Научная статья на тему 'SHAXS MA’NAVIY-RUHIY BEGONALASHUVINING SHAKLLARI'

SHAXS MA’NAVIY-RUHIY BEGONALASHUVINING SHAKLLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1142
94
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
begonalashuv / “FFF” nazariyasi / tranfarmatsion jarayonlar / mafkuraviy xuruj / kibermaydon / mediakompetentlik / information madaniyat. / alienation / “FFF” theory / transformational processes / ideological aggression / cyberspace / media competence / information culture.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — F. A. Ibrohimov, I. Sh. Fayziyev

Maqolada ijtimoiy hayotimizdagi ma’naviy tendensiyalar, begonalashuv jarayoni, global imkoniyatlar va ularning inson ma’naviyatiga ta’siri, shakllari, sabab va oqibatlari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMS OF SPIRITUAL AND SPIRITUAL EXTERNALIZATION

The article describes the spiritual trends in our social life, the process of alienation, global opportunities and their impact on human spirituality, forms, causes and consequences.

Текст научной работы на тему «SHAXS MA’NAVIY-RUHIY BEGONALASHUVINING SHAKLLARI»

SHAXS MA'NAVIY-RUHIY BEGONALASHUVINING SHAKLLARI

F. A. Ibrohimov I. Sh. Fayziyev

Toshkent viloyati Chirchiq davlat Toshkent viloyati Chirchiq davlat

pedagogika instituti o'qituvchisi pedagogika instituti o'qituvchisi [email protected] i [email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolada ijtimoiy hayotimizdagi ma'naviy tendensiyalar, begonalashuv jarayoni, global imkoniyatlar va ularning inson ma'naviyatiga ta'siri, shakllari, sabab va oqibatlari bayon etilgan.

Kalit so'zlar: begonalashuv, "FFF" nazariyasi, tranfarmatsion jarayonlar, mafkuraviy xuruj, kibermaydon, mediakompetentlik, information madaniyat.

FORMS OF SPIRITUAL AND SPIRITUAL EXTERNALIZATION

F. A. Ibrohimov I. Sh. Fayziev

Teacher of Chirchik State Pedagogical Teacher of Chirchik State Pedagogical

Institute of Tashkent region Institute of Tashkent region

[email protected] i [email protected]

ABSTRACT

The article describes the spiritual trends in our social life, the process of alienation, global opportunities and their impact on human spirituality, forms, causes and consequences.

Keywords: alienation, "FFF" theory, transformational processes, ideological aggression, cyberspace, media competence, information culture.

KIRISH

XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o'rtasidagi o'zaro ta'sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan tola himoyalanib olgan birorta ham mamlakat yo'q, deb tola ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki, xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a'zo bo'lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta'siriga ko'proq uchrab qolishi mumkin. Bunday g'ayriixtiyoriy ta'sir esa kopincha salbiy bo'ladi. Bu haqda fikr yuritib ulug' hind mutaffakkiri M. Gandi "Men uyimning davoza va eshiklarini doim mahkam berkitib o'tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bolib uyimni agMar-tuntar qilib

tashlashi, ozimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman", - deya ta'kidlagan edi[1]. Globallashuv termini ilk bor "Garvard biznes revyu" jurnalida Transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan mahsulot bozorlarining birlashuv jarayoni sifatida tilga olingan edi[2]. "Falsafa" qomusiy lug'atida-globallashuv - oz ko'lami, qamrovi jihatidan xilma-xil va butun Yer shariga, insoniyatga dahldor bo'lgan masalalardir, deb tavsiflanadi[3].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Globallashuvning turli mamlakatlarga otkazayotgan tasiri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma'naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bogTiq. Bu hodisani chuqur o'rganmay turib unga moslashish, kerak bo'lganda, uning yo'nalishini tegishli tarzda o'zgartirish mumkin emas. Yangicha ijtimoiy munosabatlar paydo boTayotgan bugungi davrda axborotlashuv jarayoni, begonalashuv jarayonlari ham qanot yoyishiga xizmat qiluvchi ko'plab omillar kelib chiqmoqda. Ayonki, texnik taraqqiyotni to'xtatish mumkin emas: biz buni xohlaymizmi-yoqmi, kompyuter texnologiyalari hayotimizda mustahkam o'ringa ega, media va information savodxonlik ko'rsatkichi esa ko'p hollarda insonning yuqori saviyasini belgilab beruvchi omilga aylanib ulgurdi. Bugun information savodxonlik talabiga javob bermaydigan xodimni yaxshi mutaxassis deyish qiyin. Agar o'tgan asrning 90-yillari o'rtalarida yoshlarning eng sevimli mashg'ulotlari musiqa tinglash va teleko'rsatuvlar ko'rish bo'lsa, ayni kunda esa kompyuter va internet avvalgi qiziqishlarni yosh avlod hayotidan siqib chiqardi.

