Научная статья на тему 'KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH TUSHUNCHASINI O’RGANISHNING NAZARIY MASALALARI'

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH TUSHUNCHASINI O’RGANISHNING NAZARIY MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Право»

1213
125
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
korrupsiya / poraxo'rlik / inson omili / qonun / nazariy yondashuv / tarkibiy tahlil / xususiy tashkilot / corruption / bribery / human factor / law / theoretical approach / structural analysis / private organization

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Gaibnazarov Sardorbek

Ushbu maqolada korrupsiyaga qarshi kurashning nazariy masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotchi ushbu maqolada ko'plab olimlarning fikrlarini bayon etgan. Bundan tashqari, ushbu sohada muammoning ko'plab xususiyatlari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL ISSUES OF THE STUDY OF THE CONCEPT OF ANTICORRUPTION

In this article, analyzed theoretical issues of the fight against corruption. Researcher had given ideas of many scientists in this article. In addition, many features of problem were analyzed in this area.

Текст научной работы на тему «KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH TUSHUNCHASINI O’RGANISHNING NAZARIY MASALALARI»

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH TUSHUNCHASINI O'RGANISHNING

NAZARIY MASALALARI

Sardorbek Gaibnazarov

Urganch davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada korrupsiyaga qarshi kurashning nazariy masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotchi ushbu maqolada ko'plab olimlarning fikrlarini bayon etgan. Bundan tashqari, ushbu sohada muammoning ko'plab xususiyatlari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: korrupsiya, poraxo'rlik, inson omili, qonun, nazariy yondashuv, tarkibiy tahlil, xususiy tashkilot

THEORETICAL ISSUES OF THE STUDY OF THE CONCEPT OF ANTICORRUPTION

Sardorbek Gaibnazarov

Urganch state university

ABSTRACT

In this article, analyzed theoretical issues of the fight against corruption. Researcher had given ideas of many scientists in this article. In addition, many features of problem were analyzed in this area.

Keywords: corruption, bribery, human factor, law, theoretical approach, structural analysis, private organization

KIRISH

Demokratik davlat erkin fuqarolik jamiyatini qurish-bu murakkab va ko'p tizimli va o'ziga xos qiyinchiliklariga ega bo'lgan masaladir. Bu yo'lda davlat demokratik tamoyillarga, umume'tirof etilgan prinsiplarga va huquqiy asoslarga tayanadi. Bu nafaqat jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun, balki undagi demokratik tizimga halaqit beruvchi, taraqqiyotga to'g'anoq bo'luvchi kuchlarga qarshi turishda asos bo'lib xizmat qiladi. Demokratiya- ya'ni xalq hokimiyatini qurish, "xalqni hokimiyatni birdan-bir manbai" darajasiga ko'targan har bir davlat bu asosiy tamoyilni amalga oshishiga raxna soluvchi destruktiv g'oyalar va ularga xizmat qiluvchi omillarga qarshi turadi. Shunday omillardan biri - bu korrupsiyadir. Korrupsiya qadimgi zamonlarda paydo bo'lgan va bugungi kunda ham dunyoning

deyarli barcha mamlakatlarida mavjud bo'lgan murakkab ijtimoiy hodisa, o'zining turli shakllari va ko'rinishlariga ega bir omil sifatida harakat qiladi. Korrupsiya (lat.corruptio) - bu "jamoat va siyosiy arboblar, davlat amaldorlari va mansabdor shaxslarning poraxo'rligini anglatadi.Yana bir ma'noda esa (lat.corrumpere) - birovga pul yoki boshqa moddiy boyliklar bilan pora berish" deb ishlatilgan. Qadimgi dunyo davlatlari tarixiga murojaat qilsak, Rim qonunchiligidagi "corrumpere" ta'rifi eng umumiy ma'noda "zarar etkazish, buzish, yo'q qilish, pora berish" deb talqin qilingan va sud amaliyotida noqonuniy harakatlarni anglatganini ko'ramiz. Ushbu tushuncha lotincha "correi" - "bitta mavzu bo'yicha majburiyat munosabatlari taraflaridan birining bir nechta ishtirokchilari" va "rumpere" - "buzish, buzish, bekor qilish" so'zlarining birikmasidan kelib chiqadi, yanada aniqroq qilib aytganda bu tushuncha Qadimgi Rimda mustaqil sud jarayoni shakllangan, bu sudning odatdagi jarayoniga yoki jamiyat ishlarini boshqarish jarayoniga zarar yetkazish yoki zarar yetkazishdan iborat bo'lgan bir necha (kamida ikkitasi) shaxslarning faoliyatida ishtirok etish jarayonini nazarda tutadi"[1].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tahlillar natijasida korruptsiya hodisasiga xos bo'lgan quyidagi xususiyatlarni ajratish mumkin:

- korrupsiya - bu bir xil jinoyatlarning mexanik oddiy to'plami emas, balki murakkab ijtimoiy va huquqiy hodisa;

- korrupsiya - bu tizimli hodisa, shuning uchun davlat xizmatchisiga bir martalik pora berishda korrupsiya ko'rib chiqilmaydi;

- korrupsiya - bu davlat xizmatchilari tomonidan o'z manfaatlari yo'lida uchinchi shaxslardan (guruhlardan) moddiy va boshqa imtiyozlarni muntazam ravishda olish va h.k[2].

