Научная статья на тему 'MA'NAVIY YUKSALISH YO'LIDAGI TAHDIDLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO'LLARI.'

MA'NAVIY YUKSALISH YO'LIDAGI TAHDIDLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO'LLARI. Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
5386
340
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qadriyatlar / axloq / ma'naviyat / axborot xuruji / vatanparvarlik / demokratiya. / values / ethics / spirituality / information crisis / patriotism / democracy.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Jumayeva Shahlo Suyunovna

Ushbu maqolada bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati hamda qadimdan ota-bobolarimiz tomonlaridan shakllanib kelgan asl ma'naviy qadriyatlarimizni bugungi kundagi ahamiyati nechog'lik muhim ekanligini ko'rsatib o'tilgan. Zotan mustaqil davlatimiz istiqboli uchun ma'naviyati yuksak, barkamol insonlar zarurdir.Maqolada milliy o'zlik va ma'naviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora kuchayib borayotgan bir paytda yoshlar tarbiyasi va ularga ta'sir qiluvchi omillar tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THREATS ON THE WAY TO SPIRITUAL IMPROVEMENT AND WAYS TO OVERCOME THEM.

This article highlights the importance of the state youth policy pursued in our country today, as well as the importance of the original spiritual values formed by our ancestors. The article analyzes the upbringing of young people and the factors influencing them at a time when the threats and dangers to national identity and spiritual values are growing for the future of our independent state.

Текст научной работы на тему «MA'NAVIY YUKSALISH YO'LIDAGI TAHDIDLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO'LLARI.»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

MA'NAVIY YUKSALISH YO'LIDAGI TAHDIDLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO'LLARI.

Jumayeva Shahlo Suyunovna QarMII,"Ijtimoiy fanlar kafedrasi" katta o'qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati hamda qadimdan ota-bobolarimiz tomonlaridan shakllanib kelgan asl ma'naviy qadriyatlarimizni bugungi kundagi ahamiyati nechog'lik muhim ekanligini ko'rsatib o'tilgan. Zotan mustaqil davlatimiz istiqboli uchun ma'naviyati yuksak, barkamol insonlar zarurdir.Maqolada milliy o'zlik va ma'naviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora kuchayib borayotgan bir paytda yoshlar tarbiyasi va ularga ta'sir qiluvchi omillar tahlil qilinadi..

Kalit so'zlar: qadriyatlar, axloq, ma'naviyat, axborot xuruji, vatanparvarlik, demokratiya.

Abstract: This article highlights the importance of the state youth policy pursued in our country today, as well as the importance of the original spiritual values formed by our ancestors. The article analyzes the upbringing of young people and the factors influencing them at a time when the threats and dangers to national identity and spiritual values are growing for the future of our independent state.

Keywords: values, ethics, spirituality, information crisis, patriotism, democracy.

Аннотация: В статье подчеркивается важность государственной молодежной политики, проводимой в нашей стране сегодня, а также важность исконных духовных ценностей, сформированных нашими предками. В статье анализируется воспитание молодежи и факторы, влияющие на нее в условиях нарастания угроз и опасностей национальной идентичности и духовным ценностям для будущего нашего независимого государства.

Ключевые слова: ценности, этика, духовность, информационный кризис, патриотизм, демократия.

KIRISH

Har qanday jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyoti bevosita uning ma'naviy-axloqiy negizlarining rivojlanishi bilan bog'liqdir.Garb faylasufi Alber Shveyster :"Voqelikni shakllantiradigan kuchlar ichida birinchisi -ma'naviyat va axloq.Qolgan barchasi ozmi - ko'pmi ikkinchi darajali", [1]degan edi.Insoniyat tarixiga, xususan, bugungi kunda globallashib borayotgan dunyoda sodir bo'layotgan