Nielsen/net Ratings kompaniyasi o'tkazgan so'nggi ilmiy tekshiruvlar natijalariga ko'ra, butun dunyo tarmog'iga ulanayotgan yosh bolalarning soni kun emas, soat sayin oshmoqda.

Fikrimizcha, bu - tabiiy va ayni damda ijobiy holat. Ulkan imkoniyatlar jamiyat taraqqiyoti tezlashuviga ta'sir etadi, albatta. Darhaqiqat, XXI asr - postindustrial jamiyat zamonaviy yoshlar hayotiga sezilarli chizgilarni kiritdi. Yosh avlodning ota-onalariga nisbatan informatsion savodxonligi baland o'smir bolalarning aksariyati Wifi, Skipe, odnoklasniki, instagramm, telegram, facebook, twitter, WeChat, Tam-tam, Moy mir, chat va boshqa turli ijtimoiy tarmoq va onlayn o'yinlar "qoida-shartlari"ni kattalarga nisbatan "yaxshi biladi"

Bir qator ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda "gegemon" bolishga intilib, foydalanuvchilarni oz domiga tortishga xizmat qiluvchi yangidan-yangi "xizmat'larni taklif etmoqdalar. Ular orasida ayniqsa facebook ijtimoiy tarmog'i foydalanuvchilarining soni va keng qamrovliligi bilan ajralib turadi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, AQShda Facebook 18—24 yoshli foydalanuvchilari soni 41 million, Buyuk Britaniya va Fransiyada 7,8 million kishini tashkil qiladi[4].

Yoshlar ongini egallash uchun bu ijtimoiy tarmoqlar juda qo'l kelmoqda. Masalan, Avg'onistonda Tolibon harakati oz safiga yangi a'zolarni jalb etish, erishilgan "yutuqlarni" ovoza qilish va zarur malumotlarni e'lon qilish maqsadida 2011-yilning may boyidan boshlab dunyo bo'ylab ommalashgan "Twitter" ijtimoiy tarmog'idan foydalana boshlagan[5]. Vaholanki, Tolibonlar televizor, radio singari zamonaviy texnologiyalarni mutlaqo inkor etib, oz a'zolarini bulardan ehtiyot bolishga qattiq buyurar edi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan biri Kanadada o'n yetti yoshgacha bo'lgan 6 ming bola o'rtasida o'tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko'ra, ular sodda ota-onalari o'ylaganidek, internetdan aksariyat, hollarda axborot olish maqsadida foydalanmas ekan. So'rovda ishtirok etganlarning 99 foizi internetdan foydalanishini, ularning har o'n nafaridan sakkiz nafari uyda ulanish imkoniyatiga ega ekanini bildirdi. Kanada yoshlarining yarmidan ko'pi internet va kompyuter texnologiyalarni ota-onalaridan yaxshiroq bilishini aytgan. Ularning 80 foizi mustaqil ravishda internetga ulanishini, ota-onalari kompyuterga himoya vositasi bolgan "filtrlash" dasturini o'rnatib qo'ymaganliklari va farzandlari qanday saytlarga kirishini nazorat qilmasligini tan olishdi. Bu holat barcha mamlakatlarda ham deyarli shunday. Masalaning yana bir jihati shuki, u internet orqali ta'qib deb nomlanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda ko'p "sayohat" qiluvchi foydalanuvchilarning mas'uliyat hissi qolganlarga nisbatan sustroq bolishligi kundalik tajribalardan barchamizga ayon. Ijtimoiy tarmoqlar shaxsni, ayniqsa, yoshlarni yashab turgan davri hayotiy masalalaridan uzoqlashtiradi. Sekin-asta bu shaxsda atrofdagilardan uzoqlashish hissini-begonalashuv jaryonini keltirib chiqaradi.

