Научная статья на тему 'Значение повышение педагогической компетентности при подготовке будущих учителей технологического образования по кредитно-модульной системе'

Значение повышение педагогической компетентности при подготовке будущих учителей технологического образования по кредитно-модульной системе Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
260
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Life Sciences and Agriculture
Область наук
Ключевые слова
CREDIT MODULE / PEDAGOGICAL COMPETENCE / SPECIALIST MODEL / TRANSPARENCY / PEDAGOGICAL ACTIVITY / PROFESSIONAL DEVELOPMENT / INDIVIDUAL CHARACTERISTICS / DIAGNOSTICS / QUALIFICATION CHARACTERISTICS / PERSONAL QUALITIES / PSYCHOGRAM / PROFESSIONAL ACTIVITY / VOCATIONAL EDUCATION / PROFESSIONAL SKILL / PROFESSIONAL ABILITY / PSYCHOLOGICAL TECHNOLOGIES / PSYCHOLOGICAL QUALITY / KREDIT-MODUL / PEDAGOGIK KOMPETENTLIK / MUTAXASSIS MODELI / SHAFFOFLIK / PEDAGOGIC FAOLIYAT / KASBIY SHAKLLANISH / INDIVIDUAL XUSUSIYATLAR / DIAGNOSTIKA / MALAKAVIY TAVSIFNOMA / SHAXSIY SIFATLAR / PSIXOGRAMMA / KASBIY FAOLIYAT / KASBIY TA’LIM / KASBIY MAHORAT / KASBIY QOBILIYAT / PSIXIKO TEXNOLOGIYALAR / PSIXOLOGIK SIFATLAR / КРЕДИТ-МОДУЛЬ / ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ КОМПЕТЕНТНОСТЬ / МОДЕЛЬ СПЕЦИАЛИСТА / ПРОЗРАЧНОСТЬ / ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ / ПРОФЕССИОНАЛЬНОЕ ФОРМИРОВАНИЕ / ИНДИВИДУАЛЬНЫЕ ОСОБЕННОСТИ / ДИАГНОСТИКА / КВАЛИФИКАЦИОННАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА / ЛИЧНОСТНЫЕ КАЧЕСТВА / ПСИХОГРАММА / ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ / ПРОФЕССИОНАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ / ПРОФЕССИОНАЛЬНОЕ МАСТЕРСТВО / ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ СПОСОБНОСТЬ / ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ / ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ КАЧЕСТВА / KREDIT-MODUL TIZIMI / BALONIYA TA’LIM TIZIMI / KREDIT / MODUL / MODULLI TEXNOLOGIYA / AKADEMIK MOBILLIK / BINAR / VEBINAR / KREDIT-MODUL TIZIMINING AFZALLIKLARI

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Рахматов Махсуд, Расулова Майсара Набиевна, Нарзуллаева Мадина Ахроровна

В данной статье приведены данные о значимости формирования педагогической компетентности у будущих учителей технологического образования с помощью модели специалиста для повышения качества образования в условиях перехода к кредитно-модульной системе на сегодняшний день.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPORTANCE OF INCREASING PEDAGOGICAL COMPETENCE DURING PREPARATION OF FUTURE TEACHERS OF TECHNOLOGICAL EDUCATION ACCORDING TO THE CREDIT-MODULAR SYSTEM

In this article we have considered data on importance of formation of pedagogical competence in future teachers of technological education using the specialist model in order to improve quality of education in the context of transition to a credit-modular system today.

Текст научной работы на тему «Значение повышение педагогической компетентности при подготовке будущих учителей технологического образования по кредитно-модульной системе»

ЗНАЧЕНИЕ ПОВЫШЕНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ПРИ ПОДГОТОВКЕ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ ПО

КРЕДИТНО-МОДУЛЬНОЙ СИСТЕМЕ

Рахматов Махсуд Расулова Майсара Набиевна Нарзуллаева Мадина Ахроровна Самаркандский государственныйуниверститет

В данной статье приведены данные о значимости формирования педагогической компетентности у будущих учителей технологического образования с помощью модели специалиста для повышения качества образования в условиях перехода к кредитно-модульной системе на сегодняшний день.

