Научная статья на тему 'FUQAROLIK JAMIYATINI QURISH JARAYONI: O’ZGARISHLAR VA ISTIQBOLLAR'

FUQAROLIK JAMIYATINI QURISH JARAYONI: O’ZGARISHLAR VA ISTIQBOLLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

1325
124
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inson kapitali / islohot / fuqarolik jamiyati / o‟zgarish / yangilanish / ongning o‟zgarishi / qonun ustuvorligi / ijtimoiy-siyosiy tuzum / human capital / reform / civil society / change / renewal / change of consciousness / rule of law / socio-political system

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Pardaxol Normamatova, Abdimumin Jumayev

Ushbu maqolada fuqarolik jamiyati qurish yo‟lida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar va ularning asosiy yo‟nalishlari masalasi muhokama qilingan., Ong va tafakkurning ijtimoiy o‟zgarishlarni amalga oshirishdagi ahamiyati atroflicha tahlil qilingan. Fuqarolik jamiyatini o‟zgartirish va faoliyatini tashkil qilishga doir bir nechta konsepsiyasi va uning innovatsion mohiyati yoritib beriladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CIVIL SOCIETY BUILDING PROCESS: CHANGES AND PROSPECTS

This article discusses the reforms being carried out in our country on the way to building a civil society and their main directions. The role of consciousness and thinking in the implementation of social change is analyzed in detail. Several concepts of civil society transformation and organization and its innovative nature are highlighted.

Текст научной работы на тему «FUQAROLIK JAMIYATINI QURISH JARAYONI: O’ZGARISHLAR VA ISTIQBOLLAR»

FUQAROLIK JAMIYATINI QURISH JARAYONI: O'ZGARISHLAR VA

ISTIQBOLLAR

Pardaxol Normamatova

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Abdimumin Jumayev

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada fuqarolik jamiyati qurish yo'lida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar va ularning asosiy yo'nalishlari masalasi muhokama qilingan., Ong va tafakkurning ijtimoiy o'zgarishlarni amalga oshirishdagi ahamiyati atroflicha tahlil qilingan. Fuqarolik jamiyatini o'zgartirish va faoliyatini tashkil qilishga doir bir nechta konsepsiyasi va uning innovatsion mohiyati yoritib beriladi.

Kalit so'zlar: inson kapitali, islohot, fuqarolik jamiyati, o'zgarish, yangilanish, ongning o'zgarishi, qonun ustuvorligi, ijtimoiy-siyosiy tuzum.

CIVIL SOCIETY BUILDING PROCESS: CHANGES AND PROSPECTS

Pardaxol Normamatova

Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy

Abdimumin Jumaev

Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy

ABSTRACT

This article discusses the reforms being carried out in our country on the way to building a civil society and their main directions. The role of consciousness and thinking in the implementation of social change is analyzed in detail. Several concepts of civil society transformation and organization and its innovative nature are highlighted.

Keywords: human capital, reform, civil society, change, renewal, change of consciousness, rule of law, socio-political system.

KIRISH

Insoniyat tarixi shundan guvohlik beradiki fuqarolik jamiyatining mavjudligi demokratik tipdagi siyosiy tizim shakllanishining eng muhim sharti hisoblanadi. Aslida biz o'rganishni boshlayotgan fuqarolik jamiyati aholi ijtimoiy faolligining davlat organlari faoliyatiga bog'liq bo'lmagan turli shakllarini o'zi ichiga olgan majmuani ifodalaydi hamda jamiyat tuzilishining haqiqiy darajasini namoyon etadi.

Fuqarolik jamiyati tushunchasi ifodalaydigan ijtimoiy aloqalar majmui u yoki bu mamlakat xalqiga xos bo'lgan fuqarolik munosabatlarining sifat ko'rsatkichi bo'lib, ijtimoiy sohada davlat va jamiyat funksiyalarini farqlaydigan asosiy mezon hisoblanadi. Bu aloqalar majmui hamisha transformatsiyalashuvi va dinamik hususiyat kasb etishi bilan e'tiborni tortadi.