Internet tarmog'ida o'tirgan kishi ko'pincha yolg'iz bo'ladi. Internet - bu shunday bir katta bozorki, bu yerda xaridor o'ziga kerakli narsani topadi. Ushbu bozorda "savdosi chaqqon", ko'p xaridorlarni jalb qilayotgan o'yinlar, kliplar, fotosuratlar va videolavhalar juda ko'p. Bularning ta'sirida yoshlarda har tomonlama begonalashish jarayoniga moyilligi ortib boradi va axloqdan uzoqlashib boradi. Abdulla Avloniy yosh avlodni go'zal qilib tarbiyalashga chaqirib: "Agar bir kishi yoshligida nafsi buzilib, tarbiyasiz, axloqsiz bo'lib o'sdimi, bunday kishilardan yaxshilik kutmak, yerdan turib yulduzlarga qo'l uzatmak kabidir. Din va e'tiqodi salomat bo'lmagan kishilar haqni botildan, foydani zarardan, oqni qoradan, yaxshini yomondan ayira olmas, bunday kishilardan na o'ziga va na boshqa kishilarga va na millatiga tariqcha foyda yo'qdir"[6], - deb ta'kidlaydilar.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarga bog'lanib, o'zining kurakda turmas haqoratlari, amalga oshirilayotgan islohotlarga noxolis bahosi, yon-atrofdagilarga nisbatan salbiy munosabatini aytishga urinayotgan shaxslar, ayniqsa yoshlar Vatanimiz ertasi, millatimiz taqdiri uchun jon kuydirayotganiga ishonish qiyin. Bundan tashqari, birovning hayotiga, yon-atrofida sodir bo'layotgan voqea-hodisalarga betaraf va beparvo qarab, shunchaki kuzatuvchi bo'lib yashayotgan, o'z xalqi va Vatani taqdiriga

ham bamisoli begona odamdek qarayotganlarni ham uchratayotganimiz nafaqat shu inson, uning oilasi uchun, qolaversa butun jamiyat va kelajak uchun achinarlidir.

Mavjud yangiliklar, yangi texnik munosabatlar oqibatida kishilar mentalitetida muayyan tranfarmatsion jarayonlar kuzatiladi. Axborot markazlari o'rtasida dunyoda mafkuraviy yetakchilik qilish va shu orqali gegemon bo'lishga intilish tobora keng avj olmoqda. Shunday masala borasida XIX asr oxirida mustamlakachilik avj olgan vaqtda rus mustamlakachi vakillaridan biri general Skobelevning: "Millatni yo'q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san'atini, tilini yo'q qilsang bas, tez orada o'zi tanazzulga uchraydi"[7], deb aytgan behayo so'zlari bekorga aytilmagan, albatta. Bu g'oyani buyuk davlatlar faqat o'sha davrda amal qilgan, ayni damda biz insonparvar, tinchlik zamonida yashayabmiz desak, o'z-o'zimizni aldagan bo'lamiz. Shu o'rinda S.Yusupovning ijtimoiy tarmoqlarda ko'plab shov-shuvlarga sabab bo'lgan "FFF" nazariyasi ko'plab shaxslarni ko'zini ochdi[8].

