Научная статья на тему 'DAVLAT XIZMATCHISI TUSHUNCHASIDA AXLOQIY QADRIYATLARNING SIYOSIY FALSAFASI'

DAVLAT XIZMATCHISI TUSHUNCHASIDA AXLOQIY QADRIYATLARNING SIYOSIY FALSAFASI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
1836
170
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
siyosat / axloq / axloqiy qadriyatlar / davlat / davlat xizmatchisi / davlat xizmatchisining axloqi / boshqaruv / siyosiy boshqaruv / boshqaruvda axloqiylik / rahar / rahbar boshqaruvi / davlat va jamiyat / qadriyat. / politics / ethics / moral values / state / civil servant / civil servant ethics / governance / political governance / ethics in governance / rahar / leadership / state and society / value.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Shonazarov Jamshid Shuhratovich

Jamiyat rivojida «har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‘lgani singari, axloqiy qadriyatlarning siyosiy falsafasi ham bundan mustasno emas. Lekin mana shunday yutuqlar bilan birgalikda bugungi globallashuv jarayonida milliy qadriyat, axloqiy qadriyatlar va ularning davlat xizmatchilari uchun ahamiyatli ekanligini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

POLITICAL PHILOSOPHY OF MORAL VALUES IN THE CONCEPT OF A CIVIL SERVANT

In the development of society, “just as every social phenomenon has its pros and cons, so does the political philosophy of moral values. But along with such achievements, in today’s globalization process, it makes sense to analyze national values, moral values, and their importance to public servants.

Текст научной работы на тему «DAVLAT XIZMATCHISI TUSHUNCHASIDA AXLOQIY QADRIYATLARNING SIYOSIY FALSAFASI»

Scientific Journal Impact Factor

DAVLAT XIZMATCHISI TUSHUNCHASIDA AXLOQIY QADRIYATLARNING SIYOSIY FALSAFASI

Shonazarov Jamshid Shuhratovich QarMII dotsenti.

Annotatsiya: Jamiyat rivojida «har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo'lgani singari, axloqiy qadriyatlarning siyosiy falsafasi ham bundan mustasno emas. Lekin mana shunday yutuqlar bilan birgalikda bugungi globallashuv jarayonida milliy qadriyat, axloqiy qadriyatlar va ularning davlat xizmatchilari uchun ahamiyatli ekanligini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.

Kalit so'zlar: siyosat, axloq, axloqiy qadriyatlar, davlat, davlat xizmatchisi, davlat xizmatchisining axloqi, boshqaruv, siyosiy boshqaruv, boshqaruvda axloqiylik, rahar, rahbar boshqaruvi, davlat va jamiyat, qadriyat.

Аннотация: В развитии общества «подобно тому, как каждое социальное явление имеет свои плюсы и минусы, политическая философия нравственных ценностей не является исключением. Но наряду с такими достижениями в сегодняшнем процессе глобализации имеет смысл анализировать национальные ценности, моральные ценности и их важность для государственных служащих.

Ключевые слова: политика, этика, моральные ценности, государство, государственный служащий, этика государственного служащего, управление, политическое управление, этика в управлении, рахар, лидерство, государство и общество, ценность.

Abstract: In the development of society, "just as every social phenomenon has its pros and cons, so does the political philosophy of moral values. But along with such achievements, in today's globalization process, it makes sense to analyze national values, moral values, and their importance to public servants.

Keywords: politics, ethics, moral values, state, civil servant, civil servant ethics, governance, political governance, ethics in governance, rahar, leadership, state and society, value.

O'zbekiston o'z rivojlanishiningg yangi bosqichi sari ildam ko'tarilib borar ekan, mamlakatning asosiy mexanizmi bo'lgan va ushbu rivojlanishning siyosiy kafolati hisoblangan davlat va jamiyat boshqaruvini demokratlashtirish bugungi kunning zaruriy talablaridan biriga aylanib qolmoqda. Albatta, davlat boshqaruvi siyosiy tizimini yanada samarali, raqobatdosh davlat xizmatchilari bilan boyitish, eng muhimi ularning ma'naviy axloqiy qiyofasini yaratish mamlakat siyosiy istiqbolini