Jamiyatda haqiqiy demokratiya sharoitida, ya'ni siyosiy hokimiyatning jamiyat va uning a'zolari ustidan hukmronligi emas, balki jamiyatning davlatga nisbatan so'zsiz birlamchiligi sharoitida insonning tom ma'nodagi erkinligi ta'minlanishi mumkin va bu darajaga erishish uchun davlat va jamiyat o'rtasida muntazam vakolatlar va vazifalarni o'zgarib turishi lozimligi namoyon bo'ladi. Bunday jamiyatga o'tish tarixiy jihatdan uzoq davom etadigan jarayon bo'lib, u fuqarolik jamiyatining shakllanishi bilan bog'liqdir.

Jamiyat tushunchasi bilan "fuqarolik jamiyati" tushunchasi o'rtasida nafaqat chambarchas bog'liqlik, balki juda jiddiy farqlar ham mavjuddir. Insonlar o'rtasidagi munosabatlar majmui hisoblangan jamiyat o'z taraqqiyotining takomilga etgan bosqichida, ma'lum sharoitlarda fuqarolik jamiyatiga aylanadi. SHu nuqtai-nazardan, garchi mohiyatida mavhumlik namoyon bo'lsa-da, "fuqarolik" tushunchasi negizida aniq va tugal mazmun mavjud. Fuqarolik jamiyati kategoriyasi jamiyatning tuzilishi va o'z-o'zini boshqarish nuqtai-nazardan sifat jihatidan yangi holatni ifodalaydi, davlat va shaxs manfaatlarning muqobilligini namoyon etadi. Bunda inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat sifatida namoyon bo'ladi. SHu tufayli nafaqat oddiygina fuqarolik jamiyati xususiyatlariga ega bo'lmagan "nofuqarolik jamiyati"ni, balki shaxsga tazyiq o'tkazadigan, jamiyat a'zolarining ijtimoiy va shaxsiy hayotini to'liq nazorat qiladigan jamiyatni ham fuqarolik jamiyatiga qarshi qo'yish mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Fuqarolik jamiyati tushunchasining o'zi keng va tor ma'noda qo'llaniladi. Keng ma'noda fuqarolik jamiyati jamiyatning davlat tuzilmalarining nazorati etib bora olmaydigan barcha qismini qamrab oladi. U tabiiy-tarixiy taraqqiyot davomida davlatdan mustaqil bo'lgan muxtor soha sifatida vujudga keladi va o'zgarib boradi.

Bu fikrlarni tasdig'I o'laroq Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek, «Bugun biz yangi davlat, yangi jamiyat qurayotgan ekanmiz, - deydi I.Karimov, - bu tizimda ijtimoiy - siyosiy munosabatlar, odamlarning ongi va tafakkuri ham o'ziga xos, shu bilan birga, mutlaqo yangicha ma'no kasb etishi shubhasiz. Avvalo, shaxs bilan davlat, inson bilan jamiyat munosabatlari batamom yangicha mazmun va shakl topishi, yangi xususiyatlar, yangi tamoyillarga asoslanishi kerak»dir[1].

Fuqarolik jamiyati tor ma'noda tushunadigan bo'lsak, shu tushuncha nuqtai-nazaridan, huquqiy jamiyat bilan bevosita bog'liq bo'lib, boshqacha aytganda, bu ikki tushuncha biri ikkinchisisiz mavjud bo'la olmaydi. Fuqarolik jamiyati bozor va demokratik huquqiy davlatchilik sharoitida davlat tomonidan boshqarilmaydigan, erkin va teng huquqli shaxslarning o'zaro munosabatlarini ifodalaydi. Bu individualizm va xususiy manfaatlar erkin amal qiladigan ijtimoiy makon hisoblanadi.

