Научная статья на тему 'IBN SINONING AXLOQIY QARASHLARINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA FALSAFIY TAHLILI'

IBN SINONING AXLOQIY QARASHLARINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA FALSAFIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
4045
161
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metafizika / fizika / logika-mantiq / “Kitob ash-shifo “Mashriq hikmati” / “Risala fi-l-ahd” (“Burch haqida risola”) / “Risala fi-l-axlaq” (“Axloq haqida risola”) / “Kitob al-insaf” (“To‘g‘rilik haqida kitob”) / “Risala fi-l-ishq” (“Muhabbat haqida risola”) / “Risala fi-n-nafs” (“Jon haqida risola”) / “Risala Hay ibn Yaqzon” (“Hay ibn Yaqzon haqida risola”) / “Salamon va Ibsol” (“Salomon va Ibsol”. / metaphysics / physics / logic / Kitab ash-shifa “Wisdom of the East” / “Risala fi-l-ahd” (“Treatise on duty”) / “Risala fi-l-akhlaq” (“Treatise on ethics”) / Kitab al-insaf (The Book of Truth) / Risala fi-l-ishq (The Treatise on Love) / Risala fi-n-nafs (The Treatise on the Soul) / Risala Hay ibn Yaqzan (The Treatise on Hay ibn Yaqzan) / Solomon and Ibsal (Solomon and Ibsal).

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Tursunboyev Alisher Hamidullo O’g’li

Maqolada Ibn Sinoning axloqiy qarashlarining o’ziga xos xususiyatlariga ta’rif berilgan. Mutafakkirning axloqiy qarashlarining o’ziga xos xususiyatlari va falsafiy tahlili amalga oshirilgan. Shuningdek, Ibn Sinoning axloqiy qarashlari bilan birgalikda fanlar tasnifiga munosabati ham yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS AND PHILOSOPHICAL ANALYSIS OF IBN SINA'S MORAL VIEWS

The article describes the peculiarities of Ibn Sina's moral views. The peculiarities and philosophical analysis of the thinker's moral views have been carried out. Along with Ibn Sina's moral views, his attitude to the classification of sciences is also covered.

Текст научной работы на тему «IBN SINONING AXLOQIY QARASHLARINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA FALSAFIY TAHLILI»

Scientific Journal Impact Factor

О

IBN SINONING AXLOQIY QARASHLARINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA FALSAFIY TAHLILI

Tursunboyev Alisher Hamidullo o'g'li Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistranti Alisher2020@gmail. com

Annotatsiya: Maqolada Ibn Sinoning axloqiy qarashlarining o'ziga xos xususiyatlariga ta'rif berilgan. Mutafakkirning axloqiy qarashlarmmg o'ziga xos xususiyatlari va falsafiy tahlili amalga oshirilgan. Shuningdek, Ibn Sinoning axloqiy qarashlari bilan birgalikda fanlar tasnifiga munosabati ham yoritilgan.

Kalit so'zlar: metafizika, fizika, logika-mantiq, "Kitob ash-shifo "Mashriq hikmati", "Risala fi-l-ahd" ("Burch haqida risola"), "Risala fi-l-axlaq" ("Axloq haqida risola"), "Kitob al-insaf' ("To'g'rilik haqida kitob"), "Risala fi-l-ishq" ("Muhabbat haqida risola"), "Risala fi-n-nafs" ("Jon haqida risola"), "Risala Hay ibn Yaqzon" ("Hay ibn Yaqzon haqida risola"), "Salamon va Ibsol" ("Salomon va Ibsol".

Аннотация: В статье раскрываются особенности нравственных взглядов Ибн Сины. Проведены особенности и философский анализ нравственных воззрений мыслителя. Наряду с моральными взглядами Ибн Сины освещается его отношение к классификации наук.

Ключевые слова: метафизика, физика, логика, Китаб аш-шифа «Мудрость Востока», «Рисала фи-ль-ахд» («Дежурный трактат»), «Рисала фи-ль-ахлак» («Трактат по этике»), Китаб ал-инсаф (Книга истины), Рисала фи-ль-ишк (Трактат о любви), Рисала фи-н-нафс (Трактат о душе), Рисала Хай ибн Якзан (Трактат о Хай ибн Якзане), Соломон и Ибсал (Соломон и Ибсал).