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

belgilab beradi. Mamlakat siyosiy tizimini ishonchli mustahkamlash, eng avvalo, oddiy aholi orasida adolat to'yg'usini shakllantirish, qolaversa, nafaqat shakllantirish, balki, chuqur singdirish muammosini o'ylab kurish fikrimizcha, davlat xizmatchisi boshqaruv faoliyatining ma'naviy-axloqiy qiyofasi bilan o'lchanadi. Qolaversa, davlat xizmatchisi tushunchasida axloqiy qadriyatlarning to'la qonli aks etishi va uning amaliyot bilan uyg'un ekanligi davlat boshqaruvida axloqiy siyosat ustuvorligini taminlaydi. Xo'sh, aslida davlat xizmatchisi deganda kimni tushunishimiz kerak? - degan, tabiiy savol tug'iladi. Davlat xizmatchisi - davlat tomonidan berilgan ishonch asosida davlat xizmati lavozimining majburiyatlarini, vazifalarni muayyan rag'bat yoki pul mukofoti evaziga mamlakat qonunlarida belgilangan tartibda bajaradigan fuqaro. E'tibor qiladigan bo'lsak, ushbu vazifa va majburiyatlarning belgilangan ishonch asosida amalga oshirishda fuqarodan yuksak ishonch, fidoyilik, mas'uliyat, kasbga sodiqlik, insoniylik va jumardlik tamoyillarini o'zida mujassam ettirish hamda vazifasiga nisbatan vijdonan yondoshish kabi axloqiy qadriyatlar aks etadi. Axloqiy qadriyatlar o'zining yashovchanligi talabiga ko'ra qanchalik qadrli bo'lsa boshqaruvda va davlat xizmatini amalga oshirishda shunchalik siyosiy qadriyatlarning axloqiy qadriyatlarga bo'ysunishini ta'minlaydi. Zero, siyosatning axloqqa bo'ysunishi ya'ni, axloqiy siyosatning boshqaruvda ustuvor bo'lishi mamlakat taraqqiyotini va uning siyosiy ma'naviy tafakkurini turli "izm" larga asoslangan mafkuradan holi bo'lishiga olib keladi. O'tmish siyosati va siyosiy tarixida yuz bergan voqeyliklardan saboq chiqarib achchiq xulosa qilish mumkinki, turli "izm"larga asoslangan mafkura va tuzumlar botqog'iga botgan mamlakat taraqqiyotining intihosi oxir oqibat tanazzulga yuz tutadi. Buni tarixda insoniyat boshiga ko'plab og'ir savdolar solgan davlatlar tuzumi va qismatidan ko'rishimiz (fashizm, kommunizm, totalatarizm, byurokratizm va boshqalar) mumkin. Ular yaratgan mafkuraviy tuzumlarda adolatning qadrsizlanishi, axloqiy qadriyatlarning borgan sari siyosiy manfaatlarning qurboniga, malayiga aylanib borishi, alaloqibat jamiyatda insonlar manfaatini poymol etuvchi, ularga zug'um kursatuvchi - illatlarga to'lgan adolatsiz jamiyatning yaralishiga olib keldi.

Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Kasbiy odob etikitida axloqiy qadriyatlarning ahamiyati va uning bugungi kundagi vazifalari haqida tahlil olib borildi. Nizomulmulkning "Siyosatnoma" asari hamda Forobiyning "Fozil odamlar shahri" nomli asarlar to'plami metodologik manba bo'lib belgilandi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Siyosatshunos olim T.Alimardonov adolat tushunchasiga ta'rif berib, uni shunday izohlaydi: - "Adolat tushunchasi oriyat, uyat, or-nomus,, qadr qimmat, sadoqat va yana bir qancha shu kabi falsafiy qadriyatlarni qamrab oladi. U odamlarni turli g'ayriaxloqiy harakatlardan saqlanishiga, jamiyatni ma'lum qoidalar asosida birlashishiga undaydigan ma'naviy tushunchadir. Adolat tuyg'usi inson ruhiyatini poklaydi, e'tiqodini mustahkamlaydi, vijdonini muntazam ravishda muolaja qilib boradi... "1 E'tirof etish kerakki, adolat tushunchasi axloqiy mezon sifatida barcha axloqiy qadriyatlarni va axloqiylikni o'zida mujassam etgan. Boshqaruvda adolat mezonining ustuvor bo'lishi o'z navbatida boshqa axloqiy qadriyatlarning vujudga kelishi uchun zamin yaratib, boshqaruvning to'laqonli axloqiy qadriyatlar tiziginida bo'lishini ta'minlaydi. "Boshqaruv mahorati - boshqaruvning barcha sohalarining bir maromda ishlashini tashkil etish madaniyati bilan bog'liq jarayon. Shu madaniyat va tajribaga ega bo'lmagan hokimiyat va uning elitasi o'z-o'zidan adolatsizlik sirtmog'iga tushaveradi."2 - deb ta'kidlaydi T.Alimardonov. Bundan shunday xulosa qilish kerakki, boshqaruv madaniyatida yetarlicha bilim, malaka, tajriba va axloqiy madaniyatga ega bo'lmaslik boshqaruvning har qanday ko'rinishida zug'um, zo'ravonlik, aholi orasida boshboshdoqlik, tartibsizlikning kelib chiqishi va boshqaruvga nisbatan ishonchsizlik hislari urchiy boshlashiga yetarlicha sabab bo'ladi. Bu holat jamiyatda ilmsizlikning ortishi, ilm ahlining qadriga yetmaslik, ziyolilarni toptash, ma'rifatning so'nishi, natijada ma'naviyatning butunlay yo'qolib ketishiga olib keladi. Tom ma'noda aytganda mamlakat taraqqiyoti zulmat qa'riga singib ketadi. Shuning uchun ham boshqaruvda axloqiy qadriyatlarning siyosiy qadriyatlardan ustuvorligini ta'minlash, boshqaruv richagi bo'lgan davlat xizmatchilarida kasbiy odob madaniyatini shakllantirish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va yurtimizda olib borilayotgan manzilli va maqsadli islohotlarda ular yetakchiligini ta'minlash birlamchi vazifa sifatida olinmoqda. Ammo, bunday vazifalar shubhasiz bir zumda amalga oshadigan jarayon emas. Avvalo, ular ongi va tafakkurida yuksak axloqiy madaniyatni shakllantirish, milliy o'zlikni anglash, ana'ana va milliy qadriyatlarimizga sodiqlik ruhiyatini o'yg'otish, qolaversa, ochlik va tan og'rig'idan boshqa narsani bilmaydigan shaxsiy manfaatdorlik hissini emas, balkim, millat dardi bilan yashovchanlik to'yg'usini singdirish orqali Vatanga fidoyi, yuksak axloqiy madaniyatga ega bo'lgan, qabul qilingan qonunlarga nisbatan hurmat va itoatkorlik ruhida tarbiyalangan davlat xizmachilarini yaratish ishlarini amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan jarayondir.

