Научная статья на тему 'KO’PPARTIYAVIYLIK TIZIMINING VUJUDGA KELISHI VA SHAKLLANISH BOSQICHLARIINING NAZARIY-HUQUQIY TAHLILI'

KO’PPARTIYAVIYLIK TIZIMINING VUJUDGA KELISHI VA SHAKLLANISH BOSQICHLARIINING NAZARIY-HUQUQIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
28735
1186
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
siyosiy partiya / ko’ppartiyaviylik / jamoat birlashmasi / huquqiy mexanizm / partiya ustavi / partiya dasturi / partiya nizomi / partiyalararo hamkorlik / liberallashtirish. / political party / multiparty system / public association / legal mechanism / party charter / party program / party charter / inter-party cooperation / liberalization

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Shodmonov Mirzoxid Muxtor O‘g‘li

Maqola O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimining vujudga kelishi va shakllanish bosqichlarining nazariy-huquqiy tahlili haqida bo‘lib, asosan, ko’ppartiyaviylik tizimining vujudga kelishi va ularni huquqiy tartibga solish masalalari nazariy-huquqiy jihatdan normativ huquqiy hujjatlar va ilg‘or tajribaga ega olimlarimiz izlanishlari asosida ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqot ishimizda ko’ppartiyaviylik tizimining vujudga kelishi va shakllanish bosqichlariining nazariy-huquqiy tahlili yuzasidan taklif va xulosalar berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL AND LEGAL ANALYSIS OF THE ESTABLISHMENT AND FORMATION STAGE OF A MULTIPARTY SYSTEM

The article is about the theoretical and legal analysis of the emergence and stages of formation of a multiparty system in Uzbekistan. scientifically analyzed on the basis of their research. In our research, suggestions and conclusions were made on the theoretical and legal analysis of the formation and stages of formation of a multiparty system

Текст научной работы на тему «KO’PPARTIYAVIYLIK TIZIMINING VUJUDGA KELISHI VA SHAKLLANISH BOSQICHLARIINING NAZARIY-HUQUQIY TAHLILI»

KO'PPARTIYAVIYLIK TIZIMINING VUJUDGA KELISHI VA SHAKLLANISH BOSQICHLARIINING NAZARIY-HUQUQIY TAHLILI

Annotatsiya: Maqola O 'zbekistonda ko 'ppartiyaviylik tizimining vujudga kelishi va shakllanish bosqichlarining nazariy-huquqiy tahlili haqida bo'lib, asosan, ko 'ppartiyaviylik tizimining vujudga kelishi va ularni huquqiy tartibga solish masalalari nazariy-huquqiy jihatdan normativ huquqiy hujjatlar va ilg'or tajribaga ega olimlarimiz izlanishlari asosida ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqot ishimizda ko 'ppartiyaviylik tizimining vujudga kelishi va shakllanish bosqichlariining nazariy-huquqiy tahlili yuzasidan taklif va xulosalar berildi.

Kalit so 'zlar: siyosiy partiya, ko 'ppartiyaviylik, jamoat birlashmasi, huquqiy mexanizm, partiya ustavi, partiya dasturi, partiya nizomi, partiyalararo hamkorlik, liberallashtirish.

Abstract: The article is about the theoretical and legal analysis of the emergence and stages of formation of a multiparty system in Uzbekistan. scientifically analyzed on the basis of their research. In our research, suggestions and conclusions were made on the theoretical and legal analysis of the formation and stages of formation of a multiparty system.

