Научная статья на тему 'YOSHLARIMIZDA BUZG'UNCHI “OMMAVIY MADANIYAT”GA QARSHI MUSTAHKAM MAFKURAVIY IMMUNITET SHAKLLANTIRISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

YOSHLARIMIZDA BUZG'UNCHI “OMMAVIY MADANIYAT”GA QARSHI MUSTAHKAM MAFKURAVIY IMMUNITET SHAKLLANTIRISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2507
215
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma’naviyat / madaniyat / ta’lim / “ommaviy madaniyat” / yoshlar / spirituality / culture / education / “popular culture” / youth

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ulug‘bek Tolibjon O‘g‘li Ochilov

Ushbu maqolada bugungi kunda butun dunyoga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”, unga qarshi kurashda yuksak ma’naviy-ahloqiy bilimlarni shakllantirish masalalari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF FORMATION OF STRONG IDEOLOGICAL IMMUNITY AGAINST DESTRUCTIVE "PUBLIC CULTURE" IN OUR YOUTH

This article discusses the issues of formation of high spiritual and moral knowledge in the fight against "mass culture", which today threatens the whole world.

Текст научной работы на тему «YOSHLARIMIZDA BUZG'UNCHI “OMMAVIY MADANIYAT”GA QARSHI MUSTAHKAM MAFKURAVIY IMMUNITET SHAKLLANTIRISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

YOSHLARIMIZDA BUZG'UNCHI "OMMAVIY MADANIYAT"GA QARSHI MUSTAHKAM MAFKURAVIY IMMUNITET SHAKLLANTIRISHINING

PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ulug'bek Tolibjon o'g'li Ochilov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bugungi kunda butun dunyoga xavf solayotgan "ommaviy madaniyat", unga qarshi kurashda yuksak ma'naviy-ahloqiy bilimlarni shakllantirish masalalari bayon etilgan.

Kalit so'zlar: ma'naviyat, madaniyat, ta'lim, "ommaviy madaniyat", yoshlar

PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF FORMATION OF STRONG IDEOLOGICAL IMMUNITY AGAINST DESTRUCTIVE "PUBLIC

CULTURE" IN OUR YOUTH

Ulugbek Tolibjon ugli Ochilov

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

ABSTRACT

This article discusses the issues of formation of high spiritual and moral knowledge in the fight against "mass culture", which today threatens the whole world.

Keywords: spirituality, culture, education, "popular culture", youth

KIRISH

Bugungi kundagi global muammolar orasida ko'zga ko'rinmaydigan, ko'rinishidan sodda, hech ham ahamiyatga molik emasdek tuyiladigan, aslida esa inson ongini zabt qiladigan, o'zi bilmagan holda uning mafkurasiga ruhiyatiga ta'sir eta oladigan, munosabatlar tizimini, milliy qadriyatlar, milliy o'zligiga hamda madaniy tuzulmasiga zarba berib insonda o'zgacha yot qiyofani namoyon qila oladigan ayrim axborot ta'sirlari mavjud ekanligi sir emas.

Bu omma madaniyati sifatida taqdim etilayotgan holatlar psixologlar, sotsiologlar, madaniyatshunoslar hamda faylasuflar tomonidan qo'shtirnoq ichidagi"ommaviy madaniyat" - deb nomlanmoqda.

Basharti ayrim buzg'unchi siyosiy kuchlar va, hatto, ayrim davlatlar o'zlarini qiziqtirayotgan davlatlardagi sog'lom ijtimoiy ongni buzish maqsadida tajovuzkor madaniy siyosatni o'tkazishdan uyalishmas ekan, bunday hadisalarga qarshi kurashd a

muvaffaqiyatga erishish uchun biz zudlik bilan shaxslarda barqaror mafkuraviy immunitetni shakllantirishimiz maqsadga muvofiqdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Hayot axloqiy va estetik afzalliklar, his-tuyg'ular, o'zini qaror toptirishga, nufuzli maqomga ega bo'lishga urinishlar o'zining ular bilan qardoshligini his etish, o'z mushtarakligi boshqalar tomonidan himoyalanganligi tuyg'usi va shu kabilar bilan tartibga solinadi. Bularning barini insonning "qadriyat yo'nalishlari" deb atash qabul qilingan (bu yerda faqat ijtimoiy qadriyatlar sanab o'tilgan, lekin insonda ijtimoiy sabablarga bevosita bog'liq bo'lmagan ko'plab manfaatlar ham bo'lishi mumkin). Ushbu qadriyat qoidalari insonning turmush tarziga qo'shilib, uning ham olam manzarasini- kishilarning hayoti va jamoaviy borlig'i, ushbu borliq qonuniyatlari va normalari, tarkibining qadriyatlar iyerarxiyasining mohiyati haqidagi qisman ratsional (ishonchli bilimga asoslangan), biroq ko'proq intuitiv (mental, obrazli, axborot-fragmentlar va boshqalar) tasavvurlar hamda tuyg'ularni shakllantiradi.Shaxs ekstrautilititar manfaatlari hamda ehtiyojlarning ushbu darajasida madaniyat uning ijtimoiy monandligini tartibga soluvchi asosiy omil bo'ladi.

