Научная статья на тему 'Пути формирования и совершенствования педагогического творчества учителя'

Пути формирования и совершенствования педагогического творчества учителя Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
50
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Пути формирования и совершенствования педагогического творчества учителя»

Пути формирования и совершенствования педагогического

творчества учителя

Муминова Дилафруз Акбаралиевна

преподаватель Наманганского ИПКУНО Наманган, Узбекистан

Muminova Dilafro z Akbaralievna

Namangan VHTCTMOI o'qituvchisi Namangan, CTzbekiston

O'QITUVCHINING PEDAGOGIK IJODINI SHAKLLANTIRISH VA TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI

Pedagogik faoliyatda ham sifat muhim ahamiyatga ega. CTqituvchi mehnatiga faqat uning o'z faoliyatiga qanchalik darajada ijodiy munosabatda bo'layotganligini aniqlash orqaligina xolis baho berish mumkin.

Pedagogik vaziyatlarning rang-barangligi, ulardan kelib chiqadigan vazifalarni tahlil etish va yechishga nisbatan turli yondashuvlarni taqozo etadi. Mutaxassisning pedagogik faoliyati ko'pjihatdan yangi pedagogik texnoiogiyaiarni ijodiy o'ziashtirib, ulardan amalda unumii foydaianishdan iborat.

CTz-o'zidan ravshanki, bu ishni malakaii o'qituvchigina uddalay oiadi. Ammo, o'qituvchining pedagogik texnoiogiyaiarni biiish darajasini pedagogik mahorat biiangina bog'lash to'g'ri bo'lmaydi. Ayni bir texnoiogiyani ko'plab pedagogiar qo'llashi mumkin, iekin jarayon hech qachon bir xii bo'lmaydi, natijaiar ham kafoiatianadi. Moxir pedagog ijodi aynan pedagogik texnoiogiyaiarga o'ziga Xos yondashuvdan iborat. Pedagogik texnoiogiya muayyan pedagogik g'oya asosida ishiab chiqiiadi.

Ijod — bu mavjud tajriba hamda yangi biiim va ko'nikmaiarning shakiianishi negizida yangiiik yaratish bilan bog'liq faoliyatdir. Ijodning bir darajasiga mavjud bilimlardan foydalanish hamda ularni qo'llash sohasini kengaytirish xos bo'lsa, boshqa darajada ob'ektga nisbatan odatdagi munosabatni o'zgartiruvchi mutlaqo yangi yondashuv vujudga keladi.

Pedagogik faoliyat— bu muttasil ijod jarayonidir. Lekin boshqa sohalar (fan, texnika, san'at) dagi ijoddan farqli o'Iaroq pedagog ijodining maqsadi ijtimoiy jihatdan yangi hodisa yaratish emas, balki shaxsni rivojlantirishga qaratiladi. Albatta o'z ishiga ijodiy yondashadigan, novator pedagog o'z tajriba maktabini yaratadi, lekin mavjud pedagogik tajribalarni ijodiy o'zlashtirishga har bir o'qituvchi intilishi lozim. Pedagogik vaziyatlarni baholashdagi mustaqillik, tarbiyaning muayyan shakl, vosita va usullarini tanlay olish, voqealar qanday rivojlanishini oldindan ko'rib, ularni maqsadga yo'naltira biiish ijodiy xususiyatga ega bo'lgan kasbiy mahoratning muhim qismi hisoblanadi. Mutaxassis mahorati amaliy ko'nikmalar sintezi hisoblanib, kasbiy faoliyatida o'z ifodasini topadi.

Ayni vaqtda pedagogik ijodi shakllanayotgan, rivojlanayotgan o'quvchi shaxsi bilan bog'liq o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, o'z o'rnida mutaxassisning bu boradagi imkoniyatlari vaqt doirasida qat'iy cheklangan. Qoida tariqasida u bo'lajak darsning oqilona metodikasini tez tasavvur qilishi, lahzalar ichida yangi qaror qabul qilishi lozim. Ko'pincha vaziyatni tez tahlil etish va zudlik bilan harakat qilish talab etiladi.

