Научная статья на тему 'KLASTER TA'LIM TIZIMINING UZLUKSIZLIGI UZVIYLIGI VA IZCHILLIGINI TA'MINLOVCHI MODEL SIFATIDA'

KLASTER TA'LIM TIZIMINING UZLUKSIZLIGI UZVIYLIGI VA IZCHILLIGINI TA'MINLOVCHI MODEL SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1616
254
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
uzliksizlik / uzviylik / izchillik / tamoyillar / yo’nalishlar / shakllar / “shakl ma’lumot” / “moddiy ma‘lumot” / klaster modeli / ta’limni boshqarish / innovatsion yondashuv / continuity / continuity / consistency / principles / directions / forms / “form information” / “material information” / cluster model / education management / innovative approach.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mamlakat Mannapovna Xalilova

Maqolada ta’lim tizimining uzluksizligi, uzvuyligi va izchilligini ta’minlashda klaster modelining ahamiyati bo’yicha fikr bildirilgan. Ta’lim tizimi faoliyatining ustuvir tamoyillari, yo’nalishlari va shakllari keltirib o’tilgan. Ta‘lim mazmunini belgilash muammosiga doir qarashlar asoslab o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AS A MODEL OF CLUSTER EDUCATION SYSTEM CONTINUING MEMBERSHIP AND CONSUMPTION

The article discusses the importance of the cluster model in ensuring the continuity, membership and coherence of the education system. Priority principles, directions and forms of activity of the education system are given. Opinions on the problem of defining the content of education are based.

Текст научной работы на тему «KLASTER TA'LIM TIZIMINING UZLUKSIZLIGI UZVIYLIGI VA IZCHILLIGINI TA'MINLOVCHI MODEL SIFATIDA»

KLASTER TA'LIM TIZIMINING UZLUKSIZLIGI UZVIYLIGI VA IZCHILLIGINI TA'MINLOVCHI MODEL SIFATIDA

Mamlakat Mannapovna Xalilova

Toshkent viloyati Chirchiq shahar 6-umumiy o'rta ta'lim maktabi

ANNOTATSIYA

Maqolada ta'lim tizimining uzluksizligi, uzvuyligi va izchilligini ta'minlashda klaster modelining ahamiyati bo'yicha fikr bildirilgan. Ta'lim tizimi faoliyatining ustuvir tamoyillari, yo'nalishlari va shakllari keltirib o'tilgan. Ta'lim mazmunini belgilash muammosiga doir qarashlar asoslab o'tilgan.

Kalit so'zlar: uzliksizlik, uzviylik, izchillik, tamoyillar, yo'nalishlar, shakllar, "shakl ma'lumot", "moddiy ma'lumot", klaster modeli, ta'limni boshqarish, innovatsion yondashuv.

AS A MODEL OF CLUSTER EDUCATION SYSTEM CONTINUING MEMBERSHIP AND CONSUMPTION

Mamlakat Mannapovna Khalilova

6th comprehensive school of Chirchik town, Tashkent region

ABSTRACT

The article discusses the importance of the cluster model in ensuring the continuity, membership and coherence of the education system. Priority principles, directions and forms of activity of the education system are given. Opinions on the problem of defining the content of education are based.

Keywords: continuity, continuity, consistency, principles, directions, forms, "form information", "material information", cluster model, education management, innovative approach.

KIRISH

Mamlakatimizda ijtimoiy taraqqiyotning demokratik - huquqiy, fuqarolik jamiyatini qurish yo'lidagi ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Barcha islohotlarining pirovard maqsadi, fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma'naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, eng muhim vazifalardan biri bo'lib kelmoqda. Shu boisdan ilk qadamlardanoq milliy ta'lim-tarbiya tizimini jahon andozalari darajasiga

chiqarish maqsad qilib qo'yildi. Bunday ulug'vor vazifalarni amalga oshirishni mamlakatdagi mavjud uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilmasdan ta'minlab bo'lmas edi.

Mamlakatimizda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadiga qaratilgan uzluksiz ta'limga shunday ta'rif beriladi: "Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.