Mafkuraviy xurujlar axborotlashgan jamiyatda global axborot tarmoqlari vositasida insoniyatning katta qismini qamrab olish imkonini berdi. Keng ko'lamli va tezkor ijtimoiy o'zgarishlar sharoitida bunday ta'sirning kuchayishi aniq, albatta. Yangilanib kelayotgan sotsiumda, yangilanishni eskilik bilan kurashidagi ittifoqdoshi bo'lib, aynan yoshlar turadi va mushkul, ziddiyotli ijtimoiy jarayonning markazida bo'lib, o'z davrining birinchi jabrlanuvchisi va oxirgi qahramoniga aylanadi. Boshqa ijtimoiy qatlamlar va guruhlarga qaraganda, o'zgarishlar davridagi bosim ostiga tushgan yosh avlod o'zini himoya qilishning xususiy shakl va uslublarini ishlab chiqaradi. Tubdan ijtimoiy o'zgarishlar davrida yangilanayotgan jamiyatni jahon rivojlanishining magistral liniyasidan chetlanish va hattoki, uning harakatini orqaga - "taraqqiyotning berk ko'chasiga" olib kelishi

havfi tug'iladi. Tezkor o'zgarayotgan, global tahlikalarga uchrayotgan zamonaviy dunyoda bunday xavf anchaga kuchaydi. Shu sabab, bunday xavf tug'diruvchi salbiy yo'nalishlarga samarali qarshilik ko'rsatish bugungi kun barcha soha vakillari, ayniqsa faylasuflar, ma'naviyat sohasi vakillari uchun dolzarb masaladir. Bu masala barcha progressiv (taraqqiyparvar) kuchlarning, jumladan alternativ yoshlar harakat va majmualarning birlashuvi asosida amalga oshiriladi. Yuqorida ko'rsatilgan yo'nalish tomon harakat qilinishiga zamonaviy madaniy-tarixiy vaziyat sabab bo'lib, "begonalashuv" tushunchasi bilan ta'riflanadi. Hozirgi kunda aynan yoshlar muhiti, begonalashgan va o'zgargan ijtimoiy tuzilmalar doirasida yashashga nisbatan gumanistik muqobillikni izlashga majburlaydigan muhim manba hisoblanadi. Ijtimoiy muhitni begonalashuvi sababiga ko'ra insonparvarlikdan chetlangan sharoitlarda yoshlarni erkin rivojlanishi va muvaffaqiyatli o'sishiga imkon bermasligidadir. Ushbu negizda mavjud bo'layotgan ijtimoiy ziddiyotlar va xavfning ko'payishi hollari, begonalashuvning salbiy asoratlarini minimallashtirish muammosini dolzarbligidan

dalolat beradi, bunda zamonaviy yoshlar jamoalarining himoya va ijodiy potentsialidan foydalaniladi. Zamonaviy dunyoda hukm qilayotgan ijtimoiy begonalashishni yoki uni alohida tomonlarini anglash ayniqsa bugungi global miqyosda ijtimoiy tarmoqlar kengaygan, ularning o'rni va roli har qachongidan-da muhim ahamiyat kasb etayotgan davrda juda dolzarbdir. Ma'lumotlilik ko'p darajada insonning xohish-irodasiga bog'liq bo'lib qoladi. Shu bilan birga keng axborot oqimi, qulay imkoniyatlar yovuz niyatlar quroliga ham aylanib, kishilar ongiga manipulyatsion ta'sir etmoqda. Kuchli axborotlashuv jarayonida insonlar ongini egallash jarayonida kishilarda mafkuraviy immunitet, mediasavodxonlikning yetishmasligi "begonalashish" jarayoninini keltirib chiqarmoqda. Bugungi kunda begonalashish tuyg'usi ayrim etnik guruh doirasidan tashqari chiqib, o'z ta'sir ko'lamini kengaytirmoqda.

MUHOKAMA

Fan-texnikaning yutuqlari insoniyat foydasiga, ezgu maqsadlarga xizmat qilishi ijobiy holat. Ammo, virtual olamdan ayrim kuchlar g'arazli niyatlarini amalga oshirish uchun foydalanayotganligi ham haqiqatdir. Bunga qarshi har bir mamlakat o'z kelajagi haqida qayg'urib munosib kurash olib bormog'i bugungi kunning zaruratidir. Internet madaniyat hodisasi sifatida o'zini ikki yo'nalishda namoyon qiladi. Birinchisi, madaniyatning milliy sarhadlarining yuvilib ketishi, til to'siqlarini yengib o'tish, madaniyatning fan, san'at, ta'lim, bo'sh vaqt va hokazo shakllari o'rtasidagi to'siqlarni buzib yuborish bilan bog'liq.