Rus tadqiqotchisi V.V. Luneev korrupsiyani " jahon amaliyotida jinoiy deb tan olingan ijtimoiy xavfli harakatlar majmuini qamrab oluvchi ijtimoiy-huquqiy yoki kriminologik hodisa" deb hisoblaydi"[3]. Yana bir olim P.A. Cheboksarov korrupsiyani "jamiyat va davlatda yuzaga keladigan salbiy hodisalar majmui" deb ta'riflaydi[4]. A.V. Kuzmin esa hozirgi biz yashab turgan jamiyatda korrupsiyaning ikki xil : tor va keng tushunish borligini ta'kidlaydi[5].

Ayni paytda O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashning kompleks chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Va dunyoda yetakchi o'rinni egallab turibdi. Korrupsiya jamiyatning barcha qatlamlariga kirib, mamlakatga tuzatib bo'lmaydigan zarar yetkazmoqda. Ushbu hodisa kecha paydo bo'lmagan va jiddiy xavf tug'diradi.

2017-yil 3-yanvarda "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunninining qabul qilinshi[6] - bu sohada yangi bir sahifani ochib berdi. Ushbu qonun hujjati quyidagi o' ziga xos xususiyatlarga ega"

Birinchidan, unda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarlarning belgilab qo'yilganligi bo'lib, bu sohada tizimli ishlar olib borishi Anti-korrupsion ishlarning tizim sifatida tashkil qilinishiga yordam beradi.

Ikkinchidan, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalasiga qonun hujjati doirasida alohida to'xtalgani va uni tashkil qilishning omillari, amalga oshirish mexanizmlarining belgilanganligi-muhim xususiyatlardan biri bo'ldi.

Uchinchidan, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarning qonun hujjatida belgilab berilganligi xususiyati bo'lib, bu belgilangan chora-tadbirlar, nafaqat korrupsiyaga qarshi qonunchilik va jazo choralari bilan kurashni, balki uni oldini olish, buning uchun esa fuqaroning huquqiy ongni va madaniyati yuksaltirish bilan birga, jamiyatda korrupsiyasiz hayotni tashkil qilish uchun barcha shart-sharoitni yaratasih omiliga keng to'xtab o'tilgan.

To'rtinchidan, Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo'yish, javobgarlikning muqarrarligi xususiyati bo'lib, bu huquqiy demokratik jamiyat tizimining eng asosiy elementi bo'lgan qonunlarning imperative xususiyatlarini, va qilingan qilmish uchun jazoning albatta berilishi, bu borada qonunni qo'llash amaliyotini amalga oshirish haqida turli tamoyillar va harakatlarning o'ziga xos xususiyatlari haqida to'xtab o'tilgan. Umuman olganda, bu qonun bugungi kunda oldimizga qo'ygan eng ezgu maqsadlarimiz, milliy g'oyamizda ifoda qilayototgan Yangi O'zbekiston Yangicha dunyoqarashni fuqarolarimizda shakllatirishda muhim o'rin egallaydi.

NATIJALAR

Demokratik tizim va fuqarolik jamiyati uchun korrupsiyaning ta' sirini chuqur o'rganish esa qonunda berilgan har bir tamoyil va chora-tadbirlarni qo'llashning ahamiyatini yana bir marotaba biz uchun ochib beradi. Korrupsiyaning jamiyatda ta'siri shunchalik kattaki, u bozor iqtisodiyoti samaradorligini pasaytiradi, mavjud demokratik institutlar faoliyatini samaradorligini pasaytiradi, odamlarning hukumatga bo'lgan ishonchini pasayishiga va yo'q bo'lishiga olib kelib, siyosiy va iqtisodiy tengsizlikni kuchaytiradi. Bundan tashqari, uyushgan jinoyatchilikni keltirib chiqarib, mamlakatning milliy xavfsizligiga xavf tug'dirishigacha olib kelishi mumkin. Bunday holda davlatimizda "Korrupsiyaga qarshi kurash to'g'risida"gi qonunga suyanib,

korrupsiyaga qarshi kurashish uchun kompleks choralar ko'rish orqaligina uni jilovlab olish va xafini kamaytirish mumkin.