Ключевые слова: кредит-модуль, педагогическая компетентность, модель специалиста, прозрачность, педагогическая деятельность, профессиональное формирование, индивидуальные особенности, диагностика, квалификационная характеристика, личностные качества, психограмма, профессиональная деятельность, профессиональное образование, профессиональное мастерство, профессиональная способность, психологические технологии, психологические качества.

KREDIT-MODUL TIZIMI BO'YICHA BO'LAJAK TEXNOLOGIK TA'LIM O'QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA PEDAGOGIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI

Maqolada bugungi kunda kredit-modul tizimiga o'tish sharoitida ta'lim sifatini oshirish uchun bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarida pedagogik kompetentlikni mutaxassis moduli yordamida shakllantirishning ahamiyati keltirilgan.

Kalit so'zlar: Kredit-modul, pedagogik kompetentlik, mutaxassis modeli, shaffoflik, pedagogic faoliyat, kasbiy shakllanish, individual xususiyatlar, diagnostika, malakaviy tavsifnoma, shaxsiy sifatlar, psixogramma, kasbiy faoliyat, kasbiy ta'lim, kasbiy mahorat, kasbiy qobiliyat, psixiko texnologiyalar, psixologik sifatlar.

IMPORTANCE OF INCREASING PEDAGOGICAL COMPETENCE DURING PREPARATION OF FUTURE TEACHERS OF TECHNOLOGICAL EDUCATION ACCORDING TO THE

CREDIT-MODULAR SYSTEM

In this article we have considered data on importance of formation of pedagogical competence in future teachers of technological education using the specialist model in order to improve quality of education in the context of transition to a credit-modular system today.

Keywords: credit module, pedagogical competence, specialist model, transparency, pedagogical activity, professional development, individual characteristics, diagnostics, qualification characteristics, personal qualities, psychogram, professional activity, vocational education, professional skill, professional ability, psychological technologies, psychological quality.

DOI: 10.24411/2181-0761/2020-10082

O'zbekiston Respublikasini xalqaro miqyosda tan oladigan milliy kadrlarni tayyorlash uchun xalqaro talablar darajasiga javob beradigan ta'lim tizimiga o'tish talab qilinadi. Hozirgi paytda xalqaro katta ahamiyatga ega bo'lgan ta'lim tizimlaridan biri kredit-modul tizimi hisoblanadi. Shuning uchun, bizning mamlakatimizda ham kreditmodul tizimiga bosqichma-bosqich o'tish uchun ma'lum bir tadbirlar amalga oshirilmoda. Masalan, O'zbekiston Respublikasi prezidentning 2019 yil 8 oktabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan «O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi»ga ko'ra, mamlakatdagi OTMlarning 85 foizi 2030 yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o'tishi rejalashtirilgan. Kelayotgan 2020-21 o'quv yilining o'zida mamlakatimizdagi 33dan ortiq yirik OTMlar kredit-modul tizimiga o'tishi kutilmoqda. Mazkur OTMlarda asosan ECTS (ECTS - European Credit Transfer and Accumlation System) kredit-modul tizimi joriy etilishi ko'zda tutilgan.

Ma'lumki, ta'lim sifatini oshirishda pedagog kasbiy-innovatsion kompetentligining ahamiyati juda katta, chunki o'quv jarayonining samaradorligi pedagogning bilimi, ko'nikmasi va malakasi bilan bir qatorda uning kompetentligiga ham bog'liq. Pedagogning kompetentligini o'rganishida modellashtirish muhim o'rin tutadi. Pedagogning kompetentligini o'rganish bo'yicha juda ko'p modellar mavjud. Ana shulardan biri "Mutaxassis modeli" hisoblanadi.

Mutaxassis modeli - bu ishlab chiqarish sohasida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni muvaffaqiyatli hal etilishini ta'minlovchi, ma'lum sifatlarini ta'riflovchi hamda kasb egasining mustaqil bilim olishi va o'zini rivojlantirishini aks ettiruvchi andoza hisoblanadi.

