Научная статья на тему 'BOSHQARUV ILMIGA SHARQ MUTAFAKKIRLARINING ILMIY QARASHLARI'

BOSHQARUV ILMIGA SHARQ MUTAFAKKIRLARINING ILMIY QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

3019
285
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagog / boshqaruv / rahbar / shaxs / yomon odat / ilm-ma’rifat / adolat / davlat. / teacher / management / leader / person / bad habit / knowledgeenlightenment / justice / state

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Fotima Uralovna Jumanova, Saloxiddin Abdusalomov Alfayzov

Maqolada bugungu kun pedagog xodimlaridan boshqaruv ilmini egallashda tarixga nazar tashlashlari va buyuk allomalarimiz qarashlariga murojaat qilish zarurligi tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCIENTIFIC VIEWS OF EASTERN THINKERS ON MANAGEMENT SCIENCE

The article analyses the needs for today's teachers to look at history and apply the views of our great scholars in the acquisition of management science

Текст научной работы на тему «BOSHQARUV ILMIGA SHARQ MUTAFAKKIRLARINING ILMIY QARASHLARI»

BOSHQARUVILMIGA SHARQ MUTAFAKKIRLARININGILMIY

QARASHLARI

Fotima Uralovna Jumanova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti zumanovafatima@gmail .com

Saloxiddin Abdusalomov Alfayzov

Toshkent viloyat Chirchiq pedagogika instituti magistranti [email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolada bugungu kun pedagog xodimlaridan boshqaruv ilmini egallashda tarixga nazar tashlashlari va buyuk allomalarimiz qarashlariga murojaat qilish zarurligi tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: pedagog, boshqaruv, rahbar, shaxs, yomon odat, ilm-ma'rifat, adolat, davlat.

SCIENTIFIC VIEWS OF EASTERN THINKERS ON MANAGEMENT

SCIENCE

Fotima Uralovna Jumanova

Associate Professor of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

[email protected]

Saloxiddin Abdusalomov Alfayzov

Master student of Chirchik Pedagogical Institute of Tashkent region [email protected]

ABSTRACT

The article analyses the needs for today's teachers to look at history and apply the views of our great scholars in the acquisition of management science.

Keywords: teacher,management, leader,person, bad habit, knowledge-enlightenment,justice, state.

KIRISH

Bugungi kunda mamlakatimizda zamonaviy ta'lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish, ta'lim muassasalarini zimmasiga yuklangan vazifalarni yuqori professional darajada bajarishga qodir bo'lgan rahbar va pedagog kadrlar bilan ta'minlash, rahbar va pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksiz tizimini tashkil etish va takomillashtirish, pedagoglarning kasbiy mahorati sifati va darajasini muntazam oshirib borishning huquqiy-me'yoriy asoslari yaratildi va moddiy-texnik bazasi kengaytirildi. Zamon yoshlarining jahon talabi darajasida bilim olishlari uchun bo'lajak mutaxassislarni innovasion tayyorlash, zamonaviy ta'limni amalga oshirish bo'yicha dunyoning yetakchi oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlari tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarda bo'lajak pedagoglarning kasbiy mahorati mezonlari, innovasion ta'lim muhitini yaratish muammolari, xalqaro ta'lim standartlari talablarining joriy qilinishiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Olib borilayotgan tadqiqotlarda o'qituvchilarning pedagogik kompetentligi tarkibini zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayonida muvaffaqiyatli qo'llash, dars jarayonini boshqarish kabi indikatorlar asosida kengaytirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar muhim o'rin tutadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Rahbar shaxsini o'rganish muammosi kishilik jamiyatining barcha davrlarida muhim masala bo'lib kelgan. Buning asosiy sababi birinchidan, har bir davrdagi ijtimoiy munosabatlar o'ziga xos ravishda ijtimoiy mavqye jihatidan kimningdir yuqori darajada turishini taqozo etgan bo'lsa, ikkinchidan, insonlarning hayot kechirish tarzi, ravnaqi, darajasi, farovonligi, baxtli turmush kechirishi shu yuqori mavqyedagi shaxsga, uning turli fazilatlari va xislatlariga bog'liq bo'lganligidir.