1 T. A^HMapgoHOB. Эpкннflнк py^H. "Nishon Noshir" HampnëTH. -T.: 2015. 160-E.

2 Ywa acap. 162-6eT.

Scientific Journal Impact Factor

Bu borada qomusiy olim, ideal davlat va jamiyat qurish tashabbuskori Abu Nasr Forobiyning falsafiy qarashlari mazkur muammolar mohiyatini ochish imkonini beradi. Jumladan, u shunday deydi: "Yaxshi boshqaruv yaxshi qonunlarga bog'liq, yomon boshqaruv yomon qonunlarga bog'liq".3 Agar qonunlashtirish erkinlik bilan ixtiyoriy amalga oshirilsa, u holda bo'ysunish va itoat ham fuqaro tomonidan xayrihohlik va quvonch bilan qabul qilinib, uzoq muddatga davom etadi.4 Darhaqiqat, davlat va jamiyat boshqaruv munosabatlarining mustahkam va bardavom bo'lishi davlat xizmatchilarining zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklaydi. Ular zimmasidagi mas'uliyat burch va sadoqat kabi axloqiy to'yg'ular va fazilatlar orqali mustahkamlanadi hamda yagona maqsadga xizmat qiladi. Burch tushunchasi axloqiy mezon sifatida davlat xizmatchisining boshqaruv faoliyatida o'ziga xos bo'lgan majburiyatlar tizimini yaratadi. Ushbu majburiyatlar tizimida davlat xizmatchisi o'z boshqaruv faoliyatida burchga sodiqlik hissini anglashi talab etiladi. Zero, burchga sodiqlik tuyg'usi insonning ichki nazorati bo'lgan vijdon hissi bilan amalga oshadigan jarayon. Davlat va jamiyat boshqaruvida siyosatshunos olim T.Alimardonov ta'kidlaganidek, - "Ijtimoiy adolatni ta'minlash, o'z navbatida hoxish-istaklardan tashqari davlat organlari boshqaruvi xodimlaridan madaniyat, qobiliyat va salohiyatni talab qiladi. Adolatli rahbar bo'lish va siyosat yuritishning o'zi kifoya qilmaydi."5 Aytish kerakki, adolat mezrni qanchalik chuqur tarqqiy etsa, boshqaruv umri ham shunchalik uzun bo'ladi. Adolatli rahbar bo'lish va siyosat yuritish uchun faoliyatning mehvari axloqiy qadriyatlarga va qonunlarga yo'g'rilgan bo'lishi kerak.

Muhtaram Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, - "Biz barpo etayotgan huquqiy davlatda adolatsizlikning hech qanday shaklda ustun bo'lishiga yo'l qo'ymasligimiz zarur. Bu hokimiyatning barcha tarmoqlari, eng avvalo, davlat boshqaruvi organlarining, va ayniqsa, xuquqni muhofaza qilish organlarining birinchi darajali vazifasidir. Biz xalqimizning, bugungi zamonning ana shu muhim talabi so'zsiz bajarilishini ta'minlashimiz shart.6 Albatta, bugun yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning tub negizida adolat mezoni ustuvor bo'lib, eng avvalo, inson huquq va erkinliklarini, manfaatlarini himoya qilishga qaratilganligi bilan izohlanadi. Buning yorqin isbotini jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlanganligi va uning negizida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligida ko'rishimiz mumkin. E'tibor qiladigan bo'lsak, mamlakatimiz o'z taraqqiyoti yo'lida yangi ufqlar va maqsadlarga

3 ®opo6nn. ®03H^ ogaM^ap maxpn. T.: Xmk Mepocu. 1993. -B.33.