Abstract: The article describes the peculiarities of Ibn Sina's moral views. The peculiarities and philosophical analysis of the thinker's moral views have been carried out. Along with Ibn Sina's moral views, his attitude to the classification of sciences is also covered.

Key words: metaphysics, physics, logic, Kitab ash-shifa "Wisdom of the East", "Risala fi-l-ahd" ("Treatise on duty"), "Risala fi-l-akhlaq" ("Treatise on ethics"), Kitab al-insaf (The Book of Truth), Risala fi-l-ishq (The Treatise on Love), Risala fi-n-nafs (The Treatise on the Soul), Risala Hay ibn Yaqzan (The Treatise on Hay ibn Yaqzan), Solomon and Ibsal (Solomon and Ibsal).

Scientific Journal Impact Factor

0

KIRISH

Ibn Sino fanlar tasnifi bo'yicha eng dastlabki ilm bu oliy ilm hisoblanmish metafizikadir. Ibn Sinoning asarlari mazmun jihatdan Yevropada o'rta asrlarda, Sharqda esa hozirgacha chuqur iz qoldirdi. Ibn Sino o'rta asrlarda bashariyat erishgan komil inson namunasi edi. Bu o'rinda biz uning barcha falsafiy va tabiiy ilmlar sohasidagi yutug'idan ko'ra, ilohiyat sohasidagi masalalarni hal qilishdagi mahoratini nazarda tutmoqdamiz. Zero, o'rta asrlar sharoitida nihoyatda nozik bo'lgan ilohiyot masalasini oqilona, mantiq yordamida chiroyli bir tarzda tushuntirish ulkan matonat va chuqur bilimni taqozo qilgan.

Ibn Sinoning falsafiy qarashlari uch katta bo'lim - metafizika, fizika, logika-mantiqdan tashkil topgan, metafizika - ilohiyot, vujud va mavjudot, dunyoning boshlanishi, tuzilishi, tarkibi haqidagi masalalarni talqin etadi; fizika-tabiatshunoslik masalalari, jism, moddani o'rganish bilan bog'liq bo'lgan barcha masalalarni o'z ichiga oladi; mantiq to'g'ri fikrlash san'ati, aqliy bilish shakllarini o'rganadi. Umumiy falsafiy masalalar nazariy va amaliyga bo'linib, o'z navbatida, ularning har biri qator ilmlarni o'z ichiga oladi

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR:

Ibn Sinoning falsafiy qarashlari asosan uchta yirik tizimdan tashkil topganligi uchun uning barcha falsafiy qarashlari nazariy va amaliy jihatdan Ibn Sinoning eng mashhur asari "Kitob ash-shifo"1 da o'z ifodasini topgan. U 3 ta katta qismdan, ya'ni mantiq, tibbiyot va ilohiyotdan iborat edi. Ibn Sinoning maqsadi hammaga manzur bo'ladigan "Mashriq hikmati" ni yaratish edi2. Barcha nazariyalarning asosida ilm yotadi. Tashqi ko'rinishdan umumiy nazariya aqldan kelib chiqadi. Aql esa ilohiy olamdan, farishta vositasida yetkaziladi. Bu dalilga ko'ra, farishtani bilish jahonni bilish asosi hamda undagi inson o'rnini belgilash ham ilm vazifasiga kiradi. Shundan kelib chiqqan holda ilohiy ilmlarni tadqiq etish zaruriyatdir.

Ibn Sino mutafakkir sifatida aql va ilmga juda katta e'tibor qaratadi va o'z asarlarida bularning har ikkisiga ham juda katta o'rin ajratadi. Shu o'rinda ta'kidlash o'rinliki, Ibn Sino ilmga egalik qilishni nafaqat aql bilan bog'liq sanaydi, balki uni axloq va insoniylik bilan qattiq bog'langan deb hisoblaydi. Shuning uchun allomaning ilm va axloq munosabatlari borasida bildirgan fikrlarini ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir.