"Mutaxassis modeli" tushunchasi mohiyatida bilim, ko'nikma va malakalardan tashqari shaxsning sifatlari, madaniyati va boshqa xususiyatlari ham kiritilgan. Shu sohada ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan N. F. Talizina tomonidan, mutaxassisni kasbiy tayyorlash jarayonini modellashtirishga nisbatan umummetodologik yondashuv ishlab chiqilgan. Modelda kutilayotgan natija va unga erishish yo'llarining uzviy birligi aks etishi zarurligini alohida ta'kidlab, muallif quyidagilarni bayon etadi. "Mutaxassis modeli muammosi o'quv rejalari kabi o'quv dasturlarining ham mazmunini aniqlashda muhim hisoblanadi". Pedagog kasbiy tayyorgarligining sifati quyidagi uchta asosiy vaziyatning asoslanganlik darajasiga bog'liqdir: o'qitish maqsadlari (nima uchun o'qitiladi?), o'qitish mazmuni (nima o'qitiladi?) va o'quv jarayonini tashkil etish tamoyillari (qanday o'qitiladi?) darajasiga bog'liq bo'ladi.

Hozirgi zamon davr talabi bo'lgan ta'lim sohasida kredit-modul tizimining kirib kelishi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ushbu maqolada biz kredit-modul tizimining bo'lajak texnologiya ta'limi o'qituvchilarida pedagogik kompetentlikni shakllantirishdagi ahamiyatiga to'xtalib o'tamiz. Bo'lajak texnologik ta'lim mutaxassislarini tayyorlash jarayoni murakkab xususiyatga ega bo'lib, bu jarayonda maqsadning aniq belgilanishi mutaxassis modelining tarkibiy asoslarini aniqlashtirish muhim ahamiyatga ega.

Kredit-modul tizimining talablaridan biri talabalarning fanlarni tanlash imkoniyati, o'quv dasturlarida fanlarning saralanishi, bakalavr va magistratura dasturlariga shaffoflik kiritilishi va o'quv mashg'ulotlarida shaffoflikning tashkil etilishi texnologiya ta'limi o'qituvchilarining pedagogik kompetentligiga juda katta talablar qo'yadi. Texnologiya ta'limi o'qituvchisining pedagogik kompetentligi juda ko'p qirrali bo'lgani uchun talabalarda pedagogik kompetentlikni oliy ta'lim muassasalarida shakllantirish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Pedagogik kompetentlikni talabalarda shakllantirishni "Mutaxassis modeli" misolida ko'rib o'tamiz.

Mutaxassis modeli quyidagi uchta tarkibiy asosdan tashkil topgan.

1). Yangi ijtimoiy bosqichga xos bo'lgan xususiyatlar asosida yuzaga kelgan faoliyat turlari.

2). Kasbiy talablar aniq ko'rsatiladigan faoliyat turlari.

3). Davlatning ijtimoiy-siyosiy tuzilmasi hamda uning ma'naviy-axloqiy tizimi mohiyatiga ko'ra tashkil etuvchi faoliyat turlari.

Yuqorida keltirilgan faoliyat asoslari ma'lum mutaxassis uchungina emas, balki barcha mutaxassisliklar vakillari uchun ham zarur bo'lgan mahorat (shuningdek, ma'lum bilimlar) ni o'z ichiga oladi. Masalan, o'qish mahorati, jamoani boshqara olish, ijtimoiy faoliyatni tashkil etishga tayyorgarlik. Keyingi ikki faoliyat turi ma'lum kasb uchun qo'yiluvchi aniq talablar darajasini belgilaydi. Ammo, oliy ma'lumotli mutaxassislar tomonidan tashkil etuvchi faoliyat turlariga ko'ra barcha talablarni quyidagi uchta guruhga birlashtirish mumkin:

1). Tadqiqotchilik faoliyatini olib borishga imkon beruvchi mahorat;

2). Umum mutaxassislik va ixtisoslik fanlari bo'yicha nazariy va amaliy masalalarni hal etishda zarur bo'ladigan mahorat;

3). Talabalarni pedagogik va metodik faoliyatga tayyorlashni ta'minlovchi mahorat.