Key words: political party, multiparty system, public association, legal mechanism, party charter, party program, party charter, inter-party cooperation, liberalization

O zbekistonda mustaqillik yillarida huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish bo'yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Xalqimizning oliy manfaatlariga javob beradigan ichki va tashqi siyosatni amalga oshirishga qodir bolgan kuchli milliy davlatchilik asoslari yaratildi. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirishda bevosita ishtirok etuvchi fuqarolik jamiyati institutlari shu jumladan ko'ppartiyaviylikni shakllantirish jarayonlari tobora chuqurlashib bormoqda. Biz ushbu maqolada O'zbekistonda ko'ppartiyaviylik tizimining vujudga kelishi va shakllanish bosqichlarining nazariy-huquqiy tahlilini normativ huquqiy

Shodmonov Mirzoxid Muxtor o 'g 'li

Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti Tel: +99890 031-51-59

[email protected]

KIRISH.

hujjatlar va ilg'or tajribaga ega olimlarimiz izlanishlari asosida qiyosiy-huquqiy o'rganmoqchimiz.

Ushbu maqolani yozishda normativ-huquqiy hujjatlar, Pezidentimiz asarlari va ma'ruzalari, ilmiy adabiyotlar, dissertatsiya ishlari va boshqa tadqiqot ishimiz doirasidagi adabiyotlardan foydalanildi. Xususan, 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasida siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilanganligi mazkur yo'nalishda yanada zamonaviy mexanizmlarni joriy etish masalani belgilaydi. Strategiyamizning birinchi ustuvor yo'nalish ,,Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari" - sifatida nomlangan bo'lib, uning birinchi bandi ,,Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish:[1]- deb belgilanishi ham sohada siyosiy partiyalar tizimini rivojlantirish va davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning ro'lini kuchaytirish, ular o'rtasida sog'lom raqobat muhitini shakllantirishga muhim qadamlardan biri bo'ldi.

Maqolada mavzuga doir adabiyotlar tahlilida mazkur jarayonning tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan koppartiyaviylik tizimi bugungi kunda rivoj topayotganligi va siyosiy partiyalarning islohotlar jarayonidagi, jamiyatni yangilash va modernizatsiya qilish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishdagi ahamiyati kuchayib borayapti qiyosiy tadrijiy o'rganildi.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, "Partiya degani - bu mansab uchun, lavozim uchun kurash emas, balki muayyan g oya uchun, uning jamiyatda ustuvor bo'lishi va ro'yobga chiqishi uchun kurash demakdir. Agar partiya ma'nosini mana shu nuqtai nazardan tuchunar ekanmiz, qancha partiya bo lsa bo laversin, ularning faoliyatiga tegishli sharoit yaratib beriladi" [2,b.35].

Adabiyotlar tahlillarida turli xil partiyalarning mavjud bolishi natijasida jamiyatda siyosiy fikr, qarashlarning xilma-xilligi (plyuralizm) vujudga kelishi ta'kidlangan. "Plyuralizm, ya'ni fikrlar xilma-xilligi va qarashlarning rang-barangligi ma'rifiy jamiyatga xos bo'lib, muayyan haqiqatni turlisha izohlash, tuchunish va talqin etish tamoyiliga asoslanadi" [3,b.19].

Ma'lumki partiyalarning demokratiyani shakllantirishdagi bevosita ta'siri ularning jamoat tashkiloti ekanliklaridan kelib chiqadi, ya'ni siyosiy partiya xalq hokimiyatchiligini amalga oshirish maqsadida aholining ijtimoiy fikrini ifodalovchi

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

yirik xalq tashkiloti sifatida namoyon bo'ladi. Ushbu maqolada mavzuga doir adabiyotlar tahlili asosidagi ilmiy asoslarimizni tahlil va natijalarda ifodalab o'tdik.

Tadqiqotning nazariy-uslubiy asoslari bo'lib, huquqiy fanlarda ilmiy metodlar bo'lgan ilmiylik, xolislik, tizimlilik (sistemalilik), determinizm tamoyillari, xronologik uslub, huquqiy taqqoslash uslubi, induksiya-deduksiya va boshqa usullar qo'llanildi.

