Научная статья на тему 'JON LOKKNING SIYOSIY-FALSAFIY QARASHLARIDA DAVLAT BOSHQARUVI VA UNING TASNIFLARINING AKS ETISHI'

JON LOKKNING SIYOSIY-FALSAFIY QARASHLARIDA DAVLAT BOSHQARUVI VA UNING TASNIFLARINING AKS ETISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2338
198
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Boshqaruv / G‘arb / SHarq / davlat / sud / ijtimoiy munosabat / nodavlat boshqaruv / ma’muriy ijro / hamkorlik / sub’ekt / ob’ekt / mulk / mintaqa / xususiy / Administration / West / East / State / Court / Social Relations / Non Government Administration / Administrative Enforcement / Cooperation / Subject / Object / Property / Region / Private

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Elmurotov Jamshid Shodiyorovich

Maqolada Jon Lokkning siyosiy-falsafiy qarashlarida davlatning asosoiy vazifalari, davlat boshqaruvi, davlat tashkilotlarining boshqaruv funksiyalari, davlat boshqaruvining bir necha turlarga tasniflanishi bo‘yicha so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REFLECTION OF GOVERNMENT AND ITS CLASSIFICATIONS IN THE POLITICAL AND PHILOSOPHICAL VIEWS OF JOHN LOCK

The article discusses the main tasks of the state in the political and philosophical views of John Locke, public administration, management functions of public organizations, the classification of public administration into several types.

Текст научной работы на тему «JON LOKKNING SIYOSIY-FALSAFIY QARASHLARIDA DAVLAT BOSHQARUVI VA UNING TASNIFLARINING AKS ETISHI»

Scientific Journal Impact Factor

JON LOKKNING SIYOSIY-FALSAFIY QARASHLARIDA DAVLAT BOSHQARUVI VA UNING TASNIFLARINING AKS ETISHI

Elmurotov Jamshid Shodiyorovich Toshkent arxitektura-qurilish instituti katta o'qituvchisi

...xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qiladigan vaqt keldi1.

Annotatsiya: Maqolada Jon Lokkning siyosiy-falsafiy qarashlarida davlatning asosoiy vazifalari, davlat boshqaruvi, davlat tashkilotlarining boshqaruv funksiyalari, davlat boshqaruvining bir necha turlarga tasniflanishi bo'yicha so'z boradi.

Kalit so'zlar: Boshqaruv, G'arb, SHarq, davlat, sud, ijtimoiy munosabat, nodavlat boshqaruv, ma'muriy ijro, hamkorlik, sub'ekt, ob'ekt, mulk, mintaqa, xususiy

Abstract: The article discusses the main tasks of the state in the political and philosophical views of John Locke, public administration, management functions of public organizations, the classification of public administration into several types.

Keywords: Administration, West, East, State, Court, Social Relations, Non -Government Administration, Administrative Enforcement, Cooperation, Subject, Object, Property, Region, Private

Аннотация: В статье рассматриваются основные задачи государства в политико-философских воззрениях Джона Локка, государственное управление, управленческие функции общественных организаций, классификация государственного управления на несколько типов.

Ключевые слова: Администрация, Запад, Восток, Государство, Суд, Социальные отношения, Неправительственное управление, Административное исполнение, Сотрудничество, Предмет, Объект, Собственность, Регион, Частный

1 Мирзиёев Ш.М. Миллий таравдиёт йулимизни катъият билан давом эттириб, янги бос^ичга кутарамиз. -Тошкент: «Узбекистан» НМИУ, 2 0 1 7 .- 56 б.

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH.

Hozirgi kunda davlatlar tomonidan olib borilayotgan boshqaruv siyosatini ko'plab G'arb va Sharq faylasuflari, siyosatchilari ilmiy jihatdan o'rganishgan va tahlil qilishgan.

Masalani eng muhim jihatlaridan biri, avvalo olib borilayotgan siyosatni insonparvarlik tamoyillariga asoslanishini e'tibor qaratilishi hech kimga sir emas.

«Davlatni boshqarish to'g'risida ikki risola» asarida Lokk har qanday zamonaviy sotsial hodisa, xususan, davlat boshqaruvi kabi katta ijtimoiy ahamiyatga molik hodisani tushunishga intilish bizni bu masalaning tabiati va mohiyatiga murojaat qilishga undaydi, degan fikrni bildirib o'tadi. Jamiyatda yuz beradigan ko'pgina voqea-hodisalar boshqaruv masalasi bilan bog'liq. Lotincha "administratio" degan atama rahbarlik qilishni (kimgadir, nimagadir) bildiradi.