Ibn Sinoning ilmiy merosida boshqa muammolar bilan bir qatorda ilm va axloqiylik birligi alohida o'rin egallaydi. U tomonidan "Risala fi-l-ahd" ("Burch

1 Abu Ali ibn Sinoning asosiy falsafiy asari. Aslida 22 kitobdan iborat bo'lgan, bizgacha 18 ta kitobi yetib kelgan.

2 Qarang: Falsafa: Darslik; M.A. Ahmedova umumiy tahriri ostida, T. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nash., 2006, 106-bet.

Scientific Journal Impact Factor

O

haqida risola"), "Risala fi-l-axlaq" ("Axloq haqida risola"), "Kitob al-insaf" ("To'g'rilik haqida kitob"), "Risala fi-l-ishq" ("Muhabbat haqida risola"), "Risala fi-n-nafs" ("Jon haqida risola"), "Risala Hay ibn Yaqzon" ("Hay ibn Yaqzon haqida risola"), "Salamon va Ibsol" ("Salomon va Ibsol") va boshqa asarlari3da bildirilgan nihoyatda mazmundor va ilg'or fikrlari o'zagida diniy axloq me'yorlari va tamoyillarida ziddiyatli joylari bor.

NATIJALAR

Insoniy aql sharafiga aytilgan madhiyalar, uning yuksak axloqiy sifatlarini Yaqin va O'rta Sharq xalqlarining ijtimoiy-falsafiy tafakkuridagi rasionalizm, hurfikrlilik va insonparvarlik tarixida yangi hodisa emas, deb aytish mumkin. Biroq mazkur risolaning qimmati shundaki, ushbu an'ana o'zining yorqin, bir joyga to'plangan ifodasini topgan, aniq ifodalangan etikaviy-gnoseologik fenomen sifatida maydonga chiqadi.

Albatta, o'sha davrdagi Sharqning barcha mutafakkirlari va allomalari kabi Ibn Sino ham bu masalaga idealizm va diniy pozisiyadan yondoshib, insoniy ilm va axloqiylikning manbai deb donishmandlik va Yaratuvchining qudratini e'tirof etadi. Shunga qaramay, allomaning fikrlari diniy aqidalar bilan mos kelmaydi, negaki, uning fikricha, xudoning ijodiy quvvati uning xohish va irodasida emas, balki qanday bo'lmasin mumkiniyning voqelikka zaruriy aylanishida ifodalanadi. Shuning uchun hech nimadan nimagadir, imkonsizdan imkoniyga aylanish Yaratuvchining vakolatiga kirmaydi. Alloma qarashlarining bunday yo'nalganligi ko'plab tadqiqotchilarga, jumladan, E. Renanga, M. Tyurkerga, A. Sayiliga va boshqalarga tanish bo'lgan. Chunonchi, M. Tyurker faylasuf-donishmandlar, jumladan, Ibn Sino Yaratuvchining vazifasi erkin iroda va mustaqil xohish bo'yicha yaratishda mujassamlashmaganligini tamomila e'tirof etadilar, deb yozadi4.

Ibn Sinoning farazicha, inson Xudo tomonidan zaif mavjudot sifatida yaratilgan. Shunga qaramay, u barcha mavjudotlardan o'zining mukammalligi, tana tuzilishi va tashqi ko'rinish tabiatiga ko'ra ajralib turmasin, unga barcha tirik mavjudotlar orasida eng markaziy o'rin taalluqlidir.

Ko'pgina holatlarda insondan jismoniy jihatdan kuchli bo'lgan boshqa tirik mavjudotlarga qiyoslaganda insonning afzalligi nimada ko'rinadi? Ibn Sino fikricha, xudo insonni shunday quvvat bilan siylaganki, inson uning vositasida ezgulik ("xayr") ni yovuzlik ("sharr") dan, aqliy kamolot, mukammallik ("rashad") ni adashish, yolg'on ("gumrohi") dan ajrata olish salohiyatiga ega5. Inson aqlli