Bugungi kun pedagogining zamon talablariga javob berishini aniqlash, shaxsni shakllantirishda tarbiyaning maqsad va vazifalari, qoidalari, ta'lim va tarbiya metodlari, uning qadimiy ildizlari (genezisi)ni aniqlashda Sharqning taniqli qomusiy olim va mutafakkirlarining hissalari kattadir. Buyuk Sharq mutafakkirlari Konfusiy, AlXorazmiy, Al-Kindiy, Al-Forobiy, Al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Hayyom, Sa'diy Sheroziy, Mirzo Ulug'bek, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburlar birinchilardan bo'lib ta'lim metodlarini ilmiy asoslab berishgan.

Tadqiqot mavzuiga oid Sharq mutafakkirlarning o'z asarlarida keltirib o'tgan borshqaruv ilmiga xos qarashlarini psixologik-pedagogik jihatdan tahlil qilish, qiyosiy tahlilmetodlaridan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Boshqaruv - bu tartibga solish darajasini oshirish orqali ijtimoiy tizim faoliyatini takomillashtirishga yo'naltirilgan, faoliyatning maxsus shakli.

Boshqaruv jarayonining mohiyati maqsad - natijani mos kelish yo'nalishi bo'yicha harakatni yo'lga solishdan iborat bo'ladi.

Sharqda o'z ta'limoti bilan tarixda qolgan buyuk Xitoy faylasufi Konfusiy, Kun Fuszi (mil. av. 551-479) asarlari, boshqaruv to'g'risidagi qarashlari oradan ming yillab vaqt o'tib borayotgan bo'lsa-da dolzarbligini yo'qotayotgani yo'q. Zero, Xitoyda Konfusiy axloqiga binoan inson dunyo tartiboti tizimida favqulodda o'rin tutishi, umumiy dunyo taqdiri uchun mas'ullik hissining cheksizligi targ'ib etilsa, kosmologiya g'oyasida siyosat va kosmik ritm o'rtasida murosa o'rnatilishi asoslangan. Xitoy siyosati esa "inson o'ziga kim" deb emas, "inson davlat uchun kim" degan savolga javob izlar edi. Inson jamiyatda faqat o'z qobiliyatiga tayanib, qachon undan foydalanishlari muddatini kutib yashashga mahkum etilgan edi. Shu boisdan ham Xitoyda davlat jamiki jarayonlarni boshqaruvchi kuch sifatida jamiyatda har bir individning ijtimoiy mavqyeini ham belgilab boruvchi omil vazifasini o'tar edi. Konfusiy osmoniy g'oya nazariyasini ijtimoiy-psixologik tadqiq etgan holda ma'rifiy bo'yoqlar bilan yanada rivojlantirdi.

O'rta asrlarda yashagan, mashhur olim Abu Nasr Forobiy jamiyat taraqqiyotida rahbarning xizmati benihoya katta ekanini ta'kidlab, o'zi orzu qilgan adolatli jamiyat rahbari bir qator fazilatlarga ega bo'lishi lozimligini alohida uqtirib o'tgan. "Kimki birovni baxt va saodatga erishtirish uchun zarur bo'lgan ish-harakatlarga ruhlantira olish qobiliyatiga ega bo'lmasa va bu ish-harakatni bajara olishga qudratsiz bo'lsa, bunday odam sira ham rahbar bo'la olmaydi. Ular yo'l-yo'riqlarni o'tmishda yashab o'tgan boshliqlardan o'rganadilar, lekin shu bilan birga, rahbar kelajak o'tmishdagi rasm-rusm, yo'l-yo'riqlarni isloh qilishni lozim topsa, turmush sharoiti taqozosiga qarab o'zgartiradi. Shuningdek, yomon odatlarni o'zida ifodalovchi o'tmishni ham o'zgartirmog'i kerak. Aks holda o'tmishning talablariga rioya etib, uning kayfiyati saqlansa, turmushda hyech qanday yengillik, o'zgarish va o'sish ham bo'lmaydi. Uning nazarida har bir rahbar:

1. Sog'-salomat bo'lishi;

2. Nozik farosatli bo'lishi, fikrlarni tezda ilg'ab olishi va umumiy ahvolni ravshan tasavvur etishi;

3. Ko^gan va eshitganlarini xotirasida to'liq saqlay olishi;

4. Zehni o'tkiï va o'zi zukko bo'lishi;

5. O'z fikrini ravshan va chiroyli so'zto bilan tushuntira olishi;

6. Ilmu ma'rifatga doimo intilishi;

7. O'z nafsini tiya olishi;

8. Haq va haqiqatni, odil va haqgo'y odamlarni sevishi;

9. O'z qadrini biluvchi, pastkashlikdan yuqori turuvchi, or-nomusli va oliyhimmat inson bo'lishi;

10. Mol-dunyoga qiziqmaydigan bo'lishi;

11. Haqsizlik va razolatga qarshi murosasiz adolatparvar inson bo'lishi;

12. Qat'iyatli, jur'atli va jasur bo'lishi lozim.

Forobiy bu talablarni har bir rahbarning zimmasiga bejiz qo'ymagan, chunki yuqorida sanab o'tilgan oliy insoniy fazilatlarga ega bo'lgan inson nafaqat o'zining barkamolligi, balki boshqalarning baxtsaodati yo'lida ham ko'p xayri ishlarni amalga oshira olishi shubhasiz.

Forobiy ta'limotini davom ettirgan holda, Yusuf Xos Hojib o'zining "Qutadg'u bilig" ("Baxtga eltuvchi bilim") asarini yaratdi. Xalq orasida "hukmdorlar odobi" nomi bilan mashhur bo'lgan bu asar rahbarning asosiy fazilatlariga, uning zimmasidagi vazifalarga bag'ishlangan. Mazkur asarda hukmdor yoki rahbar uchun eng asosiy mezon adolat, uning qanoti esa bilim va qanoat bo'lishi lozimligini asar muallifi alohida ta'kidlab o'tadi. "Qutadg'u bilig"da mamlakat boshlig'i bo'lish uchun kishining tag-tubi, asl nasli toza, andishali, pokiza xulqli, aql-idroki kuchli bo'lishi, g'aflatda qolmasligi, yolg'on gapirmasligi shart, degan yo'l-yo'гiqlaг berilgan. Muallifning ta'kidlashicha, El uchun ikki narsa mustahkam tayanchdir: biri xushyorlik, ikkinchisi adolat. Ikkalasi adolat ildizidir.

XV asrda Sharqda siyosiy-huquqiy ta^imotto tarixi rivojiga katta hissa qo'shgan olim Jaloliddin Muhammad Ibn Asad as-Siddiqiy al-Davoniy (1427-1502) o'zining "Axloqi Jaloliy" asarida boshqaruv jarayoniga oid qarashlarini bayon etgan. Jumladan, asar uch qismdan iborat bo'lib, birinchi qismda axloq haqidagi qarashlar, ikkinchi qismda oilani boshqarish haqidagi qarashlar va uchinchi qismda shahar (davlat)ni boshqarish va podshohlar siyosati to'g'risidagi fikr-mulohazalar qayd etilgan. E'tiborii tomoni shundaki, Davoniy ushbu "Axloqi Jaloliy" asarida jamiyatni adolatli - fozil shaharga va johil shaharlarga bo'ladi. Forobiy kabi Davoniy ham fozil

shahar boshqaruvchisida o'nta eng yaxshi fazilat mujassamlangan bo'lishi kerak deydi. Bulardan:

- birinchisi hukmdor odamlarni e'zozlashi;

- ikkinchisi davlat ishlarini adolatli ijro etishi;