Ikkinchi yo'nalish, internetning madaniyat mohiyatini nafaqat passiv ravishda qabul qilinishiga imkoniyat yaratishida, balki internetning unga ta'sir ko'rsatishida ham namoyon bo'ladi. Internetning o'zi madaniyatlarning kommunikatori sifatida namoyon bo'lgan holda nafaqat madaniyatlararo muloqotning ajoyib vositasi hisoblanadi, balki tarmoq ishtirokchilarining har biri teng huquqli, o'z ovoziga ega bo'lgan, umumiy "ovozga" ta'sir ko'rsatgan holda o'z ovozini boshqalarning ovozlariga qo'shishi mumkin bo'lgan global dialog madaniyatining tug'ilishi haqida xabar beradi. Har bir shaxsning individual hissasiga va shu bilan birga global ijodga yo'naltirilganlik - yangi kibernetik madaniyatning asosiy jihati mana shundan iborat. Internet global tarmog'i qismlari turli milliy sohalarga bo'lingan qandaydir "umummadaniy muhit" sifatida ta'riflash mumkin. Masalan, AQShning - us, Buyuk Britaniyaning - uk, Qozog'istonning - kz, Rossiyaning - ru, O'zbekistonning- uz deb nomlanuvchi internet muhitlari bo'lgan milliy zonalarga bo'linadi. Internet tarmog'ida ularning barchasi doimiy virtual o'zaro munosabatlarda bo'ladilar. Hozirgi vaqtda ko'plab tadqiqotchilar tomonidan mazkur global madaniyatlararo dialogda Runet zonasi begona madaniyatlar siquvi ostida qator qiyinchiliklarga duch kelayotganligi tan olinayotgan[9] bo'lsada, bunday xavfdan hech qaysi tarmoq zonasi yiroqda deya olmaymiz.

Internet buzg'unchilar makoniga aylanishining asosiy sabablari quyidagilar:

> Internetning tartibga solinmaganligi;

> Internetdagi faoliyatning maxfiyligi;

> Axborot j oylashning qulayligi;

> Cheksiz auditoriya;

> Axborotlarni yetkazish tezligi.

Jamiyat hayotida begonalashuvning quyidagi turlarini ajratib ko'rsatish mumkin:

1. Iqtisodiy. 2. Siyosiy. 3. Madaniy. 4. Ijtimoiy. 5. Ruhiy.

Axborotlashgan jamiyat imkoniyatlaridan ko'plab kuchlar o'z manfaatlari yo'lida foydalanishlari natijasida zoravonlikka, milliy qadriyatlarimizga zid bo'lgan "ommaviy madaniyat" namunalarini targ'ib qilish vositasida ma'naviy qadriyatlarning devalvatsiyasi, kishilar, ayniqsa yoshlar ma'naviy, axloqiy va ijodiy imkoniyatlarining pasayib ketishi kuzatilmoqda, bu esa o'z navbatida yangi texnologiyalarning, jumladan, axborot texnologiyalarining joriy qilinishi va qo'llanilishi uchun mehnat manbalarini tayyorlashni ahamiyatli ravishda murakkablashtirmoqda. Bu jarayonlar erkinlikni yo'qotishdan qo'rqish, ortib borayotgan yakkalanib qolish, odamlarning begonalashuvi va zamonaviy insonning global kommunikatsiyalarga bog'lanib qolishi natijasida vujudga kelayotgan yolg'izlik hissi faol ravishda namoyon bo'lmoqdaki, bunga ayniqsa internet tarmog'ining "virtual shaxs" va "internet-tobelik" kabi hodisalari ham tasir ko'rsatmoqda. Mazkur hodisalar oqibatida barcha ijtimoiy aloqalar ham shuningdek, virtual tabiatga ega bo'lmoqda. Begonalashish - zamonaviy axborotlashgan jamiyatga xos bo'lgan, inson faoliyati va uning natijalarining ular ustidan hukmron bo'lgan va u bilan raqobatlashuvchi mustaqil kuchga aylanishi bilan ifodalanuvchi obyektiv ijtimoiy jarayondir. Shaxsning internetdagi begonalashishi foydalanuvchi o'zi uchun virtual shaxsni yaratganida va u kibermaydon ichida yashay boshlaganida sodir bo'ladi, u to'laqonli ravishda laqab (Nik) yordamida o'z qiyofasini yashirishi, yoki ko'plab qiyofalarga ega bo'lishi mumkin, shu bilan birga hech bir qiyofa o'zining haqiqiy "xo^ayinfga mos bo'lmasligi ham mumkin. Shaxs kibermaydonda tarmoqning o'ziga xos xususiyatlari tufayli - bu virtual, barcha yerda mavjud bo'lgan, nisbatan ko'proq ijodiy va yashirin shaxsdir va virtual shaxslarni ne'mat yoki buzgunchi kuch sifatida qanday qilib o'rganish mumkin, degan savolga bir turli javob mavjud emas. Biroq shaxsning begonalashuvi uning barcha atributlarining virtuallashtirilishi yordamida sodir bo'ladi, iroda, erkinlik, qadr-qimmat kabilar ko'pincha virtual shaklga kirgan holda o'zgarishi mumkin, ko'proq bu kabi o'zgarishlar shaxsning o'zi kabi boshqa foydalanuvchilar uchun ham o'ta salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, anonimlik tufayli va internetda mas'uliyatning mavjud emasligi sababli foydalanuvchida barcha narsa mumkinligi hissi vujudga keladi, birovning erkinligi, qadr-qimmatini buzgan holda nafaqat ruhiy zarar keltiruvchi, balki shaxsga moddiy

