Научная статья на тему 'O’smirlarni kasbga yo’naltirishga qo’yiladigan pedagogik - psixofiziologik talablar'

O’smirlarni kasbga yo’naltirishga qo’yiladigan pedagogik - psixofiziologik talablar Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
3071
337
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
analiz / sintez / klassifikatsiyalash / kasb / diagnostik kasb / analysis / synthesis / classification / profession and diagnostic profession.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — T. Rustamova

Ushbu maqolada o’smirlarni kasbga yo’naltirishga qo’yiladigan pedagogik – psixofiziologik talablar, kasbga yo’naltirish ishlarining o’ziga xosligi xususida fikr yuritilgan. Maqoladan o’quvchilar, psixologlar va ota-onalar foydalanishlari mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL AND PSYCHOPHYSIOLOGICAL REQUIREMENTS FOR TEENAGERS 'PROFESSIONAL DIRECTION

This article gave the aim for focusing young adults in educational demands and professional ways intheir life teachers, psychologists and parents might use this article.

Текст научной работы на тему «O’smirlarni kasbga yo’naltirishga qo’yiladigan pedagogik - psixofiziologik talablar»

O'SMIRLARNI KASBGA YO'NALTIRISHGA QO'YILADIGAN PEDAGOGIK - PSIXOFIZIOLOGIK TALABLAR

T.Rustamova NamDU

Аннотация: Ushbu maqolada o 'smirlarni kasbga yo 'naltirishga qo 'yiladigan pedagogik - psixofiziologik talablar, kasbga yo 'naltirish ishlarining o 'ziga xosligi xususida fikr yuritilgan. Maqoladan o 'quvchilar, psixologlar va ota-onalar foydalanishlari mumkin.

Kalit so 'zlar: analiz, sintez, klassifikatsiyalash, kasb, diagnostik kasb.

ПЕДАГОГИКО-ПСИХОФИЗИОЛОГИЧЕСКИЕ ТРЕБОВАНИЯ ДЛЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО НАПРАВЛЕНИЯ ПОДРОСТКОВ

Т.Рустамова НамГУ

Аннотация: В статье говорится о педагогическо-психофизиологических требованиях, предъявляемых к профессиональной ориентации подростков и об уникальности работ по профессиональной ориентации.

Ключевые слова: Анализ, синтез, классификация, профессия, диагностическая профессия.

PEDAGOGICAL AND PSYCHOPHYSIOLOGICAL REQUIREMENTS FOR TEENAGERS 'PROFESSIONAL DIRECTION

T.Rustamova NamSU

Abstract: This article gave the aim for focusing young adults in educational demands and professional ways intheir life teachers, psychologists and parents might use this article.

Key words: analysis, synthesis, classification, profession and diagnostic profession.

Respublikamizda barkamol shaxs va malakali mutaxassis tayyorlash jarayonining samarali tashkil etilishini taminlashga qaratilgan uzluksiz talim tizimi tarkib toptirildi. Mustaqil huquqiy demokratik davlat qurish jarayoni nazariyotchilar,

ЕЕЯ^^И 230 http://oac.dsmi-qf.uz

amaliyotchilar va talim tizimi rahbarlari oldiga kasbiy faoliyatga yo'naltirilgan moslashuvchan kadrlarni tayyorlash masalasini qo'ydi1.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da jamiyat, davlat va oila oldida o'z javobgarligini his etadigan mutaxassislarni taryyolash maqsadlari aniq belgilab berildi. Respublikamizning mustaqillik yillarida orttirgan taraqqiyot tajribasi taxlil qilinib, milliy istiqlol g'oyalari tamoyillariga asoslanib, ijtimoiy hayotning muhim tarkibiy qismi talim-tarbiya jarayoni o'zgardi. Bu jarayon talim sohasidagi davlat siyosatining huquqiy asoslarini yaratishdan boshlandi. Talim va tarbiyani islohot talablari asosida yuksak darajaga ko'tarish ham davrimizning qat'iy talabi, jamiyatning ijtimoiy buyurtmasidir.