186

Scientific Journal Impact Factor

voqealarga diqqat bilan nazar tashlansa, bu gaplarga qoshilmaslikning iloji yo'q.Globallashuv kishilik tamadduni taraqqiyotining tabiiy mevasi ekanligi va ularning ijobiy jihatlarini inkor etmagan holda hozirgi dunyoda bir qator ixtilof va ziddiyatlarni keltirib chiqarayotgan jihatlarni ham e'tibordan qochirib bo'lmaydi.Bu haqda fikr yuritayotganda, avvalo, madaniyat va uning bosh tomirini tashkil etgan ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni asrab-avaylash dolzarb ahamiyat kasb etadi.Shunday ekan , axloq-odob masalalarini ma'naviy qadriyatlar orqali yuksaltirish bugungi davr talabidir.O'zbekiston respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev aytganlaridek "Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi - bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi - ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat."

Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida Sh.M. Mirziyoyevning asarlari va Albert Shveyserning "Madaniyat va etika" nomli asari metodologik manba bo'lib belgilandi. Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Ma'naviy yuksalish yo'lidagi tahdidlar va ularni bartaraf etish yo'llarining bugungi kundagi vazifalari haqida tahlil olib borildi.

Ma'naviy qadriyatlar kishilar ma'naviy faoliyati mahsuli, bilishning murakkab jarayoni natijasida yuzaga kelgan bilim,qarash, malakalar samarasidir. Ma'naviy qadriyatlarni yaratishdan ko'zlangan bosh ma'no - bu moddiylikni ideallikka "bo'ysundirish" Milliy va umuminsoniy ma'naviyat va qadriyatlardan to'la bahramand bo'lmagan, ona tilini bilmagan jamiyatning har tomonlama rivojlanishiga ongli tarzda hissa qo'shmagan inson ma'naviy qashshoqdir. Mustaqil respublikamiz istiqbolini belgilovchi har bir fuqoroning o'z burchi va majburiyati mohiyatida ma'naviyat va axloqiylikni qayta tiklash; o'zbek xalqi asrlar mobaynida yaratgan madaniy boyliklarni , noyob tarixiy obidalarni avaylab saqlash va kelgusi avlodlarga yetkazish tadbirlarini ko'rish ; qadimiy va zamoniviy xalq qadriyatlarini, adabiyot va san'atni bilish va rivojlantirish; respublikada yashovchi boshqa xalqlar madaniyatiga, tiliga hurmat bilin munosobatda bo'lish; hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirish; ma'naviy mulkni milliy qadriyat sifatida himoya qilish; oilani milliy qadriyatlar asosida mustahkamlash; ta'lim tizimining barcha bo'g'inlarida umuinsoniy va milliy qadriyatlarning mazmuni va mo hiyatini chuqur o'rganishga erishish kabi shartlarni amalga oshirish yotadi.Bir so'z bilan aytganda, insoniyat paydo bo'libdiki, hamisha odamiylik qiyofasini, fe'l-atvorda o'ziga

[2]

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

yarashadigan xatti-harakatlarini, u yoki bu fazilatlarini mujassamlashtirishga intilgan.Hozirgi zamon kishisida odob, xulq-atvor qoidalari asrlar davomida tarkib topib, takomillashgan .Bu fazilatlar har bir odamning zohiriy va botiniy xislatlarida, o'zini tuta bilishida, xatti-harakatida, muomala-munosabatida o'z ifodasini topgan. l.Hozirgi zamon jamiyatini ko'proq postmodern jamiyati deb atash keng tarqalgan. Uning asosiy belgilari: ishlab chiqarishda yuksak texnologiyalar qo'llaniladi, axborot texnologiyalari nafaqat ommaviy kommunikasiya sohasiga, shuningdek jamiyat hayotining barcha sohalariga, hatto ishlab chiqarishga ham kirib keldi, softver (elektron aloqa xizmatlari) sohasi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotning uzviy tarmog'iga aylandi, jahon taraqqiyotida globallashuv tendensiyasi vujudga keldi, ommaviy madaniyat keng tarqalgan ijtimoiy hodisaga aylandi, inson ongi, tafakkuri va xulq-atvori, jamiyat mentaliteti ancha o'zgardi. Natijada ba'zi bir mumtoz qadriyatlar deformasiyaga uchradi, ular o'rnini esa ayrim hollarda soxta qadriyatlar egallamoqda.

