Научная статья на тему 'OMMAVIY VA INTERNET AXBOROT RESURSLARINING YOSHLARDA VATANGA SODIQLIK TUYG’ULARINI SHAKLLANTIRISHDAGI BOG’LIQLIKLAR'

OMMAVIY VA INTERNET AXBOROT RESURSLARINING YOSHLARDA VATANGA SODIQLIK TUYG’ULARINI SHAKLLANTIRISHDAGI BOG’LIQLIKLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

337
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
vatanparvarlik / jamoatchilik nazorati / burch / internet / axborot / patriotism / public scrutiny / duty / internet / information

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ixtiyor Mizrabovich Saidov, Umidjon Mahamadjonovich Axmatqulov, Bahriddin Tojialiyevich Abdullayev

Ushbu maqolada hozirgi kunda juda ham dolzarb bo’lib qolgan internet va ommaviy axborot vositalarining yoshlar ongiga ta’siri, uning vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishidagi asosiy prinsiplariga qaratilgan. Bundan tashqari Jamoatchilik nazoratining mamlakat rivoji uchun ahamiyati tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONNECTIONS OF MEDIA AND INTERNET INFORMATION RESOURCES IN THE FORMATION OF SENSE OF LOYALTY TO THE COUNTRY IN YOUNG PEOPLE

This article focuses on the impact of the Internet and the media on the minds of young people, which are very relevant today, and the basic principles of its patriotic upbringing. In addition, the importance of public control for the development of the country was analyzed.

Текст научной работы на тему «OMMAVIY VA INTERNET AXBOROT RESURSLARINING YOSHLARDA VATANGA SODIQLIK TUYG’ULARINI SHAKLLANTIRISHDAGI BOG’LIQLIKLAR»

OMMAVIY VA INTERNET AXBOROT RESURSLARINING YOSHLARDA VATANGA SODIQLIK TUYG'ULARINI SHAKLLANTIRISHDAGI BOG'LIQLIKLAR

Ixtiyor Mizrabovich Saidov

FarDU Xarbiy ta'lim fakultet boshlig'i, podpolkovnik

Umidjon Mahamadjonovich Axmatqulov

FarDu Xarbiy ta'lim fakultet o'qituvchisi

Bahriddin Tojialiyevich Abdullayev

FarDu Xarbiy ta'lim fakultet o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada hozirgi kunda juda ham dolzarb bo'lib qolgan internet va ommaviy axborot vositalarining yoshlar ongiga ta'siri, uning vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishidagi asosiy prinsiplariga qaratilgan. Bundan tashqari Jamoatchilik nazoratining mamlakat rivoji uchun ahamiyati tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: vatanparvarlik, jamoatchilik nazorati, burch, internet, axborot

CONNECTIONS OF MEDIA AND INTERNET INFORMATION RESOURCES IN THE FORMATION OF SENSE OF LOYALTY TO THE COUNTRY IN

YOUNG PEOPLE

Ikhtiyor Mizrabovich Saidov

Head of the Military Faculty of Fergana State University, lieutenant colonel

Umidjon Mahamadjonovich Akhmatkulov

Teacher of the Military Faculty of Fergana State University

Bahriddin Tojialiyevich Abdullayev

Teacher of the Military Faculty of Fergana State University

ABSTRACT

This article focuses on the impact of the Internet and the media on the minds of young people, which are very relevant today, and the basic principles of its patriotic upbringing. In addition, the importance of public control for the development of the country was analyzed.

Keywords: patriotism, public scrutiny, duty, internet, information

Academic Research, Uzbekistan 199 www.ares.uz

KIRISH

XXI asr "Axborot texnologiyalar" asri ekanligi barchamizga ayondir. Albatta,bu texnologiyadan jamiyatimizdagi barcha fuqarolar foydalanishga haqli. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida "Har kim fikrlash, so'z va e'tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o'zi istagan axborotni izlash,olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo'lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin",-deya asosiy qonunimiz bilan belgilab qo'yilgan. Bugun biz tez sur'atlar bilan o'zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o'ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalistlar, blogerlar bu davrni turlicha ta'riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Barcha soha vakillari bu davrni o'z bilim salohiyati va kuzatuvlaridan kelib chiqib ta'rif bermoqda. Chunki ularning har biri o'zida bugungi serqirra va rang-barang hayotning qaysidir belgi-alomatini aks ettirishi tabiiy. Ammo ko'pchilikning ongida bu davr globallashuv davri tariqasida taassurot uyg'otmoqda. Bunday ta'rif, menimcha, ko'p tomondan masalaning mohiyatini to'g'ri ifodalaydi.

