Научная статья на тему 'YOSHLARDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISHNING TA'LIM-TARBIYANING O'RNI'

YOSHLARDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISHNING TA'LIM-TARBIYANING O'RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

3195
281
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
globallash / g„oya / ma‟naviyat / mafkura / tahdid / immunitet / qadryat / madaniyat / ma‟rifat / urf-odat / marosim / interfaol / metod / diniy-ekstremizm / targ„ibot / texnologiya. / globalization / idea / spirituality / ideology / threat / immunity / value / culture / enlightenment / tradition / ritual / interactive / method / religious extremism / propaganda / technology

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Tukhtasin Khudayberganovich Tashmetov

Mamlakatimiz xavsizligini bugungi va ertangi kunini hal qiluvchi kuchi bo„lmish o„sib, unib kelayotgan yoshlarimizni har tomonlama mafkuraviy qurollantirishni zamonnaning o„zi talab qilmoqda. Agar bu tushunchani qurollantirish emas, balki qurollanmog„i kerak desak, bevosita ularni o„z holiga tashlab qo„ygan va ko„ziga “yaltirab” ko„ringan narsani o„zlashtirishga sharoit yaratgan bo„lamiz. Shunday ekan, yoshlarimizda turli xil yot va zararli g„oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitetni yanada rivojlantirish ularni turli xil g„oyaviy va mafkuraviy tahdidlardan asrash, jamiyatda mafkuraviy immunitet hosil qilish orqali taraqqiyot qonunlarini chuqur aks ettiradigan sog„lom, barkamol avlodlarni tarbiyalab voyaga yetkazish lozim. Shundagina biz istiqbolda ma‟naviy barkamol insonni, sog„lom avlodni tarbiyalashga erishamiz. Jamiyatimizning ustuvor vazifalaridan biri ham barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir. Zero, ma‟naviy barkamol insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilarMamlakatimiz xavsizligini bugungi va ertangi kunini hal qiluvchi kuchi bo„lmish o„sib, unib kelayotgan yoshlarimizni har tomonlama mafkuraviy qurollantirishni zamonnaning o„zi talab qilmoqda. Agar bu tushunchani qurollantirish emas, balki qurollanmog„i kerak desak, bevosita ularni o„z holiga tashlab qo„ygan va ko„ziga “yaltirab” ko„ringan narsani o„zlashtirishga sharoit yaratgan bo„lamiz. Shunday ekan, yoshlarimizda turli xil yot va zararli g„oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitetni yanada rivojlantirish ularni turli xil g„oyaviy va mafkuraviy tahdidlardan asrash, jamiyatda mafkuraviy immunitet hosil qilish orqali taraqqiyot qonunlarini chuqur aks ettiradigan sog„lom, barkamol avlodlarni tarbiyalab voyaga yetkazish lozim. Shundagina biz istiqbolda ma‟naviy barkamol insonni, sog„lom avlodni tarbiyalashga erishamiz. Jamiyatimizning ustuvor vazifalaridan biri ham barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir. Zero, ma‟naviy barkamol insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF EDUCATION AND UPBRINGING IN THE FORMATION OF IDEOLOGICAL IMMUNITY IN YOUNG PEOPLE

Time itself requires comprehensive ideological disarmament of the growing youth, who are the decisive force for the security of our country today and tomorrow. If we were to say that this concept should be armed, not armed, we would create the conditions to master what left them in their position and " shone” in their eyes. Thus the further development of young people's ideological immunity to fight various alien and harmful ideas, their protection from various ideological and ideological threats, the formation of ideological immunity in society should lead to the upbringing of a healthy, harmoniously developed generation that deeply reflects the laws of development. Only then will we be able to raise a spiritually harmonious person, a healthy generation in the future. One of the priority tasks of our society is the upbringing of a harmoniously developed generation. After all, only spiritually perfect people can create a great future

Текст научной работы на тему «YOSHLARDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISHNING TA'LIM-TARBIYANING O'RNI»

YOSHLARDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISHNING

TA'LIM-TARBIYANING O'RNI

Tuxtasin Xudoyberganovich Tashmetov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti toshmetovtuxtasin@gmail .com