O'smirlarni o'rganilayotgan kasbga qiziqishini shakllantirish jarayonida ularning e tiborliligini ifodalaydigan materiallarni tavsiflaydigan xolatlar kuzatiladi. Shunningdek, kasbiga qiziqishini shakllantirishni taminlaydigan intellektual komponentning tarkibiy qismlarini aniqlashda quyidagilarga alohida e'tibor berish lozim2:

- Analiz va sintez;

- Diqqat va kuzatuvchanlik;

- Ajratish va umumlashtirish;

- Klassifikatsiyalash va isbotlash.

Kasblarga qo'yiladigan psixofiziologik talablarni umumiy holatini izohlash uchun3:

1. O'smirlarni tegishli kasbiy niyatlarini shakllantirish metodlarini ishlab chiqish;

2. Kasbiy qobiliyatlar va kasbga layoqatni shakllantirish metodlarini ishlab chiqish.

3. Turli kasblarning ijtimoiy mavqeini tenglashtirish metodlarini va yo'llarini ishlab chiqish.

4. Mehnat resurslarini taqsimlash va ularning muhim joylashib qolishi jarayonini iqtisodiy va manaviy tartibga solib turish omillarini ishlab chiqish.

5. Moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarining o'smirlarni uchun jozibali bo'lishini oshirish tadbirlari tizimini ishlab chiqish.

6. Kasb tanlashning tegishli motivlari shakllanishiga ommaviy tarbiya vositalari ta siri samaradorligini oshirish tadbirlari tizimini ishlab chiqish.

7. Kasb - xunar kolleji, oila va ishlab chiqarish bilan hamkorlikda kasbga yo'naltirish va kasbiy maslaxat bo'yicha olib boradigan ishlari tizimini belgilashda

1 O'zbekiston Respublikasining «Milliy kadrlar» dasturi. MaWat gazetasi.15 sentyabr,1997 yil.

2 B. X. Raximov "Ta lim tizimida bo'lajak o'qituvchi shaxsning kasb madaniyati" Samarqand., 1996 y., 43-45 b.

3 M. F. Ziyaeva "Bo'lajak tibbiyot xodimining kasbiy yo'nalganligini shakllantirish" Xalq talimi j ., 2001 y 3-son., 5456 b.

"xohlayman", "uddalayman" hamda yengil sanoat sohasi tarmoqlariga xos ishlab chiqarish korxonalarini o'rganish jarayonida o'quvchilarni mazkur sohaga xos kasblarni tanlashga yo'naltirish asoslarini mukammal o'zlashtirishni taminlash zarur.

O'smirlarni kasbga tayyorlash jarayoni, mehnatga munosabatini tarbiyalash, amaliy ko'nikma va malakalarni shakllantirish, o'quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish va shakllantirish ishlarini o'z ichiga oladi.

Shaxsiy-psixologik omillarga esa e'tiqod ehtiyoji, moyillik, odatlar, ma lum bir faoliyatning biror turini tanlash masalalari kiradi. Inson ongini o'rganishda shaxsning aniq vaziyatdagi, aniq maqsadi pedagogik-psixologik, kasbiy, texnik-texnologik foliyatining asosiy maqsadi yoshlarda faqat moddiy boyliklar yaratish malakasini tarbiyalash emas, balki mehnat qilish ehtiyojini ham tarkib toptirishdir. Kasbiy yo'naltirish va tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun o'qituvchi yuksak g'oyaviy, printsipial, siyosiy etuk va manaviy barqaror inson bo'lishi shart4.

Pedagog o'zining - o'quvchilarini bilish va hurmatlash, doimo ularning har tomonlama kamol topishi uchun qayg'urish, ehtiyoj va qiziqishlarini tushunish, har biriga yakka holda yondoshish kasbga yo'naltirish, pedagogik mahorat, o'z ustida uzluksiz ijodiy ishlash, o'z bilimlarini takomillashtirib borish, yuksak saviyaga erishishi muhim ahamiyatga ega.

Kasb tanlashda o'smirlarga yordam berish maqsadida mutaxassislar (psixologlar, vrachlar, pedagoglar va boshqalar)ning maslahatlari va tavsiyalari asosiy omillardan biri bo'lib xizmat qiladi. Kasblar bo'yicha maslahat berishning bir necha xillari mavjud bo'lib ular bir - biridan farq qiladi.