2. Jamiyatda turli-tuman axborotlar oqimi shunchalik kuchayib, ko'payib ketdiki, mutaxassislar tomonidan "axborot portlashi", deb nomlanmoqda. Tabiiyki, portlash oqibatlari doim ham ijobiy bo'lavermaydi, u larzalarni, o'pirilish va vayronalarga ham olib keladi. Axborot portlashi har xil ziddiyatli, axborot xurujiga sabab bo'ldi. Oddiy inson yopirilib kelayotgan axborotning mag'zini chaqib ko'rishga, sarasini sarakka, puchagini puchakka ajratishga, tanqidiy tahlil qilib, baholashga ulgurmayotir. Ayrim axborotni baholashga uning ma'lumoti va saviyasi etishmayotir.

Tanlab tizimlashtirilgan axborotlar xuruji yordamida turli RR (piar)-kompaniyalar orqali omma ongi boshqarilmoqda.

3.Internet tarmog'i, xorijiy telekanallar, uyali aloqa tizimi va hokazo vositalar orqali tarqatilayotgan turli g'ayri milliy g'oya va qarashlar yoshlar ongiga jiddiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Mustaqillikgning dastlabki yillaridanoq o'nlab yangi gazeta va jurnallar, xususiy radiostantsiyalar, telestudiyalar tashkil topdi va shakllanish jarayonini boshdan kechirmoqda.

Mazkur nashrlarning g'oyaviy yo'nalishi, e'lon qilinayotgan maqolalardagi ma'naviyat masalasi eng dolzarb muammolardan biri sifatida yuzaga qalqib chiqmoqda. Nashr muassisi va bosh muharrir bevosita e'tibor qilishi shart bo'lgan bu muammolar millat peshvolari — ziyolilarni o'ylantirishi kerak. Toki, biz shu xalqning farzandi ekanmiz, hech birimizga uning axloqiy qadriyatlarini, qalb kechinmalarini ermak qilish huquqi berilmagan. Qator xususiy nashrlarda to'xtovsiz, ta'bir joiz bo'lsa, kim o'zarga e'lon qilinayotgan «ijod» namunalarini millat ma'naviyatiga tajovuz, deb tushunish mumkin. O'zbek mentalitetining yorqin ifodasi

Scientific Journal Impact Factor

bo'lgan uyat, or-nomus, andisha, g'ururni («Er yigitning uyalgani — o'lgani», «Uyat — o'limdan qattiq» xalq maqollari) arzon pullayotgan, toptayotgan hamkasblarimiz zimmasida istiqlol mas'uliyati ham bor.

Ayrim xususiy gazeta sahifalarida zo'ravonlik, fahsh, shahvoniyatga boshlovchi hikoya va qissalarni uchratishimiz mumkin. Bu yerda gap nodavlat nashrlar faoliyati xususida bo'lib, aksariyat gazetalardagi shahvoniy hikoya va maqolalarga o'z munosabatimizni bildirar ekanmiz, shunday Gazeta ochishdan maqsad — pul topish, daromadli bo'lish. Lekin bu xalqning ma'naviy tubanlikka, tor dunyoqarashga sudrash hisobiga bo'lmasligi kerak, Lekin ko'pgina xususiy gazeta sahifalarida zo'ravonlik, fahsh, shahvoniyatga boshlovchi hikoya va qissalarni uchratishimiz mumkin. Negaki, bu bozor iqtisodiyoti. «Talab va taklif», degan qat'iy xulosasi bizni ajablantirdi. To'g'ri, bozor iqtisodiyotida talab va taklifning o'rni katta. Ammo bozor qonuniyatlari bilan ma'naviyatni belgilash qanchalik to'g'ri bo'lar ekan?