Hozirgi kunda respublikamizda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalarning zamonaviy konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarining rivojlanishini olimlar tomonidan ma'lum bosqichlarga bo'lingan holda tahlil qilingan bo'lib, ularga birma-bir to'xtalib, tadqiqotimiz doirasida o'z fikrlarimizni asoslab o'tamiz. Ko'pgina olimlar yurtimizda siyosiy partiyalar shakllanishini uch bosqichga bo'lib o'rganishgan:

Birinchi bosqich (1991-1996) Bu davrda avvalo siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslarini Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Ozbekiston Respublikasining "Ozbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to,g,risida"gi qonuni tashkil etgan. [4].

Ushbu davr mobaynida, ya'ni, 1994 yilda o'tkazilgan saylovlar va jamiyat siyosiy hayotida siyosiy partiyalar yuqoridagi huquqiy manbalar asosida ilk bor ishtirok etdilar. Ikkinchi bosqich, (1996-2007) Bu davrda eng muhim jihati 1996 yil 26 dekabrda "Siyosiy partiyalar to'g'risida" maxsus qonunning qabul qilinishi bilan bog'liqdir. Ushbu qonunning qabul qilinishi siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslarini yanada mustahkamladi. Mazkur qonunda ilk marotaba siyosiy partiyaga huquqiy ta'rif berildi. Xususan, qonunning 1-moddasiga ko'ra, "siyosiy partiya - qarashlari, qiziqishlari va maqsadlari mushtarakligi asosida tuzilgan, jamiyat muayyan qismining davlat hokimiyatini shakllantirishdan iborat siyosiy irodasini ro'yobga chiqarishga intiluvchi hamda o'z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi Ozbekiston Respublikasi fuqarolarining ko'ngilli birlashmasidir"[5]. Ikkinchi bosqichning asosiy jihatlaridan yana biri bu - 2004 yil 30 aprelda "Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to,g,risida"gi Ozbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishidir. Bu bosqichda ham muhm o'zgarishlar bo'lgan. Uchinchi bosqich, (2007- hozirgacha) Ozbekiston Respublikasida 2010 yil 12 noyabrda "Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada shuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi"[6]. ishlab chiqildi. U mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida siyosiy partiyalarning davlat va jamiyatni boshqarishdagi ro'lini kuchaytirish uchun kuchli turtki bo'ldi. Konsepsiyadagi ustuvor vazifalardan kelib chiqib, 2011 yilda Ozbekiston Respublikasining bir qator moddalariga o'zgartirish va

MUHOKAMA VA NATIJALAR

qo'shimchalarning kiritilishi mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda muhim qadam bo'ldi [7].

Shu bilan birga, hozirgi paytda partiyalarning shakllanish va rivojlanish bosqichlarini yuqorida keltirganimizdan tashqari bir nechta davrlarga ajratish masalalari tadqiqotchilar tomonidan tahlil qilib o'tilgan. Quyida O'zbekiston siyosiy partiyalari faoliyatini, ularning shakllanishi va tashkil topishi jarayonlarini turli bosqichlarga bo'lib o'rganishganliklarini ko'rib chiqamiz.

Masalan, Q. Jo'raev O'zbekistonda siyosiy partiyalarning shakllanishini quyidagi ikki davrga bo'lib o'rganishni tavsiya etadi:

1) bir partiyalilik, siyosiy diktatorlikdan qutulish, muqobillik asosidagi Prezident saylovlari, yuqori darajadagi davlat hokimiyati tuzilmalarini yangilash davri bo'lgan 1991-1994 yillar;

2) jamiyatni demokratlashtirish va modernizatsiyalash jarayonlarining kuchayishi uchun muhim bosqich bo'lgan, ko'ppartiyaviylikka tayangan jamiyatning huquqiy fundamentiga asos solingan, qonunlar qabul qilingan, yangi partiyalar tuzilgan 19951999 yillar [8].