Ta'lim tizimini zamonaviylashtirish jarayonlarini hisobga olgan holda uning asosiy tamoyillari, g'oyalari, uslubiy yondashuvlari va ko'rsatmalari bo'yicha bir qator o'zbek olimlar, jumladan, U.Sh.Begimqulov, O.Musurmonova, M.S.Mustafaeva, B.R.Adizov, R.Sh.Axliddinov, Yu.N.Abdullaev, M.X.Mahmudov, R.Ishmuhammedov, L.V.Golish kabi tadqiqotchilar o'z ilmiy izlanishlarida biz ko'tarib chiqayotgan ta'lim sifatini takomillashtirishdagi muammolar, usul va vositalarni ilmiy va amaliy jihatdan asoslab, ta'limni ijodiy tashkil etish, umumiy o'rta ta'limni takomillashtirish, ta'limni demokratlashtirish va boshqa xususiyatlar bo'yicha izlanishlar olib borgan.

O'zbekiston ta'lim tizimida klasterlashtirish modelini tatbiq qilish esa so'nggi yillarda ko'zga tashlanmoqda, ayniqsa, G.I.Muxamedov, Sh.Q.Mardonov, U.N.Xodjamqulov, R.Eshchanov, B.Eshchanov, J.Usarov, A.Shafqorov, S.A.Toshtemirova kabi o'zbek tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlarida pedagogik ta'lim innovatsion klasteri asosida mintaqaviy ta'lim turlari o'rtasidagi uzviylikni ta'minlash, sifat samaradorligini oshirish, malakali kadrlar tayyorlash bo'yicha innovatsion g'oyalar joriy qilishning ilmiy-nazariy asoslarini yaratish va ularning amaliy tatbig'i borasida samarali tajriba tahlillari bayon qilingan.

"Uzluksizlik" - to'xtovsiz, muntazam davom etuvchi jarayon tushunchasini anglatadi. "Uzluksiz ta'lim", tushunchasi yuqoridagi fikrga monand - komil shaxs ta'lim - tarbiyasini uzluksiz yo'lga qo'yishni anglatadi. Faqat uzluksiz davom etuvchi pedagogik jarayonlardagina barkamol shaxs shakllanishi mumkin. Shaxsni shakllantirmasdan, rivojlantirmasdan turib, davlatni ham, jamiyatni ham, rivojlantirish mumkin emas. Uzluksiz ta'lim shaxs kamoloti jarayoniga jadal ta'sir ko'rsatuvchi eng muhim omildir.

MUHOKAMA

Kadrlar tayyorlash shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz, ta'lim, fan, ishlab chiqarishdan iborat yaxlit jarayon komponentlarini o'z ichiga oladi. Binobarin, shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'ekti va ob'ekti, ta'lim xizmatlarining iste'molchisi va muallifi; davlat va jamiyat - ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimi

faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi, qabul qiluvchi ijtimoiy hodisa, kafolatchilar; uzluksiz ta'lim - raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi, ta'lim turlari va standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimini o'z ichiga oladi; fan - yuksak soviyali pedagogik texnologiyalarni ishlab chiquvchi kuch; ishlab chiqarish - kadrlar tayyorlashga, ularning sifatiga qo'yiladigan talablar buyurtmachisidir.

Uzluksiz ta'limni isloh qilish jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida zaruratga aylandi. Buning uchun milliy istiqlol davrida ob'ektiv va sub'ektiv shart -sharoitlar yetildi. Respublikamizning milliy xususiyatlari, umumbashariy talablar, xalqimiz mentalitetiga dahldor omillar hisobga olinib, uzluksiz ta'limning quyidagi islohot yo'nalishlari, tizimi va turlari belgilandi.

Uzluksiz ta'lim tizimining faoliyat ko'rsatish tamoyillari quyidagilardir:

- ta'lim ustuvorligining tan olinishi;

- ta'lim olish shaklini tanlash erkinligi;

- ta'lim sohasida kamsitishlarga yo'l qo'yilmasligi;

- ta'lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta'minlanishi;

- ta'lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;

- ta'lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;

- ta'limning uzluksizligi va izchilligi;

- o'n bir yillik ta'limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo'lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o'rta ta'limga tayyorlashning majburiyligi;

- davlat ta'lim standartlari va davlat ta'lim talablari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi;

- o'quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;

- insonning butun hayoti davomida ta'lim olishi;

- jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;

- ta'lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;

- bilimlilik, qobiliyatlilik va iste'dodning rag'batlantirilishi;

- ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg'unligi;

- ta'lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.

