Научная статья на тему 'O‘QITUVCHILARNI KASBIY IJTIMOIYLASHTIRISHDA UMUMKASBIY VA XUSUSIY-METODIK BILIMLAR INTEGRATSIYASINING ROLI'

O‘QITUVCHILARNI KASBIY IJTIMOIYLASHTIRISHDA UMUMKASBIY VA XUSUSIY-METODIK BILIMLAR INTEGRATSIYASINING ROLI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
852
138
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
World science
Область наук
Ключевые слова
PROFESSIONAL SOCIALIZATION / GENERAL PROFESSIONAL DISCIPLINES / INDIVIDUAL METHODOLOGICAL KNOWLEDGE

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zohidova Sanoat Raxmonovna

This research paper deals with the significance of general professional and individual methodological knowledge integration to the professional socialization of the future teachers, the degree of integration of the content of the professional socialization of the future teachers, the ideas about their use in the process of pedagogical practice are stated.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QITUVCHILARNI KASBIY IJTIMOIYLASHTIRISHDA UMUMKASBIY VA XUSUSIY-METODIK BILIMLAR INTEGRATSIYASINING ROLI»

O'QITUVCHILARNI KASBIY IJTIMOIYLASHTIRISHDA UMUMKASBIY VA XUSUSIY-METODIK BILIMLAR INTEGRATSIYASINING ROLI

Zohidova Sanoat Raxmonovna SamDU 1-bosqich katta ilmiy xodim-izlanuvchisi

Abstract. This research paper deals with the significance of general professional and individual methodological knowledge integration to the professional socialization of the future teachers, the degree of integration of the content of the professional socialization of the future teachers, the ideas about their use in the process of pedagogical practice are stated.

Keywords: Professional socialization, general professional disciplines, individual methodological knowledge.

Jamiyatning barcha sohalarida olib borilayotgan tub islohotlar O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» talablari asosida shakllangan uzluksiz ta'lim tizimining barcha bosqichlarida faoliyat yurituvchi ta'lim mussasalari rivojini ta'minlovchi yangi konsepsiyaning yaratilishi uchun zamin boldi. Mazkur konsepsiya uzluksiz ta'lim tizimi hamda ta'limini insonparvarlashtirish pedagogika fani va amaliyoti oldida turgan asosiy vazifa ekanligini ko'rsatadi. Mazkur vazifaning dolzarbligini ta'kidlab, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagicha fikrni bayon etadi: «Xalqimizning boy intellektual merosi hamda umuminsoniy qadriyatlari asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalar darajasida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimining yaratilishi, O'zbekistonni rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi»[1].

Zamonaviy pedagogika fanining asosiy muammosi - mavjud ta'lim paradigmasining obyektiv asoslari va ularning rivojini ta'minlovchi qonuniyat mohiyatini ochib berishdan iboratdir. Mazkur o'rinda, insoniyatning yangi bilimlar hamda fikrlash mezonlariga tayanuvchi yangi paradigmani yaratish zaruriyati namoyon bo'lib, u mazmun, metod, tashkiliy mezonlari hamda kadrlar ta'minoti kabi jihatlarni keng ko'lamda aks ettiruvchi ta'lim muammolarini alohida dolzarb masala sifatida oldingi o'ringa olib chiqishini ko'rsatadi.

Ta'lim paradigmasi (yunoncha paradigma - misol, namuna) mohiyatini yangilash zaruriyati qanday omillar bilan izohlanadi?

Insoniyat tarixining mavjud bosqichi mohiyati ijtimoiy madaniyatning zamonaviy sivilizatsiya, taraqqiyot keltirib chiqargan muammolar ta'sirida yana bir bor tarixiy sinovdan o'tayotganligi tavsiflanadi. Ayni vaqtda, jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy jarayonni jadallashtiruvchi texnologik rivojlanishning hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini e'tiborga olib, uni texnogen sivilizatsiya deb atash mumkin. Bunday sivilizatsiyaning asosi muayyan qadriyatlar tizimiga quriladi.