Chinakam xavfsiz jamiyat- odamlarning mutlaq ko'pchiligi hayot faoliyatining umum qabul qilingan normalariga ongli va maqsadli rioya qiladigan, ya'ni madaniyatli bo'lgan, qonunbuzarlar soni esa ancha kam bo'lgan jamiyat. Qonunbuzarlar soni yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan darajadan osha boshlasa, bunday jamiyatga madaniyatli deb ham, xavfsiz deb ham atash qiyin. Shu ma'noda arxaik an'anaviy jamiyatlar, marginallashgan aholi foizi ancha yuqori va, shunga muvofiq, xavfsizlikning yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan hamda umum qabul qilingan andazalari (hech bo'lmaganda, fuqarolarning shaxsiy va mulkiy xavfsizligining) foizi past bo'lgan industrial hamda postindustrial jamiyatlarga qaraganda, albatta, ancha xavfsizroq va ularning ko'pchilik a'zolarining xatti-harakatini oldindan bilsa bo'ladi.

Ushbu vazifalarni bajarish uchun (keng ma'nodagi) madaniyatning barcha tarmoqlari: ta'lim, san'at, din, fan, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar, madaniy muassasalar- muzeylar, kutubxonalar, uyushtirilgan bo'sh vaqt va shu kabilarning kuch -g'ayratini jamiyatning o'zini o'zi ijtimoiy-madaniy rivojlantirishi va saqlab qolishi borasidagi umumiy davlat dasturi doirasida birlashtirish talab etiladi.

Shu tariqa, mafkuraviy tajovuzga qarshi kurash masalasini hal qilish ishiga butun davlat siysati, shu jumladan insonni ijtimoiylashtirish hamda uning ichki madaniyatini rivojlantirish bo'yicha barcha institutlarning kuch-g'ayratini muvofiqlashtiruvchi madaniy siyosat ham jalb etilishi darkor.

Normativ hodisa bo'lgan madaniyat, qanchalik g'alati tuyulmasin, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning psixologik o'xshashidir. Biroq u kuch bilan emas, balki

axloqiy ma'qullash va qo'llab quvvatlash yoki qoidabuzarlarni qoralash yoki qabul qilmaslik metodi bilan ish olib boradi. Bu- har bir kishining psixologik tuzilishidagi "tartib-qoida qo'riqchisi" bo'lib, u o'z vazifasini qanchalik qat'iyat va murosasizlik bilan bajarsa, individ o'zini (etnik va tabaqaviy madaniyati normalari doirasida) shunchalik yuqori madaniyatli qilib ko'rsatadi.Ushbu individlardan tarkib topgan jamiyat ham, shunga muvofiq ravishda, ancha barqaror va xavfsizroq bo'ladi.

Mafkura bugungina emas, balki barcha davrlarda ham juda muhim ijtimoiy-siyosiy hodisa bo'lgan, har qanday jamiyatni birlashtirib, sog'lom va oliyjanob niyatlarni amalga oshirishga da'vat etib kelgan, oldinga qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun ma'naviy-axloqiy asos bo'lib xizmat qilgan.

Biroq biz yangi davlat, yangi jamiyat barpo etayotgan hozirgi kunda mafkuraning ahamiyati, ayniqsa ulkan. Ijtimoiy-siyosiy munosabatlar tizimida inson ongi va tafakkuri o'ziga xos va shu bilan birga, mutlaqo yangicha ahamiyat kasb etishiga shubha yo'q. Bu nimada o'z ifodasini topadi? Eng avvalo, shaxs bilan davlat, individ bilan jamiyat o'rtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi mazmun va shakl kasb etishi, yangi sifat yangi prinsiplarga asoslanishi darkor. Boshqacha aytganda, bular yangi qadriyatlar va demokratik prinsiplar mohiyatiga, turmush tarzimiz va tafakkurimizga, biz qurmoqchi bo'lgan adolatli jamiyat talablariga javob beruvchi munosabatlar bo'lishi lozim.