2019- yilda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O'zbekiston Respublikasining "Axborot olish erkinligi hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqligi to' g' ri si da" gi qonuni l oyi hasi e'lon qilindi.

Qonunning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -axborot ol i sh erki nl i gi tamoyi llari va kafol atl ari ga ri oya etilishi ni ta'mi nl ash; -har bir insonning axborotni erkin va to'siqsiz izlash, olish, tekshirish, uzatish, tarqatish, foydalanish va saqlashda konstitutsiyaviy huquqini ro'yobga chiqarish;

-davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyati to'g'risida axborot olish huquqi kafolatlarini ta'minlash;

-jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyati to'g'risida axborot olishini ta'minlash;

-davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyati to'g'risidagi axborotni tarqati sh tarti bi ni bel gi l ash;

-davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxsl ari ni ng qabul qi l i nayotgan qarorl ar usti dan j avobgarl i gi ni oshi ri sh;

-shaxs, j ami yat va davl atni ng axborot va axborot xavfsi zl i gi ni hi moya qi l i shni ta'minlashdan iborat. Ushbu qonunlar jamiyatdagi ommaviy axborot va internet resursl ari dan oqi l ona foydal ani shni ta' mi nl ab beradi.

NATIJALAR

Hozirgi kunda Jamoatchilik nazorati degan tushuncha mavjud bo'lib, uning mohiyati shundan iboratki, jamoat birlashmalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati amaldagi qonunlarga mosligini aniqlash va tekshirish bilan shug'ullanadigan faoliyat. Hozircha mamlakatimizda Jamoatchilik nazorati to'g'risida qonun qabul qilinmagan bo'lsada, shunday qonun loyihasi keng ommaga taqdim etilgan.

Jamoatchilik nazoratining eng asosiy ko'rinishi hozirgi kunda "bloger''lar faoliyati bilan baholanmoqda. Internet tarmog'iga ega yoki oddiy smartfon telefonga ega har qanday odam bevosita jamiyat hayotida bo'layotgan o'zgarishlarni kuzatishi va baho berishi mumkin. Bundan bir necha yillar oldin jamiyatda qaysidir sohasini tanqid qilish va uni katta ommaga olib chiqish mushkul edi. Chunki bunday axborotni olib chiqishda jurnalistga "otni kallasidek yurak" kerak bo'lar edi. Asta sekin internet tarmoqlarining va kanallarning tanqidiy va skeptik yondashuvi jamiyatda bir necha sohalarni tartibga solganday bo'ldi nazarimda. O'zi jamoatchilik nazorati nima uchun kerak? Bir qarashda kulgulidek tuyiladi. Nega davlat amaldorini nazorat qilish kerak? Axir u o'z vazifasini bilmaydimi? Odatda bu tushunchani ishlatishdan maqsad shuki, tasavvur qiling agar sizni hech kim nazorat qilmasa, yoki sizga hadsiz imkoniyat berilsa buning uchun hisobot so'ralmasa, insonda axloqiy tamoyillari o'zgarib negativlasha boradi. Negadir ko'pchilik davlat byudjetini sarf qilayotganda achinmaydi lekin o'z puliga achinadi. Mashhur xitoylik faylasuf Konfutsiy fikriga ko'ra jamiyatda hamma o'z ishini qilishi kerak : ota-otaligini, o'g'il- o'g'illigini, imperator imperatorligini qilishi kerak. Albatta agar jamiyatda hamma o'z ishini halol va vijdonan bajarganida edi, hech qaysi bir davlatda qamoqxonalar qurilmas edi. Hech qaysi bir mamlakat politsiyachilarga muhtoj bo'lmasdi.

Vatanni har kuni madh etish bilan vatanparvarlik tuyg'usi paydo bo'lmaydi. Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, hamma qo'shiqchilar "vatanparvar" hisoblanishadi. Vatanparvarlik degani bu hammaning o'z ishiga sadoqat va vijdonan yondashishidir. Agar hamma o'qituvchi vijdonan ishlaganda edi, birorta ham savodsiz chiqmagan bo'lardi. Agarda hamma quruvchilar vijdonan ishlaganda edi, " Sardoba fojeasi" bo'lmas edi. Xullas agar jamiyatda qandaydir kemtik paydo bo'lsa , bu kimningdir o'z

burchiga sovuqqonlik bilan qaragani natijasi bo'ladi. Vatanparvarlik- bu o'z kasbini sidqidildan bajarishdir. Shunday ekan OAV vakillari bloggerlar hamda jamoat nazoratchilarining xatti harakatlari natijasida jamiyatda hammani "o'z ishini qilish"iga qisman erishmoqdalar.