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Mazku maqolada Jon Lokkning siyosiy-falsafiy qarashlarida davlat boshqaruvi va uning bugungi kundagi xususiyatlari haqida fikrlar tahlil qilindi. Jon Lookning" Tabiat qonuni bo'yicha tajribalar" nomli kitobi metodologik manba bo'lib belgilandi. Shu bilan birga Sh.M. Mirziyoyevning asarlaridan keng foydalanildi.

Lokk fikricha, boshqaruv - bu hech istisnosiz barcha tashkilot a'zolarining faoliyat yo'nalishini ta'minlaydigan, butun tashkilot va uning ayrim qismlarini belgilangan maqsad doirasida ushlab turadigan ushbu tashkilotning spetsifik, ya'ni o'ziga xos xususiyatga ega bo'lgan idorasining vazifasi.

Masalan, davlat musassasasidagi bo'lim xodimlar ish vaqti, ular mehnatining miqdori va sifatini, boshqa bo'limlar bilan munosabatlar va boshqa holatlarni nazorat qiladigan me'yor va qoidalarga ega.

Bu bo'lim rahbariyati, boshqaruv vazifasini bajarar ekan, mukofotlash yoki jazolash usullarini qo'llagan holda, amalda bu me'yor va qoidalarga qanchalik rioya etilayotganini nazorat qiladi. Lokk fikricha, boshqaruvning umumiy xususiyatlari quyidagilar: 1. Harakat va bashoratlarning umumiy yo'nalishlarini rejalashtirish. 2. Insoniy va moddiy resurslarni tashkil qilish. 3. Xodimlar harakatini qulay holatda ushlab turish uchun farmoyish va ko'rsatmalar berish. 4. Umumiy maqsadlarga erishish uchun turli harakatlarni muvofiqlashtirish hamda tashkilot a'zolari xatti-harakatlarini mavjud qoida va me'yorlarga muvofiq holda nazorat qilish.

Aytish kerakki, bular boshqaruv bo'yicha mutaxassis amalga oshirishi mumkin bo'lgan harakatlarning barchasi emas. Tajriba shuni ko'rsatmoqdaki, bunday

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

mutaxassisning reklama ishlari, qo'shimcha mablag'lar undirish va ko'pgina boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanishiga to'g'ri keladi. Haqiqiy boshqaruvchi yuksak malakali xodim bo'lishi o'z-o'zidan ravshan. Tashkilotda boshqaruv vazifalarini bajarish bilan shug'ullanadiganlar byurokratik ma'muriyat deb ataladigan alohida guruhga kiradi.

Lokk, biz boshqaruv tegishli ijtimoiy ahamiyatga molik maqsadlarga erishish yo'lida amalga oshiriladigan faoliyatlarni o'zida mujassam etadi, degan xulosaga kelamiz deydi.

Insonning turli hayot sohalariga ta'sir ko'rsatishi nuqtai nazaridan quyidagi boshqaruv turlari ajratib ko'rsatiladi:

1. Hayvonot va o'simlik dunyosiga zarur shaklda ta'sir ko'rsatish yo'lini tanlash bilan bog'liq bo'lgan biologik boshqaruv.

2. Texnologik jarayonlar, mexanizmlar va shunga o'xshash holatlarni boshqarish bilan bog'liq texnologik boshqaruv.

3. Insonning insonga ta'sir qilish vositalarini shakllantiradigan, insoniy jamiyat boshqaruvini nazarda tutadigan ijtimoiy boshqaruv.

O'z navbatida Lokkning e'tiroficha, ijtimoiy boshqaruvning o'zi quyidagi xususiyatlarga ega:

1. Bu boshqaruv turi odamlar birgalikda yashaydigan joyda bo'ladi.

2. Insonlarning hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etishni bosh maqsad qilib qo'yadi.

3. Asosiy elementi boshqaruv sub'ekti (boshqaradigan element) va boshqaruv ob'ekti (boshqariladigan element) bo'lgan yaxlit tizim sifatida namoyon bo'ladi.

4. Ijtimoiy munosabatlarning regulyatori, ya'ni posangisi sifatida maydonga chiqadi.

5. Boshqaruv munosabatlari ishtirokchilari irodasining ma'lum ma'noda bo'ysunish holatida bo'lishiga asoslanadi (boshqaruv sub'ekti "o'z hukmronligi"ni amalga oshiradi, boshqaruv ob'ekti esa ongli ravishda unga bo'ysunadi).

Ijtimoiy boshqaruvning ikki turi ajratib ko'rsatiladi:

1. Davlat ishlarini boshqarish (davlat boshqaruvi)

2. Nodavlat boshqaruvi (nodavlat tuzilmalardagi boshqaruv)2.

Lokk ta'kidlashicha, davlat boshqaruvi, davlat hokimiyati va odil sudlovni amalga oshirish bilan birga, davlatning faoliyat shakli hamdir. Davlatning mazkur faoliyat turlaridan har biri davlat funksiyalarini amalga oshirish jarayonida o'z vazifasi, ma'no-mazmuni va xos xususiyatlari bilan ajralib turadi.