ANNOTATSIYA

Mamlakatimiz xavsizligini bugungi va ertangi kunini hal qiluvchi kuchi bo'lmish o'sib, unib kelayotgan yoshlarimizni har tomonlama mafkuraviy qurollantirishni zamonnaning o'zi talab qilmoqda. Agar bu tushunchani qurollantirish emas, balki qurollanmog'i kerak desak, bevosita ularni o'z holiga tashlab qo'ygan va ko'ziga "yaltirab" ko'ringan narsani o'zlashtirishga sharoit yaratgan bo'lamiz. Shunday ekan, yoshlarimizda turli xil yot va zararli g'oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitetni yanada rivojlantirish ularni turli xil g'oyaviy va mafkuraviy tahdidlardan asrash, jamiyatda mafkuraviy immunitet hosil qilish orqali taraqqiyot qonunlarini chuqur aks ettiradigan sog'lom, barkamol avlodlarni tarbiyalab voyaga yetkazish lozim. Shundagina biz istiqbolda ma'naviy barkamol insonni, sog'lom avlodni tarbiyalashga erishamiz. Jamiyatimizning ustuvor vazifalaridan biri ham barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir. Zero, ma'naviy barkamol insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar.

Kalit so'zlar: globallash, g'oya, ma'naviyat, mafkura, tahdid, immunitet, qadryat, madaniyat, ma'rifat, urf-odat, marosim, interfaol, metod, diniy-ekstremizm, targ'ibot, texnologiya.

THE ROLE OF EDUCATION AND UPBRINGING IN THE FORMATION OF IDEOLOGICAL IMMUNITY IN YOUNG PEOPLE

Tukhtasin Khudayberganovich Tashmetov

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region toshmetovtuxtasin@gmail .com

ABSTRACT

Time itself requires comprehensive ideological disarmament of the growing youth, who are the decisive force for the security of our country today and tomorrow. If we were to say that this concept should be armed, not armed, we would create the conditions to master what left them in their position and " shone" in their eyes. Thus,

the further development of young people's ideological immunity to fight various alien and harmful ideas, their protection from various ideological and ideological threats, the formation of ideological immunity in society should lead to the upbringing of a healthy, harmoniously developed generation that deeply reflects the laws of development. Only then will we be able to raise a spiritually harmonious person, a healthy generation in the future. One of the priority tasks of our society is the upbringing of a harmoniously developed generation. After all, only spiritually perfect people can create a great future.

Keywords: globalization, idea, spirituality, ideology, threat, immunity, value, culture, enlightenment, tradition, ritual, interactive, method, religious extremism, propaganda, technology.

KIRISH

Bugungi kunda yoshlarimizni turli xil yot va zararli g'oyalar va vayronkor g'oyalarga qarshi barqaror mafkuraviy immunitetini mustahkamlashda ularning dunyoqarashini boyitish, Vatanga sadoqat, uning taraqqiyotiga daxldorlik hissi, milliy g'ururni shakllantirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirish, hozirgi zamondagi keskin intellektual - ma'naviy raqobatga javob bera oladigan, mustaqil qarorlar qabul qilishga qodir bo'lgan yuksak malakali mutaxassis kadrlar etib tarbiyalash muhim ahamiyatga egadir[1]. Zero, bu globall o'zgarishlar davrida uzluksiz ta'lim tarbiya tizimining oldida turgan muhim vazifalard an biridir. Shu boisdan ham o'tmishimiz va kelajagimiz uchun qudrat bag'ishlaydigan milliy iftixor tuyg'usi bilan biz yangi avlodlarni tarbiyalashimiz, o'z milliy davlatchiligimizni mustahkamlab borishimiz lozim. Bu jarayonda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yosh avlodga etkazishning infrastrukturasi va texnologiyasini yanada takomillashtirish masalasi zararli va yot g'oyalarni, mafkuraviy tahdidlarni bartaraf qilish orqali ularning mafkuraviy immunitet shakllanishi muhim omili ekanini hayotiy tajribaning o'zi isbotlamoqda.