Agar ma'lum jamiyat ijtimoiy-g'oyaviy hamda iqtisodiy inqirozdan chiqish yo'lini topmoqchi bo'lsa, u texnogen sivilizatsiyaning yangi shakldagi ko'rinishi emas, balki yangi rivojlanish bosqichining yakuni tarzida aks etishi lozim. Jamiyatning bunday rivoji ijtimoiy hayotning muhim omillarini hisobga oluvchi, shaxsga yo'naltirilgan insonparvarlik paradigmasining asosiy g'oyasi vazifasini o'taydi.

Bir qator olimlar (V.V.Krayevskiy, E.A.Kryukova, V.V.Serikov) tomonidan ta'lim jarayoniga yangicha yondashuvni qaror toptirish yo'llari va ularning mohiyati borasidagi tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ular o'z ishlarida kasbiy pedagogik ta'limning asosiy vazifasi, o'qituvchining mavjud ilmiy bilimlar bilan qurollantirishdangina iborat emas, balki uning shaxs sifatida o'z mavqeyini belgilab olishi, o'zligini anglashi, ijtimoiy muhitga nisbatan munosabatini shakllantirishda yordam berishi lozim bo'lgan vosita sifatida qaraydilar. Ta'lim oluvchilarga bilim berishda o'z fikrini yoqlash, mavhumlik va avtoritar mavqeni egallashga urinish hissidan xalos bo'lishni ta'minlash lozim bo'ladi.

Kadrlar tayyorlash milliy modeli pedagogik ta'limning ijtimoiy paradigmasi mezonlari bilan o'zaro uyg'unlik kasb etadi, jumladan: «...ta'lim hamda kasb egallash dasturlarini ongli ravishda tanlash va egallash imkonini beruvchi, zamonaviy o'zgarib boruvchan jamiyatga moslasha oluvchi, o'zining jamiyat, davlat va oila oldidagi burchini his qiluvchi har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan kadrlar tayyorlash milliy modelini ro'yobga chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, psixologik-pedagogik sharoitlarni yaratish»[2].

Ilmiy dalillarning nazariy tahlili, ularni umumlashtirish va tizimlashtirish, shuningdek, ilg'or pedagogik tajribalarni o'rganish bo'lajak o'qituvchilarningng kasbiy pedagogik tayyorgarligini ta'minlash jarayonida muhim ahamiyat kasb etuvchi mezon, yo'nalish va psixologik-pedagogik sharoitlarni aniqlash imkonini beradi. Bular quyidagilardan iboratdir:

- bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy ijtimoiylashtirishga qo'yilayotgan talablarning kasb-hunar ta'lim muassasalari hamda jamiyat ehtiyojlari bilan o'zaro muvofiqligi;

- bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy ijtimoiylashtirishning ta'lim hamda ijtimoiy-madaniy muhitga bog'liqligi;

- bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy ijtimoiylashtirishning yuqori darajadagi refleksiv boshqaruvlaridan iborat.

Bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligining yuqori darajada bo'lishiga erishish quyidagi holatlar mavjudligini taqozo etadi:

- o'qituvchining kasbiy va shaxsiy shakllanish darajasi bu yo'lda tashkil etilgan jarayonning umumiy mohiyatini yorituvchi pedagogik tizim samaradorligiga chambarchas bog'liq;

- o'qituvchining kasbiy jihatdan shakllantirishni ta'minlovchi jarayonlarining tashkiliy boshqaruvi maqsadga muvofiq tarzda takomillashib boradi;

- refleksiv boshqaruv o'qituvchini kasbiy jihatdan shakllantirishdan ko'zlangan maqsadning natijalanishini kafolatlaydi. Refleksiv boshqaruv aniq maqsadda tashkil etilayotgan jarayon xususiyatlarini maksimal darajada hisobga olish, shuningdek, har bir ta'sirni uning mazmunida namoyon bo'luvchi qonuniyatlar bilan muvofiqlashtirishni talab etadi.

Ta'limiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida bo'lajak o'qituvchining pedagogik hamda xususiy-metodik bilim, ko'nikma va malakasini shakllantirishga alohida e'tibor berilmoqda.

Bo'lajak o'qituvchining kasbiy ijtimoiylashuvida o'ziga xos o'rin tutuvchi pedagogik shart-sharoitlar va vositalar tizimini aniqlab olish, ta'lim jarayonini samarali va to'g'ri tashkil etilishini ta'minlaydi.

Pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonining sifatini oshirishda fanlararo aloqadorlikka erishishning yangi shakllarini topish maqsadga muvofiqdir. Ushbu o'rinda fundamental, xususan, pedagogik va xususiy-metodik bilimlarni o'zlashtirishda fanlararo uyg'unlikni ta'minlash masalasini tahlil etish uchun ularning metodologik asoslari borasida yetarli ma'lumotlarga ega bo'lish zarur. Pedagogik fanlarning gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy, matematika va tabiiy fanlar hamda xususiy-metodik fanlar bilan o'zaro aloqasi ko'p qirrali muammodir. Shu bois mazkur muammoga nazariy, metodologik va amaliy jihatdan yondashish taqozo etiladi.

Turli yo'nalishlarga taalluqli bilimlar asoslarini integratsiyalash ularning fan, ta'lim, texnika, texnologiya, ishlab chiqarish hamda iqtisodiyot sohalarida ro'y berayotgan o'zgarishlarning ijtimoiy jihatdan asoslanishiga zamin yaratadi.

Pedagogik bilim - subyekt tomonidan amalga oshiriluvchi barcha turdagi faoliyatni yo'lga qo'yish imkonini beruvchi tizim hisoblanadi. U tashkiliy, xo'jalik, ijtimoiy va iqtisodiy mazmunga ega faoliyatning tarkibiy qismi bo'lib, jamiyat moddiy va ma'naviy hayotining barcha sohalarida pedagogik xususiyatlarning namoyon bo'lishini asoslaydi.

O'z navbatida xususiy-metodik bilimlar bo'lajak mutaxassisda qat'iyatlilik, puxta rejalashtirish, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan vaziyatlarni baholay olish, vaziyatga oqilona yondashish kabi sifatlarni tarbiyalash imkoniyatiga ega. Bu ko'p jihatdan subyektning ijtimoiy va ijtimoiy-pedagogik yo'nalganligi, shuningdek, jamiyat hayotiga tobora chuqur singib borayotgan texnika taraqqiyoti bilan bog'liq.

Matematika va tabiiy hamda gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan bir qatorda xususiy-metodik bilimlar negizida ham pedagogik bilimlar ko'zga tashlanadi.

Yuqorida qayd etib o'tilgan fikrlar asosida pedagogik va xususiy-metodik bilimlarni integratsiyalash asoslari xususida so'z yuritamiz. Bilimlarni integratsiyalashning muhim asosi sifatida dunyoning moddiy yaxlitligi, materiya va uning rivojlanish qonunlari, xususiyatlari tan olingan umumiy omil bo'lib qoldi.

Bilimlardan foydalanish va sintez qilish asoslari fanlarning o'zaro bog'liqligini ifodalovchi metodologik, gnoseologik, ontologik va ijtimoiy asoslaridan iborat.

Gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy va matematik-texnik fanlar o'zaro bog'liqligining asosi, inson ongida texnikaviy taraqqiyot hamda jamiyat o'rtasidagi obyektiv bog'liqliklarning aks etish jarayoni hisoblanadi.

Shu bilan birga bilimlarni integratsiyalashda genetik asoslari ham namoyon bo'ladi. Ushbu holat idrok etish tizimlarining o'zaro bog'liqligi, munosabatlarning mavjud tajribalariga asoslanishi bilan bog'liq.

Mazkur o'rinda pedagogik bilimlarning shakllanish tarixiga nazar tashlash maqsadga muvofiqdir. Bo'lajak o'qituvchining kasbiy ijtimoiylashuvi jarayonining mohiyatini o'rganishda quyidagi g'oyalarning ustuvorligini ta'kidlab o'tish joiz:

a) pedagogik bilimlarning yaratilish masalasini ta'lim va tarbiya tizimining qaror topishi hamda inson faoliyatining muhim sohasi sifatida pedagogikaning ham yuzaga kelishi muammosidan alohida o'rganish mumkin emas;

b) ta'lim va tarbiyaning genetik, boshlang'ich asosi metodika va pedagogika, shuningdek, metodik va pedagogik bilimlar o'rtasidagi yuzaga keladigan munosabatlar hisoblanadi;

v) bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy ijtimoiylashuvning genetik mohiyatini tushuntirishning eng samarali metodologik vositasi ta'lim va tarbiyaning kelib chiqishiga nisbatan madaniy-genetik yondashuv sanaladi.