O'qituvchi avvalo ta'lim mazmunini loyihalashtirish bilan bog'liq quyidagi mahoratlar tizimini egallab olishi kerak: o'qitish maqsadlarini (ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantirish) konstruktiv tasvirlash; o'quvchilarda ma'lum kasb faoliyati bo'yicha bilim, ko'nikmalarining shakllanganlik darajasini aks ettiruvchi ko'rsatkichlarni aniqlash;

Ushbu ko'rsatkichlarning aks etishiga imkon beruvchi chizmalar, sxemalar, loyihalar, texnik-texnologik hamda tashkiliy-iqtisodiy mashqlar va ta'lim metodlari, shakllining to'g'ri tanlash; ularning ketma-ketligini aniqlash; o'quvchilar tomonidan nazariy va amaliy bilim va ko'nikmalarning shakllantirishi va hokazolar borasidagi zarur ma'lumotlarga ega bo'lishini ta'minlovchi ko'rsatkichlarni aniqlash.

Kasbiy shakllanish jarayonida o'qituvchilarning individual xususiyatlarini o'rganish, o'zlashtirish jarayonini tashkil etish hamda uning natijalarini baholash muhimdir. O'quv faoliyatining zarur tarbiyaviy natijasini aniqlashga xizmat qiluvchi mahoratlar alohida tizimli tashkil etadi va bu ma'naviy dunyo qarash, uning mohiyati hamda umumiy madaniyatlilik darajasi talablarini o'z ichiga oladi.

Tuzilish nuqtai nazaridan mutaxassis modeli uni o'zgartirish va tuzatish imkonini beruvchi, faoliyat samaradorligiga ta'sir qiluvchi va oson tashxis (diagnostika) qilinadigan tarkibiy qismlarini o'z ichiga olishi zarur. Ikki qismli tuzilmaga ega bo'lgan mutaxassis modeli eng ko'p tarqalgan model hisoblanadi.

Ushbu modelni yaratishda kasbiy faoliyatning ma'lum turi uchun muvofiq keladigan shaxsiy sifatlar to'plami tartibga solinadi. Mutaxassis modelining turlaridan biri malakaviy tavsifnoma hisoblanadi. Uning mazmunida quyidagi holatlar aks etadi: turli lavozim va turli ish joylari uchun xos bo'lgan kasbiy faoliyat turlari, vazifa va majburiyatlar, shaxsiy sifatlar, bilim va ko'nikmalar. Bunday modellar kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish, ularni atestatsiyadan o'tkazish, shuningdek, mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash dasturlarini tuzishda muhim kasb etadi. Malakaviy tavsifnoma me'yoriy model deb ataladi. Bu mutaxassis faoliyati va shaxsiga qo'yiladigan umumiy talablarni aks ettiruvchi maxsus pasportdir. Malakaviy tavsifnoma bo'yicha ilmiy izlanishlar olib brogan E. M. Borisova fikriga ko'ra, malakaviy tavsifnomaning tuzilmasi quyidagilardan iborat:

1). Shaxsiy xususiyatlar.

2). Faoliyatning asosiy soha va turlari.

3). Ular faoliyat olib boruvchi tashkilotlarning turlari.

4). Ular egallashi mumkin bo'lgan lavozimlar.

5). Shaxsiy sifatlarga nisbatan qo'yiladigan talablar.

6). Kasbiy mahoratga qo'yiluvchi talablar.

7). Lavozim bo'yicha amalga oshiriluvchi vazifalarning tartibi.

8). Kasbiy bilim darajasiga qo'yiladigan talablar.

O'qituvchining malakaviy tavsifnomasida quyidagilar o'z ifodasini topadi:

1). Faoliyatning asosiy sohasi va turlari:

a). Faoliyat sohasi: 1-ta'lim; 2-boshqaruv va boshqalar.

b). Faoliyat turlari: 1-o'quv; 2-metodik; 3-tarbiyaviy; 4-tashkiliy; 5-ilmiy (rahbarlik); 6-kadrlar bilan ishlash; 7-tadbirkorlik; 8-eksportlik va boshqalar.