2 Очилов Ш. Ижтимоий уз -узини бош^ариш тажриба ва муаммолар. Т.Узбекистон. 1990. 83 бет.

Scientific Journal Impact Factor

Odatda davlat boshqaruvi haqida gap ketganda, bu so'z ham keng, ham tor ma'noda ishlatiladi. "Davlat boshqaruvi" atamasi keng ma'noda davlatning turli-tuman jamoat aloqalarini tashkil qilish bo'yicha butun faoliyatini bildiradi hamda barcha davlat 3okimiyati idoralari - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati ishini qamrab oladi.

"Davlat boshqaruvi" tushunchasining tor ma'nodagi mazmunini sharhlar ekanmiz, ba'zi ma'muriy soha xodimlari bu tushunchaga turli ma'nolar yuklashini qayd etmasdan bo'lmaydi. Ayrim huquqshunoslar davlat boshqaruvi - bu birinchi galda barcha davlat idoralarining ma'muriy-ijrochilik faoliyatidan iborat deb hisoblaydi. Bizning nazarimizda, davlat boshqaruvini bunday talqin qilish uning ma'no-mazmunini to'liq aks ettirmaydi, chunki bunday qarash davlat idoralarining quyidagi tashkilotchilik faoliyatini inkor etadi.

Zaichenko fikricha, Lokk davlat boshqaruvining tavsifi haqida ham alohida to'htalib o'tadi3. Davlat boshqaruvi - ijrochilik xususiyatiga ega bo'lgan yagona davlat hokimiyatini amalga oshirish faoliyatining yagona ko'rinishi. Bunday boshqaruv birinchi galda qonunlar, xukumat qarorlarini hayotga joriy etishga qaratilgan. Bundan tashqari, bu qonun hujjatlari ijrosini ta'minlash uchun davlat idoralari (davlat boshqaruvi sub'ektlari) davlat hokimiyati vakolatlariga ega va bajarilishi shart bo'lgan ko'rsatmalar - hokimiyat nomidan buyruqlar berishga haqli. Davlat boshqaruvi xo'jalik, ijtimoiy-madaniy va ma'muriy-siyosiy qurilishga rahbarlik qilish jarayonida amalga oshiriladi.

1. Ma'muriy-ijro tizimining yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga qarab harakat qilishi (vertikal sistema).

2. Davlat boshqaruv sub'ektlarining yuridik-hokimiyat vakolatlarini ma'muriy tartibda amalga oshirishi.

3. Boshqaruv sub'ektlari huquqiy me'yorlarni mustaqil o'rnata oladigan ma'muriy qonun ijodkorligi imkoniyatining mavjudligi.

SHuningdek, Lokk davlatning ijtimoiy vazifalari va davlat boshqaruvi ko'rinishlari borasida ham o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tadi. Uning fikricha, davlatning vazifalari - bu davlatning milliy va umumbashariy mohiyati va ijtimoiy vazifasini aks ettiradigan asosiy faoliyat yo'nalishlaridan iborat. Bu vazifalar davlat hududi doirasida amalga oshiriladigan ichki vazifalar va uning sarhadlaridan tashqarida amalga oshiriladigan tashqi vazifalarga bo'linadi.

3 3aMHeHKO r. A. flwoH ^OKK. M., 1973.

Scientific Journal Impact Factor

Faoliyat davomiyligiga qarab, davlat vazifalari doimiy va ma'lum bir vazifani bajarish bilan o'z harakatini tugatadigan, favquloddalik xususiyatiga ega bo'lgan muvaqqat (masalan, tabiiy ofatlar, katta halokatlar, g'ayrikonstitutsiyaviy harakatlar va hokazo) vazifalarga bo'linadi.

SHu tariqa bugungi madaniy davlatning vazifalari jamiyatning normal hayoti va taraqqiyotini tashkil etish, shu jamiyat fuqarolari va xalqining huquq, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakat ichkarisi va tashqarisidagi ziddiyat va qarama-qarshiliklarni hal etishga qaratilgan.

Davlatning vazifalari o'zaro bog'liq va bir-birini to'ldiradi.

Davlatning ijtimoiy rolining mohiyati barcha fuqarolarning umumiy xohish-irodasini hech bo'lmaganda rasman ifoda etgan holda, butun jamiyatga maqsadni nazarda tutuvchi, tashkillashtiruvchi, muvofiqlashtiruvchi ta'sir o'tkazishdan iborat. SHuning uchun davlat tomonidan o'zining ijtimoiy vazifalarini bajarishni belgilab beradigan ikki jihatni ko'rsatish mumkin. Biri - davlat fuqarolarning ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari va xohish-irodasini o'zida qanchalik mujassam etishining ko'rsatkichi; ikkinchisi - davlatning ijtimoiy jarayonlarni qanday boshqarayotgani, jamiyat taraqqiyotini ta'minlayotgani bilan bog'liq4.