Bugungi kunda korrupsiya ijtimoiy hayotimizning barcha sohalariga kirib bordi. Davlat tizimida korrupsiyaning ma'nosini to'liqroq tushunish uchun ushbu konsepsiyaning ta'rifini shakllantirish kerak. "Korrupsiyaga qarshi kurash to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi qonunida korrupsiya deganda "..shaxsning o'z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o'zga shaxslarning manfaatlarini ko'zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish" tushunishi keltirib o'tilgan.Korrupsiyaga qarshi kurash tizimining samaradoriligi ko'p jihatdan korrupsiyaning sabablari iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va psixologik omillarini bilib olishga bog'liq.

MUHOKAMA

Korrupsiyani paydo bo'lishi va jamiyat ijtimoiy hayotiga kirib borishining iqtisodiy, siyosiy,huquqiy, psixologik omillari mavjud bo'lib ular turli shakllarda va ayni paytda bir-biri bilan birlashgan holda ham uchrashi mumkin. Masalan, iqtisodiy omillarga quyidagilar kiradi:

- inflyatsiyaning kuchayishi, demakki, davlat xizmatchilari ish haqining yuqori darajadagi amortizatsiya ko'rsatkichlarida namoyon bo'ladigan iqtisodiy beqarorlik, bu ularni har qanday boshqa daromad manbalarini izlashga undaydi;

- mehnatga haq to'lash shartlaridan qoniqmaslik, demakki insonlar mehnat shartnomalarida keltirilgan tartib, rag'batlantirish tizimi va hodimlarni faoliyatini tashkil qilishning umumiy iqtisodiy omillariga nisbatan norozi kayfiyatda bo'lishadi.Bu esa hodimda asta-sekin og'ish kayfiyatini paydo qilib boradi.

Shuningdek, korrupsiyaga va unga qarshi kurash tizimini huquqiy taribga solishda siyosiy omillarning tahlili ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu omillarning asosiylari quyidagilardir:

- hodimlarning daromadlari va xarajatlari, o'z vazifalarini bajarishi ustidan samarali nazoratning yo'qligi, korrupsiyaga qarshi kurash tizimining talablariga javob bermaslik yoki qonunga asoslanmagan zaif bir ahvolda bo'lishi xususiyati. Bu o'z navbatida jamiyatdagi barcha munosabatlarda salbiy o'zgarishlar bo'lishiga boshqaruv orqali ichki kichik tizimlarga ta'sir etishiga olib keladi.

- rasmiy va shaxsiy masalalarni hal qilishda byurokratik sansalorlik esa insonlarning davlat hokimiyatiga nisbatan ishonchsizligini tug'dirish bilan birgalikda, hodimlarning kasb yo'riqnomasidagi vazifalaridan og'ish holatini keltirib chiqaradi. Shu va shunga o'xshagan jamiyatning turli sohalaridagi omillar jamiyatda

korrupsiyaning keng ildiz otishiga sabab bo'lishi mumkin.Bu esa bugun O'zbekiston taraqqiyoti uchun yetarli xavf tug'diradigan omil sifatida baholanishiga olib keladi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, tahlillar va metodologik kuzatishlardan shu narsa ko'rinib turibdiki, korrupsiyaning mohiyatini, uning tuzilishini tushunishga yondashuvlarni o'rganish korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali choralarini ishlab chiqishga yordam beradi va pirovardida davlat boshqaruvida qonuniylik va intizomning mustahkamlanishini ta'minlaydi. Buning uchun esa keng ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilishi, taraqqiyotimiz kushandasi sifatida ko'rilayotgan ushbu illatning keng quloch yoyishiga yo'l qo'ymaslik uchun olib borilayotgan chora-tadbirarni samaradorligini yanada oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish lozim bo'ladi.

REFERENCES

1. И.Д.Фиалковская (2015), Противодействие коррупции как цель контрольно-надзорной деятельности в государственном управлении: зарубежный опыт // Материалы I Всероссийской научно-практической конференции «Актуальные вопросы контроля и надзора в социально значимых сферах деятельности общества и государства». Н. Новгород.

2. М.В.Костенников (2004)., Куракин А.В. Предупреждение и пресечение коррупции в системе государственной службы. М.,.

3. В.В.Лунеев(2000) Коррупция: политические, экономические, организационные и правовые проблемы (Тезисы доклада) // Государство и право.. № 4.101 c

4. П.А.Чебоксаров (2001) Проблема коррупции на уровне местного самоуправления // Актуальные проблемы антикоррупционной политики на региональном уровне: Материалы региональной научно-практической конференции. СПб.,. 220 c

5. А.В.Кузьмин (2001), Козловских Е.А. Проблемы преодоления коррупции в РФ // Актуальные проблемы антикоррупционной политики на региональном уровне: Материалы региональной научно-практической конференции. СПб.,. C - 165

6. Korrupsiyaga qarshi kurash to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi qonuni. ( 2019) O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017-y., 1-son, 2-modda; Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son; 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 2019-y., 2-son, 47-modda)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.