ziyon ham yetkazishi mumkin bo'lgan buzg'unchi virtual shaxslar paydo bo'ladi (masalan, hakerlar va boshqalar). Turli ruhiy og'ishlarga ega bo'lgan foydalanuvchilar boshqalarning shaxs sifatidagi erkinliklarini cheklagan holda ularning hayotiga aralashish imkoniga ega bo'ladilar. Ruhiy jihatdan sog'lom bo'lgan shaxs ham ko'pincha internetda buzg'unchi ta^iñaga duch keladi, chunki taimoqda zoravonlik aks ettirilgan video va foto ma'lumotlarni tarqatuvchi (nasilietv.com, hard.ru.netlfetish), nome'yoriy leksikani targ'ib qiluvchi (udaff.com), o'z joniga qasd qilishga bag'ishlangan (www.deadhouse.ru) ko'plab saytlarni qamrab olgan manbalar mavjud. Xo'sh, bunday mfu-ala- ta'siгiga moyillik ko'proq qanday kishilaráa, qanday holatlarda paydo bo'ladi? Begonalashish jarayoni qanday insonlarni o'ziga torta oladi?

Kuzatishlarga qaraganda, begonalashish tuyg'usi bir necha yillarning mahsuli sifatida namoyon bo'ladi va uni keltirib chiqaruvchi omillar, turtkilar xilma-xildir. Bizningcha, bu omillarga turli hayot va faoliyat vaziyatlaridan shakllangan pessimistik, optimistik, sentimentalistik tuyg'ula^ eydetik otoaz^ (lotincha "o'chmas iz"), muvaffaqiyatsizliklar, armon, qo'msash (ma'lum muddatdan so'ng), tanholik tuyg'ulari va boshqalar misol bo'ladi. Ana shu ijtimoiy muhit jamiyatning bugungi axborotlashuv jarayonida yaqqol ko'zga tashlanmoqda.