V.Dubkov esa siyosiy partiyalarning shakllanish va rivojlanish jarayonini to'rt bosqichga bo'lib o'rgangan:

birinchi davr (1988-1990 yy.) - jamiyatda O'zbekiston kompartiyasining yakka hukmronligini bartaraf etish orqali yangi siyosiy partiyalar yuzaga kelishi uchun obektiv sharoitlarning yetilishi;

ikkinchi davr (1991 y.) - mustaqil O'zbekiston Respublikasining e'lon qilinishi, Kompartiyaning tarqalib ketishi, «Erk» demokratik partiyasi hamda O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil qilinib, ikki partiyali tuzumning yuzaga kelishi, mamlakat Prezidentining ikki partiyali asosda saylanishi;

uchinchi davr (1992-1994 yy.) - ko'ppartiyaviylikning qonuniy tus olishi (legitimlashuvi), ya'ni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi va unda siyosiy partiyalar mavjudligining huquqiy maqomi belgilanishi, Oliy Kengash va mahalliy Kengashlarga saylov o'tkazilishi;

to'rtinchi davr (1995 yildan boshlab) -«Siyosiy partiyalar to'g'risida»gi qonunning qabul qilinishi, Oliy Majlis, mahalliy Kengashlarga hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko'ppartiyaviylik asosida saylovlar o'tkazilishi [9]. Maqoladagi tahlil va natijalarni umumlashtirib ular o'rtasidagi o'xshash va farqli jihatlarni ko'rishimiz mumkin. E'tiborli jihati shundaki har bir ilmiy tdqiqot ishlarida o'ziga xoslik va yangi ilmiy yondashuv mavjud.

XULOSA VA TAKLIFLAR:

Yuqoridagi olimlarning ilmiy ishlaridan kelib chiqib, O'zbekistonda ko'ppartiyaviylik shakllanishining tarixiy-huquqiy taraqqiyotini olti bosqichga bo'lib o'rganishni taklif etamiz:

Birinchi bosqich - yurtimizda yakka partiyaviylikning tugatilishi va ko'ppartiyaviylik shart-sharoitlarining yaratilishi (1991-1994 yy.).

Ikkinchi bosqich - siyosiy partiyalarning siyosiy dasturlari va saylovoldi platformalarini shakllantirish, aholining umumiy siyosiy madaniyatini oshirishga qaratilgan qonunchilik asoslarini takomillashtirish davri (1995-1999 yy.).

Uchinchi bosqich - partiyalarning siyosiy tajriba to'plash va siyosiy yetuklikka erishish vazifalarini hal etishi, moliyaviy mustaqilligini ta'minlashi, jamiyatda o'z o'rni va doimiy elektoratini belgilab olishi (2000-2004 yy.).

To'rtinchi bosqich - partiya fraksiyalarining Oliy Majlis faoliyatidagi hamda partiya guruhlarining xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari ishidagi faolligining o'sishi, parlamentda muxolafatning shakllanishi (2005-2006 yy.).

Beshinchi bosqich - siyosiy partiyalar faoliyatining yangi konstitutsiyaviy qonun asosida jadallashuvi (2007-2016).

Oltinchi bosqich - bunda davrga xos xususiyatlar siyosiy partiya boshqaruvida innovatsion g'oyalarning kirib kelishi, modernizatsiya jarayonlari,xalqaro aloqalarning kengayishi, yangi partiyalar vujudga kelish jarayonlari va hokazolar (2017- hozirgi davrgacha).

O'zbekistonda ko'ppartiyaviylik tizimi vujudga kelishining obektiv zarurati va shakllanish bosqichlari yuzasidan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:

- Respublikamizda ko'ppartiyaviylikning shakllanishi murakkab, serqirra muammo bo'lib, nafaqat mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatni bilishni, balki respublikamiz va boshqa mamlakatlarning huquqiy-tarixiy tajribasini ham o'rganishni talab qiladi;

- Siyosiy partiyalarning shakllanish bosqichlari huquqiy, ijtimoiy-falsafiy, sotsiologik, iqtisodiy va boshqa ko'plab jihatlarga ega bo'lib, demokratik islohotlar jarayonida siyosiy partiyalar shakllanishining huquqiy va tashkiliy asoslariga bevosita ta'sir etgan;