4 ®opoÖHH. ®03H^ ogaM^ap maxpn. T.: Xa^K Mepocu. 1993. -B.31.

5 T. A^HMapgoHOB. Эpкннflнк py^H. "Nishon Noshir" HampnëTH. -T.: 2015. 162-B.

6 fflaBKaT Mup3HëeB. MHMHH TapaKKHëT HY^HMH3HH KarbnaT 6n^aH gaBOM этгнpн6, aHrn öocKHwa KyTapaMH3.

TOmKEHT - «Y3BEKHCTOH» - 2017. 47. B.

Scientific Journal Impact Factor

intilayotgan, jamiyatimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar yangi bosqichga ko'tarilayotgan bir paytda, eng avvalo, rahbarlarning o'z vazifasini halol va malakali bajarishga, qolaversa, fidoyiligiga ko'p narsa bog'liq ekanligini ta'kidlab o'tmoqchimiz. Rahbar kadr bo'lgan davlat xizmatchisining shaxsiy sifatlari, axloqiy fazilatlari hamda etiket qoidalari makon va zamonda shakllanadi. Hozirgi yangi, o'tish davrida ilgari rahbar kadrlarda bo'lmagan istiqlol davriga xos fazilatlarni tez shakllantirish uchun ajoyib imkoniyatlar mavjud. O'zgarayotgan ijtimoiy muhit, ish uslubi, rahbarlik tarzi, talablari yangi tipdagi davlat mulozimlari, rahbar kadrlarni tarbiyalash uchun zarur bo'lgan ob'ektiv shart-sharoitni yaratdi. Galdagi vazifa davlat xizmatchilariga qo'yilayotgan yangi talablarni, ular uchun zarur bo'lgan fazilatlarni ilmiy asoslab, tahlil etib, umumlashtirib, ma'naviy-ma'rifiy tarbiya, amaliy tajriba yordamida maxsus shakllantirishdir. Ana shunda davlat xizmatchilari tafakkuridagi yangilanish ular orqali xalqqa, demakki, har bir o'zbekistonlikka yetib boradi. Jamiyat tafakkuri tezroq yangilanadi, millat bir jonu bir tan bo'lib, islohotlarni tezlashtiradi.

Davlat xizmatchilari tafakkurini yangilash ikki tomonlama jarayondir. U, bir tomondan, yangi, zamonaviy davlat xizmatchilariga xos fazilatlarni maxsus, ilmiy asosda shakllantira borishni talab qilsa, ikkinchi tomondan, hamon ba'zan o'z ta'sirini ko'rsatayotgan, sobiq sho'ro kadrlar siyosatida — sinalgan korporativ-byurokratik psihologiyani siqib chiqarish talab qilinadi. Bu ikki jarayonni parallel olib borish zarur. Aks holda, yangi, sog'lom tafakkur eski, - sinalgan tafakkurga -urilib, chekinishi mumkin. Masalan, davlat manfaatini o'z manfaatidek ko'rish -davlat xizmatchisi faoliyatining yetakchi tamoyili ekanligi e'tirof etilsa-yu, boshqaruvda o'chrab turgan korrupsiya, poraxo'rlik, ma'muriy bo'yruqbozlik, mahalliychilikka qarshi kurashilmasa, ana shunday holat ro'y berishi mumkin. Ma'lumki, shaxsiy manfaatlar, nafs ustuvorligiga qurilgan birlashuv, uyushish kuchli bo'ladi. Chunki, shaxsiy manfaat ustuvorligi davlat organlariga suqilib kirib olgan xudbin, yulg'ich, ustamon, laganbardor, iqtidorsiz shaxslarni birlashtiradi. Sobiq sho'ro tizimida bu birlikning tamoyili shaxsiy sadoqat, "- men sizga, - siz menga, davlatni esa qo'ya turing" tarzida namoen bo'lib keldi.7 Professor G'oziev tomonidan tahlil qilingan ushbu qisqa mulohazada rahbarga xos bo'lgan fazilatlarni makon va zamonda shakllanish tartibini, qolaversa, rahbar ongi va tafakkuri doimiy ravishda, siyosiy davr nuqtai nazaridan takomillashib borishi zarurligini ko'rishimiz mumkin. Qolaversa, shu o'rinda davlatni idora etishda amaldorlar katta o'rin tutishlarini yaxshi tushungan Nizomulmulkning fikrlarini keltirib o'tishni yanada joizroq, deb topdik. Uning fikricha, "... ularni to'g'ri tanlab, joy-joyiga qo'yishni, har biriga loyiq amal berib, asosiy maqsad yo'lida tarbiya qilishni muhim bir talab deb biladi. Har qaysi