METODOLOGIYA

Xalqimizni turli g'oyaviy va mafkuraviy tahdidlardan asrash, jamiyatda mafkuraviy immuniet hosil qilish uchun uni, avvalo, taraqqiyot qonunlarini chuqur aks ettiradigan sog'lom, insonparvar g'oya va mafkura bilan qurollantirish kerak. O'zligimizni, odob - axloqimizni, merosimiz, qadriyatlarimiz va milliy ruhimizni zararli g'oyalar va mafkuralar ta'siridan avaylab-asrash, ularga qarshi fuqarolarimiz va yoshlarimiz qalbida mafkuraviy immunitetni akllantirish orqaligina milatni mafkurasini asrash va yanada yuksaltirishimiz mumkin. Mafkuraviy immunitet

yuksaltirishda ta'lim-tarbiyaning ahamiyati kattadir. Shu boisdan ham, ta'lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri "Shaxs manfaati va ta'lim ustuvorligi"dir. Shunday ekan, bugun barcha davlatlar ta'limiga imkon qadar ko'p yangilik kiritishga intilmoqda. Yangilik yaratishga intiluvchan shaxsni tarbiyalash uchun mazmuniga ijodkorlik ruhi va motivlari hukm surishi lozim[2]. Bunda innovatsion faoliyat subyektining talablarini qondirishdan innovatsion faoliyat subyekti ehtiyojining majmuaviyligini anglash va shakllantirishgacha bo'lgan amaliy faoliyati jarayonida yuzaga keluvchi subyektning yangilikni yaratish va o'zlashtirishga bo'lgan ehtiyoj va qiziqishlarni o'zida ifoda etuvchi kuch bo'lmog'i lozim. Uzluksiz ta'lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta'lim - tarbiya samaradorligini yangi sifat bosqichiga ko'tarishdan asosiy maqsad yoshlarimizning ma'naviy, huquq va manfaatlarini himoyalash ularning zamonaviy bilim va kasbga ega bo'lishini bugungi o'ta murakkab va tahlikali zamonda mavjud bo'lgan har qanday xatarga zararli ta'sir va oqimlarga nisbatan ogoh va hushyor bo'lib yashashini va jamiyatimiz hayotida munosib o'rin egallashini ta'minlashdan iborat hisoblanadi.

Uzluksiz ta'lim tizimining shakllanishi o'z-o'zidan kadrlar tayyorlash jarayonining yangicha mazmun kasb etishini ta'minlaydi. Barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga yo'naltirilgan uzluksiz ta'lim tizimi (shu jumladan, tarbiya) jarayonining yangi mazmuni mazkur jarayonga ilm fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan g'oya, kashfiyot va yutuqlarning tatbiq etilishi. Ushbu jarayonda demokratik, insonparvarlik tamoyillarining ustuvor o'rin tutishi, ta'lim va tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish (ya'ni, ta'lim-tarbiya jarayonining asosiy subyektlaridan biri bo'lgan o'quvchi - ta'lim oluvchi shaxsning hurmat qilinishi[3]. Uning sha'ni, or-nomusi, qadr-qimmati va huquqlari daxlsizligining ta'minlanishi), ta'lim oluvchi (o'quvchi)ning zamonaviy pedagogik jarayondagi faol ishtirokini yuzaga keltirish uchun muayyan shart sharoitlarni yaratish, ularning xohish-istaklari bilan o'rtoqlashish, shaxsiy tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash, ularda mustaqil fikr yuritish layoqatini tarbiyalash, bu borada muayyan ko'nikma hosil qilish, hosil qilingan ko'nikmaning faoliyat malakasiga aylanishga rag'bat bildirish, o'quv (manbalari va ko'rsatmali vositalar) mazmunida yuqorida qayd etilgan g'oyalarning o'rin olishiga erishish, ta'lim oluvchilarda bilim olishga nisbatan ichki ehtiyoj, qiziqish, rag'batni yuzaga keltirish, shuningdek, ongli munosabatni qaror toptirish va hokazolar asosida yaratiladi.

NATIJALAR

Birinchi Prezident I.A. Karimov "Maqsadimiz - erkin shaxsni tarbiyalash" deganda har tomonlama mustaqil, o'zining va millatining qadr-qimmatini teran idrok

etuvchi, shaxsiy fikrlarini sobit turib himoya qila oladigan avlodni voyaga yetkazishni nazarda tutadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ham bu borada quydagi fikrlarni bildiradi, "Yoshlarimiz haqli ravishda Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo'lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g'urur va iftixor bag'ishlaydi.