- Demokratik islohotlar jarayonida siyosiy partiyalar shakllanishi, ularning faoliyatini

huquqiy tartibga solish mexanizmlari rivojlanishiga ham turtki bo'lib, bosh vazifasi alohida olingan fuqarolar, ijtimoiy qatlamlar va guruhlar manfaatlarini birlashtirib berdi;

Prezidentimiz jamiyat va davlat hayoti haqida ,,Hayotning o'zi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy yechimini topish lozim bo'lgan yangi va yanada murakkab vazifalarni qo'ymoqda [10],-ta'kidlagan. Yurtboshimizning bu da'vatidan

shuni anglash mumkinki, jamiyatmizning har bir a'zosi yuksak fuqarolik tuyg'usi va daxldorlik hissi bilan davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishga, har bir sohada ilg'or bo'lishga, jamiyat muammolarini izchil yechish va davlat taraqqiyotiga hissa qo'shishga bevosita chaqiriqdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Узбекистан Республикаси Президентининг "Узбекистон Республикасини янада ривожлантириш буйича Хдракатлар стратегияси турисида"ги Фармонига шарх // Узбекистон Республикаси конун хужжатлари туплами. -2017. - №6. 70-модда.

2. Каримов И.А. Биздан озод ва обод Ватан колсин. Т. 2. -Тошкент: Узбекистон, 1996. -Б.351

3. Миллий истиклол гояси: асосий тушунча ва тамойиллар. - Тошкент: Узбекистон, 2000. -Б.19

4. Узбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси. 1991. -№ 4. -76-модда

5. Узбекистон Республикаси Олий Мажлиси Ахборотномаси 1997 й. 2-сон, 36-модда // Узбекистон Республикаси 20.08.1999 й. 832-1-сон, 12.12.2003 й. 568-II-сон, 30.04.2004 й. 621-11-сонли конунлар билан узгартиришлар киритилган

6. Kapимoв И.А. "Мамлакатимизда демократик ислохотларни янада чукурлаштириш ва фукаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси" Узбекистон Республикаси Олий Мажлиси ^онунчилик палатаси ва Сенатининг кушма мажлисидагимаъруза.Т.: "Узбекистон" 2010.

7. "Ijtimоiy-siyosiy va "Узбекистон Республикаси Конституциясининг айрим моддаларига узгартиш ва кушимчалар киритиш тугрисида (78, 80, 93, 96 ва 98-моддаларига)" Узбекистон Республикасининг 18.04.2011 й. УР^-284-сон ^онуни // Узбекистон Республикаси Олий Мажлиси палаталарининг Ахборотномаси, 2011 й. 4-сон, 100-модда

8. Жураев Ривожланган давлатларда куппартиявийликнинг шаклланиши -демократик тараккиетнинг мухим омили сифатида (Франция сиесий тажрибаси мисолида): Сиесий фан. номз. дис.. - Тошкент,1999.

9. Дубков В. Многопартийность как институт формирующегося в Узбекистана гражданского общества // Общественное мнение. Права человека. - Ташкент, 2004. - № 1. - С. 90.

10.Танкидий тахлил, катъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - хар бир рахбар фаолиятининг кундалик коидаси булиши керак. Мамлакатимизни 2016 йилда ижтимоий-иктисодий ривожлантиришнинг асосий якунлари ва 2017

300

HHnra Myn^arnaHraH HKTHCoguH gacTypHHHr энг MyxuM ycTyBop KyHanumnapura ôarumnaHraH Ba3upnap MaxKaMacuHHHr KeHrafiTupunraH Ma^nucugaru Matpy3a, 2017 hhh 14 AHBapt. - TomKeHT: «Y36eKHCTOH», 2017. -

11.Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

12.Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

13.Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

10 6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.