- Uzluksiz ta'lim turlari quyidagilardan iborat:

- maktabgacha ta'lim va tarbiya;

- umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim;

- professional ta'lim;

- oliy ta'lim;

- oliy ta'limdan keyingi ta'lim;

- kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

- maktabdan tashqari ta'lim.

Uzluksiz ta'lim yo'nalishlari quyidagilarni o'z ichiga oladi: ta'lim tizimida kadrlar salohiyatini, pedagoglar kasbiy nufuzini oshirish; davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini rivojlantirish; ta'lim tizimini, ta'lim dasturlarini tubdan qayta qurish; majburiy umumiy o'rta ta'limdan o'rta maxsus kasb-hunar ta'limiga o'tishni ta'minlash; fan va ishlab chiqarish integratsiyalashgan yangi tipdagi o'quv muassasalarini vujudga keltirish; ilg'or texnologiyalarni keng o'zlashtirish; ta'limning boshqaruv tizimini takomillashtirish; ta'lim olishda xalqaro fondlar, xayriyalar, jamoat tashkilotlari rolini kuchaytirish; ta'lim va ilm-fan bilan bog'liq xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish; va boshqalar.

Uzluksiz ta'lim olish shakllari esa quyidagilardan iborat:

• ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta'lim olish (kunduzgi);

• ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta'lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);

• dual ta'lim;

• oilada ta'lim olish va mustaqil ta'lim olish;

• katta yoshdagilarni o'qitish va ularga ta'lim berish;

• inklyuziv ta'lim;

• eksternat tartibidagi ta'lim;

• mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.

Shuni ta'kidlash lozimki, maktab ta'limining mazmunining tarixiy va sinfiy xususiyatiga ega ekanligi kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida namoyon bo'lgan. Chunki, o'tmishdagi barcha davrlarda, ijtimoiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida ta'limning mazmuni va hajmi (parametrlari) o'sha davr, o'sha ijtimoiy-iqtisodiy tuzum mafkurasi, talab va ehtiyojlari, fan-texnika taraqqiyoti darajasi bilan belgilab kelingan.

Hozirgacha pedagogika nazariyasi fanida ta'lim mazmunini belgilash muammosiga doir ikki xil qarash mavjud:

a) "shakl ma'lumot" tarafdorlari;

b) "moddiy ma'lumot" tarafdorlari;

"Shakl ma'lumot" tarafdorlari maktab ta'limi mazmuni o'quvchilarning fan asoslarini o'rganishini emas, balki atigi yoshlarning qobiliyat va tasavvurlarini o'zgartirishi zarur deb hisoblaydilar. Shunga ko'ra ularning tavsiyasida ta'limning tillar (lotin, yunon) va matematika fanlaridan tashkil topishi zarurligi belgilab qo'yildigan edi. Bunday yondashuv oqibatida maktablar ta'limi turmushdan ajralib qoldi.

"Moddiy ma'lumot" nazariyasi tarafdorlari maktab ta'limida yoshlarga turmushda foyda beruvchi ilmlar o'rgatilsa kifoya, bola qobiliyati rivojlanaveradi. Alohida fanlarni o'qitish shart emas, degan fikrni olg'a surdilar.

Yuqorida ta'kidlangan har ikkala nazariyalar ham amaliy hayotda o'z isbotini topmadi va pedagogika fani nazariyotchilari tomonidan o'tkir tanqid ostiga olindi.

Bugungi kunda umumta'lim maktablarida o'quvchini sog'lom va ijodiy shaxs sifatida rivojlantirishga qaratilgan maktab ta'limining yangi tushunchalari zarurdir. Ta'lim sifati masalasini o'rganishda o'qituvchilarning o'zlari maktab ta'limi sifati haqidagi fikrlarini o'rganishi juda muhim bo'lib, bu ularning malakasini oshirish jarayonining maqsadi va mazmunini moslashtirishga imkon beradi. Shu maqsadni amalga oshirish uchun Toshkent viloyatida yaratilgan pedagogik ta'lim innovatsion klasteri platformasi doirasida mintaqadagi bir qator maktablarda o'qituvchilar o'rtasida yana bir qator mazmundagi so'rov va anketalar o'tkazildi.