- uchinchisi hirs va shahvatga berilmasligi;

- to'rtinchisi hukmdorlikda shoshma-shosharlik va g'azabga yo'l qo'ymasligi, balki shafqat va muruvvatga asoslanishi;

- beshinchisi xalqning ehtiyojini qondirish uchun Xudoning irodasidan kelib chiqishi;

- oltinchidan xalq ehtiyojini qondirishga oid ishlarni bajarishga harakat qilishi;

- yettinchisi xalqqa nisbatan odil bo'lishi; sakkizinchi har bir ishni maslahatlashib, kengashib hal etishi;

- to'qqizinchisi har bir kishini uning qobiliyatiga monand lavozimga tayinlashi, qobiliyatsiz kishilarga yuqori lavozim bermaslikni;

- o'ninchisi adolatli farmonlar chiqarishi, qonunni buzishga yo'l qo'ymaslik kabilardir.

1-rasm. Yusuf Xos Hojibning boshqaruv sohasidagi qarshlarni tizimlashtiririlishi

XULOSA

Demak Davoniy kabi boshqa mutaffakirlar fikriga ko'ra, jamiyatning paydo bo'lishi, davlat va uni boshqarish masalalari, adolatli hukmdor masalasi jamiyatdagi aqliy va axloqiy tarbiyaga bog'liq bo'ladi. Shuningdek, davlat va uni boshqarishda,

xalqning farovon hayot kechirishida hukmdorlarning o'mi, ilm-fanining o'rni alohida ahamiyat kasb etadi. Olimlarning jamiyatda, davlatni boshqarishda tutgan o'rniga katta ahamiyat beradi, uning fikriga ko'ra haqiqiy olim davlat ishlarida faol qatnashishi, jamiyatga foyda keltiradigan murakkab muammolarni yechishda ishtirok etishi kerak.

Yuqorida olib borilgan nazariy tahlilidan ko'rinadiki, tarixiy davlatchilik hududimizda yashab ijod etgan mutafakkirlar, davlat arboblari, namoyandalar asarlari va qarashlari boshqarish, rahbarlik muammolariga bag'ishlangan bo'lib, ularda ijtimoiy voqyelikka nisbatan ijtimoiy-psixologik yondashish, insonparvarlik g'oyalari ustuvor etib olingandir.

REFERENCES

1. Беруни Абу Райхан. Индия. Соч., т.2. - Т.: «Фан», 1963. - С. 8-125.

2. Форобий Абу Наср. Фозил одамлар шахри. - Т.: А.Кодирий номидаги хал; мероси нашриёти, 1993. - Б 167-170.

3. Юсуф Хос Хржиб. Кутадгу билиг. - Т.: "Фан", 1972. - Б. 163.

4. Узбекистан миллий энциклопедияси. 10-жилд. Шарк - Кизилкум. - Т.: "Узбекистан миллий энциклопедияси" Давлат илмий нашриёти, 2005. - Б. 169170.

5. Узбекистан миллий энциклопедияси. 1-жилд. А - Бешбали;. - Т.: "Узбекистан миллий энциклопедияси" Давлат илмий нашриёти, 2000. - Б. 217723.

6. Узбекистан миллий энциклопедияси. 9-жилд. Туйчи Х,офиз - Шаршара. - Т.: "Узбекистан миллий энциклопедияси" Давлат илмий нашриёти, 2005. - Б. 288292.

7. Хдйитов О.Э. Олий таълим муассасаси урта бугин рахбарлари психологик компетентлигини моделлаштириш: Психол. фан. док. ... дис.: 19.00.05. -Тошкент: ТошДПУ, 2020. - 318 б.

8. Ураков Ш. Р. Олий таълим муассасаларида булажак укитувчиларни тайёрлашнинг компетент ёндашувга асосланган педагогик тизимини такомиллаштириш: П. ф. ф.д. Автореферата.: 13.00.01. - Самарканд: СамДУ, 2018. - 48 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.