7 Fo3ueB Э. Paxôap ^ao^naTugarn Hy^coH^apHn 6apTapa$ этнm. // - Xa^K TatmMHi! ^ypHa^n, 2000. № 3. -E. 18-23.

Scientific Journal Impact Factor

amaldorni tarbiyalashga ko'p vaqt ketishi va bu mushkul ish ekanini tushuntirib, hokim va boshqa rahbarlarga qo'l ostidagilarni ehtiyot qilishni maslahat beradi".8 Bosh rahbarning ish yuritish prinsipida Nizomulmulk ta'kidlashicha, tabaqa tanlamaslik muhim rol o'ynaydi. Bosh rahbar xizmatining ijobiy baholanishi, lavozimi davomiyligi, barqarorligi va ayniqsa, adolat prinsipining mustahkamligida buning ahamiyati kattadir. Agar rahbarda tabaqaga ajratish xususiyati mavjud bo'lsa yoki shunga majbur bo'lsa, tez orada rahbar va fuqaro, boshliq va xodim orasida dahliz, eshik, parda paydo bo'ladi. Bu boshliqni xodimdan, rahbarni fuqarodan va ba'zan hatto rahbariyat tizimidan ajratilinishiga olib keladi.9

Alloma bosh rahbarning boshqaruv masalasidagi bilimdonligiga ayniqsa chuqurroq e'tibor qaratadi. Davlat yoki jamiyatni boshqarish ilmu-olimlik bilan teng turib, bu ishni qilayotgan kishi ma'lum bir xorijiy tilni yoki boshqa bir kasbiy sohalarni bilmasligi mumkin, lekin u olim sanaladi. Negaki, bir necha tillarni puxta bilib, o'sha tillarda so'zlasha, yoza va asar yarata oladigan odam, masalan arab tilini bilmasa uni olim emas, deb bo'lmaganidek, davlat yoki jamiyatni boshqara turib ma'lum bir sohani yaxshi bilmaslik mumkin. Lekin boshqaruv shunday amaliy harakatki, u shaxsni hamma ishga o'rgatadi. Faqat bosh rahbarda uquv, ya'ni analiz qila olishdek, aql-zakovat bo'lishi kerak. Ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish va tartibga solishda boshliqdan ana shunday tez ilg'ovchi qobiliyat talab etiladi. Bunda bilim, idrok ushbu masalalarning ijobiy yoki salbiy hal bo'lishida bosh omildir.

Shu maqsadda rahbar kadrlar boshqaruv faoliyatida axloqiy qadriyatlar ustuvor bo'lishligini yana bir bor ta'kidlab, davlat xizmatidagi xodimlarning siyosiy va axloqiy madaniyati o'aro bir-biriga nisbatan mutanosib bo'lishi zaruriy ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan mansabdor shaxslarda siyosiy hislatlar bilan bir qatorda axloqiy fazilatlarni shakllantirish zaruriy ehtiyojga aylanib bormoqda. Axloqiy barkamollik davlat xizmatidagi xodimlarning ishbilarmonlik sifatlaridan biri hisoblanadi.

Jamiyatda mutloq, abadiy va o'zgarmas axloq yo'q. Axloq tarixan o'zgaruvchan va nisbiy mustaqillikka ega bo'lgan ijtimoiy hodisadir. Uning bu hususiyatlari umumiy axloqning tarkibiy qismlaridan biri bo'lgan kasb axloqida ham yaqqol namoyon bo'ladi. Jamiyat rivojining tarixida ijtimoiy mexnat taqsimotining paydo bo'lishi mehnatning bir turi bilan band bo'lgan kishilar guruhlarining kasb -hunar jihatidan ajralib chiqishiga va shunga muvofiq ravishda turli xil mutaxasisliklarning vujudga kelishiga sabab bo'ldi. Bu esa har-bir insonning qilayotgan mehnat tarziga, mehnatni tashkil qilish usullariga qarab, ulardan

8 HrooMy^Mym Ba yHHHr "CuëcaTHOMa" acapu. CuëcaTHOMa. -T.: Ago^aT. 1997. 256. B.

9 HrooMy^Mym Ba yHHHr "CuëcaTHOMa" acapu. CuëcaTHOMa. -T.: Ago^aT. 1997. 256. B.

Scientific Journal Impact Factor

muayyaan turdagi harakatlar va ruhiy quvvatlarni sarflashni talab etadigan qaytarilmas, o'ziga xos ko'nikmalarni vujudga keltiradi.