Uzluksiz ta'limda fan, ta'lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini ta'minlashni klaster modeli asosida tashkil qilish ta'limni innovatsion boshqarish bo'lib, unda innovatsion jarayonlarni jadallashtirish asosida o'zaro hamkorlikdagi ziddiyatlarni bartaraf etish muhim shartlardan biridir. Ma'lumki, ta'limda boshqaruvning maqsadi - ta'lim sohasida o'quvchilarninig bilim darajasini oshirish, ularda mazkur bilimlardan amalda foydalanish ko'nikmasini shakllantirishdan iboratdir. Ta'limni boshqarish - ta'lim tizimining ishlashi va rivojlanishini tashkil etishga yo'naltirilgan barcha darajadagi boshqaruv sub'ektlarining maqsadli faoliyati bo'lib, "boshqaruv" tushunchasi odatda tizimning bir holatdan yanada sifatliroq holatga o'tishi sifatida tavsiflanadi va bunda quyidagi jihatlarga alohida e'tiborni qaratish muhimdir: birinchi - tizimni saqlash, uning barqarorligini quvvatlash maqsadida boshqarish, ya'ni ma'muriy boshqaruv, ikkinchi jihat - tizim yangi sifat holatiga o'tishini, ya'ni muttasil rivojlanishni ta'minlovchi boshqaruv.

NATIJALAR

Uzluksiz ta'lim tizimini innovatsion yondashuv asosida samarali boshqarish mezonlari quyidagilarda o'z aksini topadi:

- pedagogik jarayonning yangi shakllari, usullari, vositalari va texnologiyalari joriy etilishi;

- boshqaruvda yangi yo'nalishlardan foydalanish;

- iqtisodiyot sohasidagi boshqaruv fanlaridan amaliy ko'nikmalarni rivojlantirish;

- o'rta ta'lim muassasasida innovatsion yondashuv asosida o'qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish;

- o'quv yurtidagi boshqaruv tizimining o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan o'zaro munosabatlarda ta'lim jarayonida ishtirokchilarning pozitsiyalari;

- ishtirokchilarning pedagogik jarayonda boshqaruv samaradorligiga o'zaro

ta'siri.

Hozirda Toshkent viloyatida ham ta'lim tizimini rivojlantirish, unda ta'lim boshqaruvini yanada takomillashtirish va uni amalda tatbiq etishga doir nazariy va amaliy qadamlar tashlangan. Jumladan, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida ta'limni rivojlantirishning klaster modeli joriy etilib, bugungi kunda mintaqaning ta'lim sifati samaradorligini oshirish va raqobatbardosh pedagog kadrlarni tayyorlash bo'yicha keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.

So'nggi yillarda ta'lim klasteri g'oyasiga nafaqat ilmiy, balki nazariy jihatdan ham qiziqishlar ortib bormoqda, shu bilan birga uni amaliyotga tatbiq etishga bo'lgan urinishlar ham amalga oshirilmoqda. Chirchiq davlat pedagogika institutining amaliy tajribalarida bu sa'yi-harakatlar boshlangan bo'lib, bu institutning asosiy strategik tadqiqot ob'ekti bo'lgan "Pedagogik ta'lim innovatsion klasteri" hisoblanadi.

XULOSA

Shunday qilib, ta'lim-tarbiyani tashkil qilish va boshqarishga doir respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar maqsadi ta'lim sub'ektlarining yagona maqsadga erishish, muayyan darajada umumiy ma'lumot darajasi va kasbiy tayyorgarligiga ega bo'lgan har tomonlama rivojlangan shaxsni tarkib toptirishga qaratilgandir.

Bugungi kunda ta'limga jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyati asosida rivojlanayotgan ijtimoiy-pedagogik tizim sifatida e'tibor berib, ta'lim bu tizimli ob'ekt ekanligini, qonuniy jihatdan o'ziga, barcha komponentlarni boshqaruviga nisbatan tizimli yondashishni talab etadi. Bu talab o'quv-tarbiya jarayoniga ham taalluqli bo'lib, uning barcha xildagi ta'lim-tarbiyaviy muassasalarida amalga oshiriladi. Ta'lim tizimida klaster yondashuvini tatbiq qilish ta'lim tizimidagi uzluksizlik va aloqani, ta'lim turlari o'rtasidagi integratsiya jarayonlarini mustahkamlaydi. Bu bevosita ta'limga nisbatan innovatsion yondashuv sifatida qarab, uni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish ta'lim tizimidagi ilmiy jamoatchilikning oldida turgan eng muhim vazifalaridan biridir. Klaster yondashuvi davlat ta'lim siyosatining mazmunini tubdan o'zgartirib, sub'ektlar munosabatlariga rivojlanish va samaradorlik mezonlari bilan qarash imkonini beradi. Natijada klaster mintaqadagi fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta'minlovchi kuchli mexanizm sifatida yuzaga keladi.