Eslaylik, ulug' adib Abdulla Qodiriy «O'tkan kunlar» romanida Otabek va Kumushning visol onlarini pardali, sirli va ayni paytda jozibali qilib emas, aksincha, besh-olti qog'oz hajmida ochiq-oshkor, tuban bir tarzda tasvirlasa bo'lmasmi edi. Yo'q, adibimiz bunday qilmas, aniqrog'i, qila olmas edi. Chunki, Abdulla Qodiriydagi botiniy ulug'vorlik, millatga bo'lgan mehru muhabbat, chin insoniy fazilatlar — hayo, nomus, g'urur yo'l qo'ymas edi. Bunday misollarni istagancha keltirish mumkin. Bu kabi asarlarni ichdan yoritib turgan nur — Vatanga, xalqqa, insoniy muhabbatga bo'lgan sadoqatdir.

Bugungi xususiy nashrlarning aksariyatida mezon — o'lchovning o'zi yo'q. Ular uchun mezonsizlik — mezon, g'oyasizlik — g'oya vazifasini bajarmoqda. G'ayri axloqiy va mutlaqo g'ayri milliy sarguzashtlarning mualliflari o'zbekona muhitda tarbiya topganmikan o'zi, deb o'ylab qolasan kishi.

Shuningdek, musiqa kanallari orqali uzluksiz ravishda berilayotgan saviyasiz kliplar, kinolar ham xalqni ishontirayotgani, kuldirayotgani, vaqti kelganda yig'latayotgani og'riqlidir. «Sariq matbuot» deb nom olgan axboriy vosita esa birinchi sahifasida bong urib, hayqirib, xuddiki ma'naviyatsizlikni, madaniyatsizlikni qoralaydiyu, lekin ikkinchi sahifasidan o'sha ma'naviyatni, o'sha madaniyatni o'zi buzib turibdi. Gap chala pishgan tarvuzdek bemaza qo'shiqlar, «qo'lbola» kinolar yoxud o'z so'ziga o'zi amal qilolmaydigan ayrim ommaviy axborot vositalarida emas, balki ular tomonidan xalq ma'naviyatiga, axloqiga, samimiy tushunchalariga yetkazilayotgan bemisl zarardadir. Bunday illatga, muammoga qarshi qanday samarali kurashish mumkin?

Scientific Journal Impact Factor

Albatta ,bugungi kunda internet tizimida yaratilgan ijtimoiy tarmoqlar o'zining ijobiy taraflari bilan bir qatorda yoshlar ma'naviyatiga o'zlarining salbiy oqibatlari bilan ta'sir o'tkazib kelmoqda.Bu tarmoqlardagi mashhur san'atkorlarning o'zaro tortishuvlari, oilaviy, shaxsiy hayotlarini yoritib borishlari chegara bilmas darajaga chiqmoqda.Ularning chiroyli moddiy hashamatli hayotlarini, chet el sayohatlari-yu, yangi tug'ilgan farzandlarini ko'z-ko'z qilishlari oddiy fuqarolarning ayniqsa yoshlarning ma'naviyatiga qay darajada salbiy ta'sir etayotganligini xatto o'ylab xam ko'rishmaydi.Aslida ular ma'naviyat-madaniyat vakillari sifatida boshqa amaliy ishlarini namuna qilib ko'rsatsalar yaxshi bo'lar edi. Masalan , shu kunlarda o'qigan badiiy asarlari yoki kinofilmlari, spektakllari haqida, yoki jamiyatimizdagi muxtoj oilalar yoki iqtidorli lekin sharoiti yaxshi bo'lmagan yoshlarni qo'llab-quvvatlashlari haqida ma'lumot berib, yoritsalar milliy qadriyatlarimizning davomchisi, targ'ibotchisi bo'lishlari mumkin edi.