Kishilik jamiyati taraqqiyotining ma'lum bosqichida biologik evolyutsiyaning mohiyati o'zgarib, ijtimoiy faoliyat yuzaga kela boshladi. Muhim hayotiy faoliyatlarning yangi turlari paydo bo'la boshladiki, oqibatda mavjud bilimlarni biologik yo'l bilan avlodlarga uzatish mumkin bo'lmay qoldi. Bu borada yangi mexanizmga ega bo'lish ehtiyoji tug'ildi. Mazkur ehtiyoj yosh avlodni o'qitish va tarbiyalashni yo'lga qo'yish asosida qondirila boshlandi. Biroq ijtimoiy-genetik konsepsiya shaxs tarbiyasi xususiyatlarini yetarli darajada tushuntirib bera olmaydi.

Bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi mazmunini integratsiyalashning quyidagi darajalari mavjud:

1. Funksiyasiga ko'ra integratsiyalash (metodologik, kasbga yo'naltirilgan, muammolik, yaxlitlik, tizimlilik, kommunikativlik, tashkilotchilik).

2. Rivojlanish tendensiyasiga ko'ra integratsiyalash (ta'limning ustuvorligi, ta'limning demokratlashuvi, ta'limning insonparvarlashuvi, ta'limning ijtimoiylashuvi, ta'limning milliy yo'naltirilganligi, barkamol shaxsni tarbiyalashga qaratilganligi, ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liqligi.

3. Yo'nalishiga ko'ra integratsiyalash (o'qituvchi obro'sini ko'tarish, ta'lim muassasini rivojlantirish, yangi ta'lim texnologiyalarini joriy etish, kasbiy ta'lim - fan - ishlab chiqarish integratsiyasi, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish).

4. Tiplariga ko'ra integratsiyalash (umummetodologik, umumilmiy, xususiy ilmiy, muammoli).

5. Darajasiga ko'ra integratsiyalash (yaxlitlik, didaktik sintez, fanlararo aloqadorlik).

6. Amalga oshirish darajasiga ko'ra integratsiyalash (an'anaviy va noan'anaviy).

Pedagogik va xususiy-metodik bilimlar o'zaro integratsiyalashuvining metodologik asosi

sifatida quyidagilar qayd etiladi: umumfalsafiy, gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy, matematika, tabiiy-ilmiy, umumkasbiy va maxsus fanlar asoslari uchun xos bo'lgan qonuniyatlar sanaladi.

Umumfalsafiy asoslar (muayyan dunyoqarashni ifoda etuvchi konsepsiya, tamoyil va kategorial sxemalar to'plami, xususan, inson va mashinani bir-biri bilan uzviy bog'liq hodisa deya talqin etuvchi) falsafiy an'analar mazmunida aks etadi.

Pedagogik va xususiy-metodik bilimlarni uyg'unlashtirish gnoseologik xususiyatga ega bo'lgan ilmiy bilishning yaxlit jarayonida namoyon bo'ladigan qonuniyatlarni aks ettiradi.

Pedagogik turkum hamda xususiy-metodik fanlarning texnologik jihatdan o'zaro yaqinlashuv jarayoni yangi mazmun kasb etmoqda. Ushbu holat ta'lim jarayoniga kompyuter texnikasining jadal tatbiq etish bilan izohlanadi hamda u ta'lim shakllari, metodlari va vositalarini «yaxlit tashkil etuvchi» bo'lish talabiga to'la javob bera oladi hamda yangi innovatsion va pedagogik texnologiyalarni shakllanishiga asos bo'ladi.

O'quv jarayoniga axborot texnologiyalarini keng ko'lamda tatbiq etish sharoitida «pedagogik texnologiya» tushunchasining mohiyati o'zgarmoqda. Mazkur tushuncha dastlab texnologiyaning xususiyatlarini ifoda etishga xizmat qilgan bo'lsa, hozirda pedagogik texnologiyani mazmunan boyitish ko'p jihatdan unga muayyan texnik elementlarni qo'shish hisobiga kechmoqda.

Chunonchi, ta'lim jarayonida kompyuter vositalarini qo'llash, kompyuterdan o'rganish obyekti sifatida foydalanish ana shu texnik elementlar sirasiga kiradi.