3 Qarang: Fehrist kitab ash-shayx ar-ra'is. Rkp. IV AN UzSSR, inv. № 2385/ XI; Irisov A. Abu Ali ibn Sino. T., 1963.

4 Qarang: Türker M. Üq tehafüt bakimindan felsefe ve din münasebeti. Ankara, 1956. 311 -sah.

5 Ibn Sino va "Tadbir-e manzil" / Tarjimai va negaroshi Muhammad Najmi Zenjoniy. Tehron, 1319 h.sh., 4-bet.

250

Scientific Journal Impact Factor

O

mavjudot hisoblanganligi sababli tabiatda alohida o'rin egallaydi va hayvonot olami vakillaridan ijobiy tomonlari bilan ajralib turadi. Aql tufayli u tabiatning tasodifiy va kutilmagan kuchlariga kifoya qiladigan ta'sirdan holi va o'zining nazariy va amaliy amallarini "donishmandlik tarozisi" talablariga bo'ysundiradigan shaxsga aylanadi.

Aynan inson aqli mavjudligi boisidan uning hayoti hayvonot olami yashash tarzidan tubdan farq qilib, anchagina mazmunli, yaxshi va turfa xil bo'ladi. Ilmga bo'lgan ishtiyoq, mehnat faoliyati, maqsadga erishishga bo'lgan insonlarning abadiy intilishi aql, donishmandlik quvvati bilan bog'liq. Shu munosabatda inson nafaqat ajoyib tashqi qiyofa, yuksak axloqiylik sohibi sifatida maydonga chiqadi, balki yuksak axloqli fazilatlar ijodkori ham hisoblanadi6.

Mutafakkiming asarlarida, jumladan, "Tadbir-e manzil" da inson tabiati avval boshdan fazilatli yoki axloqsiz bo'lishi mumkin emasligi haqidagi muhim fikr ta'kidlanadi. Odamlar avvaldan tayyor shaxsiy sifatlar, odatlar va ko'nikmalar bilan tug'ilmaydilar, balki ularni shaxsiy tajriba, o'ziga o'xshashlarning tajribasi, ilgarigi avlodlarning an'analari, ta'lim va tarbiya jarayonida zaminiy shiddatli hayot mobaynida shakllantiradilar. Ta'lim-tarbiya yo'li bilan boshqa odamlar ta'siri ostida odam yoki maqtaluvchi axloqiy fazilatlarni orttiradi, yoki "yaramas do'stlar", ya'ni salbiy odat, fe'l-atvor va his-tuyg'ularning sub'ektiga aylanib qoladi. Bu o'rinda qaysidir ma'noda qonun kuchiga ega bo'lgan odatning ahamiyati ham kam emas. Bu shunday holatki, odam o'zida maqtaluvchi ijobiy fazilatlarni shakllantirishi qanchalik qiyin bo'lsa, shakllanib bo'lgan yomon salbiy sifat va odatlardan qutulish shunchalik mushkul.

Biroq yaramas odatlardan qutulish jarayonida inersiya lahzasining mavjudligi axloqiy takomillashuvga xuddiki ta'lim-tarbiyaning chegarasizlik imkoniyati kabi chegara bo'lib xizmat qilmasligi mumkin. Shuning uchun Ibn Sino bolalarni juda yoshligidan tarbiyalash lozimligini uqtiradi. O'z davrining an'analariga muvofiq, Ibn Sino ta'lim-tarbiyani Qur'oni Karimni o'qishdan, dinni anglash va grammatika qoidalarini o'rganishdan boshlashni taklif qiladi.

Darvoqe, shuni ta'kidlash kerakki, alloma odamlar o'rtasidagi mavjud notenglik haqida gapira turib, bunday holatni jamiyatning tabiiy holati hisoblaydi. Ibn Sino fíkriga ko'ra, jamiyatning barcha a'zolarini qashshoq va hech vaqosi yo'q kishilarga aylantirish ham, barchani hukmron kishilarga aylantirish ham tasavvur qilib bo'lmaydigan ijtimoiy falokatga olib kelardi. Bundan tashqari, u xizmatkorning mehnatidan foydalanishni to'lig'icha normal holat hisoblaydi, chunki buningsiz

MUHOKAMA

6 O'sha joyda.

Oriental Renaissance: innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences O ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021= 5.423