Hammamizga ma'lumki xalqimiz uzoq davrlar mobaynida o'ziga yot g'oyalar va qadriyatlarning mafkuraviy tazyiqi ostida yashashga to'g'ri kelgan. Bu hol ma'naviy-axloqiy sohalariga singib ketgandi. Ijtimoiy ongga davlatning ustuvorligi, insonning uning manfaatlariga xizmat qilishi g'oyasi singdirilgan. "Oliy davlat manfaati" bosib yotgan insonning o'zi davlatning qo'shimchasiga aylanib qolgandi. Davlat inson manfaatlariga xizmat qilmagan, aksincha, fuqarolar davlat hokimiyati ostida bo'lib, o'z xizmati, maoshi stipendiyasi, nafaqasi, xonadoni hamda o'qishini davlat in'om etgan buyuk ne'mat deb baholangandi.

Jamiyatning har bir a'zosida hayotga siyosat nuqtai nazaridan qarash shakllantirilgan. Siyosatga zid ish qilishga yo'l qo'yilmagan, u jinoiy-huquqiy javobgarlikni keltirib chiqaruvchi jinoyatga tenglashtirilgan. Leninning siyosat "iqtisodiyotning jamlangan ifodasi" degan juda ma'lum ta'rifi sovet yuridik fanida mashhurlikda kam bo'lmagan "huquq siyosatning jamlangan irodasi"degan jumlada o'z ifodasini topgani tasodifiy emas. Ko'p millatli ulkan mamlakatning butun ijtimoiy hayoti totalitar tuzum tomonidan siyosatning jamlangan ifodasiga aylantirib yuborilgan, chunki uning boshqaruvchilik ta'siri kirib bormagan soha qolmagandi[1].

Mustaqillikka erishgach, milliy tabiatimizga hamda ming yillik an'analarimizga, urf-odatlarimizga zid bo'lgan yolg'on kommunistik g'oyalardan voz kechdik.

Biroq XX asrning oxirida mamlakatimizda ro'y bergan barcha hodisalar umuman ijobiy baholansa-da, baribir, o'sha joyning salbiy tomonlari ham bo'lgan. Sovet mafkurasi tizimi butkul yemirilgach, yuzaga kelgan sharoitda jamiyatimizda badnom bo'lgan kommunistik mafkuraning o'rnini bosadigan muqobil mafkura yo'q edi. O'ziga xos bo'shliq-vakuum paydo bo'ldi. O'tish davridagi ehtiroslar va ziddiyatlar qiynog'ida qolgan yosh respublikamiz bo'shab qolgan mafkuraviy makonni to'ldirishga tayyor emasligi ma'lum bo'ldi.

Ustiga-ustak, bunday masalalarda tajriba yo'qligi va uzoq yillar mobaynida xalqda har qanaqa mafkuraviy " narsalarga" ishonch yo'qolgani jamiyatda, birinchi navbatda, o'sha paytda keskin ko'ndalang bo'lgan iqtisodiy muammolarni hal etish, shuningdek, ijtimoiy kuchlarning hammasini yosh davlatimiz siyosiy va ma'muriy tuzilishining yangi tizimini muhokama qilishga qaratishga olib keldi. Darvoqe, shunga o'xshash vaziyat nafaqat Markaziy Osiyodagi yosh respublikalarda, balki, umuman, sovetlardan keyingi makonda ham yuzaga kelgandi. Endilikda zudlik bilan yosh davlatimiz o'zining milliy istiqlol g'oyasi va mafkurasini ishlab chiqishi kerak bo'ldi. Aks holda insonlar ongida yuzaga kelgan bo'shliq juda yomon oqibatlarga olib kelishishi mumkin edi. Shu o'rinda hurmatli birinchi Yurtboshimiz bu xavfni oldindan sezgan holda quyidagicha fikrlarni ilgari "Bu dunyoda tabiatda ham, jamiyatda ham bo'shliq bo'lmaydi. Qayerdadir paydo bo'ldimi, hech shubhasiz, uni albatta kimdir to'ldirishga harakat qiladi".