Shu bilan birga fuqarolik jamiyati muntazam o'zgarishlarni boshdan kechiradi va bu jamiyat uchun normal holatdir. Fuqarolik jamiyatining huquqiy xarakteri, uning adolat va erkinlikning oliy talablariga javob berishi va shu jarayonni hosil qilishga qarab harakat qiladigan organizmga qiyoslash mumkin. Fuqarolik jamiyatining bu xususiyati adolat va erkinlik borasidagi tamoyillarning mazmun-mohiyatida va me'yorlarida aks etadi va insonlarni yanada demokratik va insonning ishtiroki oshgan davlat tizimiga qarab olib boradi.

Fuqarolik jamiyati sharoitida erkinlik va adolat insonlar, jamoalar va tashkilotlar faoliyatini tartibga solib turuvchi ijtimoiy omil vazifasini o'taydi. Boshqa tarafdan, har bir inson jamiyatning a'zosi sifatida me'yorlarga tayanish zarurligini anglaganligi tufayli ularga bo'ysunadi va shu asosda erkinlikka ega bo'ladi. Fuqarolik jamiyatining ikkinchi xususiyati funksional xarakterga ega. Xususiy manfaatlarni amalga oshirish uchun, davlatdan rasmiy-huquqiy jihatdan mustaqil bo'lgan zaruriy shart-sharoitni yaratish emas, balki jamiyatda yuqori darajada tartib-intizom va o'z-o'zini boshqarish xususiyatlari fuqarolik jamiyati mavjudligining asosini tashkil etadi.

Mamlakatimiz oldida turgan, butun xalqimiz qalbi, ongu shuuri bilan anglab yetayotgan maqsad-vazifalar - dunyodagi taraqqiy topgan demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimiz uchun erkin va farovon hayot qurish yo'lida hammamiz bir haqiqatni chuqur tushunib olishimiz lozim.

Fuqarolik jamiyatidagi o'zgarislarni o'rganishdan oldin umuman olganda o'zgarish tushunchasining ta'rifini ketirish lozim. "O'zgarishlarning tabiati o'zgarish har doim jarayon sifatida qaraladi. Buning sababi shundaki, berilgan konsepsiya

aniqlanadigan kalit so'zlar - o'zgartirish, kuzatish, harakat, ketma-ketlik - bu jarayondir. O'zgarishlarning tabiati va xilma-xilligini tushunish uchun ularni turlarga, turlarga, manbalarga, kursga, miqyosga, davomiylikka, bashorat qilish qobiliyatiga, oqibatlari, dinamikasi, o'ziga xosligi, nazorat darajasi, o'zgarishlarning muntazamligi, o'zgarishlarning chuqurligi kabi bir qator belgilar bo'yicha tasniflash kerak. O'zgarishlar ijtimoiy; iqtisodiy; siyosiy; demografik texnologik; texnik; atrof-muhit va boshqaturarga bo'linadi.