2). Ular faoliyat olib boruvchi tashkilotlar: 1-Oliy ta'lim muassasalari; 2-Oliy ta'limdan keyingi ta'lim muassasalari (malaka oshirish kurslari va kadrlarni qayta tayyorlash markazlari); 3-Ta'limni boshqarish organlari.

3). Shaxsiy sifatlarga talablar: a). psixologik; b). mulohazali; d). axloqiy; c). faoliyatni tashkil etish mahorati va usullariga qo'yiladigan talablar.

Kasbiy tavsifnoma ma'lum soha bo'yicha faoliyat yurituvchi mutaxassisning muvaffaqiyatli ravishda umumlashtirilgan namunaviy modeli sanaladi. Namunaviy kasbiy tavsifnoma quyidagi tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi:

1). Mutaxassislik ta'lim yo'nalishi, bilim sohasi va ixtisoslik nomi;

2). Kasbiy ta'lim (ta'lim shakllari, o'qishga kirish shartlari, ta'limning davomiyligi, egallanadigan malaka darajasi, kasbiy jihatdan o'sish imkoniyatlari), o'qishni davom ettirish.

3). Kasbiy faoliyati (vazifasi) xususiyatlari, faoliyatning ustuvor jihatlari, malakaviy talab hamda egallanishi zarur bo'lgan asosiy malakalar.

4). Psixogramma kasbiy-yo'naltirilgan talablar, ijtimoiy madaniy sifatlar, mutaxassislikka xos bo'lgan sifatlar (kasbiy yo'nalganlik, bilimdonligi, kasbiy layoqat).

5). Mehnatning sanitariya-gigiyenik sharoitlari (ish tartibi, sensomotorli va pertseptiv doiradagi tibbiy ko'rsatmalar).

Mehnat faoliyatining umumiy (ijtimoiy, texnologik, iqtisodiy, sanitariya gigiyenik) xususiyatlari eng ommalashgan kasbiy tavsifnomada kasbiy faoliyatning maqsadi, predmeti, usuli, natijalarni baholash mezoni, zarur malakaviy xususiyatlari, vositasi, sharti, tashkil etishni, mehnat kooperatsiyasi, mehnat omilkorligi, xavf-xatar turlari va ularning ishchi hayoti va faoliyatiga bo'lgan salbiy ta'siri yoki faoliyat natijasi uchun foydasi kabi holatlar o'z aksini topadi.

So'nggi paytlarda taklif etilayotganda tahliliy kasbiy tavsifnomada "Kasbiy faoliyat va shaxsning kasbiy ahamiyatli sifatlari, uning alohida jihatlari emas, kasb (yoki kasbiy faoliyat) ning psixologik tuzilmasini umumlashtiruvchi me'yoriy va morfologik ko'rsatgichlar" yoritiladi. Juda ko'p izlanishlar va tadqiqotlar natijasida olimlar kasbiy faoliyat tavsifida quyidagilar aks etishi kerak degan xulosaga keldilar: kasbning yo'nalganligi, kasbning keng tarqalganligi, kasbning mehnat predmeti, kasbiy bilimlar, samarali natijaga erishish mehnat vositalari, mehnat sharoitlari, mehnatni tashkil etish, mehnat mahsuloti, kasbiy mahoratning mavjud darajalari, mutaxassisning xulqi, mutaxassisning majburiyatlari, kasbning inson xulq-atvoriga ta'siri, o'z-o'zini shakllantirish, kasbiy faoliyatning salbiy jihatlari.

Pedagogning kompetentligini real xarakterlovchi omillardan biri psixologik tavsifnoma (psixogramma-mutaxassisning ma'naviy-axloqiy va ruhiy qiyofasi) hisoblanadi. Kasbiy faoliyatni tashkil etishda ijtimoiy-kasbiy munosabatlar, kasbiy jihatdan o'sish, shuningdek, sodir bo'lish ehtimoli bo'lgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun talab etiluvchi psixologik sifatlari muhim ahamiyat kasb etadi, ularning sirasiga quyidagilar kiradi:

1). Shaxsiy ehtiyojlar, hayotiy maqsad, vazifalar, talablar, qiziqishlar, shaxs ishtirokida tashkil etiluvchi munosabatlar mazmuni, qadriyatli yo'nalishlar, psixologik pozitsiya;