Malumot-axborot beruvchi maslahatlar:

Kasbni mazmuni bilan iloji boricha chuqurroq tanishtirishga qaratilgandir. U sizni o'qa kasbni shaxsga nisbatan qanday talablar qo'yishi bilan tanishtiradi, bu kasbni qaerda, qanday qilib o'rganish yo'llarini, ishga joylashish imkoniyatlarini tushuntirib beradi: shu maslahatning o'zida siz kasb mahoratini oshirish yo'llari to'g'risida ham ko'pgina malumotlarni bilib olishingiz mumkin. Odatda bunday maslahatlarni o'sha kasbda uzoq vaqtdan beri ishlayotgan tajribali mutaxassislar o'tkazadilar.

Diagnostik kasb maslahati berish:

Kishini har tomonlama o'rganish asosida undagi qiziqishlar, moyilliklar, qobiliyatlar hamda shaxsdagi kasbiy jihatdan muhim bo'lgan ayrim sifatlarni aniqlab o'rganishga qaratilgandir.

Bunday maslahatdan maqsad-faoliyatning qanday sohasida siz muvaffaqiyatli ishlashingiz mumkinligini, yani siz qaysi sohada jamiyat uchun maksimal foyda keltirishingiz mumkinligini hamda o'z mehnatingizdan mumkin qadar ko'proq

4 M. F. Ziyaeva "Kasbga qiziqish va kasb tanlash" Kasb xunar talimi j 2001 y 5-son., 15-17 b.

232

qoniqish hosil qilishingizni oldindan belgilab berishdan iborat. Diagnostik kasb maslahatini psixologlar o'tkazadilar. Ular shaxsni o'rganishning anketa to'ldirish, testlar bilan sinash singari har xil metodlarini qo'llaydilar.

Tibbiy kasb maslahati:

Odamning salomatligi u tanlagan kasb talablariga qay darajada muvofiq kelishini aniqlab olishga yordam beradi. Agar siz mo'ljallayotgan kasb qandaydir bir sabab bilan soglig'ingizga to'g'ri kelmaydi, deb topilgudek bo'lsa, u holda vrach sizga boshqa bir kasbni, yani sizning qiziqishingiz va soglig'ingizga zarar etmaydigan kasbni tanlashga tavsiya qiladi.

Tuzatish kirituvchi kasb maslahati:

O'smirlarni bir kasbni tanlasa-yu, lekin uning real imkoniyatlari va qobiliyatlariga o'sha kasb muvofiq kelmagan hollarda bunday maslahat zarur bo'ladi. Bunday vaziyatda kasbiy rejani qaytadan ko'rib chiqish yoki unga aniqlik kiritish zarur bo'lib qoladi.. Meditsina kasb maslahatiga malumot - axborot berish xarakteridagi va tuzatish kirituvchi xarakterdagi elementlar mavjud bo'lsa, diagnostik kasb maslahatida kasb maslahatlarining elementlari uchraydi va hakozo.

Kasb to'g'risida maslahat 3 ta bosqichga bo'linadi.

1. Kasbga tayyorlash. Bunga o'quvchining kollejni bitirgunga qadar bo'lgan jarayoni kiradi. Bunda o'smirlarning qiziqishi, xohishi u yoki bu kasbga moyilligini hisobga olgan holda kasblarga tayyorlanadi, kasblar to'g'risida axborotlar berib boriladi.

2.Yakunlovchi: kollejni bitirayotganda kasbga yo'llash ishlarini olib boriladi. Bu yakunlovchi turda o'quvchilarni qobiliyatiga qarab u yoki bu kasb larni egallashga yordam berish. Bu xil maslahat kollej doirasidan tashqariga chiqadi va ko'pincha oliy ta'lim, tashkilotlarda amalga oshiriladi.

3.Kasbga ko'nikma hosil qilish. Bu kasbga yo'llash ishi yakunlovchi ish bo'lishi kerak, chunki o'quvchi zavod va fabrikada, shuningdek o'quv yurtlarida o'z qiziqqan sohasi bo'yicha ishlaydi va o'qiydi. Ko'nikma hosil qilish sistemali ravishda rejani bajarish va musobaqalarda ishtirok etish natijasida mustahkamlanadi.