Aynan bugungi kundagi jamiyatimizdagi islohotlar natijasida chuqur o'zgarishlar bizning hayotimizga kirib kelmoqda.Sodir bo'layotgan tub siljishlar fuqarolik jamiyatini qurish bo'yicha qilayotgan isharimiz bilan chambarchas bog'liqdir. Jamiyatimiz a'zolarining har biri bugungi kunda farovon hayotda, rivojlanish va taraqqiyotga intilishlar asosida mana shunday o'zgarishlarni harakatga keltiruvchi kuchga aylanib kemoqdalar. Bugungi islohotlar aynan farovonlik va barqarorlikka intilish tufayli amalga oshirilaytoganigini ham aytib o'tish lozim.O'tgan 29 yil davomida hayotning o'zi biz fuqarolik jamiyati qurish uchun amalga oshirayotgan islohotlarimizning samardorligini bugun namoyon qilmoqda. Bunda millliy g'oyada o'z oldimizga qo'ygan maqsadlarimizning naqadar to'g'ri qo'yganimiz bilan ham mavvjudlik mavjud. Milliy g'oyamiz insonlarni ishonchi va e'tiqodiga aylanganligi bois demokratik-fuqarolik hamiyati qurishda yutuqlarga erishib kelmoqdamiz. Demokratik-huquqiy davlat asoslarini vujudga keltirilishi mustabid tuzum davrida moddiylashtirilgan inson ongi va tafakkurini o'zgarishiga ham olib keldi.va bu jarayon milliy g'oyamizning bosh va asosiy g'oyalari, turli tamoyillari bilan bog'liqlikda amalga oshirib kelinmoqda. Mustaqillik yillari davomida fuqqarolik jamiyati qurih yo'ida milliy g'oya, milliy qadriyatlar asosida muayyan darajadagi inson ongi va tafakkuri o'sib, rivojlanib bormoqda. Insonning yangilanayotgan onggi mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar bilan hamohang ravishda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-ma'naviy turmush tarzidagi quyidagi yo'nalishlardagi islohotlar bu ong o'zgarishiga ta'sir qiluvchi asosiy omillar bo'lib xizmat qilmoqda.

Siyosiy sohada

- Demokratik prinsiplarni qaror toptirish jarayonini chuqurlashtirish;

- fuqarolarning siyosiy hayotda ishtirok etish tuizimlarining rivojlantirilishi;

- qonunlarni liberallashtirish va fuqarolik jamiyati institutlarini vakolatlarini kengaytirish

- Plyuralizmning siyosiy hayotga yanada chuqurroq kirib borishini ta'minlovchi islohotlarni amalga oshirish

Iqtisodiy sohada;

- xususiy tadbirkorlikni tashabbuskorlik ishbilarmonlikni rivojlantirish;

- iqtisodiyotda mulkchilikning turli shakllarini qaror toptirish;

-mehnat munosabatlarini tartibga solish;

Ijtimoiy- ma'naviy sohada;

- Insonparvarlikni haqiqiy ma'noda shakllantirish

- Ma'naviy- axloqiy qadriyatlarni qayta tiklash va ularni inson hayotidagi o'rnini oshirish;

- Demokratik dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirish

- Aholning konstitutsiyada ko'rsatilgan ijtimoiy- ma'naviy imkoniyatlardan baxramand bo'lishlarini ta'minlash va h.k.

NATIJALAR

Mamlakatimizning Birinchi prezidenti I.A. Karimov aytganidek, "har bir insonning, ayniqsa endigina hayotga qadam qo'yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o'rtaga qo'yilgan maqsadlarga erishish o'zlariga bog'liq ekanligini, ya'ni bu narsa ularning sobitqadam g'ayratli shijoatli, to'la-to'kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog'liq ekanligini anglab yetishlari kerak."[2] . chindan ham mamlakatimizdagi fuqarolik jamiyatini qurishga qaratilgan harakatlarb zamirida insonlarni ongi va tafakkurini o'zgartirish eng muhim masalalardan biri bo'lib qolmoqda.

Ongni o'zgartirish masalasida asosiy prinsiplar mamlakatimizda insonning ongini o'zgartirish yo'llarini belgilashga negiz qilib olingan:

Birinchidan,umuminsoniy prinsiplar ustuvorligi. Ya'ni har bir o'zgarish va yangilanishlar jarayonida umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga yuqori ahamiyat qaratilib bu jarayonda dunyoda tan olingan prinsip va qadriyatlarning inonga ma'naviy ozuqa berishi va shaklanishiga xissa qo'shishi haqida konseptual asoslar inobatga olingan.

Ikkinchidan, shaxsning ijtimoiy-manaviy ehtiyojlarini hisobga olish. Ya'ni shaxsning jamiyat o'zgarishi jarayonidagi yetakchi o'rnini tan olish va faoliyatini barcha o'zgarishlarning mezoni qilib olishning ahamiyatini yuqori ekanligi bilaan bg'liqdir.