Pedagogik texnologiyalarni axborotlashtirish jarayonining eng yangi vosita va obyektlar bilan o'zaro aloqada bo'lishi bois texnik imkoniyatlari oshib bormoqda. Axborot texnologiyalari ta'lim mazmunini qayta shakllantirishga zamin yaratuvchi bir qator shartlarning bajarilishini talab etadi.

Pedagogik, xususiy-metodik va texnologik bilimlar o'rtasidagi o'zaro integratsiyashuvi quyidagilarda ko'zga tashlanadi:

1. Pedagogik turkum fanlari hamda xususiy-metodik fanlar integratsiyasining didaktik sintezi va fanlararo aloqadorligi bo'lajak o'qituvchining kasbiy ijtimoiylashtirishning muhim omili bo'lib xizmat qiladi.

2. Pedagogik va xususiy-metodik bilimlarning integratsiyasi bo'lajak o'qituvchilar tomonidan kasbiy faoliyat jarayonida texnik vositalar, jumladan, kompyuter xizmatidan foydalanish ko'nikmalarini shakllanishiga yordam beradi.

3. Xususiy-metodik bilimlardan ta'lim berish jarayonining tarkibiy qismlari sifatida foydalanish natijasida pedagogik, xususiy-metodik va texnologik bilimlarning o'zaro integratsiyasi «vosita-mazmun» (pedagogik bilim - vosita, xususiy-metodik bilim esa - mazmun sifatida) mohiyatiga ega bo'lgan munosabatni qaror toptiradi.

Didaktik sintez va fanlararo aloqalar texnologik tizimlarni har tomonlama chuqur o'rganish, psixopedagogik hodisalar mazmunini taqqoslash va ular borasida qaror qabul qilish imkonini beradi.

Oliy ta'lim muassasalari o'quv rejasidan o'rin olgan ijtimoiy-gumanitar fanlar, pedagogik turkum fanlar hamda xususiy-metodik fanlar integratsiyalashib, pedagogik amaliyot jarayonida o'z tatbiqini topadi (1-rasm). Bo'lajak o'qituvchining kasbiy ijtimoiylashuv darajasini zamonaviy ilmiy-pedagogik bilimlar negizida shakllangan psixopedagogik va maxsus tayyorgarligi belgilaydi. Bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy ijtimoiylashtirishdan ko'zlangan maqsad uzluksiz ta'limda pedagogik faoliyat bilan shug'ullanuvchi shaxslarning psixologik-pedagogik tayyorgarligini ta'minlashdan iboratdir.

IJTIMOIY-GUMANITAR, TABIIY-IQTISO DIY FANLAR

PEDAGOGIK AMALIYOT

1-rasm. Bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy ijtimoiylashtirishda pedagogik va xususiy-metodik bilimlar integratsiyasi

Bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashning yakuniy maqsadi pedagoglik faoliyati sohasida kasbiy mahorat, mutaxassislik va psixopedagogik bilimlari tizimi hamda bo'lajak o'qituvchi shaxsini shakllantirishdan iboratdir. Yakuniy maqsad nafaqat bo'lajak o'qituvchining mavjud muammolarni hal etishga qodirligini qayd etadi, balki uni umuminsoniy taraqqiyot hamda pedagog kadrlarni tayyorlashning istiqbolli muammolarini hal etishga yo'naltirishni anglatadi.

Bo'lajak o'qituvchini kasbiy ijtimoiylashtirishning yakuniy maqsadi sifatida quyidagilarga e'tibor qaratiladi:

- bo'lajak o'qituvchini kasbiy-pedagogik jihatdan tayyorlashda asosiy e'tibor o'quv fani vositalari, pedagogik faoliyat mazmuni va o'quvchining shaxsiy imkoniyatlari asosida shakllantirishga qaratiladi;

- kasbiy-pedagogik faoliyatning mazmuni, vazifalari, ushbu jarayonda hal etiluvchi muammolar va yuzaga kelish ehtimoli bo'lgan qiyinchiliklar xususida yaxlit tasavvurga ega bo'lgan holda shaxsiy faollikka erisha olishiga asoslanadi;