Ayrimlar bu jarayonlarni demokratiya bilan bog'laydilar. Demokratiya -tartibsizlik, degani emas. Aslida demokratiya tushunchasi G'arb yoki Sharqqa tegishli alohida topildiq ham emas. Uning vujudga kelishi ongli insonning umumtafakkuri rivojlanishiga daxldor, idrokning yangi qirralari namoyon bo'lishi bilan bog'liq. Bunday hodisa esa ikkala makonda ham sodir bo'lgan o'z vaqtida. Demokratiyaning sodda va o'zgarmas mazmuni - vijdon erkinligi! Vijdon degan so'zning ortida yuksak ma'naviyatdan rang olgan vatanparvarlik, millatparvarlik, odamiylik, imon-e'tiqod, sadoqat, uyat, or-nomus, sharmu hayo, andisha kabi o'ta nozik xislatlar turishini juda yaxshi bilamiz.

O'zaro yordam, jamoaviylik, hamdardlik, mehr-oqibat ham inson tabiatini tashkil etuvchi fundamental qadriyatlardir. Virtual voqelik ularni deformasiyaga uchratmoqda.

Virtual voqelik, simulyakrlar dunyosi, kompyuterdagi ularning ko'pvariantligi ushbu olam bilan bog'lanib qolgan kishining an'anaviy qarashlarini, qadriyatlar tizimini, qabul qiladigan qarorlari, xulq-atvori oqibatlariga nisbatan uning javobgarlik hissini zaiflashtirib yubordi

Bugungi O'zbekiston zamini tarixan «Buyuk ipak yo'li»ning asosiy chorrahasi bo'lgan. Dunyoni o'z bilimi va salohiyati bilan lol qoldirgan allomalar, fozil zotlar bizning ajdodlarimiz edi. Sharqning buyuk uyg'onishini harakatga keltirgan asosiy kuch ham aslida bizning bobolarimiz orasidan chiqqan al-Xorazmiy, Ibn Sino, Beruniy, Forobiy, Imom al-Buxoriy, az-Zamaxshariy, at-Termiziy, Mirzo Ulug'bek, Ali Qushchi, Navoiy, Bobur tsingari yetakchilar edi.Bugun-chi, bugun bizning yoshlar boboyu momolariga munosib bo'la olyaptimi?! Ular o'z imkoniyatlari, salohiyatlaridan yetarlicha foydalana olishyaptimi?. Albatta, istiqlolga erishgan

Scientific Journal Impact Factor

Vatan farzandlari bugun dunyo ko'rmoqda, xoh sport sohasida, xoh bilim borasida bo'lsin, jahonda o'zimizga yarasha o'rnimiz, nufuzimiz borligini baholi qudrat namoyish etishyapti. Agar bokschilarimiz Italiyada o'tkazilgan jahon chempionatidan oltin medal bilan qaytishgan bo'lsa, matematiklarimiz kamida kumush medal bilan kelishmoqda.

Biroq ma'naviyatga ta'sir etuvchi madaniyatimizda uchrayotgan ayrim kamchiliklar dilni xira qiladi. Bunga G'arbning nima aloqasi bor, dersiz. Hamma aybni osongina G'arbga ag'darib, o'zingni oqlama, dersiz. Ha, G'arb yaxshimi-yomonmi, to'g'rimi-xatomi o'z yo'lidan ketyapti. Ammo bizda so'nggi vaqtlarda xalqning saviyasini tushirib yuborayotgan «ijodiy» asarlarning yuzaga kelishini qanday hodisa bilan izohlamang, ildizi «g'arbcha madaniyat»ga borib taqalayotgani ajablanarlidir