NATIJA

XX asrning o'rtalaridan boshlab sodir bo'lgan o'zgarishlar (militarizatsiya, globallashuv jarayonlari, informatika, biotexnologiya va boshqalarning rivojlanishi) natijasida postmodern konsepsiyasi doirasida axborot, texnika va ularning insonlar trnmushiga ta'sirini dolzart masalaga kola^i. Bundan yarim asг muqaddam ameгikalik sotsiolog U.Ogbyorn madaniyatning rivojlanishi va faoliyatida texnika hal qiluvchi rol o'ynashini kolsatib, "moddiy" va "nomoddiy" madaniyatlarning rivojlanishidagi qarama-qarshilikni qayd etib o'tgan edi[10]. Uning fikricha, texnik rivojlanish ma'naviy гivojlanishdan o'zib ketadi va ma'naviy rivojlanishni yangi sharaitga moslashishga majbur qiladi, nomoddiy madaniyatni yangi izlanishlarga va shu orqali rivojlanishga da'vat etadi. Uning "madaniy qoloqlik nazariyasi"ga asoslanib, Ch.Chou "ikki madaniyat"ning qat'iy chegaгalanishi to'g'risidagi g'oyani ilgari suгadi[11]". D.Bell hozirgi jamiyatning uch sohasi - ijtimoiy tuzilmalar, siyosiy tashkilotlar va madaniy qadriyatlar sohalarini ajratib, texnokratik yo'l bilan tartibga solinuvchi ijtimoiy tuzilmala! ta'siг kolsatuvchi iqtisodiyot bilan jamiyat madaniy sektorining o'zaro munosabatlari tobora keskinlashib borishini qayd etadi. Madaniyat o'z holicha mavjud ijtimoiy institutlar va amaldagi qonunlarga nisbatan dushmanona kayfiyatda bo'ladi, u yakkahokimlikka hamda ijtimoiy rivojlanishning siyosiy va texnik iqtisodiy tendensiyalari standartlashuviga qarshi harakat qiladi. "Texnika, Ыг tomondan, insonga muayyan, mohiyat e'tibori bilan cheksiz qobiliyat ato etgani holda, boshqa tomondan,

inson hayotida juda katta bo'shliq paydo bo'lishiga olib keladi, har bir odamni faqat va faqat texnikaga suyanib yashashga majbur etadi. Shu bois bizning hozirgi o'ta texnikaviy hayotimiz o'ta zerikarli bo'lib qoldi[12]" Axborot jamiyati paradigmalari D.Bellning "Besh bo'g'im", A.Tofflerning "Uchta to'lqin nomlari ostida mashhur[13]. Postmodern konsepsiyasi jamiyat hayotida ahamiyati ortib borayotgan voqelikning o'z o'rnini egallab borayotgan voqelik na'munalarining ortib ketayotganligi bilan muvaffaqiyatli ravishda bog'lanmoqda. Unda zamonaviy jamiyatda mahsulotlarning to'xtovsiz iste'mol qilinishi, brendlarning, reklama va turli submadaniyatlarning paydo bo'lishi kabi jarayonlar o'z aksini topgan. Bugungi kunda kommunikatsion texnologiyalardan jamoatchilik tafakkurini boshqarish, shuningdek, umumiy (total) ravishda kuzatish va odamlarni nazorat qilish maqsadida qo'llanilishi xavfi ham ortib bormoqda. Dunyo hamjamiyati uchun bugungi kunda dolzarb bo'lgan muammolardan biri globallashuv jarayonida milliy axborot maydonini saqlab qolish muammosi bo'lib qolmoqda.

XULOSA

Kelajakda kibermaydonda begonalashish muammosining keskinligini kamaytirish imkoni bo'lib yangi dasturiy vositalarni, masalan, "nomaqbul" web-manbalarni va ularga yo'naltiruvchi havolalarni to'sish dasturlarini ishlab chiqish hisoblanadi(buning uchun hozir ham barcha zarur texnologiyalar mavjud, masalan, "Kiber-enaga", "Firewall" va b.), ehtimol, tartib o'rnatishga qaratilgan, jumladan ayrim saytlarning rahbarlariga qaratilgan maxsus davlat dasturi, virtual shaxslarni "to'siqqa tushirish" va hokazolar talab etilishi mumkin. Ayrim yoshlarda begonalashuvning yuzaga kelishi bu ijtimoiy muhit, oilaviy hayot, atrofdagilarning kuchli ta'siri ostida yuzaga keladi. Farzandlarimizni zarur madaniy-ma'rifiy, foydali ishga jalb etish yo'lidagi kamchiliklar bu kabi illatning ildiz otishiga sabab bo'ladi.

