Научная статья на тему 'HARAKATLAR STRATEGIYASI VA MILLIY TA’LIM TIZIMI MUAMMOLARI'

HARAKATLAR STRATEGIYASI VA MILLIY TA’LIM TIZIMI MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

2453
260
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
strategiya / oliy ta’lim / ijtimoiy himoya / dolzarb / xalq ta’limi. / strategy / higher education / social protection / actual / public education.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Jasur Salixov

Maqolada Harakatlar strategiyasining Besh ustuvor yo’nalishi batafsil yoritilgan bo’lib, undan 4-tashabbus “Yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish” masalasiga alohida e’tibor berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — Jasur Salixov

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ACTION STRATEGY AND PROBLEMS OF THE NATIONAL EDUCATION SYSTEM

The article details the Five Priorities of the Action Strategy, with the 4th Initiative focusing on Youth Involvement in Reading.

Текст научной работы на тему «HARAKATLAR STRATEGIYASI VA MILLIY TA’LIM TIZIMI MUAMMOLARI»

HARAKATLAR STRATEGIYASI VA MILLIY TA'LIM TIZIMI

MUAMMOLARI

Jasur Salixov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat sirtqi ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada Harakatlar strategiyasining Besh ustuvor yo'nalishi batafsil yoritilgan bo'lib, undan 4-tashabbus "Yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish" masalasiga alohida e'tibor berilgan.

Kalit so'zlar: strategiya, oliy ta'lim, ijtimoiy himoya, dolzarb, xalq ta'limi.

ACTION STRATEGY AND PROBLEMS OF THE NATIONAL EDUCATION

SYSTEM

Jasur Salikhov

Chirchik State Pedagogical Institute, Tashkent region 3rd year student of Physical Culture

ABSTRACT

The article details the Five Priorities of the Action Strategy, with the 4th Initiative focusing on Youth Involvement in Reading.

Keywords: strategy, higher education, social protection, actual, public education.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni bilan Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining «Ijtimoiy sohani rivojlantirish» deb nomlangan 4-yo'nalishida maktabgacha ta'lim muassasalarining qulayligini ta'minlash, umumiy o'rta, o'rta maxsus va oliy ta'lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlari haqida batafsil yoritiladi. Mazkur yo'nalishda ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohasini rivojlantirishga, har tomonlama barkamol, ma'nan yetuk, va shu bilan bir qatorda, yuqori malakali mutaxassislarni tarbiyalashga alohida e'tibor beriladi. Bu esa yoshlarga oid davlat siyosatini butun choralar bilan takomillashtirishni taqozo etadi. Hujjatda ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yangi ta'lim muassasalarini qurish, ta'mirlash va kapital ta'mirlash barobarida, zamonaviy o'quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o'quv-metodik qo'llanmalar bilan ta'minlash nazarda

tutilgan. Ahamiyatga molik jihati shundaki, mazkur hujjat o'z ichiga ta'lim tizimini bog'chadan to oliy ta'lim muassasasigacha takomillashtirish, sifat va samaradorligini oshirish bo'yicha qator dolzarb maqsad-vazifalarni qamrab olgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Harakatlar strategiyasiga muvofiq 2017-2021 yillarda oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish Dasturini ishlab chiqish, o'quv dasturlarini yanada takomillashtirish, pullik xizmatlar ko'rsatish va moliyalashtirishning qo'shimcha manbalarini izlashda oliy o'quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo'li bilan ularning mustaqilligini bosqichma-bosqich rivojlantirish nazarda tutilgan. Buning natijasi o'laroq, 2019-yilning 8-oktabrida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni e'lon qilindi. Ushbu farmonda oliy ta'lim tizimini tubdan isloh qilish bo'yicha bir qator vazifalar belgilangan. Jumladan, Farmonda quyidagilar nazarda tutilgan:

-oliy ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog'lom raqobat muhitini yaratish;

