yu, qaysilari egri yo�lga boshlashini angladim. Xullas, men o�zimni o�zim yaxshilab sinchiklab o�rgandim, kimligimni tushundim va shundan keyin bilib ishimni qilgan edim, kata-katta yutuqlarga erishdim�. O�z qissalarida Ibn Sino mardlikni targ�ib qilib, munofiqlik, sergaplik, yolg�onchilik, ishyoqmaslikni, riyokorlarning ikkiyuzlamachiliklarini fosh etadi. Ibn Sino kishilarni ilm-fanni o�rganishga, kasb-hunar egallashga da�vat etadi. Demak, Ibn Sino asarlari O�rta Osiyo xalqlari pedagogik qarashlari, o�rta asrlardagi ilm-fan tarixini o�rganishda ham eng muhim sarchashmalardan bo�lib hisoblanadi.

XULOSA

Ibn Sinoning ta�lim-tarbiyaga oid fikr mulohazalari uning bizgacha yetib kelgan juda ko�p asarlari orasida tarqoq holda saqlanib qolgan. Agar qadimgi yunon faylasuflari Platon va Arastular o�sib kelayotgan avlod ta�lim-tarbiyasini davlat zimmasiga yuklagan, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat majburiyatiga ag�darib qo�ygan va bola tarbiyasi bilan shug�ullanish jamiyat va davlat manfaatlari uchun zarur va foydaliroq, deb ta�kidlab, bu tarzdagi qarashlari bilan tarbiyani ota-ona gardanidan soqit qilgan bo�lsalar, Ibn Sino bu vazifa birinchi galda oilaga taalluqli ekanini asoslab berishga urinadi. U jahon pedagogikasi tarixida birinchilardan bo�lib farzand tarbiyasida oqila ayol kishining salohiyatini ko�tarish zarur ekaniga alohida e�tibor qaratgan edi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. �Erkin va farovon, demokratik O�zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz�. � T.: O�zbekiston, 2016.

2. Abu Ali Ibn Sino. �Al-ishorat va at-tanbihot� (Nasriddin at-Tusiy sharhi) Qohira 1365. � B 338

3. Parviz Morewedge. �The metaphysica of Avicenna (Ibn Sina)� New York 2004, � P 141

4. Sagadiyev A.V. Ibn Sina (Avitsenna). � M.: 1980. P 61

5. Po�latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta�limning rivojlanish bosqichlari. //�SCIENCE AND EDUCATION� Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

6. Jurayev, S. S. O. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA BAXT-SAODAT MASALASI.�Academic research in educational sciences,�2(Special Issue 1).

7. Saidov, S. (2021). IBN AL-MUQAFFANING ISLOM TARJIMA SAN�ATIGA QO �SHGAN HISSASI.�Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences,�1(1).

1 Ibn Sino Kitob ash � shifo (Al � Xitoba ) Qohira � 1954 147-b

---------------

------------------------------------------------------------

---------------

------------------------------------------------------------

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3

ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

11

wwww.oriens.uz April 2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.