Umuman olganda, davlat jamiyatning hayotiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash bo'yicha xilma-xil vazifalarni bajaradi. Va ularning barchasi muayyan darajada boshqaruv bilan bog'liq bo'lib, boshqaruv tizimi va apparati orqali amalga oshiriladi.

Davlat apparati davlat hokimiyatini amalga oshirish vositasi bo'lgan, asosiy vazifalarni bajarish, mamlakat taraqqiyotining turli bosqichlarida jamiyat oldida turgan maqsadlarga erishishga ko'maklashadigan davlat idoralari tizimini o'zida aks ettiradi.

Apparat har qanday davlatning eng muhim tarkibiy qismidir. Uning yordamida davlat va qisman jamoat ishlarini boshqarish amalga oshiriladi. Jamiyat rivojlanib borgani sari bu boshqaruv, u bilan birga esa davlat apparati ham tinimsiz murakkablashib, takomillashib boradi.

Davlatning boshqaruv vazifasi davlatning deyarli barcha vazifalarini qamrab oladi, shu bois, menejment nuqtai nazaridan, davlatning vazifalari - bu boshqaruv vazifalarining majmuasi, deb aytish mumkin.

Davlatning asosiy boshqaruvchilik vazifalari rahbarlik, muvofiqlashtirish, tashkil etish, nazorat, sotsiumni saqlash va rivojlantirish maqsadida qarorlar qabul qilish, uning tuzilishi va faoliyatini tartibga keltirish, fuqarolar xavfsizligini

4 Сочинения в 2 т. Т. 2 / Сост., ред., авт. примеч.В. В. Соколов; Пер. с лат. и англ.— М.: Мысль, 1991.- С.

Scientific Journal Impact Factor

ta'minlash, ularning har tomonla faoliyat ko'rsatishi uchun qulay sharoitlar yaratishdan iborat.

Lokk davlat boshqaruvining o'ziga xos xususiyati bu boshqaruv qamrab oladigan ijtimoiy hodisalarnining xarakteri va miqyosini belgilaydi degan xulosaga keladi. Siyosiy jihatdan davlat ta'sirining mazmuni umumiy ishlarni hal qilish, jamiyatni belgilab olingan maqsadlar sari safarbar etish, faqat ayrim fuqarolar va ijtimoiy guruhlar emas, balki butun jamiyat ehtiyojlarini qondirishni nazarda tutadi.

Davlatning ta'sir vositalari va usullaridan foydalanishning farqli xususiyati -davlatning huquq-tartibotni muhofaza qilish idoralarining kuchi yordamida qonuniy asosda majburlash imkoniyatining mavjudligida.

Davlat o'zining tarkibiy tuzilishi va aloqalariga ko'ra murakkab hamda vazifalariga ko'ra esa ko'pfuqaroli ijtimoiy hodisa o'laroq davlat boshqaruviga ham tizimlilik xususiyatini bag'ishlaydi. Bu tizimda ko'plab davlat idoralari va boshqa tuzilmalar, ko'psonli mansabdor shaxslar va boshqa xizmatchilar, millionlab kishilar ishga solinadi. Davlat boshqaruvida turli qimmatbaho moddiy, moliyaviy va intellektual resurslar 3amda keng ko'lamli axborotdan foydalaniladi.

Lokk fikricha, davlat boshqaruvi ko'plab boshqaruvga oid qaror va harakatlardan tashkil topadi. O'z-o'zidan ayonki, faqat davlat boshqaruvining tizimliligi unga kelishuv asosida, subordinatsiya, muvofiqlik, sobitqadamlik, ratsionallik, samaralilik kabi zarur xususiyatlarni bag'ishlaydi5.

Davlat boshqaruvini o'rganishga tizimli yondashish uni bir necha murakkab tizimlarning faoliyati sifatida anglash imkonini beradi, ular orasida quyidagilarni ajratib ko'rsatish mumkin:

1. Boshqaruvchi tizim - davlat boshqaruv sub'ektini belgilovchi sifatida.

2. Boshqariladigan tizim - butun jamiyat va uning davlat ta'siriga tortilgan tarkibiy qismlari boshqaruv ob'ektlari sifatida.

3. O'zaro hamkorlik tizimi - davlat va jamiyatning aloqalarini amalga oshiradigan turli institutlari:

a) to'g'ri va teskari yo'nalishdagi;

b) bo'ylama va yonlama (vertikal va gorizontal) yo'nalishdagi;

v) bo'ysunadigan hamda qo' llab-quvvatlaydi gan va boshqalar6.