Uchinchidan, o'zgarishlarning barchasi demokratik tarzda amalga oshirilishi.bunda jamiyatimizgda olib borilayotgan keng islohotlar va samarador faoliyat eng avvao o'zgarishlarning demokratik prinsiplarga sodiq holda uning huquqlarida daxl qilmagan holda olib borish muhim ahamiyatga egadir.

Fuqarolik jamiyatinda amalga oshirilayotgan asosiy o'zgarishlar milliy g'oyaning o'z mazmuni va mohiyatidan kelib chiqqan holda, jamiyat va inson tafakkurida sodir bo'layotgan hodisa va jarayonlarni tushuntirib berishga va ular haqida odamlar ongida muayyan fikrlarni tug'dirishga harakat qilish kabi vazifalari bilan bog'liqdir. Natijadada odamlarda yangicha dunyoqarash shakllana boradi va quyidagi natijalarga erishish imkoniyati tug'iladi:.

- Mustaqil tafakkurini shakllantirish

- Ijtimoiy muhitni yaratish;

- Millatning ehtiyoj va manfaatlarini ifodalash

- Avloddan avlodga o'tuvchanligini ta;minlash

- Shaxsning faoliyati mezoni bo'lishi va h.k.

MUHOKAMA

Bugun jamiyatimizda ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohalarida ko'plab masalalar muhokama qilinib, zaruriy yechimlar izlanmoqda va jarayonga ta'sir qiluvchi asosiy omil sifatida iqtisodiy potensila emas, balki inson ongi va tafakkurining potensiallariga ahamiyat qaratilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek "Kuchli fuqarolik jamiyti barpo etish uchun , bugun muhokama qilayotgan masalalarni amalga oshirish uchun, albatta, odamlarning ongi, dunyoqarashi o'zgarishi kerak". Ongni o'zgarishi mexanizmlarini belgilashda esa zarur dasturiy asos sifatida aholining hayotida ijobiy o'zgarishlar birinchi qadam bo'lishi ham metodologik asoso sifatida ko'rsatilgan. "...xalqimiz ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun o'z hayotida ijobiy o'zgarishlarni ko'rishni istaydi"[4]

Inson ongi va tafakkuri u yoki bu taarixiy davrda mavjud bo'lgan ijtimoiy-siyosiy tuzumga mos ravishda o'zgarib takomillashib boradi.Ya'ni inson ijtimoiy taraqqiy etib borar ekan uning tushunchasi ongi, tafakkuri ham shunga mutanosib ravishda o'zgarib boraveradi.bu jarayon esa jamiyatni o'zgarishini keltirib chiqaradi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, demokratik-fuqarolik jamiyati qurish, yangi O'zbekistonni shakllantirishda ison ongi va tafakkuri masalasi yetakchi o'rin tutadi va islohotlar aynan mana shu omillar asosida amalga oshirilib boradi va shakllanadi. Bunday jamiyatda islohotlar keng ko'lamli va jamiyat hayotining barcha sohal arini qamrab olgan holda o'tkaziladi. Ustuvor yo'nalishlar taraqqiyotining birinchi o'ringa qo'yish va islohotlarni amalga oshirishda o'ziga xos tamoyillarga tayanish esa bu jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. Karimov I. A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. -Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. T.8. T.: O'zbekiston, 2000. -B. 489.

2. Karimov .I A. O'zbekiston:milliy istiqlol, Iqtisod,siyosat, mafkura "O'zbekiston -T.: 1996, B - 649

3. Sh.M.Mrziyoyev Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. -T.:, "O'zbekiston" 2017 58-b

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqi. «Iqtisodni innovatsiyalarni keng jalb etgan holda har tomonlama rivojlantirish - xalq farovonligini yuksaltirishning muhim omili» // Xalq so'zi, 2018, 30 noyabr. - 2 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.