Davlat va jamiyat siyosiy boshqaruv tizimida ma'naviy axloqiy muammolarni hal qilishning yechimlaridan biri millat, davlat va Vatan uchun fidoyi bo'lgan barkamol shaxslarni voyaga yetkazish va tarbiyalash, shuning asosida yuksak axloqiy madaniyatga ega bo'lgan davlat xizmatchilarini shakllantirishdan iboratdir. Shu mazmunda davlat xizmatchisi faoliyatini — davlat va jamiyat boshqaruvida, uning ichki va tashqi ishlarida o'ziga biriktirilgan vakolat va mas'uliyat nuqtayi nazaridan olib borishi tushuniladi. Bunday xulosadan ko'rinib turibdiki, albatta, davlat xizmatchisi turkumiga davlat boshqaruvining oliy qatlamidan tortib uning quyi qatlamigacha bo'lgan davlatning oliy va vakillik organlari, ijro va sud hokimiyati kabi boshqa siyosiy institut, davlat va nodavlat tashkilotlar kabi siyosiy tizimlarda faoliyat yuritayotgan ishchi xodimlar yana ham aniqrog'i, ushbu toifaga kiruvchi davlat xizmatchilari tushuniladi.

Ma'naviy barkamol, bilimli va tajribali, ilm asoslarini chuqur egallagan, adolatparvarlik, insonparvarlik e'tiqodi kuchli rahbar shaxslar yuksak axloqiy qadriyatlarning sohibi bo'la oladilar. Bu fazilatlarning barchasi birgalashib, jamiyatning dunyoqarashi, e'tiqodi, xalqning milliy ongi shakllanishiga, mustahkamlanib borishi va rivojlanishiga olib keladi. Ma'naviy kamolot, uning barcha qirralari o'zaro bog'liqligi, bir-biriga bevosita yoki bilvosita ta'sir etib turishi asosida davom etadi. Inson, jumladan rahbar shaxs kamolotini ma'naviyatning yuqoridagi tomonlaridan birortasisiz to'liq tasavvur etish mumkin emas. Uning mohiyati ham shu sifatlarning mushtarak birligi asosida shakllanadi va kamol topib boradi.

Boshqaruvda ijtimoiy adolatni ta'minlash, uning barqarorligini mustahkamlash, o'z navbatida, davlat xizmatchilaridan yuksak axloqiy madaniyat, qobiliyat va salohiyatni talab qiladi. Ushbu talab va iste'dod natijasida boshqaruv mahorati vujudga keladi. Chunki, boshqaruvning o'zi siyosat va shunga o'xshash balandparvoz nazariy ahamiyatga ega bo'lgan gap-so'zlardan iborat emas. Boshqaruv bu konkret tizimga va mexanizmga ega bo'lgan ijtimoiy-siyosiy voqeylik. To'g'ri, balkim, siyosat nazariyaning hosilasidir. Biroq uning mazmunini nazariyadan ko'ra ko'proq "yaxshilik", "ezgulik", "adolat", "insonparvarlik" kabi amaliy harakatlarni talab qiluvchi axloqiy fazillatlarga ko'chirsak, o'ylaymizki, shakl va mazmun uyg'unligi yuzaga keladi. Aslida, har qanday boshqaruvning talabi va sharti ham shunday, ya'ni shakl va mazmun uyg'unligini, muvozanatini ta'minlash. Shuning uchun boshqaruvdagi siyosatning, siyosiy faoliyatning yutug'i, uning to'g'ri "manzildan" borishi ana shunday munosabatlar uyg'unligi va muvofiqligiga bog'liq. Shu o'rinda qomusiy olim Forobiyning ideal jamiyat va davlat qurish xususidagi qo'yidagi

Scientific Journal Impact Factor

fikrlari davlat xizmatchilarning sharqona axloqiy qiyofasini ochib berishga yordam beradi. Jumladan, - "Madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) shunday bo'ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo'lgan har bir odam kasb - hunarda ozod, bab-barobar bo'ladi, kishilar o'rtasida farq bo'lmaydi, har kim o'zi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug'ullanadi. Odamlar chin ma'nosi bilan ozod bo'ladilar. Biri ikkinchisiga xujayin bo'lmaydi. Odamlarning tinchlik va erkinliklariga xalaqit beruvchi sulton (podshoh) lar bo'lmaydi. Ular orasida turli yaxshi odatlar, zavq-lazzatlar paydo bo'ladi".10

E'tibor qiladigan bo'lsak, allomaning ushbu fikrlari mohiyatining asosida mamlakatda yashovchi xalqning farovonligi uchun davlat xizmatchilari amal qilishi kerak bo'lgan barcha xislatlar axloq qadriyatlar nuqtai nazaridan uyg'unlashadi. Aynan ana shunday axloqiy uyg'unlik davlat xizmatchilari tomonidan davlat va jamiyat boshqaruvidagi boshqaruv mahoratining yuzaga kelishi, shakllanishi va takomillashib borishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Davlat miqyosida umumiy manfaat va maqsadlarni ifoda etuvchi dasturni taklif eta olgan davlat xizmatchilari shu asosda xalq saylaydigan darajadagi siyosiy rahbarlik mavqeiga erishadi va o'zlarining boshqaruv mahoratlarini shakllantirib boradilar.