Sub'ektiv va ob'ektiv bog'liqlik davlat boshqaruvi tavsifining mohiyatini belgilaydi. Sub'ekt axborot jo'natadi (buyruq tarzidagi axborot), ob'ektdan esa javob axboroti (buyruqqa munosabat) keladi.

5 Локк Дж. Опыты о законе природы. // Локк Дж. Сочинения: В 3 т. Т. 3. - М., 1988. С.47

6 Бош^арув мезонлари. Болиев А. Курбонов М. Тафаккур журнали. 2002 йил 4 - сон. 4 - бет.

Scientific Journal Impact Factor

Har qanday boshqarnv sub'ekt va ob'ektning o'zaro bog'liqligida namoyon bo'ladi. To'g'ri va teskari yo'nalishdagi aloqaning tezkorligi boshqaruv sub'ekti va ob'ektining shakli va xarakteriga bog'liq. Bu mezon bo'yicha davlat boshqaruvining demokratik va avtoritar xususiyatini farqlash mumkin. Agar boshqaruvning to'g'ri yo'nalishdagi aloqalari (buyruq tarzidagi axborot) ustunlik qilib ketsa, teskari aloqa sust rivojlangan yoki deyarli to'sib qo'yilgan bo'lsa, avtoritar boshqaruv haqida gapirish mumkin. Agar to'g'ri yo'nalishdagi aloqa bilan birga teskari aloqa ham yaxshi rivojlangan bo'lsa, demokratik boshqaruv haqida gapirish mumkin.

Markaz (hokimiyatning markaziy idoralari) va mintaqalarning o'zaro aloqasining xususiyatlariga ko'ra subordinatsiyali va muvofiqlashtiruvchi boshqaruv farqlanadi.

Muvofiqlashtiruvchi boshqaruv hokimiyatning yagona markaziy idorasi bilan birga to'liq yoki qisman mustaqillikka ega bo'lgan joylardagi idoralar ham mavjud bo'lgan federatsiya yoki konfederatsiya shaklida amalga oshiriladi.

Subordinatsiyali boshqaruv unitar davlatlar uchun xos bo'lgan joylardagi hokimiyatning markazga ma'muriy bo'ysunishi, quyi boshqaruv idoralariga ta'sir o'tkazish, yuqori boshqaruv idoralaridan keladigan buyruqlarga majburan bo'ysundirishga asoslanadi.

Mulk shakllaridan foydalanish mezoniga ko'ra quyidagi boshqaruv turlari farqlanadi:

- federal boshqaruv;

- mintaqaviy boshqaruv;

- munitsipal boshqaruv;

- xususiy (korporativ) boshqaruv.

Boshqariladigan ob'ektga ta'sir o'tkazishga ko'ra quyidagi soha (funksional) va hududlar boshqaruvi mavjud:

1. Soha (funksional) boshqaruvi markazdan to korxonagacha bo'yiga bo'ysunish bo'lishini nazarda tutadi; bunday holat tarmoqda yagona texnikaviy siyosatni joriy etadigan, tarmoq ichidagi va tarmoqlararo muvozanatni ta'minlaydigan tarmoq vazirliklari orqali amalga oshiriladi.

2. Hududiy boshqaruv ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish, ixtisoslashuvni chuqurlashtirish va mintaqalarni kompleks rivojlantirish, ularning iqtisodiy va ijtimoiy darajasini tenglashtirishga qaratilgan7.

Muvaqqat harakat me'yorlarining miqyosiga bog'liq holda, boshqaruv strategik, taktik va tezkor ko'rinishlarga bo'linadi.

7 Локк Дж. Сочинения : В 3 т. - Т. 3. - М. : Мысль, 1988. - С. 374

Scientific Journal Impact Factor

1. Strategik boshqaruv jamiyat taraqqiyoti bilan bog'liq masalalar yuzasidan to'liq yoki ayrim yo'nalishlar, sohalar, ob'ektlar, hududlar bo'yicha uzoq muddatli mo'ljallarni belgilab beradi, jamiyat rivojining maqsadlari, vazifalari, stategiyasini aniqlaydi va boshqaruvning har bir bo'g'iniga faoliyat yo'nalishi beradi. Strategik boshqaruv asosi strategik rejalar, taraqqiyot konsepsiyasi va uzoq muddatli maqsadlarga erishishning yo'li va usullarini aks ettiradigan boshqa hujjatlardir.

2. Taktik boshqaruv - belgilangan maqsadlarni amalga oshirish bo'yicha aniq harakatlardir. Bu qisqa muddatli boshqaruv bo'lib, unda mavjud axborot negizida strategik mazmundagi ko'rsatkichlar doimo ma'lum davrda erishilgan natijalar bilan qiyoslanadi.