MUHOKAMA

Odatda axborot va internet ma'lumotlarini foydalanish haqida gap ketganda negadir biz yoshlarni doim tanqid qilaveramiz, lekin tanganing ikkinchi tomoni mavjudki aynan shu yoshlar hozirgi kunda qanchadan qancha hokimlarning kirdikorlarini tanqid qildi va ularning kursisini qimirlatishga majbur qildi. Mashhur blogger Xushnud Xudoyberdiyev o'zining telegramm kanalida jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy , siyosiy va ta'limga oid muammolarni ko'tarib chiqdi. To'g'ri barcha aytilgan fikrlar o'zini oqlamagan bo'lishi mumkin, lekin bir necha islohotlar amalda tasdig'ini topdi.

Tanqid qilish yoki boshqacha aytganda skeptik yondashuv tufayli hozirgi kunda ko'pchilik amaldorlar o'zini "tiyib" yuribti. Ya'ni nojo'ya harakat qilishadigan bo'lishsa darrov "bloggerlar" tomonidan ovoza bo'ladi. Odatda kichik odam kata odamni izza qilishi , uni aybini yuziga aytishi, nojo'ya harakatlarini tanqid qilishi hurmatsizlik ma'nosida qaraladi. Lekin bir jihatga e'tibor bering agar mana shunday nazorat bo'lmasa bu " amaldorlar" davlat byudjetini talon-taroj qilishadi. Davlat byudjetidagi pul albatta bu siz-u bizni cho'ntagimizdan ya'nikim biz to'layotgan daromad kommunal va mol-mulk solig'idan iboratdir.

XULOSA

Hozirgi paytda yer yuzining qaysi chekkasida qanday bir voqea yuz bermasin, odamzot bu haqda dunyoning boshqa chekkasida zudlik bilan xabar topishi hech kimga sir emas.

Ana shunday vaziyatni hisobga olgan holda, yana va yana bir bor xalqimizning ma'naviy olamini bunday tahdidlardan asrash, hozirgi o'ta murakkab bir zamonda xalqaro maydonda sodir bo'layotgan jarayonlarning tub mohiyatiga yetib borish, ular haqida xolis va mustaqil fikrga ega bo'lish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi, desak, hech qanday xato bo'lmaydi.

Xulosa o'rnida yana shuni aytish mumkinki, jamiyatda axloq normalari yaxshi ishlasa, jamiyatda tartibsizlik va qonunbuzarlik bo'lmaydi. Shunday ekan biz XXI asrda axborotga boy jamiyatda yoshlarimizni burchga sadoqatli va o'z ishini sevuvchi qilib tarbiyalashimiz kerak.

REFERENCES

1. Оила психологияси: Дарслик. Педагогика олийгохлари талабалари учун. Муаллиф: В.М.Каримова. - Тошкент, 2007 й.

2. Г.Б.Шоумаров, И.О.Хайдаров, Н.А.СоFинов "Оила психологияси" Тошкент 2015 й.

3. М.Эргешов. Хдрбий хизматчилар ва уларнинг оилавий муносабатларнинг психодиагностикаси. Укув кулланма. Чирчик-2017 й.

4. Ташметов, Т. Х. (2020). Миллий FOяни ёшлар онгига сингдиришнинг замонавий усуллари. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 326-331.

5. Холмуминов, F. Б. (2020). Замонавий ахборотлашган жамиятда билим ва эьтикодни мувофиклаштириш усул ва воситалари. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 346-353.

6. Мавланова, С. (2020). Маънавиятли ёшлар тарбиясида баркамол авлод тарбияси. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 482-486.

7. Madalimov, T. (2020). Qadimgi Xitoyda mantiq ilmining shakllanishi. Xorazm Ma'mun akademiyasi axborotnomasi, 5(1), 51-52.

8. Madalimov, T. (2020). Qadimgi Hindistonda mantiq ilmining shakllanishi. Xorazm Mamun akademiyasi axborotnomasi, 2(2), 37-39.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.