MUHOKAMA

Darhaqiqat hech qanday bo'shliqqa, ayniqsa mafkura sohasidagi bo'shliqqa yo'l qo'yib bo'lmaydi. "Tabiat bo'shliqni yoqtirmaydi" - degandi amerikalik mashhur mutafakkir Jorj Bernand Shou - "Kishilar haqiqatni bilmaydigan joyda ular bo'shliqni uydirma bilan to'ldirishadi" Shu sababli ham yangi davlatlar mustaqillikning dastlabki, eng beqaror bosqichida milliy xavfsizlik, barqarorlik va mafkuraviy himoyalanganlik nuqtai nazaridan juda nochor bo'lib qolishgan.

Mafkura sohasida bo'shliqqa yo'l qo'yib bo'lmasligini endi jamiyatimiz a'zolarining ko'pchiligi anglab oldi. Biroq SSSR parchalangach hosil bo'lgan mafkuraviy bo'shliq Markaziy Osiyodagi mustaqil davlatlarning uncha katta bo'lmagan tarixi davomida juda hilmi-hil g'oyalar hamda oqimlar bilan to'ldirila boshlangandi.

Zo'r mashaqqat bilan qo'lga kiritilgan milliy ozodlik qadriyatlarini saqlab qolish uchun butun diqqat-e'tibor iqtisodiyot va boshqaruvning dolzarb muammolariga qaratilgan bir davrda uzoq muddatli davlat mafkurasi yoki milliy g'oya haqida o'ylashga ko'pchilikning imkoniyati bo'lmagandi.

Biroq bugunga kelib, mafkuraviy bo'shliqning yuzaga kelishi va ushbu bo'shliqning uzoq vaqt mavjud bo'lishi bizning orzu-umidlarimiz hamda

intilishlarimizga mutlaqo zid bo'lgan yot g'oyalar kommunistik mafkura tugatilganidan so'ng bo'shab qolgan mafkuraviy makonni egallashga olib kelishi butkul ma'lum bo'lib qoldi. Markaziy Osiyo hududida vaqtincha mafkuraviy bo'shliq yuzaga kelganidan foydalanib qolishga intilayotgan kuchlar borligi bahs talab qilmaydigan faktdir. Bunday buzg'unchi kuchlar manfaati ayon va tushunarlidir. Ularning Markaziy Osiyo hamda O'zbekistonda jiddiy qiziqish bilan qarashning asosiy sabablari avvalgi bobda batafsil ko'rib chiqildi. Bu qiziqish, avvalo, mamlakatimiz tabiiy zaxiralarga boyligi, geosiyosiy nuqtai nazardan juda qulay hududda joylashganligi tufayli yuzaga kelgan. Shu bois ayrim mafkura markazlarining xalqimiz ongiga mafkuraviy ta'sir mexanizmlarini singdirishga, keyinchalik ularning yordamida ustimizdan hukm yuritishga intilish mutlaqo tushunarlidir.

Ushbu kuchlar bugungi kunda o'z maqsadlariga erishish uchun hech narsadan hazar qilmasligi, ular garchi katta mablag' va zamonaviy qurol aslahaga ega bo'lishsa-da, asosiy hamda ta'sirchan quroli, baribir, bizning milliy qadriyatlarimizga mos kelmaydigan, shuning uchun erta-bir kun o'rnimizni bosishi lozim bo'lgan yoshlarning qalbi va ongini zaharlaydigan vayronkor mafkura ekanligi ayon bo'lib qoldi.

Masalan, g'oyalari yoshlarning muayyan qismi tomonidan kutilmaganda qabul qilingan diniy ekstrimizm tahdidini olaylik. Bu hodisa yoshlarimiz ekstrimizmga moyil bo'lgani uchun emas, balki ularning ongi chetdan bo'ladigan mafkuraviy tazyiqqa qarshi kurashish uchun mamlakatda aniq o'ylab chiqilgan biron-bir dastur bo'lmagan, yosh avlod yo'l qo'yilgan xatolardan qutilib qolishida ko'maklashadigan bunday dasturga ega bo'lish zarurati aylanmagan mafkuraviy bo'shliq sharoitida shakllangani uchun sodir bo'ldi.

Xo'sh o'sha tarixiy davrda davlat avj olayotgan mafkuraviy urushga qarshi nimani qurol qilib olishi mumkin edi? Mafkuraviy jihatdan aro yo'lda qolgan jamiyatimizga ommaviy kommunikatsiya kanallari, ommaviy madaniyat vositalari orqali yog'ilgan vayronkor axborotning qudratli oqimiga chinakam samarali qarshilik ko'rsatishda nima yordam berishi mumkin edi?