3. Tezkor boshqaruv joriy yoki kutilmagan chekinishlar natijasida paydo bo'ladigan vazifalarni hal qilishga qaratilgan. Bunda aniq, sonu sanog'i o'lchamli mo'ljallar qo'yiladi va vaziyatdan kelib chiqib yondashuv qo'llanadi, vujudga kelgan shart-sharoit asosida ma'qul variant tanlab olinadi.

Aksilinqiroz (antikrizis) boshqaruv deb nomlangan vaziyatga oid boshqaruvning o'ziga xos shakli ham mavjudki, u korxonalarning bankrotlikka tushishi oldini olish va shu tadbirni o'tkazish uchun joriy etiladi hamda majburiy tashqi boshqaruv hisoblanadi.8 CHunki bu boshqaruv korxonaning o'zi mansub bo'lmagan boshqa tizimdagi idoralar tomonidan amalga oshiriladi. Bu boshqaruv arbitraj boshqaruvchisi va tanlov asosida olingan boshqaruvchilarni, shuningdek, davlat boshqaruv idoralari bilan shartnoma asosida ish yuritadigan qarzdor korxona boshqaruvchilarini qamrab oladi. Bu boshqaruv maxsus boshqaruvchilar orqali professional boshqaruvga aylanadi. Davlat bilan munosabat hokimiyat tizimidagi kabi emas, balki tomonlarning shartnoma asosidagi rasmiy tengligigiga asoslanadi.

Lokk davlat boshqaruvida qonuniylik va tartib-intizommasalasiga ham to'htalib, davlat boshqaruvi, yuridik nuqtai nazardan, alohida huquqiy munosabatlarni mujassam etadi degan fikrni bildirib o'tgan edi. Bu munosabatlar davlat va jamiyat, davlat hokimiyati idoralari, ularning mansabdor shaxslari, davlat xizmatchilari va fuqarolar, jamiyat va davlat ishlarini boshqarish ishida davlat hokimiyati va boshqaruvini amalga oshirish bo'yicha hamkorlik jarayonida ularning tashkilotlari o'rtasida shakllanadi.

Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining demokratik qadriyatlari hukmron bo'lgan hozirgi davrda erkin va mas'uliyatli shaxsni kamol toptirish uchun shart-sharoit yaratishdagi ularning o'rni va ahamiyati haqidagi tasavvurlar davlat boshqaruvining ijtimoiy munosabatlarini huquqiy tartibga solishning boshlang'ich

8 Очилов Ш. Ижтимоий уз -узини бош^ариш тажриба ва муаммолар. Т.Узбекистон. 1990. 162 бет.

Scientific Journal Impact Factor

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

nuqtasi bo'lib xizmat qiladi. Davlat qurilishi va uni boshqarish oqibatlari qanday bo'lishi ko'p jihatdan shunga bog'liq. Davlat va uning tomonidan amalga oshiriladigan hokimiyat va boshqaruvga huquq va qonunga bog'liq huquqiy hodisa sifatida qarash davlat boshqaruvining ijtimoiy munosabatlarini huquqiy tartibga solishning asosiga aylanadi.

Lokk davlat boshqaruv haqida ham fikr yuritib, qadimgi Rim davlati zamonlaridan buyon huquq (jus) keng ma'noda nafaqat davlat fuqarolari uchun majburiy bo'lgan milliy qonunlar majmuasi (lex), balki odamlarning o'z umumiy ehtiyojlari, manfaatlari va irodasi to'g'risidagi, xususiy va ijtimoiy axloqdagi o'zaro mos ideal va qadriyatlar, gumanizm va adolat haqidagi, zarur va istalgan narsalar, muhim va farz amallar xususidagi tasavvurlarini aks ettiradigan ijtimoiy hodisadir deydi9.

Insonlar ijtimoiy hayot faoliyatining turli ko'rinishlari huquq yordamida ularning shaxsiy, jamoaviy va jamoatchilik aloqalarida tartibga tushadi. Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish amaliy va bunyodkorlik ahamiyatiga ega bo'lib, shaxsiy va jamoaviy, xususiy va ijtimoiy, individual va jamoatchilik manfaatlarini o'zaro murosaga keltirgan, kelishgan holda, ularni rasmiy-oshkora (davlat hokimiyati bilan) va xalqaro munosabatlarda ma'lum bir chegaralarga tushirib qo'yadi.

Davlat, butun huquqiy tizim sub'ekti o'laroq, huquqning har bir alohida sub'ektiga - fuqarodan tortib butun jamiyatgacha - shaxsiy xatti-harakatlari doirasida ham, insoniy sivilizatsiya miqyosida yoki uning geosiyosiy tizimlarida ham o'z-o'zini ifoda qilish, o'z-o'zini rivojlantirish va o'zini qaror toptirish imkonini ta'minlaydi.