Shu maqsadda hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta'lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-o'qituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga puxta ta'lim berish, ularni jismoniy va ma'naviy yetuk insonlar e tib tarbiyalashdan iboratdir[4]-deb ta'kidlaydilar. Yurtboshimiz o'zining barcha nutq va ma'ruzalarida kelajagimiz yosh avlodning qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog'liq ekanligini ko'p marotaba o'qitish barobarida, ularni ham ma'nan, ham jismonan va intellektual jihatdan yetuk bo'lishlariga alohida e'tibor berish masalasini ilgari surmoqda. Shu nuqtai nazardan, O'zbekistonning taraqqiyotini ta'minlay oladigan, uni jahonning ilg'or mamlakatlari darajasiga ko'tarilishiga hissa qo'shuvchi dadil, mustaqil fikrlovchi, bilimli, malakali mutaxassis, shuningdek, ijobiy sifatlarga ega bo'lgan kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish jarayoni tashkil etadi[5]. Shu nuqtai nazardan, o'sib kelayotgan avlodni istiqlol va uning qadriyatlariga sodiqlik, xalqparvarlik va vatanparvarlik, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda ijtimoiy institutlar sifatida nafaqat ta'lim-tarbiya dargohlari, balki oila, mahalla, O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi, jamoat hamda nodavlat-notijorat tashkilotlaridan har birining roli alohida ahamiyat, ta'sir kasb etadi.

MUHOKAMA

Mamlakatimiz xavfsizligini bugungi va ertangi kunini hal qiluvchi kuchi bo'lmish o'sib, unib kelayotgan yoshlarimizni har tomonlama mafkuraviy qurollantirish ya'ni ularni turli xil yot va zararli g'oyalar ta'siridan himoya qilish orqali ularning mafkuraviy immunitetini shakllanish lozimligini bugungi davrning o'zi talab qilmoqda. Agar bu tushunchani qurollantirish emas, balki qurollanmog'i kerak desak, bevosita ularni o'z holiga tashlab qo'ygan va ko'ziga "yaltirab" ko'ringan narsani o'zlashtirishga sharoit yaratgan bo'lamiz. Pok qalbli yoshlarimizni, pok niyatlarini o'g'rincha bilib olgan va ularning ezgu g'oyalarini asta-sekinlik bilan yot g'oyaga aylantirishga sabab bo'layotgan, faqat sirtidangina jozibador, asli esa puch bo'lgan g'oyalar ta'siridan qutulishning birdan-bir yo'li bu - ma'rifatdir. Demak, biz yoshlar "Fikrga qarshi fikr, g'oyaga qarshi g'oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish" kerakligiga har doim ham amal qilish lozimligini unutmasligimiz kerak. Shundagina yoshlarda mafkuraviy immunitetning

mustahkamligi milliy va umuminsoniy qadriyatlariga, madaniy merosi, urf-odatlari, an'analari, tili, tarixini huimat qilishi, unga bo'lgan e'tiqodi va sadoqati o^ali namoyon bo'ladi. Shundagina u millatni globallashuv jarayoni bilan bog'liq bo'lgan ayrim tahdidlardan saqlaydi.

XULOSA

Demak, milliy g'oyani xaT Ыг inson, ayniqsa yoshlaming qalbi va ongiga singdirish orqali ularda mafkuraviy immunitet shakllanishi, ma'naviy, axloqiy, tarbiyaviy sifatlarni har tomonlama yuksaltirish, bugungi kunning davr talabidir. Zero, milliy g'oyamizda aks ettirgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, hamda milliy tiklanishdan-milliy yuksalish kabi g'oyato albatta, yoshlarda mafkuraviy immunitet shakllanishiga xizmat qilishi shubhasizdir.

REFERENCES

1. Ташметов, Т. Х. (2020). Миллий FOяни ёшлар онгига сингдиришнинг замонавий усуллари. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 326-331.

2. Tashmetov, Т. K. (2020). THE IMPORTANCE OF THE USE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN RAISING THE SPIRITUALITY OF YOUNG PEOPLE. Monthly Peer Reviewed & Indexed International Online Journal, 6(11), 25-27.

3. Tashmetov, Т. Х. (2020). PROSPECTS FOR RELYING ON THE BASIS OF THE NATIONAL IDEA IN PROTECTING YOUNG PEOPLE FROM HARD AND HARMFUL IDEAS. International Journal For Innovative Engineering and Management Research, 9(11), 81-86.

4. Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini biïgalikda barpo etamiz. T.: O'zbekiston. 2016.B-14.

5. Ташметов, Т. Х. (2020). ËШЛAPГA БЕPИЛAËТГAН ИМKОНИЯТЛAPНИНГ ТAPБИЯДAГИ AXAMRflTO. "Science and Education" Scientific Journal, 1(7), 617-624.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.