Yuqorida e'tirof etganimizdek boshqaruvning har bir sohasi va ko'rinishi ijtimoiy adolatga, yuksak axloqiy madaniyatga bo'ysunsagina fuqarolar tomonidan davlatga nisbatan ishonch va e'tirof yuksaladi. Chunki, davlat va fukaro o'rtasidagi ana shunday ishonch tuyg'usi o'ta nozik axloqiy rishtalar oqali qaror topa boshlaydi. Aynan ana shunday davlat va fuqaro o'rtasidagi nozik axloqiy rishtalar o'rta asrlar mutafakkiri Nizomulmulk aytganidek, "insof" tuyg'usining ustuvorligi asosida ko'rtak otadi. Ya'ni, Nizomumulkning fikricha, davlat xizmatchilarini axloqiy fazilatlariga qarab tanlash, adolat va insofni oyoq osti qiladigan xizmatchilarni davlat ishlariga arlashtirmaslikni, qolaversa, bir kishiga barcha vakolatlarni berish ziyonlari, davlat amallarini topshirishda nazorat qilish choralarini ko'rib borish hamda ularning itoat va ijro sifatlari bilan davlat istiqbolini va bunda boshqaruvning bir maromdagi faoliyatini ta'minlash to'g'risidagi g'oyalarni rivojlantiradi.11 Mutafakkirning mulohazasidan fikr qilish mumkinki, davlat xizmatchilari boshqaruv faoliyatida umumiy barqarorlik va umumiy taraqqiyot bosh qadriyat sifatida namoyon bo'lib, davlat apparati (ma'muriy boshqaruv) o'z ishini shunga muvofiq tashkil etadi. Davlat apparatida amalga oshiriladigan ma'muriy boshqaruv, mazmunan qabul qilingan umumxalq maqsadlari va manfaatlarini ro'yobga chiqarish uchun tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish faoliyati hisoblanadi. Mavzu yuzasidan keltirilgan tahlil va fikr mulohazalarimizni umumlashtirgan holda xulosa qilib aytishimiz mumkinki,

10 ®opo6nH A6y Hacp. ogaM^ap maxpn. -T.: 1993. 190. -B.

11 HrooMy^Mym. "CnëcaTHOMa". -T.: Âgo^aT. 1997. 21. -B.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

davlat xizmatchisi boshqaruv faoliyatida axloqiy qadriyatlarning siyosiy qadriyatlar bilan uyg'unlashishi uzoq davom etadigan murakkab va ziddiyatli jarayondir. Zero, davlat xizmatidagi xodimlarning siyosiy va axloqiy madaniyati bir-biriga mutanosib bo'lishi kerakligi e'tirof etilib, ular faoliyatida axloqning siyosiylashishi emas, balki, siyosatning axloqqa bo'ysunishiga qaratilgan tahlillar ilgari surildi. Shu munosabat bilan davlat xizmatchilari boshqaruv faoliyatida siyosiy qadriyatlar bilan bir qatorda axloqiy qadriyatlarni shakllantirish zaruriy xoldir. Axloqiy barkamollik davlat xizmatidagi xodimlarning ishbilarmonlik sifatlaridan biri hisoblanadi. Davlat xizmatchisi boshqaruv faoliyatining ob'ektiv va sub'ektiv omillari, ya'ni taraqqiyotning ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-axloqiy asoslari, xususan, bu tarixiy jarayonda yaratilgan milliy, diniy va axloqiy qadriyatlar boshqaruvda rahbar axloqiy ma'naviyati asosini tashkil etishga qaratilgan tahlillar bilan asoslanadi. Rahbar va davlat xizmatchisining boshqaruv faoliyatida axloqiy qadriyatlar ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan muaommolar yechimi bir maqsadga - davlat boshqaruvida adolatni ta'minlashga qaratilgan. Shu jihatdan davlat va jamiyat boshqaruvida ijtimoiy adolat mezonining ustuvorligini ta'minlash fuqarolarda qabul qilingan qonunlarga hurmat va itoatgo'ylik hissini, davlatga nisbatan istiqbol ishonch tuyg'ularini o'yg'otadi. Davlat va jamiyat boshqaruvida ahloqiy, ijtimoiy, ma'naviy voqeliklarni inson xulq-atvori, xatti-harakati, aniqrog'i, umume'tirof etilgan qadriyatlar tizimida, an'anaviy va zamonaviy ahloqiy me'yorlarga mos kelishini ta'minlovchi hamda belgilovchi uslub sifatidagi ahamiyati ochildi. Ularning davlat xizmatchisi xulq-atvori va boshqaruv faoliyati bilan bog'liq bo'lgan istak-mayllarini ichki tartibga solish, adolat, tenglik, huquqiy munosabatlar va insoniy manfaatlar ustuvorligini uyg'unlashtirishga qaratilgan ilmiy omillari siyosiy falsafiy jihatdan o'rganildi. Shuningdek, millatning istiqbolga erishuvi borasida boshqaruvga xos bo'lgan axloqiy tamoyillarini amaliy faoliyatga ko'chirish, ularning ijtimoiy-siyosiy va axloqiy tizimlarini ishlab chiqish, yoki ular faoliyatiga nisbatan qanday omillar to'g'anoq bo'layotganini taxmin qilib borish, ushbu jarayonda muntazam monitoring tizimini tashkil etish, boshqaruv mezonlarini jamiyat boshqaruvini demokratlashtirish tamoyillari negizida olib borish tavsiyalarini tayyorlash imkonini beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Shavkat Mirziyoev. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. TOShKENT - «O'ZBEKISTON» - 2017.