Davlat fuqarolikning yuridik rishtalari bilan bog'liq jamiyat shakli, insonlar hamjamiyati sifatida, hokimiyat va boshqaruv vazifalarini amalga oshirish bilan band professionallar apparati sifatida huquqiy majburlash mexanizmlaridan foydalangan holda, ijtimoiy munosabatlarni normallashtirish va umumiy ehtiyojlar, manfaat va farovonlikka uyg'unlashtirish maqsadida o'zining boshqaruvchilik, tashkil etuvchilik va tartibga soluvchilik borasidagi ta'sirini o'tkazadi.

Davlatning jamiyat ishlarini boshqarish bo'yicha burch va vazifalari amalda joriy etiladigan ijtimoiy munosabatlar umumlashtirilgan holda davlat boshqaruv munosabatlari deb ataladi. Bu munosabatlar nafaqat davlat hokimiyati idoralarining amaldagi qonunchilikka muvofiq tashkil etilishi va faoliyat yuritishi, balki davlat hokimiyati vazifalarining jamiyat va davlat ishlarini boshqarish maqsadida amalga

9 Рассел Б. История западной философия. 2-е изд.,-Новосибирск: Изд-во Новосиб. ун-та, 1999. - С.170

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

oshiriladigan vakolatlarga muvofiq joriy etilishi bilan bog'liq holda paydo bo'ladi, o'zgaradi va barham topadi.

Huquqiy munosabatlar - bu huquq normalari bilan tartibga solingan ijtimoiy munosabatlar. Davlat boshqaruvining huquqiy munosabatlari - bu davlat va jamiyat ishlarini boshqarish zarurati munosabati bilan davlat hokimiyatini amalga oshiradigan, huquq me'yorlari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar.

Huquqiy me'yor - bu davlat tomonidan o'rnatilgan, davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladigan, o'zgaradigan va barham topadigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish maqsadini ko'zlaydigan xatti-harakat qoidalari.

Bu sub'ektlar tomonidan bajarilishi shart bo'lgan va ko'p bora bajarishga mo'ljallangan davlat ko'rsatmasidir.

Bu davlat boshqaruvi sohasidagi huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining huquq va burchlarini aniqlash va mustahkamlash shaklidir.

Bu davlat tomonidan kafolatlangan xatti-harakatdir.

Huquq me'yorining o'ziga xos tomoni shundaki, sub'ektlarning davlat tomonidan belgilab qo'yilgan xatti-harakat qoidalari ma'muriy choralar va tartib-intizom mas'uliyati bilan himoya qilinadi. Huquqiy munosabatlar sub'ektlari - bu ma'lum harakatlar sodir etish huquqi va majburiyatiga ega bo'lgan kishilardir. Davlat boshqaruvi sohasida - bu birinchi galda davlat idoralari, mansabdor shaxslar, hokimiyat vakillari, davlat xizmatchilari.

Lokk fikricha, huquqiy munosabatlar quyidagi turlarga bo'linadi:

O'zining ma'no-mazmuniga ko'ra: moddiy (boshqaruv sohasida paydo bo'ladigan) va protsessual (boshqaruv jarayonida uni amalga oshirish qoidalarini tartibga solgan holda shakllanadigan) huquqiy munosabatlar.

Odatda moddiy munosabatlar protsessual huquqiy munosabatlar vositasida tartibga solinadi10. Ular ishtirokchilarning huquq va burchlariga nisbatan olganda bo'yiga qarab yo'nalgan (vertikal) bo'ladi, unda ishtirokchilardan biri boshqasiga bo'ysunadi. Gorizontal munosabatlarda esa ishtirokchilar bir-biriga bo'ysunmaydi. YUridik omillar xususiyatiga ko'ra, huquqiy munosabatlar huquqiy mezonga mos, ya'ni huquqiy omillar, voqea va holatlar natijasida paydo bo'lgan hamda huquqiy mezonga mos bo'lmagan munosabatlarga bo'linadi.

Vakolatlarni belgilash va davlat miqyosidagi mansabdor shaxslarga uni amalga oshirish uchun tegishli davlat-hokimiyat vakolatlarini berish - davlat boshqaruvini huquqiy tartibga solishning muhim qismlaridan biri.

10 B.K03ÖaHeHK0 Taxpnpn ocragara gapc^HK. M. "OraTyT", 2002, 436-6eT.

Scientific Journal Impact Factor

Vakolatlar (polnomochiya) - davlat organi va mansabdor shaxsning belgilab berilgan vazifa-vakolatlarni bajarish uchun ularga berilgan huquq va majburiyatlar birligidir.