Bugungi yoshlar "dunyoni o'zgartirish"ga harakat qilib, anglab yoki anglamasdan, o'ziga mos dunyoqarash, g'oya, manfaat va maqsadlari bo'lgan maslakdoshlar izlamoqdalar. Yoshlar submadaniyati egalari va yaratuvchilari tomonidan begonalashuvning qaysi tomonlari anglanishiga qarab, ularning yo'nalishlari aniqlanadi. Yangi barpo etilgan yoshlar submadaniyati egalari ijtimoiy voqelikni o'zgartirishga harakat qilishni endi birgalikda amalga oshirganlar, ammo nonkonformistlarni o'zidan itarib, va shu vaqtni o'zida ularni qayta tarbiyalashga, assimilyatsiya qilishga harakat qiluvchi jamoat a'zolari tomonidan kelgan tushunmovchiliklar bilan muqarrar to'qnashardilar. Tashqi ta'sirga bo'ysinmagan nonkonformist yoshlar submadaniyati, o'z navbatida, jamiyatdan uzoqlashgan, "yashirin harakatlarga" o'tgan. Ushbu kontekst bo'yicha nonkonformistlarni begonalashuvi, ularni "katta jamiyat" taklif etgan g'oya va maqsadlarni, shuningdek shu maqsadlarga yetish usullari va vositalarini ongli ravishda

rad etishga ekvivalentdir. Shunday qilib, yangi tashkillangan submadaniyati bir vaqtni o'zida jamiyatdan begonalashgan va o'z-o'zidan begonalashgan jamoa hisoblanadi. Yoshlar submadaniyati mavjudligini ushbu bosqichida jamiyatning o'ziga xos shakllari tashkil topgan: kommuna, kvota, obshina va fletalar. Hatto begonalashgan ahvolda bo'lib, jamiyat hayotida kardinal ijobiy o'zgarishlarni amalga oshirish imkoniyati yo'qligini tushunib turgan alternativ g'oya, me'yorlar, manfaat va maqsadlar egalari nimanidir bo'lsada o'zgartirish uchun o'zining faoliyatini davom etib kelishgan.

REFERENCES

1. Abdurahmonov M, Rahmonov N. Madaniyatshunoslik. Toshkent - 2008. 124-b

2. Мировая экономика и международние отношения, 1998, №1, с.13.

3. Falsafa, qomusiy lug'at. Toshkent, Sharq- 2004 yil, 95 bet

4. https://xit.uz/uzbek-news/19251

5. Yahyo Muhammad Amin. Internetdagi tahdidlardan himoya.- Toshkent.: Movaraunnahr, 2016, 34-bet -408 b

6. Avloniy A. Turkiy guliston yohud axloq. Toshkent, Sharq NMIU, 2005. 124-bet

7. Q.Usmonov. O'zbekiston tarixi. Darslik. Toshkent-2016. 17-bet

8. http ://kh-davron.uz/kutubxona/uzb

9. Баришев Р.А. Киберпространство и проблема отчуждения. Автореферат дисс. на соискание ученой степени кандидата философских наук. Красноярск - 2009 -С.

9.

10. Огбёрн Г. Философия техники. -М.: Современние тетради, 2005. -С.35

11. Белл Д. Грядуюшее постиндустриалное обшество. Опит Социалного прогнозирования. - Москва.Академия, 1999. -С.220

12. Ортега-и-Гассет. Восстание масс//Избр. Труди. -Москва. Вес миръ, 1997, -С.221

13. Тоффлер Э. Новая технологическая волна на Западе. -Москва.Прогресс, 1986. -С.161

14. Lutfillo AKHATOV, A Rasulov, O Mirzorakhimov, M Sharipov, F Ibrokhimov. The Outlookings of Religious and Sufism in Teaching of Abdurakhman Jamiy.ECLSS Online 2020a

15. SI Doniyev, FA Ibrakhimov, IS Joldasov. Trends int the development of primary education (an example of the finnish system of primary education. Journal of innovatsions in pedagogy and psychology. 2020. 387-393

16. FAO Ibrohimov. Ta'lim muassasalarida huquqiy ta'lim-tarbiyaning zarurati. Academic Research in Educational Sciences. 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.