2. Nizomulmulk va uning "Siyosatnoma" asari. Siyosatnoma. -T.: Adolat. 1997.

3. Forobiy. Fozil odamlar shahri. T.: Xalq merosi. 1993. -B.33.

4. T. Alimardonov. Erkinlik ruhi. "Nishon Noshir" nashriyoti. -T.: 2015. 160-B.

5. Mamasaliev, M. M. (2020). MAIN DIRECTIONS OF THE INFLUENCE OF MODERN CIVILIZATION ON THE SPIRITUAL IMAGE OF THE INDIVIDUAL. Vestnik nauki, 3(11), 5-8.

Scientific Journal Impact Factor

6. Buriev, I. I., & Mamasaliev, M. M. (2020). PATRIOTIChESKOE VOSPITANIE MOLODOGO POKOLENIYa. Vestnik nauki i obrazovaniya, (22-2 (100)).

7. Kurbonova, M. B., & Mamasaliev, M. M. (2020). STRUKTURA SOTSIALNOGO STATUSA MOLODEJNOGO SOOB^ESTVA. In INNOVASIONNOE RAZVITIE: POTENSIAL NAUKI ISOVREMENNOGO OBRAZOVANIYa (pp. 210-213).

8. Allanazarov, M. K., & Mamasaliev, M. M. (2020). ANALYSIS OF COMPREHENSION METHODS IN THE GNOSEOLOGY OF ALLAME TABATABAI. In INNOVASIONNOE RAZVITIE: POTENSIAL NAUKI I SOVREMENNOGO OBRAZOVANIYa (pp. 106-109).

9. Mamasaliev, M. M. (2020). INCREASING THE EDUCATIONAL OPPORTUNITIES OF SOCIAL INSTITUTIONS IN THE PROCESS OF INNOVATIVE DEVELOPMENT. In INNOVASIONNOE RAZVITIE: POTENSIAL NAUKI I SOVREMENNOGO OBRAZOVANIYa (pp. 204-206).

10. Mamasaliev, M. M., & Nematov, D. S. (2019). VOPROSI ISPOLZOVANIYa INFORMASIONNIX TEXNOLOGIY V VISShEM OBRAZOVANII. Aktualnie nauchnie issledovaniya v sovremennom mire, (4-4), 70-72.

11. Ochilova, N. R., Mamasaliev, M. M., & Astanov, A. R. (2020). VNIMANIE VOSPITANIYu GARMONIChNO RAZVITOGO MOLODOGO POKOLENIYa. International Independent Scientific Journal, (14-2), 18-20.

12. Ochilova, N. R., & Mamasaliev, M. M. (2016). Struktura obraza jizni molodeji Uzbekistana na sovremennom etape razvitiya. Molodoy ucheniy, (5), 587-588.

13. Mamasaliev, M. M., & Elboeva, S. B. (2019). RELIGIOUS-PHILOSOPHICAL DOCTRINES OF SARVEPALLI RADHAKRIShNAN. Theoretical & Applied Science, (11), 339-342.

14. Mamasaliev, M. M., & Bo'riev, I. I. (2019). INFORMASIONNAYa BEZOPASNOST UChA^IXSYa-ODNO IZ OSNOVNIX NAPRAVLENIY DEYaTELNO STI PEDAGOGA. In FUNDAMENTALNIE OSNOVIINNOVASIONNOGO RAZVITIYa NAUKI I OBRAZOVANIYa (pp. 188-190).

15. Ochilova, N. R., & Mamasaliev, M. M. (2021). XARAKTERISTIKI VOSTOChNOY I ZAPADNOY SIVILIZASII V PROTSESSE GLOBALIZASII. Problemi nauki, 43.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.