Kasbga layoqatliligi. Kasbga layoqatliligini aniqlash 3 yo'l bilan amalga oshiriladi.

a) SogTig'i to'g'risida;

b) Kasbga taxminiy tayyorgarlikning puxtaligi;

v) Psixofiziologik holati.

Bu layoqatligiga qarab mutaxassislar o'smirlarga u yoki bu kasbga loyiq ekanligini aniqlashadi va kasbni o'zgartirish kerakligi yoki sogliqqa zararligini, uning organizmi tanlagan kasbiga loyiq emasligi to'g'risida malumot berishadi.

Ushbu mavzu yuzasidan olib boriladigan - kasbga yo'naltirish masalalarida test, anketa,suhat metodlaridan shuningdek psixologik metodikalardan unumli foydalanish

maqsadga muvofiq.

O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirishga oid metodikaning mohiyati, shuningdek, tajriba-sinov ishlarining yakuni va natijalari ilmiy asoslangan. O'smirlarni kasb-hunarga yo'naltirish borasida tashkil etilgai tajriba-sinov ishlari jarayonida yoshlarni kasbga yo'naltirish jarayonining samarali kechishini taminlovchi shakl, metod va vositalar aniqlandi. Ular quyidagilardan iboratdir:

1) faoliyat shakli - suhbat, anketa hamtsa test so'rovlarni tashkil qilish, uchrashuv, davra suhbati, interv'yu, konferentsiya, seminar, debat, ashliy trening, ko'rgazma, ekskursiya, tanlov, .maruza va boshqalar;

2) faoliyat metodlari - pedagogik kuzatuv, hikoya qilish, tushuntirish, manbalar mazmunini o'rganish, ko'rgazmalilik, amaliy mashg'ulot, ekskursiya, namoyish etish, "Aqliy hujum", "Qizil va qora", "Qora quti", "Fikrlarniig shiddatli hujumi", "Klaster", "Qarorlar qabul qilish texnologiyasi", "Muz yorar" kabi uslublar;

3) faoliyat samaradorligini taminlovchi vositalar - o'quv manbalari, yordamchi adabiyotlar, pedagogik amaliyot, madaniy meros namunalari, o'quv va texnik jihozlar, axborot texnologiyalari (televizor, radio, komp'yuter, audio va video magnitofonlar), ilg'or pedagoglarning ish tajribalari va hokazolar.

Demak o'smirlarni kasbga yo'naltirishga qo'yiladigan pedagogik -psixofiziologik talablar umumiy xolda quyidagi xulosalarga olib keldi:

- o'smirlarni kasb-hunarga yo'naltirishning nazariy va amaliy asoslarini yaratish;

- o'smirlarni kasbiy qiziqishi tanlagan kasb bilan o'zaro aloqasida namoyon bo'luvchi shaxsning murakkab sifati ekanligini anglash;

- o'smirlarni kasb-hunarga yo'naltirishga oid ommaviy axborot vositalarida ko'rsatuvlar uyushtirish;

- o'smirlarni mexnat faxriylari bilan uchrashuvlar o'tkazish;

- Ishlab chiqarish korxonalariga zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirish;

- o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirishning tavsiyalar va uslubiy ko'rsatmalar yaratish lozim.

Foydalangan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasining «Milliy kadrlar» dasturi. Marifat gazetasi.15 sentyabr,1997 yil.

2. I. A. Karimov "Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi; O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo'llari va choralari" T., 2009 y mart

3. M. Ochilov "Muallim qalb me'mori" T., "O'qituvchi" 2001 y

4. M. F. Ziyaeva "Bo'lajak tibbiyot xodimining kasbiy yo'nalganligini shakllantirish" Xalq talimi j ., 2001 y 3-son., 54-56 b.

5. M. F. Ziyaeva "Kasbga qiziqish va kasb tanlash" Kasb xunar talimi j ., 2001 y 5-son., 15-17 b.

6. B. X. Raximov "Talim tizimida bo'lajak o'qituvchi shaxsning kasb madaniyati" Samarqand., 1996 y., 43-45 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.