Tinimsiz axborot oqimi vujudga keltirayotgan global muhitda milliy qadriyatlar, o'ziga xoslikni ifodalovchi oltin an'analar «zanglab» ketyapti. Buni televideniye, radio, matbuot, turli mavzu va mazmundagi kinolar, qo'shiqlar, ularga ishlangan turli darajadagi kliplar zanglatayapti. Imon, e'tiqod va burchdan hosil bo'lgan Aql tarozusiga qo'yib o'lchanmagan, xayolga kelgan dastlabki «g'oya»ni andisha qilmay, bemalol «mahsulot» o'rnida atrofdagilarga ulashilayotgan jamiyatda inson ongi tobora o'tmaslashib ketyaptiki, u Gabriyel Garsia Markesning «xotirasiz»larini («Yolg'izlikning yuz yili» romani) ayni haqiqatga aylantirmoqda. Bu ham G'arbda.

Xulosa qilib aytganda, yosh avlodni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash zamon talabi bo'lib kelmoqda. Zero, dunyodagi zo'ravon, tajovuzkor kuchlar bugun niyatlari hamda maqsadlarini emas, balki harakat uslublarini o'zgartirdilar.Ularning nishoni bugun millat qadriyatlari, tarixi, madaniyati, axloqi, ma'naviyatidir.

Bunday g'arbcha «demokratiya»ni niqob qilib, yurtimizga turli yo'llar bilan kiritilayotgan har qanday tahdidlarga ongli ravishda to'siq qo'yish, o'z millatimizning buyuk o'zanlaridan kuch olgan ma'naviy immunitetimizni hosil qilishimiz bugungi kun talabidir.Shuning uchun quyidagi jixatlarga e'tibor qaratmog'imiz lozim:

- milliy qadriyatlarimizni bola ongiga singdirib borish;

- yoshlarning o'z oldilariga aniq maqsad qo'yishlari, o'z istiqbolini yaratishlariga ota-ona kichik yoshdan e'tibor berishi;

- ota-onalar bolalar bilan informasion manbalardan foylanayotgan vaqtda birgalikda axborotlarni taxlil etib borishga o'rgatish, shu yo'l bilan mafkuraviy immunitetni hosil qilish;

XULOSA VA TAKLIFLAR

Scientific Journal Impact Factor

- bolalarda OAVdan, mobil telefonlardan foydalanish madaniyatini shakllantirib borish;

- internetomaniyaning oldini olish;

- yoshlarni bo'sh vaqtini nazorat qilish, foydali ishlarga, to'garaklarga jalb

qilish;

- bolalarni badiiy adabiyotlarni o'qishga o'rgatish;

- OAVlardagi ko'rsatuvlar, eshittirishlar, ma'lumotlarni muntazam nazorat qilishni, saralashni yo'lga qo'yish;

- internet kafe kabilarning faoliyatini chegaralash va nazorat qilish. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev yoshlar tarbiyasi butun millat oldidagi ulkan mas'uliyatli vazifa ekanligini ta'kidlab: "Agar farzandimizga to'g'ri tarbiya bermasak, har kuni, har daqiqada uning yurish-turishi, kayfiyatidan ogoh bo'lib turmasak, ularni ilmu hunarga o'rgatmasak, munosib ish topib bermasak, bu omonatni boy berib qo'yishimiz hech gap emas"[3], deya takidlaydilar.

Axborot ta'sirida yoshlar mustaqil ravishda tafakkur qilish va ularning qarashlarini, qadriyatlarini va ideallarini shakllanishi masalalari ular ongida axborot olamini tartibga solish yo'llarini izlashni, axborot bilan muomala qilishning yangi usul va ko'nikmalari tizimini ishlab chiqish va shakllantirishni taqozo etmoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Albert Shveyser - Kultura i etika (1973).str-36

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev.Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishidan ma'ruzasi . 2021yil 19 yanvar

3. Shavkat Mirziyoev. Vatanimiz taqdiri va kelajagi yo'lida yanada hamjihat bo'lib, qat'iyat bilan harakat qilaylik. - T.: O'zbekiston, 2017- B 21

4. Mamasaliev, M. M. (2020). MAIN DIRECTIONS OF THE INFLUENCE OF MODERN CIVILIZATION ON THE SPIRITUAL IMAGE OF THE INDIVIDUAL. Вестник науки, 3(11), 5-8.