Vazifa-vakolatlar (kompetensiya) - davlat organi yoki mansabdor shaxsning Konstitutsiya, qonun yoki me'yoriy hujjatlar bilan belgilab berilgan vakolatlar majmui bo'lib, ular o'z faoliyati davomida shundan tashqariga chiqishi mumkin emas.

Idoraviy vakolat (vvedenie) - konstitutsiyaviy tushuncha o'laroq davlat va jamiyat hayotining ma'lum sohalarida hokimiyat-boshqaruv faoliyatini amalga oshirish huquqini bildiradi.

Davlat organining huquqiy maqomi quyidagilardir: davlat organini davlat apparati umumiy tarkibiy tuzilmasidagi holati va uning hokimiyat-boshqaruv faoliyat turiga (qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati), maxsus ixtisoslashgan kichik tizim tizimlarga (umumiy vakolatlar, huquq-tartibot, harbiy va boshqa tizimlar) mansubligi; davlat organi vakolatlarining ma'lum faoliyat sohasida ular bajaradigan vazifa va vakolatlarning yuridik ifodasi sifatidagi birligi; davlat organi faoliyatining tashkiliy tuzilmasi, prinsiplari, shakllari, usullari va tartib-qoidalari, ma'lum masalalarni amalga oshirish tartibi va boshqalar11.

Huquqiy tartibga solishning me'yoriy asosi - davlat organlari hujjatlarida odamlarning ma'lum bir ijtimoiy munosabatlardagi xatti-harakatlari me'yor-qoidalarini ishlab chiqish va mustahkamlash ayni shu tartibga solishning ma'no-mohiyatini belgilaydi deb hisoblash mumkin. Hokimiyat tuzilmalarining davlat boshqaruvi natijasida vujudga keladigan va uning huquqiy tartibga solish predmetini shakllantiradigan o'zaro munosabatlari: davlat (uning idoralari), jamiyat (jamiyat ishlari boshqaruvi davlat apparati orqali amalga oshiriladi) va fuqarolar o'rtasidagi munosabatlarni; davlat idoralari o'rtasidagi ularning maqomi, davlat hokimiyati vazifalarini amalga oshirishdagi boshqaruv predmeti, boshqaruvi va shunga muvofiq tarzda vazifa va vakolatlarning taqsimlanishi bo'yicha o'zaro munosabatlarini; odamlarning (fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, ikkifuqarolikka ega bo'lganlar) hokimiyat-boshqaruv munosabatlarida davlat irodasi ta'sirining sub'ekti va ob'ekti, masalan, davlat hokimiyat idoralari vakolatlarining bajarilishini ta'minlaydigan davlat xizmatchilari sifatida hamda jismoniy va yuridik shaxs sifatida davlat bilan (davlat hokimiyat idoralari bilan) muloqotga kirishadigan jamoatchilik hayot faoliyatining ishtirokchisi sifatidagi munosabatlarini namoyon etadi.

11 HOKK A®. COH.: B 2 T. -T. 2. -M., 1960. C.26.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Boshqaruv mezonlari. Boliev A. Qurbonov M. Tafakkur jurnali. 2002 yil 4 - son. 4 - bet

2. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

3. Mirziyoev SH.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - Toshkent: «O'zbekiston» NMIU, 2 0 1 7 .- 56 b.

4. Ochilov SH. Ijtimoiy o'z -o'zini boshqarish tajriba va muammolar. T.O'zbekiston. 1990. 83 bet.

5. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

6. PULATOV SH.N. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Academic Research In Educational Sciences. Volume 1. 2020 468474 P.

7. Pulatov Sh.N.Sankhya-ancient Indian philosophical school. //PUSTAK BHARATI RESEARCH JOURNAL// JAN-June. ISSUE Toronto, Canada. No: 1-2, 2020.

8. Saidov S.A., Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo'shgan hissasi. // "Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences" Scientific journal Volume 1, 2021. 332-336 P.

9. Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahlili/Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

10.Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

11.Zaichenko G. A. Djon Lokk. M., 1973.

12. В.Козбаненко тахрири остидаги дарслик. М. "Статут", 2002, 436-бет.

13. Локк Дж. Опыты о законе природы. // Локк Дж. Сочинения: В 3 т. Т. 3. -М., 1988. С.47

14. Локк Дж. Соч.: В 2 т. -Т. 2. -М., 1960. С.26.

15. Локк Дж. Сочинения : В 3 т. - Т. 3. - М. : Мысль, 1988. - С. 374

16. Рассел Б. История западной философия. 2-е изд.,-Новосибирск: Изд-во Новосиб. ун-та, 1999. - С.170

17. Сочинения в 2 т. Т. 2 / Сост., ред., авт. примеч.В. В. Соколов; Пер. с лат. и англ.— М.: Мысль, 1991.- С. 156

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.