Birinchi Prezident Islom Karimov bu haqda: "Ayniqsa, hozirgi vaqtda dunyoda kuchayib borayotgan turli ma'naviy tahdidlarning oldini olish,"ommaviy madaniyatning zararli ta'siridan farzandlarimizning ongu-tafakkurini himoya qilishda ilmu-fan va madaniyat jamoatchiligi, ijod ahlining o'rni va roli tobora ortib bormoqda. Nega deganda, bizning milliy ruhimiz va tabiatimizga begona bo'lgan ana shunday"madaniyat" namunalarini faqat tanqid va inkor qilish yoki ularni taqiqlash bilan biron natijaga erishib bo'lmaydi. Bunday xatarlardan hayotimizni asrash, ma'naviy bo'shliqqa yo'l qo'ymaslik uchun avvalambor ezgu insoniy g'oyalar va yuksak mahorat bilan yaratilgan asarlar orqali xalqimizning madaniy saviyasini yuksaltirish, boshqacha aytganda, butun jahon maydonida yuz berayotgan keskin aql-

zakovat va iste'dod musobaqasida bellashuvga qodir bo'lishimiz shart",- deb e'tirof etadilar.

Bizga ma'lumki kommunistik g'oyalar inqirozini boshdan kechirgan mamlakat XXI asr bo'sag'asiga kelib mafkuraviy nochorlik holatiga tushib qoldi. Yuzaga kelgan vaziyatning salbiy oqibatlari XXI asrning boshidayoq diniy fundamentalizm ko'rinishlarida, terrorchilik harakatlarida, shuningdek, avvalroq ommaviy madaniyatning vayronkor ta'siri munosabati bilan tavsiflab o'tilgan ayrim salbiy hodisalar keskinlashuvida o'zini ko'rsatdi. O'zini badnom qilgan eski siyosiy doktrinalar aholining o'zligini anglashda bo'shliqni yuzaga keltiradi va Markaziy Osiyoning yosh mustaqil davlatlari kelajagi hamda yangi davlat mafkurasini shakllantirish zarurligi to'g'risidagi masalani juda ham keskin qo'ydi.

NATIJA

Shunday qilib, mamlakatimiz ijtimoiy va siyosiy rivojlanishining hozirgi bosqichda o'z mafkurasini shakllantirish zarurati hammaga ayon bo'lib qoldi. Chunki har qanday kasalning oldini olish uchun, eng avvalo, inson organizmida ushbu kasallikka qarshi immunitet hosil qilish kerak. Shu bois xavfsizligimizga jiddiy tahdidlar yuzaga kelgan bugungi kunda butun diqqat-e'tiborimizni jamiyatimizda mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratishimiz lozim. "Mafkuraviy immunitet deb, kishilar, shu jumladan yoshlarning jamiyatimiz taraqqiyotiga to'g'onoq bo'ladigan buzg'unchi, vayronkor g'oyalarga qarshi kurasha olish qobiliyatini aytamiz", - deb haqli ravishda yozadi faylasuf olima F.Primova - yoshlar ongida ana shunday mafkuraviy immunitetni shakllantirish g'oyatda muhim masaladir. Bu vazifani amalga oshirishda oilaning o'rni va roli beqiyosdir. Inson ongi va qalbi uchun kurash hozirgi kundagi turli mafkuralarning bosh maqsadiga aylanib qoldi, chunki muayyan g'oya tom ma'noda g'oya bo'lishi uchun kishilar ongini egallashi, aniqrog'i, ularning qalbidan joy olishi shart. Komil inson vujudida qudratli kuchga ega bo'lgan mafkuraviy immunitet bo'lishi shart. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish talab etiladi:

birinchidan, insonning ko'plab xususiyatlari tug'ma bo'lsa-da, uning qalbida doimo mafkuraviy immunitetni shakllantirish, uni bosqisma- bosqich rivojlantirish;

ikkinchidan, mafkuraviy immunitet har bir avlod uchun o'ziga xos xususiyatga ega bo'lishini inobatga olib, tarbiya jarayonini odamlar yoshi, millati, irqi va diniga qarab olib borish;