- bo'lajak o'qituvchini psixopedagogik nuqtai nazardan tayyorlash aniq maqsad, ya'ni pedagogik va psixologik bilimlarning ta'lim muassasasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyatning o'ziga xosligi bilan belgilanadigan tuzilmasi va mazmuniga yo'naltirilgan;

- bo'lajak o'qituvchining kasbiy-pedagogik faoliyatidan kutiladigan va erishish mumkin bo'lgan natijalar o'quvchi shaxsi, uning yo'nalganligi (talablari, qiziqishi, qadriyatli yo'nalishi, ishi,

ongi, sabablari); ma'lumot darajasi (bilim, malaka, ko'nikmalari, bilimlarini doimiy ravishda boyitishga intilishi va mahorati); tarbiyalanganlik holati (ma'naviy, estetik, jismoniy, mehnat va hokazo jihatdan); ijtimoiylashuvi (faol kasbiy va ijtimoiy faoliyatni tashkil etishga tayyorligi, bilim olishni davom ettirishi, ijtimoiy va qadriyatli qoidalarni qabul qilishi); madaniyatliligi (ijtimoiy-madaniy qadriyatlarini qabul qila olishi, intellektual, iqtisodiy, ekologik, madaniyat, aqliy va jismoniy mehnat madaniyati, munosabatlari mazmuni va hulq) kabi holat bilan belgilanadi. Kutilayotgan natijalarning eng yuqori darajasi o'qituvchining kasbiy malakasi hisoblanadi.

ADABIYOTLAR

1 .Karimov I.A. Yuksak malakali mutaxassislar - taraqqiyot omili. - T.: O'zbekiston, 1995. - 24 b.

2. Karimov I.A. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: SHarq nashriyot-matbaa konserni, 1997. - 48 b.

3.Краевский В.В. Методология педагогического исследования. - Самара. СГПУ, 1994. - 174 с;

4.Крюкова Е.А. Личностно-развивающие образовательные технологии: природа, проектирование, реализация. Монография. - Волгоград. Перемена, 2000. - 97 с.; 5.Сериков В.В. Личностный подход в образовании: Концепция и технологии. Монография. - Волгоград: Школа, 1994. - 152 с.

ПРОБЛЕМА ВЫБОРА КОНСТРУКТИВНОГО РЕШЕНИЯ СТЕНОВОГО ОГРАЖДЕНИЯ ВО ВРЕМЯ ДИПЛОМНОГО ПРОЕКТА НА СТЕПЕНЬ БАКАЛАВРА АРХИТЕКТУРЫ В ЮЖНОМ ФЕДЕРАЛЬНОМ УНИВЕРСИТЕТЕ

Доц. Золотарева Л. А. асс. Алексеева О. Д.

Российская Федерация, г. Ростов-на-Дону, Академия архитектуры и искусств Федерального государственного автономного образовательного учреждения высшего образования Российской Федерации "Южный федеральный университет"

Abstract. Students' designing is multistage and complex process of preparation for the understanding of many factors and components while creating space and the environment. Since the appointment of the material, set the thickness and sequence of layers of enclosing structures is the solution at the intersection of several disciplines, spaced in the schedule of the educational process, it requires the sublimation of the knowledge acquired on the basis of sequential analysis of the selection criteria of the most important. No matter how individually important and interesting design, space planning, technical, architectural and artistic features designed building are - together they make up the main target. In the real designing architect coordinates and communicates all of this together, creating a viable structure, responding to the task. Full understanding of this process determines the architect's ability, his proficiency, skills and talent.

Keywords: student's designing, enclosing structures, wall fencing.

На протяжении нескольких лет при консультировании дипломного проекта по направлению «Архитектура» Академии архитектуры и искусств Южного федерального университета была выявлена проблема выбора дипломниками конструктивного решения ограждающих конструкций объекта проектирования.При формировании образа заданного объекта и принятии конструктивного решения совместно с руководителем проекта выпускникине рассматривали объект как целостный образ, где материал, цвет и фактура ограждающих конструкций влияют на его восприятие.Деление конструкций на несущие и не несущие (ограждающие) студенты выполняли, в общем, безошибочно, однако постоянно возникала проблема выбора материала, состава и способа крепления. Отсутствовало понимание материала ограждающей стеновой конструкции, ее цвета, фактуры. Фасадими проектировался

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.