-O'zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalarining flagmaniga aylantirish; respublikadagi kamida 10 ta oliy ta'lim muassasasini xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o'rindagi oliy ta'lim muassasalari ro'yxatiga, shu jumladan, O'zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o'rindagi oliy ta'lim muassasalari ro'yxatiga kiritish;

-oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o'tkazish;

-xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta'limning ilg'or standartlarini joriy etish, jumladan, o'quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo'naltirilgan ta'limdan amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim tizimiga bosqichma-bosqich o'tish;

-oliy ta'lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo'shadigan, mehnat bozorida o'z o'rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish;

-oliy ta'lim muassasalarining akademik mustaqilligini ta'minlash; -oliy ta'lim muassasalarida ta'lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog'liqligini nazarda tutuvchi "Universitet 3.0" konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;

-xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar ko'lamini kengaytirish va boshqa budjetdan tashqari mablag'lar hisobiga oliy ta'lim muassasalarida texnopark,

forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarini tashkil etish hamda ularni tegishli tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qiluvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasalar darajasiga olib chiqish;

-oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, doktorantlari, bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik ko'rsatkichlari oshishi, shuningdek, respublika ilmiy jurnallarini xalqaro ilmiy-texnik ma'lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishini ta'minlash;

-oliy ta'limning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy ta'lim va ilm-fan texnologiyalarini jalb etish;

-talaba-yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun qo'shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o'z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;

-oliy ta'lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini, shu jumladan, xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablag'larini keng jalb qilish hisobiga yaxshilash, ularni bosqichma-bosqich o'zini o'zi moliyalashtirish tizimiga o'tkazish va moliyaviy barqarorligini ta'minlash;

-ta'limning ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o'zaro manfaatli hamkorligini yo'lga qo'yish;

-aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarning oliy ta'lim bilan qamrov darajasini oshirish, ular uchun infratuzilmaga oid sharoitlarni yaxshilash.

NATIJALAR

Mazkur Farmon ijrosini ta'minlash yuzasidan oliy ta'lim vazirligi tomonidan 2030-yilga qadar respublikadagi kamida 10 ta oliy ta'lim muassasasini xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o'rindagi oliy ta'lim muassasalari ro'yxatiga, shu jumladan, O'zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o'rindagi oliy ta'lim muassasalari ro'yxatiga kiritishni, bunda mazkur oliy ta'lim muassasalarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi. Bugungi kunda respublikamizdagi bir qancha oliy ta'lim muassasalari kredit-modul tizimiga o'tmoqda.

MUHOKAMA

Yana bir masala - oliy ma'lumotli kadrlarimizning xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishdir. Bugungi kunda dunyoning rivojlangan davlatlari kadrlar tanlashda Bolonya deklaratsiyasiga tayanmoqda. Shu bois mamlakatimizning mazkur xalqaro hujjatga qo'shilish masalasi ko'rib chiqiladi. Bu milliy oliy ta'lim tizimini jahon

amaliyoti bilan uyg'un rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifati keskin oshirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, hududlardagi oliy o'quv yurtlari uchun ilmiy-pedagogik kadrlar zaxirasi yaratish, tayanch oliy ta'lim muassasalarida magistratura va doktoranturaga maqsadli qabul tashkil etilishining ko'zda tutilishi bugungi kunda ko'zga yaqqol tashlanib kelayotgan bo' shliqning yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, Harakatlar strategiyasiga asosan ishlab chiqiladigan ilm-fan sohasini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlar dasturiga muvofiq ilmiy-tadqiqot muassasalarining innovatsion infratuzilmasini rivojlantirish, istiqbolli sohalarda kichik innovatsion korxonalar, texnoparklarni tashkil etish hamda intellektual mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni (mualliflik huquqi, turdosh huquqlar, ixtirolarga bo'lgan huquqlar va boshqalar) buzganlik uchun javobgarlikni, shuningdek bu sohadagi davlat nazoratini kuchaytirish belgilangan. Ta'lim va fan sohasini rivojlantirish bo'yicha davlatimiz hamda hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatning ma'no-mazmunidan va uning dolzarbligidan kelib chiqib, uni quyidagicha izohlash mumkin:

birinchidan, yangi ta'lim tizimi, barkamol avlod kadrlarini tayyorlashdagi o'zgarishlar va yangicha yondashuvlar, zamonaviy kasb sohalarining paydo bo'lgani hamda uning mamlakatimiz sharoiti bilan bog'liqligidir;

ikkinchidan, ta'lim tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot natijasida muayyan davrdan boshlab, inson faoliyatining alohida mustaqil sohasiga aylanib, jamiyatning ijtimoiy tajribasini keyingi bosqichga uzatadi;

uchinchidan, ta'lim inson shaxsining intellektual-ma'naviy qirralarini shakllantirish, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma'rifiy hayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini ta'minlashga qaratilgan harakatlar yig'indisi bo'lib, ma'rifat hamda bilim berishni anglatadi;

to 'rtinchidan, fan jamiyatning ijtimoiy institutlaridan biri bo'lib, tabiat va jamiyat hayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli.

U katta ilmiy salohiyatni, ijodiy kuch-quvvatni birlashtirib, ma'naviy barkamol insonni tarbiyalashga, mamlakatda qudratli ilmiy salohiyatni yaratishga xizmat qiladi. Yana shuni ta'kidlash lozimki, Harakatlar strategiyasida kam ta'minlangan oilalar va ularning bolalarini davlat tomonidan moddiy qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor karatilgan ularni maktablarda va bog'chalarda alohida o'qitish tashkil etilgan. Mehnatga layoqatsiz bolalarni individual, ya'ni yakka tartibda o'qitish yo'lga qo'yilgan. Bu boradagi ishlarni to'g'ri tashkil qilish uchun hukumat tomonidan Xalq ta'limi vazirligiga bir qancha topshiriqlar yuklatildi. Bu boradagi ishlar nafaqat umumiy o'rta ta'lim, balki Oliy ta'lim tizimida ham tashkil etildi. Mehnatga layoqatsiz yoki nogironligi bo'lgan yoshlarga ham e'tibor qaratilmoqda. Misol uchun, 2018-2019-o'quv yilidan boshlab ana shunday yoshlarga oliy ta'limda davlat granti asosida o'qish imkoniyati yaratildi.

XULOSA

Bugungi yaratilayotgan ta'lim tizimidagi sharoitlar yanada rivojlantirilib har yangi o'quv yilida oliy ta'limda qabul kvotalarini yanada ko'paytirish yo'lga qo'yilmoqda. Davlat granti qabulini oshirish va to'lov shartnoma asosida o'quvchi talabalar sonini oshirib davlatimiz o'sib kelayotgan har bir yosh avlodni oliy ma'lumotga ega qilib jamiyat uchun kerakli kadrlarni tayyorlashda asosiy omil bo'lib xizmat kilmoqda. Keyingi yillarda respublikamizda ijtimoiy sohaga yo'naltirilgan xarajatlar hajmi 5 barobarga ko'paytirildi. Har yili davlat byudjetining qariyb 60 foizi sog'liqni saqlash, ta'lim, kommunal xo'jalik, aholini ijtimoiy himoya qilish sohalaridagi vazifalar ijrosiga yo'naltirilmoqda. Jamiyat ijtimoiy sohasining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri ta'lim-tarbiya sohasi bo'lib, uning rivoji siyosiy-huquqiy, iqtisodiy va ma'naviy sohalarga bevosita ta'sir etadi hamda ijtimoiy sohalar me'yoriy mohiyatini, kamolot darajasini belgilab beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida /Rasmiy nashr/ O'zbekiston Respublikasini Adliya vazirligi. - T.: Adolat, 2018.

2. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash- yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruza. 2016-yil 7-dekabr. -T.: O'zbekiston NMIU, 2017.

REFERENCES

1.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida /Rasmiy nashr/ O'zbekiston Respublikasini Adliya vazirligi. - T.: Adolat, 2018.

2.Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash- yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruza. 2016-yil 7-dekabr. -T.: O'zbekiston NMIU, 2017.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.