5. Буриев, И. И., & Мамасалиев, М. М. (2020). ПАТРИОТИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ МОЛОДОГО ПОКОЛЕНИЯ. Вестник науки и образования, (22-2 (100)).

6. Курбонова, М. Б., & Мамасалиев, М. М. (2020). СТРУКТУРА СОЦИАЛЬНОГО СТАТУСА МОЛОДЕЖНОГО СООБЩЕСТВА.

In ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ: ПОТЕНЦИАЛ НАУКИ И СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 210-213).

Scientific Journal Impact Factor

7. Allanazarov, M. K., & Mamasaliev, M. M. (2020). ANALYSIS OF COMPREHENSION METHODS IN THE GNOSEOLOGY OF ALLAME TABATABAI. In ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ: ПОТЕНЦИАЛ НАУКИ И СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 106-109).

8. Mamasaliev, M. M. (2020). INCREASING THE EDUCATIONAL OPPORTUNITIES OF SOCIAL INSTITUTIONS IN THE PROCESS OF INNOVATIVE DEVELOPMENT. In ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ: ПОТЕНЦИАЛ НАУКИ И СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 204-206).

9. Мамасалиев, М. М., & Нематов, Д. С. (2019). ВОПРОСЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ВЫСШЕМ ОБРАЗОВАНИИ. Актуальные научные исследования в современном мире, (44), 70-72.

10.Pulatov Sh.N.Sankhya-ancient Indian philosophical school. //PUSTAK BHARATI RESEARCH JOURNAL// JAN-June. ISSUE Toronto, Canada. No: 1-2, 2020.

11.PULATOV SH.N. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Academic Research In Educational Sciences. Volume 1. 2020 468-474 P.

12.Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

13.Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

14.Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

15.Saidov S.A., Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo'shgan hissasi. // "Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences" Scientific journal Volume 1, 2021. 332-336 P.

16. Очилова, Н. Р., Мамасалиев, М. М., & Астанов, А. Р. (2020). ВНИМАНИЕ ВОСПИТАНИЮ ГАРМОНИЧНО РАЗВИТОГО МОЛОДОГО ПОКОЛЕНИЯ. International Independent Scientific Journal, (14-2), 18-20.

17. Очилова, Н. Р., & Мамасалиев, М. М. (2016). Структура образа жизни молодежи Узбекистана на современном этапе развития. Молодой ученый, (5), 587-588.

18. Mamasaliev, M. M., & Elboeva, S. B. (2019). RELIGIOUS-PHILOSOPHICAL DOCTRINES OF SARVEPALLI RADHAKRISHNAN. Theoretical & Applied Science, (11), 339-342.

Scientific Journal Impact Factor

19. Мамасалиев, М. М., & Буриев, И. И. (2019). ИНФОРМАЦИОННАЯ БЕЗОПАСНОСТЬ УЧАЩИХСЯ-ОДНО ИЗ ОСНОВНЫХ НАПРАВЛЕНИЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ПЕДАГОГА. 1п ФУНДАМЕНТАЛЬНЫЕ ОСНОВЫ ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ НА УКИ И ОБРАЗОВАНИЯ (рр. 188-190).

20. Очилова, Н. Р., & Мамасалиев, М. М. (2021). ХАРАКТЕРИСТИКИ ВОСТОЧНОЙ И ЗАПАДНОЙ ЦИВИЛИЗАЦИИ В ПРОЦЕССЕ ГЛОБАЛИЗАЦИИ. Проблемы науки, 43.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.