Pedagogik ijodning mohiyati mustaqil harakat qilish va o'z faoliyatini ilmiy-pedagogik bilimlar nuqtai nazaridan o'zlashtirish qobiliyatida namoyon bo'ladi. Pedagogik ijodning muhim jihati shundan iboratki, u doim izchil, rivojlanuvchi xususiyatga ega bo'lib, o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro hamkorligiga imkoniyat yaratadi.

Bunda pedagogik ong o'qituvchida o'z bilimi va malakasini muttasil oshirib borish ehtiyojining mavjudligi bilan bog'liq juda ko'p masalalarni yechish uchun kalit bo'lib xizmat qiladi. Mazkur tushuncha o'quv rejalari va dasturlaridan foydalangan ta'limning maqsadlari va mazmuni, pedagogik g'oyalar va uslublarni amaliy faoliyatining muayyan shart-sharoitlari bilan taqqoslashni nazarda tutadi. Pedagogning o'z mahorati

darajasini aniqlashi ijodiy, novatorlik xususiyatiga ega bo'lgan mustaqil kasbiy yondashuvning shakllanishi uchun mo'ljal bcf lib xizmat qilish lozim.

CTqituvchi cfz faoliyatini takomillashtirib, boshqa tayyorgarligini pedagogik tafakkur va ongning o'sishiga ta'sir koVsatuvchi muhim omillardan biri deb hisoblashi mumkin. Shaxsga ijodiy moyillikning zarurligining pedagog tomonidan anglangach, bu uning shaxs sifatida takomillashuviga zamin bo'ladi. Bunda psixoiogiya va pedagogika fani yutuqiari, iig'or amaiiyotni o'ziashtirishga mustaqil intiiish, pedagogik mehnatning ijobiy mayliari, mavjud tajribaiarni ijodiy o'zlashtirish o'qituvchining kasbiy o'sishi va mahoratiga ta'sir koVsatadigan asosiy omiliar hisobianadi.

Agar pedagog ijodkorligining ichki asosiarida bir qancha muhim ruhiy jarayonlar, chunonchi, uning shaxsiy holatlari, intuitsiyasi, zehni, o'ziga tanqidiy munosabati, mehnatsevariigining ta'siri katta bo'lsa, pedagog ijodining tarkibiy qismiariga biiim, dunyoqarash, pedagogik texnika va madaniyat kiradi. Ijodning tarkibiy qismiari pedagog shaxsi mazmuni va mohiyatining muhim koVinishi hamdir. Pedagog shaxsining madaniyati ijtimoiy qadriyatiarni yaratish natijasi va jarayoni hisobianadi. Pedagogning ish amaliyotida kasbiy, ma'naviy va muomala madaniyatining mushtarakligi namoyon bo'ladi. Pedagogik ijod va pedagogik madaniyat uzviy bo'lib, kasbiy mahoratning ajralmas tarkibiy qismi hisobianadi.

— о 'qituvchi shaxsining kasbiy xususiyatlari:

— g'oyaviy sohada: ilmiy dunyoqarash va e'tiqod; ijtimoiy ehtiyoj va axloqiy zaruriyatlarni chuqur tushunish; ijtimoiy-siyosiy faollik.

— pedagoglik kasbi sohasida: bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish, pedagogik ishni va o'z kasbini sevish; ruhiy-pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanlik, pedagogik takt, pedagogik tasavvur; tashkilotchilik qobiliyati; haqqoniylik, dilkashlik; talabchanlik; qat'iylik va maqsadga intiiish; vazminlik; o'zini tuta bilish; kasbiy layoqatlilik.

Pedagoglik kasbini tanlagan kishi avvalo sog'lom bo'lishi, so'zlarni to'g'ri va yaxshi talaffuz qila olishi, asablari mustahkam, vazmin bo'lishi lozim. Shuningdek, bo'lajak o'qituvchi bolalarni sevishi, ular bilan ishlashga moyil, muloqotga kirishuvchan, xushmuomala, kuzatuvchan, mustaqil fikrli, talabchan bo'lishi zarur. Bu kasbiy sifatlarga ega bo'lgan o'quvchi-yoshlar oliy o'quv yurtini bitirgach, maktabda o'qituvchi sifatida samarali faoliyat koVsata oladi.

ADABIYOTLAR

1. Bozorov E., Musurmonova O. CTqituvchining ijodkorligi — davr talabi. — Toshkent: CTqituvchi, 1990.

— 120 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.