REFERENCES

1. Гаффоров. Я.Х. Мактаб ислохдти ва укитиш методларини такомиллаштириш. Science and education. Sgientific Journal. 2020, 482.

2. Toshtemirova S. A. (2020). Ta'lim sifati va uni demokratlashtirish ilmiy muammo sifatida // Uzluksiz ta'lim. № 1 (86). - S.5

3. Gafforov Ya.X. Toshtemirova. S. (2020). Ways to increase the effectiveness of education in an integrated environment. International Journal of Current Research and Review. India.

4. Хдйдаров С. Узбекистон тарихи фани дарслари самарадорлигини оширишда тасвирий санъат воситаларининг роли. "Science and Education" Scientific Journal September 2020/Volume 1 Issue 6. Page 174-179.

5. Хдйдаров С. Педагог-укитувчиларда ахборот-коммуникация куникмасини шакллантириш асослари. "Science and Education" Scientific Journal Oktober 2020 / Volume 1 Issue 7. Page 610-617.

6. Тошев, С. (2020). Узбекистоннинг совет мустамлакачилиги даври тарихини урганишда турк тилидаги манбаларни урни. In Тарихий манбашунослик, тарихнавислик, тарих тадцицотлари методлари ва методологиясининг долзарб масалалари (pp. 121-127)

7. Тошев, Солежон А^матжонович. (2020). ТУРКИЯДА МАРКАЗИЙ ОСИЁ ТАРИХИНИНГ УРГАНИЛИШИ. Science and Education, 1(7), 625-631

8. Тошев, Солежон Ах,матжонович.(2020). Узбекистон совет мустамлакачилик даври тарихининг Туркияда урганилиши. Утмишга назар.2(2-махсус сон). 347353

9. Gafforov Ya.X. (2020). Important aspects of environmental education in the education system. EPRA International Journal. of research & development. India. 2020. 97.

10. Abdurakhmanova, J. N. (2020). The policy of tolerance in Uzbekistan (in the case of Greeks). International Journal on Integrated Education, 2(5), 212.

11. Жуммагул Номозовна Абдурахманова, Саодат Абдурашидовна Тоштемирова.(2020). Инновацион технологиялар ва ахборот маданиятини шакллантириш педагогиканинг долзарб масалаларидан бири. Science and Education.1(7). 436-442

12. JI Suyundikovich. (2020). TARIXNI O'QITISH METODIKASI RIVOJLANISHI TARIXIDAN. Fan va ta'lim, 1 (5), 195.

13. Toshtemirova, S. (2020). Factors Affecting the Quality of Education and the Importance of the Education Cluster to Address Them. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(4), 151-156.

14. Mardonov, S., Toshtemirova, S., Ahmadjonov, B., & Koshanova, N. (2020). Structure and Mechanisms of Action of the Educational Cluster. International Journal of Psychological Rehabilitation, 24(7), 8104-8111.

15. G'afforov, Y., Nafasov, A., & Nafasova, Z. (2020). From the History of the Beginning of the "Great Game". Journal of Critical Reviews, 7(11), 2798-2802.

16. Н. С. Кенжаева (2019). Вклад российских ученых в изучение Памира и Припамирья в составе Таджикской комплексной экспедиции 1932 года. Гуманитарное измерение в истории российско-узбекистанских связей. С. 79-86.

17. Toshtemirova, С., Жолдасов, И. (2019). Бiлiмдi адамгершшкке баулу идеясыныц кажеттт // "Actual problems of society, education, science and technology: status and prospects of development" collection of scientific papers of the ii international scientific-practical conference. Актубе. P. 17-23.

18. Раимова, А. (2020). Эвакуация центров науки и культуры в Узбекистан в годы Второй мировой войны. Science and Education, 1 (7), 600-609.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.