"xotirjamlik va istirohatning tegishli choralari bo'lmasdi". Ammo shunga qaramay, uning ijtimoiy-axloqiy va gnoseologik qarashlarida gumanist pozisiyasi yuqori o'rinda turadi. "Ularni [xizmatkorlarni] - davom etadi qomusiy olim, - o'zingga yaqin tut va o'zindan itarma, ularning ehtiyojlaridan xabar ol, ular bilan qattiq va qo'pol muomalada bo'lma, ular bilan do'stlardek munosabatda bo'l, ularni balo-qazoda qoldirma, negaki ular ham odamlardir"7.

XULOSA

Shu tariqa, Ibn Sino ilmni egallashda axloqiylikning ahamiyatini juda ardoqlaydi. Ibn Sino asarlarida berilgan uning fikrlarining chuqur tahlili shuni ko'rsatadiki, alloma o'z davri muammolariga juda teran darajada kirib bora olgan, shuningdek, qo'yilgan muammolarga to'g'ri yo'nalishda yondoshib, ularning tub ildizlarini ochib bera olgan.

Ibn Sinoning rasional fikrlari o'rta asrlar arabzabon ijtimoiy-falsafiy an'analarning umumiy kontekstida jamiyatning ijtimoiy-axloqiy va gnoseologik dunyoqarashini taraqqiy etganroq keyingi bosqichiga hozirladi. Shunday qilib, Ibn Sinoning ilm va axloqiylik birligi konsepsiyasi shunga olib keladiki, ilm ashyolarning mohiyatini anglash yo'lida birdan bir maqsad hisoblanmaydi. Ilmning ahamiyati barchasidan oldin shaxs va jamiyatning axloqiy yuksalishida uning o'rni va roli bilan belgilanadi. Fozil jamiyatda ilmning o'zi axloqiy fazilatga aylanadi, u me'yorlar nufuzi va axloq tamoyillari bilan quvvatlanadi. Mutafakkir yashagan davr uning idealidan qanchalik yiroq bo'lmasin, inson va jamiyat axloqiy-aqliy komilligining real varianti u tomonidan ilmdan axloqqa o'tishda tasavvur qilingan. Bu, tabiiyki, gnoseologiya sohasida ham, axloq sohasida ham prinsipial jihatdan yangi muammolarni qo'yish imkonini bermas edi

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Falsafa: Darslik; M.A. Ahmedova umumiy tahriri ostida, T. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nash., 2006, 106-bet.

2. Fehrist kitab ash-shayx ar-ra'is. Rkp. IV AN UzSSR, inv. № 2385/ XI; Irisov A. Abu Ali ibn Sino. T., 1963.

3. Ibn Sino va "Tadbir-e manzil" / Tarjimai va negaroshi Muhammad Najmi Zenjoniy. Tehron, 1319 h.sh., 4-bet.

4. Ibn Sino va "Tadbir-e manzil" / Tarjimai va negaroshi Muhammad Najmi Zenjoniy. Tehron, 1319 h.sh., 51-bet

7 Ibn Sino va "Tadbir-e manzil" / Tarjimai va negaroshi Muhammad Najmi Zenjoniy. Tehron, 1319 h.sh., 51-bet.

252

Scientific Journal Impact Factor

0

5. Nasirov R.N. K probleme yedinstva znaniya i nravestvennosti po proizvedeniyu Ibn Sini "Tadbiri manzil" // Ob^estvennie nauki v Uzbekistane. 1991.№8, 44-bet.

6. Qodirov M. Markaziy Osiyo, Yaqin va O'rta Sharqning falsafiy tafakkuri (o'rta asrlar), T., 2010, 100-bet.

7. Türker M. Uç tehafüt bakimindan felsefe ve din münasebeti. Ankara, 1956.

8. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

9. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

10.Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

11.Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

12.Sulaymonov J.B. Ibn Xaldun ijtimoiy-falsafiy qarashlarida axloqiy

masalalar//Falsafa va huquq jurnali. 2019 yil 1-soni. 42-45 betlar. 13.Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahlili/Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

311-sah.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.