2). Kasbiy intilishlar, talablari, kasbiy jihatdan o'zini baholash, o'zini mutaxassis sifatida anglash;

3). Psixik holat va xissiy (emotsional) qiyofa;

4). Mehnat, uni tashkil etish jarayoni va natijalardan qoniqish;

5). Mehnat va kasb borasidagi psixologik bilimlar;

6). Psixotexnologiyalar, psixologik harakatlar, usullar, metodlar, mahorat va texnikasi (ularning, shaxsning o'zi va boshqalarga ta'siri);

7). Kasbiy qobiliyat, kasbiy salohiyat, kasbiy jihatdan o'sish imkoniyatlari;

8). Kasbga xos, shu jumladan, ijodiy fikrlash, kasbiy tajribani boyitish imkoniyatlari;

9). Kasbiy jihatdan o'sishni rejalashtirish va rivojlanish;

10). Psixologik ziddiyatlar (kasbiy faoliyatga mutlaqo yoki muayyan darajada mos kelmaydigan psixikik sifatlar, bu o'rinda kasbga xos operatsional ziddiyatlarni aniqlab olish maqsadga muvofiqdir);

11). Kasbiy jihatdan o'sish yo'nalishlari.

Bizning fikrimizcha, kuzatishlar va olib borilgan tadqiqotlar kasbiy tavsifnoma mazmunida yana shuningdek, kasbiy jihatdan tayyorlash va qayta tayyorlash, alohida psixologik sifatlarni mashq qildirish, o'zgartirish, o'rnini to'ldirish kasbiy malakani oshirish va turdosh kasbga yo'naltirish (shaxsning individual xususiyatlarini inobatga olish asosida) masalalarining yoritilishi maqsadga muvofiqdir.

Shunday qilib xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, kuzatishlar va tajribalar hozirgi davr talabi bo'lgan ta'lim berishning kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich o'tilishida bo'lajak texnologik ta'limi va boshqa fanlarning o'qituvchilarida pedagogik kompetentlikning shakllantirishni ahamiyati juda katta bo'lib, bunda "Mutaxassis modeli" dan foydalanish yaxshi natijalarni berar ekan.

Adabiyotlar:

1). O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3151-sonli qarori.

2). Obidjon Xamidov "Oliy ta'limda xalqaro integratsiyalashuv qanday afzallarga ega" "Xalq so'zi" gazetasi. 2020 yil. 30 may.

3). Q. Istamov Pedagogik texnologiya" O'quv qo'llanma Namangan. 2004.

4). Innovatsion ta'lim texnologiyalari Muslimov N. A., Usmonboyeva M. X., Sayfurov D. M., To'rayev A. B. - Toshkent "Sanostandart" nashriyoti. 2015 y-81 bet.

5). Сборник кейсов для вузов подисциплинам Гуманитарного и социално -Экономического цикла. Учеб. - метод пособие. - СПБ.: Изд-о Санкт-Петербурского университета управления и экономики. 2015. С. 3

6). Савельева М. Г. Педагогические кейсы: конструирование и использование в процессе обучения и оценки компитенций студентов / Учеб. - метод. пособие. -Ижевск: ФГБОУВПО "Удмуртский университет". 2013.

7). Muslimov N. A. Kasb ta'limi o'qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari. Ped. Fan. dok... des. - T 2007-315bet.

8). Drapen patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). - Alexandria - Virginia, USA: ASCD, 2014-P.4.

9). D. Baxritdinova. Texnologiya fanlari samaradorligini oshirishda integratsiyaning ahamiyati. Kasb hunar ta'limi. 2019. №2; 36-38 betlar.

10). Н. Х. Авлиёкулов. Касбий фанларни модулли у'китиш технологияси. 2004. -280 бет.

11). М. Ж. Турдиева. Таьлим жараёни самарадорлигини ошириш ва фанлар интеграциясини таьминлашда креативликнинг ахамияти. Касб-хунар таьлим. 2018 й. №4 17-18 бетлар.

12). X. Ernazarova "Saboq, xulosa, reja" Zarafshon 2020 yil 15-iyun. №69. 1-2 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.