uchinchidan, immunitet tizimi shakllangandagina mafkuraviy daxlsizlikni ta'minlash mumkinligini unutmaslik kerak. Mafkuraviy immunitet tizimiga quyidagilar kiradi: dunyoviy va diniy bilimlar; dunyoviy, ilmiy,taraqqiyparvar bilimlar zamirida shakllanadigan qadriyatlar. Ammo bilimlar va qadriyatlar tizimining o'zi mafkuraviy immunitetning mohiyatini to'liq ifoda eta olmaydi.Zero, bu ikki element mafkuraviy

immunitetning uchinchi muhim elementi, ya'ni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma'rifiy sohalardagi maqsadlar tizimi hamda shaxs psixologiyasi, milliy xarakteri to'g'ri qaror topmas ekan, inson, millat yoki jamiyat goh oshkora, goh pinhona ko'rinishdagi mafkuraviy tazyiqlarga bardosh berishi amri mahol[2].

XULOSA

Tadqiqotimizdan xulosa shuki, biz tadqiq qilayotgan ommaviy madaniyatning salbiy illatlari har doim ham yaqqol namoyon bo'lavermaydi. Ammo mayda-chuyda ikir-chikirlar bo'lib ko'ringan masalalar kelajak avlod tarbiyasida chuqur salbiy iz qoldirishi mumkin. Bu borada asosiy e'tibor milliy qadriyatlarni avaylab asrash hamda yosh avlodni ajdodlar namunasi asosida tarbiyalash ekanligi hamda buzg'unchi ommaviy madaniyatga kurashishning eng samarali yo'li shaxslarimizda barqaror mafkuraviy immunitet shakllantirish bugungi kun haqiqatidir.

REFERENCES

1. G'oyibnazarov Sh. "Ommaviy madaniyat" qo'llanmasi. Toshkent.-2012.155-bet.

2. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat -yengilmas kuch.-T.: "Ma'naviyat". 2008.-12-b.

3. Shayxislamov, N. (2020). Когнитив тилшуносликда концепт:" Туй" концепти ва унинг универсал табиати. O'zbekistonda innovatsion ilmiy tadqiqotlar va metodlar, 54-60.

4. Shayxislamov, N. (2020). So'z urg'usining o'zbek va ingliz tillaridagi farqlash vazifasining qisqacha tavsifi. O'zbekistonda innovatsion ilmiy tadqiqotlar va metodlar, 13-14.

5. Шукурова, М. А. (2020). СВЯЗЬ ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ С КУЛЬТУРОЙ РУССКОГО И УЗБЕКСКОГО НАРОДОВ. Science and Education, 1(Special Issue 3), 204-211.

6. Ахмедов, Б. А., Шайхисламов, Н., Мадалимов, Т., & Махмудов, К. (2021). SMART ТЕХНОЛОГИЯСИ ВА УНДАН ТАЪЛИМДА ТИЗИМИДА КЛАСТЕРЛИ ФОЙДАЛАНИШ ИМКОНИЯТЛАРИ. Scientific progress, 7(3).

7. Shayxislamov, N. (2020). Gender tilshunosligining fundamental nazariy asoslari va gender masalalari. XXI аср тилшунослиги ва таржимашунослигининг долзарб муаммолари: назария, амалиёт, инновация, 144-146.

8. Шайхисламов, Н. (2020). Абай поэзиясындагы философияльщ сарын. Абай ижоди ва илмий меросини урганиш масалалари, 154-157.

9. Шайхисламов, Н. (2020). МАВКЕИ ЛИНГВОКУЛТУРОЛОГИЯ ДАР СИСТЕМАМ ФАНХ,О ВА ВОБАСТАГИИ ОН БО ЭТНОЛИНГВИСТИКА, СОТСИОЛИНГВИСТИКА ВА ЭТНОПСИХОЛИНГВИСТИКА. Academic research in educational sciences, (4).

10. Шайхисламов, Н. (2020). Фондаментхои технологияи асосии забон ва назарияи гендерй. Мактабгача таълим муассасаларида, умумтаълим мактабларида ва олий таълим муассасаларида чет тиллар уцитишнингузвийлиги, 734-735.

11. Shayxislamov, N. (2021). Lingvomadaniyatshunoslikning shakllanishi va vujudga kelishi. The 21st Century Skills for Professional Activity, (2), 274-276.

12. Kobilova, N., Shayxislamov, N., & Raimova, M. (2021). O 'ZBEK VA INGLIZ PAREMIOLOGIK BIRLIKLARINING QIYOSIY-SEMANTIK TAHLILI. Scientific progress, 1(4).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.